MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
160
BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA TANQIDIY
FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDA KOGNITIV
YONDASHUVLARDAN FOYDALANISH USULLARI
Fayzullayeva Azizabonu Sadullo qizi
Buxoro xalqaro universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16736672
Annotatsiya.
Ushbu maqolada tanqidiy fikrlash tushunchasi, uning
bosqichlari va tarkibiy jihatlari hamda o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni
shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon tahlil qilinadi. Shuningdek,
tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda kognitiv yondashuvlarning tutgan o‘rni,
ta’lim jarayonidagi kognitiv bilish faoliyati bilan bo‘ladigan o‘zaro bog‘liqligi
yoritib beriladi.
Kalit so‘zlar:
ta’lim jarayoni, o‘quvchi, tanqidiy fikrlash, kognitiv
yondashuv, bilish jarayoni, kognitiv pedagogika, fikr bildirish, rivojlanish, bilim,
ko‘nikma, tajriba, tanqidiy fikrlash bosqichlari.
Аннотация
. В данной статье анализируется понятие критического
мышления, его этапы и структурные аспекты, а также педагогический
процесс, направленный на формирование критического мышления у
учащихся. Освещается также роль когнитивных подходов в развитии
критического
мышления,
их
взаимосвязь
с
познавательной
познавательной деятельностью в процессе обучения.отация.
Ключевые слова:
образовательный процесс, ученик, критическое
мышление, когнитивный подход, когнитивный процесс, когнитивная
педагогика, обратная связь, развитие, знания, навыки, опыт, этапы
критического мышления.
Annotation
. This article analyzes the concept of critical thinking, its stages
and structural aspects, and the pedagogical process aimed at the formation of
critical thinking in students. It is also highlighted the role of cognitive
approaches in the development of critical thinking, their possible relationship
with cognitive cognitive cognitive activity in the educational process.nnotation.
Keywords
: educational process, student, critical thinking, cognitive
approach, cognitive process, cognitive pedagogy, expression, development,
knowledge, skills, experience, stages of critical thinking.
Zamonaviy dunyoda ta’lim va tarbiya tizimi yangi ijtimoiy talablarga javob
beradigan shaklga kirib bormoqda. Jamiyatimiz shiddat bilan o‘zgarayotgan
hayot sharoitida mustaqil fikrlovchi, ijodkor, muammolarga innovatsion yechim
topa oladigan shaxslarni talab qiladi. Shu bois ta’lim siyosatida chuqur islohotlar
amalga oshirish, ular orqali nafaqat an’anaviy bilim berish, balki o‘quvchilarda
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
161
tanqidiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, tahliliy yondashuv va fikr bildirish
qobiliyatlarini shakllantirish ustuvor vazifa etib belgilanmoqda. Bugungi ta’lim
jarayonida
pedagoglardan
darsni
samarali
loyihalash,
innovatsion
texnologiyalar va zamonaviy metodlardan foydalanish zarurati mavjud. Ayniqsa,
tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalar o‘quvchilarning
nafaqat ta’lim jarayonidagi muvaffaqiyatini, balki hayotiy faoliyatidagi aqliy
salohiyatini ham oshirishga xizmat qiladi. Bunday texnologiyalar orqali
o‘quvchilar axborotni tahlil qilish, asoslangan xulosa chiqarish va qaror qabul
qilish kabi muhim kognitiv ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar aynan shu maqsadlarga xizmat
qilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-no-
yabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–4884-son Qarori mazkur yo‘nalishdagi
kompleks islohotlarning huquqiy asosini tashkil etadi. Ushbu islohotlar,
o‘qituvchilar va ota-onalarning hamkorlikda harakat qilishi, yoshlar bilan
muloqotga kirishib, ularni fikrlashga, fikr bildirishga va muhokama yuritishga
rag‘batlantirishi orqali tanqidiy fikrlashni shakllantirishga zamin yaratadi.
Tanqidiy fikrlash tushunchasi ta’lim va tarbiya tizimining asosiy intellektual
faoliyatlaridan biriga aylangan. Ushbu ko‘nikmaning shakllanishi o‘quvchining
o‘z maqsadlarini, ehtiyoj va istaklarini anglab, shaxsiy rivojlanish yo‘nalishini
mustaqil belgilab olishi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. M. Scriven va R.
Paul tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda tanqidiy fikrlash shaxs
tomonidan amalga oshiriladigan “intellektual nazoratga asoslangan jarayon”
sifatida tavsiflanadi. Tanqidiy fikrlash o‘quvchilarning dars jarayoni va darsdan
tashqari faoliyatlarida o‘z bilim va tajribasini ongli ravishda qo‘llay olish, o‘z
salohiyatini to‘liq namoyon eta olish, fikr va qarashlarini tahlil qila olish, e’tiqodi
hamda insoniy fazilatlarini puxta shakllantirish kabi muhim jihatlar bilan
chambarchas bog‘liqdir. Ushbu jarayon asosan kognitiv (ya’ni bilish) faoliyat
asosida yuzaga keladi. O‘quvchilardagi idrok, xotira, tafakkur va o‘rganish kabi
psixik jarayonlar kognitiv faoliyatning tarkibiy qismlaridir.
“Kognitiv” atamasi lotincha “cognoscere” (bilmoq, tushunmoq, anglamoq)
so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, u ongli bilish faoliyatini ifodalaydi. Kognitiv
jarayonlar orqali shaxs atrof-muhitni anglaydi, axborotni qayta ishlaydi, tahlil
qiladi va xulosa chiqaradi. Ta’lim tizimida kognitiv faoliyatni rivojlantirish – bu
o‘quvchilarda tanqidiy, mantiqiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish,
bilimlarni mustaqil o‘zlashtirib, kompetensiyalarga aylantirish, o‘zini
rivojlantirish va o‘z faoliyatini nazorat qilish malakalarini rivojlantirishga
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
162
yo‘naltirilgan. Bilimlarning xotirada saqlanishi, qayta ishlanishi va amaliyotga
tadbiq etilishi aynan kognitiv jarayonlar orqali yuzaga keladi. XX asrning
ikkinchi yarmidan boshlab dunyo ta’lim tizimida “kognitiv yondashuv” keng
miqyosda qo‘llanila boshlandi. Bu esa “kognitiv pedagogika” deb nomlangan
ilmiy yo‘nalishning shakllanishiga olib keldi. Hozirgi davrda mazkur yo‘nalishga
doir metodikalar va yondashuvlar ilmiy izlanishlarning asosiy obyektiga
aylangan.
Tanqidiy fikrlash tushunchasi ilmiy manbalarda 300 yildan ortiq vaqt
davomida shaxsning ta’lim-tarbiyadagi ajralmas fikriy faoliyati sifatida qaralib
kelinadi. Shu boisdan ham u nafaqat intellektual faoliyat, balki o‘quvchilarda
shakllanishi lozim bo‘lgan asosiy mahorat va kompetensiyalardan biri sifatida
e’tirof etiladi. Schafersman tanqidiy fikrlashni “amaliyotga asoslangan ko‘nikma”
deb ta’riflagan. Tanqidiy fikrlash bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan
murakkab jarayondir. Shu sababli, o‘quvchilarga mashg‘ulotlarda taklif
etiladigan savollar oddiydan murakkabga tomon rivojlanib borishi zarur. Oddiy
savollarda o‘quvchilarning ishtiroki nisbatan kam bo‘lsa-da, murakkab
savollarda ularning e’tiborini jamlash, xotirani faollashtirish, ijodiy salohiyatni
ishga solish kabi psixologik jarayonlar faol namoyon bo‘ladi. Taniqli olim Edvard
Glaser fikricha, tanqidiy fikrlash – bu mavjud ma’lumot, kuzatuv va dalillarni
asosli tahlil qilish va baholash jarayonidir. Tanqidiy fikrlashning shakllanishi
shaxsning ma’naviy va intellektual o‘sishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib,
o‘quvchilarda uni rivojlantirishda milliy qahramonlar faoliyatidan namunalar
keltirish samarali vosita hisoblanadi. Tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati ta’limiy-
tarbiyaviy resurs sifatida muhim ahamiyatga ega. Tanqidiy fikrlash savol berish
bosqichidan boshlanadi va xulosaga kelish bilan yakunlanadi. Shuning uchun
ham o‘quvchiga to‘g‘ri savol qo‘yish va unga mustaqil javob izlash ko‘nikmasini
shakllantirish muhim bosqich hisoblanadi. Bu jarayonning asosiy tarkibiy qismi
“Insayt” (ya’ni tushunishning birdaniga yuzaga kelishi) hisoblanadi. Insayt — bu
ob’yektni qism bo‘lib emas, balki butun holatda anglash, ilg‘ash jarayonidir. U
kognitiv bilish natijasi bo‘lib, tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishida muhim rol
o‘ynaydi.
Shuningdek, tanqidiy fikrlashni shakllantirish jarayonida oila muhitining
o‘rni beqiyosdir. Ota-onaning farzand tarbiyasiga e’tibori, uning qiziqishlarini
hisobga olgan holda faoliyatini yo‘naltirishi, milliy qadriyatlar, urf-odatlar,
e’tiqod va madaniy meros bilan tanishtirishi tanqidiy fikrlash uchun zarur
poydevorni yaratadi. Ajdodlarimiz shaxsiy va ijtimoiy muhitdagi voqeliklarga
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
163
ongli yondashish, o‘z-o‘zini baholash va solishtirish orqali fikr yuritishni
tanqidiy tafakkurning negizi sifatida ko‘rganlar.
Tanqidiy fikrlash jarayonini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
1-
rasm. Tanqidiy fikrlash jarayonining bosqichlari.
Mazkur bosqichlar quyidagi tarkibiy elementlarni o‘z ichiga oladi: kuzatish,
interpretatsiya (talqin), interiorizatsiya (ichkilashtirish), abstraksiyalash, tahlil
qilish, induksiya, deduksiya va mantiqiy xulosa chiqarish. O‘quvchilarda tanqidiy
fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish asosan ta’lim jarayonida ro‘y beradi. Bu
jarayon natijasida o‘quvchilarning intellektual faolligi ortadi, mavjud bilim va
tajribalari faollashadi, umumlashtiriladi va amaliyotda qo‘llaniladi. Shu tariqa
tanqidiy fikrlash – nafaqat o‘qituvchining metodik yondashuvi, balki ta’lim-
tarbiya muhitining umumiy sifat ko‘rsatkichi sifatida namoyon bo‘ladi.
Tanqidiy fikrlash bugungi ta’limning ajralmas qismiga aylangan bo‘lib,
o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, muammoni tahlil qilishi va asosli xulosa
chiqarishiga xizmat qiladi. Ushbu ko‘nikmani shakllantirishda kognitiv
yondashuvlar, bosqichli o‘qitish, savol-javob asosidagi faoliyatlar hamda milliy
qadriyatlar asosida tarbiya berish muhim ahamiyatga ega. Tanqidiy fikrlashni
rivojlantirish zamonaviy ta’limda shaxsning intellektual va ijtimoiy kamoloti
uchun muhim omil hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.Safarova R.G., Kognitiv pedagogikaga oid nazariy yondashuvlar. Monografiya. –
Toshkent: “Science and innovation”, 2024. – 186 bet.
Muammo yoki holat yuzasidan savol qo‘yish
Savolga mustaqil javob izlash
Zarur ma’lumot va faktlarni yig‘ish
Mavjud bilim va tajribalarga tayanish
Baholash
Asoslangan xulosa chiqarish
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
164
2.Zagashev I.O., Zair-Bek S. I. Tanqidiy fikrlash: rivojlanish texnologiyasi. - Sankt-
Peterburg: “Alyans Delta” nashriyot uyi, 2003.- 284 b.
3.Ostonov J.Sh. Coping behavior and its research style. Proceedings of 7th Global
Congress on Contemporary Sciences, Advancements// Hosted online from,New
york, USA//June 25, 2021. 237-239 b.
4.Ostonov J.Sh. Socio-Psychological Basics of The Study of The Styles of Attitude
in Coping by. Adolescents Middle europen scientific bulletin Volume 13 June
2021. Б. 442-446.
5.Kurbonova Z. The Importance of the use of Educational Technologies Aimed at
the Development of the Child’s Personality in Preschool Education. Центр
научных публикаций (buxdu. uz)
