ONTOGONEZ PSIXOLOGIYASIGA YANGICHA YONDASHUV

Аннотация

Ushbu maqolada Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondashish mavzusida juda kerakli aniq va batafsil ma’lumotlar aytib o‘tilgan. Bu mavzuni o‘qir ekansiz o‘zingizga kerakli ko‘plab ma’lumotlarni topishingiz mumkin.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
118-120
17

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Sultonov, D. . (2024). ONTOGONEZ PSIXOLOGIYASIGA YANGICHA YONDASHUV. Модели и методы в современной науке, 3(14), 118–120. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/mmms/article/view/52882
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondashish mavzusida juda kerakli aniq va batafsil ma’lumotlar aytib o‘tilgan. Bu mavzuni o‘qir ekansiz o‘zingizga kerakli ko‘plab ma’lumotlarni topishingiz mumkin.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

118

ONTOGONEZ PSIXOLOGIYASIGA YANGICHA YONDASHUV

Sultonov Dostonbek

O‘zDSMI FMF

“Dramatik teatr rejissorligi” 4-bosqich

talabasi

sultonovdoston07@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13948891

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Ontogenez psixologiyasiga yangicha

yondashish mavzusida juda kerakli aniq va batafsil ma’lumotlar aytib o‘tilgan.
Bu mavzuni o‘qir ekansiz o‘zingizga kerakli ko‘plab ma’lumotlarni topishingiz
mumkin.

Kalit so‘zlar:

Respublikamiz, ontogonez, psixologiya, taraqqiyot, paydo

bo‘lishi, yangicha yondashuv.

Jahon psixologiyasi fanida shaxs muammosi yuzasidan ko‘plab

nazariyalar, konsepsiyalar, yondashuvlar, qarashlar mavjud bo‘lishiga qaramay,
komil inson kamoloti, o‘ziga xosligi bo‘yicha hanuzgacha umumiy bir fikrga,
to‘xtamga kelinganicha yo‘q. Xuddi shu bois, insonshunoslik fanlari (sohalari)da
shaxsga oid bir qator terminlar, tushunchalar, atamalar qo'llanilishi an’ana
tusiga kirgan, chunonchi, shaxs inson, odam, kishi, sub’ekt, individ, idividuallik,
komil inson, shuningdek, unga taalluqli tipik va tipologik xususiyatlar shular
jumlasidandir. Psixologiya fanida munosabatlar nuqtai nazaridan “sub’ekt —
ob’ekt — sub'ektlararo”, “sub’ekt — sub’ekt ob’ektlararo” singari sxemati
yondashuvlar mavjud bo'lib, ulaming barcha tabiiy — biologik va ijtimoiy
(sotsial) shartlanganlik manbalaridan kelib chiqqan holda tahlil hamda talqin
qilishga asoslangandir. Shaxsga oid psixoanaliz, analitik psixologiya, individual
psixologiya, neofreydizm, begonalashish nazariyasi, rollar nazariyasi, gumanistik
psixologiya, epigenetik nazariya, frustratsiya nazariyasi, ekzislensial psixologiya,
tushunuv psixologiyasi, fransuz sotsiologik maktabi, psixologlarining har xil
nazariyalari mavjuddir. Uzoq va va yaqin chet el psixologlarining qarashlarida
kamolot ontogenetik nuqtai nazardan muayyan, qat’iy bosqichlarga ajratilgan
holda juda kam tadqiq qilmgan.
Shuning uchun biz shaxsan o‘zimiz taklif qilayotgan sxema bo‘yicha mulohaza
yuritamiz va kamol topish bosqichlari hamda ularning o‘ziga xos
xususiyatlarining mohiyatini ochib berishga harakat qilamiz. Ularning quyidagi
davrlarga bo‘lib tahlil qilish maqsadga muvofiq: murtaklik (embrional), odam
(individ), inson, shaxs, sub’ekt, komil inson. Shaxsning kamoloti murtaklik
davridan boshlanishi to‘g‘risida asosli fikrlar A.Vallon, D.Bromley tadqiqotlarida


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

119

ayrim psixologlar va psixofiziologlaming maqolalarida uchraydi, xolos. Shu
narsani takidlab o‘tish joizki, murtaklik davrining o‘ziga xos xususiyatlarini aks
ettirish imkoniyati muayyan darajada mavjud ekanligi nafaqat psixologlar, balki
tabiatshunoslar, biologlar, fiziologlar tomonidan tavsiflab berilganligi, tibbiyot
mutaxassislarining еsа bu borada o‘zlarining qarashlari, yondashuvlari
shakllanganligi nazariy mulohaza yuritish uchun asos bo‘lib xizmat qila oladi.
Murtaklik davrini kamolot bosqichiga kiritgan tadqiqotchilar A.Vallon va
D.Bromley boMib hisoblanadi. Jumladaan, D.Bromley mazkur davmi quyidagi
bosqichlarga ajratib talilil qilishni tavsiya qiladi: zigota — embrional —
homila— tug'ilisholdi. A.Vallon esa ontogenezning tarkibiy qismi sifatida uni
kamolot bosqichi qatoriga kiritadi.Biz (E.G‘oziev) yaratgan komil inson
konsepsiyasi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bizning ta’kidlashimizcha
homilalik — embrional davr bosqichi bo‘lg‘usi shaxs uchun muhim ahamiyat
kasb etib, jismoniy barkamollikning, nerv sistemasi, bosh miya katta yarim
sharlari, hissiy bilish, tana a’zolari paydo bo'llishining va o‘sishining manbai
vazifasini bajaradi. Ushbu bosqichda quyidagilarga e’tibor berish maqsadga
muvofiq:

• homilaning jismoniy o‘sishini uzluksiz ravishda ta’minlash uchun oqsillar,
vitaminlar va boshqa turdagi oziqalarga nisbatan tabiiy ehtiyojini qondirib
airish;
• unga salbiy ta’sir etuvchi qo'zg‘atuvchilardan saqlanish ijobiiy butuyg‘u
uygkotuvchi hodisalar to‘g‘risida ko'proq o‘ylash;
• qaltis jismoniy va somatik harakat lard an o‘zini tiyib turib, zo‘riqishning
uzluksiz ravishda oldini olish;
• homilaga sensor ta’sir o‘tkazishni odatiy psixologik holatga aylantirish;
• koi\takt va distant moslama vositalaridan foydalanish;
• shaxslararo munosabatda muloqot maromlariga rioya qilish:
• bioritmika va psixometriya qoidalaridan ogl ishmay foydalanish;
• ijtimoiy xodisalarga nisbatan loqaydroq munosabatda bo'lish va hokazo; Odam
(individ')lik davri tug'ilganidan to unda nutq paydo bo'lguncha qadar vaqt
birligini qamrab oladi. Uning muhim tomonlari mana bunday holatlarda ko‘zga
yaqqol tashlanadi :
• embrional davridagi plansentar sistemasi o'mini oral (mustaqil hazm qilish)
egallaydi, ya’ni mustaqil nafas olish, qon aylanish va boshqalar tabiiy ravishda
chaqaloqda yuz bera boshlaydi;
• tabiiy holatlarga va muhitga moslashish (adaptatsiya) tevarak^atrofini bilish


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

120

boshlanganligidan dalolat beradi;
• har xil turdagi harakatlami amalga oshirish, jismlami ushlash, ularga intilish,
narsalami bilishga nisbatan harakatini bildiradi;
• ota-onani va qarindosh-urugMami tanish, sezgi idrok, xotira jarayonlari
o‘sishini anglatadi;
• jismlarga razm solish, uning tuzilishi va rangi bilan qiziqishi yaqqol
tafakkuming ifodasidir;
• unda emotsiya va hissiyotning paydo bo‘lishi muomalaga kirishish ehtiyojini
namovon etadi;
• emaklash, tik turishga intilish uquvining paydo boiayotganligi fazoviy
tasavvumi aks ettiradi va boshqalar.Inson davri o ^ ini o‘zi anglashdan
boshlanib, jismoniy, aqliy va ijtimoiy kamolotga erishuv jarayoni amalga oshishi
bilan tugallanadi.Ushbu davrda alohidalikka oid xususiyatlar quyidagilarda o‘z
aksini topadi:,

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Ontogenez psixologiyasi.Toshkent “NIF MSH” 2020.Ergash G‘oziev
2.Oila

Psixologiyasi.

«SHARQ»

NASHRIYOT-MATBAA

AKSIYADORLIK

KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI TOSHKENT — 2010.G‘.B. Shoumarov, I.O.
Haydarov, N. A. Sog‘inov, F. A. Akramova, G. Solihova, G. Niyozmetova
1.Ontogenez psixologiyasi.Toshkent “NIF MSH” 2020.Ergash G‘oziev
3.Umumiy Psixologiya.Termiz – 2018.Turakulov B.N

Библиографические ссылки

Ontogenez psixologiyasi.Toshkent “NIF MSH” 2020.Ergash G‘oziev

Oila Psixologiyasi. «SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI TOSHKENT — 2010.G‘.B. Shoumarov, I.O. Haydarov, N. A. Sog‘inov, F. A. Akramova, G. Solihova, G. Niyozmetova

Ontogenez psixologiyasi.Toshkent “NIF MSH” 2020.Ergash G‘oziev

Umumiy Psixologiya.Termiz – 2018.Turakulov B.N