XALQARO HUQUQ VA G‘AZO FOJIASI: YOSHLARNING FUQAROLIK POZITSIYASI VA ADOLAT IZTIROBI

Аннотация

Mazkur maqolada G‘azo sektorida yuzaga kelgan insoniy fojia, xalqaro tashkilotlarning pozitsiyasi, G‘arb va Sharq OAVlarining voqealarni yoritishdagi nomutanosibliklari chuqur tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek, xalqaro huquq normalari, jumladan, Jeneva konvensiyasi va Rim statuti asosida Isroilning harbiy harakatlari tahlil qilinadi. BMT, Amnesty International, UNICEF va boshqa nufuzli tashkilotlar bayonotlari asosida real manzara aks ettiriladi.

Journal of analytical synergy and scientific horizon
Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
https://zenodo.org/records/16316893
CC BY f
47-57

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Olimjonov , O. (2025). XALQARO HUQUQ VA G‘AZO FOJIASI: YOSHLARNING FUQAROLIK POZITSIYASI VA ADOLAT IZTIROBI. Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов, 1(1), 47–57. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/jassh/article/view/132713
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada G‘azo sektorida yuzaga kelgan insoniy fojia, xalqaro tashkilotlarning pozitsiyasi, G‘arb va Sharq OAVlarining voqealarni yoritishdagi nomutanosibliklari chuqur tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek, xalqaro huquq normalari, jumladan, Jeneva konvensiyasi va Rim statuti asosida Isroilning harbiy harakatlari tahlil qilinadi. BMT, Amnesty International, UNICEF va boshqa nufuzli tashkilotlar bayonotlari asosida real manzara aks ettiriladi.


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

47

XALQARO HUQUQ VA

G‘AZO FOJIASI: YOSHLARNING

FUQAROLIK POZITSIYASI VA ADOLAT IZTIROBI

Olimjonov Oyatbek

oyatbekolimjonov222@gmail.com

First-year student, Faculty of International Relations

University of World Economy and Diplomacy

under the Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

Annotatsiya:

Mazkur

maqolada G‘azo sektorida yuzaga kelgan insoniy fojia,

xalqaro tashkilotlarning pozitsiyasi, G‘arb va Sharq OAVlarining voqealarni

yoritishdagi nomutanosibliklari chuqur tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek,

xalqaro huquq normalari, jumladan, Jeneva konvensiyasi va Rim statuti asosida

Isroilning harbiy harakatlari tahlil qilinadi. BMT, Amnesty International, UNICEF

va boshqa nufuzli tashkilotlar bayonotlari asosida real manzara aks ettiriladi.

Kalit so‘zlar:

G‘azo, Isroil, Falastin, urush jinoyatlari, xalqaro huquq, OAV

tahlili, Amnesty International, BMT, axborot buzilishi, namoyishlar, Jeneva

konvensiyasi.

Аннотация:

В статье рассматриваются гуманитарная катастрофа в

секторе Газа, позиции международных организаций и несоответствия в

освещении событий западными и восточными СМИ. Также проводится анализ

военных действий Израиля с точки зрения международного права, включая

Женевскую конвенцию и Римский статут. Основное внимание уделяется

заявлениям ООН,

Amnesty International, UNICEF

и других авторитетных

источников.


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

48

Ключевые слова:

Газа, Израиль, Палестина, военные

преступления, международное право, анализ СМИ,

Amnesty

International

, ООН, искажение информации, протесты, Женевская

конвенция.

Abstract:

This article examines the humanitarian crisis in the Gaza Strip, the

stances of international organizations, and the discrepancies in the coverage of the

conflict by Western and Eastern media. It also analyzes Israel’s military actions from

the standpoint of international law, including the Geneva Conventions and the Rome

Statute. Statements from the UN, Amnesty International, UNICEF, and other

credible sources are used to reflect the on-the-ground realities.

Keywords:

Gaza, Israel, Palestine, war crimes, international law, media

analysis, Amnesty International, United Nations, information distortion, protests,

Geneva Convention.

Isroil

Falastin mojarosi zamonaviy geopolitikadagi eng uzoq davom

etayotgan, murakkab va qonli nizolardan biridir. Ayniqsa, G‘azo sektorida

kechayotgan voqealar insoniyat vijdonini larzaga soladigan darajadagi gumanitar

inqirozga aylanib ulgurgan. Mojaroning ildizlari XX asr boshlarida boshlangan

bo‘lsa

-da, ayni damda bu ziddiyat kuchayib, xalqaro huquq, inson huquqlari, milliy

ozodlik va hududiy yaxlitlik masalalari o‘rtasida keskin to‘qnashuvlarga sabab

bo‘lmoqda. G‘azo sektori bugun dunyoning eng zich, l

ekin eng tahdidli yashash

joylaridan biri bo‘lib qolmoqda. Millionlab tinch aholi doimiy blokada,

bombardimonlar va elektr, suv kabi eng oddiy ehtiyojlardan mahrum holda

yashashga majbur. Bir tomonda Isroilning xavfsizlikni ta’minlash nomi ostida

amalga oshirilayotgan harbiy amaliyotlari, boshqa tomonda esa HAMAS

harakatining qarshiligi, mintaqani global mojarolar maydoniga aylantirgan. Bu


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

49

maqolada Isroil va Falastin o‘rtasidagi mojaroning tarixiy ildizlari,

hozirgi bosqichdagi siyosiy va harbiy voqealar, xalqaro

hamjamiyatning roli hamda G‘azo sektoridagi og‘ir ijtimoiy holat

chuqur tahlil qilinadi. Maqola, shuningdek, axborot urushi va medialardagi

tarafkashlik holatlarini ham ko‘rib chiqadi. Asosiy maqsad —

ushbu mojaro ortidagi

real sabablarni ilmiy tahlil etish va yechim yo‘llarini izlashdir.

2023

2024-

yillarda Isroilning G‘azo sektoriga boshlangan harbiy harakatlari

natijasida, 47 mingdan ortiq falastinlik tinch aholi, jumladan, 16 mingdan ziyod bola

halok bo‘lgan (UNICEF, 2024; UN News, 2024). Xalqaro Amnesty tashkiloti bu

holatni “jinoiy darajadagi kollektiv jazolash” deb baholadi. Ayni vaqtda, Isroil

armiyasi tomonidan ishlatilgan fosfor bombalari va tibbiy inshootlarga qilingan

hujumlar haqida ko‘plab mustaqil tashkilotlar tomonidan dalillar to‘plangan.

Bunday hujumlar xalqaro huquq doirasida baholanadi. 1949-yilgi Jeneva

Konvensiyasi, xususan, IV Konvensiya tinch aholini urushdan himoya qilishni

kafolatlaydi. Shuningdek, Xalqaro Jinoyat Sudi (ICC)ning 1998-yilgi Rim statutida

“urush jinoyatlari” degan atama quyidagilarni o‘z ichiga oladi: T

inch aholini

nishonga olish, Gumanitar inshootlarga hujum qilish, Kollektiv jazolash va muhim

resurslardan mahrum qilish. Yuqoridagi huquqiy mezonlar asosida olib qaralganda,

G‘azoda amalga oshirilayotgan harbiy harakatlar xalqaro qonunbuzarlik va urush

jinoyatlariga juda yaqin turadi. Gumanitar yordamlarga ruxsat bermaslik,

shifoxonalarni bombardimon qilish va bolalar o‘limining yuqoriligi —

bu faqat

harbiy strategiya emas, balki xalqaro hamjamiyat uchun axloqiy va huquqiy

muammodir. Xalqaro huquq bu kabi holatlarni aniqlashtirganiga qaramay, Isroilga

nisbatan real jazo choralarining kuchsizligi xalqaro huquqning selektiv qo‘llanilishi

muammosini ochib beradi. Men shaxsiy pozitsiyamda, G‘azodagi holatni xalqaro

huquq nuqtai nazaridan "harbiy jinoyat" yoki hatto "genotsid" darajasiga yetgan

mojaro deb hisoblayman. Bu voqealar nafaqat bir xalqning fojiasi, balki xalqaro


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

50

adolat tizimining sinovi hisoblanadi. Agar tinch aholining ommaviy

qirilishi xalqaro qonunlar bilan baholanmasa

bu kelajakdagi

mojarolar uchun xavfli precedents (o‘xshash holat) bo‘lib qoladi.

Bunday sharoitda xalqaro tashkilotlar, ayniqsa BMT va XJS (ICC), qattiqroq va

amaliy choralarni ko‘rishi zarur. Bu esa faqat davlatlar emas, balki fuqarolik

jamiyati va yoshlarning bosimi orqali sodir bo‘ladi.

2023

–2024 yillardagi G‘azo mojarosida Isroilning harbiy amaliyotlari dunyo

hamjamiyatida keng bahs-

munozaralarga sabab bo‘ldi va bu hozir ham davom

etmoqda. BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish urushni “odobsiz va bir tomonlama

qirg‘in” deb atadi (UN News, 20

24). Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron esa

Isroilni “bolalarni o‘ldirish orqali o‘zini himoya qilolmasligini” ochiq aytdi (BBC,

2024). JAR, Boliviya, Bangladesh, Turkiya va boshqa ko‘plab davlatlar bu

harakatlarni “urush jinoyatlari” deb atagan. AQSh va ba’zi G‘arb davlatlari esa

Isroilni ochiq qo‘llab

-

quvvatlagan, biroq AQShning o‘zida ham 2024

-yil mart oyida

minglab talabalar G‘azo bo‘yicha norozilik namoyishlari o‘tkazgan (Reuters, 2024).


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

51

Masalan, Isroil- Eron urushidan song Isroil bosh vaziri Benjamin

Netanyahu “galabani” nishonlash va AQSH prezidentiga raxmat

aytish uchun Vashingtonda oq uyda mehmon bolgan paytda yuzlab

namoyishchilar oq uy ostonasiga Netanyahu va uning hukumatiga shuningdek,

AQSHning genotsidni qollab quvvatlashiga qarshi plakatlar va bayonotlar bilan

chiqdilar. Xalqaro Inson huquqlari tashkilotlari

Amnesty International va Human

Rights Watch

esa Isroilni tinch aholiga qarshi sistematik hujumda ayblagan.

Yuqoridagi d

alillar ko‘rsatadiki, Isroilning G‘azodagi harakatlari xalqaro miqyosda

mutlaq bir xil baholanmagan, balki ikki qutbli yondashuv mavjud. Bular geosiyosiy

jihatdan qollab quvvatlovchilar (AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya) va Huquqiy

va axloqiy jihatdan tanqid qiluvchilar (musulmon davlatlar, BMT tashkilotlari,

mustaqil OAVlar)dir. Bunday farq xalqaro siyosatning ikkiyuzlamachiligini yaqqol

ko‘rsatadi. Ayniqsa, AQShning Isroilga harbiy yordam berayotgani va veto huquqi

orqali BMTdagi qarorlarni to‘xtatayotga

ni xalqaro qonunlarga zid emasmi, degan

savolni tug‘diradi

(

Reuters,2025). Isroilning G‘azodagi harakatlariga nisbatan

mavjud baholar xalqaro tizimdagi haqiqiy “adolat” va “kuch” o‘rtasidagi ziddiyatni

fosh qiladi. G‘arb davlatlari, ayniqsa AQSh, Isroilni o‘zining strategik ittifoqchisi

deb bilgani uchun, huquqiy b

ahoni siyosiy manfaatga bo‘ysundirgan. Bunda “inson

huquqlari” faqat ayrim davlatlarga nisbatan ishlaydi, degan tamoyil shakllanmoqda.

Bu esa xalqaro huquqqa ishonchni yemiradi, Ittifoqchilik selektivligi orqali

mojaroni chuqurlashtiradi hamda tinchlik muzokaralarini imkonsiz qiladi.

Isroilning o‘z pozitsiyasi esa: bu harbiy amaliyotlar o‘zini himoya qilish doirasida

amalga oshirilmoqda, degan da’vogarlik bilan asoslanadi. Biroq statistik

ma’lumotlar va OAVlarning faktlari bu da’voni ziddiyatli holatga olib chiqmoqda

ayniqsa bolalar, ayollar va tibbiy xodimlar qurbonlarining ko‘pligi fonida.

Muallif sifatida men xalqaro hamjamiyatning bu boradagi ikkiyuzlamachiligini

qat’iy tanqid qilaman. Inson huquqlari universal bo‘lishi kerak, siyosiy ittifoqlar


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

52

uchun emas, butun insoniyat uchun amal qilishi lozim. Isroilning

G‘azodagi harakatlari xalqaro huquq me’yorlarini buzmoqda va

bunga xalqaro hamjamiyat faqat “bayonot” bilan emas, amaliy

choralar bilan javob berishi kerak. Dunyo siyosiy tengsizlikda emas, axloqiy va

huquqiy me’yorda ishlashi kerak. G‘azodagi qirg‘in esa bu tartibni shubha ostiga

qo‘ymoqda. Yoshlar —

ayniqsa xalqaro munosabatlar va huquq bilan

shug‘ullanayotgan talaba sifat

ida

tashqi siyosatdagi bu ikkiyuzlamachilikni

o‘rganish, fosh qilish

va odil pozitsiyani yoqlashlari zarur. Faqat kuch emas, axloq

va qonun ustuvor bo‘lishi bu tinchilikning shuningdek minglab bolalar jonining

garovidir.

G‘azo bo‘yicha sodir bo‘layotgan mojaroga dunyo yoshlari e’tiborsiz emas.

2024-yil davomida AQSh, Kanada, Fransiya, Germaniya, Iordaniya va Malayziyada

va boshqa bir qator davlatlarda talabalar minglab odamlar ishtirokida namoyishlar

uyushtirdi. Ular Isro

ilga qurol sotishni to‘xtatishni, G‘azoda tinchlik o‘rnatilishini

talab qildi (Al Jazeera, 2024). Ko‘plab oliy ta’lim muassasalari, jumladan Harvard,

Stanford va SOAS London universitetlarida talabalarning rasmiy bayonotlari e’lon

qilindi.

Ijtimoiy

tarmoql

arda

“Free

Palestine”,

“CeasefireNow”

va

“GazaUnderAttack” heshteglar orqali milliardlab ko‘rishlar qayd etildi.

O‘zbekistonda ham ayrim yoshlar Telegram kanallari, YouTube bloglar, va boshqa

platformalarda o‘z pozitsiyasini ochiq bildirgan. Bu faktlar shu

ni anglatadiki,

zamonaviy yoshlar nafaqat mahalliy, balki global adolatsizliklarga ham befarq emas.

Yoshlarning fuqarolik pozitsiyasi

bu nafaqat siyosiy jarayonlarga munosabat,

balki insoniy qadriyatlarga sodiqlikning ko‘rinishi. Xususan, axborot

texnologiyalari zamonida talabalarning faolligi virtual maydondan real hayotga

ko‘chib bormoqda. Yoshlar pozitsiyasi —

siyosiy hokimiyatga bevosita ta’sir

ko‘rsatmasa

-da, ijtimoiy va axloqiy bosimni shakllantiradi. AQShda talaba

namoyishlari sababli ayrim universitetlar Isroil bilan hamkorlik shartnomalarini


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

53

qayta ko‘rib chiqmoqda. BMT va Amnesty International yoshlarning

global faolligini “axloqiy uyg‘onish to‘lqini” deb atagan. Shu bilan

birga, informatsion urushlar sababli ayrim yoshlar yolg‘on yoki

biryoqlama ma’lumotlar qurboni bo‘lishi ham mumkin. O‘zbek yoshlari uchun bu

voqea

mustaqil tahlil qilish, o‘rganish, va axloqiy nuqtai nazarini

shakllantirishdagi katta sinovdir. Muallif sifatida men yoshlarning pozitsiyasi

bu

kelajak siyosiy elitasi

shakllanishidagi eng muhim omil, deb hisoblayman. G‘azo

bo

‘yicha ochiq fikr bildirgan, tahlil qilgan, pozitsiyasini himoya qilgan har bir yosh

jamiyatda ongli, prinsipial fuqarolikning boshlanishini ifodalaydi. Shu sababli,

yoshlarning sukut saqlashi

bu shunchaki betaraflik emas, g‘ayriinsoniylik

qarshisida yengilishdir. Yoshlar

axborot asrining kuchli tomonidir. G‘azo qirg‘ini

misolida ular o‘zlarining: axloqiy tayanchi, intellektual mustaqilligi va fuqarolik

mas’uliyatini sinovdan o‘tkazmoqda. Biz —

yoshlar

insoniyat nomidan adolat

talab qilishga haqlimiz. Faqat xalqaro tashkilotlar emas, balki har bir vijdonli talaba

ham tarix oldida javobgarlikni his qilishi kerak.

2023

2024-

yillardagi G‘azo mojarosi butun dunyo OAVlarida yoritildi. Biroq

berilgan axborotlar: Ba’zilarida haqqoniy (BBC, Al Jazeera, TRT World),

ba’zilarida esa qasddan buzib yoki noto‘liq (Fox News, CNN, va ayrim Isroilga

sodiq AQSh portallari) tarzda berildi (Al Jazeera, 2024). Ayniqsa, 2023-yil 17-

oktabrda G‘azodagi Al

-Ahli Baptist Hospitalga uyushtirilgan hujumda: Al Jazeera

va BBC bu hujumni Isroil raketasi bilan bog‘ladi, CNN dastlabki daqiqalarda “aniq

manba yo‘q” deb bergan bo‘lsa

-da, keyinchalik Isroil versiyasini ilgari surdi, New

York Times rasmiy pozitsiyalar orasidagi farqni ochiq berganiga qaramay, birinchi

sarlavhasini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi (Al Jazeera, 2023). Bu voqea dunyo

OAVlari xolislik mezonlariga qanchalik amal qilishini, va axborot urushi qanday

ishlashini ko‘rsatadi. Dezinformatsiya —

bu nafaqat yolg‘on, balki haqiqatni

yashirish, muayyan faktni inkor etish yoki faqat bir tomonning versiyasini berishdir.


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

54

OAVda haqqoniylik, ayniqsa qurolli mojarolarda

bu fuqarolik

ongini shakllantiruvchi kuchdir. Noto‘g‘ri axborot esa jamiyatda

g‘azab, adolatsizlik va yomon stereotiplarga olib keladi. G‘azo

bo‘yicha OAVlarning ishi tahlil qilinsa, quyidagilar ajralib chiqadi: G‘arb

OAVlarining Isroilni “himoya qilish”ga qaratilgan axborot siyosati ochiq ko‘rinadi.

Ayniqsa AQSh va Buyuk Britaniya OAVlari ko‘p hollarda Isroil versiyasiga

tayangan. Shu bilan birga, Al Jazeera, TRT, Russia Today kabi OAVlar voqealarni

teran yo

ritgan bo‘lsa

-

da, ular ham “nisbiylik” muammosidan xoli emas.

O‘zbekistonda esa asosan Telegram, Instagram va YouTube’dagi shaxsiy sahifalar

orqali fikrlar tarqalmoqda. Bu esa filtrsiz va emotsional kontentni ko‘payishiga olib

kelmoqda. Axborot urushi shun

i ko‘rsatdiki, zamonaviy talaba endi faqat

iste’molchi emas —

balki ta’sirchi va tarqatuvchiga aylandi. Muallif sifatida men

dezinformatsiyaning jahon tinchligi uchun yadro qurolidek xavfli qurol ekanini

ta’kidlayman. Haqiqatni yashirish —

bu insoniyatga qarshi xufya urushdir. Yoshlar

ayniqsa OTM talabalari

har qanday ma’lumotni tanqidiy baholay olishga va

“bir tomonlama axborot”ning ichida yo‘qolib ketmaslikka o‘rganishi zarur. aqiqiy

ma’lumot —

bu fikr shakllanishining asosi. OAVlar axloqiy, huquqiy va jurnalistik

mezonlarga qat’iy amal qilishi zarur. Yoshlar esa birlamchi manbaga tayanish va

tahlil asosida xulosa chiqarishi, axborotni tarqatayotganda insoniy mas’uliyatni his

qilishi lozim. Shundagina G‘azo singari mojarolar global haqiqat bilan to‘li

q aks

ettiriladi.

G‘azodagi mojaro bugungi xalqaro tizimdagi eng og‘riqli va murakkab

sinovlardan biridir. Ushbu maqolada ko‘rib chiqilgan dalillar shuni ko‘rsatadiki,

Isroilning harbiy amaliyotlari nafaqat inson huquqlari, balki xalqaro huquq va

geosiyosiy adolat me’yorlarini ham keskin savol ostiga qo‘ymoqda. Xalqaro

tashkilotlarning sust harakati, G‘arb davlatlarining selektiv yondashuvi, va ommaviy

axborot vositalarining ayrim hollardagi dezinformatsion siyosati

bu mojaroning


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

55

nafaqat harbiy, balki axloqiy va axborotli urushga aylanishiga sabab

bo‘lmoqda. Ayniqsa, tinch aholi, xususan ayollar va bolalar orasidagi

qurbonlar soni ushbu mojaroga faqat “harbiy nizolar” nuqtayi

nazaridan emas, insoniyat sha’ni va vijdoni mezonida baho berilishi kerakligini

taqozo etadi. Bu kontekstdagi eng umidli va e’tiborga loyiq kuch —

bu yoshlardir.

Bugungi talabalar dunyo voqealarini kuzatibgina qolmay, o‘z fuqarolik pozitsiyasini

ochiq bildirmoqda, ijtimoiy tarmoqlar va akademik maydonlarda adolat uchun

kurashmoqda. Aynan yoshlarning mustaqil fikrlashi, analitik qarashi, va global

mas’uliyatni his qilishi —

kelajakdagi barqaror dunyo poydevorini belgilaydi.

O‘zbek yoshlarining bu jarayonlardagi ishtiroki —

shunchaki tomoshabinlik emas,

balki xalqaro fuqarolik madaniyatining shakllanayotganidan dalolat beradi. Shu

nuqtai nazardan, G‘azo bo‘yicha shakllanayotgan talabalik pozitsiyasi —

bu

kelajakda tashqi siyosatni olib boradigan, xalqaro adolatni targ‘ib qiladigan va

haqqoniylik uchun kurashadigan yangi avlod siyosatshunoslari, diplomatlari va

liderlarining ilk sabog‘idir. Xulosa qilib aytganda, bu mojaro –

har bir yosh uchun

tanlov: betaraflikda yashashmi yoki adolat yo‘lida harakat qilishmi.

Biz tanladik. Biz yozdik. Biz pozitsiyadamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO

YXATI:

1.

UNICEF. Thousands of Children Killed as Conflict in Gaza Escalates. New

York: UNICEF, 2024.

https://www.unicef.org/press-releases/thousands-children-

killed-conflict-gaza-escalates

2.

UN News. UN Agencies Raise Alarm as Gaza Death Toll Surpasses 47,000.

United Nations, May 2, 2024.

https://news.un.org/en/story/2024/05/1141457

3.

Amnesty International. Israel/OPT: Evidence of war crimes as Israeli attacks

wipe

out

entire

families

in

Gaza.

October

20,

2023.


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

56

https://www.amnesty.org/en/latest/news/2023/10/israel-opt-

evidence-of-war-crimes-as-israeli-attacks-wipe-out-entire-families-

in-gaza/

4.

Amnesty International. Israel: White phosphorus used in densely populated

areas

of

Gaza

amounts

to

war

crimes.

October

27,

2023.

https://www.amnesty.org/en/latest/news/2023/10/israel-white-phosphorus-in-gaza-

war-crimes/

5.

International Committee of the Red Cross (ICRC). Geneva Convention

Relative to the Protection of Civilian Persons in Time of War (Fourth Geneva

Convention). August 12, 1949.

https://ihl-databases.icrc.org/en/ihl-treaties/gciv-

1949

6.

United Nations. Rome Statute of the International Criminal Court. July 17,

1998.

https://www.icc-cpi.int/sites/default/files/RS-Eng.pdf

7.

UN News. UN Chief Calls Gaza a “killing field,” Blames Israeli Aid

Blockade. United Nations, April 8, 2025.

https://www.france24.com/en/middle-

east/20250408-un-chief-gaza-israel-aid

8.

Reuters; Turner, Cath, and Jonathan Allen. “Gaza Protests Grow at US

Colleges, Thousands Demonstrate in Brooklyn.” Reuters, April

24, 2024.

https://www.reuters.com/world/us/pro-palestinian-seders-planned-new-york-other-

cities-college-campuses-simmer-2024-04-23/

9.

Reuters. “France’s Macron Urges Israel to Stop Bombing Gaza.” Reuters,

November 11, 2023.

https://www.reuters.com/world/middle-east/frances-macron-

urges-israel-stop-bombing-gaza-2023-11-10/


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

57

10.

Reuters. “US College Campus Protests over War in Gaza

Escalate.”

Reuters,

April

26, 2024.

https://www.reuters.com/pictures/pro-palestinian-protests-us-

universities-spread-across-country-2024-04-26/

11.

Reuters. “Netanyahu Meets Trump at White House as Israel, Hamas Discuss

Ceasefire.” Reuters, July 8, 2025.

https://www.reuters.com/world/middle-

east/netanyahu-meet-trump-white-house-israel-hamas-discuss-ceasefire-2025-07-

07/

12.

Reuters. “U.S. Vetoes UN Security Council Call for Gaza Ceasefire.” Reuters,

June 5, 2025.

https://www.reuters.com/world/middle-east/us-will-veto-un-security-

council-resolution-gaza-war-its-current-form-says-2025-06-04/

13.

Al Jazeera „Pro

-Palestinian student protests spread in second week of

demonstrations.

Al

Jazeera,

April

27,

2024.

https://www.aljazeera.com/news/2024/4/27/pro-palestinian-student-protests-

spread-in-second-week-of-demonstrations

14.

Amnesty

International Canada. “Youth Activism Archives.” Amnesty

International Canada. (Accessed July 2025).

https://amnesty.ca/youth-activism/

15.

Al Jazeera. “Failing Gaza: Pro

-Israel Bias Uncovered Behind the Lens of

Western

Media.

Al

Jazeera,

October

5,

2024.

https://www.aljazeera.com/news/2024/10/5/failing-gaza-pro-israel-bias-uncovered-

behind-the-lens-of-western-media

16.

Al Jazeera. “Investigations Reveal Discrepancies in Israel’s Gaza Hospital

Attack

Claims.”

Al

Jazeera,

October

20,

2023.

https://www.aljazeera.com/news/2023/10/20/what-have-open-source-videos-

revealed-about-the-gaza-hospital-explosion

Библиографические ссылки

UNICEF. Thousands of Children Killed as Conflict in Gaza Escalates. New York: UNICEF, 2024. https://www.unicef.org/press-releases/thousands-children-killed-conflict-gaza-escalates

UN News. UN Agencies Raise Alarm as Gaza Death Toll Surpasses 47,000. United Nations, May 2, 2024. https://news.un.org/en/story/2024/05/1141457

Amnesty International. Israel/OPT: Evidence of war crimes as Israeli attacks wipe out entire families in Gaza. October 20, 2023. https://www.amnesty.org/en/latest/news/2023/10/israel-opt-evidence-of-war-crimes-as-israeli-attacks-wipe-out-entire-families-in-gaza/

Amnesty International. Israel: White phosphorus used in densely populated areas of Gaza amounts to war crimes. October 27, 2023. https://www.amnesty.org/en/latest/news/2023/10/israel-white-phosphorus-in-gaza-war-crimes/

International Committee of the Red Cross (ICRC). Geneva Convention Relative to the Protection of Civilian Persons in Time of War (Fourth Geneva Convention). August 12, 1949. https://ihl-databases.icrc.org/en/ihl-treaties/gciv-1949

United Nations. Rome Statute of the International Criminal Court. July 17, 1998. https://www.icc-cpi.int/sites/default/files/RS-Eng.pdf

UN News. UN Chief Calls Gaza a “killing field,” Blames Israeli Aid Blockade. United Nations, April 8, 2025. https://www.france24.com/en/middle-east/20250408-un-chief-gaza-israel-aid

Reuters; Turner, Cath, and Jonathan Allen. “Gaza Protests Grow at US Colleges, Thousands Demonstrate in Brooklyn.” Reuters, April 24, 2024. https://www.reuters.com/world/us/pro-palestinian-seders-planned-new-york-other-cities-college-campuses-simmer-2024-04-23/

Reuters. “France’s Macron Urges Israel to Stop Bombing Gaza.” Reuters, November 11, 2023. https://www.reuters.com/world/middle-east/frances-macron-urges-israel-stop-bombing-gaza-2023-11-10/

Reuters. “US College Campus Protests over War in Gaza Escalate.” Reuters, April 26, 2024. https://www.reuters.com/pictures/pro-palestinian-protests-us-universities-spread-across-country-2024-04-26/

Reuters. “Netanyahu Meets Trump at White House as Israel, Hamas Discuss Ceasefire.” Reuters, July 8, 2025. https://www.reuters.com/world/middle-east/netanyahu-meet-trump-white-house-israel-hamas-discuss-ceasefire-2025-07-07/

Reuters. “U.S. Vetoes UN Security Council Call for Gaza Ceasefire.” Reuters, June 5, 2025. https://www.reuters.com/world/middle-east/us-will-veto-un-security-council-resolution-gaza-war-its-current-form-says-2025-06-04/

Al Jazeera „Pro Palestinian student protests spread in second week of demonstrations.“ Al Jazeera, April 27, 2024. https://www.aljazeera.com/news/2024/4/27/pro-palestinian-student-protests-spread-in-second-week-of-demonstrations

Amnesty International Canada. “Youth Activism Archives.” Amnesty International Canada. (Accessed July 2025). https://amnesty.ca/youth-activism/

Al Jazeera. “Failing Gaza: Pro Israel Bias Uncovered Behind the Lens of Western Media.” Al Jazeera, October 5, 2024. https://www.aljazeera.com/news/2024/10/5/failing-gaza-pro-israel-bias-uncovered-behind-the-lens-of-western-media

Al Jazeera. “Investigations Reveal Discrepancies in Israel’s Gaza Hospital Attack Claims.” Al Jazeera, October 20, 2023. https://www.aljazeera.com/news/2023/10/20/what-have-open-source-videos-revealed-about-the-gaza-hospital-explosion