MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
73
JONGELDI ZAVOD TIPIDAGI QORA RANGLI QORAKOʻL
QOʻZILARINING TIRIK VAZN VA EKSTERER KOʻRSATKICHLARI
D.Maxammatova
tayanch doktorant,
A.Gaziyev
ilmiy rahbar, bo‘lim mudiri, q.x.f.doktori, professor
Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13922606
Annotatsiya.
Maqolada Jongeldi zavod tipidagi qora rangli qorako‘l
qo‘zilarining tirik vazn va eksterer ko‘rsatkichlarini baholash natijalari
yoritilgan. Olingan natijalarga biometrik ishlov berilib, raqamlar asosida yoritib
berilgan.
Kalit so‘zlar.
Qorako‘l qo‘ylari, zavod tipi, tirik vazn, eksterer
ko‘rsatkichlari, genotip.
Аннотация.
В статье описаны результаты оценки каракульских ягнят
Джангелдинского заводского типа по живой массе и экстерьерным
показателям. Полученные результаты биометрически обработаны и
обосновываются на основе цифр.
Ключевые слова.
Каракульские овцы, заводской тип, живая масса,
показатели экстерьера, генотип.
Qorako‘lchilik chorvachilikning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi.
Qorako‘lchilikning ahamiyati shundan iboratki, uning rivojlanish hududi og‘ir
ekstremal sharoiti bilan ta’riflanuvchi cho‘l mintaqalari hisoblanadi. Ushbu
sharoitda qorako‘l terilari, go‘sht, jun, po‘stinbop qo‘y terilari ishlab chiqaradi.
Shu bois aholining go‘sht mahsulotiga bo‘lgan talabini qondirishda qorako‘l
qo‘yining o‘rni ahamiyatlidir. Ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy-
tadqiqotlar dolzarb hisoblanadi.
Ma’lumki, qishloq xo‘jalik hayvonlarining tirik vaznining o‘zgarishi, o‘sish
va rivojlanish ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘liq xususiyatlar hisoblanadi. Qishloq
xo‘jalik hayvonlarida o‘sish va rivojlanish ma’lum qonuniyat asosida amalga
oshadi.
Oʻsish–hayvonlar miqdor ko‘rsatkichlarining ortishi, ya’ni tirik vaznining
ortishidir. Rivojlanish esa hayvonlar organizmidagi sifat ko‘rsatkichlarining
o‘zgarishidir, bu jarayonda hayvon organizmidagi organlarning shakllanishi
tushuniladi.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
74
Ta’kidlash lozimki, turli genotiplarga mansub organizmlar tirik vazn, o‘sish
va rivojlanish va boshqa xususiyatlari bilan bir–biridan farq qiladi. Bunday
holatni o‘rganish ularning imkoniyatlarini aniq baholashga zamin yaratadi.
Tadqiqotning maqsadi
Jongeldi zavod tipidagi qora rangli qorako‘l
qo‘zilarining tirik vazn ko‘rsatkichlari va mahsuldorlik xususiyatlari o‘rganish
hisoblanadi.
Tadqiqot ob’ekti va usullari.
Tadqiqotlar Buxoro viloyati, Peshku tumani
“Jongeldi qorako‘lchilik” MChJ da urchitiluvchi jongeldi zavod tipiga mansub
qora rangli qorako‘l qo‘ylaridan olingan avlodlarda olib borildi. Avlodlarda tirik
vazn va eksterer ko‘rsatkichlari umumqabul qilingan zootexniyaviy usullar
yordamida, shuningdek “Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarini yuritish va
qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma” (S.Yu.Yusupov va
boshqalar, 2021) asosida ko‘z bilan ko‘rish, millimetrli lineyka hamda tirik vazni
o‘lchov tarozisida o‘lchanib, qo‘ylarning genotipik holati aniqlandi.
Olingan ma’lumotlarga variatsion statistika usullarida matematik ishlov
berilib, (N.A.Ploxinskiy, 1969) o‘rtacha arifmetik qiymati (X) va uning xatosi
uning xatosi (Sx) aniqlandi.
Tadqiqot natijalari.
Tadqiqotlar davomida jongeldi zavod tipidagi qora
rangli qorako‘l qo‘zilarining tirik vazni yosh toifasida o‘rganildi. Yuqorida qayd
etilganidek, tadqiqotlarda olingan avlodlarning tug‘ilgandagi va 4,5 oylik
yoshidagi tirik vazni aniqlanib, olingan ma’lumotlarga biometrik ishlov berildi.
Ushbu yo‘nalishda olib borilgan tadqiqot natijalari quyidagi 1-jadvalda
umumlashtirilgan.
1-jadval
Jongeldi zavod tipidagi qora rangli qorako‘l qo‘zilarining tirik vazni
Guruhlar
n
Tirik vazni, kg
X±Sx
Cv
Tug‘ilgandagi tirik vazni
30
4,14±0,06
8,69
4,5 oylik yoshidagi tirik vazni
30
25,49±0,09
2,07
Jadval ma’lumotlari avlodlarning tug‘ilgandagi hamda 4,5 oylik yoshidagi
tirik vazn ko‘rsatkichlari orasidagi tafovut qo‘zilarning tug‘ilgandan boshlab
onasidan ajratilguncha jadal o‘sib borganligini ko‘rsatadi. Buni qo‘zilar
tug‘ilgandan boshlab 4-4,5 oylik yoshigacha ona suti bilan oziqlanganligi hamda
organizmdagi mavjud suyaklar bo‘sh va o‘sishga moyilligi bilan izohlash
maqsadga muvofiqdir. Albatta bundan tashqari turli tashqi omillar, jumladan
asrash, oziqlantirishning ham tirik vaznning o‘sishiga bevosita ta’siri mavjud.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
75
Shuningdek tadqiqotlar davomida avlodlarning ekster’er ko‘rsatkichlari
o‘rganildi. Ma’lumki qishloq xo‘jalik hayvonlarining ekster’er ko‘rsatkichlari
muhim ahamiyat kasb etadi, jumladan qorako‘l qo‘ylarida zotdorlik,
konstitutsiya tipi hamda o‘sish va rivojlanishni baholashda ahamiyatlidir. Ushbu
yo‘nalishda olib borilgan tadqiqot natijalari 2-jadvalda o‘z aksini topgan.
2-jadval
Jongeldi zavod tipidagi qora rangli qorako‘l qo‘zilarining eksterer
ko‘rsatkichlari
Гурухлар
n
Tana o‘lchamlari, sm
Tug‘ilganda
4,5 oylikda
X±Sx
Cv
X±Sx
Cv
Gavda qiya uzunligi
30
28,4±0,09 1,90
50,6±0,15
1,68
Ko‘krak aylanasi
30
38,9±0,12 1,72
70,9±0,18
1,46
Ko‘krak kengligi
30
15,1±0,07 2,58
21,0±0,13
3,52
Ko‘krak chukurligi
30
11,3±0,09 4,60
21,6±0,11
2,96
Poycha aylanasi
30
5,18±0,08 9,26
5,49±0,06
6,37
Qarchigay balandligi
30
35,2±0,12 1,87
55,5±0,07
0,70
Jadval ma’lumotlari avlodlarning eksterer ko‘rsatkichlari orasida yoshga
xos bo‘lgan ko‘rsatkichlar aniqlanganligi hamda sezilarli farqlanishlar
kuzatilmaganligini ko‘rsatadi. Olingan natijalar nisbiy bo‘lib, paratipik omillar
(oziqlantirish va asrash) ta’sirida ma’lum darajada o‘zgarishga uchrashi
mumkinligini aytish lozim.
Xulosa.
Bajarilgan tadqiqot natijalari bo‘yicha jongeldi zavod tipidagi qora
rangli qorako‘l qo‘ylarining qo‘chqorlari hamda sovliqlari mustaxkam genotipga
ega hamda o‘z xususiyatlarini avlodlarga kuchli o‘tkazadi deb xulosa qilish
mumkin
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Юсупов С.Ю. ва бошқалар. “Қоракўлчиликда наслчилик ишларини
юритиш ва қўзиларни баҳолаш (бонитировка қилиш)” бўйича қўлланма.
Тошкент 2021й. 31-б
2.Плохинский. Н.А. Руководство по биометрии для зоотехников. Москва.
1969. 256 с.
