Diqqat va xotira psixokorrektsiyasi

Abstract

Ushbu maqola diqqat va xotira bilan bog‘liq muammolarni aniqlash hamda ularni korreksiya qilish usullariga bag‘ishlangan. Maqolada diqqat va xotiraning inson psixik rivojlanishidagi o‘rni, ular o‘zaro qanday bog‘liq ekani va bu jarayonlarga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilinadi. Shuningdek, mualliflar psixokorreksion usullar, jumladan, o‘yinlar, mashqlar, relaksatsion texnikalar va kognitiv terapiya metodlari orqali diqqat va xotirani rivojlantirish yo‘llarini taklif qilishadi. Maqola ta’lim jarayonida diqqatni jamlash qiyin bo‘lgan bolalar va xotira pasayishi kuzatilgan shaxslar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, psixologlar, pedagoglar hamda ota-onalar uchun tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Journal of science-innovative research in Uzbekistan
Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
https://zenodo.org/records/14633549
CC BY f
91-101
444

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Xolboyeva , M. (2025). Diqqat va xotira psixokorrektsiyasi. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 3(1), 91–101. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/journal-science-innovative/article/view/64639
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqola diqqat va xotira bilan bog‘liq muammolarni aniqlash hamda ularni korreksiya qilish usullariga bag‘ishlangan. Maqolada diqqat va xotiraning inson psixik rivojlanishidagi o‘rni, ular o‘zaro qanday bog‘liq ekani va bu jarayonlarga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilinadi. Shuningdek, mualliflar psixokorreksion usullar, jumladan, o‘yinlar, mashqlar, relaksatsion texnikalar va kognitiv terapiya metodlari orqali diqqat va xotirani rivojlantirish yo‘llarini taklif qilishadi. Maqola ta’lim jarayonida diqqatni jamlash qiyin bo‘lgan bolalar va xotira pasayishi kuzatilgan shaxslar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, psixologlar, pedagoglar hamda ota-onalar uchun tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

91




Diqqat va xotira psixokorrektsiyasi

Termiz iqtisodiyot va servis universititeti

Tibbiyot fakulteti Davolash ishi yo’nalishi

23-14 guruh talabasi

Xolboyeva Mashxura Yoqutjon qizi

Email -

yoqutjonovnam@gmail.com


Annotatsiya

: Ushbu maqola diqqat va xotira bilan bog‘liq muammolarni

aniqlash hamda ularni korreksiya qilish usullariga bag‘ishlangan. Maqolada diqqat
va xotiraning inson psixik rivojlanishidagi o‘rni, ular o‘zaro qanday bog‘liq ekani
va bu jarayonlarga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilinadi. Shuningdek, mualliflar
psixokorreksion usullar, jumladan, o‘yinlar, mashqlar, relaksatsion texnikalar va
kognitiv terapiya metodlari orqali diqqat va xotirani rivojlantirish yo‘llarini taklif
qilishadi. Maqola ta’lim jarayonida diqqatni jamlash qiyin bo‘lgan bolalar va xotira
pasayishi kuzatilgan shaxslar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, psixologlar,
pedagoglar hamda ota-onalar uchun tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Kalit so’zlar

: Diqqat,Xotira,Psixokorreksiya,Psixologik usullar,Xotirani

rivojlantirish,Diqqatni jamlash,Stressni kamaytirish,Kognitiv terapiya,Psixologik
mashqlar.O‘yin texnikalari, amneziya

Аннотатсия

: Данная статья посвящена выявлению проблем с вниманием

и памятью, а также методам их коррекции. В статье анализируется роль
внимания и памяти в психическом развитии человека, как они взаимосвязаны
и факторы, влияющие на эти процессы. Авторы также предлагают способы
развития внимания и памяти с помощью психокоррекционных методов,
включая игры, упражнения, техники релаксации и методы когнитивной
терапии. Статья имеет практическое значение для детей, которым трудно
сосредоточиться в процессе обучения, и лиц, у которых наблюдается
снижение памяти, и содержит рекомендации для психологов, педагогов, а
также родителей.

Ключевые

слова

:

Внимание,

Память,

Психокоррекция,

Психологические методы,Развитие памяти, Концентрация внимания,
Снижение стресса, Когнитивная терапия, Психологические упражнения,
Игровые приемы, Амнезия


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

92




Annotation

: This article is devoted to methods for identifying problems with

attention and memory, as well as correcting them. The article analyzes the role of
attention and memory in the development of the human psyche, how they are
interconnected and the factors affecting these processes. The authors also propose
ways to develop attention and memory through psychocorrectional techniques,
including games, exercises, relaxation techniques, and cognitive therapy techniques.
The article is of practical importance for children who find it difficult to concentrate
in the educational process and for individuals with memory loss, and includes
recommendations for psychologists, educators, and parents.

Keywords

: Attention, Memory, Psychocorrection, Psychological methods,

Memory development, Concentration of attention, Stress reduction, Cognitive
therapy, Psychological exercises, Game techniques, amnesia.

Kirish: Diqqat va xotira inson psixik faoliyatining asosiy tarkibiy qismlaridan

biri boʻlib, ular kundalik hayotda, ta'lim va mehnat jarayonida muhim rol oʻynaydi.
Ushbu funksiyalarning buzilishi shaxsning intellektual va hissiy rivojlanishiga
salbiy ta'sir koʻrsatishi mumkin. Shu sababli, diqqat va xotira bilan bogʻliq
muammolarni bartaraf etish maqsadida psixokorreksiya usullarini qoʻllash dolzarb
ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada diqqat va xotiraning mohiyati, ularni
rivojlantirishning psixologik asoslari hamda psixokorreksion metodlar yoritiladi.

Diqqat-

subyekt faoliyatining biror obyekt yoki hodisaga jalb qilinishi. U har

qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Bosh miya poʻstlogʻining
muayyan joylaridagi optimal qoʻzgʻalish manbalari Diqqatning fiziologik asosini
tashkil qiladi. Diqqatga hamma vaqt u yoki bu darajadagi faollik xosdir. Bunday
faollik ongning bir nuqtaga to planishining kuchayishi va ma'lum vaqt mobaynida
diqqat qaratilgan narsaga ongning faol yoʻnaltirilishini saqlab turishdan iboratdir.
Diqqatimiz qaratilgan obyektlar ongimizning toʻplangan «zonasida» juda aniqlik va
yaqqollik bilan aks ettiriladi. Bu yerda yana shuni ham nazarda tutish kerakki, diqqat
- idrok, xotira, xayol, tafakkur va nutq singari alohida psixik jarayon emas. Diqqat
hamma psixik jarayonlarda koʻrinadi. Biz «shunchaki» diqqatli bo'la olmaymiz,
balki biz diqqat bilan idrok qilamiz (qaraymiz, eshitamiz), diqqat bilan esda olib
qolamiz, o'ylaymiz, diqqat bilan muhokama yuritamiz, gaplashamiz. Diqqat aqliy
jarayonlarning sifatini ta'minlaydigan ichki faollikdir. Diqqat oʻqish ishining ham
zaruriy shartidir. O'quvchilarning dars materiallarini muvaffaqiyat bilan
o'zlashtirishlari, dastavval diqqatning mavjud boʻlishiga bog'liqdir. K. D.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

93




Ushinskiyning aytishicha: «Diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona bir
eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali oʻtib kiradi».
Ayrim oʻquvchilarda uchraydigan oʻzlashtira olmaslik holatining sa- babini, avvalo,
ular diqqatining yetarli emasligidan qidirish kerak. Xotiraning boʻshligi, oʻquv
materiallarini oʻzlashtirishning boʻshligi, asosan, diqqatning boʻshligidan kelib
chiqadi.

Diqqatning fiziologik asoslari-

Diqqatning fiziologik asosini bosh miya poʻsti

qismidagi «optimal qoʻzg'alish nuqtasi» tashkil qiladi. Bunday joyni yaqqol qilib
koʻrsatish uchun I. P. Pavlov shunday tasvirlaydi: «Agar bosh suyagiga qaraganda
uning ichidagi miya ko'rinadigan bo'lsa, agar katta miya yarim sharlarida optimal
qoʻzgʻalish uchun eng yaxshi sharoit tug'ilgan nuqtasi yiltillab ko'rinadigan boʻlsa
edi, ongi sog'lom boʻlib, bir narsani o'ylab turgan odamning miyasiga
qaraganimizda, uning miyasining katta yarim shar- larida juda gʻalati jimjimador
shakl boʻlib, surati va hajmi har lahzada bir oʻzgarib, turlanib, jimir-jimir qilib
turuvchi yorug narsaning u yoqdan-bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya
yarim sharining bu yorug' narsa atrofidagi boshqa yerlari birmuncha xira tortib
turganini ko'rar edi» (Полное собрание сочинений, III tom, 1-kitob, 248-bet).
Optimal qoʻzgʻalish nuqtasi manfiy induksiya qonuniga ko'ra, bosh miya poʻstining
boshqa joylarida tormozlanishni vujudga keltiradi. «Miya yarim sharlarining
optimal qoʻzg'alishga ega boʻlgan qismida, deydi I. P. Pavlov, - yangi shartli
reflekslar yengillik bilan hosil boʻladi va differensirovkalar muvaffaqiyatli ravishda
paydo boʻladi. Shunday qilib, optimal qoʻzg'alishga ega boʻlgan joy ayni chog'da
bosh miya yarim sharlarining ijodga layoqatli qismi desa bo'ladi. Miya yarim
sharlarining sust qoʻzg'algan boshqa qismlari bunday xususiyatga qobil emas.
Ularning ayni chog'dagi funksiyasi, juda nari borganda, tegishli qo'zg'ovchilar
asosida ilgari hosil qilingan reflekslarni bir tartibda qayta tiklashdan iboratdir.
Bunday qismlarning faoliyati biz ongsiz, avtomatlashgan faoliyat deb ataydigan
subyektiv faoliyatdan iboratdir»

Bosh miya yarim sharlarining tormozlangan qismiga ta'sir qiluvchi

qo'zg'ovchilar idrok va tasavvurning yorqin obrazlarini tugʻdira olmaydi. Miya
poʻstining optimal qoʻzg'algan joyi («yiltillab turgan nuqtasi») o'z o'rnini almashtirib
turishi diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga ko'chishini va shuning bilan birga,
ongimizning ma'lum narsa, ma'lum faoliyat turiga qarata yoʻnaltirilishi va
toʻplanishini shartlaydi. Diqqatning fiziologik asosi boʻlmish optimal qo'zg'alish


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

94




oʻchog'i haqidagi I. P. Pavlov ta'limoti bilan akademik A. A. Uxtomskiyning olib
borgan tekshirishlari bir-biriga toʻg'ri keldi. Bu tekshirishlar natijasida quyidagilar
ma'lum bo'ldi. Agar nerv sistemasiga bir qancha qoʻzg'ovchilar bir vaqtda ta'sir etsa,
bosh miya poʻstida shu onning o'zida bir necha qoʻzgalish oʻchoqlari paydo boʻladi.
Shu bilan birga, har bir qo'zg'alish o'chog'i bosh miya poʻstining hamma yeriga
tarqalishga, irradiatsiyalanishga moyildir.

Diqqat dastavval oʻzining faolligi jihatidan - ixtiyorsiz va ixtiyoriy deb

farqlanadi. Diqqat asosan uch turga, ya'ni ixtiyorsiz va ixtiyoriy diqqat,
muvofiqlashgan diqqat turiga ajratiladi. Biron tashqi sabab bilan va bizning
xohishimizdan tashqari hosil boʻladigan diqqatni ixtiyorsiz diqqat deyiladi.
Ixtiyorsiz diqqatni tug diruvchi sabablar, avvalo, bizga ta'sir qiluvchi
qoʻzg'ovchilarning qandaydir mashhur xususiyatlaridir: chunonchi, ular- ning
go'zalligi, yorqinligi, kuchi, kattaligi, harakatchanligi, uzoq da- vom etishi, toʻsatdan
sodir boʻlishi, kontrastligi va hokazo. Masalan, shiqildoqli chiroyli va yaltiroq
o'yinchoq bog'cha yoshigacha bo'lgan bolalarning diqqatini oʻziga jalb qiladi.
Bundan tashqari, ixtiyorsiz diqqat bizning faoliyatimiz, turmush tajri- bamiz bilan
bog'liq boʻlgan va ehtiyojlarimiz, qiziqishlarimizga javob bera oluvchi hamda bizda
ma'lum bir hissiyot uyg'ota oluvchi narsalarning ta'siri bilan ham vujudga keladi.
Ixtiyorsiz diqqatning yuzaga kelishi odamning ayni chog dagi hola- tiga ham
bogʻliq. Bir xil narsalar va hodisalar diqqatimizni oʻziga tortishi mumkin va mutlaqo
tortmasligi ham mumkin. Bu narsa odamning ayni chog'dagi holati bilan bogʻliq
boʻladi. Ixtiyorsiz diqqatning dastlabki fiziologik asosi oriyentirovka yoki tekshirish
reflekslaridan iborat. Diqqatimiz qaratilishi lozim boʻlgan narsani oldin belgilab
olib, ongli ravishda qoʻyilgan maqsad bilan ishga solingan diqqatni ixtiyoriy diqqat
deyiladi. Bu diqqatning boshlanishi va, ko'pincha, butun qilinayotgan ish mobaynida
davom ettirilishi kuch va zo'r berishni, ya'ni irodaning ishtirokini talab qiladi.
Shuning uchun uni irodaviy diqqat deyiladi. Ixtiyorsiz diqqatning kuchi asosan
qiyinchiliklarni yengish bilan bogʻliq boʻlgan irodaviy zo'r berish darajasi bilan
xarakterlanadi. Ixtiyoriy diqqat fiziologik tomondan, asosan, ikkinchi signallar sis-
temasining faoliyati bilan belgilanadi. O'quvchining tushuntirilayotgan yangi darsni
eshitib oʻtirishi shu ixtiyoriy diqqat bilan ishlashning misoli bo'la oladi. Bunda
oʻquvchi «eshitib oʻtiraman deb, ilgaridan o'z oldiga maqsad qoʻyadi va o'z diqqatini
faqatgina oʻqituvchining soʻziga qaratish uchun kuch sarf qiladi. Shuning bilan
birga, o'quvchi beixtiyor ravishda paydo boʻlib, o'qituvchining so'zini eshitishga


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

95




xalaqit beruvchi idrok, fikr, hissiyot, xayol kabi boshqa psixik jarayonlarni yo'qotish
uchun ongli ravishda harakat qiladi. Ixtiyoriy diqqat, masalan, ninaga ip taqish kabi
juda oddiy ishda, ayniqsa, ochiq ko'rinadi.Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqgat turlari
oʻrtasidagi farq shundan ibo- ratki, ixtiyorsiz digqat bilan qilinadigan faoliyat
ko'pincha unchalik zo'r bermay, ancha yengillik bilan va deyarli toliqmasdan amalga
oshiriladi; ixtiyoriy diqqat bilan amalga oshiriladigan har qanday faoliyat esa an-
chagina zo'r berishni talab qiladi va birmuncha toliqarli boʻladi. Ixtiyorsiz diqqat
ham, ixtiyoriy diqqat ham o'zining yoʻnalishiga ko'ra tashqi va ichki boʻlishi
mumkin. Manbayi bizning ongimizdan tashqarida boʻlgan diqqatga tashqi diqqar
deb ataladi. Tashqi diqqat dastavval bizning idroklarimiz jarayonida namoyon
boʻladi. Haydovchi, vagon haydovchisi, tikuvchining ishida sodir bo'ladigan diqqat
tashqi diqqatga misol boʻla oladi. Oʻquvchining o'qituvchi bayonini tinglashdagi,
kitob oʻqishdagi, suratlarni koʻrishdagi va tabiat hodisalarini kuzatishdagi diqqati
ham tashqi diqqatdir. Narsa va hodisalarni qaysi sezgi a'zoimiz bilan idrok
qilayotgani- mizga qarab, tashqi diqqatni koʻrish, eshitish va shuning bilan birga,
tuyish, hid bilish va ta'm bilish turlariga ajratish mumkin. Tashqi diqqat faqat idrok
qilishimiz jarayonidagina namoyon boʻladi deb hisoblab bo'lmaydi. Tashqi diqqat
biz tasavvur qilayotgan va fikr qilayotgan narsalarimizga ham qaratilishi mumkin.
Masalan, muhandis o'z xonasida ishlab oʻtirib, ko'rilayotgan binoning koʻrinishini
tasavvur qilayotganda va bu binoning qurilishi bilan bogʻliq bo'lgan matematik
hisoblarni chiqarayotganda uning diqqati tashqi diqqat tarzida namo-
mayllarimizdan iborat bo'lgan diqqatga ichki diqqat deb ataladi. yon boʻladi.
Manbayi bizning tasavvurlarimiz, fikrlarimiz, hissiyotlarimiz va Biz ongimizning
o'zida sodir bo'layotgan jarayonlarni kuzatayotga- nimizda, ya'ni o'z
hissiyotlarimizni,

fikrlarimizni,

istaklarimizni

va

shu-

ning

kabilarni

kuzatayotganimizda ichki diqqat namoyon boʻladi. Ma salan, biz oʻz fikrlarimizni
kuzatayotganimizda, bu fikrlarni tekshirayot- ganimizda, pushaymon qilish hissini
boshimizdan kechirayotganimizda, o'z-oʻzimizni tanqid qilayotganimizda va o'z
istaklarimizni mulohaza qilayotganimizda ichki diqqat namoyon boʻladi. Ixtiyoriy
diqqatdan tashqari, diqqatning yana bir turini qayd etib oʻtish lozim. Bu diqqat
ixtiyoriy diqqat kabi, maqsadga qaratilgan boʻlib lekin irodaviy zo'r berishni talab
qilmaydi. U ixtiyoriy diqqatdan boshlanadi va ixtiyorsiz diqqatga aylanadi.

Diqqatning koʻlami - konsentratsiyalanish va boʻlinishlik har qanday diqqatga

xos bo'lgan xususiyatdir. Boʻlingan diqqat aynan bir vaqtning oʻzida bir necha


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

96




narsalarga qaratilgan bo'lmasa kerak, deb o'ylash lozim. Bo'lingan diqqat bu
diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga juda tezlik bilan ko chishidir. Inson
diqqatining ijobiy xususiyati o'z diqqatini bir narsa ustida to'play olish va faoliyat
xarakteriga qarab, uni tegishli ravishda boʻla olishdadir. Ayrim kishilar bu jihatdan
bir-biridan

shu

bilan

farq

qiladilarki,

ularning

bittasida

asosan,

konsentratsiyalashgan diqqat taraqqiy qilgan bo'lsa, boshqasida boʻlingan diqqat
taraqqiy qilgan boʻladi. Odamlar diqqatidagi bu ayirma har bir kishining qiladigan
faoliyati va kasbiga garab, amaliy ish jarayonida hosil bo'ladi. Diqqatning koʻlami -
diqqatga eng qisqa vaqt ichida (go'yoki bir- daniga) sig'ishi mumkin bo'lgan narsalar
soni bilan belgilanadi. Diqqat koʻlami jihatidan tor yoki keng boʻlishi mumkin.
Tajriba qilib tekshirishda diqqatning koʻlami, odatda, tekshirilayotgan odamga ayni
bir vaqtning o'zida bir qancha oʻzaro bog'lanmagan harf- larni, so'zlarni, narsalarni
va turli shakllarni koʻrsatish yoʻli bilan aniq- lanadi. Tekshirilayotgan kishi bu
narsalardan ayni vaqtda qanchalik ko'pini birdaniga idrok eta olsa (diqqat doirasiga
sig'dira olsa), uning diqqat doirasi shunchalik keng boʻladi. Diqqatning koʻlamini
aniqlash uchun taxistoskop degan maxsus as- bob qo'llaniladi. Bu asbob yordamida
kishiga idrok ettiriladigan narsa- lar juda tez koʻrsatiladi. Bunda idrok qilinadigan
narsalar taxistoskopning ekranidagi teshikdan koʻrsatiladi va bu teshik juda qisqa
vaqt ichida bekilib qoladi.

Diqqatning barqarorligi- diqqat ma'lum darajada barqaror va beqaror bo'lishi

mumkin. Uzoq muddatgacha bir narsaning oʻziga qaratib tura oladigan diqgat
barqaror diqqat deyiladi. Agar diqqat biron-bir faoliyat jarayonida boshqa
narsalarga, keraksiz narsalarga chalg'iyversa yoki tez sustlashib va so'nib qolsa,
bunday diqqat beqaror diqqat deyiladi. Masalan, oʻquvchi butun dars davomida
darsning borishiga diqqat qilib o'qituvchining tushunti- rishlarini boshqa narsalarga
chalg'imay tinglab borsa, biz o'quvchining diqqatini barqaror diqqat deymiz. Bordi-
yu, o'quvchi oʻqituvchining tushuntirishlariga avval boshda quloq solib borib, lekin
10-15 daqiqadan keyin boshqa narsa bilan shug'ullansa, yoki boshqa narsalar
to'g'risida xayolga berilib ketsa, yoki o'qituvchining tushuntirishidagi ayrim mo-
mentlarni «eshita olmay qolibman desa, yo boʻlmasa kitob o'qisa-yu, uning
mazmunining ayrim momentlariga «e'tibor bermabman desa, bunday diqqat beqaror
diqqat deyiladi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

97




Xotira-id

rok etilgan narsa va hodisalarni yoki oʻtmish tajribalarni esda

qoldirish va zarur boʻlganda tiklashdan iborat psixik jarayon.

Xotira eng yaxshi

damlarni esda qoldiradi. U

nerv sistemasi

xususiyatlaridan biri boʻlib, tashqi olam

voqealari va organizm reaksiyalari haqidagi axborotni uzoq saqlash hamda uni ong
faoliyatida va xulq, xatti harakat doirasida takroriy qobiliyatida namoyon boʻladi.

Xotira individning oʻz tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va

keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi.

Xotira haqidagi dastlabki ilmiy qarashlar Sharq mutafakkirlari va yunon

faylasuflari (

Aristotel

va boshqalar) da uchraydi. Xususan, Farobiy Xotiraga

bilishdagi aqliy jarayonning tarkibiy qismi sifatida qarab, xotirani faqat insonga
emas, hayvonga ham xos xususiyat ekanini alohida taʼkidlagan.

Xotiraning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining muvaqqat

bogʻlanishi (

Assotsiatsiya

) va ularning keyingi faoliyatidan iborat. Xotira koʻlami,

axborotlarning uzoq vaqt va mustahkam saqlanishi, shuningdek, muhitdagi
murakkab signallarni idrok etish va adekvat reaksiyalarda ishlab chiqish bosh miya
nerv hujayralari (

neyronlar

) sonining koʻpayib borishi hamda uning strukturasi

murakkablashuvi jarayonida oʻsib boradi. Fiziologik tadqiqotlarda qisqa va uzoq
muddatli xotiralar qayd etilgan. Qisqa muddatli xotirada axborotlar bir necha
daqiqadan bir necha oʻn minutgacha saqlanadi, neyronlar ishiga xalal berilganda
(masalan, elektr shok, narkoz taʼsirida) u buziladi. Uzoq muddatli xotirada
axborotlar odam umri boʻyi saqlanib turli taʼsirlarga chidamli boʻladi. Qisqa
muddatli xotira asta sekin uzoq muddatli xotiraga aylanadi. Xotira ruhiyatning
oʻtmish holati bilan hozirgi holati va kelgusidagi holatlarga tayyorlash jarayonlari
oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlikni koʻrsatadi. Boshqa psixik

hodisalar kabi xotira ham

shaxsning xususiyatlari, uning ehtiyoji, qiziqishlari, odati, feʼl-atvori va shu kabilar
bilan uzviy bogʻliq.

Xotira namoyon boʻlishdagi shakliga koʻra, shartli ravishda emotsional xotira

(his-tuygʻuni esda tutish), obraz xotirasi (narsalarning tasviri va xususiyatlarini esda
tutish), soʻz-mantiq xotirasi (narsalarning mohiyati, mazmunini soʻz bilan
ifodalangan holda esda tutish) kabi turlarga boʻlinadi. Bulardan insonda soʻz-mantiq
xotirasi yetakchi oʻrin tutadi. Xotiraning barcha turi bir-birlari bilan chambarchas


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

98




bogʻliq holda kechadi. Psixologiyada, shuningdek, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotiralar
farq qilinadi. Ixtiyoriy xotirada muayyan materialni esda olib qolish oldindan
maqsad qilib qoʻyiladi; ixtiyorsiz xotirada bunday maqsad boʻlmaydi — biror
faoliyatda (mas, mehnat jarayonida yoki kim bilandir suhbatlashib turilganda) oʻz-
oʻzidan esda saqlab qolinadi. Barqarorligi jihatdan ixtiyoriy xotira ixtiyorsiz
xotiradan samaraliroq.

Diqqat va xotira psixokorreksiyasi
Diqqat va xotiraning psixologik xususiyatlari
Diqqat – bu psixikaning muayyan obyektga yo‘naltirilishi va shu obyektni aniq

idrok etish jarayoni. U turlarga ajratiladi: ixtiyoriy, ixtiyorsiz va postixtiyoriy. Xotira
esa bilim va tajribalarni saqlash, eslash va qayta tiklash qobiliyatidir. Xotira qisqa
muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira kabi shakllarga ega. Diqqat va xotira bir-
biri bilan chambarchas bog‘liq: diqqatni jamlash orqali xotira jarayonlari
samaradorligini oshirish mumkin. Shu bilan birga, stress, motivatsiya yetishmasligi,
jismoniy va psixologik charchoq bu funksiyalarning buzilishiga olib kelishi
mumkin.

Psixokorreksiyaning ahamiyati
Psixokorreksiya diqqat va xotira muammolarini bartaraf etishga qaratilgan

maxsus metodlar va texnikalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu jarayon quyidagi
maqsadlarni ko‘zlaydi:

Diqqatni jamlash qobiliyatini oshirish.
Xotira hajmi va sifatini yaxshilash.
Psixologik barqarorlikni ta’minlash.
Psixokorreksion usullar
1. O‘yin texnikalari
Bolalar va kattalar uchun maxsus psixologik o‘yinlar diqqatni rivojlantirishda

samarali hisoblanadi. Masalan, "O‘xshashlik va farqlarni topish", "Eslab qol va
takrorla" o‘yinlari xotirani mustahkamlaydi.

2. Kognitiv mashqlar
Diqqatni jamlash uchun mantiqiy masalalar, boshqotirmalar va asosiysini

aniqlash mashqlari qo‘llanadi. Xotirani rivojlantirish uchun esa mnemotexnika
usullari, jumladan, obrazli bog‘lash va assotsiatsiyalar yaratish texnikasi tavsiya
etiladi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

99




3. Relaksatsion texnikalar
Stress va charchoqni kamaytirish uchun meditatsiya, nafas mashqlari va

musiqiy terapiya qo‘llaniladi. Ushbu texnikalar diqqatni tiklash va xotirani
faollashtirishda yordam beradi.

4. Individul yondashuv
Har bir insonning psixologik va fiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda,

individual psixokorreksion dasturlar ishlab chiqiladi.

Amneziya- xotiraning buzilishi
Amneziya shunday holatki, bunda odam yaqinda boʻlib oʻtgan voqealarni ham,

uzoq oʻtmishdagi voqealarni ham eslash qobiliyatini yoʻqotadi. Amneziya turli
shakllarda namoyon boʻlishi mumkin:

Retrograd amneziya - kasallik boshlanishidan oldin sodir boʻlgan voqealar

haqidagi xotiralarning yoʻqolishi.

Anterograd amneziya - kasallik boshlanganidan keyin yangi voqealarni eslab

qola olmaslik.

Korsakov sindromi - bu amneziyaning ogʻir shakli boʻlib, u ham retrograd, ham

antrograd boʻlishi mumkin, koʻpincha alkogolizm va B1 vitamini tanqisligi bilan
bogʻliq.

Fiksatsion amneziya - yangi ma'lumotni xotirada saqlay olmaslik, bu esa uni

esga tushirishni qiyinlashtiradi.

Perforatsion amneziya - ma'lumotlarning qisman saqlanishi, bunda ba'zi

tafsilotlar unutilishi mumkin.

Dissotsiatsiyalangan amneziya - faqat bemorning shaxsiy hayoti bilan bogʻliq

voqealar haqidagi xotiralarning yoʻqolishi.

Amneziyaning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: Joyda mo'ljalni

yo'qotish,Ongning chalkashligi, Xotiraning buzilishi.

Amneziyani davolash quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
Neyroprotektorlar, vitaminoterapiya, mehnat va dam olish rejimiga rioya

qilish, jismoniy va psixologik yuklamalarni nazorat qilish, xotira yo‘qolishiga sabab
bo‘lgan asosiy kasallikni davolash.

Geperaktivlik sindromi- bolalarda tez-tez uchraydigan nevrologik va xulq-

atvor buzilishidir. U diqqatni jamlashdagi qiyinchiliklar, fe’l-atvorning buzilishi va
giperaktivlik bilan tavsiflanadi. Kasallik odatda maktabgacha va maktab yoshida
namoyon bo‘ladi va ko‘pincha o‘g‘il bolalarda kuzatiladi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

100




Diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi (DYGS) sabablari

quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:

Irsiy moyillik, bosh miya funksiyalariga ta’sir qiluvchi neyronlar

muvozanatining buzilishi,oila yoki jamoadagi salbiy vaziyat, asfiksiya yoki bosh
miya jarohati kabi tug‘ruqdagi jarohatlar,homiladorlik paytida onaning olgan
jarohati yoki yuqumli kasalliklari,chaqaloqlikda isitma bilan kechuvchi kasalliklar

Diqqat yetishmasligi va giperfaollik sindromi (DYGS) belgilari quyidagilardan

iborat:

Giperaktivlik,unutuvchanlik,ortiqcha

hovliqish,impulsivli,o‘tirmaslik,konsentratsiyaning

yo‘qligi,yig‘loqilik,yuqori

asabiylik,diqqatning pasayishi, yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar.

Diqqat yetishmasligi va giperfaollik sindromini (DYGS) davolash uchun

quyidagi usullar qo‘llaniladi:

psixoaktiv preparatlar,antidepressantlar, vitaminoterapiya, psixolog bilan

mashg‘ulotlar.



Xulosa

: Diqqat va xotira inson psixik rivojlanishida muhim o‘rin tutadigan

jarayonlar bo‘lib, ularning samaradorligi shaxsning intellektual, hissiy va kundalik
faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur maqolada diqqat va xotira
muammolarini aniqlash, psixokorreksion metodlar yordamida ularni bartaraf etish
yo‘llari yoritilgan. O‘yin texnikalari, kognitiv mashqlar, relaksatsion usullar va
individual yondashuvlar orqali ushbu funksiyalarni yaxshilash mumkinligi
isbotlangan.

Amneziya va diqqat yetishmasligi kabi buzilishlarning sabablari va davolash

choralari ham keng ko‘rib chiqilgan. Diqqatni barqarorlashtirish va xotirani
mustahkamlashga qaratilgan usullar bolalar va kattalar uchun psixologlar,
pedagoglar hamda ota-onalar uchun amaliy ahamiyatga ega.






background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

101




Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Umumiy psixologiya – Zufarova

2.

www.ziyouz.com

3.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Xotira

4.

https://med24.uz/uz/bolezn/amneziya

5.

https://avitsenna.uz/amneziya-sabablari-turlari-va-davolash

6.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Diqqat

7.

OʻzME

. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



References