TIKLANADIGAN ENERGIYA MANBALARINI O‘ZLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Abstract

Maqolada Oʻzbekistonda qayta tiklanuvchi energiyalardan foydalanishni rivojlantirish muqobil enеrgiya manbalaridan kеng foydalanish har bir mamlakatning enеrgеtika хavfsizligini ta’minlash bo’yicha va samarodorligini oshirish yoʻllari boʼyicha xulosa, tavsiya va takliflar berilgan.

Medicine, pedagogy and technology: theory and practice
Source type: Conferences
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Kasimov , A. (2024). TIKLANADIGAN ENERGIYA MANBALARINI O‘ZLASHTIRISH ISTIQBOLLARI. Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(11), 282–288. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/mpttp/article/view/60116
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada Oʻzbekistonda qayta tiklanuvchi energiyalardan foydalanishni rivojlantirish muqobil enеrgiya manbalaridan kеng foydalanish har bir mamlakatning enеrgеtika хavfsizligini ta’minlash bo’yicha va samarodorligini oshirish yoʻllari boʼyicha xulosa, tavsiya va takliflar berilgan.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, 30 Ноябрь

282

https://universalpublishings.com

TIKLANADIGAN ENERGIYA MANBALARINI O‘ZLASHTIRISH

ISTIQBOLLARI

Kasimov A

. - Temiz Davlat Universiteti magistranti

Annotatsiya:

Maqolada Oʻzbekistonda qayta tiklanuvchi energiyalardan

foydalanishni rivojlantirish muqobil enеrgiya manbalaridan kеng foydalanish har bir
mamlakatning enеrgеtika хavfsizligini ta’minlash bo’yicha va samarodorligini
oshirish yoʻllari boʼyicha xulosa, tavsiya va takliflar berilgan.

Аннотация (рус)

Приведены развитие использования возобновляемых источников

энергии в Узбекистане, широкое использование альтернативных
источников энергии, выводы, рекомендации и предложения по путям
обеспечения энергетической безопасности и повышения эффективности
каждой страны.

Abstrakt

Conclusions, recommendations and suggestions are given on ways to

develop the use of renewable energy in Uzbekistan, ensure the energy security
of each country, and increase its efficiency through the widespread use of
alternative energy sources.

Key words:

Renewable energy, solar, wind, hydropower and biomass, increasing the

efficiency of energy production in the economy.

Ключевы слова:

Повышение эффективности производства энергии

из возобновляемых источников энергии, солнечной, ветровой,
гидроэнергетики и экономики биомассы.

Kalit so‘zlar:

Tiklanuvchi energiya, quyosh, shamol, gidroenеrgеtika va

biomassa, iqtisodiyotining enеrgiya ishlab chiqarish samaradorligini oshirish.


Kirish

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq atrof-muhitda

tabiiy holda qayta tiklanuvchi quyosh, shamol energiyasi, er harorati
(geotermal), suv oqimlarining tabiiy harakati, biomassa energiyasi qayta


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, 30 Ноябрь

283

https://universalpublishings.com

tiklanuvchi energiya manbalari sirasiga kiritiladi

1

.

O‘zbekistonda tiklanadigan energiya manbalarining juda katta

zaxiralari mavjud. Ushbu manbalar tarkibida quyosh va shamol energetikasi
katta istiqbolga ega. Biroq bu sohaning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan
sabablardan biri – muqobil energiya manbalarining ob-havo sharoitining
o‘zgarishiga va kun-tun almashinuviga bog‘liqligidir. Shamol elektr
generatorlari faqat shamol tezligi 5-6 m/s dan baland bo‘lganida ishlab,
O‘zbekistonning shamol potensiali yuqori bo‘lgan hududlarida yiliga o‘rtacha
3200-4300 soat davomida energiya beradi (yilning davomiyligi 8760 soat).
Quyosh fotoelektr stansiyalari faqat kunduzi, bulutsiz va kam bulut bo‘lgan
holatda ishlab, O‘zbekistonning quyosh potensiali yuqori bo‘lgan hududlarida
yiliga o‘rtacha 1500-2200 soat davomida energiya beradi (1-jadval).

1-jadval

O‘zbekistonda tiklanadigan energiya manbalarining salohiyati

2

Turlari

Jami salohiyat

Texnik
salohiyat

Gidroenergetika

9,2 mln. t.n.e.

2 mln. t.n.e.

SHamol energiyasi

2,2 mln. t.n.e.

0,4 mln.
t.n.e.

Quyosh energiyai

50 973 mln. t.n.e.

177 mln.
t.n.e.

Geotermal energiya

67 000 mln. t.n.e.

0,3 mln.
t.n.e.

Jami

117 984 mln. t.n.e.

179,3 mln.
t.n.e.

O‘zbekistonning tiklanadigan energiya manbalarining umumiy

salohiyati 118,0 mlrd. t.n.e.ga, uning texnik salohiyati esa 179,3 mln.
t.n.e.teng.Ushbu ko‘rsatkichning katta qismi quyosh energiyasiga tegishli

1

O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 21 maydagi “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan

foydalanish to‘g‘risida”gi O‘RQ-539-son Qonuni.

2

httpsreview.uz/ru/post/vozobnovlyaemaya-energiya-dlya-ustoychivogo-razvitiya


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, 30 Ноябрь

284

https://universalpublishings.com

bo‘lib, uning umumiy salohiyati 51 mlrd. t.n.e., texnik salohiyati 177 mln.
t.n.e. ga tenglashadi.

Quyosh energiyasining texnik salohiyati mamlakatda iste’mol

qilinayotgan birlamchi energiya iste’molidan to‘rt baravar yuqori.
O‘zbekistondagi qulay iqlim va geografik sharoit quyosh energiyasidan sanoat
darajasida foydalanish imkonini berishi mumkin. Shamol energiyasining
umumiy salohiyati 2,2 mln. t.n.e. ga teng bo‘lib, uning 19% ini texnik jihatdan
o‘zlashtirish imkoniyati mavjud. Mamlakatimizda geotermal energiyaning
umumiy salohiyati quyosh energiyasidan yuqori bo‘lib 67 mlrd. t.n.e.
miqdoriga teng. Energiyaning ushbu turini samarali texnologiyalarning
rivojlanmaganligi bois faqat 0,3 mln. t.n.e.ga teng qisminigina o‘zlashtirish
imkoniyati mavjud.

Quyosh va shamol energiyasining ulkan salohiyatiga qaramay,

mamlakatimizda sanoat miqyosida quyosh va shamol elektr stansiyalari
mavjud emas.

O‘zbekistonda aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlar singari “yashil

energetika” sektorining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan qator
omillar mavjud:

birinchidan,

an’anaviy energiya ishlab chiqarishga nisbatan

tiklanadigan energiya ishlab chiqarish xarajatlarining yuqoriligi va o‘rnatilgan
uskunalar quvvatining pastligi.

Bundan tashqari O‘zbekiston an’anaviy energiya ishlab chiqarish va

aholiga elektrenergiya etkazib berish xarajatlari bo‘yicha etakchi mavqega ega.
Misol uchun 2018 yilda O‘zbekistonda 1 kVt-soat elektrenergiya qiymati 2,4
sentni tashkil etgani holda bu ko‘rsatkich Qozog‘istonda – 3,5,
Turkmanistonda – 0,7, Rossiyada – 4,8, Xitoyda– 13, Germaniyada – 33,8,
Buyuk Britaniyada – 18,6, Daniyada – 33,3, Belgiyada – 31,8 sentga teng
bo‘lgan.

ikkinchidan,

tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni

rag‘batlantirishga qaratilgan moliyaviy (tariflar, soliqlar) qo‘llab-quvvatlash
mexanizmining chuqur ishlab chiqilmaganligi. Tiklanadigan energiya
manbalaridan foydalanishga ko‘maklashuvchi iqtisodiy mexanizmlarining
huquqiy-institutsional asoslari takomillashtirilishi zarur.

uchinchidan,

zamonaviy boshqaruv tizimlariga asoslangan ilg‘or


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, 30 Ноябрь

285

https://universalpublishings.com

texnika va texnologiyalarning rivojlanmaganligi. Muqobil energiya ishlab
chiqarishda

qo‘llanilayotgan

texnologiyalarning

texnik

jihatdan

takomillashmaganligi va energiya tizimiga sarflanayotgan moliyaviy
resurslarning qisqa muddatda rentabel emasligi “yashil energetika” sohasining
rivojlanishida jiddiy salbiy to‘siqlardan hisoblanadi.

to‘rtinchidan,

aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlar singari aholining

zamonaviy tiklanadigan energiya manbalari to‘g‘risida etarlicha ma’lumotga
ega emasligi.

beshinchidan,

tiklanadigan

energiya

sohasida

innovatsion

texnologiyalarning jadal sur’atlarda rivojlanishi. Jumladan, qiqsqa muddatda
yarim o‘tkazgichli quyosh panellari o‘rnini amorf kremniydan yasalgan
fotoelektrli panellar egalladi. Tiklanadigan energiya manbalarini o‘zlashtirish
texnologiyalarini mahalliy darajada ishlab chiqarish quvvatlarining etarli
emasligi ularning tannarxi, o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatish
xarajatlarining yuqorligicha qolib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Tarmoqning
jadal sur’atlarda rivojlanayotganligi eskirgan texnologiyalardan yangilariga
o‘tish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda

(1-rasm

).

1,2

1,9

201

9

0,2

2,1 2,3

2,3

2020

2021 2022 2023 2024 2025 2026 2027 2028

2029 2030

Gidro

elektr

stanstiyalari

Shamol

elektr

Quyosh elektr

stanstiyalari


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, 30 Ноябрь

286

https://universalpublishings.com

1-rasm. O‘zbekistonda 2030 yilga qadar muqobil energiya asosida elektr

energiya ishlab chiqarish quvvatlarini o‘rnatishning prognoz
ko‘rsatkichlari, MVt

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan ishlab

chiqilgan “2020-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasini elektr energiyasi
bilan ta’minlash konsepsiyasi”ga muvofiq 2020-2030 yillarda tiklanadigan
energiya manbalari orqali elektr energiya ishlab chiqarishga, jumladan quyosh
energiyasini rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi. Ushbu loyihalar faqat
sarmoyadorlar – mustaqil elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar hisobidan
amalga oshiriladi. Tiklanadigan energetikaning rivojlanish ko‘rsatkichlariga
erishish maqsadida 2020-2030 yillarda 3 GVt shamol va 5 GVt quyosh elektr
stansiyalarini qurish ko‘zda tutilgan .

O‘zbekistonda 2019 yilda 63,6 mlrd. kVt-soat elektr energiya ishlab

chiqarilgan bo‘lib, uning 88,8%i gaz va ko‘mirda ishlaydigan issiqlik elektr
stansiyalari hissasiga to‘g‘ri keladi. 2030 yilga qadar elektr energiya ishlab
chiqarishni diversifikatsiyalash maqsadida muqobil manbalar hisobdan elektr
energiya ishlab chiqarish ulushini 15,3% ga, atom energiyasi ulushini 14,9%
ga qadar oshirish, gaz va ko‘mir energiyasi ulushini esa 58,5% ga qadar
qisqartirish rejalashtirilgan .

Shuningdek, respublikaning olis aholi punktlarida, ekoturizmni

rivojlantirish rejalashtirilayotgan mintaqalarda hamda izolyasiyalangan
(yagona elektr energiyasi tizimiga ulanmagan) kichik quyosh elektr
stansiyalarini yaratishga ham e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari, ishlab
chiqarish korxonalari va sanoat texnoparklarning shaxsiy ehtiyojlari uchun
elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rta quvvatli (1-2MVt) quyosh
elektr stansiyalari quriladi. Iste’molchilarning o‘z ehtiyojlari uchun elektr
energiyasini ishlab chiqarish va ortiqcha elektr energiyasini tizimiga etkazib
berish qobiliyatining jadal o‘sishini hisobga olgan holda, shuningdek,
respublikada investitsiya salohiyati faollashishini rag‘batlantirish maqsadida
2021-2025 yillarda 150 mingga yaqin quyosh fotoelektr stansiyalarini (quvvati
2-3 kVt) va uy xo‘jaliklarining 2-2,5% ida suv isitgichlari (o‘rtacha 200 litr)
o‘rnatishni ko‘zda tutuvchi maqsadli dastur tasdiqlandi. 2026 yilga kelib, aholi


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, 30 Ноябрь

287

https://universalpublishings.com

tomonidan tiklanadigan energiya ob’ektlari o‘rnatilishini hisobga olgan holda,
respublikadagi uy xo‘jaliklarining 4,3% ini yiliga qariyb 800 mln. kVt.s.
hajmida elektr energiyasi bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.

XULОSA VA TAKLIFLAR

O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish

strategiyasini ta’minlashda barqaror rivojlanishga erishish vositalari
hisoblangan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik komponentlarni o‘zaro
muvofiqlashtirish murakkab vazifa hisoblanadi. Iqtisodiy va ijtimoiy
komponentlar jamiyat oldiga bir avlod mobaynida adolatga erishish va
aholining kambag‘al guruhlariga maqsadli yordam ko‘rsatish kabi yangi
vazifalarni qo‘ymoqda.

Iqtisodiy va ekologik komponentlarning atrof-muhitga tashqi ta’siri

qiymatini baholashning zarurligi bilan bog‘liq yangi g‘oyalar va
yondoshuvlarning

shakllanishiga

olib

keldi.

Barqaror

iqtisodiy

rivojlanishning ijtimoiy va ekologik komponentlari esa avlodlar ichida va
avlodlar o‘rtasida tenglikni ta’minlash kabi masalalarning dolzarbligini
yanada oshirmoqda.

Mamlakatimizda iqtisodiyotning energiya sig‘imini kamaytirish va

mavjud energiya sig‘imi doirasida atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlariga
salbiy ta’sirni kamaytirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:

- iqtisodiyot tarmoqlarida yuqori energiya sig‘imiga ega bo‘lgan asbob-

uskunalar va jihozlar importini kvotalash hamda yuqori import ta’riflarini
joriy qilish;

- tiklanadigan energiya manbalarini o‘zlashtirish siyosatini qo‘llab-

quvvatlash, masalan, subsidiyalashdan bozor narxlariga o‘tilgandan keyin
tiklanadigan energiya manbalari hisobidan olinadigan elektrenergiyani
xarid qilish bo‘yicha majburiyatlarga qat’iy rioya etish;

- qazib chiqariladigan yoqilg‘idan foydalanish oqibatida yuzaga

keladigan tashqi ta’sirlarni issiqxona gazlari savdosining takomillashtirilgan
mexanizmi yordamida bartaraf etish;

- energiya sig‘imi past bo‘lgan mavjud quvvatdagi asbob-uskunalar va

jihozlar uchun imtiyozli kreditlash tizimini joriy qilish;


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, 30 Ноябрь

288

https://universalpublishings.com

- yuridik va jismoniy shaxslarning energiyani tejash va energiya

samaradorligi bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.

References:

1.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2018.
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy

Majlisga Murojaatnomasi. –Toshkent: “O‘zbekiston”, NMIU, 2019. – 64
b.

3.A.V.Vaxabov, SH.X.Xajibakiev va boshqalar. –Toshkent.:Yashil

iqtisodiyot: Darslik

.

/ “Universitet”, 2020. -262 b.

4.Adrian C. Newton. An Introduction to the Green Economy: 1st

Edition. Routledge, 2014. - 382 p.

5.Green economics: An introduction to theory, policy and practice /

Molly Scott Cato. London Sterling, VA. 2009. - 670 r.

6.Greening the Global Economy (Boston Review Originals) Hardcover

– November 13, 2015. - 176 p.

7.Miriam Kenne, Michelle Gale De Oliveira. Greening the Global

Economy: Reform and Transformation. The Green Economics Institute,
2013. - 350 p.

8.Sevil Acar, Erinc Yeldan. Handbook of Green Economics: 1st Edition

2019. - 250 p.

9.Atkinson, A. Kak ustoychivoe razvitie mojet izmenit mir / A.

Atkinson; per. s angl. V. N. Egorova ; pod red. N. P. Tarasovoy. -M.:
BINOM. Laboratoriya znaniy, 2015. - 455 s.

10.Barqaror

taraqqiyot

va

tabiatshunoslik

asoslari.

Darslik.

A.E.Ergashev va b. -T press, 2016. – yil.

References

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2018.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. –Toshkent: “O‘zbekiston”, NMIU, 2019. – 64 b.

A.V.Vaxabov, SH.X.Xajibakiev va boshqalar. –Toshkent.:Yashil iqtisodiyot: Darslik. / “Universitet”, 2020. -262 b.

Adrian C. Newton. An Introduction to the Green Economy: 1st Edition. Routledge, 2014. - 382 p.

Green economics: An introduction to theory, policy and practice / Molly Scott Cato. London Sterling, VA. 2009. - 670 r.

Greening the Global Economy (Boston Review Originals) Hardcover – November 13, 2015. - 176 p.

Miriam Kenne, Michelle Gale De Oliveira. Greening the Global Economy: Reform and Transformation. The Green Economics Institute, 2013. - 350 p.

Sevil Acar, Erinc Yeldan. Handbook of Green Economics: 1st Edition 2019. - 250 p.

Atkinson, A. Kak ustoychivoe razvitie mojet izmenit mir / A. Atkinson; per. s angl. V. N. Egorova ; pod red. N. P. Tarasovoy. -M.: BINOM. Laboratoriya znaniy, 2015. - 455 s.

Barqaror taraqqiyot va tabiatshunoslik asoslari. Darslik. A.E.Ergashev va b. -T press, 2016. – yil.