XALQARO NIZOLARDA ARBITRAJ VA MEDIATSIYA: SAMARADORLIK VA CHEKLOVLAR

Annotasiya

Muallif mazkur maqolani xalqaro amaliyot va ilmiy nazariyalar asosida ikki institut — arbitraj va mediatsiyaning — nizolarni samarali va adolatli hal qilishdagi o‘rnini chuqur tahlil qiladi. Arbitrajning huquqiy kuchi, ijro etilishi va mustaqilligi, mediatsiyaning esa moslashuvchanligi hamda vaqt va mablag‘ni tejashdagi ustunliklari yoritiladi. Shu bilan birga, arbitraj xarajatlarining yuqoriligi va mediatsiya kelishuvlarining odatda majburiy kuchga ega emasligi kabi cheklovlar muhokama qilinadi. Maqola xalqaro amaliyot va ilmiy manbalar tahliliga tayangan holda ushbu institutlarning afzalliklari va chegaralarini baholashga qaratilgan.

Journal of analytical synergy and scientific horizon
Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Xamidova , O. (2025). XALQARO NIZOLARDA ARBITRAJ VA MEDIATSIYA: SAMARADORLIK VA CHEKLOVLAR. Journal of Analytical Synergy and Scientific Horizon, 1(6), 45–61. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/jassh/article/view/136284
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Muallif mazkur maqolani xalqaro amaliyot va ilmiy nazariyalar asosida ikki institut — arbitraj va mediatsiyaning — nizolarni samarali va adolatli hal qilishdagi o‘rnini chuqur tahlil qiladi. Arbitrajning huquqiy kuchi, ijro etilishi va mustaqilligi, mediatsiyaning esa moslashuvchanligi hamda vaqt va mablag‘ni tejashdagi ustunliklari yoritiladi. Shu bilan birga, arbitraj xarajatlarining yuqoriligi va mediatsiya kelishuvlarining odatda majburiy kuchga ega emasligi kabi cheklovlar muhokama qilinadi. Maqola xalqaro amaliyot va ilmiy manbalar tahliliga tayangan holda ushbu institutlarning afzalliklari va chegaralarini baholashga qaratilgan.


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 6

45

XALQARO NIZOLARDA ARBITRAJ VA MEDIATSIYA:

SAMARADORLIK VA CHEKLOVLAR

Talaba: Xamidova Odina Shavkat qizi

Jinoiy odil sudlov fakulteti 2-kurs talabasi

E-mail:

oydinahamidova2005@gmail.com

Telefon: +998941934008

Annotatsiya

: Muallif mazkur maqolani xalqaro amaliyot va ilmiy nazariyalar

asosida ikki institut

arbitraj va mediatsiyaning

nizolarni samarali va adolatli

hal qilishdagi o‘rnini chuqur tahlil qiladi.

Arbitrajning huquqiy kuchi, ijro etilishi va

mustaqilligi, mediatsiyaning esa moslashuvchanligi hamda vaqt va mablag‘ni

tejashdagi ustunliklari yoritiladi. Shu bilan birga, arbitraj xarajatlarining yuqoriligi

va mediatsiya kelishuvlarining odatda majburiy kuchga ega emasligi kabi cheklovlar

muhokama qilinadi. Maqola xalqaro amaliyot va ilmiy manbalar tahliliga tayangan

holda ushbu institutlarning afzalliklari va chegaralarini baholashga qaratilgan.

A

ннотации:

Автор анализирует роль арбитража и медиации в

эффективном и справедливом разрешении споров, опираясь на

международную практику и научные теории. Подчеркиваются сильные

стороны арбитража —

его юридическая сила, исполнимость и независимость,

а также преимущества медиации —

гибкость, экономия времени и средств. В

то же время отмечаются и проблемы: высокая стоимость арбитража и

необязательный характер решений медиации. В целом аннотация показывает,

что статья направлена на анализ роли этих двух институтов в обеспечении

справедливости и эффективности разрешения споров на основе

международной практики и научных источников.


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 6

46

Annotation:

The author analyzes the role of arbitration and

mediation in the effective and fair resolution of disputes, drawing

upon international practice and scholarly theories. The strengths of

arbitration

such as its legal force, enforceability, and

independence

are emphasized, while the advantages of mediation

its flexibility,

cost-effectiveness, and time-saving nature

are also highlighted. At the same time,

the article addresses the challenges of both institutions, noting the high costs of

arbitration and the non-binding nature of mediation decisions. Overall, the

annotation demonstrates that the article is aimed at analyzing, based on international

practice and academic sources, how these two institutions contribute to achieving

justice and efficiency in dispute resolution.

Kalit so‘zlar:

xalqaro nizolar, arbitraj, mediatsiya, samaradorlik, cheklovlar,

huquqiy kuch, moslashuvchanlik

Ключевые слова:

международные споры, арбитраж, медиация,

эффективность, ограничения, юридическая сила, гибкость

Keywords:

international disputes, arbitration, mediation, effectiveness,

limitations, legal force, flexibility

Dunyoda millatlar, xalqlar va davlatlar o`rtasida tinchlik va hamkorlikni

ta’minlash juda katta ah

amiyatga ega hisoblanadi. Zero, tinchlik tufayli insoniyat

yashashda davom etadi. Ushbu maqsadlarni amalga oshrish uchun juda ko`p sa’y

-

harakat qilinayotganligiga qaramay, xalqaro maydonda hali-hanuzgacha nizolar

vujudga kelmoqda va davom etmoqda. Davlat, xalqlar o`z huquq va manfaatlari

yuzasidan bir-birlari bilan nizolashish bilan bir qatorda huquq va manfaatlarini

buzmoqdalar. Bunday kelishmovchiliklarini samarali hal etish uchun yillar va asrlar


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 6

47

davomida bir qancha usullar, yo`llar ishlab chiqilgan bo`lib, ana shu

usull

ardan biri ularni arbitraj va mediatsiya yo’li bilan ko’rib chiqib

yechim topish hisoblanadi.

Xalqaro nizolarni yuqorida keltirilgan usullar bilan hal etilishiga

to`xtalishdan avval, xalqaro nizo tushunch

asiga to’xtalib o’

tsak. Xalqaro nizo

tushunchasiga bir qator ta’riflar berilgan bo’

lib, ulardan eng birinchisi 1924-yil 30-

avgust kuni Mavrommatis Falastinning imtiyozlar ishi bo

yicha Xalqaro doimiy

sudning (PCIJ)

qarori qabul qilingan bo’lib, ana shu sud qarorida xalqaro nizo

tushunchasiga ta’rif berilgan. Unga ko`ra:” Qonun yoki fakt bo`yicha

kelishmovchilik yoki ikki xalqaro subyektning huquqiy qarashlari va manfaatlari

to`qnashuvi”

bu xalqaro nizo etib belgilangan. Bundan tashqari, Xalqaro Sud (ICJ)

1950-yil 30-

mart kuni “Bolgariya, Ruminiya va Vengiya bilan

tuzilgan tinchlik

shartnomasi”

ning talqiniga yuzasidan vujudga kelgan ishni ko`rib chiqish

jarayonida

, sud xalqaro nizoga nisbatan shunday sharh bergan:” Xa

lqaro nizo bu

shartnomaviy majburiyatlarni bajarish yoki bajarmaslik masalasi yuzasidan ikki

taraf mutlaq qarama-

qarshi firklarga ega bo`lgan vaziyat”.

Xalqaro nizolar atamasi ikki xil ma’zoda

qo`llaniladi:

keng va tor ma’no

lar.

Tor ma’nodagi xalqaro nizolar deganda, aniq bir masala yuzasidan ishtirokchi

taraflar o`rtasida yetarlicha ravshan bo`lgan o`zaro da’volar va aniq predmet bilan

bo`g`lik vaziyatlar tushuniladi. Bu shuni anglatadiki, ikki davlat kelishmovchilikka

nisbatan o`z talablarini aniq ifoda

laydi, uning yuzaga kelish predmeti aniq bo’ladi.

Misol uchun hududiy da’volar yoki xalqaro shartnomalarning talqini bo’yich

a

da’volardir. Ikkinchi, keng ma’noda

dagi xalqaro nizolar esa davlatlararo

munosabaatlar yuzasidan vuj

udga keladi va asosan uning ko’lami nisbat

an kengroq

bo’ladi. Ya’ni yuqari

dagi misollar kabi aniq bir predmet yuzasidan kelib chiqadigan

da’vo hisoblanmaydi. Falastin va Isroil davlatlari o`rtasida yuzaga kelgan nizo ham

bunga yorqin misol bo`la oladi. Sababi, ushbu nizoning vujudga kelishi uzoq yillar


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 6

48

davom etgan va ikki davlat o`rtasidagi munosabatlarga siyosiy,

iqtisodiy, diniy omillar ham birdek ta’s

ir etgan. Bundan tashqari,

dastavval ikki davlat o`rtasida yuzaga kelgan bo`lsa, keyinchalik

ushbu mojaro Arab davlatlari, Xalqaro tashkilotlar, AQSHni ham

o`ziga jalb etdi.

Butun insoniyat uchun tinchlik va xavfsizlik

ni ta’minlash maqsadida, yuzaga

keladigan nizolarni tinch yo’l bilan hal etish choralari ko`rilgan.

Xalqaro huquqda

nizolarni tinch yo`l bilan hal qilish prinsipi mavjud bo`lib, unga ko`ra davlatlar

o`rtasida vujudga kelgan nizolarni xalqaro tinchlik, xavfsizlik va adolatni xavf ostida

qo`ymaslik uchun tinch yo`llar bilan hal etislihi lozim ekanligi belgilangan. Odatda,

xalqaro maydonda davlatlar o`rtasida o`z huquq va manfaatlari yuzasidan turli

kelishmovchiliklar bilan yuz beradi. Shuning uchun bu prinsipni davlatlarga

nisbatan ko`proq qo`llanishini anglatadi. Lekin bu degani, xalqaro huquqning

boshqa subyektlariga nisbatan qo`llanilmasligini anglatmaydi. Prinsip barcha uchun

ahamiyatga molik bo`lgani sababli, u bir qancha xalqaro hujjatlar bilan

kafolatlangan. Jumladan, 1928-

yil ”

Urushdan voz kechish to`g`risidagi umumiy

shartnoma

” (Kellogg

-Briand pakti)

qabul qilingan bo`lib, uning 2-

moddasida:”

Oliy Ahdlashuvchi taraflar ularning o`rtasida yuzaga keladigan nizolar har qanday

xususiyatdan yoki kelib chiqish sababidan qat`i nazar, ularni hal etish faqat tinch

yo`l bilan amalga oshirishga rozi bo`ladilar”.

Ushbu shartnomaning qabul

qilinishining asosiy maqsad kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan har qanday

nizolarni; ular joyi, sharoiti yoki kelib chiqish xususiyatidan qat’it nazar, ishtirokchi

davlatlar faqat tinch yo`l bilan, o`zaro kelishgan holda hal qilishlari lozim ekanligini

nazarda tutardi. Chunki shartnoma Birinchi Jahon Urushidan so`ng mavjud ahvolni

qayta sodir etilishi oldining olish uchun tuzilgandi. Shuningdek

, BMT Ustav

ining

2-moddasi 3-

bandida “

Birlashgan Millatlar Tash

kilotining barcha A’zolari xalqaro

tinchlik, xavfsizlik va adolatni tahdid ostida qo`ymaslik uchun o`zlarining xalqaro


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 6

49

nizolarini tinchlik vos

italari bilan hal qiladilar” deb

belgilangan.

Hozirgi kunda T

ashkilotga a’zo davlatlar 193 tani tashkil etadi.

Ushbu davlatlar o`zaro tinchlik va xavfsizlikni ta`minlagan holda

tashqi siyosatni amalga oshirish majburiyatini oladilar. Jumladan,

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasi 2-qismiga muvofiq

davlatimiz o`z tashqi siyosatini davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik

yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy

yaxlitligi,

nizolarni tinch yo`l bilan hal qilish

, bosh qavlatlarning ichki ishlariga

ralashmaslik prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa

prinsip va normalariga asoslangan holda olib borishini borishi tasdiqlangan.

Hattoki,

Tashkilotga a’zo bo`lmagan davlatlarga nisbatan ham ushbu tamoyil

qo`llaniladi. Chunki Ustavning 2-moddasining 6-

bandiga ko`ra: “

Tashkilotga

o`ziga A’zo bo’lmagan davlatlarning shu prinsiplar asosida harakat qilishlarini

ta`minlaydi, zero bu xalqaro tinchlik va x

avfsizlikni ta’mila

sh uchun zarur bo`lishi

mumkin

”, deb belgilangan

Xalqaro nizolar aslini olib qaraydigan bo`lsak, xalqaro munosabatlar bilan

chambarchas bo`g`liqdir. Sababi shundaki, xalqaro subyektlar qachonki xalqaro

maydonda o`zaro munosabatga kirishsagina, ana shu munosabat yuzasidan turli xil

kelishmovchilik yoki nizolar kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun ham ko`plab

huquqshunos olimlar nizolarni hal etish bo`yicha xalqaro munosabatlarning

nazariyalariga tayangan holda o`z fikr va qarashlarini izhor etadilar. Nizolarni hal

etish bo`yicha ko`plab nazariyalar mavjud. Bular

realism, liberalism,

konstruktivizm

kabilar kiradi.

Realizm

nazariyasi davlatni xalqaro munosabatning asosoiy aktori etib belgilaydi.

Aslida ushbu nazariya klassik realism va neoliberalizmning bo’linmasidan iborat.

Nazariyaning ilgari surilishi Ikkinchi Jahon Urushi davrlariga borib taqaladi. Chunki

aynan shu davrdan boshlab, dunyodagi mavjud tartiblarning o’zgarishlarga nisbatn


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 6

50

berilgan javob sifatida namoyon bo’ldi. Endlikda, “

kuch

” barcha

davlatlar uchun birdek muhim vosita bo’lib qoldi. Ushbu nazariya

asoschilari hsiobalnagan

Hans Morgentau va Kennet Uolts

o`z

izlanishlari natijasida ko`plab tamoyillarni ishlab chiqishgan. Unga

ko`ra, inson tabiatan “

kuch

”ga o`ch hisoblanishi, har qanday vaziyatda faqat kuch

va manfaat ortidan quvishi haqida fikrlar keltirib o`tilgan. Bundan kelib chiqadiki,

xalqaro munosabatlar yuzasidan davlatlar kuchli siyosat olib borish yo`li bilan faqat

manfaat ko`rishni o`z oldiga maqsad qilib olgan. Shu bilan bir qatorda, yuzaga

keladigan kelishmovchiliklarni ham aynan shu kuch yordamida (

urush e’lon qilish)

hal etishni nazarda tutgan.

Keyingi nazariya

liberalizm

deb nomlanib,

u realizmdan avvla tashkil topgan, ya’ni

Birinchi jahon urushidan keyin. Naza

riya asoschilaridan bo’lgan

Jonn Lok, Adam

Smit, Sharl Monsteskye, Volter va Kant

kabi huquqshunos olimlarning fikriga

ko`ra, inson tug`ilgan zahotiyoq yashash erk va baxtli bo’lish kabi daxlsiz

huquqlarga ega bo`lgani kabi xalqaro munosabatlarda davlatlar ham o`z maqomini

saqlash, huquq va majburiyatlar jihatidan tengligini ilgari surganlar. Uning

ahamiyatli jihati shundan iboratki, xalqaro munosabalarda davlatdan xalqaro

tinchlik va hamkorlikni saqlagan holda o`z xatti-harakatlarini amalga oshirishlari

zarurligi va yuzaga keladigan nizolarni ham aynan tinchlik yo`li bilan hal etilishi

lozim ekanligi belgilangan edi. Ushbu maqsadni amalga oshirish maqsadida

keyinchalik Millatlar Ligasi ham tashkil etilgandi. Afsuski, Ikkinchi jahon

urushining boshlanishi ushbu Tashkilotning harakatlarini katta shubha ostida

qoldirdi va natijada realizm nazariyasi keng yoyila boshladi.

Konstruktvizim nazariyasiga

to`xtaladigan bo`lsak, yuqaorida keltirilgan

ikkita nazariydan tubdan farq qiladi. Ushbu nazariya

Aleksard Vent (1958)

tomonidan atroflicha o`rganilgan bo`lib, uning so`zlariga qaraganda,

Britaniyaning

500 ta yadro quroli Amerika Qo`shma Shtatlari uchun Shimoliy Koreyaning beshta


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 6

51

yadro qurolidan ko`ra kamroq tahdid solidi

” degan tushuncha ilgari

surilgan. Ushbu jumla orqali AQSH Buyuk Britaniyani o`zining

do`sti sifati ko`rishi, Shimoliy Koreyani esa dushman sifatida

ko`rishi ularning o`rtasida vujudga keladigan munosabatlarga juda

katta ta’sir o`tkazadi.

Bundan shuni tushunish mumkinki, davlatning o`z

dunyoqarashi va g`oyalaridan kelib chiqqan holda xalqaro munosabatlarni

o`rnatishni nazarda tutadi. Konstruktivizm xalqaro munosabatlarda faqatgina

“kuch” yoki manfaat ustun emas, bal

ki subyektlarning umumiy g`oyalari va tarixiy

qadriyatlari ham muhim ekanligini ilgari suruvchi nazariyadir. Bu yo`l xalqaro

nizolarni hal etish muloqot qilish yo`li bilan bir-birlarini tushunish va umumiy

qadriyatlar asosida nizolarni bartaraf etishga intilishni hosil qiladi.

Endilikda, xalqaro nizolarni hal etishning bir qancha turlariga to`xtalib o`tsak.

Ular haqida

Birlashgan Millatalar Tashkiloti Ustaviga muvofiq davlatlar o`rtasida

do`stona munosabatlar va hamkorlik tamoyillari to`g`risida deklaratsiya

da

keltirilgan. Ushbu shartnoma Ustavning 6-

bobi “Nizolarni tinch yo’l bilan hal etish”

33-moddasiga muvofiq qabul qilingan. Nizolarni tinch yo`l bilan hal etish vositalari

deganda, xalqaro huquq subyektlari o`rtasidagi nizolarni biror shaklda majburlov

ishlatmay turib, xalqaro huquq prinsiplariga mos ravishda hal etish tartibi

tushuniladi. Ana shu moddada taraflar o`rtasida yuzaga kelgan nizolarni xalqaro

tinchlik va xavfsizlikni saqlagan holda, avvalo, nizoni muzokaralar yordamida

yuritish, tekshirish, vositachilik ( mediatsiya), yarashish, arbitraj, sud yo’

li

bilan hal etish yoki mintaqaviy organlar bilan yoki bitimlarga murojaat qiish

yoki o’z xoshishlariga ko’ra, boshqa tinchlik vositalari

bilan bartaraf etishga

intilishlari lozim ekanligi belgilangan. Demak, xalqaro huquqning subyekti bo`lgan

davlatlar vujudga kelgan barcha nizolarni birinchi navbatda yuqorida keltirilgan

usullardan foydalangan holda hal etishlari shart. Bu yo`l orqali ular ushbu nizolarni

hal etish jarayonidan turli qurolli mojarolar va kelajakda sodir bo`lishi mumkin


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 6

52

bo`lgan halokatlarni oldini olish majburiyatini olishlarini bildiradi.

Shu bilan birga dunyoda tinchlik va hamkorlikni ta’

minlashga

xizmat qiladi. Bulardan birinchisi

muzokaralar yuritish

bo’lib, unda

taraflar yuzaga kelgan nizolar yuzasidan uchinchi tarafning

aralashuvisiz o`zaro maslahatlashgan holda hal etishni nazarda tutadi. Ushbu

vaziyatda tarfalar o`z huquq va majburiyatlarini vijdonan amalga oshirishlari, hech

qanday ultimatum shartlari, majburlash va tahdidlardan holi olib borilishi kerak.

Yana bir turi esa

tekshiruv

hisoblanadi. unga ko’ra tar

aflar o`rtasidagi

kelishmovchiliklar yuzasidan mavjud vaziyatga aloqador barcha holatlarni

tekshirishni nazarda tutadi.

Bunda tegishli davlatlar ba’zi hollarda esa xalqaro

tashlikotning vakili yoki uchinchi davlatlar ishtirokida teng va maxsus kelishuvga

asoslangan holda xalqaro tergov komissiyasi tashkil qilinib, komissiya tuzish tartibi

muddatlari, vakolatlar doirasi va boshqalar belgilanadi.

Yarashtirish usuli

yuzaga kelgan nizoga nisbatan tegishli bo’lgan barcha faktik

holatlarni aniqlagan holda, taraflarga aniq tavsiyalar ishlab chiqishni ham o`z ichiga

oladi. 1928-yil 26-

sentabr kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida “

Xalqaro

nizolarni tinch yo`l bilan hal etish to`g`risida” gi

Umumiy Akt

qabul qilingan bo’

lib,

hujjatning 1-moddasida har qanday nizolar agar diplomatik yo`l bilan hal etib

bo`lmasa, AKTning 39-moddasiga muvofiq (nizolarni yarashtirish yo`li bilan ko`irb

chilishini istisno etuvchi holatlar) ushbu bobda belgilangan shartlar asosida

yarashtirish tartibida ko`rib chilishi belgilangan. Uning 2-moddasida taraflar

o`rtasida yuzaga keladigan har qanday turdagi nizolar ular tomonidan tuzilgan

doimiy yoki maxsus Yarashtiruv Komissiyalarida ko`rib chiqilishi belgilangan.

So`rovnoma o`tkazish (faktlarni aniqlash)

tartibi nizo negizida yotgan faktlarni,

xususan bitim yoki shartnoma yoki unga unga aloqador bo`lgan boshqa turdagi

hujjatlarni haqiqiyligi dahl qiluvchi faktlarni aniqlash zarurati yuzaga kelganda

qo’llaniladigan protseduradir.

Taraflar o`zlari kelishgan holda faklarni tekshirish


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 6

53

uchun qo’shma komissiya tuzadilar va unda uchinchi taraf yoki

xalqaros tashkilot vakili ham ishtirok etishi mumkin. Bu tartib

yuzasidan

1963-yil 16-

dekabrida “ Faktlarni aniqlash usullari

to`g`risida malasalar” BMT Bosh Assambleyasining Rezolutsiyasi

qabul qilingan.

Yana bir usuli

sud muhokamasi

bo’lib, unda taraflar o`rtasida yuzaga kelgan

nizo ustidan tegishli tartibda xalqaro sudlarga murojaat etishlari mumkin. Odil

sudlovni amalga oshirish maqsadida doimiy tartibda va aniq tarkib asosida tashkil

etiladi. Jumladan, BMT Ustavida keltirilgan Xalqaro sud hham 15 nafar sudyadan

tashkil topgan va doimiy tartibda faoliyat olib boradi. Yana misol qilib, Inson

huquqlari bo’yicha Yevropa Sudi,

Yevropa Hamjamiyati Sudi, Inson huquqlari

bo`yicha Amerika Sudlarini keltirishimiz mumkin.

Xalqaro nizolarni tinch yo’l bilan hal etish mediatsiya turi ham juda samarali

hisoblanadi.

Mediatsiya

bu, xalqaro munosabatlarda taraflar o’rtasida yuzaga

keladigan nizolarni

vositachi

ya’ni

mediator

tomonidan tinch yo`l bilan hal etilishi

tushuniladi. Shunining uchun ushbu atma o`rnida ba’zan

vositachilik

so’z ham

qo`llaniladi. Sacvan Bercovitch

Fikriga ko’ra: “

Mediatsiya nizolarni boshqarish

jarayoni hisoblanadi, ayni paytda muzokalar olib borish tartibidan tubdan farq qiladi.

Bunda nizolashayotgan tomonlar begona bir shaxsdan (individ, tashkilot, davlat yoki

guruh) muammoni hal etish yuzasidan yordam so`raydi. Buni ular jismoniy kuch

yoki qonun vakolatiga ega bo`lganlarga murojaat qilmasdan amalga oshirishlarida

o`z ifodasini topadi”

.

Demak, mediatsiya muzokalar olib borishga o’xshab ketishi

mumkin. Lekin vositachilikda taraflar nizoni hal etish uchun umuman begona

bo’lgan shaxs yoki davlatda

n uni hal etishni maqsadida yordam so`raydilar.

Muzokaralarda esa buning teskarisi sodir bo`ladi, ya’ni taraflar o`zaro kelishgan

holda o`z vakillarni tanlaydilar. Unda Uchinchi shaxslar ishtirok etishmaydi.

Blakening huquqiy lug`atida,

mediatsiya _

aralashuv; vositachilik

; ikkita


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 6

54

bahslashuvchi tomon o`rtasida ularni yaratirish yoki nizolarni hal

qilishga ko`ndirish maqsadida uchinchi shaxsning amalga

oshiruvchi harakati. Xalqaro huquqda bu atama bir davlatning

boshqa davlatlarning nizolariga do`stona aralashuvi, ularning ta’siri

va qiyinchiliklarini bartaraf etish orqali xalqao hamjamiyatda tinchlikni saqlash

maqsadida qo`llanilishi keltirilgan”.

Mediatsiya yo`li bilan nizolarni hal etish ilk bor

“Xalqaro nizolarni tinch yo’l bilan hal qilishdagi 1899

- va 1907-

yillar”dagi Gaaga

Konvensiyasida keltrilgan. Uning 2-moddasida nizolarni qurolli kuch bilan hal

qilishdan avval xayrli xizmatlar yoki

vositachilikka

murojaat etishga rozi

bo’

linganligi belgilangan.

Xalqaro nizolarni mediatsiya yo’li bi

lan hal etishning bir qancha afzalliklari

mavjud. Mediatsiyaning eng muhim afzalliklaridan biri bu nizolarni hal etishda

hamkorlik ta’minlash va qarama

-qarshiliklarni oldini olish

ga xizmat qiladi. Sud

muhokamasi yoki arbitrajdan farqli o`laroq, mediatsiyada o’zaro yechimlar topishga

qaratilgan bo’ladi. Nizo sudda ko’rilganda, natijalar asosan g`olib va mag’lublikdan

iborat bo’lib qoladi. Shunda bir taraf ikkinchi tarafga ma’lum ish

ni bararish

majburiyatini olishini nazarda tutish mumkin. Vositachilik orqali hal qilishda esa,

taraflar o’rtasida do`stona munosbatlarni saqlash va shu bilan birga uz

oq muddatli

hamkorlikni ta’minl

ash imkoni beradi. Chunki ushbu yo`l orqali ikkila taraf uchun

ma’qul bo’ladigan yechimni topishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Ya’ni bunda

ikki taraf ham yutqazmaydi.

Yana bir muhim afzalligi shundaki, mediatsiya nizolarni hal qilishning

tezkorlik

bilan amalga oshirlishini ta’minlaydi. Xalqaro sudlar yoki arbitrajlarda

ularni hal etish uzoq muddatli protseduralarni o`z ichiga qamrab oladi. Natijada, juda

ko`p miqdorda vaqt va mablag` sarflanadi va bu vaqt ichida nizolashyotgan taraflar

hatto boshqa bir masalalar ham yuzasidan kelishmovchiliklarga duch kelishlari ham

mumkin. Ortiqcha vaqt va mag`labni tejash orqali boshqa turdagi masalalarni hal


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 6

55

etish imkoniga ega bo’ladilar.

Bundan tashqari, mediatsiya

majlislarida olib borilgan ishlar

maxfiylik

ka tayangan holda ish olib

boriladi. Xalqaro sud muhokamalari esa ommaviy va ochiq bo’lishi,

shu bilan bir qatorda bu vaziyat taraflarni noqulay ahvolga solib

qo`yishi ham mumkin. Mediatsiya orqali hal etish tomonlarga o`zlari uchun ma’qul

bo`lgan yechimlarni qabul qilish va xavotirlarini cheklamangan holda ovoz berish

imkoniga ega bo`ladilar. Bu usul orqali ular o`rtasidagi do`stona munosabatlar

saqlash imkoni yaratish mumkin.

Mediatsiya o`ziga xos afzalliklari bilan bir qatorda bir qancha kamchiliklari

ham mavjuddir. Birinchidan, mediatsiya majlislarida qabul qilingan qarorlar

tavsiyaviy xarakterga

ega ekanligi hisoblandi. Sud yoki arbitrajlarda chiqarilgan

qarorlarni bajarmaganlik yuzasidan huquqiy oqibat kelib chiqadigan bo’lsa,

mediatsiyada ushbu holat vujudga kelmaydi. Ushbu qarorlar qat’iy o`rnatilmagan

hisoblanadi. Jumladan, “Xalqaro nizolarni

tinch yo’l bilan hal qilishdagi 1899

- va

1907-

yillar”

dagi

Gaaga

Konvensiyasining

6-moddasida

vositachilik,

nizolashayotgan taraflarning iltimosiga binoan yoki unga aloqador bo`lmagan

boshqa taraflar tashabbusi bilan amalga oshirilgan taqdirda, faqat maslahat

xarakteriga ega bo’l

ishi va hech qandy majburiy kuchga ega emasligi belgilab

qo`yilgan. Bunday vaziyatda vositachilik yo`li bilan hal etilgandan so`ng ham

taraflar o`rtasida nizo davom etishiga olib kelishi mumkinligi xavfini orttiradi.

Ikkinchidan, mediatsiyani amalga oshirishning tartibi alohida

xalqaro huquqiy

hujjat bilan tartibga solinmaganligi

dir. 1899-1907 yillardagi Vena konvensiya ham

faqat xalqaro nizolarni tinch yo`l bilan hal etishga qaratilgan usullar haqida gap

boradi. Lekin ushbu hujjat mediatsiya tuzish tartibi, olib borilishi, ishni olib

boruvchi shaxslarga qo’yilgan talablar, muddat

lari, qabul qilingan qarorlar

yuzasidan yuzaga keladigan oqibatlar haqida hech qanday ma’lumot mavjud emas.

Hozirgi kunda ana shu hujjatdan so`ng, 2019 yil 12-sentabr kuni imzolangan


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 6

56

“Birlashgan Millatlar Tashkilotining

Mediatsiya bo`yicha xalqaro

kelishuvlar to`g`risidagi konven

siyasi” (Singapur Mediatsiya

to`g`risidagi konvensiya) mavjud. Lekin ushbu konvensiya faqat

xalqaro tijorat va savdo masalalari bo`yicha yuzaga kelgan nizolarni

ko`rib chiqish uchun mo`ljallangan. Lekin, xalqaro maydonda turli xildagi nizolar

mavjud. Agar hududiy nizo kelib chiqadigan bo’lsa, uni bu konvensiya bilan hal etib

bo’lmaydi.

Uchinchidan,

xolislikning xavfi ostida qolishi

. Odatda, tomonlar nizoni hal

etish uchun begona shaxs, davlat yoki tashkilotga murojaat etadilar. Bunda uchinchi

taraf o`z manfaatlarni o`ylab, bir tarafga yon bosishi mumkin bo`lib qoladi. Chunki

vositachi bu yo`l orqali ma’lum bir maqsadga erishishni ko`zlashi ham mumkin.

Ya’ni ishni xolisona amalga oshirish tamoyi

li buzilishiga olib kelishi mumkin.

Natijada,

nizo hal etilishi o’rniga yana kengroq avj olishiga olib kelishi mumkin.

Garchi, mana shunday kamchiliklarga ega bo`lganiga qaramay hozirgi kunga

qadar, mediatsiya bilan bir qancha nizolar hal etilgan. Misol uchun, 1966-yil 10-

yanvar kuni Toshkentda Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik mojaro

hisoblangan Hindiston va Pokiston o‘rtasida hududiy nizolar bo‘yicha kelishuv

bitimi imzolangan edi. Mojaro Hindistonning musulmonlarning ko`pchilik qismi

yashaydigan Kashmir shahri ustidan qilgan siyosati sabab bo`ladi. SSSR Vazirlar

Kengashi Raisi Aleksey Kosigin ushbu masalani hal etishda yetakchi ro`l o`ynagan

va bunga taraflar ham rozilik bildirishgan. Muzokaralarni olib borishda juda

qiyinlikka duch kelinadi, taraflar bir-birlarini ayblaydilar. Lekin harakatlar

samarasiz ketmaydi. Natijada, ikki davlat o`rtasidagi nizo barham topadi. Bundan

shuni ko`rishimiz mumkin, vositachilik usuli bila hal etish davlatlar o`rtasidagi

munosabatlarni saqlash bila bir qatorda, nizoni tezkorlik va samarali usulda hal etish

uchun muhim ro`l o`ynaydi.


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 6

57

Xalqaro maydonda vujudga keladigan nizolarni tinch yo’l bilan

hal etishning yana bir samarali yo’li bu arbitrajdir.

Xalqaro arbitraj

bu nizolashayotgan shaxslarning ixtiyoriy roziliklari bilan nizoni hal

etish maqsadida uchinchi shaxsga hakam qilish uchun topshirish

tushuniladi. Bunda mediatsiyadan farqli ravishda unda qabul qilingan qarorlar

taraflar uchun majburiy hisoblanadi. Xalqaro arbitrajlarning kelib chiqishi 1794-

yildagi Angliya-

Amerika do’stlik, savdo va navigatsiya to`g`risidagi shartnoma

“Djey kelishuvi” uchta aralash komissiya tuzishdan boshlangan.

1899-1907

yillardagi Vena konvensiyasida xalqaro arbitraj keltirilgan bo`lib, uning 16-

moddasiga ko’ra:” huquqiy xususiyatga ega bo’lgan masalala

r, xususan xalqaro

konvensiyalar

ni talqin qilish yoki qo’llashda, imzolash huquqiga ega bo’lganlar

tomonidan diplomatik yo`l bilan hal qilina olinmagan nizolarni hel etishda eng

samarali va ayni paytda eng adolatli

usul sifatida arbitraj tan olinadi”, deb

belgilangan.

Bugungi kunga qadar

arbitrajning tuzilishi, qo’llanilishini

o`rganish natijasida

ko`plab nazariyalar vujudga keldi. Ammo ulardan faqat ayrimlari to`liq shakllandi.

Bularga shartnomaviy nazariya, yurisdiksiyaviy nazariya, gibrid ( aralash) nazariya

kiradi. Birinchi yurisdiksiyaviy (huquqiy)

nazariya ko’ra nizoni k

o`rib chiqishda

milliy qonunchilik juda katta ahamiyatga ega ekanliklari haqida fikrni ilgari

surishadi. Bunda davlat juda katta o`rin egallaydi. Ushbu nazariyga ko

’ra tara

flar

nizoni sud muhokamasi orqali hal etmasdan, arbitraj orqali hal etishni nazarda tutsa

ham, lekin bu huquq ularga davlat tomonidan berilishini anglatadi. Hakamlar davlat

tomonidan berilgan huquqiy asoslarga ko`ra o`z faoliyatlarini amalga oshiradilar.

Bu yo`l orqali davlat arbitraj ustidan nazarat o`rnatishi va hakamlarnng

mustaqilligiga qisman cheklovlar kiritishga huquqiga ega bo`ladi. Keyingi nazariya

shartnomaviy nazariy

a bo`lib, bunda nizolarni hal qilish taraflarning irodasiga

bog`liq bo`ladi. Taraflarning o`zaro kelishuviga asoslangan holda arbitraj qanday


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 6

58

qonunchilikni qo`llash, tartibi va protsessual qoidalar ustda to`liq

nazorat qilishga huquqiga ega bo`lishadi.

Gibrid nazariyasi

yuqorida kelitirilgam ikki nazariyaga qo`shilishidan hosil bo`lgan.

Unga ko`ra arbitraj bir vaqtning o`zida taraflarning o`zaro kelishuvi

va davlat huquqi va qo`llanilishini amalga oshiriladi. Tomonlar nizolarni hal

etishning o`zlari xohlagan usulini tanlaydilar. Lekin shu bilan bir qatorda arbitraj

tashil etilgan joydagi davlatning qonunchiligi ham inobatga olinadi.

Nizolarni arbitraj yo’li biln etishnig bir qator afzalliklari, shu bilan birga cheklovla

ri

ham bor. Arbitrajda Suddagi kabi nizoni hal etish uchun uning o`tkazilish joyi va

tartibni belgilash uchun bir necha yil kerak bo`lmaydi. Chunki bundan taraflarning

ixtiyoriga asoslangan holda tashkil etish mumkinligini nazarda tutadi. Yana ishi

ko`rib chiqish unchalik ko`p vaqtni olmasligidir. Prosessual jarayonlar ancha tezroq

amalga oshiriladi. Bundan tashqari, arbitrajlar maxfiylikka asoslangan holda tashkil

etiladi. Sud muhokamasida ko`rilayotgan ish yuzasidan ommaviy tartibda olib

boriladi. Ular tomonidan

keltirilgan ma’lumotlar tar

aflar uchun muhi

m bo’lishi,

xalqaro munosabatlari xavf ostida qoldirilishiga olib kelishi mumkin. Yana bir

ahamiyatli jihati shundaki, mediatsiyadan farqli ravishda arbitrajda qabul qilingan

qarorlarnin

g ijrosi ta’minlovchi xalqaro huj

jatning mavjudligi hisoblanadi. 1958-yil

10-iyun

Birlashgan Millatlar Tashkilotining xorijiy arbitraj qarorlarini tan olish va

ijro et

ish to`g`risidagi” Nyu

-York Konvensiyasi qabul qilingan. Ushbu

Konvensiyaning 1-

moddasida,”

Ushbu Konvensiya arbitraj qarorlarini tan olish va

ijro etish talab qilinayotgan davlatdan boshqa davlat hududida chiqarilgan hamda

jismoniy yoki yuridik shaxslar o‘rtasidagi kelishmovchiliklardan kelib chiqadigan

arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etishga nisbata

n qo‘llaniladi” keltirilgan.

Arbitrajning kamchiliklaridan biri, yuqori xarajatlar sabab bo`lishidir. Ushbu

yo`l bilan hal etish taraflarga qimmatga tushushi mumkin. Hakamlarga haqini

to`lash, arbitrj joyi va boshqa jarayonlar uchun juda ko`p miqdorda mablag` talab


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 6

59

qilinishi mumkin. Yana bir cheklov bu apellatsiya berish huquqi

mavjud emasligi hisoblanadi. Agar chiqarilgan qaror yuzasidan

taraflar norozi bo`lsalar, uni qayta ko`rib chiqish uchun shikoyat

berish imkoniyati mavjud bo`lmaydi. Bunda taraflar adolatsiz

chiqarilgan qarorlarga nisbatan hech qanday harakatni amalga oshira olmaydilar. Bu

esa yana boshqa nizoni yuzaga kelishiga turtki beradi, xolos. Shuningdek, nizolarni

xalqaro arbitrajlarda ko`rib chiqilish sohalari cheklangandir. Ularda, asosan, xalqaro

tijoratga oid nizolarni ko

’rib chiqiladi. Garchi samara

dorliklarga ega bo`lishiga

qaramay, ma`lum sohalarga nisbatan qo`llanilishi uni ahamiyatini pasayishiga olib

kelishi mumkin. Masalan, qo'shma korxonalar, qurilish loyihalari, sheriklik farqlari,

intellektual mulk huquqlari, shaxsiy jarohatlar, mahsulot majburiyatlari, kasbiy

javobgarlik, ko'chmas mulk qimmatli qog'ozlari, shartnomalarni talqin qilish va

bajarish, sug'urta da'volari va Bank va bankdan tashqari bitimlar bo'yicha nizolar

arbitrajning yurisdiktsiyasiga kirishi keltirilgan. Yana bir misol, Hindiston

qonunchiligiga ko'ra, arbitraj orqali hal qilib bo'lmaydigan nizo turlarianiq

belgilangan. Bularga jinoiy huquqbuzarliklar, nikoh o'rtasidagi nizolar, vasiylik

masalalari, to'lovga layoqatsizligi to'g'risidagi arizalar kiradi.

Shu o’rinda aytishimiz mum

kinki, xalqaro nizolarni hal qilishda mediatsiya va

arbitrajning o`ziga xos afzalliklari mavjud. Lekin yuqoridagi kamchiliklarni hisobga

olgan holda, quyidagicha takliflar keltirish mumkin. Mediatsiyani tashkil etish

tartibi va undagi vositachilarga qo`yiladiga talablar yuzasidan xalqaro konvensiya

qabul qilinshi lozim. Bundan tashqari ana shu konvensiyada mediatsiya orqali

ch

iqarilgan qarorlar barcha uchun majburiy ahamiyatga ega bo’lishi da

rkor.Arbitraj

yuzasidan esa shikoyat qilish huquqi berilishi lozim va shikoyat tartibini ham keltirib

o`tilishi kerak bo`ladi. Agar chiqarilgan qaror yuzasidan taraflar xalqaro sudga

shikoyat qilish huquqi berilsa yanada samarali bo`lishi mumkin. Shuningdek,

arbitrajda hal etiladigan sohalarni ham kengaytirish kerak. Faqat tijorat bilan


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 6

60

cheklanmasdan, mehnat, fuqarolik, oila va boshqa ko`p sohalarni

qo`shilishi nizolarni tez va samarali yechilishiga olib kelishi

mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI:

1.

What

types

of

disputes

can

be

decided

by

arbitration

https://www.theidrc.com/content/adr-faqs/what-types-of-disputes-can-be-decided-

by-arbitration

2. Xalqaro ommaviy huquq (Matn): darslik/ A.X.Saidov va boshqalar.-T.TDYU

nashriyoti, 2023.-952b. 575b

3.

Full text of "The Hague conventions of 1899 (I) and 1907 (I) for the pacific

settlement

of

international

disputes"-,

https://archive.org/stream/hagueconventions00inte/hagueconventions00inte_

djvu.txt

4. What is a Legal Dispute?-,

Christoph Schreuer,_

https://investmentlaw.univie.ac.at/fileadmin/user_upload/p_investmentlaw/Writing

s/A029.pdf

5. Interpretation of the Peace Treaties with Bulgaria, Hungary and Romania,

Advisory Opinion of 30 March 1950 (fi rst phase), 1950 ICJ Rep. 65, at 74.

6 Xalqaro nizolarni tinch yo`l bilan hal etish vositalari_, Habibullayeva Sadoqat

Baxtiyor qizi_203-bet.

www.interonconf.com_

7. General treaty for the renunciation of war (kellogg-briand pact) Paris, 27 August

1928


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 6

61

8. Xalqaro munosabatlarda liberalism: AQSH xalqaro tizimga kirdi

va

“o`yin

qoidalarini

taqdim

etdi_

Sardor

Abdug’aniyev

_,

https://xabardor.uz/uz/-

9.

Xalqaro munosabatlarda realizm: Davlatlarni urushdan nima tiyib

turadi?-

Sardor Abdug’aniyev

_,

https://xabardor.uz/uz/-

10.

Theory

of

Contructivisim

in

International

Relations

https://legalversity.com/theory-of-constructivism-in-international-relations

11.

Resolutions adopted on the reports of the sixth committee_24 october, 1970,

page 123

12.

1928 General Act (Pacific settlement of International Disputes),_ adopted in

Geneva,

Switzerland

on

26

September

28

://cil.nus.edu.sg/wp-

content/uploads/2019/02/1928-General-Act-of-Arbitration.pdf

13. Mediation-definition-,

Black’s Law Dictionary, Free 2nd ed., and The Law

Dictionary.

https://thelawdictionary.org/mediation/

Bibliografik manbalar

What types of disputes can be decided by arbitration https://www.theidrc.com/content/adr-faqs/what-types-of-disputes-can-be-decided-by-arbitration

Xalqaro ommaviy huquq (Matn): darslik/ A.X.Saidov va boshqalar.-T.TDYU nashriyoti, 2023.-952b. 575b

Full text of "The Hague conventions of 1899 (I) and 1907 (I) for the pacific settlement of international disputes"-, https://archive.org/stream/hagueconventions00inte/hagueconventions00inte_djvu.txt

What is a Legal Dispute?-, Christoph Schreuer,_

https://investmentlaw.univie.ac.at/fileadmin/user_upload/p_investmentlaw/Writings/A029.pdf

Interpretation of the Peace Treaties with Bulgaria, Hungary and Romania, Advisory Opinion of 30 March 1950 (fi rst phase), 1950 ICJ Rep. 65, at 74.

Xalqaro nizolarni tinch yo`l bilan hal etish vositalari_, Habibullayeva Sadoqat Baxtiyor qizi_203-bet. www.interonconf.com_

General treaty for the renunciation of war (kellogg-briand pact) Paris, 27 August 1928

Xalqaro munosabatlarda liberalism: AQSH xalqaro tizimga kirdi va “o`yin qoidalarini “ taqdim etdi_ Sardor Abdug’aniyev_,https://xabardor.uz/uz/-

Xalqaro munosabatlarda realizm: Davlatlarni urushdan nima tiyib turadi?-Sardor Abdug’aniyev_, https://xabardor.uz/uz/-

Theory of Contructivisim in International Relations https://legalversity.com/theory-of-constructivism-in-international-relations

Resolutions adopted on the reports of the sixth committee_24 october, 1970, page 123

1928 General Act (Pacific settlement of International Disputes),_ adopted in Geneva, Switzerland on 26 September 28 ://cil.nus.edu.sg/wp-content/uploads/2019/02/1928-General-Act-of-Arbitration.pdf

Mediation-definition-,Black’s Law Dictionary, Free 2nd ed., and The Law Dictionary. https://thelawdictionary.org/mediation/