MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
22
RAQAMLI IQTISODIYOT VA INNOVATSIYALAR
Kodirova Xurshida Ismoilovna
Assistent
Fatxulloyeva Aziza Isomiddin qizi
Talaba
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13896907
Ushbu maqolada biz raqamli iqtisodiyotda innovatsiyalarning muhim rolini
va u sanoat, iqtisodiyot va jamiyat kelajagini qanday shakllantirishini hamda
raqamli iqtisodiyotda innovatsiyalarning asosiy afzalliklaridan biri uning
iqtisodiy o'sishini rag'batlantirish va yangi qiymat manbalarini yaratishni
o'rganamiz.
В этой статье мы исследуем важную роль инноваций в цифровой
экономике и то, как они формируют будущее промышленности,
экономики и общества, а одним из основных преимуществ инноваций в
цифровой экономике является стимулирование экономического роста и
создание новых источники стоимости.
In this article, we explore the important role of innovation in the digital
economy and how it shapes the future of industry, economy and society, and one
of the main benefits of innovation in the digital economy is its stimulation of
economic growth and creation of new sources of value.
Mamlakatimizda Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha muhim
dasturiy amal hisoblangan hujjatlardan biri bu O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrda qabul qilingan "«Raqamli O'zbekiston-
2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari
to'g'risida"gi PF-6079-sonli Farmoni hisoblanadi. [1]
Raqamli texnologiyalar innovatsion jarayonlarni tezlashtirish uchun katta
salohiyat kerak ekanligini hisobga olinadi, shuning uchun iqtisodiyot sektorining
raqamli salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan investitsiyalar bugungi sharoitda
uning raqobatbardoshligida muhim omil hisoblanadi. [2]
Zamonaviy sharoitda raqamli iqtisodiyot sektorining muammolari
muqarrar ravishda iqtisodiyotning raqobatbardoshligiga ta'sir qiladi, chunki
aktual ma'lumotlarni olish va qayta ishlashda kechikish, raqamli resursdan
foydalana olmaslik natijasida avvalgi bozor pozitsiyalarining yo'qolishiga olib
keladi.
XX-asr oxiri - XXI-asr boshlarida jahon iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy
tendensiya sanoat va postindustrial iqtisodiyot raqamli iqtisodiyot deb
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
23
ataladigan yoki AKT dan foydalanishga asoslangan iqtisodiyotga o'tish
boshlandi.
"Raqamli iqtisodiyot atamasi birinchi bo'lib AQSH olimi 1995 yilda Don
Tepkott muallifligida chop etilgan "Raqamli iqtisodiyot: tarmoqli intelekt asrida
va'da va xavf-xatar" nashrida alohida tushuncha sifatida istiloh etilgan. [3]
Ushbu nashrda raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlariga:
1. fundamental innovatsiyalar (yarimo'tkazgichlar, protsessorlar),
2. asosiy texnologiyalar (kompyuterlar),
3. bog'lovchi infratuzilmalar (internet va telekommunikatsiya tarmoqlari)
ajratib ko'rsatiladi.
Raqamli iqtisodiyot bu jamiyat ne'matlarini ishlab chiqarish, taqsimlash,
ayraboshlash va iste'mol qilish jarayonlarida AKTni keng joriy etishni ko'zda
tutadigan insonning iqtisodiy faoliyat turi hisoblanadi.
Raqamli iqtisodiyot belgilari:
-
yuqori darajada avtomatlashtirilganlik;
-
buxgalteriya xisobi, xisobotlari va boshqaruv tizimlarining elektron
integratsiyalashuvi;
-
elektron hujjat almashinuvi;
-
ma'lumotlar elektron bazalari;
-
CRM (mijozlar bilan o'zaro munosabat tizimi) mavjudligi;
-
korporativ tarmoqlar.
Raqamli iqtisodiyotning qulayliklari:
-
Tovarlar va xizmatlar haqida ko'proq va tezroq ma'lumot olinadi.
-
Raqamli dunyodagi tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish
imkoniyatlari katta.
Tezroq,sifatliroq, qulayroq,iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli
texnologiyalarni qo'llash asnosida amalga oshirishning yaxlit bir tizimi-bu
raqamli iqtisodiyotdir.[4] Raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlari
quyidagilar: infratuzilma, shu jumladan texnik, dasturiy ta'minot,
telekommunikatsiya , virtual bozor subyektlari o'rtasidagi virtual o'zaro aloqalar
doirasida kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan elektron biznes:
kompyuter tarmoqlari yordamida amalga oshiriladigan barcha moliyaviy va
tijorat operatsiyalarini, shuningdek bunday operatsiyalar bilan bog'liq bo'lgan
biznes-jarayonlarni o'z ichiga olgan elektron tijorat.
Xulosa
qilib
aytganda,
innovatsiyalar
raqamli
iqtisodiyotdagi
muvaffaqiyatning asosi boʻlib, o'sish, transformatsiya va ijtimoiy taraqqiyotga
turtki bo'ladi. Innovatsiyalar madaniyatini o'zlashtirib, raqamli ko'nikma va
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
24
imkoniyatlarga sarmoya kiritish hamda tarmoqlar bo'yicha hamkorlikni
rivojlantirish orqali mamlakatlar raqamli inqilobning to'liq salohiyatini ochib,
uning kuchidan inklyuziv va barqaror rivojlanish uchun foydalanishi mumkin.
Raqamli asrning murakkabliklarini kezar ekanmiz, innovatsiyalarga hamma
uchun yorqinroq va mustahkam kelajakni qurish katalizatori sifatida ustuvor
ahamiyat beraylik.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ID-9413-son "Oʻzbekiston
Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish
kontseptsiyasi to'g'risida" gi qarori.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 iyulda "Innovatsion
faoliyat to'g'risida"gi Qonuni.
3. G.M. Porsaev, B.Sh. Safarov. D.Q. Usmanova. Raqamli Iqtisodiyot asoslari
Toshkent-2020.B.8.
4. Хусаинов З.А. Инновационные процессы в образовании. Казань-2014.
Шайхуллина И.С. Инновационный менеджмент как средство повышения
качества художественного образования в педагогическом университете
