MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
5
FITONIMLAR ASOSIDAGI METAFORIK IFODALAR VA ULARNING
TARJIMA MUAMMOLARI
Maxmanova Fayruza Fazliddin qizi
Qarshi davlat universiteti talabasi
Email:maxmanovafayruza8@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.16750197
Annotatsiya:
Ushbu maqolada fitonimlar — o‘simlik nomlari asosida
shakllangan metaforik ifodalar va ularning tarjima jarayonidagi muammolari
tahlil qilinadi. Til va madaniyat uyg‘unligi natijasida yuzaga kelgan bunday
metaforalar boshqa tildagi ekvivalentini topishda tarjimonlar uchun katta
murakkablik tug‘diradi. Maqolada ingliz, rus va o‘zbek tillarida uchraydigan
fitonimik metaforalar misollar orqali tahlil qilinadi hamda ularni tarjima
qilishda qo‘llaniladigan strategiyalar ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
Fitonimlar, metafora, tarjima nazariyasi, madaniyatlararo
kommunikatsiya, leksik muammo
Аннотация:
В данной статье рассматриваются метафорические
выражения, основанные на фитонимах — названиях растений, и
трудности, возникающие при их переводе. Из-за культурной специфики
такие метафоры часто не имеют прямых эквивалентов в других языках,
что создает сложности для переводчиков. На основе примеров из
английского, русского и узбекского языков анализируются особенности
перевода фитонимических метафор и предлагаются эффективные
переводческие стратегии.
Ключевые слова:
Фитонимы, метафора, теория перевода,
межкультурная коммуникация, лексические трудности
Abstract:
This article analyzes metaphorical expressions based on
phytonyms — plant names — and the challenges they present in translation.
Due to the intertwining of language and culture, such metaphors often lack
direct equivalents in other languages, making them problematic for translators.
The paper examines examples from English, Russian, and Uzbek, and explores
strategies used in translating phytonym-based metaphors.
Keywords:
Phytonyms, metaphor, translation theory, intercultural
communication, lexical challenges
Til — bu nafaqat aloqa vositasi, balki millat madaniyati, dunyoqarashi va
qadriyatlarining ifodasidir. Har bir tilda insoniyatning tabiatga, atrof-muhitga va
o‘zaro munosabatlarga bo‘lgan munosabati aks etadi. Shu jumladan, o‘simlik
nomlari — fitonimlar — turli xalqlarning tilida faqatgina biologik atama sifatida
emas, balki ramziy va metaforik ma’nolarni ifodalovchi vosita sifatida ham keng
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
6
qo‘llaniladi. Fitonimlar asosida yaratilgan metaforalar tilda obrazlilik,
emotsionallik va ta’sirchanlikni kuchaytiradi. Ular milliy tafakkur va mentalitet
mahsuli bo‘lib, turli tillarda turlicha talqin qilinadi. Masalan, o‘zbek tilidagi
“loladay yashnamoq” iborasi hayotning go‘zalligi va yorqinligini tasvirlasa, ingliz
tilidagi “to come up roses” ifodasi ham shunga yaqin, ammo o‘ziga xos
konnotatsiyaga ega. Tarjima jarayonida bunday iboralarni boshqa tilga to‘g‘ri va
ta’sirchan yetkazish ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi. Zero, metaforik
fitonimlar ko‘pincha o‘ziga xos madaniy va tarixiy kontekstga ega bo‘lib, ularni
so‘zma-so‘z tarjima qilish mazmunni buzib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun
fitonimlarga asoslangan metaforik ifodalarni tarjima qilish nafaqat til bilimi,
balki madaniyatlararo tafakkurni, badiiy sezuvchanlikni ham talab qiladi. Ushbu
maqolada aynan ana shunday metaforalarning tabiati, ularning tarjima
jarayonidagi muammolari hamda bunday holatlarda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan
tarjima strategiyalari tahlil qilinadi.
Tadqiqot Metodologiyasi
. Ushbu maqolani tayyorlash jarayonida
lingvistik tahlil va qiyosiy tadqiqot metodlariga asoslanildi. Fitonimlarga
asoslangan metaforik ifodalarni o‘rganishda asosiy e’tibor uchta til — o‘zbek, rus
va ingliz tillarida uchraydigan metaforalarga qaratildi. Tadqiqot quyidagi
bosqichlar asosida amalga oshirildi:
1. Nazariy adabiyotlar tahlili: Fitonim, metafora, tarjima nazariyasi va
madaniyatlararo kommunikatsiya bo‘yicha ilmiy maqolalar, lug‘atlar va
darsliklar o‘rganildi. Bu orqali fitonimlarning lingvokulturologik ahamiyati
aniqlashtirildi.
2. Qiyosiy-lingvistik tahlil: Ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi fitonim asosidagi
metaforik ifodalar yig‘ilib, ularning tuzilishi, semantik yuki va madaniy mazmuni
taqqoslab o‘rganildi. Har bir iboraning tarjima muammolari aniqlanib, ular
turkumlarga ajratildi.
3. Tarjima strategiyalarini o‘rganish: Metaforik fitonimlarni tarjima qilishda
tarjimonlar tomonidan qo‘llaniladigan usullar, xususan, ekvivalent almashtirish,
tavsifli tarjima, adaptatsiya va omonimik yechimlar tahlil qilindi.
4. Amaliy misollar asosida tahlil: Turli tillardagi badiiy adabiyotlar,
maqolalar va internet manbalaridan olingan metaforik iboralar asosida tarjima
misollari berilib, ularning mazmunan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tarjima qilingan
holatlari ko‘rsatib berildi.
Mazkur metodologik yondashuv orqali fitonimlarga asoslangan metaforik
ifodalarning tarjimadagi murakkablik darajasi chuqur tahlil qilindi va ularni
tarjima qilishda e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan jihatlar aniqlandi.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
7
Natija va muhokamalar
: Tadqiqot natijalari fitonimlarga asoslangan
metaforik ifodalar tarjimasida til va madaniyat o‘zaro bog‘liqligi katta
ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Turli tillarda bir xil o‘simlik nomi turlicha
madaniy konnotatsiyaga ega bo‘lishi mumkinligi sababli, ularni so‘zma-so‘z
tarjima qilish ko‘pincha ma’no buzilishiga olib keladi. Masalan, o‘zbek tilida
"loladek yashnamoq" ifodasi ijobiy emotsional rangga ega bo‘lsa, ingliz tilida
"tulip" (lolaning inglizcha nomi) bu kabi hissiy yuklamani bermaydi. Bu esa
tarjimada ekvivalent topish muammosini keltirib chiqaradi.
FITONIMLARNING ADABIY MATNLARDAGI O’RNI.
1.
Shrinking violet- bu ibora jamoat oldidagi o’zini noqulay his
qiladigan, tortinchoq shaxsni ifodalaydi. Bu ibora o’zbek tilida “yer yorilsa-yu,
yer ostiga kirib ketmoq” iborasiga to’g’ri keladi. Iborani ingliz adabiyotida
quyidagicha keltirilganligini ko’rishimiz mumkin:
“ Out of the bunch of human shrinking violets whose experiences and
reflections make up thi book, some have dealt with their shyness stoically,
others with such seamless social skill that they handly seemed shy at all. “
[Joe Moran, “shrinking violets the secret life of shyness” , pg 22. Yale
University press. New Haven and London.]
2.
Late bloomer- kech rivojlanadigan yoki o’z iste’dodini kech namoyon
qiladigan odam ma’nosini beradi. Bu ibora ayniqsa, bolalikda yoki yoshlikda
e’tibor berilmagan insonning keyinchalik yutuqlarga erishishini ifodalaydi.
O’zbek tilida “ot ketgandan keyin toychoqqa yugan solmoq” iborasiga to’g’ri
keladi. Ingliz adabiyotida quyidagicha keltirilganligini ko’rishimiz mumkin:
“ Leo is just late bloomer “
[ 13pg. “Leo is the late bloomer”. By Robert Kraus. Published by
HarperCollins Children’s Books.]
3.
To nip in the bud – biror yomon holat yoki muammoni
boshlanishidanoq to’xtatish ma’nosida ishlatiladi. “bud” (g’uncha) bu yerda hali
rivojlanmagan, lekin salbiy oqibatlarga olib keluvchi holat ramzi sifatida keladi.
Bu iboraning o’zbek tilidagi muqobil variant: “kasallikni davolagandan ko’ra
oldini olgan yaxshi” .
Ingliz adabiyotida quyidagicha misol bilan keltirilgan:
“ For example, “to nip in the bud” originates from horticultural practices,
where early intervention is necessary to prevent future problems,
metaphorically applying this concept to thwarting issues early on.
[317 pg. “Phraseologism with floristic component in English language”. I.
Azimov, N. Abduraxmonova, O. Yo’lbarsov ]
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
8
4.
Barking up the wrong tree- noto’g’ri odamdan yoki joydan nimadir
kutish, e’tiborni nojo’ya yo’nalishga qaratish ma’nosini bildiradi. Bu ibora
metaforik ma’noda qaror yoki harakatning noto’g’ri asoslangani haqida
ogohlantiradi. O’zbek tilida quyidagicha muqobiliga ega: “tulkidan halollik
kutmoq”
Ingliz adabiyotida quyidagicha misol bilan keltirilgan:
“ You’ve got head religion” , said the preacher, “you’re a Sunday Christian on
the Sabbath you put on your Straight coat and your face, and serve your Master
the rest of the week you serve Satan; now it doesn’t take a Philadelphia, lawyer
to tell, that the man who serves the master one day, and the enemy six, has just
six chances out of seven to go to the devil; you are barking up the wrong tree,
Johnson, take a fresh start, and try to get on the right trail”.
[15pg. “Legends of the West” James Hall. 2002. Black mask Online ]
5.
Hit the hay- hay( pichan) so’zidan olingan bu ibora uyquga ketish,
yotishga chiqish degan so’z birikmasidir. Tarixan insonlar pichan to’shalgan
joylarda uxlagani sabab bu ibora shakllangan. O’zbek tilida “ko’zlari ilinmoq”,
“uyquga ketmoq” degan so’z birikmalariga to’g’ri keladi.
Ingliz adabiyotida quyidagicha misol bilan keltirilgan:
“Time to hit the hay” Dave yawned.
[ William Macleod Raine, “ the Shriff’s Son”. CopyRight. 1917 and 1918. By
Frank A. Munsey Company. CopyRight. 1918. By William Macleod Raine.]
6.
As cool as cucumber- juda xotirjam, o’zini yo’qotmaydigan, bosimini
yo’qotmaydigan odamni tasvirlash uchun ishlatiladi. O’zbek tilida quyidagi
muqobil varianti bor : “dunyoni sub bossa, to’pig’iga chiqmaydigan odam”
O’zbek adabiyotida I. Rahimning “ Xilola” nomlari kitobida bu ibora
keltirilgan.
“… Go’yo Butako’zda uning so’zidan boshqa kimsa, uning cho’tidan boshqa
hayot yo’qday. Dunyoni suv olib ketsa, to’pig’idan kelmaydi.
7.
Buds of May – yosh va chiroyli insonga nisbatan ishlatiladi. O’zbek
tilida “oydek go’zal” deya tasvirlanadi.
“Rough winds do shake the darling buds of May…”
[Sahkespeare, Sonnet 18 ]
8.
A flower in the dessert – kamyob va noyob narsa. O’zbek tiliga bu
iborani so’zma-so’z tarjima qilganda, “cho’ldagi gul” degan ma’noni anglatadi.
Lekin muqobil variant sifatida biz “ anqoning urug’i” yoki “anqoning tuxumi”
degan iboralarni qabul qilamiz.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
9
“yaxshilikka yomonlik… Bir og’iz shirin so’z anqoning urg’imi? … “ deb
o’pkalandi.
[ A.Muhiddin “ Yuzga aytganni zahri yo’q”.]
9.
Pushing daises – vafot etgan bo’lish, o’tgan ma’nosini beradi. Daises
(marg’arish gullari) yer ostidan o’sishi bilan bu ibora o’limni eufemistik tarzda
ifodalaydi. O’zbekchada quyidagi muqobiliga ega : “bu yorug’ dunyoni tark etdi”
“o’rtaga sovuqchilik solib qo’yamiz. Farzandsiz odam dunyodan
o’tmabdimi?!
[ X. No’mon, “Yoshlikda bergan ko’ngil” ]
Xulosa
. Fitonimlarga asoslangan metaforik ifodalar har bir xalqning tili,
tafakkuri va madaniyatiga chuqur singib ketgan obrazli ifodalar bo‘lib, ularni
tarjima qilish jarayoni oddiy so‘z almashuvidan iborat emas. Bunday iboralar
tarjimasida til birliklarining leksik va semantik xususiyatlari bilan birga,
madaniy konnotatsiyalar, mental tafovutlar, ramzlar va obrazlar tizimi ham
hisobga olinishi lozim. Tadqiqot davomida aniqlanishicha, bir til uchun tabiiy va
tushunarli bo‘lgan fitonimik metafora boshqa til va madaniyatda to‘g‘ri
anglashilmasligi mumkin. Bu holatlarda tarjimonlardan chuqur madaniyatlararo
bilim, badiiy sezuvchanlik va ijodiy yondashuv talab etiladi.
Shuningdek, fitonim asosidagi metaforalarning tarjimasi nafaqat tildan tilga
ko‘chirish, balki bir madaniy qatlamdan boshqasiga o‘tkazishdir. Bunda tarjimon
asosiy mazmunni saqlagan holda, uni o‘quvchiga tanish va tushunarli obrazlar
orqali yetkazishi kerak. Bu yo‘nalishda olib boriladigan izchil tadqiqotlar tarjima
nazariyasiga yangi yondashuvlar olib kelishi va madaniyatlararo aloqalarning
chuqurlashishiga xizmat qilishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Ахманова О.С. (2004). Словарь лингвистических терминов. Москва:
КомКнига.
2. Baker, M. (1992). In Other Words: A Coursebook on Translation. London and
New York: Routledge.
3. Карташкова, В.А. (2006). Теория и практика перевода. Москва: Академия.
4. Bozorov, M. (2012). Til va tarjima: nazariya va amaliyot. Toshkent:
O‘zbekiston fan va texnologiya nashriyoti.
5. Newmark, P. (1988). A Textbook of Translation. London: Prentice Hall
