Qadimgi sug’diy bitiklar va ularda O’rta Osiyo qadimgi aholisi haqida ma’lumotlar.

Abstract

O‘rta Osiyo hususan yurtimiz qadimgi aholisi haqidagi yozma manbalarda turlicha ma’lumotlar uchraydi. Hususan qadimgi sug’diy yozma manbalarini o‘rganish, bu yozuvdagi O’rta Osiyo aholisiga oid ma’lumotlarni o’rganish, undagi faktlarni  tahlil qilish borasidagi qilingan ishlar haqida maqola atroficha yoritiladi.

Medicine, pedagogy and technology: theory and practice
Source type: Conferences
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
https://zenodo.org/records/14225652
CC BY f
197-205
95

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Norboyev , F. (2024). Qadimgi sug’diy bitiklar va ularda O’rta Osiyo qadimgi aholisi haqida ma’lumotlar. Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(11), 197–205. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/mpttp/article/view/59710
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

O‘rta Osiyo hususan yurtimiz qadimgi aholisi haqidagi yozma manbalarda turlicha ma’lumotlar uchraydi. Hususan qadimgi sug’diy yozma manbalarini o‘rganish, bu yozuvdagi O’rta Osiyo aholisiga oid ma’lumotlarni o’rganish, undagi faktlarni  tahlil qilish borasidagi qilingan ishlar haqida maqola atroficha yoritiladi.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

197

Qadimgi sug’diy bitiklar va ularda O’rta Osiyo qadimgi aholisi haqida

ma’lumotlar.

Norboyev Firdavs Zafarovich

Samarqand davlat universiteti

Arxeologiya kafedrasi magistranti

+998990484553

Annotatsiya:

O‘rta Osiyo hususan yurtimiz qadimgi aholisi haqidagi yozma

manbalarda turlicha ma’lumotlar uchraydi. Hususan qadimgi sug’diy yozma

manbalarini o‘rganish, bu yozuvdagi O’rta Osiyo aholisiga oid ma’lumotlarni o’rganish,

undagi faktlarni tahlil qilish borasidagi qilingan ishlar haqida maqola atroficha

yoritiladi.

Аннотация:

В письменных источниках можно найти различные сведения о

древних жителях Средней Азии, особенно нашей страны. В частности, в статье

освещается проделанная работа по изучению древнесогдийских письменных

источников, изучению сведений о народах Средней Азии в этом сочинении и

анализу содержащихся в нем фактов.

Kalit soʻzlar:

Buyuk ipak yo’li, Panjikent, Sug’diy til, "Avesto", Mug’ tog’i,

"Ardvisura Yashti", Devashtich, g’upat, bozkrom, dapirpat, “farmon yetkazuvchi”.

Ключевые слова:

Великий шелковый путь, Панджикент, сугдийский язык,

«Авеста», гора Муг, «Ардвисура Яшти», Деваштич, гупат, бозкром, дапирпат,

«доставитель приказов».

Hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan sug’diy yozma manbalar ularda yoritilgan mavzu

jihatidan diniy va diniy bo’lmagan manbalarga bo’linadi. Sug’diy yozma

manbamalarning ko’pchiligi Buyuk ipak yo’li o’tgan joylardan, xususan, hozirgi Xitoy

hududidagi Sharqiy Turkiston o’lkasi-Turfon vohasi va Dunxuan mintaqasidagi “Ming

budda” g’orlaridan topilgan. Ushbu yozma yodgorliklarning deyarli barchasi diniy


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

198

mazmunda bo’lib, ular orasidagi buddaviylikka oid matnlar xitoy tilidan, moniylikka

oid matnlar o’rta davr forsiy tili hamda Eronda Ashkoniylar sulolasi hukmronlik qilgan

davrdagi pahlaviy tilidan, xristianlikka oid matnlar esa suryoniy tilidan sug’diychaga

tarjima qilingan. Shuningdek, ilm ommasiga Yettisuv (Janubi-Sharqiy Qozog’iston va

Markaziy Qirg’iziston) hududidan topilgan sopol buyumlar va tog’ qoyalariga bitilgan

o’nlab sug’diy bitiklar ma’lum. Bundan tashqari, “Mug’ tog’i sug’diy arxivi“ deb

yuritiluvchi majmua VII asr oxiri-VIII asr boshlariga oid 80 ga yaqin noyob hujjatni o’z

ichiga olib, ular Sug’d konfederasiyasiga tobe Panch hukmdorligi (Panjikent) saroyi

hamda turli mulk hokimlari va amaldor a’yonlarga tegishli hujjatlar yig’indisidan iborat.

Shuningdek, milodiy VII-VIII asrlarga taalluqli Chilhujra (Ustrushona/Tojikiston)dan

topilgan sug’diy hujjatlar majmuasi bir necha jihatlari bilan Mug’ hujjatlariga o’xshab

ketadi.

1

Umuman

olganda,

sug’diy

tilda

bitilgan

yozma

manbalarning

ko’pchiligi, taxminan eramizning to’rtinchi asrlariga mansub bo’lgan “Qadimgi

bitiklar” va Hind daryosining yuqori oqimi havzalaridan topilgan toshbitiklardan

tashqari, milodiy yettinchi asrdan o’ninchi asrgacha bo’lgan davrga oiddir. Shuningdek,

yaqin yillarda topilgan Kul-to’ba sopol bitiklari (Aris daryosi havzasi/Janubiy

Qozog’iston) milodning III-IV asrlarga oid yozma yodgorliklar sifatida e’tirof

etilmoqda.

Sug’diy tildagi manbalar haqida.

Sug’d yozuvi orqali bizgacha eramiz boshlaridan to

X-XI asrlarga qadar yozilgan ko’plab noyob yodgorliklar yetib kelgan. Ular orasida turli

davr va hududlarga oid ko’plab numizmatik materiallar (tanga yozuvlari), metall, sopol

yog’och, charm, qog’oz va boshqa buyumlarga bitilgan matnlar, shaxsiy maktublar,

diniy, axloqiy-falsafiy matnlar parchalari, xo’jalik, huquqiy va diplomatik hujjatlar bor.

Hujjatlar nashr etilishi bilan barobar asosan rus tiliga, qisman esa ingliz, fransuz, yapon,

1

Axmedv B. “O’zekiston tarixi manbalari”(qadimgi va o’rta asrlar davri). “O’qituvchi”, Toshkent, 2001-yil. 55 bet.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

199

o’zbek va boshqa tillarga tarjima qilingan. Lekin ayrim hujjatlarning mazmunini

tushunishda, tarixiy, tilshunoslik jihatlarini talqin etishda olimlar orasida bahs

munozaralar mavjud.

Soʻgʻd, Sugʻud-Markaziy Osiyodagi qadimiy tarixiy-madaniy viloyat. Ilk bor-miloddan

avvalgi VII-VI asrlarda qadimiy "Avesto"da tilga olingan. Bu nom XX-asr

boshlarigacha saqlangan. Miloddan avval VI asrda Ahamoniylar sulolasi vakillarining

qoyatosh bitiklarida Sug’uda shaklida qadimiy Eron saltanatiga tobe qilingan

satrapliklardan biri, mamlakat nomi sifatida qayd etilgan. Yunon manbalarida-

Sogdianoy deb tilga olinadi. Xitoy manbalarida-Suli deb ataladi. Sugʻd yozuvi-

yodgorliklari mamlakat nomini Sug'd yoki Sgʻud shaklida koʻrsatadi. Sugʻdik yoki

Sgʻudik, Sugʻdiyonak-Sgʻudiyonak shakllari "Sugʻdga oid", "Sugʻdiy" kabi-maʼnolarda

qoʻllanadi. O'rta asrlarda arabiy, forsiy, turkiy manbalar mamlakat-nomini "Sug'd"

shaklida qoʻllaydi. "Sugʻd" soʻzining maʼnosi fanda har xil talqin qilib kelinadi.

Masalan, Soʻch-GʻGʻ Soʻz-"kuymoq, yonmoq, porlamoq" deb izohlangan. Bundan

Sugʻdni "Muqaddas ilohiy olov (Zardushtiylik tasavvuriga koʻra) bilan poklangan yer"

kabi maʼnoda talqin etishga harakat qilingan. Yana bir izohga koʻra, "Sug'd" soʻzi

sernam, unumdor yer deb tushuniladi. Bunga hozirga qadar pastlik, suv yigʻiladigan yer

"S, Sugʻut" deb nomlanishini dalil qilib koʻrsatiladi. Avestoda Sug'd mamlakat nomi

sifatida bir marta uchraydi. "Ardvisura Yashti"-("Obon Yasht") va Ardvi (Amudaryo)

Ishkata, Paruta, Mouri, Suguda va Xvarazm tomon hayotbaxsh suvlarini eltadi, deya

taʼkidlanadi.

Avestoning Videvdat qismida esa Axuramazda yaratgan ezgu yurtlardan biri Gava

deyiladi va u yerda sug’dlar yashaydi deb koʻrsatiladi. Sug'd mamlakati 3 ta tarixiy-

geografik hududni birlashtirgan. Samarqand, Buxoro va Kesh-Naxshab. Har 3 qism

oʻzaro tabiiy chegaraga ham ega edi: Zarafshon togʻ tizmalari Samarqand va Kesh-

Naxshab oʻrtasini Karmanadan keyin Malik choʻli Buxoro va Samarqandni ajratib

turgan. Buyuk ipak yoʻlining markaziy tarmoqlari Sugʻd orqali oʻtgan. Natijada Sugʻd


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

200

xalqaro savdo munosabatlarida muhim oʻrin tuta boshlagan. Buyuk ipak yoʻli boʻylab

Sug'd savdogarlarining qishloqlari, shaharlarida esa ularning mahallalari paydo

boʻlgan. Sugʻdiy tili xalqaro til rolini oʻynagan. Bu hol Xitoy sayyohlari tomonidan

Sugʻd chegaralari haqida notoʻgʻri tasavvurlar hosil qilgan (Syuan Szan). Sug'd

miloddan avval VI-IV asrlarda avval ahamoniylarga, soʻngra miloddan avval 329-yilda

Makedoniyalik Aliksandr saltanatiga, uning davomchisi Salavk davlatiga, Yunon-

Baqtriyaga tobe boʻlgan.

2

Qadimgi sug’d tilidagi hujjаtlаr So’g’diyonаning o’zidа (Мug’ qаl’аsidаn),

Sаmаrqаnddаgi Аfrоsiyob qаl’аsidаn, Qirg’izistоn vа Shаrqiy Тurkistоndаn tоpilgаn.

1961-1965-yillаrdа O’zbеkistоn Fаnlаr Аkаdеmiyasi Таriх vа Аrхеоlоgiya instituti

ekspеdisiyasi Аfrоsiyobdа V-VII аsrlаrgа оid sаrоy hаrоbаlаrini оchib o’rgаndilаr.

Sаrоy mеhmоnхоnаsidаgi dеvоrlаrgа chizilgаn turli surаtlаr vа yozuvlаr mаvjud bo’lib,

ulаr оrаsidа оq kiyim kiygаn Chаg’оniyon elchisining surаti hаm bоr. Uning tаgidа

sug’d tilidа bitilgаn 16 sаtrdаn ibоrаt ishоnch yorlig’i hаm yozib qo’yilgаn edi

3

.

So’g’diylаrning muhim hujjаtlаri Qоzоg’istоn, Qirg’izistоn hаmdа Shаrqiy

Тurkistоndаgi sаvdо kоlоniyalаridа hаm tоpilgаn. 1902-1906-yillаrdа А.Stеyn bоshliq

ingliz ekspеdisiyasi tоpgаn epigrаfik yodgоrliklаr hаm mаshhurdir. Bu ekspеdisiya

Хitоyning g’аrbiy tumаnlаridа Dunхuаn nоmli punktidа qаzuv ishlаrini оlib

bоrib, yuzlаb хitоychа, turkchа vа bоshqа хаt hujjаtlаrining оrаsidа sug’d yozuvidа

bitilgаn nоdir qo’lyozmаlаrni hаm tоpishgа muvаffаq bo’ldilаr. Таlоs dаryosining o’ng

sоhilidа, hоzirgi Таlоs shаhridаn 7-8 km shimоldа jоylаshgаn Qulunsоy hаmdа

Теrаksоy dаrаlаridа qоyatоshlаrgа o’yib yozilgаn yozuvlаr hаm аlоhidа e’tibоrgа

mоlik. Bu yozuvlаr IV-XI аsrlаrdа sug’d kаsаbаlаridаgi аhvоl hаqidа, O’rtа Оsiyo bilаn

Shаrq mаmlаkаtlаri оrаsidаgi sаvdо аlоqаlаri vа bundа sug’diylаrning rоli hаqidа

2

Отахўжаев А. “Илк Ўрта aсрлар Марказий Осиё цивилизациясида турк-суғд муносабатлари”, “ART-FLEX”

Тошкент. 2010 y. 78 б.

3

Begmatov A. “Markaziy Osiyodan soʻgʻdiy matn materiallari: Kioto universiteti hujjatlari. 2020-y “Mug tog'idan

olingan hujjatlarning tanqidiy qayta nashri”


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

201

qimmаtli mа’lumоtlаrni bеrаdi. “Sаmаrqаnd So’g’di eng so’lim jоylаrdаn bo’lib,

So’g’d dаryosining chаp vа o’ng sоhillаridа Buхоrо chеgаrаsidаn tо Buttаm

chеgаrаsigаchа muttаsil dаvоm etаdi. Uni mаysаzоr vа bоg’lаr оrqаli sаkkiz kundа

аylаnib chiqish mumkin. U еrning hаr bir shаhаr vа qishlоg’idа qo’rg’оn bo’lib, bulаr

mаysаzоrlаr bаg’ridа go’yo suv irmоqlаri bilаn qаvilgаn bеzаkli yashil to’n kiygаndеk

jilоlаnib turаdi. So’g’d-Оllоhning jаnnаtmаkоn еrlаridаndir, undа eng yaхshi dаrахt vа

mеvаlаr o’sаdi.”

Bundаn ming yil muqаddаm Sug’dgа tаshrif buyurgаn аrаb sаyyohi uni аnа shundаy

shоirоnа tаsvirlаgаn edi. Sug’dning pоytахti Sаmаrqаnd shаhri bo’lib, uning аsоsiy

еrlаri Zаrаfshоn vоdiysigа jоylаshgаn. Bu o’lkаning eng shаrqiy shаhri bo’lmish

Pаnjikеntni o’rtа оsiyolik gеоgrаflаr bоshqа kichik shаhаrlаr bilаn bir qаtоrdа аytаrli

tаfsilоtsiz sаnаb o’tishgаn. O’tgan asrning 50-60-yillarida Pаnjikеnt shаhri tаriхchi vа

filоlоglаr e’tibоrini jаlb etdi. Gаp shundаki, o’tkаzilgаn аrхеоlоgik ekspеdisiya vаqtidа

Zаrаfshоn dаryosining yuqоri оqimidаgi Мug’ tоg’idа jоylаshgаn qo’rg’оn хаrоbаlаridа

qоg’оz, tеri vа hаttо yog’оch tаyoqlаrgа yozilgаn qаdimgi yozuvlаr tоpildi. Маzkur

hujjаtlаrning оrаsidа diplоmаtik yozishmаlаr vа yuridik hujjаtlаr, хo’jаlik

fаrmоyishlаri, mаnsаbdоr shахslаrning hisоbоtlаri bоr. Qo’lyozmаlаrning dеyarli

bаrchаsi sug’d tilidа yozilgаn

4

.

So’g’d tiliga oid asosiy manbalar IV-X asrlarga oid bo’lib, turli mazmundagi huquqiy

hujjatlar (ahdnomalar, nikoh haqidagi shartnomalar, oldi-sotti hujjatlari, tilxatlar),

hukmdorlar (Sug’d, Shosh, Turk va farg’ona hukmdorlari), orasidagi yozishmalar,

kundalik xo’jalik faoliyatiga oid hujjatlar, masalan xarajatlar yozilgan farmonlar va

hujjatlardan iborat,

Bu hujjatlar So’g’diyonaning o’zidan, Samarqanddan, Qirg’iziston va Sharqiy

turkistondan topilgan.

4

Axmedv B. “O’zekiston tarixi manbalari”(qadimgi va o’rta asrlar davri). “O’qituvchi”, Toshkent, 2001-yil. 57 bet.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

202

Bular orasida Mug’ qal’asi xarobalaridan 1932-yili topilgan hujjatlar alohida

ahamiyatga egali bilan ajralib turadi. Hujjatlar 1932-yili bahorida Tojikistonning

Varziminor (hozirgi Zahmatobot) tumaniga qarashli Xayrabod qishlog’ida shu

tumanning sobiq birinchi raxbari A.Po’lotiy tomonidan ochilgan. Mug’ qal’asi

qo’rg’onining xarobalaridan to’qima savat va hujjatlarni topishgan. Hujjatlar

tushunarsiz yozuvda ipak qog’oziga yozilgan bo’lgan. Bir necha oylar mobaynida

hujjatlar yuqori Zarafshon qishloqlarida qo’ldan qo’lga o’tib yurgan. Hujjatlar

respublika poytaxti Dushanbega olib kelingan. Bu yerda hujjatlar sug’d tilida

yozilganligi aniqlangan. Hujjatlardan fotonusxa olinib, Leningradga professor

A.A.Freymanga jo’natilgan. 1933-yil dekabrida 91 ta Mug’ tog’i hujjatlari Leningradga

olib kelingan. A.A.Freyman hujjatlar ro’yxatini Sug’d to’plamida e’lon qilgan. Chuqur

tahlildan so’ng, 79 ta hujjat aniqlangan, jumladan, 74 ta sug’d tilidagi, bitta arab, uchta

xitoy va bitta turk tilidagi hujjatlar topilgan. Ular har xil materiallarga: charmga, taxtaga

va qog’ozga yozilgan edi. Hujjatlar sug’d dehqoni, podshosi Devashtich (708-722-

yillar) va yirik mansabdorlarning, shuningdek, Xoxsar va Kishtut dehqonlarining

shaxsiy arxiviga tegishli bo’lgan bo’lib, So’g’dning VIII asrning birinchi choragidagi

iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini o’rganishda muhim manba bo’lib xizmat qiladi.

5

Mug’ qal’asidan topilgan hujjatlar A.A.Freyman, A.V.Vasilev, I.Y.Krachkovskiy,

M.N.Bogalyubov, V.A.Livshits, hamda O.I.Smernovalar tarafidan chuqur o’rganilgan.

Mug’ qal’a hujjatlarining topilishi tarixi va ular haqida dastlabki ma’lumotlar 1934-yil

maxsus to’plam shaklida chop etildi. Ayrim hujjatlarning tarjimasi I.Y.Krachkovskiy

va A.A.Freyman tomonidan 30-yillari e’lon qilingan. Huquqiy hujjatlar va maktublar

tarjimasi, zarur izoh va tadqiqotlar bilan 1962-yili V.A.Livshits tomonidan nashr

etilgan.

5

“Согдийские документы с горы Муг”. Выпуск II. Юридические документы и письма. Чтение, перевод и

комментарии В.А. Ливщица. Москва: «Наука», 1962 год


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

203

Mahalliy unvonlar.

Sug’d konfederasiyasida mahalliy davlat boshqaruvining

butun konfederasiyada bir xilda olib olib borilganligini inobatga olgan holda aytish

mumkinki, konfederasiyaning barcha hukmdorliklarida xuddi Panchdagi kabi

mahalliy unvonlar tizimi mavjud bo’lgan. Masalan, Avat hukmdorning xo’jalik

ishlari bo’yicha yordamchisi hisoblanib, famondor mahalliy unvon hisoblanadi.

Shuningdek, Mug’ tog’i sug’diy hujjatlarida uchraydigan “otxona boshlig’i”

ma’nosidagi ibora mahalliy unvon bo’lishi barobarida, Kesh hukmdorining unvoni

sifatida tangalarda uchraydi. Mug’ tog’i sug’diy hujjatlarida aavazipat, (sug’orish bilan

bog’liq ariq tozalash, hashar ishlariga mas’ul...), sug’diy hujjatida uchraydigan -

pardozbon (saroyga qarashli bog’lar, xiyobonlar ustidan nazoratchi), g’upat

(“daromadlar noziri”, boshqacha aytganda, “moliya ishlari mutassaddisi”), bozkrom

(bojxona noziri), naztig’riv (“hukmdor yordamchisi”, “yordamchi”), dapirpat (“bosh

kotib, devonxona boshlig’i”), parvonak krak (“hujjat to’plovchi”, “farmon

yetkazuvchi”, “mukofotlarni topshirishga ma’sul”), arspan (“qishloqlar ustidan nazorat

qiluvchi” yoki “haram og’asi”), katiyabshauz (“qishloq oqsoqoli”), urnikam (“qonun

ishlari bilan shug’ullanuvchi mansabdor”), mag’upat (“bosh kohin”), vag’npat

(“ibodatxona olovini saqlovchi”) kabi mahalliy unvonlar boshqaruvda qo’llanilgan.

Sug’d konfederasiyasi boshqaruvida ishlatilgan mazkur unvonlar tahlili ilk marotaba

Mug’ tog’i sug’diy hujjatlarni tarjima qilgan V.A.Livshis tomonidan muomalaga

kiritilgan va turli davrlarda tadqiqotchilar tomonidan qayta o’rganilgan. Saroy

xizmatchilariga davlat xazinasidan ularning lavozimiga qarab maosh belgilash tartibi va

uning markazdan nazorat qilinishi masalasi ilk o’rta asrlardayoq shakllanganligi

davlatchiligimiz tarixida moliya tizimi, g’aznachilikning o’ziga xos o’rin tutganligidan

dalolat beradi. Xullas, Sug’d konfederasiyasi boshqaruvida qo’llanilgan unvonlar tizimi

o’zining xususiyatlariga ko’ra markaziy va mahalliy ahamiyatga ega bo’lib, ularning bir

qanchasi Panch boshqaruvi orqali sug’diy hujjatlarda keltirilgan.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

204

Markaziy unvonlar. Ilk o’rta asrlarda taraqqiy etgan Sug’d konfederasiyasini,

Mug’ tog’i sug’diy hujjatlarida – ixshid shaklida, arabiy manbalarda –

ixshid shaklida keltirilgan unvonli hukmdorlar boshqargan. Lekin Sug’d

konfederasiyasini 650-670-yillarda boshqargan hukmdor Avarxuman va undan oldin

hukmronlik qilgan Shishpir (640- yy.) nomidan zarb qilingan tangalarda ularning

unvonlari – “podsho” deb keltiriladi. Afrosiyob devoriy suratlarida ham Varxuman

“podsho” deb keltiriladi.

Mug’ tog’i sug’diy hujjatlarida katiyabshauz, “qishloq oqsoqoli” ma’nosini

anglatadigan unvon egasi tilga olingan. Markaziy hokimiyat va mahalliy hokimliklar

o’rtasidagi munosabatlar esa yirik zamindorlar, boy savdogarlar va shaharlik aslzodalar

tomonidan

tuzilgan

“Oqsoqollar kengashi” orqali amalga oshirilgan. “Ixshid” unvonli hukmdorlar

“Oqsoqollar kengashi” fikriga tayangan holda cheklangan hokimiyatga ega bo’lgan.

Tadqiqotchi A.Kubatin – ixshid unvoni asosida G’arbiy Turk xoqonligining yuqori

unvonlaridan biri bo’lgan – shad unvonidan o’zlashganligini keltiradi.

Mazkur hujjarlar sug’diylarning Qozog’iston, Qirg’iziston hamda Sharqiy

Turkistondagi savdo koloniyalaridan ham topilgan. Bular ichida ayniqsa A.Steyn (1862-

1943-yillar) tomonidan 1907-yili Dunxuan (Xitoyning Gansu viloyatida) va Turfonda

topilgan hujjatlar, Talas daryosininig o’ng sohilida, hozirgi Talas shahridan 7 km

shimolda joylashgan Qulansoy hamda Teraksoy daralarida qoya toshlarga o’yib bitilgan

yozuvlar alohida etiborga loyiq. Bu yozuvlar IV-XI asrlarda So’g’d koloniyalarining

ijtimoiy ahvoli haqida, ayniqsa O’rta Osiyo va Uzoq Sharq mamlakatlari o’rtasidagi

savdo aloqalari va bunda sug’diylarning ro’li haqida qimmatli ma’lumot beradi.

Dunxuan va Xo’tan hujjatlari A.Steyn, Talasdan topilgan yozuvlar esa V.A.Kalluar,

M.E.Masson, D.F.Vinnik, A.A.Asanaliyev, K.Ashiraliyaev, U.Jumag’ulovlar tarafidan

o’rganilgan.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

205

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak qadimgi sug’d tilida yozib qoldirilgan manbalar yurtimiz

tarixini yoritishda asosiy manbalardan biri bo’lib xizmat qiladi. Qadimgi sug’d yozma

manbalari asosida yurtimiz hududida yashagan qadimgi xalqlarning tili va madaniyati,

jahon sivilizatsiyasida tutgan o’rnini atroflicha o’rganishimiz mumkin.

Adabiyotlar ro’yxati:

1.

Axmedv B. “O’zekiston tarixi manbalari”(qadimgi va o’rta asrlar davri).

“O’qituvchi”, Toshkent, 2001-yil.

2.

Begmatov A. “Markaziy Osiyodan soʻgʻdiy matn materiallari: Kioto universiteti

hujjatlari. 2020-y “Mug tog'idan olingan hujjatlarning tanqidiy qayta nashri”

3.

Отахўжаев А. “Илк Ўрта aсрлар Марказий Осиё цивилизациясида турк-суғд

муносабатлари”, “ART-FLEX” Тошкент. 2010 y.

4.

Ғойибов Б. К нумизматический истории Согда // Ilmiy axborotnoma. Научный

вестник. – Samarqand, 2016. – №4 (98).

5.

“Согдийские документы с горы Муг”. Выпуск II. Юридические документы и

письма. Чтение, перевод и комментарии В.А. Ливщица. Москва: «Наука», 1962

год

References

Axmedv B. “O’zekiston tarixi manbalari”(qadimgi va o’rta asrlar davri). “O’qituvchi”, Toshkent, 2001-yil.

Begmatov A. “Markaziy Osiyodan soʻgʻdiy matn materiallari: Kioto universiteti hujjatlari. 2020-y “Mug tog'idan olingan hujjatlarning tanqidiy qayta nashri”

Отахўжаев А. “Илк Ўрта aсрлар Марказий Осиё цивилизациясида турк-суғд муносабатлари”, “ART-FLEX” Тошкент. 2010 y.

Ғойибов Б. К нумизматический истории Согда // Ilmiy axborotnoma. Научный вестник. – Samarqand, 2016. – №4 (98).

“Согдийские документы с горы Муг”. Выпуск II. Юридические документы и письма. Чтение, перевод и комментарии В.А. Ливщица. Москва: «Наука», 1962 год