UMUMIY OʻRTA TA'LIM MAKTABLARIDA WEB TEXNOLOGIYALARINI OʻQITISH METODIKASINI RIVOJLANTIRISH

Annotasiya

maqolada informatika darslarida zamonaviy ta’lim yondashuvlari, darsga qo‘yilgan talablar, o‘qituvchining kompetentligi, o’qituvchining kasbiy shakllanish jarayoni innovatsion faoliyat tuzilmasini modellashtirish, umumiy oʻrta ta'lim maktablarida web texnologiyalarini oʻqitish metodikasini rivojlantirish, informatika fani o’qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashning dolzarbligi va bunga erishish bosqichlari haqida so‘z boradi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
53-57
18

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Sulaymonova , D. . (2024). UMUMIY OʻRTA TA’LIM MAKTABLARIDA WEB TEXNOLOGIYALARINI OʻQITISH METODIKASINI RIVOJLANTIRISH. Модели и методы в современной науке, 3(9), 53–57. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/mmms/article/view/52904
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

maqolada informatika darslarida zamonaviy ta’lim yondashuvlari, darsga qo‘yilgan talablar, o‘qituvchining kompetentligi, o’qituvchining kasbiy shakllanish jarayoni innovatsion faoliyat tuzilmasini modellashtirish, umumiy oʻrta ta'lim maktablarida web texnologiyalarini oʻqitish metodikasini rivojlantirish, informatika fani o’qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashning dolzarbligi va bunga erishish bosqichlari haqida so‘z boradi.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

53

UMUMIY OʻRTA TA'LIM MAKTABLARIDA WEB

TEXNOLOGIYALARINI OʻQITISH METODIKASINI RIVOJLANTIRISH

Sulaymonova Dildora Ne’matovna

Buxoro innovatsiyalar universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11575822

Annotatsiya.

maqolada informatika darslarida zamonaviy ta’lim

yondashuvlari, darsga qo‘yilgan talablar, o‘qituvchining kompetentligi,
o’qituvchining kasbiy shakllanish jarayoni innovatsion faoliyat tuzilmasini
modellashtirish, umumiy oʻrta ta'lim maktablarida web texnologiyalarini oʻqitish
metodikasini rivojlantirish, informatika fani o’qituvchilarini innovatsion
faoliyatga tayyorlashning dolzarbligi va bunga erishish bosqichlari haqida so‘z
boradi.

Kalit so‘zlar:

innovatsiya, innovatsion faoliyat, dasturlash, kasbiy bilim,

qobiliyat, intellektual xususiyat, bilim darajasi.

Аннотация.

в статье рассматриваются современные образовательные

подходы на уроках информатики, требования к уроку, компетентность
учителя, процесс профессионального становления учителя моделирование
структуры инновационной деятельности, разработка методики обучения
web-технологиям

в

общеобразовательных

школах,

актуальность

подготовки учителей информатики к инновационной деятельности и
этапы ее достижения.

Ключевые слова:

инновация, инновационная деятельность,

Программирование,

профессиональные

знания,

способности,

интеллектуальный характер, уровень знаний.

Annotation.

the article will talk about modern educational approaches in

Informatics lessons, requirements for the lesson, teacher competence, modeling
the structure of innovative activity of the teacher's professional formation
process, the development of the methodology for teaching web technologies in
general secondary schools, the relevance of preparing teachers of informatics for
innovative activities and the stages of achieving this.

Keywords:

innovation, innovative activity, programming, professional

knowledge, ability, intellectual property, level of knowledge.

Mamlakatimizda dasturchilarini yetishtirib chiqarish zamon talabiga mos

ravishda tashkil etilib, bu borada salmoqli ishlar olib borilayotganligiga
qaramasdan, hozirgacha bir kator muammolar o‘z yechimini topgani yo‘q.
Xususan, chuqur bilimli hamda malakali dasturchilarni tayyorlashga imkon
beruvchi jahon andozalariga mos pedagogik shart-sharoitlarni yaratish; mazkur
jarayonni metodik jixatdan to‘g‘ri tashkil etish; dasturlash tillarini o‘rgatuvchi


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

54

o‘quv fanlaridan kasbiy bilim va malakalarni shakllantiruvchi, o‘quvchining
qobiliyati, intellektual xususiyati, bilim darajasini xisobga olib ta’lim beradigan
elektron darsik yaratish kabi masalalarni shular qatoriga qo‘shish mumkin.

Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida 2019 yil 19

mart kunida o‘tkazilgan Yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va
bo‘sh vaqtlarida madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitobxonlikka
qiziqtirish maqsadida 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risidagi
videoselektorda respublika viloyatlarining barcha shahar va tumanlarida
“Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari”ni va IT parklarni tashkil etish
bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. 2019 yil 21-noyabrda Toshkent shahridagi Inha
universitetida “Bir Million O‘zbek Dasturchilar” deb nomlanuvchi loyihasi ishga
tushurildi. Bundan kelib chiqadiki, bugungi kunda umta’lim maktablarda
informatika va zamonaviy axborot texnologiyalari fanlarini innovatsion usulda
oʻqitish dolzarb masala hisoblanadi.
Jahon pedagogikasi amaliyotida qator olimlar, jumladan, M. V. Bulanova-
Toporkova va boshqalar o‘qituvchining axborot texnologiyalari sohasidagi
bilimdonligini quyidagi sifatlar bilan baholaydilar:

-

zamonaviy axborot muhitida faoliyat tajribasini baholash va

integratsiyalashga qodirlik;

- shaxsiy ijodiy sifatlarini rivojlantirishga intilish;
- umumiy komunikativ (o‘zaro muloqot qilish) madaniyatining yuqori

darajada

bo‘lishi;

-

axborot vositasida o‘zaro birlashib xatti-harakatlarni bajarish masalasida

nazariy

-tushunchalarning va uni tashkillashtirish tajribasining bo‘lishi;
- o‘zini refleksiyalash (o‘z ruhiy holatini tahlil qilish) ehtiyojining bo‘lishi;
- axborotni qabul qilish, tanlash, saqlash, qayta tiklash, taqdim etish

usullarini, uni o‘zgartirish, uzatish va integratsiyalash madaniyatini o‘zlashtirish.

V. K. Selevko esa o‘qituvchining kompyuter savodxonligini:
-kompyuterli texnologiya mazmunining muhim qismi deb hisoblaydi va

uning tarkibiga quyidagilarni kiritadi:

-informatika va hisoblash texnikasining asosiy tushunchalarini bilish;
-kompyuterli texnikaning umumiy tuzilishi va funksional imkoniyatlarini
bilish;
-zamonaviy operatsion tizimlarni bilish;
-umumiy vazifa bajaradigan zamonaviy dasturning qobiqlar va operatsion


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

55

vositalarini (Norton Commander, Windows va boshqalarini) bilish
hamda ularning vazifalarini o‘zlashtirish;
-hech bo‘lmaganda bir matn redaktorini o‘zlashtirganlik;
-dasturlashtirish algoritmlari, tillari va paketlari haqidagi boshlang‘ich
tasavvurlarining bo‘lishi;
-utilitar (amaliy foyda beradigan) vazifalarini bajaradigan amaliy
-dasturlaridan foydalanishning boshlang‘ich tajribasi.
Axborot texnologiyalarining asbob-uskuna va dasturiy vositalarining juda

jadallik bilan rivojlanib borishi, masalan, yangi avlod kompyuterlarining,
yangi
dasturlarining chiqishi, turli ta’limiy vazifalarni hal etish qulay texnikafiy
imkoniyatlar ochib beradi.

Biz innovatsion faoliyatni ta’lim muassasalarini rivojlanish rejimidagi

faoliyatining bir jihati sifatida tasavvur qilamiz. Innovatsion faoliyat deganda,
ijobiy sifat o’zgarishlari bilan tavsiflanuvchi ma’lum bir bosqichlar ketma-ketligi
tushuniladi. Bu faoliyat aniq bir ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda tan olingan
standartni ifoda etuvchi me’yordan chetga chiqishni, muqobil me’yorlarni joriy
etishni, boshqa sohalardagi me’yorlardan foydalanishni nazarda tutadi. U
rivojlanish uchun kerak bo’lgan vositalar to’plamini ta’minlaydi, pedagogik
voqelikni ongli ravishda o’zgartirishni ifoda etadi.

Pedagogning innovatsion faoliyati har bir tarbiyalanuvchining ijod jarayoni

va butun pedagogik jamoaning ijod jarayoni bilan uyg’unlashgan holda olib
borilishi kerak. Pedagogning ijodiy harakatlari butun jamoaning izlanishlari
bilan muvofiqlashtirilmasa, pedagogik yangiliklarjoriy qilish yaxlit, sermahsul
jarayon bo’la olmaydi.

Ta’lim muassasalarida ham innovatsion faoliyatga zaruriyat tug’iladi. Bu

faoliyat hamisha qarama-qarshi ziddiyatli bo’lib, uning o’zi ziddiyatlarni keltirib
chiqaradi va bu ziddiyatlarni hal etish orqali rivojlanib boradi. Shuning uchun
maktab xodimi – innovator “xavfsiz sinovlvr o’tkazish” psixologiyasining
bilimdoni bo’lishi kerak.

Bundan tashqari pedagogik nashrlarda ko’p marta qayd etilganidek, maktab

ta’limini o’zgartirish borasidagi harakatlarga nafaqat alohida odamlar
tomonidan, balki bu birmuncha xavfli - o’qituvchilar jamoasi tomonidan kasbiy
guruh sifatida ko’rsatilayotgan qarshilikni ham e’tiborga olish kerak. Chunki
maktabda o’zgartirishlar jarayonini boshlash g’oyasiga ishonqiramay qarashlar,
keyinchalik uning yo’lini to’sib qo’yishlar mumkin. Albatta o’qituvchilarning


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

56

innovatsion jarayonga kerakli munosabatini qandaydir vaqt davomida
ishontirish, me’yoriy yondashuv va majburlash orqali ta’minlash mumkin.

Innovatsion faoliyat o’quvchilar bilan bevosita o’zaro ta’sir davomida

kechadi, shuning uchun pedagogdan o’zining ruhiy holatini boshqara olish,o’zida
va faoliyat ishtirokchilari bo’lgan o’quvchilarda tezkorlik bilan ijodiy hissiyotni
uyg’ota olish, pedagogik aloqada ijodiy jarayonni amalga oshirishni talab qiladi.
Innovatsion jarayon ushbu kasbiy xususiyatlari pedagog faoliyati mazmuniga
sezilarli ta’sir ko’rsatadi.

O’qituvchini aniq maqsadni ko’zlagan holda innovatsion faoliyatga

tayyorlash – bu yaxlit, bir butun jarayon. U o’zaro bog’liq va bir – biri bilan
shartlangan ikki davrdan tashkil topgan: oliy ta’lim muassasalarida o’qitish
hamda tarbiyalash, shuningdek, maxsus muassasalarda o’qitish va maktabdagi
amaliy pedagogik faoliyatning o’zaro almashib kelishi asosida tashkil qilingan
OTMdan keyingi ta’lim. Qayd etib o’tilgan davrlarni o’qituvchi shaxsini
bosqichma-bosqich rivojlantirib borishning yaxlit jarayoniga birlashtirilishi –
uning innovatsion faoliyatga kiritishning asosidir. Ammo bizning tadqiqotimiz
uchun bu davrlarning birinchisi muhimroq, chunki bo’lg’usi o’qituvchining
kasbiy shakllanish jarayoni innovatsion faoliyat tuzilmasini modellashtirgan
holda oliy ta’lim muassasalarida o’qitish shart-sharoitida muvaffaqiyatli va
to’laqonli kechadi.

V.A.Slastenin tadqiqotlariga ko’ra, o’qituvchini innovatsion faoliyatga

tayyorlash ketma-ketligi quyidagi bosqichlardan iborat:

- Birinchi bosqich - o’qituvchining ijodiy individualligini rivojlantirish,

talabalarda ijodiy pedagogik masalalarni aniqlash, ifodalash, tahlil qilish va
echish qobilyatini shakllantirish, shuningdek, ijodiy izlanishning umumiy
texnologiyasini rivojlantirish: ilgari egallangan bilim va ko’nikmalarni yangi
vaziyatga mustaqil ko’chirish, tanish vaziyatlarda muammoni ob’ektning yangi
funktsiyasini ko’ra olish, ob’ekt tuzilmasini aniqlay olish, muqobil echim yoki
uning usulini topish, ilgari egallangan faoliyat usullarini vujudga kelgan
muammo echimida qo’llay olish, tanqidiy tafakkurni rivojlantirish.

- Ikkinchi bosqich - ilmiy bilish metodologiyasi, pedagogik tadqiqot,

innovatsion pedagogikaga kirish asoslarini egallash. Talabalar innovatsion
pedagogikaning vujudga kelishidagi ijtimoiy va ilmiy sabablar, uning asosiy
tushunchalari bilan tanishishadi, maktabni tashkil etishga oid muqobil
yondashuvlarni ijodiy izohlashga harakat qilishadi, muqobil maktablarni
rivojlantirishning asosiy manbalarini o’rganishadi, innovatsion o’quv
muassasalarining turli turlari bilan tanishishadi va hokazo.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

57

- Uchingchi bosqich – innovatsion faoliyat texnologiyasini o’zgartirish.

Talabalar maktabdagi sinov ishlari bosqichlari bilan, mualliflik dasturlarini
tuzish metodikasi bilan tanishishadi,mualliflik dasturlarini tuzishda ishtirok
etishadi, yangiliklarning keyingi rivojlanishlarini, ularni joriy qilishdagi
qiyinchiliklarni tahlil va bashorat qilishadi.

To’rtinchi bosqich - yangilikni pedagogik jarayonga joriy qilish bo’yicha

sinov maydonidagi amaliy ishlar, tuzatishlar kiritish, sinov natijalarini kuzatib
borish, kasbiy faoliyatni mustaqil tahlil qilish. Bu bosqichda o’qituvchining
innovatsion munosabati yangilikka nisbatan qarashlari va ko’rsatmalari tizim
sifatida shakllanadi.

Davr ruhini ifodalab, kun sayin barcha soalar amaliyotiga jadal kirib

borayotgan axborot texnologiyalarini umumta’lim maktablari ta’lim jarayoniga
ham tatbiq etish dolzarb masalalardan biridir. Butun jahon miqyosidagi axborot
tarmog‘i har qanday sohada axborotning hajmi va tezligidan qat’iy nazar, uni
istagan miqdorda qabul qilish uchun taqdim eta oladi. Multimediya va Internet
texnologiyalarining paydo bo‘lishi axborot texnologiyalarining umumiy ta’lim
maktablari ta’lim va tarbiya, muloqot jarayonlarida samarali vosita sifatida
foydalanishga keng yo‘l ochib berdi. Axborot texnologiyalarining barkamol
shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb tanlashi va kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini
shakllantirish, kasbiy mahoratini o‘stirishda tutayotgan o‘rni va ta’siri ortib
borayotganligini inkor etib bo‘lmaydi. Umumiy ta’lim maktablaridagi ta’lim
jarayonida axborot texnologiyalari vositasida o‘qituvchi va o‘quvchilar oldida
quyidagi imkoniyatlar ochiladi, xususan:

-

axborot yig‘ishning yangi usullarini va ularni qo‘llashni bilib oladilar;

-

bolalarning fikrlash doirasi kengayadi, bilim olishga qiziqishlari ortadi;

-

mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorligi yaxshilanadi;

bolani aqliy jihatdan rivojlantirishga, hissiy-estetik doirasini kengaytirishga,
ijobiy qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

1.

David Watson and Helen Williams Computer Science//IGCSE is the

registered trademark of Cambridge International Examinations. Buyuk Britaniya
/Hodder Education. An Hachette UK Company London NW1 3BH 2014, 278p.
2.

Stelle Cottrell, Neil Morris Study Skills Connected. Buyuk Britaniya

/Palgrave Macmillan 2013, 183p.
3.

Hartoyo. (2012). ICT in Language Learning.Semarang: PelitaInsani

Printing and Publishing

Bibliografik manbalar

David Watson and Helen Williams Computer Science//IGCSE is the registered trademark of Cambridge International Examinations. Buyuk Britaniya /Hodder Education. An Hachette UK Company London NW1 3BH 2014, 278p.

Stelle Cottrell, Neil Morris Study Skills Connected. Buyuk Britaniya /Palgrave Macmillan 2013, 183p.

Hartoyo. (2012). ICT in Language Learning.Semarang: PelitaInsani Printing and Publishing