YILLIK MASHG‘ULOTLAR DAVRIDA O‘RTA MASOFAGA YUGURUVCHI SPORTCHILARNING TEZLIK-KUCH TAYYORGARLIGINI TAHLIL QILISH

Abstract

Hozirgi paytda yengil atletikaning har xil turlari bilan nafaqat erkaklar, balki xotin-qizlar ham shug'ullanadi. Yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish bo'yicha xotin -qizlar o'rtasida muntazam jahon chempionatlari o'tkazib kelinadi. Xotin-qizlar bilan ishlash trenerdan ayollar organizmi to'g'risida ma'lum bir bilimga ega bo'lishni taqozo etadi. Ayollar organizmining хususiyatlarini trenirovka jarayonini tuzishda hisobga olish juda muhimdir.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
119-125
0

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Soatov , F. (2025). YILLIK MASHG‘ULOTLAR DAVRIDA O‘RTA MASOFAGA YUGURUVCHI SPORTCHILARNING TEZLIK-KUCH TAYYORGARLIGINI TAHLIL QILISH. Models and Methods in Modern Science, 4(10), 119–125. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/mmms/article/view/116063
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Hozirgi paytda yengil atletikaning har xil turlari bilan nafaqat erkaklar, balki xotin-qizlar ham shug'ullanadi. Yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish bo'yicha xotin -qizlar o'rtasida muntazam jahon chempionatlari o'tkazib kelinadi. Xotin-qizlar bilan ishlash trenerdan ayollar organizmi to'g'risida ma'lum bir bilimga ega bo'lishni taqozo etadi. Ayollar organizmining хususiyatlarini trenirovka jarayonini tuzishda hisobga olish juda muhimdir.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

119

YILLIK MASHG‘ULOTLAR DAVRIDA O‘RTA MASOFAGA

YUGURUVCHI SPORTCHILARNING TEZLIK-KUCH

TAYYORGARLIGINI TAHLIL QILISH

Soatov Farhod Alisher o’g’li

Termiz davlat pedagogika instituti Jismoniy

madaniyat mutaxasisligi 1-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15773972

Annotatsiya

Hozirgi paytda yengil atletikaning har xil turlari bilan nafaqat

erkaklar, balki xotin-qizlar ham shug'ullanadi. Yurish, yugurish, sakrash,
uloqtirish bo'yicha xotin -qizlar o'rtasida muntazam jahon chempionatlari
o'tkazib kelinadi. Xotin-qizlar bilan ishlash trenerdan ayollar organizmi
to'g'risida ma'lum bir bilimga ega bo'lishni taqozo etadi. Ayollar organizmining
хususiyatlarini trenirovka jarayonini tuzishda hisobga olish juda muhimdir.

Nowadays,

not only men but also women are involved in various types of

athletics. There are regular women's world championships in walking, running,
jumping and throwing. Working with women requires the trainer to have some
knowledge of the female div. It is very important to take into account the
characteristics of the female div in the design of the training process

.

Kalit so'zlar:

Yugurish, tezkorlik, jismoniy tarbiya, jismoniy rivojlanish,

muvozanat saqlash, chidamlilik.

Keywords:

Running, agility, physical training, physical development,

balance, endurance.

Hozirda mamlakatimizda ayollar sportini rivоjlantirishga katta e'tibor

bеrilib, ayollarning oila va jamiyatdagi o'rnini ko'tarish, ularni davlat va jamiyat
qurilishi, sport soхalariga jalb qilish, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy
хayotdagi to'laqonli ishtirokini taminlash, jamiyatni modernizatsiyalash va
demokratik yangilanish jarayonida ayollar faolligini oshirish masalalariga
aloxida e'tibor qaratilmoqda. Xozirgi davr sharoitida ayollar maqomiga urg'u
berish xususan ularning sport boshqaruvi tizimidagi rolinikuchaytirish, ularni
ommaviy ravishda sportga jalb qilish, qo'llab quvvatlash ularga ijtimoiy-xususiy
jixatdan rivojlantirish, ularni davlat qurilishi ishlarida ishtirok etishiga yana xam
faol jalb qilish muxim axamiyatga ega. Aynan shu sababdan O'zbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti tomonidan 1999-yilni "Ayollar yili", 2001-
yilni "Ona va bola" yili deb e'lon qilinishi va shu yillarda ayollarning sog'ligini
tiklashga ularni jamoat ishlariga jalb qilinishi, sog'lom onadan sog'lom bola
shiori ostida ish olib borilishi buning misolidir.

Adabiyotlar Tahlili Va Metodologiya


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

120

So'ngi yillarda qabul qilingan qonunlar va farmonlarda Ayollar sportini

rivojlantirish ularni ommaviy tarzda sportga jalb qilish ishlari olib borilmoqda.
U yoki bu soxada ayollar etakchi bo'lgan va katta muvaffaqiyatlarga erishgan
davrlar bizga tarixdan ma'lum. Jumladan milliy qadriyatlarimiz xisoblangan
To'maris timsolida, Temuriylar davrining eng ma'rifatli ayollaridan biri
Bibixonim, Qo'qon xonligidan Nodirabegim misolida ham buni yaqqol
ko'rishimiz mumkin. Yurtimizda ayollarning barcha sohadagi imkoniyatlari,
jumladan sport sohasida ham o'z imkoniyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun
barcha sharoitlar yaratilgan. Yurtboshimiz tomonidan qizlarni sportga jalb qilish
va ularning tarkibidan sport bo'yicha kadrlar tayyorlash masalasiga oid yana bir
nozik va xayrli ish amalga oshirildi. Ma'lumki o'zbek ayollariga xos sharm-xayo,
or-nomuslik kamtarinlik kabi xislatlar oila tarbiyasida o'ta muhim ahamiyatga
ega bo'lganligi tufayli yurtimizning ayniqsa uzoq tuman va qishloqlarida qizlarni
sport mashg'ulotlariga jalb qilish yoki shu soha bo'yicha ular orasidan
mutaxassis xamda rahbarlar tayyorlash masalasi o'ziga xos to'siqlar bilan bog'liq
edi. Biroq ushbu vaziyatni chuqur o'rgangan yurtboshimiz bu muammoni xal
etilishiga samarali turtki beruvchi siyosiy jixatdan muxim choralarni amalga
oshirdi. Qishloq sharoitida ayollarni qo'llab quvvatlash ularni sport sohasiga jalb
qilish ishlari olib borilmoqda. Zero ayollarimiz jismonan, aqlan sog'lom bo'lsalar
kelajagimiz poydevori mustaxkam bo'lishi aniq. Shuning uchun bu mavzu
qizlarimizni sportga ayniqsa yengil atletikaning qisqa masofaga yugurish
turlariga jalb qilish va qizlarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish ayniqsa
harakat malakalarini shakllantirish tezkor kuchni rivojlantirish maqsadida bu
mavzu tanlab olingan. Harakatlarni tez bajara olish yengil atletikachining muhim
fazilatlaridan biridir. Tezkorlik sakrovchining depsinishi, uloqtiruvchilarning
siltashi, sprinterning yugurishi uchun zarur bo'libgina qolmay, balki tezkorlik
bosh fazilat hisoblanmagan atletlarga ham zarurdir. Yuqori darajadagi tezkorlik
tezligi kam harakatlarni osonroq bajarishga imkon beradi. Bu esa ishning
ko'proq vaqt davom etishiga yordam beradi. Sportchining harakat tezligiga
birinchi navbatda muskullarning taranglashtirib va bo'shashtirib turadigan
harakatlarni yo'lga solib va boshqarib turadigan bosh miya qobig'ining tegishli
nerv faoliyati sabab bo'ladi. Bu faoliyat ko'p jixatdan sportchining sport
texnikasi qanchalik takomillashganiga, muskullarning kuchi va elastikligiga,
bo'g'inlarining harakatchanligiga, uzoq davom etgan ish paytida esa, uning
chidamliligiga bog'liq.Tezkorlik - tug'ma fazilat, masalan, tug'ma qobiliyat
bo'lmasa, qisqa masofada yuguruvchi bo'lish mumkin emas degan fikrlar hali
ham uchrab turadi. Albatta tabiiy moyillik va tug'ma imkoniyatning muayyan


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

121

ahamiyati bor, ammo bosh rol o'ynaydigan - tarbiya, o'rganish va taraqqiyot
topishdir. Tizimtik ko'p yillik trenirovka jarayonida har qanday sportchi
tezkorlik fazilatini nihoyat darajada oshirib olish mumkin.Harakat tezligini
(ayniqsa o'yinlar yordamida) 10 - 12 yoshdan rivojlantiri boshlash kerak.
Harakat tezligini oshirishning eng muhim tomoni - yugurish, sakrash va
uloqtirish mukammal texnikasini egallashdir. Bunga faqat o'rganish
jarayonidagina erishib bo'lmaydi. Mashqlarni ko'p martalab takrorlayverish,
xatto mashq texnikasini to'la o'zlashtirib olgandan keyin ham takrorlayverish
zarur. Takrorlash (masalan, 10 - 15 X 100 - 150 m, 30 - 60 marta yadro itqitish,
diskni 30 - 40 marta uloqtirish, langarcho'p bilan 30 marta sakrash)
maksimaldan pastroq (maksimumning 9/10 qismicha) kuchlanishda bajarilishi
kerak. Bunday takrorlashlar ayniqsa sprinterlar va g'ov osharlar uchun kerakdir.
Bularda yugurish tezligining ortishi, avvalo, faqat xarakat texnikasidagi juda
murakkab nerv -muskul koordinatsiya qaror topgani va ruhiy ishtiyoq
natijasidagina emas, balki ular nihoyat darajada mustahkam bo'lgan
taqdirdagina ro'y beradi. Bunga esa bir mashg'ulotda 100 - 110 - 150 - 200 m ni
maksimal tezlikka yaqin tezlikda ko'p martalab yugurib o'tish natijasida
erishiladi. Sprinterlar uchun 50 - 60 metrli qiya (2 -3) yo'lkada yugurish
samaraliroq. Yugurib kela turib, 30 - 50 m ga qiya yo'lkadan yugurib ketganda
turg'unlashib kolgan maksimal tezlik ortadi. Yuguruvchi tezroq tepshinishga
o'rgatadi, burilishdan to'g'ri yo'lkada chiqishda jadalroq qadam tashlaydigan
bo'lishadi. Lekin yengillashtiradigan sharoitda bajariladigan qiya yo'lkada
yugurish gorizontal yo'lkada yugurishga to'la o'xshash emas. Shuning uchun u
sprinter trenirovkasining oz qisminigina tashkil etishi mumkin . Sur'atini
tezlasha boradigan ritmik baland tovush yordamida ham yugurish va harakatda
turg'unlashib qolgan maksimal tezlikni oshirish mumkin. Chunki sprinter o'z
qadami jadalligini tovush sur'atiga moslab tashlashga intiladi. Bir mashqda
trenirovka qilish natijasida sportchining tezkorligi ortgandan keyin, u boshqa
mashqlarni ham tez bajara oladimi yo'qmi ekanini bilish muhimdir. Tajribalar
shuni ko'rsatadiki, hosil bo'lgan tezkorlik harakat strukturasi o'xshash
bo'lmagan boshqa mashqlarga o'tmaydi. Masalan, sprintda trenirovka qilish
natijasida telegraf kaliti bilan ishlash chastotasi oshmaydi. Boshqarilishi
o'xshash bo'lgan harakatlarda esa bunday emas. Sprintcha yugurishda hosil
bo'lgan tezkorlik fazilati, sakrashda depsinishga va uloqtirishda oyoqni
to'g'rilash harakatiga o'tadi. 100 m ga yugurish. 100 metrlik masofani imkoniyat
boricha maksimal tezlikda yugurib o'tish kerak. Bunday tezlik har doim
maksimal ish quvvati bilan aniqlanmaydi. Har qaysi sprintchi ortiqcha


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

122

kuchanmay, engil yugurganda erishgan eng yuqori tezligi, shu sprintchining
maksimal tezligi bo'ladi. Eng zo'r masterlar ish quvvati maksimal bo'lganda
maksimal tezlikka ham erishadigan bo'ladilar . Startdan tez yugurib chiqish 100
m ga yugurishda (tezroq maksimal tezlikka erishib olib, imkoniyat boricha uni
marragacha saqlab borish uchun) jo'shqin tezlanishga aylanib ketadi. Biroq 100
metrga yugurishda ham o'sib borayotgan charchash sababli masofaning oxirida
tezlik bir qancha pasayadi. Ammo qanchalik yaxshi mashq ko'rilgan bo'lsa,
charchash shunchalik kech boshlanadi. 200 metrga yugurish. 200 metrga
yugurish texnikasi startning joyi va masofaning yarmi yo'lkaning burilishida
ekani bilan 100 metrga yugurish texnikasidan farq qiladi. Startdan keyingi
masofani ko'proq qismini to'g'ri chiziq bo'ylab yugurib o'tish uchun start
tirgaklari burilishga urinma chiziqda yo'lkaning tashqi chetiga o'rnatiladi.
Yuguruvchi burilish bo'ylab yugurayotganida butun tanasi bilan ichkari tomon
og'ishi kerak, aks holda egri chiziq bo'ylab yugurayotganda hosil bo'ladigan
markazdan qochuvchi kuch uni chetga chiqarib yuboradi. Bunday og'ish
yugurish tezligi o'sa borgan sari va burilish radiusi kamaya borgan sari orta
boradi. Yuguruvchi markazdan qochuvchi kuch ta'sir eta boshlashini kutmay,
balki uning boshlanishiga yo'l qo'ymay, oldindan gavdani asta-sekin ichkarilatib,
chapga og'dira borsa, shundagina burilishga to'g'ri kirib borgan bo'ladi.
Yuguruvchi mumkin qadar maksimal tezlikka erishgandagina tanasining chapga
qiyaligini orttirishni to'xtatadi va shu daraja og'ishni burilishning qolgan qismini
oxirigacha saqlab boradi. Burilishda yugurishni engillashtirish uchun, oyoq
taglarini chapga yo'lka raxi tomonga burib qo'ygan yaxshi. Qo'llarning harakati
ham to'g'ri yo'lka bo'ylab yugurishdagidan farq qiladi. O'ng qo'l ko'proq
ichkariga, chap qo'l esa ko'proq tashqariga harakat qiladi. yaqin tezlikda
xarakatlarni oson bajara oladigan bo'lish

Burilishda yugurayotganda oyoq tagini yo'lka raxidan yoki chap tomondagi

oq chiziqdan 8-10 sm oldinroq qo'yishga intilmoq kerak.Burilishdan to'g'ri
yo'lkaga chiqishni ham bilish kerak. Bu erda yuguruvchi tana qiyaligini
kamaytirish uchun burilish ta mom bo'lishini kutmaydi, burilishning oxirgi
metrlaridayoq tana qiyaligini kamaytira boshlab, to'g'ri yo'lga chiqish paytida
esa gavdasini to'la to'g'irlab oladi. 200 metrga yugurayotganda o'sib borayotgan
tanglikni «tushirish» uchun burilishdan chiqish paytida eng zo'r kuch kelishdan
kutulganday 2-3 qadam tashlab, keyin yana marragacha to'liq kuch bilan
yugurishni davom ettirish kerak. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, sprintchi 200
metr oxirigacha maksimal tezlikda yugurib o'tishga qanchalik urinmasin, masofa
oxirida, ayniqsa ikkinchi 100 metrda tezlik bari bir susayadi. Shu bilan birga,


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

123

qadamlar uzunligi ham kamayadi. 400 metrga yugurish. 400 metrga yugurish
texnikasi asosan sprintchasiga erkin qadam tashlashdan iborat bo'lib, faqat
bunda tezlik maksimal bo'lgandagiga nisbatan kamroq jadallikda yuguriladi.
Gavda 100 metrga yugurishdagidan kamroq engashadi, qo'llar ham sekinrok
harakat qiladi. Qadamlarning uzunligi 7-8 oyoq tagi uzunligigacha qisqaradiyu,
yuguruvchi keng va erkin harakat qilishdan kechmaydi. Startdan yugurib chiqish
xuddi 100 metrga yugurishdagidek boshlanadi. 400 metrlik masofa uchun kerak
bo'lgan tezlikka yetishib olgandan keyin, yuguruvchi bemalol qadamga o'tib,
erishilgan tezlikni mumkin qadar uzoqroq saqlab qolishga harakat kiladi. Lekin
sportchi qanchalik mashq ko'rgan bo'lmasin, uning tezligi, borgan sari
o'sayotgan charchash sababli, pasayib boradi. 400 m masofani har holda bir xil
sur'atda yugurib o'tishga intilish kerak bu birinchi 200 m bilan ikkinchi 200 m ni
o'tishga ketgan vaqtdagi farq katta bo'lgandagiga nisbatan yuqoriroq natija
ko'rsatishga imkon beradi. 400 metrga yugurishdagi tezlik egri chizig'i birinchi
100 metrlikning boshlanishida juda tez va yuqori ko'tariladi, ikkinchi 100
metrlikda qariyb o'sha darajada qoladi, uchinchi 100 metrlikda sekin va oxirgi
100 m keskin p asayadi. Marraga 70-50 metr qolganda tezlik ayniqsa ko'p
pasayadi. 400 metrga yuguruvchi birinchi 100 metrlikni faqat 100 metrga
yugurganida ko'rsata oladigan vaqtiga nisbatan atigi 0,3-0,5 sekund sekinroq
yugurib o'tishi kerak. Yaxshi mashq ko'rgan sportchi 400 metr masofaning
birinchi 200 metrini o'zining 200 metrdagi shaxsiy rekordidan 1,3 -1,8
sekundgina ortiqroq vaqtda yugurib o'tishi kerak.

Muhokama

Mashg'ulotlarning

asosiy

qismi.

Bu

qismning

asosiy

vazifasi

shug'ullanuvchilarning har tomonlama jismoniy va maxsus tayyorlik darajasini
oshirishdan, ularga sport texnikasini va taktikasini o'tgatishdan, irodaviy
fazilatlarni tarbiyalashdan, kuchni, tezkorlikni, chidamlilikni, bo'g'imlardagi
harakatchanlikni va chaqqonlikni rivojlantirishdan iboratdir. Asosiy qism
ma'zmuni shug'ullanuvchilarning tayyorlik darajasiga ularning yoshiga va
jinsiga, trenirovka davriga, yengil atletika ixtisossiga va boshqa sabablarga
qarab o'zgaradi. Asosiy qism jismoniy mashqlarini qariyb hamma vaqt ularning
nimaga mo'ljallanganiga qarab muayyan tartibda bajarish kerak. Texnikani
o'rgatish va takomillashtirishga mo'ljallangan mashqlar, razminkadan keyinroq,
yengil atletikachi hali charchamagan vaqtda bajariladi. Agarda texnikani
takomillashtirish ko'p kuch talab qilinadigan bo'lsa, bunday mashqlarni
keyinroq bajarish ham mumkin. Masalan, bosqon uloqtirish texnikasini
takomillashtirishni tezkorlikni o'stiradigan o'rta miyona mashqlardan keyin


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

124

bajarsa ham bo'laveradi. Ko'proq tezkorlikni rivojlantirishga mo'ljallangan
maxsus mashqlar, yugurish, sakrash va uloqtirish odatda qisqa vaqtli, lekin juda
jadal bo'lib, atletdan bor kuchini ishga solishni talab qiladi. Ular sal bo'lsa ham
har xil sportchini charchatadi, uning idrokini zaiflashtiradi, texnikani
o'zlashtirish

sharoitini

yomonlashtiradi.

Shuning uchun

tezkorlikni

rivojlantiruvchi mashqlar texnikani o'rganish va uni takomillashtirishdan keyin
bajariladi. Harakat tezligi maksimal samaraga erishishni istaganda esa, tezkorlik
mashqlari bevosita razminkadan keyin qilinadi. Chaqqonlik rivojlantiruvchi
mashqlar ham asosiy qism boshida (tezkorlik mashqlari o'rnida yoki ulardan
keyin) bajariladi. Texnikani o'rganishga va tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan
mashqlardan keyin, har xil og'irliklar bilan va og'irliksiz, gimnastik asboblarda
va shu kabi kuch rivojlantiradigan maxsus mashqlar kiritiladi. Yengil atletika
sakrashlar, har xil snaryadlarni uloqtirish, har xil takror-takror sakrashlar ham
shu bo'limga kiradi. Tezkorlikni oshirish yoki o'rgatish maqsadidagi mashqlarni
kuch rivojlantiruvchi mashqlardan keyin bajarmagan ma'quldir. Chunki bunda
harakat tezligi kamayadi.

Хulоsa

l.Organ va tizimlarni mustaxkamlash, organizmning funktsional

imkoniyatlarini kengaytirish va umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini
oshirish kerak degan xulosaga kelindi. 2.Sportchi talaba qizlaгda
gipeгkompensatsiya (funktsional imkoniyatlaгini yuklamagacha bo'lgan
daгajasini ortirish bilan tiklash) vositasida eng yuqori funksional imkoniyatlaг
daгajasiga eгishish. 3.Mikrosikllami tashkil etishda yengil atletikaning xar biг
tuгiga xos xususiyatlaг mavjud. Masalan, sprinteriaMa (60, 100m) va (200m -
400m) ikkinchi xafta mashg'ulotlari ancha yengillashtiгilgan гejimda o'tkazilishi
mumkin, bundan maqsad ortig'i bilan tiklanishni ta'minlash. Kollejda spoгt bilan
shug'ullanuvchi talabalarining musobaqalaгga xos yoki undan yuqori tezlik bilan
lekin kichikrok xajmda mashq qilish extiyoji bo'ladi, bundan tashqari
sportchining alohida xususiyatlarini va eng avvalo. Uning musobaqa oldi
mashg'ulotini rejalashtirishning muayyan sxemasiga ko'nikib qolganligi hisobga
olinishi lozim. Shunda sportchi talabalaráa o^anizmda biг muncha tiklanish
xolati ko'zatiladi. Su^atini tezlasha boгadigan гitmik baland tovush yoгdamida
ham yuguгish va harakatda tuгg'unlashib qolgan maksimal tezlikni oshirish
mumkin. Chunki spгinteг o'z qadami jadalligini tovush sufatiga moslab
tashlashga intiladi. Biг mashqda trenirovka qilish natijasida sportchining
tezkoriigi ortgandan keyin, u boshqa mashqlami ham tez bajara oladimi yo'qmi
ekanini bilish muhimdir Tajгibalaг shuni ko^satadiki, hosil bo'lgan tezkoгlik


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

125

haгakat stmkturasi o'xshash bo'lmagan boshqa mashqlaгga o'tmaydi. Masalan,
sprintda tгeniгovka qilish natijasida telegraf kaliti bilan ishlash chastotasi
oshmaydi. Boshqarilishi o'xshash bo'lgan harakatlaráa esa bunday emas.
Sprintcha yugurishda hosil bo'lgan tezkoriik fazilati, sakrashda depsinishga va
uloqtiгishda oyoqni to'g'rilash haгakatiga o'tadi.

References:

1. Aгipov Y.Y. Kichik yoshdagi o'quvchilaráa uloqtiгish harakatlari texnikasini
takomillashtirishning zamonaviy uslub va shakllari.T., 2007.35 b.
2. Gancharova O.V. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish.
T., Lider Press, 2005.
3. Usmonxo'jayev T.S.,Raximov M.M.,Qudгatov R.Q., Meyliyev X.A.,Rasulova
T.P.,Qrn-banov S.Jismoniy taгbiya va spoгt mashg'ulotlari.T.,O'qituvchi 2005.
350b.
4. Шoкиржoнoвa К.Т. Енгил aтлeтикa (Myco6a^a к;oидaлaри). Укув
кулланма. Т., Лидeр npecc, 2007. 352 б.
5. Qudratov R.Q. Sakrash texnikasi asoslari.Talabalarning mustaqil ishi uchun
ma'mza.T., O'zDJTI,1989.26 b.
6. Qudratov R.Q. Sportcha yurish va yugurish texnikasi asoslari.Talabalarning
mustaqil ishlari uchun qo'llanma. O'zDJTI,1992.18 b
March, 2022

References

Aгipov Y.Y. Kichik yoshdagi o'quvchilaráa uloqtiгish harakatlari texnikasini takomillashtirishning zamonaviy uslub va shakllari.T., 2007.35 b.

Gancharova O.V. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish. T., Lider Press, 2005.

Usmonxo'jayev T.S.,Raximov M.M.,Qudгatov R.Q., Meyliyev X.A.,Rasulova T.P.,Qrn-banov S.Jismoniy taгbiya va spoгt mashg'ulotlari.T.,O'qituvchi 2005. 350b.

Шoкиржoнoвa К.Т. Енгил aтлeтикa (Myco6a^a к;oидaлaри). Укув кулланма. Т., Лидeр npecc, 2007. 352 б.

Qudratov R.Q. Sakrash texnikasi asoslari.Talabalarning mustaqil ishi uchun ma'mza.T., O'zDJTI,1989.26 b.

Qudratov R.Q. Sportcha yurish va yugurish texnikasi asoslari.Talabalarning mustaqil ishlari uchun qo'llanma. O'zDJTI,1992.18 b

March, 2022