O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA PEDAGOGIK MAQOM BERILGANLIGINI BILASIZMI?

Annotasiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida pedagogik maqomning belgilanishi va uning ahamiyati haqida batafsil ma'lumot beriladi. Konstitutsiyada ta'lim va pedagoglar uchun berilgan huquqlar va majburiyatlar tahlil qilinadi. Pedagogik maqomning yuksak darajada belgilanishi O‘zbekistonda ta'lim tizimining rivojlanishi va sifatli kadrlar tayyorlashga qaratilgan siyosiy va ijtimoiy, madaniy – marifiy  islohotlarning muhim qismi ekanligi ko‘rsatiladi. Maqolada pedagoglarning jamiyatdagi o‘rni va davlat tomonidan ularga ko‘rsatiladigan e'tiborning ahamiyati ham yoritiladi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
5-8
42

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Raxmonova, R. ., & Tursunov , B. . (2025). O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA PEDAGOGIK MAQOM BERILGANLIGINI BILASIZMI?. Модели и методы в современной науке, 4(1), 5–8. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/mmms/article/view/60962
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida pedagogik maqomning belgilanishi va uning ahamiyati haqida batafsil ma'lumot beriladi. Konstitutsiyada ta'lim va pedagoglar uchun berilgan huquqlar va majburiyatlar tahlil qilinadi. Pedagogik maqomning yuksak darajada belgilanishi O‘zbekistonda ta'lim tizimining rivojlanishi va sifatli kadrlar tayyorlashga qaratilgan siyosiy va ijtimoiy, madaniy – marifiy  islohotlarning muhim qismi ekanligi ko‘rsatiladi. Maqolada pedagoglarning jamiyatdagi o‘rni va davlat tomonidan ularga ko‘rsatiladigan e'tiborning ahamiyati ham yoritiladi.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

5

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA PEDAGOGIK

MAQOM BERILGANLIGINI BILASIZMI?

Raxmonova Rayxona Nabijon qizi

Termiz Davlat universiteti yuridik fakulteti 1-kurs talabasi

Tursunov Behruz Normurod o’g’li

Ilmiy rahbar:

https://doi.org/10.5281/zenodo.14603270

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida

pedagogik maqomning belgilanishi va uning ahamiyati haqida batafsil ma'lumot
beriladi. Konstitutsiyada ta'lim va pedagoglar uchun berilgan huquqlar va
majburiyatlar tahlil qilinadi. Pedagogik maqomning yuksak darajada belgilanishi
O‘zbekistonda ta'lim tizimining rivojlanishi va sifatli kadrlar tayyorlashga
qaratilgan siyosiy va ijtimoiy, madaniy – marifiy islohotlarning muhim qismi
ekanligi ko‘rsatiladi. Maqolada pedagoglarning jamiyatdagi o‘rni va davlat
tomonidan ularga ko‘rsatiladigan e'tiborning ahamiyati ham yoritiladi.

Annotation:

This article provides detailed information about the

definition and significance of the pedagogical status in the Constitution of the
Republic of Uzbekistan. It analyzes the rights and duties granted to educators
within the constitution. The high level of pedagogical status established is shown
to be a crucial part of political and social reforms aimed at developing the
education system and training qualified personnel in Uzbekistan. The article also
highlights the importance of the attention given by the state to the role of
teachers in society.

Аннотация:

В данной статье предоставлена подробная информация

о значении и закреплении педагогического статуса в Конституции
Республики

Узбекистан.

Анализируются

права

и

обязанности,

предоставленные педагогам в рамках конституции. Указывается, что
высокий уровень педагогического статуса является важной частью
политических и социальных реформ, направленных на развитие системы
образования и подготовку квалифицированных кадров в Узбекистане. В
статье также подчеркивается важность

внимания,

уделяемого

государством роли педагогов в обществе.

Kalit so‘zlar:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Pedagogik maqom,

Ta'lim tizimi, Pedagoglar huquqlari, Pedagoglar majburiyatlari, Ta'lim
islohotlari, Ijtimoiy siyosat, Sifatli ta'lim.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

6

Key words:

Constitution of the Republic of Uzbekistan, Pedagogical status,

Education system, Teachers' rights, Teachers' duties, Educational reforms, Social
policy , Quality education

Ключевые слови:

Конституция Республики Узбекистан, Педагогический

статус, Система образования, Права педагогов, Обязанности педагогов,
Реформы образования, Социальная политика, Качественное образование .
Pedagogik maqom to’risidagi qonun nafaqat ta’lim sohasini rivojlanishiga
yordam beradi hamda har bitta pedagok qonunchiligimizda belgilanga o’z
sohasiga oid qonun va qoidalar doimo ularni qo’llab-quvvatlashidan ham darak
berib ularni himoya qiladi. Shu bilan birgalikda pedagoglarning davlat bojidan
ozod qilinishi , ularni kasbiy faoliyatiga aralashishni taqiqlash, va kasbiy
faoliyati boshlangan shaxslarga o’qituvchilik –murabbiylik tizimi joriy etilganligi
bu pedagogika sohasida yanada qulayliklar olib keldi desak mubolag’a
bo’lmaydi.
Ta’lim insonni yuksak va yetuklik darajasiga ko’tarib qolmasdan, u
davlatimizning ham yuksalishida eng kata ahamiyatga ega . Jahon tajribasi ham
faqat ta’lim orqaligina ko’plab muammolargani hal qilish mumkinligini
ko’rsatadi . Qayerda va qachon bo’lmasib bilimi yuksak qobilyatli kishilar o’z
yutuqlari bilan mamlakatimizni rivojlantirishda yordam beradi. Fuqarolarning
bilimli bo’lishga undash va ularni ruhlantirish ham katta ahamiyat kasb etadi,
chunki ta’lim tizimidagi yangi islohat va shart – sharoitlar har bitta ilm izlagan
insonlarning nazaridan chetda qolmaydi.
“ O’zbekistonda har bir shaxsning ta’lim olish huquqini ta’minlash
maqsadida mukammal ta’lim tizimi shakllantirildi va takomillashtirmoqda.1992-
yil 80 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyaning 41-moddasida: “ Har kim bilim
olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan
kafolatlanadi.maktab ishlari davlat nazoratidadir ” – deb ta’lim olish huquqi
qisqa bayon qilingan edi.
Hozirgi paytda ta'limning jahon mamlakatlarining rivojlanishda o`rni hisobga
olinib yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ta'limga taalluqli munosabatlar uchun 4
ta modda ajratildi va huquqiy normalar ham ko'paytirildi .
Konstitutsiyaning 50- moddasida:” Har kim talim olish huquqiga ega .Davlat
uzluksiz ta'lim tizimi, uning har xil turdagi va shakllari ,davlat va nodavlat ta'lim
tashkilotlari rivojlanishini ta'minlaydi. Davlat maktabgacha ta'lim va tarbiyani
rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Davlat bepul umumiy o' rta ta'lim
va boshlang'ich professional ta'lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o'rta ta'lim
majburiydir. Maktabgacha ta'lim va tarbiya umumiy o'rta ta'lim davlat


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

7

nazoratidadir. Ta'lim tashkilotlarda alohida ta'lim ehtiyojlarga ega bo'lgan
bolalar uchun inklyuziv ta'lim va tarbiya ta'minlanadi” - deb ta'lim
munosabatlarni keng va mukammal belgilangan .
Konstitutsiyaning 51-moddasi fuqarolar oliy ta'lim olish huquqini belgilaydi.
Unga asosan “Fuqarolar davlat ta'lim tashkilotlarda tanlov asosida davlat
hisobidan oliy ma'lumot olishga haqli. Oliy ma'lumot tashkilotlari qonunga
muvofiq akademik erkinlik, o`zini o'zi boshqarish, tadqiqotlar o'tkazish va
o'qitish erkinligiga ega”. Umumiy o'rta ta'lim olish huquqi hammaga tegishli
bo'lsa oliy ta'lim tanlovlari tanlovdan o'tgan uchun davlat hisobidan qolganlarga
o'z hisobidan ta'minlanadi.
Yangi tahrirdagi konstitutsiyaning diqqatga sazovor tomonlaridan biri - uning
maxsus normalari bilan o'qituvchi maqomini alohida yuqori darajada belgilash
bo`ladi. Konstitutsiyaning 52- moddasida O'zbekiston respublikasida
o'qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog'lom, barkamol
avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqining ma'naviy va madaniy
salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e'tirof etiladi .Davlat
oʻqituvchilarining shani va qadr-qimmatini himoya qilish ularni ijtimoiy va
madaniy farovonligi, kasbiy jihatdan o`sishi to'g'risidagi g'amxo'rlik qiladi”- deb
mustahkamlanadi va jamiyat davlatni rivojlantiruvchi kuch sifatida o'qituvchi
mehnati faoliyati eʼtirof etiladi.
Konstitutsiyaning 53- moddasida belgilangan erkinlikni ta'lim-huquqini davom
davomi hisoblash mumkin. Shu sababli bu masalani mazkur banda qisqacha
yoritishni to'g'ri bo'ladi. Shu moddada “Har kimga ilmiy , texnikaviy va badiiy
ijod erkinligi madaniy yutuqlardan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Intellektual
mulk qonun bilan muhofaza qilinadi davlat jamiyatning madaniy ilmiy va
texnikaviy rivojlanishi haqida g’amxo’rlik qiladi deb belgilangan”. Bu moddada
asosiy yangilik intellektual mulk huquqini himoya qilishini asosini
Konstitutsiyada belgilanishidir .”
Ózbekiston Respublikasida pedagogik maqom, ya'ni pedagoglarning
ijtimoiy, huquqiy va kasbiy mavqei boshqa davlatlar bilan taqqoslanadigan
bo'lsa, ba'zi o'xshashliklar va farqlar mavjud. Pedagogik maqom, umuman
olganda, ta'lim tizimi va pedagoglarning jamiyatdagi o'rnini belgilovchi tizimdir.
Quyidagi jihatlarda o'xshashliklar va qarama-qarshiliklar ko'rinadi:
O'xshashliklar:
1. Pedagogik ta'limning ijtimoiy ahamiyati:Ko'plab mamlakatlarda pedagoglar
jamiyatda o'qituvchilik va ta'limni rivojlantirish bo'yicha muhim rollarga ega.
Ta'lim sohasi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi bo'lib qoladi.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

8

Pedagoglar kasbiy ravishda yuqori darajali bilim va ma'lumotlarga ega
bo'lishlari talab qilinadi.
2. Pedagoglarning kasbiy maqomi:
Pedagoglar ko'plab davlatlarda maxsus ta'lim, malaka oshirish va pedagogik
sifatlarni ta'minlashga intiladi.
Pedagoglar ko'pincha davlat tomonidan ish haqi va ijtimoiy himoya bilan
ta'minlanadi.
Qarama-qarshiliklar:
1. Pedagogik maqomning huquqiy asoslari:
Ózbekistonda pedagoglarning maqomi, ularning huquqlari va majburiyatlari
"Pedagogik faoliyat to'g'risida"gi qonun bilan tartibga solinadi. Boshqa
mamlakatlarda bu soha, masalan, AQShda, individual shtatlar tomonidan
boshqariladi va ta'lim tizimi umumiy federal qonunlarga muvofiq tashkil etiladi.
Pedagoglarning ijtimoiy maqomi va hurmati ba'zi mamlakatlarda yuqori bo'lishi
mumkin, boshqalarda esa, masalan, Xitoyda, pedagoglar ko'pincha ijtimoiy
hayotda yuqori maqomga ega bo'ladi, lekin bu yerda ta'lim tizimi kuchli
markazlashgan.
2. Ta'lim tizimidagi farqlar:
Ózbekistonda davlat ta'lim tizimi katta rol o'ynaydi, ta'limning barcha
bosqichlari davlat tomonidan boshqariladi va moliyalashtiriladi. Boshqa
davlatlarda, masalan, Yaponiya yoki Finlandiyada, ta'lim tizimi ko'proq mustaqil
va erkin bo'lib, pedagoglar ko'proq huquqlarga ega.
3. Pedagogik maqsadlar va metodologiyalar:
Har bir davlatda ta'lim tizimi va pedagogik yondashuvlar o'ziga xos bo'ladi.
Ózbekistonda ko'proq sovet davridagi ta'lim an'analari, dars metodlari saqlanib
qolgan bo'lsa, boshqa davlatlar, masalan, Skandinaviya, Finlandiya, Janubiy
Koreya mamlakatlarida o'quvchilarga yanada erkin va individual yondashuvlar
mavjud.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

1.Konstitutsiyaviy huquq darsligi,0.T.Husanov,2023-yil.

2.

2.O’zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi.

3.

3. Ózbekistondagi pedagogik maqomning asosiy manbalaridan biri

"Pedagogik faoliyat to'g'risida"gi qonun bo'lib, bu huquqiy asoslar
pedagoglarning kasbiy maqomiga doir barcha normativ hujjatlarni belgilaydi.
Boshqa davlatlarda bu manbalar turlicha bo'lishi mumkin: masalan, AQShda
ta'lim qonunlari, Yaponiya va Finlyandiyada ta'lim tizimiga oid davlat siyosati va
an'analar.
4.

Lex.uz

Bibliografik manbalar

Konstitutsiyaviy huquq darsligi,0.T.Husanov,2023-yil.

O’zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi.

Ózbekistondagi pedagogik maqomning asosiy manbalaridan biri "Pedagogik faoliyat to'g'risida"gi qonun bo'lib, bu huquqiy asoslar pedagoglarning kasbiy maqomiga doir barcha normativ hujjatlarni belgilaydi. Boshqa davlatlarda bu manbalar turlicha bo'lishi mumkin: masalan, AQShda ta'lim qonunlari, Yaponiya va Finlyandiyada ta'lim tizimiga oid davlat siyosati va an'analar.

Lex.uz