SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
58
HUQUQIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDA
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI
Abdusattorova Farangiz Umidjon qizi
farangizabdusattorova81@gmail.com
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Xalqaro huquq fakulteti Yuristprudensiya yo
‘
nalishi talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqola, mamalakatimizda huquqiy faoliyatni amalga
oshirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish hamda joriy etish islohotlari
hamda ularning ijobiy va salbiy jihatlarini yoritadi. Shuningdek, maqolada
texnologiyaning rivojlanishi qanday huquqiy oqibatlarga olib kelishi tahlil qilingan.
Bundan tashqari, rivojlangan Yevropa mamlakatlarining qonunchilik modellaridan
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga axborot va texnologiyani rivojlantirish
va amalda bu sohani boshqarishga doir normalarni implementatsiya qilish haqidagi
takliflar ham o‘rin egallagan. Maqolani o‘qish davomida, sizga xalqaro tashkilo
tlar
tomonidan taqdim etilgan aniq statistik jadvallar ilova qilinadi. Ular asosan
kiberjinoyatlar va ularning yildan yilga o‘sish suratlarini aks ettiradi.
Kalit so‘zlar:
kibernetika, autentifikatsiya,
sun’iy intel
lekt, yuridik kadrlar,
huquqiy platforma, raqamli texnologiya, kiberjinoyat.
Аннотация:
В этой статье освещаются реформы использования и
внедрения цифровых технологий в осуществлении правовой деятельности в
нашей стране, а также их плюсы и минусы. В статье также анализируются
юридические последствия развития технологий. Кроме того, из
законодательных моделей развитых европейских стран в Конституцию
Республики Узбекистан внесены предложения об имплементации норм,
касающихся развития информации и технологий и управления этой сферой на
практике. На протяжении всего чтения статьи к вам будут прилагаться
конкретные статистические таблицы, предоставленные международными
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
59
организациями. В основном они представляют собой картины
киберпреступности и их роста из года в год.
Ключевые
слова:
Кибернетика,
аутентификация,
искусственный интеллект, юридический персонал, Юридическая Платформа,
цифровые технологии, киберпреступность.
Abstract:
This article highlights the reforms of the use and implementation of
digital technologies in the implementation of legal activities in our country, as well
as their pros and cons. The article also analyzes the legal implications of technology
development. In addition, proposals have been made from the legislative models of
developed European countries to the Constitution of the Republic of Uzbekistan on
the implementation of norms related to the development of information and
technology and the management of this area in practice. Throughout the reading of
the article, specific statistical tables provided by international organizations will be
attached to you. They mostly represent pictures of cybercrime and its growth from
year to year.
Keywords:
cybernetics, authentication, artificial intelligence, legal staff, Legal
Platform, digital technologies, cybercrime.
XXI asr texnologiyalar asri. Bugungi kunda hayotimizning har bir jabhasi
albatta, texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liqdir. Zamon rivojl
anib borar ekan,
insonlarning faoliyatida ham ijtimoiy tarmoqlar, maxsus platformalar va albatta
sun’iy
intellekt
ning o‘rni tobora ortib bormoqda. Bunday globallashuv jarayoni
huquq sohasini ham chetlab o‘tgani yo‘q. Bugungi kunda, rivojlangan
mamlakatlarning huquq-tartibot organlari faoliyati internet jahon axborot tizimi
bilan uzviy bog‘langan. Ular fuqarolar uchun bar
cha turdagi yuridik xizmatlarni,
huquqiy qo‘llanma va lug‘atlarni
ommaga tanishtirishni iloji boricha onlayn shaklda
amalga oshirish samaraliroq usul ekanligini tan olmoqdalar. Shu sabab, yurtimizda
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
60
ham bu turdagi interaktiv xizmatlarni amalga oshirish ishlari jadallik
bilan yo‘lga qo‘yilmoqda
.
Maqolamni o‘qir ekansiz
,
o‘zi bu amaliyot
nima uchun kerak degan savol tug‘ilishi tabiiy, albatta
. Hozir men
sizlarga bunga sabab bo‘lgan bir qancha omillar haqida sanab o‘
tmoqchiman:
Birinchidan, huquqiy me’yorlarni amalga joriy etishda raqamli
texnologiyalardan foydalanish jarayonlarni soddalashtiradi hamda tezlashtiradi.
Ya’ni bu, fuqarolar uchun ma’lum turdagi huquqiy ehtiyojlarini amalga
oshirayotganlarida vaqtlarini maksimal darajada tejashga va ularni osonlikcha,
maxsus platformalarda, uydan chiqmasdan turib bajarish imkoniyatiga ega
bo‘lishlariga olib keladi.
Ikkinchidan, raqamli texnologiyalar bugungi kunda huquqiy faoliyatlarni
amalga oshirishda shaffoflikni ta’minlovchi
asosiy omillardan biridir. Bunday
holatlarda, fuqarolar maxsus elektron platformalari orqali ular amalga oshirayotgan
xizmatning qaysi bosqichda ekanligini bemalol kuztishlari mumkin. Ushbu
xizmatlar davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashga ko‘maklashadi.
Uchinchidan, huquqiy faoliyatda raqamli texnologiyalardan foydalanish
resurslarni tejash imkoniyatini yaratadi. Bilamizki, bu sohani hujjatlarsiz va
qog‘ozlarsiz tasavvur qilish qiyin. Agarda barcha ishlar onlayn shaklda amalga
oshirilsa, biz ma’lum daraja
da
ularni tejashga ko‘maklashamiz.
To‘rtinchidan, hozirda kuchli xavfsizlik tizimini yaratishda kibernetika muhim
ahamiyat kasb etadi. Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, barcha turdagi
axborotlarni saqlashning eng xavfsiz usullaridan biri bu autentifikatsiya
va firewall
tizimlaridir. Bu ikkala tizim ham kompyuter orqali faollashtiriladi va avtomatik
boshqariladi.
1
Autentifikatsiya -
kompyuter tizimi foydalanuvchisini haqiqiy yoki haqiqiy emasligini aniqlash jarayoni.
Bu jarayonda tizim insonning haqiqiyligini aniqlaydi
2
Firewall - bu kompyuter tarmog'ida tashqaridan keluvchi zararli ma'lumotlarni to'sib, faqat ishonchli va
xavfsiz ma'lumotlarni o'tkazib yuboradigan dastur yoki qurilma
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
61
Biz shunday zamonda yashayapmizki, insoniyat deyarli barcha ishni
texnologiyalar qo‘liga topshirish arafasida, hatto ayrim Yevropa davlatlari bu
sohada ancha ilgarilab ham ketishdi. Xo‘sh, nega endi biz ham bu texnologiyalardan
huquq sohasida foydalana olmaymiz? Agarda olimlar tomonidan huquqiy
masalalarga yechim topuvchi sun’iy intel
lekt ishlab chiqilsa, hayotimiz qay darajada
o‘zgarishi mumkin? Bu kabi savollar talaygina. Bugun mamlakatimizda Adliya
vazirligi tomonidan mana shu taklifni amalga oshirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Ya’ni, tez orada
soha muataxassislari
tomonidan yuqorida aytib o‘tgan sun’iy
intellekt ishlab chiqilishi va amalga joriy etilishi kutilmoqda. Ana endi bu ixtiro
kashf etilgandan keyin, uning biz fuqarolar hayotiga ijobiy va salbiy jihatlarini
ko‘rib chiqaylik
:
Huquqiy masalalarga yechim topuvchi sun’iy
intellektning joriy etilishi,
fuqarolarga bu xizmatdan bepul foydalanish imkonini yaratadi. Endilikda
ko‘pchilik
o
‘
zlarini qiziqtirgan savollar
iga batafsil va to‘liq javob topishlari mumkin bo‘ladi.
Bu ixtironing yana bir ijobiy xususiyatlaridan biri shundaki, muammoli vaziyatlarga
istalgan vaqtda, istalgan joyda javob topish imkoniyatini taqdim etadi. Shuningdek,
huquq sohasida sun’iy intel
lekt
dan foydalanish sud muhokamalari yoki ma’muriy
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
62
sud jarayonlarida taxminiy yechimni oldindan bilishga imkonini
beradi. Ya’ni, bu nisbatan an
iq farazlarga asoslangan ishning yakunini
bizga ma’lum qilishi mumkin.
Ana endi salbiy jihatlariga o‘tadigan bo‘lsak, eng birinchi navbatda huquqiy
kadrlar orasida ishsizlikning kuchayishiga olib keladi. Odamlar pullik xizmatdan
ko‘ra ancha samaraliroq va tezroq ishlashi mumkin bo‘lgan sun’iy
intellektni yurist
va advokat xizmatlaridan ustun ko‘ra boshlaydilar.
Ikkinchidan, agarda yurist va
advokat xizmatlari saqlab qolinsa ham ularning oylik daramodlari maksimal
darajada pasayishi kutiladi.
Raqamlashtirilgan tizim haqida so‘z yuritar ekanmiz, bu sohaning
qonunchiligimiz nazaridan ham chetda qolmayotganiga guvoh bo‘lamiz
. Xususan,
hukumatimiz tomonidan
“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini
ko‘rib chiqishda zamonaviy axborot
-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish
gi,
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-
qarorlarini amalga kiritish borasida jadal islohotlar yo‘lga
qo‘yilgan.
Bundan tashqari, mamlakatimiz texnologik qobiliyatini oshirish hamda
davlat organlari, xorijiy tashkilotlar bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yish
maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
farmoni bilan 2024-yil 1-fevralda
“
Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi
”
tashkil etildi. Ushbu markazda 1-iyundan
5 yillik muddat davomida xorijiy
tashkilotlar bilan bo‘ladigan huquqiy rejim tizimini
raqamli texnologiyalar yordamida boshqarish eksperiment tarzida joriy etildi.
Zamonning rivojlanishi, globallashuv, texnologiyalarning taraqqiy etishi,
insoniyat turmush tarzining o‘zgarishi, shub
hasiz, yangiliklar kiritishimiz uchun
asosiy omillardan biri bo‘ladi. Hozirgi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlari
3
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining q
arori, 16.09.2020 yildagi 557-son
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 30.05.2022 yildagi PQ
-263-son
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
63
o‘zlarining asosiy qonunlariga raqamlashtirish va texnologiyalardan
foydalanishga doir bazaviy normalarni kiritib kelmoqdalar. Ayniqsa
bu yo‘nalishda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar, xususan,
Finlyandiya
anchagina
hayratlanarli
natijalarga
erishgan.
Finlyandiya
Konstitutsiyasining 16-moddasida
davlat texnologik taraqqiyotni qo‘llab
-
quvvatlashi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham bu sohani
rivojlantirishga oid ilk normalar o‘z aksini topmoqda. Tajribali huquqshunoslarimiz
tomonidan yangi huquqiy islohotlarni amalga osh
irish ishlari jadallikda yo‘lga
qo‘yilmoqda.
Jamiyatda qaysi soha yangi rivojlanishni boshlasa, odamlar orasida
ommalashib boraversa va ko‘pchilik undan foydalansa, bu sohani tartibga soluvchi
normalarni ishlab chiqish zaruriyati yuzaga keladi. Chunki bu kishilar o‘rtasidagi
munosabatlarga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Yangi turdagi huquqbuzarliklar,
jinoyatlar paydo bo‘lishi ehtimoli oshadi. Shu sababli ham normalarning yaratilishi
jinoyatlarni oldini olishi mumkin. Raqamli texnologiyalar, internet, ijtimoiy
tarmoqlar, platformalar aynan hozirda rivojlanib borayotgan va ommalashayotgan
sohalar. Deyarli har kuni texnologik yangiliklar e’lon qilinmoqda. Shu bilan birga
statistik ma’lumotlar
kiberjinoyatlar miqdori oxirgi o‘n yillikka qaraganda sezilarli
darajada oshganini ko‘
rsatdi. Bunday holatlar sohada kerakli huquqiy islohotlar
o‘tkazish kerak ekanligidan dalolat beradi.
Amerikalik huquqshunos va professor
Lawrence Lessig internet va raqamli texnologiyalarning rivojlanishi, an’anaviy
huquq tizimlarining qiyinchiliklarga duch kelishini ko‘rsatadi
va raqamli dunyoda
yangi huquqiy me’yorlarni ishlab chiqish zarurligini
ta’kidlagan edi.
5
https://www.finlex.fi/en/laki/kaannokset/1999/en19990731.pdf
6
Lessig, L. (1999).
Code and Other Laws of Cyberspace
. Basic Books
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
64
Biz kelajakda faoliyatimizni imkon qadar yengillatish maqsadida
texnologiyalar ko‘magiga tayanmoqdamiz. Eng oddiy maish
iy xizmatlardan tortib
iqtisodiy, ijtimoiy sohalar singari huquq, davlat boshqaruvi va mahalliy boshqaruv
tizimlari to‘liq avtomatlashtirilgan yagona bazalar orqali
tartibga solinmoqda.
Bularning barchasi, albatta, foydali lekin o‘z navbatida salbiy ijtimoiy va huquqiy
oqibatlarga ham sabab bo‘ladi. Texnologiyalarga qaramlikning oldini olish
maqsadida uni hukumat tomonidan ma’lum darajada na
zorat qilib turiladigan
tizimga solish ancha xavfsiz va foydaliroq bo‘
ladi deb hisoblayman hamda agarda
bu borada Konstitutsiyamizga ham rivojlangan mamlakatlar tajribasidan
ilhomlangan holda tegishli normalar kiritilib, ular asosida qonun va qonun osti
xujjatlari qabul qilinsa, texnologik tizimimiz yanada mustahkamlanishi
shubxasizdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO’YXATI
:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
“Oliy ta’lim
tizimida ilmiy-
tadqiqot ishlarini rivojlantirish to‘g‘risida”, 2020
-yil 16-sentabr, 557-
son.
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
65
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
“2022–
2026-
yillarda O‘zbekiston Respublikasida gender tengligini
ta’minlash bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”, 2022
-yil 30-may, PQ-
263-son.
3. Lessig, L. (Lessig, L. (1999).
Code and Other Laws of Cyberspace
. Basic
Books. ISBN: 978-04650391284.
