IJTIMOIY ADOLAT VA TENGLIKNI TA'MINLASHDA KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLARNING O‘RNI

Annotasiya

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida ijtimoiy davlat qurish yo‘lida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning mazmuni yoritiladi. Asosiy e’tibor inson qadri, ijtimoiy adolat va huquqiy davlat tamoyillariga qaratilgan.

Medicine, pedagogy and technology: theory and practice
Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
https://doi.org/10.5281/zenodo.16976362
CC BY f
33-38

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
SUBANOV Olimjon Suyarkul o‘g‘li. (2025). IJTIMOIY ADOLAT VA TENGLIKNI TA’MINLASHDA KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLARNING O‘RNI. Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 3(7), 33–38. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/mpttp/article/view/136301
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida ijtimoiy davlat qurish yo‘lida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning mazmuni yoritiladi. Asosiy e’tibor inson qadri, ijtimoiy adolat va huquqiy davlat tamoyillariga qaratilgan.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 07, Июль

33

https://universalpublishings.com

IJTIMOIY ADOLAT VA TENGLIKNI TA'MINLASHDA

KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLARNING O‘RNI

SUBANOV Olimjon Suyarkul o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Malaka oshirish instituti Yuridik fanlar kafedrasi

katta o‘qituvchisi, dotsent (+99893) 551-71-30

Annotasiya.

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi

doirasida ijtimoiy davlat qurish yo‘lida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy
islohotlarning mazmuni yoritiladi. Asosiy e’tibor inson qadri, ijtimoiy adolat va
huquqiy davlat tamoyillariga qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

Yangi O‘zbekiston, konstitutsiyaviy islohotlar, ijtimoiy davlat,

inson qadri, ijtimoiy adolat, huquqiy davlat, taraqqiyot strategiyasi.

РОЛЬ КОНСТИТУЦИОННЫХ РЕФОРМ В ОБЕСПЕЧЕНИИ

СОЦИАЛЬНОЙ СПРАВЕДЛИВОСТИ И РАВЕНСТВА


Аннотация.

В статье рассматривается содержание конституционных

реформ, реализуемых в рамках Новой стратегии развития Узбекистана по
построению социального государства. Основное внимание уделяется принципам
человеческого достоинства, социальной справедливости и верховенства права.

Ключевые слова:

Новый Узбекистан, конституционные реформы,

социальное государство, человеческое достоинство, социальная справедливость,
верховенство права, стратегия развития.

THE ROLE OF CONSTITUTIONAL REFORMS IN ENSURING

SOCIAL JUSTICE AND EQUALITY


Annotation.

The article examines the content of constitutional reforms

implemented within the framework of the New Development Strategy of Uzbekistan
to build a social state. The main attention is paid to the principles of human dignity,
social justice and the rule of law.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 07, Июль

34

https://universalpublishings.com

Key words:

New Uzbekistan, constitutional reforms, social state, human dignity,

social justice, rule of law, development strategy.


Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida adolatli va xalqparvar davlat

barpo etish uchun zarur konstitutsiyaviy makon va mustahkam qonunchilik asoslarini
yaratish vazifasi o‘z aksini topgan. Davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoevning «Hozirda
O‘zbekiston ijtimoiy davlat va adolatli jamiyat qurish sari bormoqda. Shu sababli
«Yangi O‘zbekiston - ijtimoiy davlat» tamoyilini konstitutsiyaviy qoida sifatida
muxrlashning vaqti soati yetdi», - deb ta’kidlagani chuqur ramziy ma’no kasb etadi.
Shubxasiz, ijtimoiy davlatni shakllantirishda inson manfaatlaridan kelib chiqish va
inson qadri ustuvorligini ta’minlash davlat faoliyatining, uning ijtimoiy sohadagi
siyosatining tub moxiyatini tashkil qiladi.

Ijtimoiy adolat tamoyillari va demokratiya talablariga asoslanib amalga

oshiriladigan davlat xokimiyati xalq manfaatini ifoda etib, jamiyatni boshqarish hamda
rivojlantirishga xizmat qiluvchi yaratuvchanlik, bunyodkorlik omili sifatida maydonga
chiqadi. Davlat xokimiyati jamiyattaraqqiyotiga ijtimoiy-siyosiy yo‘nalish berib, unga
yaxlitlik, jamuljamlik va barqarorlik baxsh etadi. Mamlakatimizda davlat
organlarining xalq manfaatiga buysundirilganligi konstitutsiyaviy prinsip tarzida
mustahkamlanib, ular faoliyatining asosiy mezoniga aylangan.

Aloxida e’tirof etish lozimki, «Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak

namunasi bo‘lgan Konstitutsiyamiz yurtimizda demokratik davlat va fuqarolik
jamiyati barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida
mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmokda». U jamiyat miqyosida erishiltan o‘ziga
xos kelishuvning mahsuli sifatida namoyon bo‘lib, eng avvalo, davlat xokimiyati
vakolatlarini inson huquqlari ko‘lami doirasida me’yorlash, legitim tarzda cheklash
imkonini berib, xokimiyat bilan fuqarolarning o‘zaro munosabatlarini muvozanatlash
va shaffoflashtirish vazifasini ado etmokda.

Darhaqiqat, Konstitutsiya taraqqiyotimizning xozirgi yangi innovatsion

rivojlanish bosqichidagi isloxotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, xalqimiz uchun
xech kimdan kam bo‘lmagan turmush sharoitlarini yaratish, iktisodiyotimiz ravnaqi,
eng muhimi, rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan joy olishdek oliy
maqsadlarimizning kafolati va huquqiy poydevori sifatida barchamizni yanada yuksak
marralarga ruhlantiradigan beqiyos qudrat manbai bo‘lib maydonga chiqmoqda.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 07, Июль

35

https://universalpublishings.com

Asosiy qonunda xalqimizning demokratiya va ijtimoiy adolat g‘oyalariga bo‘lgan

ishonchi hamda qatiy sadoqati mustahkamlangan. Zero, xalqimiz hayotiy tajribasiga,
milliy va madaniy an’analariga, barcha fuqarolar va turli ijtimoiy guruhlar
manfaatlariga mos keladigan asl demokratiyani qaror toptirish hamda ijtimoiy adolat
tamoyillariga tayangan davlatni qurish ulkan siyosiy ahamiyatga molik vazifadir.

Fikrimizcha, «huquqiy davlat» va «ijtimoiy davlat» Konstitutsiya davlat uchun

aniq ijtimoiy dasturni belgilab bermasa-da, shubxasiz unda davlat siyosatining
konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari belgilanadi. Davlat siyosatining ikki muhim jihatini
nazarda tutish lozim.

Birinchisi - fuqarolarga munosib xayot kechirish uchun va insonning erkin

rivojlanishi uchun sharoit yaratishda ifodalanadi. Bu – mexnatni va insonlar sog‘lig‘ini
muhofazalash, ish xakining minimal xajmini belgilash, ishsizlikning oldini olish va
x.k.

Ikkinchisi, - aholining ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlarini qo‘llabquvvatlash,

nogironlarga hamda qariyalarga g‘amhurlik qilish va boshqalar. Ijtimoiy xizmatlar
tizimini rivojlantirish, davlat pensiyalarini, nafakalar va boshka ijtimoiy himoya
kafolatlarini belgilash ko‘zda tutiladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga

o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan
Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvda konstitutsiyaviy islohotlar
ob’ektiv hayotiy zarurat sifatida kun tartibiga chiqayotganini, “Inson qadri uchun”
g‘oyasini hamda hozirgi islohotlarimizning bosh tamoyili bo‘lgan “Inson – jamiyat –
davlat” degan yondashuvni Konstitutsiyamizning mazmuniga chuqur singdirib, amaliy
hayotimizda bosh qadriyatga aylantirishimiz zarurligini alohida ta’kidladi.

Darhaqiqat, bugungi kunda tarixiy zaruriyatga aylangan Konstitutsiyaviy

islohotlar jarayonida yangi g‘oyalarni Bosh Qonunimizning mazmun-mohiyatiga
singdirish xalqimizning ehtiyoj va manfaatlari, xaq-huquqi va erkinliklari bilan
bog‘liqdir. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan - “Inson qadri uchun” g‘oyasi
Konstitutsiyaviy islohotlarning asosini tashkil etmoqda.

Inson haq-huquqlari va erkinliklari xalqaro me’yoriy-huquqiy xujjatlarda,

shuningdek, dunyoning rivojlangan davlatlarining konstitutsiyalarida ham o‘z aksini
topgan.

Darhaqiqat, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan mazkur siyosiy islohotlarni

dunyoning rivojlangan mamlakatlari Asosiy Qonunlariga qiyoslagan holda ularning


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 07, Июль

36

https://universalpublishings.com

inson huquqlarini ta’minlashga doir moddalarini o‘rganish o‘z oldimizga qo‘ygan
maqsadni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bosh qomusimizda «Inson va fuqarolarning huquqlari doirasida iqtisodiy va

ijtimoiy huquqlari alohida o‘rin tutadi. Bu huquqlar inson faoliyati bilan uzviy bog‘liq
bo‘lib, uning yashirin, ochilmayotgan imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi, pirovardida
uni oddiy insondan shaxsga aylantiradi».

Inson huquqlarini ta’minlashda esa ijtimoiy davlat masalasiga ham alohida e’tibor

qaratish lozim deb o‘ylaymiz.

Davlatning insonparvarligi va madaniy darajasi, u o‘tkazayotgan ijtimoiy

siyosatning mazmuniga qarab baholanadi. Shu sababli ham islohotlarning yangi
bosqichida Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning tub
mohiyati aholining aniq tabaqalarini qamrab oladigan maqsadli ijtimoiy himoya
tizimini takomillashtirishdan, ayniksa, ijtimoiy adolat qoidalarini yanada
mustahkamlashga qaratilayotganligi muximdir.

Asosiy maqsad – jamiyatda yaratilayotgan moddiy va ma’naviy boyliklarni

ijtimoiy adolat tamoyili asosida qayta taqsimlashdan iboratdir. Bunda har bir
fuqaroning maishiy turmush tarzi holatini sifat jihatdan yuqori darajaga olib chiqish,
aholining turmush sharoiti va sifatijihatdan tabaqalanishiga, ya’ni ular o‘rtasidagi
yashash uchun ketadigan sarfxarajatlar bo‘yicha farqlarning kattalashib ketishiga yo‘l
qo‘ymaslik va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismiga davlat tomonidan
kafolatlar tizim orqali yordam ko‘rsatiladi. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, maqsad
yaratilgan ne’matlardan ijtimoiy kafolatlar orqali hamma bahramand bo‘lishini
ta’minlashdan iborat.

Yangilangan Konstitutsiyamizning 1-moddasida, jumladan: “O‘zbekiston –

boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy
va dunyoviy davlat”, – deyilgan. Davlatning “demokratik” degan sifati, jumladan,
diniy va jinsiy jihatdan fuqarolarning tengligini ham nazarda tutadi. Ya’ni bu
mamlakatda erkak bilan ayolga bir xil huquq va erkinliklar berilishini taqozo etadi.
Qanday qilib, bir paytning o‘zida erkakka to‘rt, ayolga esa bir martagina nikoh
huquqini beramiz? “Huquqiy” sifatida mamlakatda jamiyatni ilgari qabul qilingan
qandaydir tartibqoidalar emas, xalq vakillaridan tashkil topgan parlament qabul qilgan
qonunlar asosida boshqarish ko‘zda tutiladi.

Ahamiyatlisi, mamlakatda oxirgi besh-olti yilda ijtimoiy davlatning asosiy

talablari amalda qo‘llanildi, jumladan:


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 07, Июль

37

https://universalpublishings.com

Birinchidan,

2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi va 2022-

2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida, aynan ijtimoiy sohani
rivojlantirish, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish masalalari
ustuvor vazifalar etib beligilandi.

Ikkinchidan,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tashkil etildi,

“Monomarkaz”lar faoliyati yo‘lga qo‘yildi, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va
“Yoshlar daftari” tashkil etildi, ishlayotgan pensionerga yuz foiz pensiya to‘lashga
o‘tildi, 2022 yilni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deya nomlanildi,
Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi tasdiqlandi va mamlakatda kambag‘allik
muammosi tan olindi, har bir aholi punktlarida (mahallalarda) kambag‘allikni
qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadini
oshirish uchun mas’ul bo‘lgan hokim yordamchilari lavozimi joriy etildi. Eng muhimi,
aholiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yildi.

Uchinchidan,

ijtimoiy davlatga mos bo‘lgan ta’lim va tibbiyot sohalariga alohida

e’tibor qaratildi. “Ta’lim uchun investitsiya – buyuk kelajakka sarmoya” shiori ostida
uzluksiz ta’lim tizimini muntazam takomillashtirib borish, sifatli ta’lim-tarbiya berish,
malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha misli ko‘rilmagan islohotlar amalga oshirildi,
buning natijasida maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 27,7 foizdan 67foizga,
maktablardagi malakali oliy ma’lumotli o‘qituvchilar ulushi 81,8 foizdan 87,8 foizga,
11 yillik majburiy maktab ta’limi qayta tiklandi, maktab o‘qituvchilarining ish
yuklamasi maqbullashtirildi va majburiy mehnatga barham berildi, yoshlarni oliy
ta’lim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 38 foizga yetkazildi.

Sog‘liqni saqlash sohasida budjetdan ajratilgan mablag‘lar 7,3 trln. so‘mdan 24,7

trln. so‘mga, shifokorlarning o‘rtacha oylik maoshi 1131,2 ming so‘mdan 3282,7 ming
so‘mga, hamshiralar maoshi 692,1 ming so‘mdan 2008,6 ming so‘mga, dori vositalari
va tibbiy buyumlar uchun budjetdan ajratilgan mablag‘lar 0,4 trln.so‘mdan 1,8
trln.so‘mga, tibbiyot sohasidagi OTMlar soni 7 tadan 9 taga, xususiy tibbiyot
tashkilotlari soni 4 000 tadan 7 049 taga yetkazildi. Xulosa qilib aytganda,
O‘zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etishning asosi yaratildi.

Yangilanayotgan Konstitutsiyada O‘zbekiston ijtimoiy davlat deb e’lon

qilinmoqda. Davlatning ijtimoiy majburiyatlariga oid normalar qariyb uch baravarga
ortmoqda.

“Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” tamoyilini konstitutsiyaviy norma sifatida

mustahkamlanmoqda, bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik, nogironligi bor shaxslar va


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 07, Июль

38

https://universalpublishings.com

keksa avlod vakillari huquqlarining ishonchli muhofazasini ta’minlash, fuqarolarning
ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash, mehnatga haq
to‘lashning eng kam miqdorini belgilanishi, fuqarolarning tibbiy yordamning
kafolatlangan hajmini davlat hisobidan olishga haqliligi kabi qo‘shimchalar
konstitutsiya loyihasiga kiritilmoqda.

Natijada inson va fuqarolarning Konstitutsion normalar orqali kafolatgan

ijtimoiy-iqtisodiy huquqi va erkinligi, o‘z navbatida, mos ravishda davlatning tegishli
majburiyati bilan mustahkamlanmoqda.

Bu esa, o‘z navbatida, so‘nggi yillarda Harakatlar strategiyasi doirasida erishilgan

natijalar va Taraqqiyot strategiyasi doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish
uchun mustahkam konstitutsion himoyani ta’minlash, huquq va erkinliklardan kelajak
avlodlarimiz emin-erkin foydalanishi uchun ular Konstitutsiyada muhrlanmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.: «Adolat», 2023 yil

2.

Jahon Konstitutsiyalari. 1-jild. Jahon davlatlari konstitutsiyalari to‘plami.

Toshkent.1997 yil.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: I.B.Zokirov. Iqtisodiy va ijtimoiy

huquqlar. Toshkent, 2002 yil.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.: «Adolat», 2023 yil

Jahon Konstitutsiyalari. 1-jild. Jahon davlatlari konstitutsiyalari to‘plami. Toshkent.1997 yil.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: I.B.Zokirov. Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar. Toshkent, 2002 yil.