MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
50
TALABALARNING KASBIY KOMPETENSIYALARINI INGLIZCHA
TERMINLAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH
Abduvaliyeva Munira Abdusaidovna
Toshkent Davlat Agrar universiteti
Tillar kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13355000
Annotatsiya
:
Ushbu
maqolada
talabalar
o‘rtasida
kasbiy
kommunikatsiyani tashkil etishda inglizcha iqtisodiy terminlarning o‘rni va
ularning ahamiyati haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so‘zlar
: iqtisodiy terminalogiya, leksik birliklar, leksik-semantik
tahlil, umumiste’mol so‘zlar.
Ingliz tili iqtisodiyot terminologiyasida o‘zlashmalar XI asrda normand
istelosi davridan to XIX-XX asr boshlarigacha, Agrika va Osiyo singari Britaniya
mustamlakalari tillaridan o‘zlashmalargacha ingliz tili lug’at tarkibi
shakllanishining tarixiy qonuniyatlarini aks ettiradi. Masalan, tariff (tarif)
iqtisodiy tushunchasi ingliz tiliga arabcha tariff (xabarnoma) so‘zidan vositachi
til-fransuz tili orqali kirib kelgan. O‘rta asrlarda O‘rta yer dengizi bo‘ylarida
“ta’rif” so‘zi savdogarlar kemalarida tuziladigan, ortilayotgan yuklarning
tasdiqlangan ro‘yxatini, sotiladigan tovarning miqdori va qiymati ko‘rsatilgan
o‘ziga xos jadvalni anglatgan.
Shu o‘rinda Y.A.Zemskayaning talabalarga iqtisotga bog’liq kasb tanlash
jarayonida terminlarning ahamiyati to‘g’risida yangi so‘zni o‘zaro semantik
aloqalarni e’tiborga olmay yasalishi borasidagi fikrini keltirib o‘tishni lozim deb
hisoblaymiz: “… U holda tilni egallash juda qiyin bir ahvolga kelib qolar yoki
buning umuman imkoni ham bo‘lmas edi. Lug‘at tarkibini kengaytirish yo‘sini
undan foydalanishni yanada qulaylashtirish, eng asosiysi, tildagi mavjud o‘zaro
bog‘langan so‘zlar orqali real hayotdagi o‘zaro bog‘langan voqea-hodisalarni
ifodalashdan iboratdir. Demak, so‘zlarning tildagi o‘zaro aloqasi real predmet va
mavjud voqea-hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni aks ettiradi”[, Земская,
1963;11]. Lug‘atdagi har qanday ma’noviy o‘zgarishlar yangi voqelik ifodasi
bilan birga so‘z boyligini kengaytirish yordam beradi. So‘zning yana bir yangi
ma’noga ega bo‘lishi yangi so‘zning tug‘ilishiga olib keladi. Tilda yuz berayotgan
innovatsiya jarayoni borasida M.V.Marchuk fikricha, “...jamiyatning ma’lum bir
kollektiv lingvistik xotirasi mavjud bo‘lib, u davr sinovidan o‘tgan so‘zlarni o‘z
ichiga oladi. Tildagi innovatsiyalar tez-tez sodir bo‘ladi, ammo ularning
konsolidatsiyasi har doim ham sodir bo‘lmaydi” [Marchuk, 1996]. Aytish
mumkinki, bu holat yetarlicha o‘rganilmagan.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
51
Iqtisod terminlari leksik birliklar singari ikki jarayon: semantic derivatsiya va
so‘z yasash natijasida hosil bo‘ladi. L.Yu.Buyanovaning fikricha, derivaysiyaning
muhim aspektlaridan biri sifatida termin hosil bo‘lishining morfologik, leksik-
semantik va leksik sintaktik usullari mavjud;
1
Terminologiyaning har bir
elementi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, termin hosil qilishda ishtirok etadi.
S.V.Shvetsova o‘z tadqiqot ishida ingliz tili terminlarining yasalish usullari va
qo‘llanilish chastotasi nuqtai nazaridan tahlil qiladi. Eng ko‘p tarqalgan
usullardan biri sifatida suffikslar yordamida termin yasashning morfologik usuli
faol ekanligini qayd qiladi. Ingliz tili iqtisodiyot terminologiyasi o‘z va o‘zlashgan
qatlamga asoslanadi. Masalan, I.Yu.Bulgakova “contract” va “agreement”
terminlari misolida ingliz, boshqa roman-german tillariga o‘zlashma so‘zlarning
kirib kelish jarayonini tavsiflaydi. “Kontrakt termini o‘zining dominant
ma’nosiga ko‘ra kelishuvchi tomonlarning ikki tomonlama majburiyatlarini aks
ettiradigan shartnoma, bitim sanaladi”,- deb yozadi muallif. U XIV asrda
majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlash yoki ularni noto‘g’ri talqin qilishning
oldini olish uchun shartlarni yozma shaklda aks ettirish zaruriyati tufayli amalga
oshirilgan jarayon bo‘lib, qadimgi Rim davridan to hozirgi kungacha dunyo
amaliyotida tobora keng tarqalgan. “Contract” leksemasi contractus, contrahere-
birlashtirish, rozi bo‘lmoq, kim bilandir shartnoma tuzmoq fe’llari conbilan,
birga prefiksi va trahere-olmoq, cho‘zmoq (uzaytirmoq), qiziqtirmoq fe’li
asosida hosil bo‘lgan, keyinchalik bir guruh terminlarning yasalishi uchun yadro
vazifasini o‘tagan. O‘rta asrlarda lotin tili ruhoniylar, shifokorlar, olimlar,
yuristlar uchun funksional til vazifasini bajarganini hisobga olsak,
2
ingliz va
Yevropa tillari uchun lotincha o‘zlashmalarning ko‘pligi tabiiy holdir.
Fikrimizning yorqin dalili sifatida talaffuz va yozuv jihatidan deyarli
o‘zgarmagan, baynalmilal “kontrakt” terminini keltirishimiz mumkin: kontrakt-
ingliz, o‘zbek, nemis, va rus tillarida, contratto-italyan tilida. “Agreement”
termini “tomonlarning nimanidir bajarish haqidagi kelishuvi, va’dasi” ma’nosini
anglatib, lotincha ad-gre (hohish-iroda, istak, rohatlanish) lotincha gratus
(yoqimli)dan gratum asosida agreer, agre (xohishiga ko‘ra) XV asrda fransuz tili
orqali paydo bo‘lgan, shuningdek, contract terminiga sinonimdir. Shu o‘rinda
ta’kidlab o‘tish joizki, agreement terminidan farqli o‘laroq, bugunga qadar
contract termini asosida yasalgan iqtisodiyot sohasida faol qo‘llanilayotgan bir
qator terminologik birikmalar mavjud. Masalan, iqtisodiyot sohasida
qo‘llaniladigan terminlarning katta qismi lotin, fransuz tillariga oid yoki fransuz
1
Бенвенист Э. Общая лингвистика. Перевод с франц. языка. М.: Прогресс, 1974
2
Бенвенист Э. Общая лингвистика. Перевод с франц. языка. М.: Прогресс, 1974
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
52
tili orqali o‘zlashgan lotincha so‘zlardir: default (defolt), tranche (transh), capital
(kapital), budget (byudjet), tax (soliq), commerce (kommersiya, tijorat), deficit
(defitsit, kamomad), arbitrage (arbitraj), finance (moliya), deposit (deposit),
bureaude change (ayriboshlash shahobchasi), bordereau (ro‘yxat), border
(batafsil ro‘yxat, ayniqsa, hujjatlar yoki qimmatbaho qog’ozlar ro‘yxati).
Ingliz va o‘zbek tillaridagi iqtisod terminlarining leksik- semantik tahlili
bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar, ko‘rib chiqilgan misollarga tayangan
holda, ularning o‘zaro munosabatlari, terminlashuv jarayonlarini quyidagi
transit usullarga ko‘ra tahlil qilamiz: 1) so‘zlarning ma’no kengayishi orqali
terminlashuvi; 2) so‘zlarning ma’no toryishi natijasida terminlashuvi; Til
terminologik qatlamining shakklanishi va rivojlanish jarayoni o‘ziga xos yangi
so‘z yasalish strategiyalari til lug‘at boyligiga asoslangan holda sodirbo‘ladi.
Umumiste’moldagi so‘zlarning terminlashuvi tarixiy jarayonlar bilan bog‘liq
holda amalga oshadi. Bu jarayondan ko‘rish mumkinki, tildagi umumadabiy
so‘zlar va terminlar orasida o‘zaro uzviylik mavjud: “Terminologiyaning
shakllanishi va taraqqiy etish jarayoni umumadabiy leksika va terminologik
leksika o‘rtasidagi jips aloqalarda yaqqol namoyon bo‘ladi” [Dadaboyev, 2022;
31].
Xulosa qilib aytganda, so‘nggi yillardagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar jiddiy
o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga ham olib keldi. Ijtimoiy munosabatlarning yangi
shakllari turli semantik o‘zgarishlarda eng faol tarzda namoyon bo‘ldi. Ijtimoiy
tarmoqlar bu borada, ayniqsa, faol ta’sir qildi. Aynan shu yerda yangicha
dunyoqarash aks etdi. Birinchidan, neytral, ko‘pincha o‘ziga xos so‘zlar guruhida
siyosiylashuv bilan bir vaqtning o‘zida ma’noning kengayishi mavjud. Masalan,
economic drivers – iqtisodiyot drayverlari, investing attractiveness –
investitsion jozibadorlik, development – taraqqiyot, prize – yutuq kabi so‘zlar
yangi kontekstga kirib, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Openness –
oshkoralik, green economy – yashil iqtisod so‘zida siyosiy-iqtisodiy termin
sifatida nominal xarakter kuchaydi. Yangi ma’no butun bir so‘z uyasini
shakllantirish uchun turtki bo‘lib xizmat qildi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Ashurova D.U. Tilshunoslikning yangi yo‘nalishlari nuqtai nazaridan ilmiy
tadqiqot istiqbollari. Masalalari filologiyasi. Toshkent: 2004 yil, 4-oʻgʻil.
2. Arutyunova N.D. Madaniy tushunchalar. M.: 1991 yil
3. Arutyunova N.D. Til va inson dunyosi. Rus madaniyati tillari. M.: 1999 yil:
4. Askoldov-Alekseev S.A. Tushuncha va so‘z. rus adabiyoti. Adabiyot
nazariyasidan matn tuzilishigacha. M.: Akademiya, 1997 yil.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
53
5. Alefirenko N.F. Lingvokulturologiya. Tilning qiymat-semantik maydoni M.:
Flint-Nauka nashriyoti 2010.
6. Axmanova O.S. Lingvistik atamalar lug'ati. - M.: 1969 yil.
7. Benveniste E. Umumiy tilshunoslik. Fransuz tilidan tarjima til. M.: Taraqqiyot,
1974 yil
