MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB TABIAT BILAN TANISHTIRISH MASHG’ULOTLARINI IJODIY TASHKIL ETISH.

Annotasiya

Ushbu maqolada innovatsion ta’lim texnologiyalari va ularning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlari va ularni yangicha metodlarda, texnologiyalarda  tashkil etish, bolalarni mashg’ulotga bo’lgan qiziqishini oshirish haqida yoritib o’tilgan.

Medicine, pedagogy and technology: theory and practice
Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
https://zenodo.org/records/14278328
CC BY f
407-411
370

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Rashidova , D. (2024). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB TABIAT BILAN TANISHTIRISH MASHG’ULOTLARINI IJODIY TASHKIL ETISH. Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(11), 407–411. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/mpttp/article/view/60131
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada innovatsion ta’lim texnologiyalari va ularning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlari va ularni yangicha metodlarda, texnologiyalarda  tashkil etish, bolalarni mashg’ulotga bo’lgan qiziqishini oshirish haqida yoritib o’tilgan.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

407

MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION

TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB TABIAT BILAN TANISHTIRISH

MASHG’ULOTLARINI IJODIY TASHKIL ETISH.

Rashidova Dildora Mansur qizi

O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti assistenti

Annotatsiya

Ushbu maqolada innovatsion ta’lim texnologiyalari va ularning ta’lim-tarbiya

jarayonidagi ahamiyati, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tabiat bilan tanishtirish
mashg’ulotlari va ularni yangicha metodlarda, texnologiyalarda tashkil etish, bolalarni
mashg’ulotga bo’lgan qiziqishini oshirish haqida yoritib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

Innovatsiya, texnologiya, maktabgacha ta’lim, tabiat bilan

tanishtirish, o’yin, tajriba, multimedia.

Ta’lim-tarbiya jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalarni faol qo’llash,

ta’lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning
muhim vazifalaridan biridir. Bolalarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashlarini o’stirish,
ularni erkin tinglovchidan erkin ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda muhimdir. Hozirgi
kunda ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va
axborot texnologiyalari ta’lim-tarbiya jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor
kundan kunga kuchayib bormoqda, bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha
an'anaviy ta'limda bolalarni faqat tayyor bilimlarini egallashga o'rgatilgan bo'lsa,
zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga,
mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga
o'rgatadi. Tarbiyachi-pedagog bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakillanishi, bilim
olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik,
yo'naltiruvchlik funksiyasini bajaradi.

Innovatsion texnologiyalar takomillashib borgan sari ulardan ta’lim jarayonida

foydalanish pedagoglar oldiga yangi vazifalarni yuklab boradi. Innovatsiya (inglizcha
innovation) yangilik kiritish, yangilikdir. Innovatsion

texnologiyalar pedagogik jarayon hamda pedagog va tarbiyalanuvchi faoliyatiga

yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv
metodlardan to’liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar bu jamoa bo’lib fikrlash deb
yuritiladi, yani pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib ta’lim mazmunining tarkibiy qismi
hisoblanadi. Bu metodlarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va
tarbiyanuvchining birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

408

pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga quyidagilar
kiradi:

-Tarbiyanuvchining dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod

etish va izlanishga majbur etishi;

- Tarbiyalanuvchilarni o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlarini doimiy

ravishda bo’lishini taminlashi;

- Tarbiyalanuvchining bilimga bo’lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir

masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi;

- pedagog va tarbiyalanuvchining hamisha hamkorlikdagi faoliyatini

tashkillanishi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni samarali

tashkil etish borasida hozirgi kunda doimiy izlanishlar olib borilmoqda. Yosh avlodni
vatanparvarlik, insonparvarlik va barkamollik ruhida tarbiyalash maqsadida avvalo
hissiy-emotsional mo‘tadillikni saqlashga e’tibor qaratiladi. Chunki insonning ichki
dunyosi uning his-tuyg‘ularida shakllanadi. Shuning uchun har bir ta’lim yangiligi
o‘zida insondagi ichki muvozanatni saqlash bilan hamohanglikka intilib boradi.
Ma’lumki, maktabgacha yosh davrining har bir yosh bosqichi o‘zlashtirish sifati
jihatidan keskin farqlanadi. Maktabgacha kichik, o‘rta, katta va tayyorlov yoshidagi
bolalar orasidagi farq aniq ko‘zga tashlanib turadi. Ammo har bir o‘sish va rivojlanish
bosqichidagi bolalarda tashqi olamni ixtiyorsiz ravishda idrok etish jarayoni kechadi.
Shuning uchun mutaxassislar maktabgacha yosh davridagi bolalarga yangi bilimlarni
berishda dastlabki yetti minut qoidasiga amal qilishni ta’kidlab o‘tishadi. Chunki
bolaning diqqati aynan ushbu vaqt davomida barqarorlashadi. Demak, boshqa soha
egalaridan farqli ravishda tarbiyachi-

pedagoglarning kasbiy mahoratga ega bo‘lishi juda muhim sanaladi. Bolaga

yetkazilishi kerak bo‘lgan ma’lumotni shu daqiqalar ichida shakllantira olgan
pedagoggina ta’limiy maqsadni bajargan hisoblanadi. Yuksak mahoratni talab etuvchi
bu jarayonda afsuski, har qanday pedagog ham kutilgan natijaga erishishi mushkul.
Shuning uchun bolalarda yangi bilimni hosil qilishda noan’anaviy metodlar ta’lim
sifatini ko‘tarishda ko‘maklashadi. Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim jarayonida keng
qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar mavjud va ular takomillashib bormoqda.

2018-2019

o‘quv yilidan e’tiboran maktabgacha ta’lim

tashkilotlarida ta’limiy faoliyat “Ilk qadam” davlat dasturi asosida markazlarda faoliyat
va frontal mashg‘ulotlar tarzida o‘tkaziladi. Pedagoglar ham yangi texnologiyalarni


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

409

qo‘llanilishini aynan shu jarayon bilan bog‘laydilar. Aslida esa maktabgacha ta’lim
sharoitida innovatsion yangiliklardan foydalanish uchun imkoniyat ko‘proq bo‘ladi.
Chunki tarbiyalanuvchining kunlik faoliyatining asosiy qismi tashkilotda o‘tadi.
Shuning uchun pedagog kun tartibini o‘zi va bolalar individualliklaridan kelib chiqqan
holda tashkil etishi mumkin. Tarbiyachidan har doim kreativ fikrlash talab qilinishining
boisi ham shundaki, innovatsion texnologiyalar qanchalik turli-tuman ko‘rinishda
bo‘lmasin, ularni qo‘llashda hamisha qandaydir noqulayliklar yuzaga keladi. Ana shu
jarayonda pedagog o‘zining noan’anaviy fikrlash tarziga asoslanib texnologiyani o‘z
faoliyatiga “moslashtiradi”. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning
asosini o'yinli texnologiyalar tashkil qiladi. Bu yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati
o'yin bo'lganligi bois - u ta'lim texnologiyasi sifatida tatbiq etilgan. O'yinli
texnologiyalardan foydalanishning asosini bolalarning faolligi va tasavvuri tashkil etadi.
O'yin olimlar tadqiqotlariga ko'ra mehnat va o'qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy
turlaridan biri hisoblanadi. O'yin ijtimoiy tajribalarni o'zlashtirish va qayta yaratishga
yo'nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o'z xulqini
boshqarishi shakllanadi va takomillashadi. Shuning uchun maktabgacha ta'limdagi
innovatsion texnologiyalar o'yinli texnologiyalar bilan bog'lanib ketgan. Ammo ularni
bir xil qarash deb bo'lmaydi. Tajribali kreativ pedagog ushbu uslublar asosida o'zining
"mualliflik" texnologiyasini yaratishi mumkin. Bunda, unga avval egallangan bilimlari
va tarkib topgan dunyoqarashi turtki bo'ladi. Bu yoshdagi bolalar bilan innovatsion
pedagogik texnologiyalar sifatida interfaol metodlardan tarbiyachilar unumli
foydalanadilar. Chunki mazkur metodlardan foydalanish orqali har bir bola o'zining
individual qobilyatlarini namoyon eta oladi; mantiqiy o'yinlar o'ynash bolaning aqliy
rivojlanishiga katta ijobiy ta'sir ko'rsatadi; atrof-muhit hodisalari haqida aniq tasavvurlar
shakllanishiga yordam beradi; bolani ham ruhan, ham jismonan rivojlantirishda xizmat
qiladi; bolalarni o'z oldiga maqsad qo'yib, uni amalga oshirishga o'rgatadi; qiyin
vaziyatlar tu'g'ilganda musta'qil ravishda muammoga yechim topishga o'rgatadi. Shu
bilan birgalikda bolalarning nutqini ravon bo'lishida, o'z fikrini erkin bayon eta olish
ko'nikmasini shakllantirish imkoni yaratiladi. Innovatsion texnologiyalar asosida tabiat
bilan tanishtirish mashgʻulotlarini ijodiy tashkil etish, zamonaviy pedagogik
yondashuvni qoʻllagan holda, oʻquvchilarga tabiiy dunyoni o'rganishda qiziqarli va
samarali usullarni taklif qilishni maqsad qiladi. Bunday mashgʻulotlarni tashkil etishda
quyidagi usullarni qoʻllash mumkin:


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

410

Virtual texnologiyalar: Bu texnologiyalar orqali oʻquvchilarni tabiatning turli

sharoitlari va ekologik tizimlari bilan interaktiv tarzda tanishtirish mumkin. Virtual
borliq immersivlik va interfaollik kabi tushunchalarni o’z ichiga oladi. Immersivlik-bu
shaxsni yoki bolani virtual borliqda o’zini tasavvur etishi. Masalan, Virtual vositalar
yordamida bolalar o'rmon ichida sayohat qilish, dengiz tubini o'rganish yoki hayvonot
dunyosini yaqindan ko'rishlari mumkin. Interfaollikda shaxs nafaqat virtual olamda
o’zini tasavvur etadi, balki u yerdagi obyektlar bilan muloqotda bo’ladi, axbarot
almashadi. Bu texnologiyalar bilan hozirgi kunda barcha maktabgacha ta’lim
tashkilotlari jihozlanmagan, agar kelajakda bu vositalar barcha maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida tashkil etilsa tabiatni bolalarga yanayam qiziqarli qilib tushuntirib berish
mumkin.

Laboratoriyalar va tajribalardan foydalanish. Tajriba- bolalarni tabiat bilan

tanishtirishda turli xil jarayonlar va hodisalarni o’rganish hisoblanadi. Masalan: Sensorli
texnologiyalar, qurilmalar orqali turli tabiiy resurslar (suvning harorati,havoning
namligi)ni o’lchash. Turli xil jarayonlar yoki omillarning xususiyatlarini tajribalar orqali
o’rganish.

Interaktiv video materiallardan foydalanish: Tabiat haqidagi bilimlarni bolalarga

qiziqarli va vizual tarzda yetkazish uchun animatsiyalar, 3D tasvirlar, multimedia va
aqlli doska kabi vositalardan foydalanish orqali tushuntirish.

Xulosa va tavsiyalar:

Bugungi kunda maktabgacha ta'lim sohasida ommalashib

borayotgan ta'limiy faoliyatlar innovatsion xarakter kasb etmoqda. Chunki maktabgacha
yoshdagi bolalarga ma'naviy-axloqiy, aqliy va jismoniy tarbiya berishda innovatsion
yangi texnologiya loyihalarini yaratish ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirmoqda.
Maktabgacha yosh davrida o'yin ustuvor ahamiyat kasb etganligi bois, bolalar bilan
interfaol metodlar, tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlari ko’pincha o'yin tarzida olib
boriladi. Tarbiyachilarni innovatsion ta'limga kirib borishlarida eng maqbul o'yin
texnologiyalarini ishlab chiqish,turli xil tajribalar, multimedialardan foydalanish va
dastur sifatida joriy etish pedagogik muammo hisoblanadi. Bugungi kungacha eng
ustuvor o'yinlar mazmuniga asoslanib, ularni takomillashtirish va ta'lim - tarbiyaviy
xarakterdagi talablarga moslashgan innovatsion o'yinlar texnologiyasi tuzilib, qo'lanma
sifatida barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlariga tatbiq etilishi lozim. Ana shunda
barcha mutaxassislar bolalar bilan faoliyat olib borishda qiyinchilikka kamroq duch
keladilar. Bunday innovatsion texnologiyalarni qo'llash, bolalarda tabiatga bo'lgan mehr


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

411

va hurmatni oshirish, ilmiy izlanishlarga qiziqishni uyg'otish va ekologik bilimlarni
amaliyotga tatbiq etishga yordam beradi.

Adabiyotlar ro’yxati

1.O'zbekiston Respublikasining Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning
rivojlanishiga qo'yilgan Davlat talablar(2018yil 4iyul)
2. Ishmuhammedov R, Abduqodirov A, Pardayev A “Ta’limda innovatsion
texnologiyalar” Toshkent 2008, 16 bet
3. O’rinova F., Abduraxmanova Z. TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA
PEDAGOGNING MAHORATI, SHAXSIY-KASBIY MALAKALARI //Science and
innovation. – 2022. – Т. 1. – №. B7. – С. 386-392.
4. Uljayevna O. R. F., Saydamatovna S. Z. MAKTABGACHA YOSHDAGI
BOLALARNING IJODIY FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISHNING O’QUV-
USLUBIY TA’MINOTI //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. B3. – С. 349-
355.
5. Uljayevna O. R. F., Qizi A. Z. N. TARBIYACHINING INNOVATSION
FAOLIYATGA TAYYORLASHNING DIDAKTIK KOMPONENTLARI //Science
and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. B3. – С. 340-344.
6.

WWW.ZIYONET.UZ

7.WWW.PEDAGOG.UZ



Bibliografik manbalar

O'zbekiston Respublikasining Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning

rivojlanishiga qo'yilgan Davlat talablar(2018yil 4iyul)

Ishmuhammedov R, Abduqodirov A, Pardayev A “Ta’limda innovatsion texnologiyalar” Toshkent 2008, 16 bet

O’rinova F., Abduraxmanova Z. TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA PEDAGOGNING MAHORATI, SHAXSIY-KASBIY MALAKALARI //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. B7. – С. 386-392.

Uljayevna O. R. F., Saydamatovna S. Z. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING IJODIY FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISHNING O’QUV-USLUBIY TA’MINOTI //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. B3. – С. 349-355.

Uljayevna O. R. F., Qizi A. Z. N. TARBIYACHINING INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORLASHNING DIDAKTIK KOMPONENTLARI //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. B3. – С. 340-344.

WWW.ZIYONET.UZ

WWW.PEDAGOG.UZ