MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
91
XALQARO KOMMUNIKATSIYALARDA PRNING O‘RNI VA IMIJ
YARATISH MASALALARI
Yusupova Zulayxo Abduraimovna
Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Registrator ofisi menejeri
https://doi.org/10.5281/zenodo.16938621
Annotatsiya:
Ushbu maqolada xalqaro kommunikatsiyalarda PRning o‘rni
va imij yaratish
dagi ahamiyati tahlil qilinadi. Globalizatsiya sharoitida davlatlar,
xalqaro tashkilotlar hamda transmilliy korporatsiyalar o‘z faoliyatini jahon
jamoatchiligiga to‘g‘ri yetkazish va ijobiy qiyofa shakllantirish uchun PR
strategiyalaridan samarali foydalanmoqda. Imij yaratishning mexanizmlari –
ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik, raqamli kommunikatsiyalar,
madaniy diplomatiya hamda krizisli PR faoliyati orqali izohlanadi. Shu bilan
birga, xalqaro imijni shakllantirishda yuzaga keladigan axborot raqobati,
madaniy tafovutlar va soxta xabarlar muammosi ham tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
xalqaro kommunikatsiya, PR, imij, davlat imiji, korporativ
imij, shaxsiy imij, jamoatchilik bilan aloqalar, raqamli kommunikatsiyalar.
Abstract:
This article analyzes the role of PR in international
communications and its importance in image creation. In the context of
globalization, states, international organizations, and transnational corporations
are effectively utilizing PR strategies to accurately convey their activities to the
global community and shape a positive image. The mechanisms of image
creation are explained through cooperation with mass media, digital
communications, cultural diplomacy, and crisis PR activities. Additionally, the
article examines the challenges of information competition, cultural differences,
and false information that arise in the formation of an international image.
Keywords:
international communication, PR, image, state image, corporate
image, personal image, public relations, digital communications.
Globalizatsiya jarayonida xalqaro kommunikatsiyalar insoniyat hayotining
barcha sohalariga chuqur ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu jarayonda jamoatchilik bilan
aloqalar (Public Relations – PR) faoliyati davlatlar, transmilliy korporatsiyalar,
xalqaro tashkilotlar va nodavlat institutlar uchun samarali kommunikativ
vositaga aylandi. Xalqaro PRning asosiy maqsadi – milliy manfaatlarni xalqaro
miqyosda to‘g‘ri yoritish, ijobiy imij yaratish hamda turli auditoriyalar bilan
o‘zaro ishonchli munosabat o‘rnatishdir.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
92
Olim Edvard Bernаyzning fikriga ko‘ra, “Public Relations – jamoatchilikning
qiziqishlarini moslashtirishga yo‘naltirilgan harakatdir”
1
. Har ikkala qarashda
ham jamoatchilik fikriga bo‘lgan mo‘tadil munosabat va aniq fikr
shakllantirishga ko‘maklashish ustuvorlik qiladi. Jamoatchilik bilan aloqalarning
iqtisod, siyosat, madaniyat, ilm-fan va boshqa turli sohalarda ko‘rinishlari
mavjud bo‘lib, soha xususiyatidan kelib chiqib aholi fikrini shakllantirishga
xizmat qiladi. PRda fikr hamisha turli rakurslarda o‘rganilib, ommaga
yo‘naltiriladi. PR o‘ziga xos tafakkur maydonini vujudga keltirgan holda samarali
natijalarga erishish uchun jamoatchilik fikrini tinglab xulosa chiqarishi
maqsadga muvofiqdir.
“Public Relations” termini ilk bor 1807-yilda AQSHning uchinchi prezidenti
Tomas Jefferson tomonidan qo‘llangan bo‘lib, keyinchalik PR atamasi tobora
ommalashib bordi. Jamoatchilik bilan aloqalar, fikr almashish va aniq
xulosalarga bo‘lgan ehtiyoj jamoatchilik bilan aloqalar amaliyotining dunyo
bo‘yicha keng tarqalishiga yo‘l ochdi va ma’lum prinsiplarga asoslanib rivojlanib
bordi. U ijtimoiy voqelikka aylandi va turli maqsadlarga yo‘naltirildi.
Xalqaro kommunikatsiyalarda PRning o‘rni
1. Madaniy ko‘prik vazifasi – PR turli xalqlar o‘rtasida madaniy va axborot
aloqalarini mustahkamlab, ularning o‘zaro tushunishini yengillashtiradi.
2. Davlat imijini shakllantirish – davlatlar o‘z tashqi siyosatini
ommalashtirishda, turizm va investitsiyalarni jalb qilishda PR strategiyalaridan
keng foydalanadi.
3. Xalqaro tashkilotlar faoliyatida – BMT, YUNESKO, Yevropa Ittifoqi kabi
tuzilmalar dunyo jamoatchiligiga o‘z faoliyatini tushuntirishda PR vositalarini
qo‘llaydi.
4. Korporativ PR – transmilliy kompaniyalar o‘z brendini xalqaro bozorda
tanitishda va iste’molchilar ishonchini qozonishda PR kampaniyalaridan
samarali foydalanadi.
PR xalqaro kommunikatsiyalarda muhim o‘rin tutib, davlatning imijini
shakllantirishda yaqindan ko‘mak beradi. Turli davrlarda jamoatchilik bilan
aloqalarni kuchaytirish davlat rivojiga, mamlakatning tashqi imijini
shakllantirishda ijobiy natijalarga olib kelgan. Jamoatchilik bilan aloqalar yaxshi
olib borilsa, shu davlatning siyosati ham, xorijiy munosabatlardagi o‘rni ham
yuksalib boradi. PRning keng yo‘lga qo‘yilishi, olib borilayotgan islohotlarning
yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi va shu bilan birga davlatlar
o‘rtasidagi o‘zaro ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni yanada mustahkamlaydi. Shu
Чумиков А. Паблик Рилейшнз для профессионалов, - М., 2000. С.12.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
93
o‘rinda ispan faylasufi Ortega Gassetning quyidagi fikrini keltirib o‘tish lozim:
“Dunyoni jamoatchilik fikri boshqaradi”
2
. Darhaqiqat, jamoatchilik fikri orqali
mamlakat nafaqat milliy, balki xalqaro maydonda ham nufuzini anchayin
ko‘tarishga erishadi. Zamonaviy xalqaro munosabatlarda ma’lum davlatning
e’tirof etilishi, avvalo uning tan olinishi bilan boshlanadi. Ayni shu e’tirof, tan
olinish orqali mamlakatning tashqi imiji shakllanib boradi. PR esa mana shu
imijning birlamchi vositasi hisoblanadi. Xalqaro media makonda mamlakat
imijini yaratish, birmuncha mas’uliyatli ish. Ya’ni, xalqaro kommunikatsiyalarda
boshqa mamlakat tashqi siyosatiga daxl qilmagan holda PR olib borish muhim.
Sababi “Hech bir davlat boshqa davlatlardan uzilgan holda yashay olmaydi,
ularning barchasi xalqaro hamkorlik rishtalari orqali bir-birlariga daxldordirlar.
Zero, global muammolarni bartaraf etishda har bir davlat o`z manfaatlarini ana
shu xalqaro hamkorlik manfaatlari bilan muvofiqlashtirmog`i kerak bo`ladi”
3
.
Imij – xalqaro PRning markaziy tushunchasidir. Imij yaratish – bu faqat
tashqi ko‘rinishni shakllantirish emas, balki muayyan davlat yoki tashkilotning
qadriyatlarini, maqsad va manfaatlarini jahon jamoatchiligiga ijobiy talqinda
ko‘rsatishdir.
Davlat imiji: siyosiy barqarorlik, iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy qadriyatlar
orqali shakllanadi.
Korporativ imij: mahsulot sifati, ijtimoiy mas’uliyat, ekologik tamoyillarga
rioya qilish orqali mustahkamlanadi.
Shaxsiy imij: xalqaro miqyosdagi siyosatchilar, diplomatlar va yetakchilar
faoliyatida katta ahamiyatga ega bo‘lib, ular orqali butun davlatning qiyofasi
tasavvur qilinadi.
Mamlakatning siyosiy nufuzini oshirishda PR, xususan OAVlar asosiy
o‘rinda turadi. Ularda e’lon qilingan reklama, ko‘rsatuv va maqolalar yurtimiz
imijini vujudga keltirish va rivojlanishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, mamlakat ichidagi muammolarning bartaraf etilishi ichki imijni
mustahkamlasa, tashqarida kuzatilayotgan muammolar yuzasidan olib
boriladigan ishlar tashqi imij masalasini hal etadi. Ularning har ikkalasi
birlashib, mamlakatning yaxlit muvaffaqiyatli imijini ta’minlaydi. Mazkur
yaxlitlik bir qaragandda bir-biriga ta’sir etmaydigandek ko‘rinadi, ammo ular
bir-biriga aloqador. “Jahon tajribasi shundan darak beradiki, muayyan bir
davlatning tashqi siyosati uchun milliy davlatchilik borasidagi ustuvor
Сэм Блэк. Введение в паблик рилейшнз. - М., 1998. С.40. 243
Морозова Л.А. Влияние глобализации на функции государства. // Государсто и право, 2006. №6.
С.101-102. 244
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
94
manfaatlariga tayanadi”
4
. Boshqacha qilib aytganda dunyo mamlakatlari PRdan
davlat siyosatini kuzatish, ular haqida fikr yuturitish, baho berish va
mamlakatdagi ahvol haqida dunyo jamoatchiligi fikrini shakllantirish kabi bir
nechta usullarda foydalanib kelmoqda. Endilikda davlatning salohiyati – tashqi
siyosati, atrofdagilarga berayotgan axboroti, qilayotgan PR bilan o‘lchanadi. Shu
jarayonning o‘zi PRning rivojlanishi, butun jahon davlatlari orasida
jadallashuvidan darak beradi.
Xalqaro PRda imij yaratish mexanizmlari:
1. OAV bilan hamkorlik – xalqaro matbuotda ijobiy xabarlar berish,
intervyu va press-relizlar orqali jamoatchilikka chiqish.
2. Raqamli kommunikatsiyalar – internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali
global auditoriyaga tezkor va bevosita murojaat qilish.
3. Madaniy diplomatiya – san’at, sport, ta’lim va turizm sohalarida o‘zaro
almashinuv orqali ijobiy tasavvur uyg‘otish.
4. Krizisli PR – xalqaro maydonda yuzaga keladigan salbiy axborotlarni
tezkorlik bilan neytrallashtirish va muvozanatlashtirish.
Imij yaratishda muammolar
Axborot raqobati: global axborot oqimida ijobiy imijni doimiy saqlash
mushkul.
Madaniy tafovutlar: PR strategiyasi turli madaniyatlar talqinida turlicha
qabul qilinishi mumkin.
Soxta axborotlar va feyk xabarlar: xalqaro imijni buzuvchi omil sifatida
dolzarb muammo.
Krizis holatlari: iqtisodiy, siyosiy yoki ekologik inqiroz PR orqali ijobiy
tasvirni zaiflashtirishi mumkin.
Xalqaro kommunikatsiyalarda PR – zamonaviy diplomatiya, iqtisodiy
integratsiya va madaniy almashinuvning muhim vositasidir. Ijobiy imij yaratish
davlatlar va tashkilotlarning xalqaro maydondagi obro‘sini oshiradi, ular bilan
hamkorlik qilishga tayyor bo‘lgan auditoriya sonini ko‘paytiradi. Shu bois PR
strategiyalarini to‘g‘ri ishlab chiqish va zamonaviy axborot texnologiyalarini
qo‘llash xalqaro kommunikatsiyalarda muvaffaqiyat kalitidir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.Чумиков А. Паблик Рилейшнз для профессионалов, - М., 2000.
2.Сэм Блэк. Введение в паблик рилейшнз. - М., 1998.
4
Sharopova S. Milliy manfaatlar ko`zgusi. // Tafakkur, 2002. 2-son. 26-b. 245
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
95
3.Морозова
Л.А.
Влияние
глобализации
на
функции
государства.//Государсто и право, 2006. №6.
4.Sharopova S. Milliy manfaatlar ko`zgusi. // Tafakkur, 2002. 2-son.
