SYNTHESIS OF ZINC-PROTECTED METAL ORGANIC COMPOUNDS

Abstract

The article examines the synthesis of acrylonitrile-based metal organic polymer. The structure of polymer matrices containing the nitrile group synthesized in the presence of the Zn (II) ion was analyzed by IR spectroscopy, DTG derivatography, and the viscosity was studied.

Medicine, pedagogy and technology: theory and practice
Source type: Conferences
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
https://zenodo.org/records/13121198
CC BY f
141-145
26

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Eshankulov , X. (2024). SYNTHESIS OF ZINC-PROTECTED METAL ORGANIC COMPOUNDS. Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(7), 141–145. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/mpttp/article/view/36347
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article examines the synthesis of acrylonitrile-based metal organic polymer. The structure of polymer matrices containing the nitrile group synthesized in the presence of the Zn (II) ion was analyzed by IR spectroscopy, DTG derivatography, and the viscosity was studied.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 7, 31 Июль

141

https://universalpublishings.com

AKRILONITRIL ASOSIDA METALL ORGANIK POLIMER

SINTEZI

Eshankulov Xasan Nurmamatovich

Termiz davlat universiteti texnika fanlari falsafa doktori,

Annotatsiya:

Maqolada akrilonitril asosida metall organik polimer sintezi

o'rganildi. Zn(II) ioni ishtirokida sintez qilingan nitril guruhi tutgan polimer
matritsalarini tuzilishi IQ-spektroskopiya, DTG derivatografiya usullari bilan tahlil
qilindi hamda qovushqoqligi o'rganildi.

Kalit so'zlar:

Akrilonitril, rux oksidi, benzoil peroksid, polimerizatsiya, IQ-

spektroskopiya, derivatogramma.

ОРГАНИЧЕСКИЙ ПОЛИМЕРНЫЙ СИНТЕЗ МЕТАЛЛОВ НА

ОСНОВЕ АКРИЛОНИТРИЛА

Аннотация:

В статье изучен синтез металлического органического

полимера на основе акрилонитрила. Структура полимерных матриц,
содержащих нитрильную группу, синтезированных в присутствии иона Zn (II),
была проанализирована методами ИК-спектроскопии, ДТГ-дериватографии и
изучена вязкость.

Ключевые слова:

акрилонитрил, оксид цинка, пероксид бензоила,

полимеризация, ИК-спектроскопия, дериватограмма.

SYNTHESIS OF ZINC-PROTECTED METAL ORGANIC

COMPOUNDS

Annotation:

The article examines the synthesis of acrylonitrile-based metal

organic polymer. The structure of polymer matrices containing the nitrile group
synthesized in the presence of the Zn (II) ion was analyzed by IR spectroscopy, DTG
derivatography, and the viscosity was studied.

Key words:

acrylonitrile, zinc oxide, benzoyl peroxide, polymerization, IR

spectroscopy, derivatogram.

Kirish.

Hozirgi kunda tarkibida metall saqlagan organik birikmalardan

issiqlikka chidamli tolalar ishlab chiqarish shuningdek divinilnitril kauchuk ishlab
chiqarishda, nanokompozit birikmalar ishlab chiqarishda hamda

kopolimer sifatida

keng qo’llanilmoqda[1-2]. Metall organik birikmalardan nonog’ovakli birikmalar
ishlab chiqarish dolzarb

muammolardan biri hisoblanadi[3]. Bundan tashqari metall

organik birikmalardan aviatsionni shishalar ishlab chiqarish ham keng joriy
etilgan[4]. Akrilonitril asosidagi polimerlar nafaqat sorbsion texnologiyalarda, balki


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 7, 31 Июль

142

https://universalpublishings.com

boshqa sohalarda, jumladan, akrilonitrilning vinilfosfor kislotasi bilan sopolimeri
asosida yaratilgan ion almashinuvchi membranalar yoqilgʼi elementlari uning N,N-
metilen-bisakrilamid bilan koʼndalang choklangan akrilonitrilning ayrim vinil
monomerlari bilan gidrogellar sifatida

keng qo’llanilmoqda

[5]. Akrilonitril

elementar birligi nitril guruhini o'z ichiga oladi -C≡N, bu yuqori qutublilik va donor-
akseptor o'zaro ta'sir qilish qobiliyati bilan ajralib turadi. Nitril guruhlari ishtirokida
hosil bo'lgan eng muhim komplekslar tarkibida metall ionlari bo'lgan
komplekslardir[6].

Tajribaviy qism:

Qaytarma sovutgich, termometr hamda mexanik

aralashtirgich o’rnatilgan uch og’izli yumaloq tubli kolbaga 150 ml distillangan suv
va 21,2 gr (2 mol) akrilonitril solindi. Elektr plita yordamida 45-50°C harorat
oralig’ida qizdirib turgan holda kolbadagi eritma ustiga yana rux oksididan 8,1 gr (1
mol)

qo’shildi. Rux oksidi to’liq erib ketguncha kolbaga azot gazi yuborib turildi.

2

0 daqiqadan so'ng yana eritma ustiga 0,05gr benzoil peroksid eritmasidan qo'shildi.

So’ngra haroratni asta sekinlik bilan 55-60

0

C ga ko'tarildi va 3 soat davomida

qizdirildi. Natijada oq rangli polimer cho'kma hosil bo’ldi. So’ngra cho’kmani
reaksiyaga kirishmay qolgan moddalardan tozalash uchun xlorid kislotaning 5% li
eritmasi hamda distillangan suv yordamida neytrallandi. Cho’kma filtrlandi va hosil
bo’lgan filtrat quritish pechida 50-55°C oralig’ida 8 soat davomida quritildi.
Quritilgan namunani tarkibini fizik-kimyoviy usullar yordamida tahlil qilindi.
Olingan asosiy mahsulot 96.4%, qo’shimchalar 3,6%. Oq rangli kukunsimon
uchmaydigan suvda eriydigan polimer modda.Reaksiya tenglamasi quyidagicha.

nCH

2

CH

CN

+

nZnO

n

ZnO

N

C

C

H

H

H

C

H

C

C

H

H

C

N

ZnO


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 7, 31 Июль

143

https://universalpublishings.com

Tadqiqotlar

natijasida

sintez

qilingan

metall

organik

polimer

nanokompozitlarga asoslangan kompozit qoplama olindi. Sintez qilingan metall
organik polimerning fizik-kimyoviy xossalari, IQ-spektr tahlili va termogravimetrik
derivatogrammasi tahlillari o‘rganildi.

1-rasmda sintez asosida olingan akrilonitril

asosidagi metall organik polimer sintezi IQ-spektrida N-H guruhning valent
tebranishlari 3358 sm

-1

sohada kuzatildi. C-H guruhning assimmetrik hamda

simmetrik tebranishlari 2879 sm

-1

sohada kuzatildi. Nitril guruh oralig’idagi C

N

va N=C=O guruhlarning valent tebranishlari natijasini 2160-2341 cm

-1

sohada

joylashganini ko’rish mumkin.

1-rasm. Akrilonitril asosida metall organik polimerning IQ-spektri

tahlili.

Metall bog’ini birikishini kuzatishda Me

n

(CO)

m

guruhida uchta–to’rtta

intensiv hosil bo’lgan bog’larning tebranishlarini 1800-2000 cm

-1

sohalar oralig’ida

joylashganligini ko’rish mumkin.

Akrilonitril asosida metall organik polimer sintezi

termogravimetrik

tahlili.

4.15 mg olinib, jarayon 600 °C haroratda o‘rganildi.

Akrilonitril asosida

metall organik polimer sintezi

termogravimetrik derivatogrammasi quyidagi 2-

rasmda keltirilgan.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 7, 31 Июль

144

https://universalpublishings.com

2-rasm. Akrilonitril asosida metall organik polimer sintezining

termogravimetrik derivatogrammasi (TGA)

Sintez qilingan akrilonitril asosida metall organik polimer sintezining termik

analizi o'rganildi. Yangi sintez qilingan akrilonitril asosida metall organik polimer
termik tahlili 20-600°C haroratlar oralig'ida olib borildi. Bu derivatogramma 2-
rasmda keltirilgan bo’lib u 2 ta egri chiziqdan iborat.

Sintez qilingan akrilonitril asosida metall organik polimer DTA tahlilida uch

sohada massa yo’qotish va endotermik jarayon yuz bergan. Moddalarni
parchalanishining birinchi bosqichda 30,83

0

C da boshlanib, 236,92

0

C da 0,081mg

yoki 1,224% massa yo’qotishi kuzatildi. Bu parchalanish suvning chiqib ketishi
bilan tushuntiriladi.

Ikkinchi bosqichda 236,92

0

C da boshlanib 309,47

0

C da 0,987mg, yoki

14,918% massa yo’qotilishi bilan tugallandi. Bu haroratlar oralig’ida sianid
guruhning parchalanishi natijasida azot II oksidi ajraladi.

Uchinchi bosqich aosiy parchalanish bosqichi bo’lib, 309,98

0

C da boshlanib

600

0

C da 0,193 mg yoki 2,917% massa yo’qotilishi kuzatildi. Bunda organik

birikmalar parchalanishidan uglerod va metall karbonatlarining parchalanishidan
uglerod,azot va metall oksid qoldiqlari qoladi.

Sintez qilingan mahsulotning DTA tahlilida issiqlikning yutilishi yani

endotermik jarayonda 276,95

0

C da moddalarning parchalanishi kuzatildi. Bu

jarayon davomida rux oksidlari ajralishidan parchalanish ro’y beradi.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 7, 31 Июль

145

https://universalpublishings.com

Xulosa.

Xulosa qilib aytganda,

akrilonitril asosida metall organik polimer

s

intez qilindi. Sintez qilingan metall organik polimerning tarkibi, tuzilishi, fizik va

kimyoviy xossalari, barqarorligi IQ, DTA, DTG va boshqa tahlillar asosida
aniqlandi. Olingan polimerni sintezi jarayoniga qo’llanganda yuqori iqtisodiy
samaradorlikka erishildi.

Adabiyotlar ro'yxati.

1.

Eshankulov X.N., Turayev X.X., Umbarov I.A., Jalilov A.T., Nikel

tutgan akril sopolimerining IQ-spektr tahlili. O‘zr FА akademigi, O‘zR xizmat
ko‘rsatgan fan arbobi, xalqaro oliy maktab akademiyasi akademigi,kimyo fanlari
doktori, professor Parpiev Nusrat Agzamovich tavalludining 90 yillik xotirasiga
bagʼishlangan «kompleks birikmalar kimyosining dolzarb muammolari»
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. 2021 yil
14-15 sentyabrь, 168-169 b

2.

Eshankulov X.N., Turayev X.X., Umbarov I.A., Jalilov A.T.

Metallorganik sopolimer sintezi. Fan va texnologiyalar taraqqiyoti ilmiy-texnikaviy
jurnal.– Buxoro – 2021. № 4.151-156 b.

3.

Eshankulov Kh.N., Тurayev Х.X., Umbarov I.A., Karimov M. U., Djalilov

A. T. Nikel tutgan akril sopolimerining sintezi. НамДУ илмий ахборотномаси -
Научный вестник НамГУ 2021 йил 10-сон. 58-62 b.

4.

Eshankulov Kh.N., Тurayev Х.Х., Umbarov I.A., Jalilov A.T. The studying

synthesis and research of nickel and tin acrylate on the basis of the copolymers.
Journal of Pharmaceutical Negative Results - Volume 13 - Special Issue 7 – 2022.
1165-1180.

5.

Eshankulov Kh.N., Тurayev Х.Х., Umbarov I.A., Jalilov A.T.

Metallorganik sopolimer sintezi. Fan va texnologiyalar taraqqiyoti ilmiy-texnikaviy
jurnal. – Buxoro – 2021. № 4.151-156 b.

6.

Eshankulov X.N., Turayev X.X., Umbarov I.A., Jalilov A.T. Titan (II)

oksidining akril kislota bilan hosil qilgan polimer ioniti sintezi. “металлорганик
юқори молекулали бирикмалар соҳасидаги долзарб муаммоларниниг
инновацион ечимлари”. 2021y. 64b.

References

Eshankulov X.N., Turayev X.X., Umbarov I.A., Jalilov A.T., Nikel tutgan akril sopolimerining IQ-spektr tahlili. O‘zr FА akademigi, O‘zR xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, xalqaro oliy maktab akademiyasi akademigi,kimyo fanlari doktori, professor Parpiev Nusrat Agzamovich tavalludining 90 yillik xotirasiga bagʼishlangan «kompleks birikmalar kimyosining dolzarb muammolari» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. 2021 yil 14-15 sentyabrь, 168-169 b

Eshankulov X.N., Turayev X.X., Umbarov I.A., Jalilov A.T. Metallorganik sopolimer sintezi. Fan va texnologiyalar taraqqiyoti ilmiy-texnikaviy jurnal.– Buxoro – 2021. № 4.151-156 b.

Eshankulov Kh.N., Тurayev Х.X., Umbarov I.A., Karimov M. U., Djalilov A. T. Nikel tutgan akril sopolimerining sintezi. НамДУ илмий ахборотномаси - Научный вестник НамГУ 2021 йил 10-сон. 58-62 b.

Eshankulov Kh.N., Тurayev Х.Х., Umbarov I.A., Jalilov A.T. The studying synthesis and research of nickel and tin acrylate on the basis of the copolymers. Journal of Pharmaceutical Negative Results - Volume 13 - Special Issue 7 – 2022. 1165-1180.

Eshankulov Kh.N., Тurayev Х.Х., Umbarov I.A., Jalilov A.T. Metallorganik sopolimer sintezi. Fan va texnologiyalar taraqqiyoti ilmiy-texnikaviy jurnal. – Buxoro – 2021. № 4.151-156 b.

Eshankulov X.N., Turayev X.X., Umbarov I.A., Jalilov A.T. Titan (II) oksidining akril kislota bilan hosil qilgan polimer ioniti sintezi. “металлорганик юқори молекулали бирикмалар соҳасидаги долзарб муаммоларниниг инновацион ечимлари”. 2021y. 64b.