МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 7, 3 Июль
6
https://universalpublishings.com
Tilshunoslikda termin va so‘zning o’rni
Raximova Go’zal Yuldashovna,
Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti ,Urganch davlat
universiteti ,O’zbekiston
Bakhtiyarova Gulasal,
Tarjima nazariyasi va amaliyoti bo’’limi talabasi ,Urganch davlat
universiteti ,O’zbekiston
Kirish
Termin gapdan tashqarida olinganda ham ma’lum bir aniq ma’no
ifodalaydigan, insonning ma’lum ish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan
tushunchalarni bildiradigan so‘z yoki turg‘un holatdagi so‘z birikmasidir.
Uning asl lug‘aviy ma’nosi ham shuni anglatadi: lotin tilida
terminus
so‘zi
“chegara belgisi, chek, chegara” degan ma’nolarni ifodalaydi. Ishlatilishi
chegaralangan maxsus leksikaga terminlar, kasb-hunar leksikasi, jargonlar
kiradi.
Terminologiya so‘zi Germaniyada birinchi marta professor SHyuts
tomonidan 1786 yili qo‘llagan, fransiyada bu so‘z XVIII asrda paydo bo‘lgan,
ingliz tilida esa Katta Oksford lug‘atidagi ma’lumotga ko‘ra, birinchi marta
1807 yili qayd etilgan... Rus tilshunosligida 1989 yildan muayyan bilim
sohasiga oid maxsus so‘zlarning jamini “terminologiya”deb nomlash,
terminlarni o‘rganadigan fan nomini terminshunoslik (“terminovedenie”) deb
atash barqarorlashdi. O‘zbek tilshunosligida ham “terminologiya” va
“terminshunoslik” terminlari shu tarzda farqli tushunchalarni ifodolash uchun
qo‘llanishi maqsadga muvofiqdir
1
.
Maxsus leksikaga kirgan leksemalarning ishlatilishi chegaralangandir.
Ammo maxsus leksika adabiy til lug‘atini boyitish manbalaridan hisoblanadi.
Maxsus leksikaning asosiy qismini terminlar tashkil qiladi. Bu maxsus leksik
birliklar terminlarga oid bo‘lgan sistema ekanligi, ma’lum tartibga
solinganligi, ma’lum maqsadga yo‘naltirilganligi belgisiga ega. “Termin – til
birligi bo‘lib, so‘z yoki so‘z birikmasi orqali ifodalanadigan, ma’lum
1
Маҳмудов Н. Илмий матнда термин таносиби ва такомили. //Ўзбек тили ва адабиёти .- Т., 2020. –Б.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 7, 3 Июль
7
https://universalpublishings.com
sistemani tashkil qiladigan, funksional ahamiyatga ega, aniq ilmiy yoki ishlab
chiqarish sohasida konvension yaratiladigan, potensional standartlangan
tilning leksik sistemasi elementi”
2
.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili
Termin haqidagi yana bir e’tiborga molik ta’rif V.M.Leychik tomonidan
aytilgan: “Termin – maxsus ilm yoki faoliyatda konkret yoki abstrakt nazariy
tushunchalarni ifodalovchi, ma’lum tilning maxsus maqsad uchun
ishlatiladigan leksik birligi”
3
. Ko‘rinadiki, termin xohlagan tilning emas,
ma’lum maqsad uchun ishlatiladigan tilning birligidir. Bundan quyidagi
xulosalarni chiqarish mumkin:
1)
termin so‘z va so‘z birikmalarining hamma semantik va formal belgilariga ega;
2)
terminlar u yoki bu tilning leksikasida emas, faqat maxsus maqsad uchun
ishlatiladigan tilning leksikasida faoliyat ko‘rsatadi;
3)
maxsus maqsad uchun mo‘ljallangan til leksikasida kognitsiya natijasida maxsus ilm
yoki faoliyat sohasida umumtushunchalarni ifodalash uchun vosita bo‘lib xizmat
qiladi;
4) terminlar terminologik sistema elementi hisoblanib, maxsus sohalarning
nazariy modellarini ko‘rsatadi.
V.M.Leychikning fikricha, lingvistik aspektda terminologik ma’no
qanday ma’no bo‘lmasin, u asosiy yoki qo‘shimcha ma’nomi, birlamchi yoki
ikkilamchi ma’nomi baribir, leksik birliklarning semantik strukturasida qanday
o‘rin egallashi muhim masaladir. Izohli terminologik lug‘atlarni tahlil qilish
orqali bu masalani hal qilish uchun lozim.
4
Bizningcha, ma’lum ilm sohasida
qadimdan mavjud bo‘lgan va yangi terminlarni solishtirish ham katta
ahamiyatga ega. Chunki bu bilan ma’lum ilm sohasi doirasida yangi
bo‘limlarning rivojlanishi natijasida invariant va variant munosabatini
o‘rganish mumkin.
V.V.Vinogradov so‘zlarning terminologik ma’nosi, so‘zlarning ilmiy
ma’nosi, so‘zlarning maxsus ma’nosi, bular bir-biriga yaqin bo‘lgan
2
Евлова
З.И. Русская лингвистическая терминология в эволютивном аспекте:
Автореф. дис. … канд. филол. наук. – Нальчик, 2006.
– С.8
3
Лейчик В.М.
Терминоведение. Предмет, методы, структура. – М.,2009
– С. 31
4
Лейчик В.М.
Терминоведение. Предмет, методы, структура. – М.,2009
– С.31-32.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 7, 3 Июль
8
https://universalpublishings.com
tushunchalardir, deb aytadi.
5
L.L.Nelyubin terminni ajratish uchun quyidagi mezonlarni taklif qiladi:
1.Termin – maxsus (ilmiy, xarbiy) tilga oid bo‘lib, u (yasalgan, boshqa
tildan qabul qilingan) ma’lum tushuncha va predmetni aniq ifodalash uchun
xizmat qiluvchi so‘z yoki so‘z birikmasi.
2.Modulyasiya bo‘lmaydigan so‘z.
3.Ijtimoiy hayot, texnika, san’at va ilm sohasida ma’lum tushunchani aniq
ifodalaydigan so‘z yoki so‘z birikmasi.
4.Ma’lum ilmiy yoki texnik sohaning ilmiy tushunchani ifodalovchi
belgisi bilan o‘sha sohaning semantik sistemasiga kiruvchi so‘z yoki so‘z
birikmasidir.
6
Tahlil va natijalar
Demak, termin hamma so‘zlar kabi so‘z bo‘lib, u ham ma’lum bir
mustaqil tushuncha anglatadi va bir yoki bir necha nutq tovushining
birikishidan iborat bo‘lgan bir vosita hisoblanadi. Tushunishda qiyinchilik
tug‘diradigan holatlar ham bor, bu holatda so‘z yoki so‘z birikmasi
umumis’temolda ham bo‘lib, shu bilan birga ma’lum bir terminologik
sistemaga ham kirishi mumkin. Yana bir muammo shundan iboratki, har xil
ensiklopedik lug‘atlarda ma’lum bir terminga turlicha ta’rif berilgan. Bunday
murakkabliklar nafaqat har xil, balki ayni bitta lug‘atda ham ko‘rish mumkin:
1) umumiy ta’rif –
maxsus (spets.)
; 2) ishlatiladigan soha markerlangan bo‘ladi
–
matem, geog.,texn., gram., filos. lingvistikada, grammatikada
kabi. Ba’zan
maxsus leksemani (terminlarni)
kitobiy
belgisi,
og‘zaki
belgisi (kasb-hunar
leksikasi) ham qo‘yiladi.
7
Ko‘rinadiki, adabiy til lug‘atlarida maxsus leksikani tushunishda lug‘at
tuzuvchining assotsiativ qarashlari ustunlik qilmoqda. Bundan shunday fikrga
olib keladiki, terminologik lug‘atlarni tuzishda lingvistlar bilan birga ma’lum
soha vakillari birgalikda jamoa bo‘lib ishlashi lozim.
Hozirgi zamon tilshunoslik talabiga ko‘ra terminning leksik birlik
5
Бу ҳақда қар.: Немыка А.А. Метаязык лингвистики: научное и художественое представления: Дисс. док.
филол. наук. – Орел, 2015. – С.60
6
Немыка А.А. Ўша асар. – С.72.
7
Немыка А.А., Ушаков А.А. Дискурсивное пронстранство текста: троллинг как элемент некооперативной
речевой стратегии современной интернет-коммуникации //Вестник Российского университета дружбы
народов. Сер.Вопросы образования: языки и специальность. – 2012. – №4. – С. 68.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 7, 3 Июль
9
https://universalpublishings.com
sifatidagi maqomini qayta ko‘rib chiqishga, uning potensial hajmini va
definitsiyalarning sifatiy boyishini aniqlashga to‘g‘ri keladi. Bu o‘z navbatida
terminlarning leksikografik manbalarda ifodalashning yangi modellashtirish
tamoyillarini ishlab chiqishga olib keladi. Turli soha mutaxassislarining tuzgan
yangi zamon terminologik lug‘atlarda bilimlarning ekstrapolyasiyasi va
zamonaviy integratsiya tendensiyalari namoyon bo‘lmoqdaki, unda bir ob’ekt
yoki hodisaning turli aspektlarda o‘rganilishi kuzatilmoqda. Informatsion
texnologiyalarning faol rivojlanishi, zamonning yangi talablari, fanning
umumiy taraqqiyoti borliqning kognitiv modelini ko‘rsatish uchun
terminologik tushunchaning yangi shakllarini izlashga majbur qiladi.
A.A.Nemikaning fikricha ilmiy termin faqat bir til nuktai nazaridan kompleks
o‘rganish ob’ekti bo‘la olmaydi.
8
Xulosa
Termin maxsus leksikaga kirgani bilan umumiste’mol so‘z qatorida
ishlatilsa ham odatdagi so‘z bilan aynan bir narsa emas.
Ma’lumki, o‘tmishda Yevropada ilm-fanning dastlabki yaratuvchilari
bo‘lgan qadimgi greklarda va rimliklarda termin fanu tushunchalarni
ifodalovchi so‘zlar sifatida qo‘llangan bo‘lsa ham, bizning zamonamizga kelib
bu tushuncha o‘zgarishlarga uchradi: ko‘pgina olimlar termin so‘zining
ma’nosini avvalgicha, ya’ni ma’lum fan va fan bilan bog‘langan texnika,
san’at va madaniyatga oid hodisalar bilan belgilasalar, ba’zi bir olimlar har
qanday otni termin deb hisoblashga tayyordirlar. Bu jihatdan ular termin
so‘zini morfologiyadagi ot so‘zining ekvivalenti – sinonimiga aylantirib
qo‘yadilar.
Terminni otning sinonimi deb hisoblovchilar, aslida, ingliz faylasuflarining,
so‘ngra G.I.Chelpanovning “Mantiq” darsligidagi (XIX asrning oxiri va XX
asrning boshlarida o‘n martadan ortiq nashr qilingan) fikrlarini takrorlaydilar.
Ingliz faylasuflarining fikricha, «mantiqda tushunchalar haqida emas,
terminlar, nomlar yoki terminlar haqida gapirish maqsadga muvofiqdir»
9
. Ingliz
tilidagi
beautiful, delivery, ever, unbeautiful, undelivery, forever
so‘zlari
8
Немыка А.А.
Ассоциативное поле предметной области языкознания как
лингводидактическая проблема // Культурная жизнь ЮгаРоссии. – 2009. –
№ 5 (34). – С. 86.
9
Челпанов Г.И. Учебник логики.
–
М.,1946. .
–
С.8.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 7, 3 Июль
10
https://universalpublishings.com
bo‘lishli (positive) va bo‘lishsiz (negative) terminlardir
10
.
Demak, mantiqshunos uchun termin mantiqiy muhokama elementi
bo‘lib, uning faqat ot bilan ifodalanishi shart emas. Ammo tilshunos terminni
bu xilda tushunmasligi kerak. Tilshunoslikda hamma terminlarni, shu
hisobdan, odatdagi sifatlarni ham terminga kiritish terminning doirasini asossiz
ravishda kengaytirib yuborish bo‘lardi. Hozirgi mantiqshunoslar terminni bu
xilda keng ma’noda, ya’ni so‘z ma’nosida qo‘llamaydilar. Termin so‘zlarning
bir xili, ammo hamma otlar (ayniqsa, sifatlar) ham termin deb hisoblanmasligi
lozim.
10
Челпанов Г.И. Ўша асар.
– Б.
11.
