MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
11
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI VA
ADVOKATURA O‘RTASIDAGI HUQUQIY MUNOSABATLARNI
TAKOMILLASHTIRISH”
Abdijemilova Sholpanay Abdikalikovna
Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va
sirtqi ta’lim fakulteti
Advokatura faoliyati yo‘nalishi
talabasi
e-mail:solpanajabdyzemilova@gmail.com
tel: +998913889955
https://doi.org/10.5281/zenodo.15734267
Kalit so’zlar
: Adliya vazirligi, advokatura, lisenziya berish, malaka oshirish.
Davlat boshqaruvi tizimida Adliya vazirligi va advokatura o‘rtasidagi
aloqalar aynan huquqiy munosabatlar orqali amalga oshadi.
Huquqiy munosabatlar bu huquq normalariga asoslangan, ijtimoiy
munosabatlarning maxsus turi bo‘lib, ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari
bilan belgilangan tartibda rivojlanadi. Bunday munosabatlar davlat tomonidan
belgilangan va himoyalangan bo‘ladi.
Adliya vazirligi va advokatura o‘rtasidagi munosabatlar ikki tomonlama
xarakterga ega bo‘lib, bular bir tomondan – Adliya vazirligining advokatura
faoliyatini muvofiqlashtirish, litsenziya berish va monitoring qilish vazifalari
bo‘lsa, boshqa tomondan – advokatura institutining mustaqilligi, o‘zini-o‘zi
boshqarish asosida faoliyat yuritishi tushuniladi.
Mazkur huquqiy munosabatlarda ikki asosiy subyekt ishtirok etadi:
birinchisi, davlat organi sifatida Adliya vazirligi-normativ-huquqiy hujjatlarni
ishlab chiqish, yuridik xizmatlar ko‘rsatish sohasini tartibga solish kabi
funksiyalarni bajarsa, ikkinchi tomon sifatida fuqarolik jamiyati institutlaridan
biri bo‘lgan advokatura – mustaqil tarzda yuridik yordam ko‘rsatadi, advokatlar
palatalari orqali o‘zini-o‘zi boshqaradi.
Bu ikki subyekt o‘rtasidagi munosabatlar davlat boshqaruvi bilan fuqarolik
jamiyati institutlari o‘rtasidagi huquqiy mexanizmlarni namoyon qiladi.
Nazariy jihatdan olib qaraganimizda huquqiy munosabatlar: fuqarolik-
huquqiy, ma’muriy-huquqiy, mehnat, jinoyat-protsessual kabi turlarga bo‘linadi.
O'zbekiston Respublikasining "Advokatura to'g'risida» gi qonunining
4
1
-4
4
moddalariga ko'ra, advokatlik byurosi advokatlik faoliyatini yakka tartibda
amalga oshirish uchun advokat tomonidan ta'sis etilgan, notijorat tashkiloti
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
12
bo'lgan advokatlik tuzilmasidir. Advokatlik byurosining ta'sis hujjati muassis
tomonidan tasdiqlanadigan ustavidir
1
.
Adliya vazirligi va advokatura o‘rtasidagi munosabatlar asosan ma’muriy-
huquqiy xususiyatga ega, chunki bu yerda bir tomon (Adliya vazirligi) davlat
organi sifatida ma’lum vakolatlarni amalga oshiradi, ikkinchi tomon esa
(advokatura) mustaqil tashkilot bo‘lsa-da, ayrim holatlarda davlat bilan
muvofiqlashgan holda ishlaydi.
Ushbu huquqiy munosabatlarning xususiyatlariga to‘xtalib o‘tadigan
bo‘lsak, vertikal va gorizontal o‘zaro ta’sirlar mavjud bo‘lib, ya’ni, davlat va
nodavlat institut o‘rtasida bo‘ladi. Normativ-huquqiy asoslanganlik ularning
munosabatlari maxsus qonunlar bilan belgilanadi. Munosabatlarning dinamik
xarakteri – huquqiy islohotlar jarayonida o‘zgarib, rivojlanib boradi.
Adliya vazirligi va advokatura o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarning
markaziy nuqtasi - bu fuqarolarga sifatli va tezkor yuridik yordam ko‘rsatishni
ta’minlash hisoblanadi. Bu sohada ularning o‘zaro munosabatlari quyidagilarda
namoyon bo‘ladi:
-
Aholining ijtimoiy kam ta’minlangan qatlamlariga bepul huquqiy
yordam ko‘rsatish, bu albatta davlat tomonidan moliyalashtirilgan holda;
-
Advokatlarning kasbiy tayyorgarligi va ularni malaka imtixonidan
o‘tkazishda Adliya vazirligining ishtiroki;
-
Advokatlar faoliyatini yuritishda zarur axborot resurslariga kirishni
ta’minlash;
-
Advokatlar ustidan shikoyatlarni ko‘rib chiqishda Adliya
vazirligining funksiya va vazifalari.
Adliya vazirligi va advokatura o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar nazariy
jihatdan chuqur asoslangan bo‘lib, ular davlat va jamiyat o‘rtasidagi uzviy
aloqani ifodalaydi. Ushbu munosabatlarning aniq belgilanmasi, ularning o‘zaro
muvozanatini ta’minlash, advokatlik faoliyatining mustaqilligini kafolatlash
orqali huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biri – odamlarning huquq va
erkinliklarini samarali himoya qilishga xizmat qiladi.
Advokatura inson huquqlarini himoya qilish va sud adolati tamoyillarini
amalga oshirishda asosiy institut sifatida shakllangan. Shu o‘rinda
advokatlarning huquqiy maqomi va mustaqilligiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak,
advokatlar-fuqarolarning,tashkilotlarning
yuridik
manfaatlarini
himoya
qiluvchi, yuridik masalalarni hal etishda mustaqil qarorlar qabul qiluvchi
huquqiy mutaxassislar hisoblanadi. Ularning faoliyati qonunchilikda belgilangan
1
O'zbekiston Respublikasining "Advokatura to'g'risida» gi qonuni. 27.12.1996 y//
https://lex.uz/acts/-54503
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
13
huquqiy asoslar, axloqiy va etik normalarga asoslanadi. Advokatlar maqomi
mustaqil tarzda yuridik xizmatlar ko‘rsatishga, sud jarayonlarida vakillik
qilishga va maslahat berishga qaratilgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
advokatlarning mustaqilligini kafolatlash sud jarayonlarining shaffofligi hamda
adolatli kechishi uchun zarur shartdir
2
.
Shuningdek, mustaqillikni yanada mustahkamlash orqali advokatlar
ishonchli va samarali yuridik xizmatlarni taqdim etishlari mumkin bo‘ladi.
Shu o‘rinda aytib o‘tishimiz joizki, advokatura institutining faoliyati
birqator asosiy tamoyillarga tayanadi, ya’ni qonuniylik va shaffoflik.
Advokatlarning harakatlari qat’iy ravishda davlat qonunchiligi va xalqaro
huquqiy me’yorlarga mos ravishda olib boriladi. Advokatlarning mustaqilligi, bu
advokatlar davlat organlari yoki boshqa siyosiy shaxslarning aralashuvisiz
mustaqil faoliyat yuritishi nazarda tutiladi. Axloqiylik va mijoz manfaatlarining
ustunligi, bu yetuk me’yorlarga rioya qilish, mijoz manfaatlarini yuqori darajada
qo‘llab-quvvatlash va sir saqlash tamoyillari asosiy ustuvorlik sanaladi.
Advokatlarning malakasini oshirish tizimi to‘liq shakllanmagan bo‘lib, bu
advokatlarning professionallik darajasini oshirishga to‘sqinlik qiladi
3
.
Ushbu tamoyillar advokatura institutining ishonchliligi va samaradorligini
ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u sud jarayonlari va yuridik yordam
tizimining sifatini oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi advokatura sohasida quyidagi
asosiy vakolatlarga ega. Adliya vazirligi advokatlik faoliyatini litsenziyalashni
amalga oshiradi. Bu jarayon Advokatlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun va Vazirlar
Mahkamasining tegishli qarorlari asosida amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasining "Advokatura to'g'risida» gi qonunining
3
1
-moddasiga ko'ra, litsenziya Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi,
viloyatlar va Toshkent shahar Adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda
Adliya organlari deb yuritiladi) tomonidan tegishli malaka komissiyalarining
qarorlari asosida beriladi
4
.
Advokatlik guvohnomasini berish. Advokatlik guvohnomasining shakli va
uni berish tartibi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi.Advokatlik
tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish: Advokatlik tuzilmalarini d avlat
ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish Adliya vazirligining
vakolatiga kiradi. Advokatlarning malakasini oshirish: Adliya vazirligi
2
Saidjabbarova D. YURIDIK YORDAM OLISH–HAR BIR SHAXSNING KONSTITUTSION HUQUQI //Журнал академических исследований нового
Узбекистана. – 2024. – Т. 1. – №. 15. – С. 160-163.
3
Jabborova S. S., Fozilovna O. Z. MAMLAKAT RIVOJLANISHIDA YUKSAK HUQUQIY MADANIYATNING O ‘RNI VA AHAMIYATI //ANALYSIS
OF MODERN SCIENCE AND INNOVATION. – 2025. – Т. 1. – №. 5. – С. 243-248.
4
O'zbekiston Respublikasining "Advokatura to'g'risida» gi qonuni. 27.12.1996 y // https://lex.uz/acts/-54503
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
14
advokatlarning malakasini oshirishni tashkil etadi va bu borada tegishli
normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi. Advokatlik faoliyatini nazorat
qilish: Adliya vazirligi advokatlik faoliyatini nazorat qiladi, shu jumladan
advokatlarning litsenziya talablari va kasb etikasi qoidalariga rioya qilishini
tekshiradi. Advokatlarning huquqiy himoyasini ta’minlash: Adliya vazirligi
advokatlarning huquqiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni
amalga oshirad. Advokatlik faoliyati to‘g‘risidagi statistic ma’lumotlarni yig‘ish:
Adliya vazirligi advokatlik faoliyati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni yig‘adi va
tahlil qiladi.
Adliya vazirligining advokatura sohasidagi vakolatlarini amalga oshirishda
quyidagi muammolar mavjud. Ya’ni, normativ-huquqiy hujjatlarning
eskirganligi: Ba’zi normativ-huquqiy hujjatlar zamonaviy talablar va sharoitlarga
mos kelmaydi, bu esa advokatura faoliyatining samaradorligini pasaytiradi.
Shuningdek, malaka oshirish tizimining takomillashmaganligi. Adliya
vazirligining advokatura sohasidagi vakolatlarini amalga oshirishni
takomillashtirish uchun quyidagi takliflar kiritiladi:
Использованная литература:
1.
Litsenziya berish jarayonini soddalashtirish: Advokatlik faoliyatini
litsenziya berish jarayonini soddalashtirish va raqamlashtirish orqali
byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish lozim.
2.
Normativ-huquqiy hujjatlarni yangilash: Advokatlik faoliyatini tartibga
soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni zamonaviy talablar va bilimlar asosida
yangilash.
