MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
88
ALALIYALI BOLALAR BOG`LANGAN NUTQINI RIVOJLANTIRISH
B.X.Xusniddinova
Nizomiy nomidagi TDPU Logopediya o`qituvchisi
M.J.Qobiljonova
3-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.11655438
Respublikamizda ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, zamon
talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari darajasiga olib chiqish
borasidagi ishlarni maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalash jarayonini
tarbiyalanuvchilarning alohida xususiyatlarini e’tiborga olgan holda tashkil etish
va ularga amaliy pedagogik yordam ko‘rsatishning samarali amalga
oshirilayotganida ko‘rish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
1
uzluksiz ta’lim tizimini
takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini
amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish ustuvor
yo‘nalishlar sifatida belgilanishi natijasida maktabgacha ta’lim tizimining
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy
dasturlar va texnologiyalarni tatbiq qilish, to‘laqonli hayot faoliyatini ta’minlash
uchun ularga tibbiy-ijtimoiy, pedagogik-psixologik yordam ko‘rsatish tizimini
rivojlantirish va takomillashtirish ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda.
To‘g‘ri nutq bolaning har tomonlama rivojlanishining muhim sharti
hisoblanadi. Bolaning nutqi qanchalik to‘g‘ri va lug‘ati boy bo‘lsa, unga o‘z
fikrlarini bayon qilish shunchalik oson bo‘ladi, atrof – olamni idrok etish uchun
imkoniyat kengayadi, kattalar va o‘z tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabati to‘liq
va mazmunli bo‘ladi, uning psixik rivojlanishi ham faol ravishda amalga oshadi.
Shuning uchun ham bolalarda nutqning o‘z vaqtida shakllanishi haqida, uning
sof va to‘g‘riligi haqida qayg‘urish, bola qaysi tilda nutqi shakllanayotgan bo‘lsa,
mana shu til normalarida namoyon bo‘luvchi turli nuqsonlarni oldini olish va
to‘g‘rilash muhim hisoblanadi.
Nutq – nafaqat aloqa vositasi, balki tafakkur rivojlanishi, yangi bilimlarni
egallash usuli hamdir. Biroq bola onadan tayyor nutqni egallagan holda
tug‘ilmaydi: aksincha, nutq uning ijtimoiy hayoti davomida shakllanadi.
«Maugli» lar hech qachon mukammal nutqqa ega bо‘la olmasligi bejiz emas.
Shuningdek, nutqni rivojlantirish, nutq buzilishlarini erta tashhis qilish –
ota-ona, tarbiyachi hamda logopedning vazifasi hisoblanadi. Bola nutqining
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni // Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari. – T.: G‘afur
G‘ulom, 2017. – 92 b.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
89
tо‘g‘ri rivojlanishini tashkil qilish uchun uning rivojlanish meyorini, ya’ni
darajasini bilish bilan bir qatorda bola nutqining tо‘liq rivojlanmasligining
sabablarini ham aniq bilish muhimdir. Buning sabablari nafaqat og‘ir buzilishlar,
balki muloqotdagi yetishmovchiliklar, mayda qо‘l motorikasini tо‘liq
rivojlanmaganligi va h.k.lar ham bо‘lishi mumkin.
Turli xil patologiyalarga ega bо‘lgan bolalar nutqining shakllanishi,
umuman, nutqdagi buzilishlar haqida yetarlicha adabiyotlar bо‘lishiga qaramay,
bizning ilmiy tadqiqot mavzuimiz dolzarbligicha qoladi. Nutqi normada bо‘lgan
bolalar lug‘at boyligini oshirishga qaratilgan ishlarning olib borilishi qanchalik
yetarli bо‘lmasa, alaliyabolalar lug‘at boyligini oshirishga ham, qancha ish olib
borsak shuncha kam.
Nutqi normada rivojlangan bolalar leksikoni bilan alaliyabolalarning
leksikoni о‘rtasidagi farqni va kamchiliklarni ajratib olish juda muhimdir.
N.S.Jukova,
YE.M.Mastyukova,
L.N.Yefimenkova,
A.V.Yastrebova,
G.V.Chirkina, T.B.Filicheva kabi kо‘pgina taniqli olimlar nutqning rivojlanishi,
uning buzilish sabablari va shakllarini о‘rganishgan, shuningdek, ularni
korreksiyalash bilan shug‘ullanishgan. Shunday bо‘lsa ham, kо‘pgina
muammolar hali ham xal qilinmagan. Buni yaqqol, alaliyabolalarning turli
guruhlariga munosib differensiatsiyalangan ishlar olib borilishi yetishmasligida
kо‘rishimiz mumkin. Alaliya termini nutqiy sistemaning normal eshitish va
intellekt sharoitida tovush va ma’no tomoniga oid barcha kommunikativ sifatlari
buzilgan, turli murakkab nutqiy buzilishlarni anglatadi. Alaliyabolalarda
tovushlar talaffuzi va ularni eshitib farqlash u yoki bu darajada buzilgan bо‘ladi,
morfemalar sistemasini о‘zlashtirish yetarlicha tо‘laqonli kechmaydi va natijada,
sо‘z yasash va sо‘z о‘zgartirish kо‘nikmalari yaxshi egallanmaydi. Lug‘at boyligi
yosh normasidan ham miqdor ham sifat kо‘rsatkichlari bо‘yicha orqada qoladi;
bog‘lanishli nutq yetarlicha rivojlanmaydi (V.K.Vorbyeva, B.M.Grinshpun,
V.P.Gluxov, R.YE.Levina, T.B.Filicheva, G.V.Chirkina va b.) Nutqiy muloqotga
ehtiyoj yetarlicha qondirilmaydi. Sо‘zlashuv nutqi qashshoq, kam sо‘zli, ma’lum
vaziyat bilan uzviy bog‘liq va shu vaziyatdan tashqarida tushunarsiz bо‘lib
qoladi. Bog‘lanishli monologik nutq yo mavjud bо‘lmaydi yo katta qiyinchilik
bilan rivojlanadi va sifat jihatdan о‘ziga xosligi bilan xarakterlanadi. Alaliya
tobora yorqin kо‘rsatkichi nisbatan, bir qarashda qaratilgan nutqni tushuna
turib ekspressiv nutqning orqada qolishi sanaladi.
Hozirgi vaqtda alaliyali bolalarda nutqning leksik-grammatik tomonini
shakllantirish muammosi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Alaliyali
bolalarni nutqning grammatik tomonini о‘zlashtirishining pedagogik-korreksion
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
90
tizimi, zarur shart-sharoitlari, uslubiy yо‘nalishning keng yoritilishi о‘z
yechimini kutmoqda. Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarning bilish faoliyati,
intellekti, eshitish qobiliyati saqlangan holda, nutqning fonetik-fonematik, leksik,
grammatik tomonidan ma’lum kamchiliklar ustida korreksion ishlar olib borish
muhim hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Воробьева В.К. Методика развития связной речи у детей с системным
недоразвитием речи: учебное пособие. М.: АСТ: Астрель: Транзиткнига,
2012. 158 с. (Высшая школа).
2.
Жукова Н.С. Логопедия. Основы теории и практики. Система
логопедического воздействия / Н.С. Жукова, Е.М. Мастюкова, Т.Б.
Филичева. М.: Эксмо, 2014. 288 с.
3.
Xusniddinova B.X. Bо‘lajak logoped-о‘qituvchining kasbiy kompetentliligi
va uning komponentlari. Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar ISSN 2181-1709 (P);
2181-1717 (E) (2023 йил № 12
