EKOLOGIYA MUAMMOLARI: O‘ZBEKISTONDA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH YO‘LLARI

Аннотация

Orol dengizi halokati, suv tanqisligi, cho‘llanish darajasining ortishi, tuproqning ifloslanishi va biologik xilma-xillikning yo'qolishi - bular Markaziy Osiyoda, xususan, O‘zbekistonda uchraydigan ekologik muammolar. Lekin, bu muammolar ichida inson hayoti uchun eng xavfli bo‘lgani bu changlanish darajasining ortishidir. Bundan mingyillar avval, ulug' bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino "Agar chang bo'lmaganda edi, odamzot 1000 yil umr ko'rar edi" deb ta'kidlagan edi. Markaziy Osiyo hududi ekologik o‘zgarishlarga sezgir va nozik hisoblanadi. Shundoq ham, tabiiy joylashuvi jihatdan dengizdan uzoqda joylashgan  va changish darajasi yuqori bo'lgan O‘zbekistonni bugungi kunda yashil hududlarning qisqartirilishi va tartibsizliklarning qurilishlar, sanoat zonalaridan chiqayotgan zaharli moddalar mamlakat havosini ifloslantirishga o‘z hissasini qo‘shyabdi.

Journal of analytical synergy and scientific horizon
Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
https://zenodo.org/uploads/14876079
CC BY f
4-9
20

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Ibrohimova , X. (2025). EKOLOGIYA MUAMMOLARI: O‘ZBEKISTONDA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH YO‘LLARI . Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов, 1(1.2 ( B series), 4–9. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/jassh/article/view/70342
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Orol dengizi halokati, suv tanqisligi, cho‘llanish darajasining ortishi, tuproqning ifloslanishi va biologik xilma-xillikning yo'qolishi - bular Markaziy Osiyoda, xususan, O‘zbekistonda uchraydigan ekologik muammolar. Lekin, bu muammolar ichida inson hayoti uchun eng xavfli bo‘lgani bu changlanish darajasining ortishidir. Bundan mingyillar avval, ulug' bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino "Agar chang bo'lmaganda edi, odamzot 1000 yil umr ko'rar edi" deb ta'kidlagan edi. Markaziy Osiyo hududi ekologik o‘zgarishlarga sezgir va nozik hisoblanadi. Shundoq ham, tabiiy joylashuvi jihatdan dengizdan uzoqda joylashgan  va changish darajasi yuqori bo'lgan O‘zbekistonni bugungi kunda yashil hududlarning qisqartirilishi va tartibsizliklarning qurilishlar, sanoat zonalaridan chiqayotgan zaharli moddalar mamlakat havosini ifloslantirishga o‘z hissasini qo‘shyabdi.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series B 2025

4

EKOLOGIYA MUAMMOLARI: O‘ZBEKISTONDA

ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH YO‘LLARI

Ibrohimova Xusnidaxon Ilhom qizi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Xalqaro munosabatlar fakulteti 1-bosqich talabasi

Annotatsiya:

Orol dengizi halokati, suv tanqisligi, cho‘llanish darajasining

ortishi, tuproqning ifloslanishi va biologik xilma-xillikning yo'qolishi - bular
Markaziy Osiyoda, xususan, O‘zbekistonda uchraydigan ekologik muammolar.
Lekin, bu muammolar ichida inson hayoti uchun eng xavfli bo‘lgani bu changlanish
darajasining ortishidir. Bundan mingyillar avval, ulug' bobokalonimiz Abu Ali ibn
Sino "Agar chang bo'lmaganda edi, odamzot 1000 yil umr ko'rar edi" deb ta'kidlagan
edi. Markaziy Osiyo hududi ekologik o‘zgarishlarga sezgir va nozik hisoblanadi.
Shundoq ham, tabiiy joylashuvi jihatdan dengizdan uzoqda joylashgan va changish
darajasi yuqori bo'lgan O‘zbekistonni bugungi kunda yashil hududlarning
qisqartirilishi va tartibsizliklarning qurilishlar, sanoat zonalaridan chiqayotgan
zaharli moddalar mamlakat havosini ifloslantirishga o‘z hissasini qo‘shyabdi.

Kalit so‘zlar:

Ekologiya, atrof-muhit, ifloslanish, changlanish, shahar o‘rmoni,

elektrostatik havo tozalagichilar, yashil infratuzilma

Abstract:

The destruction of the Aral Sea, water scarcity, increasing

desertification, soil pollution and loss of biodiversity - these are the environmental

problems encountered in Central Asia, in particular in Uzbekistan. However, the

most dangerous of these problems for human life is the increase in the level of

pollution. Thousands of years ago, our great ancestor Abu Ali ibn Sino noted that

"If there were no dust, humanity would live 1000 years." The territory of Central

Asia is considered sensitive and fragile to environmental changes. Uzbekistan,

which is naturally located far from the sea and has a high level of pollution, today is

faced with the reduction of green areas and the release of toxic substances from

construction and industrial zones, which contribute to the pollution of the country's

air.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series B 2025

5

Keywords:

Ecology, environment pollution, emissions, urban

forest, electrostatic air purifiers, green infrastructure

Аннотация:

Высыхание Аральского моря, нехватка воды,

растущее опустынивание, загрязнение почв и утрата

биоразнообразия — вот экологические проблемы, с которыми

сталкивается Центральная Азия и Узбекистан в частности. Однако среди этих

проблем наиболее опасной для жизни человека является рост уровня

загрязнения. Тысячи лет назад наш великий предок Абу Али ибн Сина сказал:

«Если бы не было пыли, человек жил бы 1000 лет». Центральноазиатский

регион чувствителен и уязвим к изменениям окружающей среды. Однако в

Узбекистане, который естественным образом расположен вдали от моря и

имеет высокий уровень загрязнения, в настоящее время наблюдается

сокращение зеленых зон и выбросы токсичных веществ со строительных

площадок и промышленных зон, которые способствуют загрязнению воздуха

в стране.

Ключевые слова:

Экология, окружающая среда, загрязнение, пыль,

городской

лес,

электростатические

очистители

воздуха,

зеленая

инфраструктура

Yuzlab yillar davom etgan texnologik inqilob va jadal rivojlanishdan so‘ng

insoniyat tabiat bilan munosabatlarda inqiroz davriga yetib keldi. Har qanday

davlatning yuksak madaniyati-yu, gullab-yashnayotgan iqtisodiy yutuqlari unchalik

ahamiyat kasb etmay qoladi, agar davlatning atrof-muhiti toza bo'lmasa. Misol

tariqasida, iqtisodiy o‘sishning muntazam yuqoriligiga qaramasdan, XXI asr

boshlariga kelib, Xitoy bir qator jiddiy ekologik muammolarga duch keldi. Ekologik

sof muhitni yaratish Xitoy hukumatini oldida turgan XXI asrning asosiy vazifasi

sifatida qaraladi. Yurtimiz O‘zbekistonda ham vaziyat ancha yomonlashayotgani


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series B 2025

6

hech kimga sir emas. So‘nggi paytlarda O‘zbekiston bu masalada

butun dunyoda lider, peshqadam. Lekin bu "lider"lik bizga faqat

zarar keltiradi.

Butun dunyo bo‘ylab havo sifatini monitoring qiluvchi

AQIning ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatimiz poytaxti - Toshkent

havosi eng iflos bo‘lgan shaharlar top uchtaligidan joy olishga ulgurgan. AQI

havoni beshta asosiy zaharlovchiga ko‘ra aniqlaydi. Bular azod dioksidi, iz gazi, yer

darajasidagi azon, katta va mayda qattiq zarralar va sulfid gazlari. Bu reyting

bo‘yicha havo tozaligini 151 indeksdan oshsa bu barcha uchun birdek o‘ta zaharli.

Agar indeks 301 dan o‘tsa bu favqulodda vaziyat. Buni ekologlar kimyoviy

zavodlardagi avariyalarga tenglashtirishadi. Bundan tashqari, Jahon bankining

hisobotlariga ko‘ra, Toshkent havosidagi PM2.5 kontsentratsiyasi qish oylarida eng

yuqori ko'rsatkichlarda chiqadi va xalqaro havo sifati standartlaridan sezilarli

darajada oshadi. Toshkent shahrida PM2.5 ning o‘rtacha yillik kontsentratsiyasi

JSST tavsiya qilgan yillik o‘rtacha 5 mkg/m3 darajasidan olti baravar yuqori.

Qo‘shimchasiga, so‘nggi yillarda Toshkent shahrida havo tarkibidagi ozon,

oltingugurt dioksidi va ftorid vodorodining miqdori biroz oshdi. Bu kabi holatlar

poytaxt aglomeratsiyasi va aholi salomatligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatmoqda.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining sanoat

markazlarida (Olmaliq, Chirchiq, Angren, Ohangaron va boshqalar) onalar va

chaqaloqlar o‘limi respublikaning boshqa viloyatlaridan bir necha barobar yuqori.

Achinarlisi, ushbu o‘limninng sabablari o'smalar, yurak xurujlari, qon-tomir, asab,

ruhiy kasalliklar, nafas yo'llari kasalliklari kabi og‘ir dardlar hisoblanadi..

Shuningdek, havoning ifloslanishi Toshkentda har yili taxminan 3000 kishining

bevaqt o‘limiga olib kelishi va aholi farovonligiga salbiy ta'siri esa yiliga 488,4

million AQSh dollarini tashkil etishi mumkin. Bu ham yetmagandek, Toshkent

shahridagi havo sifati bo‘yicha ma'lumotlar va tadqiqotlar cheklangan. O'tgan yili


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series B 2025

7

ekologlardan biri Toshkentdagi havo sifati bo‘yicha vaziyatni

Ukrainaning

Chernobil

shahridagi

atom

avariyasi

bilan

tenglashtirgan edi. Shu sababli ham Toshkent shahridagi havo

sifatini har tomonlama tahlil qilish va bu muammon har tomonlamai

hal qilish zarurati tug‘iladi.

Avvalo ta'kidlab o'tish joizki, O‘zbekistonda havo sifatini yaxshilash bo‘yicha

bir nechta islohotlar amalga oshirilyabdi. Masalan, Prezident Shavkat Mirziyoyev

2024-yil 19-sentyabrda 2030-yilgacha mo‘ljallangan milliy dasturini taqdim etdi.

Dasturda "Yevro-4" standartidan past toifadagi yoqilg'ini sotish va undan

foydalanishni bosqichma-bosqich to'liq taqiqlash nazarda tutilgan. Buning uchun

Buxoro va Farg'ona neftni qayta ishlash zavodlari yuqori sifatli yoqilg'i ishlab

chiqarish bo'yicha modernizatsiya qilinadi. Xususan, Toshkent shahridagi ahvolni

yaxshilash uchun esa, 2024-yil 1-yanvardan boshlab barcha turdagi qurilish

ob'ektlarini qurishga moratoriy e'lon qilindi. Shuningdek, avtomobillarni davlat

raqamiga mos ravishda "toq va juft" kunlarda boshqarish qoidasini joriy etish, sun'iy

suv havzalarini barpo etish va atmosfera havosining sifat ko'rsatkichini doimiy e'lon

qilib boradigan tablo va monitorlar o'rnatish rejalashtirilgan. Oxirgisi lekin eng

muhimi, 2025-yil "Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot yili" deb e‘lon

qilinishi barcha islohotlarning debochasi bo‘ldi. Shunga qaramay, poytaxtimizdagi

ahvol kundan-kun yomonlashib borar ekan, vaziyat bizdan yana ham ko‘proq

harakatlarni amalga oshirishni talab qiladi. Bunda rivojlangan va o‘z sa'y-harakatlari

bilan yashil muhitni yarata olgan davlatlarning tajribalariga tayanish bu muammoni

bartaraf qilishning samarali usullaridan hisoblanadi. Quyida bit nechta mamlakat

miqyosida ko'rib chiqamiz. Birinchisi, shahar yashil hududlarini kengaytirish.

Bunda Singapur o‘zining "Shahar o'rmoni" yondashuvini amalga oshirgan va

shaharda yashil hududlarni ko'paytirish orqali havo sifatini yaxshilashga erishgan.

Bu yondashuv, ko'plab daraxtlar va o'simliklar o'rnatish bilan birga, shahar ichidagi


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series B 2025

8

havo sifatini sezilarli darajada yaxshiladi. Yondashuv o‘z oldiga

qo‘ygan maqsadlari - kamida 1 million daraxt ekish, 2025-yilga

kelib quyosh energiyasini to‘rt barobar oshirish. 2030 yilgacha

poligonga yuboriladigan chiqindilarni 30 foizga qisqartirish, 2030

yilga kelib maktablarning kamida 20 foizi ugleroddan xolis bo'lishi

kerak va yangi ro'yxatdan o'tgan barcha avtomobillar 2030 yildan boshlab toza

energiyaga ega modellarga aylanadi. Ikkinchisi, elektrostatik havo tozalagichilardir.

Ular dunyoning bir qancha davlatlarida havo tozaligini ta'minlashga xizmat qilib

kelmoqda. Masalan, AQSHda sanoat sohalarida havoni tozalash uchun qo‘llaniladi.

Yaponiyada, shuningdek, elektrostatik havo tozalagichlari ko‘plab ofislar va uylar

uchun keng qo‘llanilinadi, bu havo sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etib

kelmoqda. Uchinchisi, yashil infratuzilma va aqlli shahar rejalashtirish hisoblanadi.

Berlin va boshqa Germaniya shaharlarida aqlli shahar rejalashtirish texnologiyalari

va yashil infratuzilma konseptlari muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Masalan,

yomg'irni to'plash tizimlari va elektr transport vositalarini kengaytirish orqali havo

sifati yaxshilangan. Yana, Kopenhagen dunyodagi eng yashil va aqlli shaharlaridan

biri sifatida tanilgan. Shahar aqlli transport tizimlari va energiya samarali

infratuzilma orqali havo ifloslanishini kamaytiradi.¹²

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, ekologik muammo XXI asrning 50-yillariga

qadar O‘zbekiston hal qilishi kerak bo‘lgan eng muhimi sanaladi. Chunki, bizga

omonat qilib berilgan jannatmakon yurtimizni asrab-avaylash, uni sof holda kelajak

avlodga yetkazish asosiy burchimizdir. Bunda yuqorida ta'kidlab o‘tganimiz

hukumat tomonidan qilinayotgan va qilinishi kutilayotgan islohotlar va sa'y-

harakatlar muhim ro‘l o‘ynaydi, albatta. Biroq, buning o‘zi kamlik qiladi. Biz

kelajak avlodni tabiatga g'amxo'r, uning taqdiri haqida qayg‘uradigan insonlar qilib

tarbiyalab yetkazishimiz lozim. Nafaqat ularga buni uqtirishimiz, avvalo, o‘zimizda

ana shunday dunyoqarashning shakllantirishimiz, o'zimizni isloh qilishimiz kerak.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series B 2025

9

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1. Formal site ofAir quality in the world //

https://www.iqair.com/uzbekistan/toshkent-shahri/tashkent

2. Air Quality Assessment for Tashkent and the Roadmap for

Air Quality Management Improvement in Uzbekistan. The World

Bank group. 2024 //

https://www.worldbank.org/en/country/uzbekistan/publication/air-quality-
assessment-for-tashkent

3. Komilova Nilufar, Ds., associated professor, Department of Geography

National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek. ECOLOGICAL
SITUATION OF TASHKENT REGION AND ITS IMPACT ON PUBLIC
HEALTH. P-57-59 //

https://cyberleninka.ru/article/n/ecological-situation-of-

tashkent-region-and-its-impact-on-public-health/viewer

4.Formal site of International Atomic Energy Agency //

https://www.iaea.org/newscenter/focus/chernobyl/faqs

5. Abduqahhor K. Prezident matbuot xizmati.

Prezident Toshkentda chang

bo‘ronlariga qarshi kurashish va havo sifatini yaxshilash chora-tadbirlari
bilan tanishdi //

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/19/ecology/?utm_source

6.

Toshkent shahri havosini nimalar ifloslayapti va uni qanday

yaxshilash mumkin? . 2024. //

https://kun.uz/news/2024/01/04/toshkent-shahri-

havosini-nimalar-ifloslayapti-va-uni-qanday-yaxshilash-mumkin-ozgidromet-
tahlillarini-elon-qildi?utm_source

7. 2024 Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki/Jahon banki.1818 H street NW

Vashington DC 20433. TOSHKENT SHAHRIDA HAVO SIFATINI BAHOLASH.

2024 //

https://openknowledge.worldbank.org/bitstreams/178ce294-c828-4b5b-

b966-e5268ceb3d13/download?utm_source

Библиографические ссылки

Formal site ofAir quality in the world // https://www.iqair.com/uzbekistan/toshkent-shahri/tashkent

Air Quality Assessment for Tashkent and the Roadmap for Air Quality Management Improvement in Uzbekistan. The World Bank group. 2024 // https://www.worldbank.org/en/country/uzbekistan/publication/air-quality-assessment-for-tashkent

Komilova Nilufar, Ds., associated professor, Department of Geography National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek. ECOLOGICAL SITUATION OF TASHKENT REGION AND ITS IMPACT ON PUBLIC HEALTH. P-57-59 // https://cyberleninka.ru/article/n/ecological-situation-of-tashkent-region-and-its-impact-on-public-health/viewer

Formal site of International Atomic Energy Agency // https://www.iaea.org/newscenter/focus/chernobyl/faqs

Abduqahhor K. Prezident matbuot xizmati. Prezident Toshkentda chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va havo sifatini yaxshilash chora-tadbirlari bilan tanishdi // https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/19/ecology/?utm_source

Toshkent shahri havosini nimalar ifloslayapti va uni qanday yaxshilash mumkin? . 2024. // https://kun.uz/news/2024/01/04/toshkent-shahri-havosini-nimalar-ifloslayapti-va-uni-qanday-yaxshilash-mumkin-ozgidromet-tahlillarini-elon-qildi?utm_source

2024 Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki/Jahon banki.1818 H street NW Vashington DC 20433. TOSHKENT SHAHRIDA HAVO SIFATINI BAHOLASH. 2024 // https://openknowledge.worldbank.org/bitstreams/178ce294-c828-4b5b-b966-e5268ceb3d13/download?utm_source