ZIYORAT TURIZMI ORQALI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI (BUXORO VILOYATI MISOLIDA)

Аннотация

Turizm  butun dunyo bo’ylab eng tez rivojlanayotgan  iqtisodiy sohalardan biridir. Uning rivojlanishi deyarli barcha tarmoqlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, mamlakat iqtisodiyotining jadal o‘sishiga olib keladi. Jahon iqtisodiy faoliyatida turizm sohasi yuqori daromad manbai sifatida alohida ahamiyatga ega. Turizm mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, valyuta tushumlarini ko‘paytirish, ish o‘rinlari yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish imkonini bermoqda. Butunjahon sayyohlik tashkiloti – UN Tourism har yili global va mintaqaviy turizm ko‘rsatkichlariga oid statistik tadqiqotlar natijalarini e’lon qilib boradi. Unga ko‘ra, 2023-yilda turistik tashriflar soni 1,286 milliondan ortiq kishini, avvalgi yilga nisbatan o‘sish 33,9 % ni tashkil qildi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Hazratkulov , J. (2024). ZIYORAT TURIZMI ORQALI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI (BUXORO VILOYATI MISOLIDA). Модели и методы в современной науке, 3(9), 5–7. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/mmms/article/view/52947
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Turizm  butun dunyo bo’ylab eng tez rivojlanayotgan  iqtisodiy sohalardan biridir. Uning rivojlanishi deyarli barcha tarmoqlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, mamlakat iqtisodiyotining jadal o‘sishiga olib keladi. Jahon iqtisodiy faoliyatida turizm sohasi yuqori daromad manbai sifatida alohida ahamiyatga ega. Turizm mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, valyuta tushumlarini ko‘paytirish, ish o‘rinlari yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish imkonini bermoqda. Butunjahon sayyohlik tashkiloti – UN Tourism har yili global va mintaqaviy turizm ko‘rsatkichlariga oid statistik tadqiqotlar natijalarini e’lon qilib boradi. Unga ko‘ra, 2023-yilda turistik tashriflar soni 1,286 milliondan ortiq kishini, avvalgi yilga nisbatan o‘sish 33,9 % ni tashkil qildi.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

5

ZIYORAT TURIZMI ORQALI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH

ISTIQBOLLARI (BUXORO VILOYATI MISOLIDA)

Hazratkulov Jahongir

Osiyo Xalqaro Universiteti Iqtisodiyot yo’nalishi

1-bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11500669

Turizm

butun dunyo bo’ylab eng tez rivojlanayotgan

iqtisodiy

sohalardan biridir. Uning rivojlanishi deyarli barcha tarmoqlarga ijobiy ta’sir

ko‘rsatib, mamlakat iqtisodiyotining jadal o‘sishiga olib keladi. Jahon iqtisodiy

faoliyatida turizm sohasi yuqori daromad manbai sifatida alohida ahamiyatga

ega. Turizm mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib,

valyuta tushumlarini ko‘paytirish, ish o‘rinlari yaratish, kichik biznes va xususiy

tadbirkorlikni rag‘batlantirish imkonini bermoqda. Butunjahon sayyohlik

tashkiloti – UN Tourism har yili global va mintaqaviy turizm ko‘rsatkichlariga

oid statistik tadqiqotlar natijalarini e’lon qilib boradi. Unga ko‘ra, 2023-yilda

turistik tashriflar soni 1,286 milliondan ortiq kishini, avvalgi yilga nisbatan

o‘sish 33,9 % ni tashkil qildi.

1

Bugungi kunda turizmning jahon iqtisodiyotidagi o‘rni va uning

rivojlanish xususiyatlari, jumladan, ziyorat turizmi va boshqa turistik

yo‘nalishlarning

rivojlanish

tendentsiyalari

va

istiqbollari,rivojlangan

mamlakatlar yalpi ichki mahsulotida ziyorat turizmining ulushi, turli statistik

ma’lumotlar ilmiy tadqiqotlarda keng o’rganib yoritilmoqda. Jumladan , ziyorat

turizmi tarixi,Buxoro vohasida ziyorat qilinadigan ziyoratgohlar tarixchi olimlar

tomonidan ham o’rganilgan.Biroq Buxoro viloyati misolida ziyorat turizmini

rivojlantirish usullari, hududdagi iqtisodiy imkoniyatlar, bu sohada yo’l

qo’yilayotgan xato va kamchiliklar, shu bilan birga, ushbu yo’nalishda keng

targ’ib qilinayotgan novatsiyalar hali hanuz ilmiy jhatdan o’rganilmagan.

Bugungi kunda ushbu sohani rivojlantirishga

hukumatimizning

e’tibori ham beqiyos. Jumladan, 2021-yil 24-fevralda qabul qilingan O`zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish

bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi, O`zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2022 yil 30 apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya

qilishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorlarida “… ziyorat

turizmi infratuzilmasini rivojlantirish, ziyorat turizmi marshrutlarida

foydalaniladigan madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish, targ`ibot

ishlarini keng ravishda amalga oshirish, Buxoro viloyati “Yetti Pir”

1

https://www.unwto.org/tourism-data/global-and-regional-tourism-performance


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

6

ziyoratgohlariga boruvchi ichki yo`llarni to`liq ta`mirdan chiqarish ustuvor

masalalar etib belgilandi. O`zbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini to`liq

o`rganish, ma`lumotlarni tizimlashtirish, ziyoratgohlar, ulamolar va ularning

ilmiy merosi haqida ilmiy asoslangan ma`lumotlarni shakllantirish, muntazam

ravishda ziyorat turizmi yo`nalishida targ`ib qiluvchi tadbirlarni tashkil etish

choralarini ko`rish; xorijiy mamlakatlarda tashkil etiladigan respublikaning

ziyorat turizmi salohiyatini targ`ib qilish imkoniyati bo`lgan xalqaro

ko`rgazmalarda doimiy ravishda milliy stend bilan ishtirok etib borish;

muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlar ro`yxatidagi obyektlarning respublika

hududlarining “chorlov nuqtasi” sifatida turizm yo`nalishlariga kiritilishini va

keng targ`ib qilinishini ta`minlanishi” kabi vazifalar mas`ul idoralarga

biriktirildi.

2

O‘zbekiston turizm, xususan, ziyorat turizmini rivojlantirish uchun katta

salohiyatga ega. Mamlakat hududida 8 mingdan ziyod madaniy meros obyektlari

mavjud bo‘lib6 , ulardan 209 tasi UNESCO ning Butunjahon merosi ro‘yxatiga

kiritilgan.

3

Bugungi kunga kelib Buxoro viloyatidagi ziyorat turizmi nafaqat milliy, balki

xalqaro turizm tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. Insonlar asrlar davomida

o‘zlari muqaddas deb hisoblagan manzillar, diniy markazlarga tashrif buyuradi.

Bundan tashqari diniy marosimlarga qatnashish, ziyorat davomida diniy

majburiyatlarini bajarishga intiladi. Din omili insonlar, jamoalar va hatto

xalqlarning o‘zo‘zini anglash, xulq-atvorini shakllantirishga bevosita ta’sir

o‘tkazadi. Mazkur omil ijtimoiy tizimning elementi bo‘lib, aksariyat hollarda eng

muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi. Mamlakatimizdagi mavjud ziyorat turizmi

salohiyatidan yanada unumli foydalanish, O‘zbekiston zaminini dunyo

sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biri sifatida namoyon qilish, jahon

hamjamiyati va xalqaro tashkilotlarning yuqori e’tiroflariga sazovor bo‘lish,

shuningdek, ziyorat turizmi xizmatlarini diversifikatsiya qilish va turizm

eksportini oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston

Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish choratadbirlari

to‘g‘risida” 2021 yil 9 fevraldagi PF-6165-son Farmoni ijrosini ta’minlash

maqsadida 2022 yil 20 mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

“Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi”ni tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi 282-sonli Qarori qabul qilindi. O‘zbekiston bugun dunyoga yangi

2

Kurbanova Mohinur Xabib qizi. ZIYORAT TURIZMIGA IJTIMOIY HODISA SIFATIDA TARIXIY-ILMIY YONDASHUV.//

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali. 1/2023,

yanvarfevral (№ 00063).-B.419.

3

https://articles.unesco.org/en/articles/uzbekistan-and-unescos-strong-partnership-preservation-and-promotion-

world-heritage-sites


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

7

imkoniyatlarni ochayotgan, barqaror rivojlanayotgan, ziyorat va sayohat uchun

xavfsiz mamlakat sifatida yanada kengroq tanilmoqda. Prezidentimiz tomonidan

“Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasining tasdiqlanishi, yaqinda bo‘lib o‘tgan

SHanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitida O‘zbekiston a’zo

davlatlarda 2023 yilni turizmni rivojlantirish yili deb e’lon qilishi uning xalqaro

ahamiyatini yaqqolroq namoyon etdi. Albatta amalga oshirilayotan islohotlar

xorijliklarning yurtimizga tashrifi uchun muhim omil hisoblanadi.