MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
156
ZAMONAVIY O‘ZBEK ESTRADA SAN’ATI
Baxtiyarov Iskandar Baxtiyarovich
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada
sanʼati instituti “Xalqaro hamkorlik bo‘limi” uslubchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16734663
Annotatsiya:
Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek estrada san’atining
rivojlanish bosqichlari va o‘ziga xos xususiyatlari yoritiladi. Unda zamonaviy
estrada san’atining ilk namunalari, mustaqillikdan keyingi erkin rivojlanish
jarayoni haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
o‘zbek estrada san’ati, musiqa tarixi, zamonaviy estrada,
mustaqillik davri, milliy madaniyat, estrada rivojlanishi.
Аннотация:
В данной статье рассматриваются этапы развития
современного узбекского эстрадного искусства и его особенности. В ней
говорится о первых образцах современного эстрадного искусства, а также
о процессе свободного развития после независимости.
Ключевые слова:
узбекская эстрадная музыка, история музыки,
современная эстрада, период независимости, национальная культура,
развитие эстрады.
Annotation:
This article discusses the stages of development and unique
characteristics of modern Uzbek pop art. It addresses the early examples of
modern pop art and the process of free development after independence.
Keywords:
Uzbek pop music, music history, contemporary pop,
independence period, national culture, development of pop.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishganiga chorak asrdan
ziyod vaqt o‘tdi. Ushbu davr mobaynida mamlakatimizda turli sohalarda tub
islohotlar amalga oshirilib, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotda
sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, davlatimiz
rahbari Shavkat Mirziyoyev 2017-yilda madaniyat va san’at sohasi rahbarlari
bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda quyidagi fikrlarni bildirgan edi: “Bir haqiqatni
hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz kerak: mamlakatimizda madaniyat va
san’at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi. Xalqimizning rivojlanish darajasi
avvalo milliy madaniyatimizga qarab baholanadi. Shu ma’noda, madaniyat — bu
xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasidir. Biz O‘zbekistonning yangi qiyofasini
yaratishga kirishgan ekanmiz, buni avvalo milliy madaniyatimizni
rivojlantirishdan boshlashimiz lozim”. Ushbu fikrlar, albatta, madaniyat va san’at
sohasining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini chuqur anglatadi. Har
bir xalqning madaniyati, avvalo, uning san’atida namoyon bo‘ladi. O‘zbek xalqi
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
157
qadimdan musiqa va sahna san’atiga alohida e’tibor bergan. O‘zbekiston
madaniy hayoti o‘ziga xos va boy bo‘lgan an’anaviy san’at turiga ega. Xususan,
musiqa san’ati xalqimizning ruhiy olami, didi va ma’naviyatining ajralmas
qismidir. Zamonaviy estrada san’ati esa shu boy meros asosida shakllangan,
o‘zbek xalqining turmush tarzi, orzu-umidlari va hissiyotlarini aks ettiruvchi
muhim madaniy hodisa hisoblanadi.
Oʻzbekiston musiqa sahnasi hozirgi kunda Yevropa va Sharq
madaniyatining zamonaviy yoʻnalishlari an’analarini oʻzida mujassam etgan
oʻziga xos hodisa hisoblanadi. Oʻzbekistonning zamonaviy musiqa sahnasining
milliy qiyofasini shakllantirishda xalq ogʻzaki ijodining anʼanaviy shakl va
janrlari muhim rol oʻynadi, ularning oʻziga xos xususiyatlari XX asrning ikkinchi
yarmi musiqa hayotida yangi hodisaga asos boʻldi. Mamlakatimizda milliy
estradani rivojlantirishga barcha imkoniyat va sharoitlar yaratilayotgan ekan,
shu sohadagi barcha ijodkorlardan xalqimizga manzur boʻladigan yangi badiiy
barkamol qoʻshiq va kuylar yaratib, faol ijod qilishlarini kutib qolamiz. Oʻzbek
milliy estrada san’ati boy tarixga ega. “Estrada” tushunchasi kirib kelgunga
qadar ham uning turli janr va koʻrinishlari mavjud boʻlib, professional darajada
XX asrda shakllangan.
Jumladan, Oʻzbekiston xalq artisti Tamaraxonim, Usta Olim Komilov kabi
san’atkorlar milliy estradaning poydevoriga asos solgan. Oʻzbekiston xalq artisti
Botir Zokirov professional estrada san’ati maktabini yaratgan. Mashhur “Yalla”
guruhi, Yunus Toʻraev, Mansur Toshmatov, Nasiba Abdullaeva, Yulduz
Usmonova, Kumush Razzaqova, Ozodbek Nazarbekov, Kozim Qayumov kabi
ijodkorlar bevosita Botir Zokirov yaratgan milliy estrada maktabi davomchilari
boʻlib, uning rivojiga munosib hissa qoʻshishgan.
O‘zbek estrada musiqasi shakllanishi jarayonida an’anaviy xalq musiqa
namunalari muhim zamin bo‘lgan. Bunda, asosan, ularning raqsbopligi, yengil
ohang usullarida ijro etilgani qo‘l kelgan. Ayni payta bu holat o‘zbek estrada
musiqasining milliylik asosini ham ta’minlovchi muhim vositalardan biri bo‘ldi
desak, to‘g‘ri bo‘ladi.
O‘zbek milliy estrada qo‘shiqchiligi tamal toshini qo‘ygan Botir Zokirov va
uning izdoshlari, zamondoshlari Yunus To‘rayev, Staxan Rahimov, va boshqalar
o‘zbek estradasi sahnasida milily kuylash uslubini sintezlashtirish natijasida uni
shaklan va mazmunan uyg‘unlashtirishga erishganlar. O‘zbekiston mustaqillikka
erishgach, mamlakat madaniy hayotida keng ko‘lamli o‘zgarishlar yuz berdi.
Ayniqsa, san’at sohasida xususan, estrada yo‘nalishida — yangi sahifalar ochildi.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
158
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan darvdan boshlab yaratilayotgan
qo‘shiqlar Vatan, Istiqlol, tabiat, do‘stlik va muhabbat kabi mavzularda yozilgan.
Yulduz Usmonovaning “Dunyo”, “O‘zbekiston”, “Xalqim”, Nilufar Rahmatovaning
“O‘zbek elim”, marhum Nuriddin Haydarovning “Men nechun sevaman
O‘zbekistonni?”, Sevara Nazarxoning “Vatanim”, Gulsanam Mamazoitovaning
“O‘zbekiston-ona tuproq” kabi qo‘shiqlari, mustaqillik davrining o‘ziga xos,
yangicha talqindagi vatanparvarlik mavzusini barpo qildi. Bu mavzu san’atda
eng qadimdan ulug‘lanib kelgan. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda nafaqat tub
siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy oʻzgarishlar, balki san’at, madaniyat va jamoatchilik
ongida ham jiddiy oʻzgarishlar yuz bermoqda. Hozirgi vaqtda oʻzbek badiiy
madaniyatida estrada musiqasi alohida oʻringa ega. Hozirgi kunda estrada
mafkura oʻrnini ma’lum darajada egallab, yoshlar ongiga ta’sir oʻtkazishning
samarali usuliga aylandi. Oxirgi oʻn yilliklarda tadqiqotchilar va olimlar
tomonidan sanʼatning ushbu turiga, estrada musiqasining shakllanish tarixi,
kelib chiqishi, terminologik va nazariy masalalariga qiziqish ortdi, uning oʻzbek
va jahon badiiy madaniyatida, umuman madaniyat va san’atdagi oʻrni va rolini
aniqlashga harakat qilmoqda. 80-90 yillar estradasining hozirgi zamonaviy
estradadan farqi undagi tafovut shundan iboratki ilk estrada namoyondalari
qoʻshiqlarining milliyligiga sermazmunligiga, orombaxsh ekanligiga alohida
e’tibor qaratgan. Zero, san’atning har qanday jabhasi inson tafakkuri mahsuli
sifatida tinimsiz harakat va oʻzgarishlarga uchraydi. Unga zamon va makon oʻz
ta’sirini koʻrsatar ekan oʻz oʻrnida Estrada ijrochiligi ham yoshlarimizning
qolaversa jamiyat hayotining in’ikosi boʻlib qolaveradi.
Bugungi kunda estrada san’ati zamonaviy o‘zbek yoshlarining
dunyoqarashi, estetikasi va madaniy ehtiyojlarini aks ettiruvchi asosiy
vositalardan biridir. Hozirgi globallashuv davrida, axborot oqimi cheksiz bo‘lib
borayotgan bir vaqtda, yoshlarni milliy qadriyatlarga asoslangan madaniy-
ma’naviy tarbiya bilan qurollantirish g‘oyat dolzarbdir. Estrada san’ati, bir
tomondan, zamonaviylikka hamohang bo‘lsa, ikkinchi tomondan, insonlarni
badiiy-estetik qadriyatlar bilan boyituvchi vosita hisoblanadi. Uning musiqiy
ohanglari, ijodiy asarlari va mazmunan boy kompozitsiyalari yoshlarning
qalbida ijodkorlik uchqunini uyg‘otadi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab xalq orasida «estrada», «estrada
konsterti», «estrada san
ʻ
ati» kabi atamalar iste
ʻ
molga kirib kela boshladi. Bu
Turkiston o
ʻ
lkasining shaharlariga Rossiyadan gastrolga kelgan konstert
guruhlarining chiqishlari bilan bog
ʻ
liq edi.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
159
XXI asrda O’zbekistonda Estrada san’atini rivojlantirish bo‘yicha ko’plab
ishlar amalga oshirildi. Estrada rivojiga katta hissa qo’shgan san’at hodimlari
davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Bugungi estrada texnologiyalarsiz tasavvur
qilib bo‘lmaydi. Bugungi estrada san’atining rivojlanishida internet va axborot
texnologiyalari muhim rol o‘ynamoqda. YouTube, TikTok, Instagram kabi
platformalar orqali qo‘shiqlar butun dunyo bo‘ylab tarqalmoqda. Afsuski, ba’zi
estrada xonandalari orasida fonogrammadan foydalanish, sifatsiz matnlar, shov-
shuvli mavzularga yo‘naltirilgan ijodiy ishlanmalar ham uchramoqda. Bu holat
estrada san’atining tarbiyaviy va estetik ahamiyatiga putur yetkazadi. Estrada
ijodkorlari faqatgina ovoz orqali emas, balki videokliplar yordamida ham
tomoshabin e’tiborini tortmoqda. Bu esa estrada san’atining ommalashuvi va
global maydonga chiqishiga xizmat qilmoqda. Shuningdek, ayrim qo‘shiqlarda
milliylikdan uzoqlashish holatlari ham kuzatilmoqda va zamonaviy kliplar,
professional studiya yozuvlari va sahna texnikasi san’atning sifat jihatdan
yuksalishiga xizmat qilmoqda.
Xulosa:
Zamonaviy O‘zbek estrada san’ati mustaqillik yillarida jadal
rivojlanib, milliy qadriyatlar va zamonaviy musiqiy yo‘nalishlarning uyg‘unligiga
asoslangan holda shakllandi. Bugungi estrada san’ati nafaqat xalqimizning
madaniy hayotida, balki yosh avlodning ma’naviy tarbiyasida ham muhim rol
o‘ynamoqda. Kelajakda estrada san’atini yanada rivojlantirish uchun iste’dodli
yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, sifatli musiqiy asarlar yaratishga e’tibor qaratish
muhimdir. Umuman olganda, zamonaviy O‘zbek estrada san’ati xalqimizning
ma’naviy dunyosini boyituvchi, uni ruhlantiruvchi va birlashtiruvchi kuchli
madaniy vositadir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan
uchrashuvdagi maruzasi. Toshkent 2017-yil 3-avgust.
2. Namozova, D. T. (2021). Musiqa darslarida o‘quvchilarni kreativlik hamda
erkin tafakkurni shakllantirish tashkil etish.2(2),1313-1315
3. Y.Torayev «Oʻzbek Estrada xonandaligi» Toshkent 2004-yil
4. “Oʻzbek estradasining poydevori qurgan, qo‘shiqchilimizga yangi havo olib
kirgan ijodkor”. – Maqola, Sugʻdiyona gazetasi.
5. N.Abdullaev “O‘zbekiston san’ati tarixi” Toshkent 2007.
