“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
68
Boshlang’ich sinflarda xalq og’zaki ijodini o’rgatishning
nazariy va amaliy asoslari
N.O.Safarova,
Buxoro davlat pedagogika instituti professori.
R.J. Jalolova,
Buxoro davlat pedagogika instituti 3-kurs talabasi.
Annotatsiya:
Ushbu maqola xalq og’izaki ijodining bolalar tarbiyasidagi o’rni,
bolalarni xalq ijodi namunalari orqali tarbiayaning ahamiyati, ma'naviy
salohiyatning oshishi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini xalq og’izki ijodi oraqali
vatanga muhabbatini oshirishi hamda dunyoqarashni kengaytirishi, yaxshi fazilatlar
manbai ekanligi haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar:
xalq og'izaki ijodi, rivojlanish, mustaqil fikr, ma'naviy salohiyat,
fazilatlar manbai, tarbiya, milliy qadriyat, madaniyat, fikrlash, qobilyat, madaniy
meros, milliy qadriyat.
Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy
salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh
kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va
jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz. Darhaqiqat
O‘zbekiston Respublikasining prezdenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek
yoshlarning ta'lim-tarbiyasiga katta e’tibor berish lozim. O'zbekistonning
rivojlanishida har bir shaxsning tarbiyasi muhim sanaladi. Har bir shaxs o'zinini
jamiatning bir bo'lagiman, men tufayli davlatimiz rivojlanadi, jamiyatda o'z o'rnim
bor deb harkat qilgandagina rivojlanish salohiyati o'sadi. Buni esa bolalarni
tarbiyasidan o'zini tanitishdan ya’ni milliylikdan boshlash kerak kichkinaligida
oiladagi, bog'chadagi, o'rnidan. Albatta bolarga buni singdirishda "xalq og'izaki
ijodi" muhim sanaladi.
Xalq ogʻzaki ijodida ota-bobolarimizning aytmoqchi boʻlgan pand
nasihatlari, el e’zozlagan, qadirlagan necha ming yillardan beri el ardogʻida boʻlgan
inson boʻlishning talab qoidalari hamda Alpomish, Toʻmaris, Shiroq, Jaloliddin
Manguberdi, Temur Malik kabi mart yurt farzandlarining qilgan jasoratlari va milliy
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
69
urf-odatlarimiz oʻz ifodasini topgan. Xalq oʻgʻizaki ijodidan
foydalangan holda
ta'lim berish fanda xalq pedagogikasi deb yuritiladi. Har bir bolaga Vatanni sev
qadrla deb ming marta aytsak u oʻz-oʻzidan vatani sevib qolmaydi biz ularga vatan
nima ekanligini uning qadr-qimmatini biz uchun aziz ekanligini shu vatanimizni
koʻz qorachigʻiday asrash uchun joni fido etgan mart vatan fidoyilari hayotini hikoya
qilib va bizgacha yetib kelgan merosni omonotga hiyonat qilmagan holda kelgusi
avlodga yetkazishimiz zarurligini vatanimizni asrashimiz kerak ekanligini
anglatganimizdagina bola vatani sevadi. Bolaga qanchalik tushuntira olish
boshlangʻich sinf oʻqiyuvchisining mahoratiga va xalq oʻgʻizaki ijodidan
foydalanishiga bogʻliq.
Bolalarga aytib borilgan xalq og'izaki ijodi namunalari avvolo o'zini tanitadi
ya'ni qanday urf-odatlari bor joyda yashayotganini anglaydi, ularni keng fikrlashga,
tasavvur qilishga, yaxshilik qilishga undaydi va ma'naviy salohiyatining o'stiradi
hamda tarbiyasiga ta'sir ko'rsatadi. Xalq ogzaki ijodiga to'xtaladigan bo'lsak u turli-
tuman adabiy tur va janrlarda namoyon bo'lib kelayotgan kishilik jamiyati tarixida
kop vazifali ijtimoiy-estetik mohiyatga ega. So’z san’ati hisoblanadi. U hamma
zamonlarda ham oz ijodkori bolgan xalqning orzu-armonlarini ifodalab keldi,
qolaversa, xalqning oz-ozinigina emas, balki bolalarning ham ma`naviy-axloqiy
jihatdan shakllanishlarida muhim tarbiyaviy vosita vazifasini bajarmoqda. Xalq
og'izaki ijodi asrlar davomida og'izdan og'izga o'tib, sayqalanib kelayotgan
namunalar.
Ular ustoz-shogird ananalarini ham rivojlantirish. Xalq og'zaki namunalari
bo'lgan qo'shiq, lapar, alla, ertak, doston aytish, topishmoq va hakozo yo'nalishlari
O'zbekistonning yillar davomida sayqallanib kelayotgan milliy qadriyatlarni
namoyish etib kelibmoqda. Xalq og'izaki ijodi inson tarbiyasida muhimn o'rin tutar
ekan ularni yanada keyin o'rganmog'imiz va ularni ommaga namoyish etmog'imiz
zarur.
Boshlang’ich sinf 1-2-3-4-sinf o’qish savodxonligi darsliklari o’rganib
chiqildi.
1-sinf o’qish savodxonligi darsligi:
1-
Aziz Vatan, jonajon Vatan bo’limida; maqollar, tez aytishlar berilgan
2-
Qoyilman qish ishiga, zavq beradi kishiga bo’limida; rebuslar, bo’ladi
bo’lmaydi o’yini, topishmoqlar, maqollar berilgan
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
70
3-
Kitob bilim bulog’i - O’quvchining o’rtog’i bo’limida; topishmoqlar,
maqollar berilgan
4-
Bahor keldi, keladi Navro’z; tez aytish, topishmoq, “Bahorning
taomi”ertagi, maqollar berilgan.
5-
U-kim, Bu-nima bo’limida topishmoqlar, maqollar berilgan.
6-
Xalq og’zaki ijodi - behisob xislat koni bo’limida “Ur to’qmoq”, “Zumrad
va Qimmat”, “Oltin tarvuz”, “Shakardan shirin”, “Aql vq boylik” ertaklari, “
Boychechak” qo’shig’i, maqollar, topishmoqlar berilgan
7-
Qanday yaxshi, bolalar Go’zal xulq, orastalik bo’limida; “Maqtanchoq
quyon” ertagi, “Sher bilan durroj”, topishmoqlar va maqollar berilgan.
8-Yoz-o’tadi soz bo’limida; topishmoq, maqol, tez aytishlar berilgan.
2-sinf darsligi.
1.Maqollar
2. Hunarning foydasi rivoyat
3.maqollar.213
4. Yaxshilik ortidan yaxshilik keladi ertagi
5. Zumrad va Qimmat
6.Oʻzbek xalq qoʻshiqlari: oyijon,kulcha,kim oladi shuginani,allaqoʻshiq
7.Navbat bilan javob ber oʻyini
8. Tez aytish maqollar tarzida berilgan.
3-Sinf darsligi.
1.Tulki bilan laylak ertagi
2.Dangasa ertagi
3.Toʻngʻoz farzandining domoligi ertagi.
4.maqollar
5.Alpomishning bolaligi
6.Qargʻavoy oʻzbek xalq ertagi
7.Dorbozlik san'ati YUNESKO rohatidan
8.Tulki bilan sher ertagi
4-sinf darsligi.
1.Ma'naviyat - qalb quyoshi boʻlimi odamdan nima qoladi? dostondan
parcha
2. Eng ulugʻ fazilat, Chaqimchiga mukofat, omonatga xiyonat, “ikki saxiy”
ertak “Qoʻzichoq” masal
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
71
3. Xalq oʻgʻizaki ijodi boʻlimi: Boychechak, Oftob chiqdi olamga, Xoʻp hayda
qoʻshiqlari
4.Ilim afzal, davlat koʻzacha bilan tulki, ochkoʻz boy, hiylagarning jazosi
hunarsiz kishi oʻlimga yaqin, ziyrak uch yigit ertak
5.Adabiy ertaklar boʻlimi: Boʻring tabib boʻlganligi haqida, baqa bilan taqa,
laqma it ertaklari
6. Maqollar
7.Topishmoqlar
8.Pahlovan shoir rivoyat
9. Alisherning yoshligi qissa
10. Saxiy, yolgʻonning izza boʻlishi rivoyat
11.Bahor taʼrifida rivoyat
12. Navroʻz bahor bayrami, bayram urf-odatlari
13. Yaxshidan bogʻ qoladi, Tumaris, Najmiddin Kubro, Sulton Mahmud va
Beruniy, Tanbeh, Hidi tilimi va mazzasidan rivoyat
Boshlangʻich sinf oʻquvchilolarining oʻqish koʻnikmasini egallash bilan bir
qatorda adabiy rivojlanish vazifasi ham turadi. Folklor materiallaridan foydalanish
maqsadga muvofiq deb hisoblayman.
Maqol va matallar tilni boyitadi, taʼsirchanlikni va aniqlikni beradi.Maqollar
aniqlikni fikrning tugalikni ifodalaydi va maqollarda soha nisbatan ta'sir kuchli
boʻladi. Maqollarni gramatik qoidalar asosida tahlil qilib oʻrganish bilan birgalikda
axloq fazilatlar manbai boʻlib hizmat qiladi. Boshlangʻich sinflarda maqol va
matallar ustida ishlash muhim oʻrin tutadi hamda oʻquvchining fikrlashini va nuqtini
rivojlantiradi. Tez aytishlar oʻquvchining nutqidagi nuqsonlarini toʻgʻirlashga,
chiroyli va ravon soʻzlashga yordam beradi.
Topishmoqlar oʻquvchini zulkolikka, izlanuvchanlikka, topqirlikka undaydi,
oʻquvchining mantiqiy fikrlash qobilyatini, manbalar asosida oʻzi hulosa chiqarishni
oʻzrganishda muhim oʻrin tutadi. Shunday qilib, xalq madaniyati bilan tanishtirishni
boshlangʻich sinfdan boshlash kerak degan xulosaga kelsak albatta masadga
muvofiq boʻladi. Chunki bolaning asosiy tushunchalari va xulq atvori bolaligidan
paydo boʻladi. Madaniy meros bolaning dunyo qarashini boyitadi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
72
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Safarova N. O‘zbek bolalar o‘yin folklorining janriy tabiati, genezisi va
badiiy xususiyatlari. NDA. T., 2005
2.
Safarova
N.O.
Didaktik
o'yinlarning
samaradorligi.
"O'ZBEKISTONDA ILM-FANNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" xalqaro
ilmiy-amaliy anjumani. 30 noyabr 2022 y.
