MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
95
INSONNING SOG’LIQQA BO’LGAN KONSTITUTSIYAVIY HUQUQI
Safarova X.N.
Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi katta o’qituvchisi, y.f.f.d (PhD)
https://doi.org/10.5281/zenodo.13373278
Shaxsning sog‘liqqa bo‘lgan huquqini ta’minlash eng muhim hisoblangan
shaxsning yashash huquqi bilan bevosita bog‘liqdir. Dunyoda yuz berayotgan
jarayonlar sog‘liqni saqlashni ta’minlash milliy havfsizlik darajasiga
ko‘tarilganini qayd etish mumkin.
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST)ning Ustaviga binoan “Sog‘liqni
Saqlash – bu nafaqat kasalliklar va jismoniy nuqsonlarning yo‘qligi, balki
jismoniy, aqliy va ijtimoiy farovonlikning holati. Sog‘liqni Saqlashning eng yuqori
darajasidan foydalanish har bir insonning irqi, dini, siyosiy qarashlari, iqtisodiy
yoki ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, asosiy huquqlaridan biridir. Barcha
xalqlarning salomatligi tinshlik va xavfsizlikka erishishning asosiy omili bo‘lib,
alohida shaxslar va davlatlarning to‘liq hamkorligiga bog‘liqdir”
1
Umuman olganda, JSST Ustavida berilgan sog‘liqqa bo‘lgan huquqning ta’rifi
Sog‘liqni Saqlash huquqining xalqaro maydonga chiqichiga xizmat qildi.
Inson huquqlari umumjaxon deklarasiyada belgilangan “inson o‘zining
hamda oilasining salomatligi va farovonligini ta’minlash” huquqi “Iqtisodiy,
ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida”gi Xalqaro paktning 12-moddasida
mustahkamlangan. Unga ko‘ra:
“1. Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kichining jismoniy va
ruhiy salomatlik jihatdan oliy darajaga etishi huquqini e’tirof etadi.
2. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ko‘richi kerak bulgan choralar
quyidagi ishlar uchun zarur tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
a) o‘lik go‘daklar tug‘ilichini va bolalar o‘limini qisqartirish hamda
bolalarning sog‘lom rivojlanichini ta’minlash;
b) tashqi muhitning hamma jihatlarini va sanoatda mehnat gigienasini
yaxshilash;
v) yuqumli, endemik, kasbiy va boshqa kasalliklarni oldini olish, davolash
hamda ularga qarshi kurashish;
g) kasal bo‘lgan hollarda hammaga tibbiy yordam ko‘rsatish va tibbiy
parvarishni ta’minlaydigan sharoit yaratish”
2
.
Shunday qilib, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro
paktda insonning sog‘liqqa bo‘lgan huquqi alohida maqomdagi ajralmas huquq
1
Уcтав В. О. З. ВОЗ. Оcновные документы. – 2005.
2
International Covenant on Economic, Social and Cultural Rights, opened for signature 16 December
1966, 993 UNTS 3 (entered into force 3 January 1976)
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
96
sifatida tan olingan bo‘lib, kelgusi mintaqaviy va xalqaro hujjatlar uchun asos
vazifasini bajardi va O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 31 avgustdagi 126-I-sonli “1966 yil 16
dekabrdagi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktga
qo‘shilish haqida”gi qaroriga asosan qo‘shilgan.
“Sog‘lig‘ini muhofaza qilishga bo‘lgan huquq” tushunshasi o‘zining quyidagi
ustuvorliklari evaziga hozirgi kunda dunyo qonunchiligida kengroq
qo‘llanilmoqda: 1) atama xalqaro hujjatlar va bitimlar stilistikasi nuqtai
nazaridan shakllantirilgan; 2) xalqaro hamjamiyat tomonidan keng miqyosda
qo‘llanilgan; 3) u faqatgina tibbiy xizmatdan foydalanishni emas, balki bir qator
Sog‘liqni ularsiz himoya qilib bo‘lmaydigan shartlarni ta’minlashni ham o‘zida
qamrab oladi. Shunday shartlardan biri esa yaroqli ichimlik suviga, sog‘lom
atrof-muhitga ega bo‘lishdan iborat
3
.
Sifatli tibbiy yordam tushunchasi o‘z ichiga tibbiy yordamning o‘z vaqtida
ko‘rsatilishini, tibbiy yordam ko‘rsatishda profilaktika, diagnostika, davolash va
reabilitasiya usullarini to‘g‘ri tanlash, davolash jarayonida rejalashtirilgan
natijaga erishish darajasiga qanchalik erishilganlikni aks ettiruvchi xususiyalar
majmuini anglatadi.
Aholining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan bahramand bo‘la olishi
prinsipini amalga oshirish bo‘yicha vazirlar kengashining “Tibbiy yordam
ko‘rsatishdan umumiy foydalanish to‘g‘risida”gi R(86) 5-son tavsiyalariga ko‘ra,
davlatlar tomonidan nafaqat barcha shaxslarga tibbiy yordamdan foydalanish
imkoniyatini yaratish, balki tibbiy yordam olishning moliyaviy jihatdan barcha
uchun maqbul shaklda tashkil qilish zarur
4
.
O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi
qonunga ko‘ra davlat yoshi, jinsi, irqi, millati, tili, dinga munosabati, ijtimoiy
kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar fuqarolarning
sog‘lig‘i saqlanishini ta’minlaydi. Davlat fuqarolarda kasalliklarning har qanday
shakllari borligidan qat’i nazar, ularning kamsitishlardan himoya qilinishini
kafolatlaydi. Ushbu qoidani buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunda
belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar (13-modda). Shu bilan ushbu qonunga
ko‘ra fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sir qiluvchi omillar haqida ma’lumot olish
(15-modda), tibbiy ijtimoiy yordam olish (16-modda), tibbiy ko‘rikdan o‘tish
(17-modda), oilaviy shifokor tanlash (18-modda), harbiy-tibbiy komissiyaning
3
Toebes B. et al. (ed.). The right to health: a multi-country study of law, policy and practice. – Springer,
2014.
4
Панова Л. В. Доcтупноcт медицинcкой помощи: Роccия в эвпопейcком контекcте //Журнал
иccледований
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
97
xulosasi asosida harbiy xizmatdan muddatidan ilgari bo‘shatilish huquqiga (20-
modda) va sanitariya-gigiena talablariga javob beradigan sharoitda
tekshiruvdan o‘tish, davolanish va parvarish qilinish, tibbiy yordam so‘rab
murojaat qilganligi, sog‘lig‘ining holati, qo‘yilgan tashxis to‘g‘risidagi
ma’lumotlar hamda uni tekshirish va davolash chog‘ida olingan boshqa
ma’lumotlar sir saqlanishi, tibbiy aralashuvga o‘z ixtiyori bilan rozilik berish
yoki uni rad etish; sug‘urta turlaridan foydalanish (20-modda) kabi huquqlarga
ega. Ushbu qonunga ko‘ra huquqlari buzilgan taqdirda bemor yoki uning
qonuniy vakili bevosita davolash-profilaktika muassasasining rahbari yoki
boshqa mansabdor shaxsiga, yuqori boshqaruv organiga yoki sudga shikoyat
bilan murojaat qilishi mumkin.
Konstitusiyada belgilangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy
yordamning qonunda belgilangan hamda tez va shoshilinch tibbiy yordamni
ham o‘z ichiga oladigan kafolatlangan hajmini bepul olishga haqlidir. Xususan,
yuqumli kasalliklar tarqalganda aholini sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tez va
shoshilinch tibbiy xizmat faoliyatini tashkil qilishning konstitusiyaviy asoslarini
mustahkamlash fuqarolarning malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatining
ajralmas qismidir.
Aholining tez tibbiy yordam xizmatiga murojaatlari yil sayin oshib
borayotganligini statistik ma’lumotlar ham ko‘rsatadi. Masalan, 2016 yilda
chaqiriqlar soni 7,2 millionni tashkil qilgan bo‘lsa, 2017 yilda – 8,7 million. 2018
yilda esa 9,8 millionga etgan bo‘lsa, 2019 yilda 10,2 mln, 2020 yilni 5 oyining
o‘zida 7,5 mln. 2022 yilning yanvar–iyun oylarida 6 mln 245 ming 280 tani
tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi
RQ-3494-son qaroriga muvofiq shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy
yordam mulkiy shakli va boshqaruvidan qat’i nazar barcha tibbiyot
muassasalarida aholiga bepul ko‘rsatiladi, hayot uchun xavf tug‘diruvchi
holatlarda tibbiyot muassasalariga shoshilinch tibbiy yordam so‘rab murojaat
qilgan shaxslarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatishni rad etish ta’qiqlanadi.
Bugungi kunda xususiy shifoxonalarda ham ushbu tibbiy xizmatni bepul
ko‘rsatilishi belgilangan.
Shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam tushunchalari
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 832-son qarori bilan
tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan
qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxatini shakllantirish
tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilab qo‘yilgan.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
98
Ushbu hujjatga ko‘ra,
kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam
— bemor
hayotiga xavf soladigan aniq belgilari bo‘lmagan to‘satdan kuchli kasalliklarda,
holatlarda va surunkali kasalliklar kuchayganda ko‘rsatiladigan tibbiy yordam
turi;
shoshilinch tibbiy yordam
— kasalliklarga chalinganda, baxtsiz hodisalar
yuz berganda, jarohat olganda, zaharlanganda va tez tibbiy aralashuv har
qanday sharoitda ko‘rsatilichini talab qiladigan boshqa holatlarda
ko‘rsatiladigan tibbiy yordam turidir. Bizning ijtimoiy davlatda bugungi kunda
bunday tibbiy yordam turlari barchaga, xususan fuqaroligidan qat’iy nazar teng
hamda bepul ko‘rsatiladi.
Ushbu ikki elementning, shu bilan bir qatorda qonunchilikda belgilangan
kafolatlangan tibbiy yordamni bepul asosda ko‘rsatilishining O‘zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasida belgilab berilishi barcha ijtimoiy qatlam
vakillarining sog‘liqqa bo‘lgan huquqini ta’minlashga xizmat qiladi, bu esa o‘z
navbatida sog‘lom millatni shakllantirishning bosh omili sanaladi.
2023 yil qabul qilingan Konstitusiyaga davlat sog‘liqni saqlashning davlat,
xususiy va boshqa tizimlarini rivojlantirish, sanitariya-epidemiologik
osoyishtalikni ta’minlash, tibbiy sug‘urtaning turli shakllarini rivojlantirish
uchun shart-sharoitlar yaratishi, barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq atrof-
muhitni muhofaza qilish, xususan, Davlat Orolbo‘yi mintaqasining ekologik
tizimini himoya qilish va tiklash, uni ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan barqaror
rivojlantirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishiga oid normalarning kiritilishi
uning davlat oldida turgan vazifasi sifatida naqadar dolzarbligini belgilab beradi.
Ma’lumot uchun:
🏢
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra,
2023 yilning yanvar-iyul oylarida respublikamizda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy
xizmatlar ko‘rsatish sohasida 858 ta yangi korxonalar tashkil etilgan
5
.
R. Magnusson o‘zining “Advancing the right to health: the vital role of law”
nomli kitobida qayd etilishisha davlatlar insonning sog‘liqni saqlash huquqini
ta’minlash uchun eng avvalo, quyidagilar fundamental vazifalarni muvaffaqiyatli
bajarishi zarur: zamonaviy boshqaruv va liderlik (bu element o‘z ichiga to‘g‘ri
stategik rivojlantirish, sohadagi Qonunchilik, boshqaruv tuzilmalarini qamrab
oladi); sog‘liqni saqlash sohasidagi axborot va uni shaffofligi (jamiyatda sog‘liqni
saqlash sohasidagi axborotlarning ochiqligi, ularning tahlili, ularni to‘rlash va
xalqqa e’lon qilib borish tizimi); sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish
(samarali moliyaviy ta’minot tizimi, aholining barcha qatlamlariga mos keluvchi
tibbiy xizmatlar uchun narx siyosati, moliyaviy to‘siqlarni mavjud emasligi);
sog‘liqni saqlash sohasida kadrlar siyosati (amaliy va nazariy tajribaga ega
5
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
99
kadrlar, ularni tanlash va o‘qitish, qayta malakasini oshirish, rag‘batlantirish
tizimi); tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishning hammabopligi (tibbiy xizmat sifati,
uning ixtisoslashuvi, kasalliklarni oldini olish va jamoat sog‘lig‘ini saqlash
tizimini boshqarish); dori va texnologik vositalar bilan ta’minlanganlik (dori
vositalarini yaratish texnologiyasi, zamonaviy tibbiy uskunalarni ishlab
chiqarish yoki ta’minoti, vaksina va nanotexnologiyalarni mavjudligi).
R.Magnusson e’tirof etgan davlatning bir qator vazifalari qatorida sog‘liqni
saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlarini rivojlantirish, sanitariya-
epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, tibbiy sug‘urtaning turli shakllarini
rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish va atrof-muhitni muhofaza qilish
kabilarni ko‘rish mumkin.
Hozirgi kunda ma’lumki, ekologiyaning buzilishi insonlarning sog‘lig‘iga
ham bevosita yomon ta’sir ko‘rsatmoqda, turli xil yangi kasalliklarning kelib
chiqishinining bosh sababi bo‘lib qolmoqda.
Ma’lumot uchun: 17 may kuni The Lanset Planetary Health jurnalida e’lon
qilingan global o‘lim va atrof-muhitning ifloslanishiga oid tadqiqotga ko‘ra, har
yili 9 millionga yaqin odam havo, turroq va suv ifloslanichidan nobud
bo‘ladi.Tadqiqotchilar ifloslanishni kasallik va erta o‘lim bo‘yicha dunyodagi eng
katta ekologik xavf omili deb atadi. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, har yili
dunyoda har oltinchi o‘limga shu sabab bo‘ladi.
Tadqiqot natijalaridan yana shuni ko‘rishimiz mumkinki, ushbu havf yildan
yilga kasallikka chalinishning yosharib borishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Shu sababli ushbu yangi konstitusiyaviy normalar Davlatimiz oldiga asosiy
qonun darajasida bir qator majburiyatlarni qo‘yish orqali sog‘liqni saqlash
tizimida mavjud muammolarni xal etishga erishish imkoniyatini beradi.
Uchinchi ming yillikning boshlanishi muhim ikkita tamoyil bilan
xarakterlanadi.
Birinchidan, hozirgi sivilizasiya global ekologik muammolar (iqlim
o‘zgarishi, ozon qatlamining emirilishi, ichimlik suvining ifloslanishi va
etishmasligi, o‘rmon va tuproqning inqirozi, bioxilma-xillikning qisqarishi,
ortiqcha hajmdagi chiqindilarning hosil bo‘lishi hamda ularni zararsizlantirish
muammolari va boshqalar) bilan to‘qnash keldi.
Ikkinchidan, dunyoda ekologik vaziyat jadal sur’atlarda o‘zgarib bormoqda.
Shuning uchun kechagi mezonlar bilan ertangi istiqbolni baholab bo‘lmaydi. Bu
kabi muammolar O‘zbekiston uchun ham xosdir.
Insonning sog‘lig‘ini saqlashda tibbiy sug‘urtaning o‘z roli bor.
O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilayotganligini
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
100
qayd etib o‘tish joiz. Xususan, 2021 yildan boshlab bosqichma-bosqich majburiy
tibbiy sug‘urta joriy etilishi nazarda tutilgan. Bu borada O‘zbekiston
Respublikasi Ppezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi
sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Xususan,
2021 yildan boshlab bosqichma-bosqich majburiy tibbiy sug‘urta joriy etilishi
nazarda tutilgan. Tibbiy sug‘urta moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini
joriy etish hisoblanib, bugungi kunda milliy sog‘liqni saqlash tizimiga joriy
etilgan sug‘urta tizimida aholi pul to‘lamaydi, sug‘urta doirasida har bir
fuqaroning salomatligini kafolatlangan paket asosida davlat budjeti mablag‘i
hisobidan sug‘urta qilinadi. Bu bilan sohaga ajratilayotgan budjet mablag‘laridan
maqsadli foydalanish, kasalliklarni erta aniqlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy
xizmat sifati va ko‘lamini yanada oshirishga erishiladi. Ushbu tizimning yo‘lga
qo‘yilishi sog‘liqni saqlash tizimiga ajratilayotgan mablag‘lar doirasida birlamchi
tibbiy-sanitariya yordami ulushi oshishiga, aholining ijtimoiy zaif toifalari
vakillarini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga, tibbiy
xizmatlar bozorida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga, aholining tibbiy yordam
uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lovlari darajasini kamaytirishga xizmat qiladi
6
. Shu
maqsadda bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni
saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi
mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
4890-sonli qaroriga muvofiq davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil qilinib,
davlat tibbiy sug‘urtasini bosqichma-bosqich joriy etish konsepsiyasi ishlab
chiqildi.
Konstitusiyaning 48-moddasiga binoan, davlat jismoniy tarbiya va sportni
rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun shart-
sharoitlar yaratadi. Qayd etish lozimki, Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining
ma’lumotiga ko‘ra, davolash inson salomatligini ta’minlashning 10 foiz omili,
xolos, sog‘lom turmush tarzi esa 55 foizni tashkil etadi. COVID-19 pandemiyasi
ham noto‘g‘ri turmush tarzi og‘ir oqibatlarga olib kelishini ko‘rsatdi
7
. Jahonda
COVID-19 koronavirus pandemiyasining yuzaga kelishi dunyo mamlakatlari
qatori O‘zbekistonda ham aholining sog‘lig‘i, jismonan salomatligi, sog‘lom hayot
kechirish darajasi zaif ekanligini ko‘rsatdi.
COVID-19 koronavirus infeksiyasi avvalo yurak-qon tomir va nafas olish
yo‘llari hamda semizlik (ortiqcha vazn) kasalligiga chalingan fuqarolarimizning
6
https://daryo.uz/k/2023/06/24/tibbiy-sugurta-nima-beradi
7
https://www.who.int/ru/emergencies/diseases/novel-coronavirus-2019?gclid
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
101
sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada, bugungi pandemiya oramizdan ko‘plab
fuqarolarimizni bevaqt dunyodan ko‘z yumishiga sabab bo‘ldi
8
.
Sog‘lom turmush tarzi to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, zararli
odatlardan o‘zini tiyish, ruhiy osoyishtalik va asabiy muvozanatni saqlash,
gigienaga rioya qilish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Sog‘lom ovqatlanish
— urf-odat, an’anani hisobga olib turli aholi
guruhlarining ratsional ovqatlanishida ilmiy asoslangan, ehtiyojni qondirishni
ta’minlaydigan, kasalliklar profilaktikasi va sog‘liqni mustahkamlashga yordam
beradigan, turli ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishga asoslangan
ovqatlanishdir. Ma’lumki, noto‘g‘ri ovqatlanish erta o‘lim havfini oshiradi. Jahon
sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, jismoniy faollik hamda
ovqatlanish me’yor va qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida tuz, qand, yog‘
miqdori ko‘p bo‘lgan taom va shirinliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish,
shuningdek etarli darajada vitamin va minerallar iste’mol qilmaslik oqibatida
yoshlarda ratsional o‘sish va aqliy rivojlanishda ortda qolish, kattalarda esa
yurak qon-tomir, endokrin, xavfli o‘sma kabi insonning erta o‘limiga olib
keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi
9
. Prezidentning
«Aholining sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq sog‘lom ovqatlanish dasturining
indikatorlari belgilandi. Unga ko‘ra 2025 yilga kelib aholining o‘rtacha umr
ko‘rish davomiyligini 75,1 yoshdan 76,4 yoshgacha oshirish rejalashtirilgan:
erkaklar uchun — 72,8 yoshdan 74,1 yoshgacha, ayollar uchun — 77,4 yoshdan
78,7 yoshgacha. Bundan tashqari, kelgusi besh yil ichida semizligi bo‘lgan aholi
ulushining o‘sishini 23,5% darajasida to‘xtatish rejalashtirilgan. Xususan,
hukumat 5 yoshgacha bo‘lgan ortiqcha vaznli bolalar ulushini 4,6 dan 4
foizgacha kamaytirishni va qariyalarni 56,4 foizga to‘xtatish niyatida
10
.
Sog‘lom turmush tarzini olib borish jismoniy faollik bilan bevosita
bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi
qonunning 3-moddasiga ko‘ra,
jismoniy tarbiya — madaniyatning insonni
jismoniy tarbiyalash, jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik orqali
jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, uning qobiliyatini va
harakat faolligini takomillashtirish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini
shakllantirish, ijtimoiy moslashtirish maqsadida jamiyat tomonidan
8
https://lex.uz/docs/-5077667
9
https://lex.uz/docs/-5090241
10
staff.tiiame.uz/storage/users/153/presentations/2PMpJYbhw5e20cXB1CVHQcDZsY79lNYg2isGcQWx.pdf
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
102
yaratiladigan hamda foydalaniladigan qadriyatlar, normalar va bilimlar
yig‘indisidan iborat bo‘lgan qismidir.
Ushbu qonunga ko‘ra davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni
qo‘llab-quvvaydi, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari tomonidan moddiy-texnika
va axborot resurslaridan, shuningdek ilmiy-tadqiqotga oid va texnik ishlanmalar
hamda texnologiyalardan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratadi, sport
klublari
va
maktablari,
sport-ta’lim
muassasalari,
shu
jumladan
ixtisoslashtirilgan
sport-ta’lim
muassasalari,
sport-sog‘lomlashtirish
oromgohlari, tibbiy-jismoniy tarbiya dispanserlari faoliyatini rivojlantirish
uchun shart-sharoitlar yaratadi, shuningdek jismoniy tarbiya va sport
vositalaridan aholining, shu jumladan ayollar va yoshlarning, shuningdek
nogironligi bo‘lgan shaxslarning sog‘lig‘ini mustahkamlash maqsadida
foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratadi va hokazo.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir necha normativ-
huquqiy hujjatlari qabul qilindi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020
yil 30 oktabrdagi " Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy
sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-6099-sonli
Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 noyabrdagi
«Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va «Workout» sport turlarini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5282-son qarori, 2022 yil
11 apreldagi «Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi
bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-201-son hamda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 iyuldagi “Mahallalarda
sport infratuzilmasini rivojlantirish va sport maydonchalaridan samarali
foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-245-son qarorlari
shular jumlasidandir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktabrdagi " Sog‘lom
turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-6099-sonli Farmoni bilan har bir oila, mahalla
va tuman (shahar)da, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va
oliy ta’lim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda jismoniy tarbiya va
ommaviy sport bilan shug‘ullanishga shart-sharoitlar yaratish; ommaviy sportni
rivojlantirish bo‘yicha oilalar, sinflar, mehnat jamoalari va hududlar o‘rtasida
sport musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazish; aholi turli guruhlarining
sog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan shart-
sharoitlar yaratish, tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan hamda
xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini iste’mol qilishni qisqartirish,
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
103
zararli odatlardan, xususan, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishdan
voz kechish yo‘li bilan kasallikka chalinish, ortiqcha vazn holatlari (semizlik) va
bevaqt vafot etishni kamaytirish; aholi o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish
madaniyatini keng targ‘ib qilish, shu jumladan, tartibsiz va kechki uyqu oldidan
ovqatlanish odatlaridan voz kechish; sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya
etilishini oilalar, mahallalar, maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalari
darajasida sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi sifatida targ‘ib qilish;
maktabgacha ta’lim, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim
muassasalarida, korxona, tashkilot va boshqa turdagi barcha muassasalarda
jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun zamonaviy moddiy-texnika
bazasini shakllantirish kabilar sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish
va ommaviy sportni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib
belgilandi
11
.
Bugungi kunda yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol
va “Workout” sport turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish dasturlarini
amalga oshirish uchun Davlat budjetidan 2021yil dan boshlab dasturlar to‘liq
bajarilgunga qadar har yili 104 milliard so‘mdan, jismoniy imkoniyati
cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan
shug‘ullanishga jalb qilishga qaratilgan dasturlarni moliyalashtirish uchun
Davlat budjetidan 2021yil dan boshlab dasturlar to‘liq bajarilgunga qadar har
yili 10 milliard so‘mdan mablag‘lar ajratib kelinmoqda. Aholi uchun qulay
bo‘lgan ko‘chalarda piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yo‘laklari”
tashkil qilinmoqda, aholi soni va uy-joylarning joylashuvini inobatga olgan
holda, shuningdek, tashkilot va idoralarning tegishli hududlarida velosiped turar
joylari va zamonaviy sport (shu jumladan, Workout) maydonchalari tashkil
etilmoqda, sport majmualari qurilmoqda, jismoniy imkoniyati cheklangan va
nogironligi bor shaxslar, ayollar o‘rtasida turli sport tadbirlari tashkil
qilinmoqda. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022yil 1yanvar
holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 52 417 ta sport inshooti mavjud bo‘lib, 2018 yilga
nisbatan ularning soni 1,0 barobarga oshgan
12
.
Bu amalga oshirilayotgan ishlar albatta birinchi navbatda inson
salomatligini saqlash bilan bog‘liq, zero 2019 yilda tarqalgan Covid 19 kasalligi
kasallikning chegara bilmasligi, hamda davlatning siyosati, iqtisodiyoti va
ijtimoiy hayotini ham izdan chiqarishga qodir ekanligini ko‘rsatib berdi.
11
https://lex.uz/docs/-5077667
12
https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/28271-o-zbekistondagi-sport-inshootlari-soni
