KUCHLI SHO‘RLANGAN MAYDONLARDA YETISHTIRILGAN POLIZ EKINLARINI O‘SISHI VA RIVOJLANISHI

Annotasiya

Ushbu maqolada poliz ekinlaridan qovun va tarvuz biologiyasi bo‘yicha qisqa kunli, yorug‘ sevar, qirg‘oqchilik ta’siriga nisbatan chidamliligi va shuningdek qovun hamda tarvuz ekinlari tuproq sharoitiga talabchan, tuproqning mexanik tarkibi yengil va o‘rta, kam zichlashgan, suv o‘tkazuvchanligi, suv sig‘imi yaxshi bo‘lgan, tarkibida ozuqa moddalari bilan o‘rtacha va yuqori ta’minlangan, organik moddalar bilan to‘yingan sharoitlarda me’yorida o‘sib yaxshi rivojlanishi va yuqori hosil berishi, hosil sifati talab darajasida bo‘lishligi yetarlicha ilmiy asoslangan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
162-168
17

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Norqulov, U., Ergashev , I. ., & Gadayev , N. . (2024). KUCHLI SHO‘RLANGAN MAYDONLARDA YETISHTIRILGAN POLIZ EKINLARINI O‘SISHI VA RIVOJLANISHI. Модели и методы в современной науке, 3(9), 162–168. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/mmms/article/view/52758
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada poliz ekinlaridan qovun va tarvuz biologiyasi bo‘yicha qisqa kunli, yorug‘ sevar, qirg‘oqchilik ta’siriga nisbatan chidamliligi va shuningdek qovun hamda tarvuz ekinlari tuproq sharoitiga talabchan, tuproqning mexanik tarkibi yengil va o‘rta, kam zichlashgan, suv o‘tkazuvchanligi, suv sig‘imi yaxshi bo‘lgan, tarkibida ozuqa moddalari bilan o‘rtacha va yuqori ta’minlangan, organik moddalar bilan to‘yingan sharoitlarda me’yorida o‘sib yaxshi rivojlanishi va yuqori hosil berishi, hosil sifati talab darajasida bo‘lishligi yetarlicha ilmiy asoslangan.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

162

KUCHLI SHO‘RLANGAN MAYDONLARDA YETISHTIRILGAN POLIZ

EKINLARINI O‘SISHI VA RIVOJLANISHI

Norqulov Usmon

Toshkent Davlat agrar universiteti, professori

Ergashev Iftixor Sutanovich

Toshkent Davlat agrar universiteti, doktoranti

+998507061288

Gadayev Nodirjon Nosirjonovich

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, dotsenti

+998977190689

https://doi.org/10.5281/zenodo.12199782

Annotatsiya:

Ushbu maqolada poliz ekinlaridan qovun va tarvuz

biologiyasi bo‘yicha qisqa kunli, yorug‘ sevar, qirg‘oqchilik ta’siriga nisbatan
chidamliligi va shuningdek qovun hamda tarvuz ekinlari tuproq sharoitiga
talabchan, tuproqning mexanik tarkibi yengil va o‘rta, kam zichlashgan, suv
o‘tkazuvchanligi, suv sig‘imi yaxshi bo‘lgan, tarkibida ozuqa moddalari bilan
o‘rtacha va yuqori ta’minlangan, organik moddalar bilan to‘yingan sharoitlarda
me’yorida o‘sib yaxshi rivojlanishi va yuqori hosil berishi, hosil sifati talab
darajasida bo‘lishligi yetarlicha ilmiy asoslangan.

Kalik so‘zlar:

poliz ekinlari, qovun va tarvuz, tuproq, suv o‘tkazuvchanlik.

Kirish.

Bugungi kunda Бутун дунёда бир вақтлар унумдор бўлган 10

миллион гектардан ортиқ шўрланган ерлар мавжуд бўлиб, ҳар йили 100
минг гектардан ортиқ суғориладиган ерлар шўрланиш қурбонига
айланмоқда. 1985 йилда дунё бўйлаб 20 миллион гектаргача
суғориладиган ерлар шўрланишдан зарар кўриши мумкинлиги тахмин
қилинган.

Бунга Миср мисол бўла олади. Асван тўғони қурилишидан олдин, Нил

делтаси ва текислигидаги далалар ҳар йили сув остида бўлган ва сув
тошқини ортиқча тузларни олиб ташлаган. Аммо замонавий каналларни
суғориш тузни ортда қолдириб, дунёнинг етакчи пахта етиштирувчи
районларини аста-секин заҳарлаб, чўлга айлантирмоқда. Ҳар йили делта
майдонларининг ҳар гектарида бир тонна туз тўпланади. Мисрнинг экин
майдонининг 35% шўрланишдан азият чекади. Мамлакат ҳар йили тузни
тозалаш учун дунёдаги энг катта дренаж тармоғини ётқизиш учун ўн
миллионлаб доллар сарфлайди.

Покистонда суғориладиган 37 миллион гектар майдоннинг 15

миллион гектари шўрланган деб ҳисобланмоқда. Хитойнинг гигант Янгце
деверсион схемаси орқали сув олиш учун мўлжалланган майдоннинг 2,7


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

163

миллион гектарида аллақачон шўрланишдан азият чекмоқда. ФАО
тадқиқотига кўра, Суриядаги 500 минг гектар майдон, яъни мамлакат
суғориладиган ерларининг ярми ботқоқланган ёки шўрланган. Эронда
16,8 миллион гектар экин майдонларининг 7,3 миллиони шўрланган деб
ҳисобланган. Ҳиндистонда сув ва туз туфайли вайрон бўлган ерлар
миқдори 6 миллиондан 10 миллион гектаргача, яъни суғориладиган 43
миллион гектарнинг деярли тўртдан бир қисми ҳисобланган. АҚШда
мамлакатдаги суғориладиган ерларнинг 25-35 фоизи шўрланишдан азият
чекади ва муаммо тобора кучайиб бормоқда.

Осиё-тинч океани минтақаси дунёнинг қурғоқчил, ярим қурғоқчил ва

қуруқ субнам ҳудудларида инсон томонидан қўзғатилган шўрланишнинг
қарийб 75 фоизи учун жавобгардир. Покистон, Ҳиндистон ва Хитойнинг
ўзи шўрланиш натижасида зарар кўрган дунёдаги суғориладиган
эрларнинг қарийб 50 фоизини (30 миллион га) эгаллаши мумкин.
Покистонда тупроқда тузнинг тўпланиши экинлар ҳосилдорлигини 30
фоизга камайтириши маълум. Австралияда иккиламчи шўрланиш (қуруқ
ва суғориладиган) ҳисоб-китоблари уч миллиондан тўққиз миллион
гектаргача ўзгариб туради. Бу эса бу ҳудудларда ҳосилдорликни
пасайтирди, баъзан эса эрозияни кучайтирди. Австралиянинг ҳосилдор
ерларининг тахминан 5% шўрланиш натижасида йўқолганлиги тахмин
қилинган. 21-асрнинг биринчи ярмида бу кўрсаткич этти баравар ошиши
кутилмоқда.

Tadqiqot materiallari va uslubi.

Tadqiqotlar dala va laboratoriya

sharoitida olib borilib, bunda “Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda
tajribalar o‘tkazish metodikasi” T.: 2002 y (2006).), «Metodika opыtnogo dela v
ovoщyevodstve i baxchevodstve» 1992y, “Toshkent viloyati sharoitida qovun
yetishtirishning resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish” (T: 2022 y)

Tahlil va natijalar.

Tarvuz va qovun ekinlari tuproqning rN miqdori 6,5-

7,5, sho‘rlanish darajasi kuchsiz bo‘lishi kerakligi, tuproq tarkibidagi namlik
darajasi mavsum davomida tuproqning cheklangan nam sig‘imiga nisbatan 65-
70%, o‘rtacha transperatsiya koyeffisiyenti 600-650 bo‘lishligi, qovun va
tarvuning mevasi tarkibida 80-95% gacha suv, 5-20% gacha quruq moddalar
bo‘lishligi aniqlangan.

Tajriba maydonida tarvuz va qovun ekinlarini suvga bo‘lgan talabi,

sug‘orish muddatlari, me’yorlari va sug‘orish sonlari variantlar bo‘yicha
o‘rganilish natijalari dissertatsiyaning 3. Bobida keltirilgan. Yuqorida keltirilgan
variantlar bo‘yicha sug‘orish tartiblari qovun va tarvuzning o‘sishi, rivojlanishiga


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

164

turlicha ta’sir ko‘rsatdi. Tajriba maydonida variantlar bo‘yicha yetishtirilgan
qovun va tarvuzning o‘sishi, rivojlanishi bo‘yicha olingan ilmiy ma’lumotlar 1 –
jadvalda keltirilgan.

Ushbu jadval ma’lumotlarining ko‘rsatishicha qovunning o‘suv davri

davomida variantlar ichida eng past asosiy poya uzunligi tajribaning 2-
variantida (tuproqda o‘stirib, tomchilatib sug‘orish) kuzatildi. Bu variantda
qovunning shonalash davridagi poya uzunligi 30,0-33,2 sm.ni, yon shoxlar soni
esa 2,0 donani, gullash-meva tugish fazasida esa asosiy poya uzunligi 113,2-
114,2 sm, yon shoxlar soni 3,0-3,1 donani, pishish davrida esa yuqoridagi
ko‘rsatgichlarga mos ravishda 153,0-155,2 sm va 3,0-3,3 dona bo‘lganligi
aniqlandi.

Tajribada nisbatan yuqori o‘sish va rivojlanish ko‘rsatgichlari 4

(tuvaklardagi substratlar va tomchilatib sug‘orish) va 5 (polietilin plyonka bilan
sho‘rlanishdan himoya qilingan va substratlarga ekilib, tomchilatib sug‘orish)
variantlarida kuzatildi. Bu variantlarda qovunning asosiy poya uzunligi
shonalash davrida 33,8-36,5 sm, yon shoxlar soni 2,3-2,5 dona, gullash-meva
tugish davridagi asosiy poya uzunligi 115-,1-118,8 sm. yon shoxlar soni 4,1-4,8
dona, pishish davrida esa asosiy poya uzunligi 160,5-167,9 sm. yon shoxlari soni
4,6-5,8 dona bo‘ldi.

Tajriba maydonida tarvuzning o‘sishi va rivojlanishi bo‘yicha olib borilgan

fenologik kuzatishlar natijalari shuni ko‘rsatdaki, tarvuzda ham qovun ekini
singari tajribaning 2-variantida nisbatan eng kam o‘sish va rivojlanish kuzatildi.
Bunda shonalash davrida asosiy poya uzunligi 37,3-39,2 sm, o‘suv shoxlari 2,2-
2,5 dona, gullash va meva tugish davrida 117,8-121,0 sm. va 3,0-3,5 dona pishish
davrida esa 163,2-168,4 sm, 3,5-3,6 dona bo‘ldi.

Nisbatan yuqori o‘sish va rivojlanish ko‘rsatgichlari tarvuzda ham 4 va 5

variantlarda qayd qilindi.

Bu variantlarda shonalash davridagi asosiy poya uzunligi yillar bo‘yicha

o‘rtacha 41,2-46,2 sm, yon shoxlar soni 2,6-3,3 donani, gullash va meva tugish
davrida 121,6-131,2 sm. 4,5-5,5 dona, pishish davrida esa 171,4-178,5 sm. va
4,8-5,6 donani tashkil qildi.

Umuman tajriba maydonida yetishtirilgan qovun va tarvuzning eng yuqori

o‘sish va rivojlanishi tajribaning 4-variant (sho‘rlanishdan himoya qilish uchun
plasmassa tuvaklar) va 5-variant (sho‘rlanishdan himoya qilishda polietilen
plyonkadan foydalanish) hamda ularni drenaj tizimi bilan jihozlab, maxsus
substratlarda (tuproq-30%, qum 20%, biogumus 50%) tomchilatib sug‘orish
usuli yordamida yetishtirilganda qovunning shonalash davrida asosiy poya


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

165

uzunligi 37,3-39,2 sm. o‘suv shoxlari 2,2-2,5 dona, gullash va mevalash davrida
117,8-121,0 sm. va 3,0-3,5 dona, pishish davrida 163,2-168,4 sm, 3,5-3,6 dona
bo‘lganligi, tarvuzning shonalash davrida asosiy poya uzunligi 41,2-46,2 sm. yon
shoxlar soni 2,6-3,3 dona, gullash va mevalash davrida 121,6-131,2 sm. 4,5-5,5
dona va pishish davrida esa 171,4-178,5 sm, 4,8-5,6 dona bo‘lganligi aniqlandi.


3-jadval.
Tajriba maydonida yetishtirilgan qovunning
o‘sishi va rivojlanishi

Var.

Shonalash davri
1.iyun

Gullash-meva tugish
davri.
1-iyul

Pishish

davrining

boshlanishi
1-avgust

Asosiy
poya
uzunligi,
sm

Yon
shoxlar
soni,
dona

Asosiy
poya
uzunligi,
sm

Yon
shoxlar
soni,
dona

Asosiy
poya
uzunligi,
sm

Yon
shoxlar
soni,
dona

2021 y
1

-

-

-

-

-

-

2

34,1

2,0

113,2

3,0

155,2

3,3

3

34,1

2,0

114,2

3,3

158,1

3,5

4

35,3

2,3

115,1

4,1

160,5

4,6

5

36,5

2,5

116,7

4,4

163,7

4,8

2022 y
1

-

-

-

-

-

-

2

33,2

2,2

114,3

3,1

153,3

3,3

3

33,8

2,5

115,2

3,4

160,4

3,8

4

34,5

2,6

116,8

4,5

163,2

5,0

5

35,3

2,8

118,3

4,7

165,5

5,3

2023y
1

-

-

-

-

-

-

2

30,0

2,0

113,2

3,0

155,0

3,0

3

32,3

2,1

114,0

3,2

157,3

3,5

4

33,8

2,3

117,0

4,5

165,5

5,6

5

36,4

2,5

118,8

4,8

167,9

5,8

4-жадвал

Тажриба майдонида етиштирилган тарвузнинг


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

166

ўсиши ва ривожланиши

Вар.

Шоналаш даври
1.июн

Гуллаш-мева тугиш
даври.
1-июль

Пишиш даврининг
бошланиши
1-август

Асосий
поя
узунлиги,
см

Ён
шохлар
сони,
дона

Асосий
поя
узунлиги,
см

Ён
шохлар
сони,
дона

Асосий
поя
узунлиги,
см

Ён
шохлар
сони,
дона

2021 й
1

-

-

-

-

-

-

2

37,3

2,2

117,8

3,2

163,2

3,6

3

38,0

2,4

119,3

3,2

168,5

3,9

4

41,2

2,6

121,6

4,5

171,4

4,8

5

43,4

2,9

123,5

4,7

175,3

5,2

2022 й
1

-

-

-

-

-

-

2

39,2

2,5

120,0

3,5

166,5

3,7

3

40,3

2,7

123,5

3,7

171,7

4,1

4

43,3

3,0

127,6

5,0

176,3

5,3

5

45,7

3,3

131,2

5,5

178,5

5,6

2023й
1

-

-

-

-

-

-

2

38,6

2,3

121,0

3,0

168,4

3,5

3

41,2

2,5

125,2

3,5

170,5

3,7

4

45,3

2,8

126,4

4,7

175,2

5,0

5

46,2

3,0

128,8

5,3

177,7

5,5


Полиз экинларидан қовун ва тарвузнинг ўсув даври давомийлиги

навларининг биологик хусусиятларига, экиш муддатларига ва етиштириш
агротехнологик тадбирларни (кўчат қалинлиги, экиш усули, суғориш,
минерал озиқлантириш, қатор ораларига ишлов бериш) ўз вақтида
сифатли ўтказишга боғлиқ бўлади.

Қовун навларининг биологик хусусиятлари бўйича ўсув даврининг

давомийлиги уруғларни униб чиқишидан биринчи ҳосилни пишиб
етилишигача бўлган давр билан баҳоланади. Тез пишар қовун
навларининг ўсув даврларининг давомийлиги 80-90 кун, ўрта пишар
навларда 90-110 кун, кеч пишар навларда эса 110 кундан кўп бўлади.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

167

Тажриба майдонида етиштирилган қовуннинг “Дакаро” нави биологияси
бўйича тез пишар бўлиб (80-90 кун), лекин вариантлар бўйича ушбу қовун
навининг ўсув даври давомийлиги 4 – 6 кунгача бир – биридан фарқ
қилади.

Тажриба вариантлари бўйича ўсув даври давомийлиги нисбатан

кўпроқ бўлган 2-вариантда шўрланишдан ҳимоя қилинмасдан томчилатиб
суғориш усули билан етиштирилганда йиллар бўйича 83 – 94 кунни
ташкил қилди.

Тажрибада ўсув даври 2-вариантга нисбатан 3 – 7 кун кам бўлишлиги

4 ва 5 вариантларда яъни тупроқ шўрланишидан пласмасса туваклар ва
полтэтилин плёнка билан ҳимоя қилиниб, томчилатиб суғориш усули
билан етиштирилган вариантларда кузатилди.

Қовуннинг ўсув фазалари орасидаги кунлар ўрганилганда – уруғ

экишдан кўчатларнинг тайёр бўлишигача бўлган давр 23 – 25 кун,
шоналаш даврининг давомийлиги вариантлар бўйича 9 – 13 кун, гуллаш
ва мева тугиш даври 12 – 17 кун, меваларни пишишгача бўлган даври 30 –
35 кундан иборат бўлди.

Тажриба майдонидаетиштирилган тарвузнинг ўсув фазалари

оралиғидаги кунлар ўрганилганда бунда ҳам қовун сингари уруғ экишдан
кўчат тайёр бўлишигача кетган вақт 23 – 25 кунни, шоналашгача бўлган
давр 2-вариантда 13 – 14 кун, гуллаш ва мева тугиш даври 17 – 18 кун,
пишишгача бўлган даври 30 – 35 кунни ташкил қилди. Тажрибанинг 4 ва 5
вариантларида эса шоналаш давригача 10 – 12 кун, гуллаш ва мева тугиш
давригача 13 – 15 кун, пишиш давригача 29 – 32 кун, умумий ўсув
даврининг давомийлиги уруғ экишдан пишишгача пишишгача бўлган
давр 2-вариантда 85 – 89 кун, 4 ва 5 вариантда 78 – 80 кунни ташкил
қилди.

Тажриба майдонида етиштирилган қовун ва тарвузнинг ўсув даври

давомийлиги бўйича ўрганилган маълумотларга асосланиб хулоса қилиш
мумкинки қовун ва тарвузнинг тупроқдаги тузлардан ҳимоя қилинмаган
ҳолда томчилатиб суғориш усули билан етиштирилганда (2-вариантда)
умумий ўсув даврининг давомийлиги қовунда 83 – 84 кун, тарвузда 85 –
89 кун, шўрланишдан ҳимоя қилинган вариантларда (4 ва 5 вариантлар)
қовунда 77 – 80 кун, тарвузда 78 – 80 кун бўлганлиги аниқланди.

Xulosalar

1.

Qovunning shonalash davridagi poya uzunligi 30,0-33,2 sm.ni, yon shoxlar

soni esa 2,0 donani, gullash-meva tugish fazasida esa asosiy poya uzunligi 113,2-


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

168

114,2 sm, yon shoxlar soni 3,0-3,1 donani, pishish davrida esa yuqoridagi
ko‘rsatgichlarga mos ravishda 153,0-155,2 sm va 3,0-3,3 dona bo‘lganligi
aniqlandi..

2.

Qovunning shonalash davrida asosiy poya uzunligi 37,3-39,2 sm. o‘suv

shoxlari 2,2-2,5 dona, gullash va mevalash davrida 117,8-121,0 sm. va 3,0-3,5
dona, pishish davrida 163,2-168,4 sm, 3,5-3,6 dona bo‘lganligi aniqlandi.
Tarvuzning shonalash davrida asosiy poya uzunligi 41,2-46,2 sm. yon shoxlar
soni 2,6-3,3 dona, gullash va mevalash davrida 121,6-131,2 sm. 4,5-5,5 dona va
pishish davrida esa 171,4-178,5 sm, 4,8-5,6 dona bo‘lganligi aniqlandi

Adabiyotlar:

1.

Mirziyoyev Sh.M. PF-60-son. “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”. – Toshkent, 2022 yil 28
yanvar. https://lex.uz/docs/5841063 1-2-b.
2.

Mirziyoyev Sh.M. PF-5853-son. “O‘zbekiston Respublikasi qishloq

xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini
tasdiqlash

to‘g‘risida”.

Toshkent,

2019

yil

23

oktyabr.

https://lex.uz/docs/4567334 1-3-b.
3.

Azimov B.J., Azimov B.B. “Sabzavotchilik, polizchlik va kartoshkachilikda

tajribalar o‘tkazish metodikasi”.-T. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2002 y
(2006). 181–185-b.
4.

“Toshkent viloyati sharoitida qovun yetishtirishning resurstejamkor

texnologiyasini ishlab chiqish”. Tashkent. 2022. – B 4-12.
5.

5.Abdumalikov Sh. Tomchilatib sug‘orish afzalliklari. J. «O‘zbekiston

qishloq xo‘jaligi». 2011 y. №8. 32-33 b.
6.

Azimov B.J., Azimov B.B. Sabzavot va poliz ekinlarini gidromodul rayonlar

bo‘yicha sug‘orish tartiboti. O‘zMEDIN. Toshkent. 2004. 45-b

Bibliografik manbalar

Mirziyoyev Sh.M. PF-60-son. “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”. – Toshkent, 2022 yil 28 yanvar. https://lex.uz/docs/5841063 1-2-b.

Mirziyoyev Sh.M. PF-5853-son. “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”. – Toshkent, 2019 yil 23 oktyabr. https://lex.uz/docs/4567334 1-3-b.

Azimov B.J., Azimov B.B. “Sabzavotchilik, polizchlik va kartoshkachilikda tajribalar o‘tkazish metodikasi”.-T. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2002 y (2006). 181–185-b.

“Toshkent viloyati sharoitida qovun yetishtirishning resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish”. Tashkent. 2022. – B 4-12.

Abdumalikov Sh. Tomchilatib sug‘orish afzalliklari. J. «O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi». 2011 y. №8. 32-33 b.

Azimov B.J., Azimov B.B. Sabzavot va poliz ekinlarini gidromodul rayonlar bo‘yicha sug‘orish tartiboti. O‘zMEDIN. Toshkent. 2004. 45-b