MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
72
QORAQALPOQ SUR QORAKO‘L QO‘YLARINI MAHSULDORLIGINING
NAMOYON BO‘LISHI
D.S.Bazarova
tayanch doktorant,
A.X.Xatamov
q.x.f.d. (PhD), katta ilmiy xodim
Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti
E-mail: asror.xatamov@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.15957129
Annotatsiya.
Maqolada
qoraqalpoq
sur
qorako‘l
qo‘ylarini
mahsuldorligining namoyon bo‘lishi, ularning mahsuldorlik xususiyatlarini
oshirishda olimlarning olib borgan tadqiqot ishlari, rangbarangliklari, olib
borilgan naslchilik ishlari natijasida yaratilgan zavod tiplari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit soʻzlar:
qorako‘l qo‘yi, qoraqalpoq suri, seleksiya, zavod tiplari,
rangbaranglik, barra teri, mahsuldorlik.
Aннотация
. В статье приведены сведения о проявлении
продуктивности овец каракалпакской сур каракульской породы, научно-
исследовательской работе, проводимой учеными по улучшению их
продуктивных качеств, их расцветки, а также о созданных в результате
проведенной селекционной работы заводских типах.
Ключевые слова:
каракульские овцы, каракалпакский cур, селекция,
заводские типы, расцветки, смушка, продуктивность.
Qorako‘l qo‘ylarining vatani O‘zbekiston hududi hisoblanib, qorako‘l
qo‘ylari mahaliy aholi seleksiyasi asosida yaratilgan va urchib kelingan.
Mamlakatimiz hududining 20 mln dan ortiq qismi yaylovlar hisoblanib, shundan
16-17 mln qismida cho‘l mintaqasi joylashgan. Qorako‘l qo‘ylari boshqa qishloq
xo‘jaligi hayvonlaridan farqli ravishda juda qimmatli biologik xususiyatga ega
bo‘lib, ular juda keskin konsenental cho‘l sharoitida, o‘simlik qoplami siyrak,
sho‘r suvli, qurgʻoqchil yaylovlarda, yoz, kuz va qish fasllarida mutlaqo ko‘k
ozuqalarni iste’mol qilmasdan, urchish, tez yetiluvchanlik, jadal o‘sish va
rivojlanish xususiyatlarini saqlagan holda, juda qimmatli mahsulotlar (qorako‘l
teri, go‘sht, jun, po‘stinbop teri va sut) berish xususiyatiga ega [12].
Qorako‘l qo‘ylari o‘zining turli tuman mahsuldorligi bilan chorvachilikda
alohida o‘rin tutadi. Ularning eng asosiy mahsuloti bu barra terilari hisoblanib,
bu terilar o‘zining rangbarangliklari, gullarining xilma-xilligi, gullarning hosil
qiladigan rasmining aniqligi va chiroyligi, ipaksimonligi, yaltiroqligi, yengil va
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
73
pishiqligi bilan ajralib turadi. Ushbu terilardan tikilgan buyumlarga talab yuqori.
Bundan tashqari qorakoʻl qoʻylaridan jun, go‘sht va sut mahsulotlari olinadi.
Qorako‘l qo‘ylari zot tiplari orasida qoraqalpoq suri rangbarangliklarining
takrorlanmas jozibadorligi, nafis gullari va jun qoplamlarining mayinligi tufayli
jahon ahamiyatidagi mashhur teri (mo‘yna) beruvchi zot tipi hisoblanadi.
Qorako‘l qo‘ylarining jun tolasi qoradan oqgacha bo‘lgan rangbarangligi
bilan ajralib turadi. Ular orasida eng chiroyli va qimmatli terilar, jun-tola
uzunligi bo‘ylab notekis pigmentlanishi natijasida hosil bo‘lgan sur rangli terilar
hisoblanib, jun tolasining ostki qismi to‘qroq uchi esa och rangda
bo‘ladi.qoraqalpoq sur qo‘ylari ichida eng o‘ziga xos ranglari bular po‘lati sur,
shamchiroqgul, o‘rik gul va qamar surlar ekanligini yozgan va ularga
quyidagicha ta’rif bergan [6, 7]:
Po‘lati sur - jun tolalarining ostki qismi tim qora, uchlari po‘latisimon;
Shamchiroqgul - jun tolasining ostki qismi qora, uchlari oq;
O‘rikgul - jun tolalarining ostki qismi qora yoki to‘q jigarang, o‘rta qismi
sarg‘ish rang, uchlari oq sarg‘ish;
Qamar sur - jun tolalarining ostki qismi to‘q jigarrang, uchlari tillasimon. O‘z
navbatida qamar rangli terilar 3 ta variatsiyaga bo‘linadi.
Qizil qamar - jun tolasi ostki qismi qora qo‘ng‘r yoki qoramtir, ustki qismi
intensiv qizil rangda bo‘ladi;
Ochiq qamar - jun tolasining ostki qismi qoramtir, ustki qismi sarg‘ish
rangda bo‘ladi;
Qora qamar - jun tolasining ostki qismi qora rangda, ustki qismi qo‘ng‘ir
qizil ranga sekin o‘tishi bilan tavsiflanadi.
Ko‘pgina olimlar 1986 yildan buyon qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarining
seleksiyasi bilan shug‘ullanib keladilar. Olib borilgan samarali seleksiya ishlari
natijasida 2002-yilda Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida qoraqalpoq
surining “To‘rtko‘l” zavod tipi va 2021-yilda Navoiy viloyati Nurota tumanida
“Istiqlol qorako‘l naslchilik” MChJda qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarining
“Nurota” zavod tipi yaratilgan.
Qoraqalpogʻistonda qoraqalpoq sur qo‘ylarining rang, rangbaranglik
xususiyatlari, ifodalanishi, o‘tish keskinligi, jun tolalarining pigmentlanishi, gul
ko‘rsatkichlari, ularning namoyon bo‘lish darajalarini o‘rganish bo‘yicha
Yu.Djumaniyozov,
R.U.Turgunbayev,
Q.D.Ochilov,
A.A.Urimbetov,
Z.A.Seytmusayeva va boshqalar tomonidan tadqiqot ishlari amalga oshirilgan.
Qorako‘l qo‘ylari strukturasi murakkab xarakterga ega bo‘lib, ushbu
strukturaning bir elementi bo‘lgan barra terilari o‘z ichiga 10 dan ortiq rang, 30
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
74
dan ortiq tus va rangbarangliklar, 4 ta gul tipi (yarim doira qalamgul,
qovurg‘asimon, yassi, o‘siqgul), gul shakllari va boshqa bir qator ko‘rsatkichlarni
qamrab olgan.
Qoraqalpoq sur qoʻzilarning jun-tola uzunligi bo‘yicha olib borilgan
tadqiqotlar shuni ko‘satdiki, qoraqalpoq sur rangining jun tola uzunligi sezilarli
farq qiladi. Eng kalta jun tolasi oyoqlarida bo‘lib, birinchi sinfga mansub yassi
tipli shamchiroqgul surda (10,4±0,44), qamar sur (10,5±0,50), po‘lati sur
(10,6±0,64) va o‘rikgulda (10,7±0,35) farqlanishi kuzatilgan [9].
Adir sharoitida qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarini iqlimlashtirish
jarayonida etologik tiplari va go‘sht mahsuldorligining o‘zaro bog‘liqligi
o‘rganilgan, olingan natijalar bo‘yicha birinchi etologik tip qo‘ylarining so‘yim
og‘irligi (19,6±0,40) hamda so‘yim chiqimi (49,5%) yuqori bo‘lishi qayd etilgan.
Birinchi guruh ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha mos ravishda ikkinchi guruhdan
1,3 kg va uchinchi guruhdan esa 1,8 kg yuqori bo‘lgan [11].
Sut mahsuldorligining yuqori yoki past bo‘lishi ko‘pgina omillar, jumladan
qo‘ylarning oziqlanish va semizlik darajasi, yoshi hamda boshqa qator omillarga
bog‘liq. Yaxshi ozuqa sharoiti sutdorlikni ko‘paytiradi. Shu bilan birga, yuqori
semizlikdagi qo‘ylar sutdorlik bo‘yicha past semizlikdagi qo‘ylarga nisbatan
ustunlik qiladi [5].
Qo‘ychilik go‘sht yetishtirishning asosiy manbalaridan biri bo‘lib, ishlab
chiqarishda qo‘ylarni ko‘paytirish uchun genetik salohiyatdan to‘liqroq
foydalanish va uning to‘liq namoyon bo‘lishiga optimal sharoit yaratish kerak.
Olib borilgan tadqiqot ishlarida tog‘oldi yarim cho‘l hududida yaylov sharoitida
saqlangan kelib chiqishi turlicha bo‘lgan qo‘chqorchalarning so‘yim oldi tirik
vazni bir-biridan farq qilgan. Jaydari zotiga mansub qo‘chqorchalarning qorako‘l
zotidagi o‘z tengqurlariga nisbatan 4,3 kg yoki 11,5% ga ustunligi aniqlangan,
duragay qo‘zilari esa qorako‘l qo‘zilarini 3,0 kg yoki 10,6 % ga ortga
qoldirganligini kuzatgan [1].
Qoraqalpogʻiston Respublikasining To‘rtko‘l tumanidan Navoiy viloyati
Nurota tumaniga olib kelingan qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylari yangi sharoitda
yaxshi
iqlimlashib,
o‘zining
hayotchanlik, moslashuvchanlik hamda
mahsuldorlik xususiyatlarini yuqori darajada namoyon qilganligi kuzatilgan [3].
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxtako‘pir tumanida qoraqalpoq sur
qorako‘l qo‘ylarining tarqalish arealini kengaytirish, biologik xususiyatlari,
mahsuldor podasini yaratish, naslli qo‘chqorlardan maksimal foydalanish hamda
Qoraqalpogʻiston sharoitida sur qorako‘l qo‘ylari mahsuldorligini oshirishning
nazariy asoslari va amaliy usullarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
75
nazorat va tajriba guruhlarga olib borilgan. Tajriba qo‘ylarining tirik vazni
tuqqandan keyin 36,49±0,42kg ga teng bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha
ularning ustunligi nazoratga nisbatan 1,36 kg ni tashkil etgani aniqlangan [4].
Qoraqalpoq suri avlodlarini ko‘paytirishning asosiy sababi, ushbu sur tipiga
mansub rangbaranglikdagi terilar boshqa rang va rangbarangliklarga nisbatan
3-4 barobar, hatto undan ham yuqori baholanadi. Shuningdek, ulardan tikilgan
buyumlarga ichki va tashqi bozorda talab yuqori.
Shimoliy Qoraqalpog‘iston sharoitida sur qorako‘l qo‘ylarini rangbarangligi
bo‘yicha turli variantlarda juftlashdan olingan qo‘zilarda rangbaranglik
ko‘rsatkichlarining o‘zgaruvchanlik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot
olib borganlar. Natijada avlodlarning rangbarangliklarga taqsimlanishida
shamchiroqgul rangbartangligidagi qo‘ylarni gomogen juftlash variantida
shamchiroq rangbaranglikdagi avlodlar 70,0-4,58 % ni, po‘lati va o‘rikgul
rangbaranglikdagi avlodlar 15,0-3,57 % ni tashkil etib, qamar rangbarangdagi
avlodlarning uchramagani qayd etilgan [8].
Qoraqalpoq sur shamchiroqgul va o‘rikgul rangbaranglikdagi qorako‘l
qo‘ylarning jun mahsuldorligi rang-barabglik kesimida farqlanishlar kuzatilib,
o‘rikgul rangbaranglikkka mansub qo‘ylarda jun mahsuldorligi shamchiroqgul
rangbaranglikka nisbattan 4,4% ga yuqori ekanligini aniqlangan [10].
Qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarining “Nurota” zavod tipini ko‘paytirish va
mahsuldorligini yanada yaxshilash maqsadida “shamchiroqgul x shamchiroqgul”
va “shamchiroqgul x po‘lati” juftlash usullatini qo‘llash lozimdir, chunki ushbu
terilarni sotish samaradorligi yuqoriligi bilan keskin ajralib turadi va seleksiya-
naslchilik ishlarini aynan shu yo‘nalishdagi rang-barangliklarga qaratilsa,
maqsadga muvofiq
[2].
Xulosa qilib aytganda, qoraqalpoq suriga mansub qoʻylarni urchitish orqali
boshqa rangdagi terilarga nisbatan yuqori baholarga sotish imkoniyatlari
mavjud. Shuningdek, oziqlantirish, saqlash va parvarishlash sharoitlari bir xil
sharoitda ushbu sur tipiga mansub qorakoʻl qoʻylarini urchitish xoʻjalikning
iqtisodiy barqarorligini oshirishga xizmat qiladi
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.Abduzoirova D.Yu. “Тоg‘oldi hududdlarida har xil genotipli qo‘ylarning go‘sht
mahsuldorligi”. Samarqand . 2022 y. 10-b.
2.Abduzoirova D.Yu., Bazarov S.R. “Nurota zavod tipidagi qoraqalpoq sur
qorako‘l qo‘zilarining rang-barangligi va gul tiplari”. \\Chorvachilik va naslchilik
ishi. Ilmiy-amaliy jurnal №1, 2023. 21-22 bet.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
76
3.Bobokulov N.A., Xatamov A.X., Urimbetov A.A. “Yangi seleksion yutug‘i
Qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarining “Nurota” zavod tipi”.\\Chorvachilik va
naslchilik ishi. Ilmiy-amaliy jurnal №2, 2022. 20-21 bet.
4.Bobokulov N.A., Urimbetov A.A. “Qoraqalpoq‘iston sharoitida sur qorako‘l
qo‘ylari mahsuldorligini oshirishning nazariy asoslari”. Chorvachilik va
naslchilik ishi. № 2. 2022 yil. 14-16 bet.
5.Bobokulov N.A., Urimbetov A.A. “Qoraqalpog‘iston sharoitida sur qorako‘l
qo‘ylari sut mahsuldorligini oshirishdagi nazariy va amaliy usullar”. Chorvachilik
va naslchilik ishi. № 3. 2022 yil. 15-16 bet.
6.Джуманиязов Ю. Д. “Каракульские овцы сур оригинальных расцветок. СБ.
Племеное дело в животноводстве”. 1965. 48-57 стр
7.Джуманиязов Ю. Д. “Каракульские овцы ККАССР”: Дисс.канд. с-х наук.
Самарканд, 1970. 27-120, 150-161 стр
8.Gaziyev A., Urimbetov A.A. “Qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarini turli juftlashda
avlodlarning rangbaranglik ko‘rsatkichlari”. Chorvachilik va naslchilik ishi. № 4.
2023 yil. 22-23 bet.
9.Турганбаев Р. Каракалпакский породный тип каракульских овец окраски
сур. Монография . Т. 2012. 47 стр
10.Turganbayev R.U., Xojabayev A.G. “Qoraqalpoq sur shamchiroqgul va o‘rikgul
rang-baranglikdagi qorako‘l qo‘ylarining jun mahsuldorligi”. Chorvachilik va
naslchilik ishi. № 4. 2023 yil. 24-25 bet.
11.Хатамов
А.Х.
Мясная
продуктивность
каракульских
овец
каракалпакского сура различных этологических типов. «Овцы, козы,
шерстяное дело», № 4. 2018 г. 26-стр.
12.Хатамов А.Х. Адир шароитида қорақалпоқ сур қоракўл қўйларининг
этологияси, биологияси ва маҳсулдорлиги. //Монография. Тошкент, 2021
й. “OOO Zamin-nashr” 126 б.
