MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
76
РOBOTOTEXNIKA ASOSLARI FANINI OʻQITISHDA SMART
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB NAZARIY VA AMALIY DARS
ISHLANMASINI ISHLAB CHIQISH.
Yavqochdiyev Davlat Davronovich
Buxoro davlat universiteti 1-bosqich tayanch doktoranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13922917
Annotatsiya.
Ushbu maqolada talabalarning ijodkorlik qobilyatlarini
robototexnika elementlari asosida rivojlantirishning bosqichlari haqida so’z
boradi. Maqolada robototexnika fanini o’rganish natijasida talabalarning aqliy
taffakurining rivojlanishida robototexnika elementlari dasturiy qurulmalarining
roli, shuningdek talabalarning bilim, malakalari amaliy faoliyatda ilgarilab
borish uchun samarali nazariy ko’nikmalari ta’kidlab o’tiladi.
Kalit so’zlar:
robototexnika elementlari ,dasturiy qurulmalari, dizayn,
dasturlash
Аннотация.
В данной статье говорится о практическом развитии
творческих способностей учащихся на основе элементов робототехники. В
статье подчеркивается роль элементов робототехники в освоении
робототехники и развитии учащихся, а также эффективных теоретических
умений учащихся для продвижения своих знаний и умений в
практической деятельности.
Ключевые слова:
элементы робототехники, программные структуры,
проектирование, программирование
Abstract.
This article talks about the practical development of students'
creative abilities based on the elements of robotics. The article emphasizes the
role of robotics elements in the development of robotics and the development of
students, as well as the effective theoretical skills of students to advance their
knowledge and skills in practical activities.
Keywords:
elements of robotics, program structures, design, programming
Kirish.
Jamiyatning rivojlanishida , innovatsion loyihalar, zamonaviy
texnikalar va axborot-kommunikatsiya, texnologiyalari ta’lim faoliyatining
asosiy ajralmas qismiga aylanib, ularning
samaradorligini sezilarli darajada
oshirib, talabalarning intellektual, hissiy va shaxsiy qobiliyatlarini har
tomonlama rivojlantirishga hissa qo’shmoqda. Ayniqsa texnologiyalarning
zamonaviy rivojlanishi o'ziga xos xususiyatlari, yosh avlodning ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirish, texnik tayyorgarligini takomillashtirish g‘oyasi
muhim vazihalardan biri hisoblanib, robototexnika asoslarini o’qitilishi talaba va
yoshlarning o’z qiziqishlaridan kelib chiqib kelajakdagi maqsad va kasblarini o'zi
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
77
belgilashini shakllantirib, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish,texnik
muhandislik ijodkorlik tafakkurini shakllantirish ta’minlamoqda.
Metodik qo’llanmaning ishlab chiqish bosqichlari O'qituvchi tomonidan
fannining shaxsga yunaltirilgan va rivojlantiruvchi ta'limga asoslangan o'qitish
texnologiyasi bo'yicha metodik qo'llanma ishlab chiqiladi. Fanni o'qitish
texnologiyasi ta'lim jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish, o'tkazish, bilim va
ko'nikmalarni baholash jarayonini o'z ichiga oladi. Har bir mashg'ulot uchun
texnologik xaritalari ishlab chiqiladi. Texnologik xaritani loyihalash pedagogik
mahorat cho'qqisi hisoblanadi, chunki mashg'ulot davomida bajariladigan
amaliy ish jarayoni texnologik xaritada ketma-ketlik qoidasi asosida
tasvirlanadi. Quyidagi sxemalarda metodik qo'llanmani ishlab chiqishda fanni
o'qitish texnologiyasining umumiy namunaviy tuzilmasi keltirilgan.
1. Umumiy o'quv maqsadlari. O'quv maqsadlari muayyan ta'lim jarayoni
yakunida ta'lim oluvchi tomonidan o'zlashtirilishi, yangi hosil qilinishi lozim
bo'lgan bilim, hatti-harakat bilan bog'liq bo'lgan amaliy topshiriqni uddalay olish
mahorati, shaxsiy fazilatlar va xulqni belgilaydi.
Har bir fanning o'quv maqsadlari to'g'ri belgilanishi muhim ahamiyatga ega.
Umumiy o'quv maqsadlarning mazmuni yo'naltiruvchi maqsad-lardan kelib
chiqib belgilanadi. Umumiy o'quv maqsadlari yo'naltiruvchi maqsadlarni
aniqlashtiradi. Umumiy o'quv maqsadlari ta'lim oluvchi muayyan fan bo'yicha
egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma, malaka haqida umumiy tasavvurni
beradi.
2. Nazariy va amaliy mashg'ulotlar. O'qituvchi tomonidan nazariy va
amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish texnologiyasi, dars ishlanmasi va texnologik
xaritasi ishlab chiqiladi. Har bir mashg'ulot bo'yicha dars ishlanmalari va
texnologik xaritalarni ishlab chiqish o'quv jarayonini to'laqonli loyihalashtirish
hamda samarali tashkil etish imkonini beradi.
3. Mustaqil ish. Mustaqil ishlar talabaning umumiy rivojlanishiga va kasbiy
mahoratini o'stirishga xizmat qilishi kerak. Shuningdek talabalarning mustaqil
va ijodiy ishlarini tashkil qilish tarbiyaviy, ta'limiy ahamiyatga ham ega bo'lishi
kerak. Tarbiyaviylik ahamiyati shundaki talaba o'z bilimini oshirish va
mustahkamlash uchun o'zini-o'zini tarbiyalab boradi.
Ta'limiy ahamiyati esa talaba bo'sh vaqtdan samarali foydalangan holda
mustaqil bilim olish jarayonining shakllanishiga olib keladi. Mustaqil ishlarning
turlari, shakllarini tanlashda «oddiydan-murakkabga» hamda «umumiydan-
xususiyga», «mavhumdan-aniqlikka» tamoyillariga amal qilish lozim. Mustaqil
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
78
va ijodiy ish topshiriqlarini ishlab chiqishda har bir talaba shaxsiy imkoniyatlari,
tushunuvchanlik, o'quv materialini o'zlashtirish darajasi inobatga olinishi,
shaxsga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalarini qo'llash maqsadga muvofiqdir.
4. Mashg'ulotlarni tashkil etish shakllari.
Nazariy, amaliy va mustaqil ish
mashg'ulotlar jamoaviy kichik guruhlarda hamda individual shaklda olib
boriladi. Individual shakl asosan ijodiy topshiriqlarni bajarishga yo'naltiriladi.
Har bir talaba o'zining individual (jismoniy, psixik va b.) xususiyatlariga egaki,
bu uning o'quv faoliyatiga katta ta'sir etadi. Pedagogning bu xususiyatlarni
o'rganishi va inobatga olishi o'qitish sifatini oshirish hamda har bir talabaning
ijodiy qobiliyat-larini rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. Kichik guruhlarda
ishlash maxsus bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko'nikmalar o'rganilishi kerak
bo'lganda, shuningdek talabalarda mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish
uchun qo'llaniladi.
5. Didaktik vositalar va materiallar. O'quv-didaktik materiallarga
o'qitilishi va o'rganilishi lozim bo'lgan bilimlarni beruvchi har qanday axborot
tashuvchilar tushuniladi. Nazariy va amaliy mashg'ulotlarda o'quv-didaktik
materiallar sifatida qullaniladigan matnli - vizual vositalar, amaliy
mashg'ulotlarda kurs materiallari, uslubiy qo'llanmalar, jadvallar, jihoz yoki
asbobni ishlatish bo'yicha ko'rsatmalar hamda elektron ta'lim resurslari ruyhati
beriladi.
6. Joriy, oraliq baholash. Talabalar tomonidan o'quv materiallari
o'zlashtirilganligini, ko'nikma va malakalar hosil bo'lganligini tekshirish hamda
baholash ta'lim jarayonining zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu faqat o'qitish
natijalarini baholash emas, balki o'qitish jarayoni davrida talabalar bilim olish va
mustaqil ish faoliyatiga rahbarlik qilish hamdir. O'qituvchi tomonidan joriy va
oraliq baxolash metodlari va mezonlari ishlab chiqiladi. Joriy baholash
muntazam ravishda o'tkazib boriladi. U ta'lim jarayonidagi yutuq va
kamchiliklarni, samarasini tez-kor aniqlab borish, o'quv jarayonini
muvofiqlashtirish hamda ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi o'rtasidagi qaytar
aloqani ta'minlash imkonini beradi. Oraliq baholash fan asosiy bo'limlari
bo'yicha mashg'ulotlar o'tib bo'lingandan keyin talabalarning bilim va
ko'nikmalarni o'zlashtirganliklari baholanadi.
7. Yakuniy baholash. Yakuniy baholash talabaning fan bo'yicha o'zlashtirish
natijalarini belgilangan mezon va standartlarga javob berishini aniqlaydi.
Yakuniy baholash fanni o'qitish jarayonining yakunida o'tkaziladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
[ PubMed ] 1. Dmitrievskaya N.A. Aqlli ta'lim. – Kirish rejimi:
http://www.myshared. uz/slide/72152/
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
79
2.
Jo‘rayev X.O. Fizika darslarida muqobil energiya manbalari boʻyicha oʻquv
materiallaridan foydalanish yoʻllari//Sharqiy Yevropa ilmiy jurnali. –
Dyusseldorf, 2017. No 2. – P. 83–86.
3.
Juraev X.O., Hamdamova N.M. "Gumanitar yordamda gumanitar
yordamning gumanitar tajribasini o'rganish" // Zamonaviy gumanitar
tadqiqotlar. – Moskva, 2015. No3. – B. 42–4
4.
[ PubMed ] 4. Qaxorov S.X. Amerika ijtimoiy fanlar va ta'lim innovatsiyalari
jurnali (ISSN - 2689-100x) nashr etilgan: 31-may,
5.
Qaxorov S., Sayfullayeva D., Inamov D., Savriyeva I. TALABALAR
FAOLIYATLARINI FAOLLIK DARAJALARI // EPRA International Journal of
Environmental Economics, Commerce and Educational Management Journal
DOI: 10.36714/epra I.04 |1.Fue04 | SJIF Impact Factor (2020): 7572 ISSN: 2348
– 814X Hajmi: 7| Muammo: 4| noyab
