МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 10, 31 Октябрь
414
https://universalpublishings.com
Eshakyemi - urtikaria kasalligi nima va uning kelib chiqish sabablari
Abduraimova Shaxrizoda Beknazar qizi
Termiz Iqtisodiyot va Servis Universiteti talabasi
shaxrizodaabduraimova3@gmail.com
Boyqobilov Soatmurod Shuhrat oʻgʻli
Termiz Iqtisodiyot va Servis Universiteti Tabiiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi
Annotasiya:
"Eshakyemi – (urtikaria) kasalligida to‘satdan paydo bo‘ladigan
qizil toshmalar va qichima ortida qanday sirlar yashiringan? Ushbu maqolada
mazkur kasallikning kelib chiqish sabablari va yashirin omillar haqida bilib
olishingiz
mumkin.
Shuningdek
eshakemi
kasalligi
sabab
toshadigan
qavariqchalarning shakli qizarishning qanday ekanligiga qarab qaysi turdagi
Eshakyemi kuzatilayotganini aniqlashni oʻrganamiz.
Kalit soʻzlar:
Eshakyemi, shilliq qavat, allergiya, endogen, ekzogen, gistamin,
serotanin, biologik aktiv modda, epidermis, derma,bazofil, proteaza, antigen,
antitelo, vaksina, Kvinki shishi, Angionevrotik shish, dermografik Eshakyemi,
vibratsion eshakyemi, akvagen eshakyemi.
Annotation:
"Urticaria - what hidden secrets lie behind the sudden appearance
of red rashes and itching? In this article, you can learn about the causes and
underlying factors of this condition. Additionally, we will explore how to determine
the type of urticaria based on the shape of the hives and the nature of the redness
associated with them."
Keywords:
Urticaria, mucous membrane, allergy, endogenous, exogenous,
histamine, serotonin, biologically active substance, epidermis, dermis, basophil,
protease, antigen, antidiv, vaccine, Quincke's edema, angioneurotic edema,
dermographic urticaria, vibrational urticaria, aquagenic urticaria.
Аннотация:
"Что скрывается за внезапным появлением красных
высыпаний и зуда при крапивнице (уртикарии)? В этой статье вы сможете
узнать о причинах возникновения этого заболевания и скрытых факторах.
Также мы рассмотрим, как определить тип крапивницы в зависимости от
формы пузырьков и характера покраснения, вызванного этим заболеванием."
Ключевые слова:
крапивница, слизистая оболочка, аллергия,
эндогенный, экзогенный, гистамин, серотонин, биологически активное
вещество, эпидермис, дерма, базофил, протеаза, антиген, антитело, вакцина,
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 10, 31 Октябрь
415
https://universalpublishings.com
отек Квинке, ангионевротический отек, дермографическая крапивница,
вибрационная крапивница, аквагенная крапивница.
Eshakyemi allergik kasalliklar sirasiga kiruvchi xastalik boʻlib, u terida baʼzan
shilliq qavatlarda qavariqchalar hosil boʻlishi va qattiq qichishish bilan kechadigan
kasallikdir. U baʼzan hasharot chaqishiga oʻxshash badanda keng taqaladigan biroz
shishib namoyon boʻladigan qizgʻish qavariqchalar hisoblanadi.
Allergik eshakemi juda keng tarqalgan kasallikdir. Taxminan dunyo boʻylab
har uchinchi odam hayiti davomida kamida bir marta eshakemini boshdan oʻtkazgan
boʻladi.
Eshakemining og’irlik darajasiga koʻra, kasallikning alomatlari turlicha
bo’lishi mumkin. Ko’pincha kasallik teri qoplamining qizarishi, gipertermiya va teri
qichishi bilan kechadi. Uncha ogʻir boʻlmagan holatda qizarishlar sezilari shish
bilan, og’irroq darajalarda esa qizarishdan tashqari qavarchiqlar ham paydo boʻladi.
Bu qavariqchalar teri yuzasida bir necha soatdan uch oygacha saqlanib turishi
mumkin.
Eshakemini boshqa teri kasalliklaridan allergen bartaraf etilishidan yoki dori
qabul qilishdan so’ng terining to’liq oʻz xoliga qaytishi yani tiklanishi bilan farq
qiladi.
1-rasm. Urtica.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 10, 31 Октябрь
416
https://universalpublishings.com
Organizmning turli taʼsirlarga oʻta sezuvchan boʻlib qolishi kasallikning asosiy
sababi boʻlib, uni keltirib chiqaruvchi omillar ikki turga boʻlinadi. Bular endogen
omillar va ekzogen omillar hisoblanadi.
Endogen omillarga:
-Ichki organlar patalogiyasi - meʼda ichak, jigar, oʻt qopi, oshqozon-ichak, nerv
sistemasi, qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi kiradi.
Ekzogen omillarga:
-kimyoviy,
-mexanik,
-fizik,
-dori-darmonlar (antibiotiklar, sulfanilamid preparatlari, xinin va h.k lar),
-oziq-ovqatlar (ayrim allergik reaksiya beradigan maxsulotlar: tuxum,
shokolad, qulupnay, mandarin va h.k lar).
- hasharotlar chaqishi,
-gul changlari kiradi.
Endogen va ekzogen omillar taʼsirida organizmda gistamin, serotanin va shu
turdagi biologik aktiv moddalar ortishi natijasida kapilyarlarning kengayishi va
buning oqibatida ularni oʻtkazuvchanligining oshishi sababli epidermis va
dermaning soʻrgʻich qavatida oʻtkir shishlar paydo boʻladi hamda qavarchiq
toshmalar hosil boʻlishi kuzatiladi. Gistamin va boshqa bioaktiv moddalar asosan
bazofil hujayralarida joylashib, proteaza fermentlari faolligi oshganda hujayralardan
ajralib chiqadi. Proteaza fermentining faolligi antigen - antitelo reaksiyasi natijasida
oshadi. Bunda IgE va komplimenti asosiy rol oʻynaydi.
Kasallik faqatgina eshakyemi deb yuritilibgina qolmay uning "Kvinke Shishi
oedema Quincke", "Urtikariya", "Angionevrotik shish" kabi nomlari ham mavjud.
Rivojlanish mexanizmi:
Allergik reaksiyalar ikkita boʻlinib, bular: Tezkor turdagi allergik reaksiyalar
va immunokompleksli allergik reaksiyalardir. Tezkor turdagi allergik reaksiyalar
IgE ga bogʻliq boʻlgan allergik reaksiyalar hisoblanib, oziq-ovqat allergenlari
jumladan: tuxum, sut, bugʻdoy, qisqichbaqasimonlar, molyuskalar, yongʻoq va
boshqa allergenlar, dori vositalari jumladan penisillinlar, sefalosporinlar
sulfanilamidlar
antiaretmik
preparatlar,
immunomodulatorlar,
vaktsinalar
sitostatiklar va boshqalar taʼsirida vujudga keladi. Immunokompleksli allergik
reaksiyalar. Immun komplekslari komplementlarni faollashtiradi natijada ulardan
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 10, 31 Октябрь
417
https://universalpublishings.com
fragmentlar ajralib chiqadi va semiz hujayralarning degranulyasiyasiga sabab
boʻladi. Anemniz yigʻilganda (Kvinki shishida) bemorlar hosil boʻlgan
toshmalarning bir necha soatda yoʻqolishidan, toshma toshgan sohalarning
qichishishidan, yurganda tovon sohalari jarohatlanishidan, nafas siqilishidan va
tovush boʻgʻilshidan shikoyat qilishadi.
Statistik maʼlumotlariga koʻra har 6 kishidan biri (ayrim mualliflar
maʼlumotlariga koʻra esa har 4 kishidan biri) umri davomida 1 marta boʻlsa ham
eshakyemi yoki Kvinki shishini boshidan kechiradi. Bu kasallik bilan ogʻrigan
bemorlarni 25% ida kasallik ertami kechmi surunkali turga oʻtadi.
Mazkur kasallikning surunkali va oʻtkir shakillari farqlanadi. Eshakemining
surunkali shakli bir necha oylab yoki yillab davom etishi mumkin. Bu vaqt davomida
deyarli har kuni eshakemi bilan kasallangan insonda qavarchiq toshmalar kuzatilishi
mumkin. Oʻtkir eshakemida esa inson terisiga qavarchiqlar toshishi bir necha kun,
bir yoki ikki xafta davom etishi mumkin. Shuningdek oʻtkir eshakemi 6 xaftadan
koʻp davom etmaydi. Koʻpincha oʻtkir eshakemida qavarchiqlar 1 haftada yoʻqoladi.
Eshakemi bilan kasallangan insonlarning 40% dan ortiqrogʻida surunkali eshakemi
kuzatilsa 60% dan kamrogʻida otkir eshakemi kuzatiladi. Qavariqchalar: ular turli
hajmda shaklida boʻlib 0.5 sm dan 10 sm gacha. Terining qavariqchalar bor qismi
ustidan barmoq bilan bosilganda qavariqchalar oqaradi, barmoq olinganda yana
qizarish paydo boʻladi. Bu qavariqchalar qizish va oʻtkir qichishish hissini beradi.
Ular 24 saot ichida oʻz oʻzidan paydo boʻladi va oʻz oʻzidan yoʻqolishi mumkin.
Ular butun tanaga tarqalishi yoki faqat tananing maʼlum qismlariga toshishi
mumkin. Oʻtkir eshakyemi (Urticaria acuta) bemor terisiga birdaniga pushti-qizil
rangli, yumaloq yoki choʻzinchoq shakilli qavariqchalar toshishi va kuchli
qichishish bilan boshlanadi. Qavarchiqlar teri damidan koʻtarilib turadi baʼzan ular
bir-biriga qoʻshilib turli shaklga kiradi. Qavarchiqlar badanning katta qismini
shikastlashi oqibatida, bemorning umumiy ahvolida oʻzgarishlar kuzatiladi. Bular:
tana haroratining koʻtarilishi, darmonsizlik, sovuqotish, meʼda - ichak faoliyatining
buzilishi, "eshakyem lixoradkasi" kuzatiladi. Eshakyem badanning turli qismlariga
toshadi. Baʼzan toshmalar hiqildoq, halqum, til yoki boshqa soha shilliq qavatlarida
joylashadi va bu nafas olishni hamda yutinishni qiyinlashtiradi. Bir necha soatdan
soʻng qavariqchalar yoʻqoladi, ayrim hollarda esa bu qaytalanib turadi. Oʻtkir
eshakyemining yana bir turi "Kvinkning oʻtkir chegaralangan shishi"
(Angionevrotik shish) boʻlib, u koʻpincha oddiy oʻtkir eshakyemi bilan birga
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 10, 31 Октябрь
418
https://universalpublishings.com
kechadi. Bunda bemorning terisi dagʻal oqish yoki pushti rangda boʻlib yuz, teri,
shilliq qavatlar, teri osti kletchatkalari, jinsiy azolar sohalarida chegaralangan shish
paydo boʻlishi kuzatiladi. Ayrim hollarda kasallik oʻta xavfli kechadi. Masalan
"Kvinkining chegaralangan shishi" hiqildogʻiga toshgan bemorlar achishish va
qichishishdan kam shikoyat qiladi yoki umuman shikoyat qilmaydi lekin
qavarchiqlar stenoz asfiksiyaga sabab boʼladi va bemorni qiynab qoʻyadi.
Surunkali qaytalanib turuvchi eshakyemida toshmalar kam boʻlib asosan qoʻl
va oyoqlarning yozuvchi sohalariga toshadi lekin ular bir necha oylab baʼzan yillab
davom etadi. Toshmalar toshganda bemorning umumiy ahvolida bosh ogʻrigʻi,
koʻngil aynishi, qaytqilish, diareya kabi oʻzgarishlar sodir boʻladi shuningdek qonda
eozinofiliya va trombositopeniya ham kuzatiladi. Surunkali qaytalanib turuvchi
eshakyemining rivojlanishiga ayrim bemorlarda surunkali infeksion oʻchoqlar:
surunkali tonzillit, adneksit, gelmintoz va h.k lar yani aniqroq qilib aytganda
sensibilizasiya sabab boʻlsa, ayrimlarida esa oziq-ovqatlar konservasiyasida koʻp
ishlatiladigan: Asetilsalisil kislota, natriy benzoatlarga boʻlgan yuqori individual
sezgirlik sabab boʻldi. Bu qoʻshimchalarni saqlaydigan taomlar sirasiga: banan,
karamel, saqich, shokolad, pecheni, koʻk noʻxat, ikra, konserva, margarin, tortlar,
jelatin, mayonez, pishloq, sut, qatiq, vino, pivo, koffee kiradi.
Turgʻun tugunchali eshakyemida toshmalar qizgʻish-qoʻngʻir rangda boʻlib
asosan qoʻl va oyoqlarning yozuvchi sohalariga toshadi. Bunda bemor terisidagi
toshmalar uzoq vaqt turadi va papulalarga aylanishi kuzatiladi. Teridagi
chegaralangan shish oʻrnini asta-sekin limfotsitlardan iborat infiltrar egallaydi va
buning oqibatida giperkeratoz va akantoz jarayoni kuzatiladi.
Quyosh taʼsirida vujudga keladigan eshakyemi toshmalari oddiy
eshakyemidagi toshmalardan farq qilmaydi. Kasallik bahor va yoz oylarida qoʻzib,
badanning quyosh nuri tushib turadigan qismlarida uchraydi. Kasallik jigar
xastaliklarida, porfirin moddasi almashinuvining buzilishida va quyosh nuriga
nisbatan yuqori sezuvchanligi boʻlgan kishilarda kuzatiladi.
Shuningdek "Soxta eshakemi" (soxta urtikariya, autografizm, urtikar
dermografizm) ham mavjud boʻlib. Bunda teriga tashqaridan biror taʼsir
koʻrsatilganda: tinoq bilan terining ustidan taʼsir koʻrsatilgan shishgan
qavarchiqsimon chiziq paydo bo’lishi bunda misol boʻladi. Oddiy eshakemi bilan
og’rigan bemorlarda odatda bunday hodisalar tez-tez kuzatiladi. Bundan tashqari,
"mastotsitoz" kasalligi ham baʼzi sabablarga koʻra "pigmentar urtikariya" deb
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 10, 31 Октябрь
419
https://universalpublishings.com
ataladi. Mastotsitoz kasalligi kam uchraydigan kasallik boʻlib Pigmentar
urtikariyaning eshakemi bilan hech qanday aloqasi yo’q.
Shuningdek Klinik-patogenetik turlariga ko’ra, eshakemi mazkur turlarga
ajratiladi:
Dermografik eshakyemi — bunda teri yuzasini bosganda qizarish va biroz
shish paydo bo’ladi, qo’zg’atuvchi ta’siri olinganidan soʻng, bir necha soatda shish
va qizarish yo’qoladi.
2-rasm. Dermografizm.
Sovuq taʼsiridagi eshakemi - bunda past haroratning uzoq muddat ta’siri
natijasida 95% odamlarda eshakemi paydo bo’ladi. Sovuq ta’sirida butun teri
qoplamining qizarishi va qichishishi kuzatiladi.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 10, 31 Октябрь
420
https://universalpublishings.com
3-rasm. Klimakterik urticaria
.
Vibratsion eshakemi — teriga uzoq muddat vibratsiya ta’sir qilganda yuzaga
keladi. Ta’sir to’xtatilgach, tezda yo’qoladi.
4-rasm. Vibrasion urticaria.
Eshakemining yana ayrim shakllari boʻlib ular: Xolinergik — ruhiy va jismoniy
tipdagi stressli vaziyatlarda yani asabiylashganda, sport bilan shug’ullanish
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 10, 31 Октябрь
421
https://universalpublishings.com
mobaynida namoyon bo’ladi, terida ko’plab toshma toshishi va qichishish bilan
kechadi. Adrenergik — Bunda xolinergik eshakemi kabi vaziyatlarda yuzaga keladi,
faqat qizarish atrofida oq tasma ham mavjudligi bilan xolinergik eshakemidan farq
qiladi. Kontaktli — teri yuzasi ma’lum bir allergenlar bilan aloqa qilganida yuzaga
keladi. Qo’zg’atuvchi ta’sir bartaraf etilganidan so’ng bir necha soatda o’tib
ketadigan terining keskin qizarishi, eritrema va yaralar hosil bo’lishi bilan
ifodalanadi. Akvagen — bu juda noyob turi hisoblanadi. Terining suv bilan bevosita
aloqadi natijasida yuzaga keladi.
5-rasm. Xolinergik urticaria.
Xulosa:
Bu maqolada eshakemi kasalligi uning kelib chiqish sabablari va
turlari haqda maʼlumot berildi. Biror kasallikni davolashdan oldin oʻsha kasallik
haqda maʼlumotga ega boʻlish hamda uning aynan qaysi turi bemorda
kuzatilayotganini
aniqlash
ahamiyatli
sanaladi.
Eshakemi
kasalligining
qavariqchalari va qizarish qichishishning qanday ekanligi joylashishi, shakli ham
uning qaysi turga kirishiga ishora qiladi.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 10, 31 Октябрь
422
https://universalpublishings.com
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Adham Vaisov" Teri va tanosil kasalliklari" Toshkent "Yangi asr avlodi"
2009y 82-83- 84-85- betlar.
2. E.h.Eshboyev" Teri va tanosil kasalliklari" "Ijod press" Toshkent 2019y 115
116-117- betlar.
3. S.S.Arifov" Teri va tanosil kasalliklari" O'zbekiston milliy enskilopediyasi.
Davlat ilmiy nashriyoti, 2010 yil. 504 bet.
4. "Teri va tanosil kasalliklari" A.A Studnisin B.G. Stoyanov Toshkent
"Medisina" 1988y 175-176 betlar
5. "Teri va tanosil kasalliklari" A. Karimov U.Mirahmedov Toshkent Ibn Sino
nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi 1995y 109-bet
Internet ma'lumotlari quyidagi saytlardan olindi:
https://uz.m.wikipedia.org
http://empendium.com
https://wwwmeducalnewstoday.com
https://mymedic.uz
https://med24.uz
https://acaai.org
https://dermnetnz.org
