SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
175
UCHINCHI RENYENSSANS POYDYEVORI
–
ZIYOLI
YOSHLAR QOʻLIDA
Fozil Sultonov - Turon fanlar akademiyasi akademigi
Hayot Nurullayev -
Respublika Maʼnaviyat va
maʼrifat markazi boʻlim boshligʻi
Annotatsiya:
Maqolada yot kuchlar tomonidan davlatimizga qarshi amalga
oshirilishi mumkin boʻlgan axborot xujumiga qarshi himoyalanish va bu holat
yoshlarning o‘zini tutishida, dunyoqarashi, ijtimoiy
-
siyosiy faolligiga taʼsiri
masalalariga bagʻishlangan.
Аннотация:
В статье рассматриваются вопросы противодействия
возможным информационным атакам, направленным против нашего
государства со стороны внешних сил, а также их влияние на поведение
молодёжи, её мировоззрение и социально
-
политическую активность.
Annotation:
The article is dedicated to the issues of countering potential
information attacks against our state by external forces, as well as their impact on
the behavior, worldview, and socio-political activity of youth.
Kalit soʻzlar:
uchinchi renensans, gʻoyaviy tahdidlar, axborot xujumi,
yoshlar, ijtimoiy-siyosiy faollik.
Ключевые слова:
третий Ренессанс, идеологические угрозы,
информационная атака, молодёжь, социально
-
политическая активность.
Keywords:
Third Renaissance, ideological threats, information attack, youth,
socio-political activity.
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
176
Kirish.
Mamlakatimiz
Prezidenti
Sh.Mirziyovning
"Oʻqituvchilar bayrami"ga yigʻilgan ustoz, murabbiy va ziyolilarga
qilgan
Murojaatlarida "Uchinchi renessans"
ni yaratuvchi beshta
halqalarning asosiy poydevori- bu oiladagi ota-
onaning masʼuliyati, uning
maʼnaviy
-
maʼrifiy dunyoqarashi ekanligini taʼkidlab oʻtgan edilar:
"Hammamizga
ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakat-ni qudratli, millatni buyuk
qiladigan kuch ham bu
–
ilm-
fan, taʼlim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz,
Vatanimizning yorugʻ istiqboli, birinchi navbatda, taʼlim tizimi va farzandlarimizga
berayotgan
tarbiyamiz bilan chambarchas bogʻliq.
Materiallar va usullar.
Buyuk yunon olimi Aristotelning
“Vatan
taqdirini
yoshlar tarbiyasi hal qiladi”
,-
degan soʻzlari bor. Qarang, bu fikrlar miloddan
avval aytilgan. Demak, insoniyat ongli hayot kechira boshlagan davrdan buyon
taʼlim va tarbiya masalasi, doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda... Biz keng
koʻlamli demokratik oʻzgarishlar, jumladan, taʼlim islohotlari orqali
Oʻzbekistonda
yangi Uygʻonish davri, yaʼni Uchinchi Renessans
poydevorini yaratishni
oʻzimizga asosiy maqsad qilib belgila
-dik. Bu haqda gapirar ekanmiz, avvalo,
uchinchi Renessansning mazmun-mohiyatini har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur
anglab olishi kerak.
Umuman olganda, “Renessans” lugʻaviy fransuzcha “qayta tugʻilish” degan
maʼnoni anglatadi. Renessans atalmish mazkur ijtimoiy hodisa oʻzbek tiliga
"Uygʻonish davri",
-
deb tarjima qilingan. Oʻtmishdan birinchi boʻlib teran tarixiy
xulosa chiqargan -jadid bobolarimiz edi. Ular taklif qilgan islohotlar millatni qayta
uygʻotish, taraqqiyot tomon burishni koʻzlagan edi. Ammo, mustabid hokimiyat
jadidlar harakatini avj olmasdan boʻgʻib qoʻydi. Mustaqillikka erishgandan keyin
dastlab chorak asr davomida milli
y tiklanish bilan shugʻullanishga toʻgʻri keldi.
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
177
Endilikda milliy tiklanishdan milliy yuksalishga oʻtganimizdan keyin,
uchinchi Renessansga erishishni davlat rahbari strategik vazifa etib
qoʻydi.
Bugungi kun mafkuraviy kurashlar avj olgan davr hisoblanadi. Turli-tuman
gʻoyaviy kuchlar oʻz taʼsir doirasini kengaytirish uchun tinimsiz ish olib
borishmoqda. Bu jarayon mamlakatimiz hayotiga ham daxldordir. Zero, har-xil
gʻoya va mafkuralar bizning yurt
imizga ham kirib kelmoqda. Ming afsusuki, ular
orasida bizga begona boʻlgan, zararli gʻoya va mafkuralar ham bor.
Ularga qarshi
turish uchun avvalo, mafkuraviy immunitetni kuchaytirish talab etiladi. Bu oiladan
boshlanadi. Maʼlumki, Sharq xalqlari uchun oila muqaddas maskan. Oilaning
mustahkamligi, tinchligi va osoyishtaligi bu davlatning mustahkamligi va
osoyishtaligini taʼminlovchi manbadir. Oʻzbekistonda oila masalasi davlat siyosati
maqomidagi qar
aladi.. Taqqoslash uchun Gʻarb davlatlarida oilaga munosabat
masalasini koʻradigan boʻlsak, oila bu har kimning shaxsiy ishi. Turmushga
chiqadimi yoki yoʻqmi, uylanib, oila qurib farzand koʻradimi yoki yoʻqmi, bu har
kimning oʻzini ishi.
Hozirgi vaqtda turli shaklda tarqalayotgan materiallar zamiridagi maʼnaviy,
axloqiy buzuqliklar asta-sekin ijtimoiy
ӽ
ayotga ham kirib kelishi, axloqiy
buzuqliklar yoshlar davrasida ommalashishi, ayrim oila-larga kirib borishi, odamlar
onggiga singishi. Bu esa ӯz navbatida,
video lavӽa shaklidagi maʼnaviy taӽdidlar
oilaviy qadriyatlarni, shaxs tarbiyasining milliy tizimini,
axloqiy muӽitni yemirilishi
va unga zarar yetkazishi mumkinligini anglash.
Real
hayotdan olinganday qilib tayyorlangan, aslida esa axloqsizlikni targʻib
etayotgan materiallarning tarqalishiga nisbatan loqayd boʻlish ӯz navbatida,
qachonlardir ӯzaro ishonch, sevish va unga ishonish, oiladagi sogʻlom axloqiy
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
178
muӽit, xiyonat ӽissi, sogʻlom axloqiy dunyoqarash kabi kӯplab
narsalardan maӽrum bӯlish, faxshga oddiy ӽolat yoki voqea kabi
kӯnikma ӽosil qilishga olib keladi.
Natijalar va muhokamalar.
Axborot ӽujumi platformasi barcha yoshdagilarni
qamrab olmoqda. Tarqatilayotgan materiallar tarkibiga inson onggining tabiiy
rivojlani-shini izdan chiqaradigan texnologiyalar singdirilmoqda. Axborot zamirida-
gi bu texnologiyalar insonning dunyo qarashini izdan chiqarish bilan birga, uning
maʼnaviy
-
axloqiy shakllanishini barbod qilmoqda. Bunday ӽolatning oqibatini kӯz
oldingizga bir keltiring-a!?
Bu borada olim Rahmon Qoʻchqorning masalaga
quyidagicha yondashuvini mutlaqo toʻgʻri deyish mumkin: “Oʻziga “axb
orot
dunyosi”, “axborotlashgan jamiyat” deb nom qoʻyib olgan bugungi jumla jahonda u
yoki bu voqea-
hodisa haqida (u tarixda yuz berganmi yoki kuni kecha sodir boʻldimi
–
farqi yoʻq) ommaviy axborot vositalari “topib” tarqatayotgan maʼlumot, “tezkor
xabar”qancha koʻpaysa, oʻsha voqea
-hodisaga doir asl haqiqat shuncha
mavhumlashib bormoqda”[1].
Axborot urushi xavfini ӯz vaqtida seza olish va undan ӽimoyalanish muӽim
aӽamiyatga ega. Chunki, davlatning barqarorligi va uning kelajagiga jiddiy xavf
tugʻdirayotgan informatsion taӽdidlardan himoyalanish –
mamlakatni ӽimoya
qilishning zamonaviy formalaridan biridir.Chunki biror siyosiy kuch, yoki boshqa
yovuz kuchlar, yoki biror davlatning -
boshqa bir davlatga tegishli bӯlgan
informatsion ӽududni egallashga qaratilgan ӽarakatlari, ikkinchi davlatning
psixologik xavfsizligini ӽam buzishga qaratilgan bӯladi. Bu ӽolat yoshlarning ӯzini
tutishida, dunyoqarashi, ijtimoiy-
siyosiy faolligida namoyon bӯladi. Axborot
ӽujumiga qarshi ӽimoyalanish esa, yot kuchlar tomonidan Davlatga qarshi amalga
oshirilishi mumkin boʻlgan harakatlardan himoyalanishning tizimli tad
biridir [2].
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
179
XX asrda, gʻarbda yangicha oʻylab topilgan "multi madaniylik"
(yoki oʻta madaniylik) gʻoyalari orqali tarqalgan "ommaviy
madaniyat " tushunchasi, hozirda oʻz "zaxarli meva"lari bilan ijtimoiy
tarmoqda butun dunyoga tarqalmoqda. Eng achinarlisi shuki, "ommaviy madaniyat"
gʻoyalari bilan zaharlangan insonlar oʻz fuqarolarimizdan ham chiqib turibdi.
Instagram video
ijtimoiy tarmogʻida “TIK
-
TOK” deb nom olgan koʻngilochar
dasturni ommalashgani hech kimga sir emas. Bu dastur yordamida har xil harakatlar
oʻyinlar va chiqishlar amalga oshiriladi. Eng asosiysi, koʻrinishdan beozor, hazil
tariqasida yaratilgan ushbu dastu
r orqali “ommaviy madaniyat”ni yorqin namoyish
etish, yoshlar ongini zaxarlash, axloqsizlikni targʻib etish, milliy qadriyatlarimizga
nisbatan beparvolik hissini uygʻotish. "Hozirda
internet imkoniyatidan foydalanish
madaniyati yurtimizda qanday shakllanmoqda? Internet - milliy qadriyatlar tizimiga
qanday taʼsir ӯtkazmoqda? Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan materiallar
-
shaxsning fikrlash jarayoniga salbiy taʼsir ӯtkazmayaptimi?",
- degan savollar
yuzaga kelishi tabiiy.
Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi "Ilmiy ekspertiza" boʻlimi
tadqiqotchilarimiz tomonidan oʻrganilgan monitoringga koʻra [3]:
5700 ta yaqin profillar, ijtimoiy kanallar, koʻngilochar sahifalarda
tarqatilayotgan materiallar mazmuni oʻrganilganda quyidagi holatlar
aniqlandi:
ijtimoiy tarmoqda tarqatilayotgan materiallarning 70% -
ni salbiy taʼsirga
ega materiallar, foydalanuvchi va fikr bildiruvchilar ichida 51%-
i buzgʻunchi
gʻoyalarga berilgan.
Bu juda xavfli vaziyat emas-mi?!
Shu oʻrinda, mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyovning quyidagi fikriga
eʼtibor qaratish zarur:
“Biz bir narsani
hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz
zarur. Agar “ommaviy madaniyat” tahdidi faqat chetdan –
Gʻarbdan kirib
keladi, desak, qattiq adashamiz. Bu balo, afsuski, oʻzimizdan, oʻz oramizdan
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
180
ham chiqishi mumkin. Men bu gaplarni osmondan olib
aytayotganim yoʻq. Yurtimizda nashr etilayotgan ayrim gazeta
-
jurnallar, kitoblarni, suratga olinayotgan baʼzi klip va kinolarni,
efirga berilayotgan qoʻshiq va raqslarni kuzatib,sogʻlom fikrlaydigan har
qanday odam shunday xulosaga kelishi tabiiy”
[4].
Ezgulikka, fikr sofligiga intilish insonga xos xislatdir. Aynan mana shu xislatlar
shaxs rivojlanishining
maʼnaviy negizi
boʻlib xizmat qiladi. Har bir shaxs bu
dunyoda oʻzining yashash huquqini, oʻz taqdirini, erkinligi taʼminlash yӯ
lidan
borishi kerak.
Bu yoʻlda unga maʼnaviy
-
axloqiy gʻoyalar va qadriyatlar, axloqiy
fazilatlar hamroh boʻladi, uni harakatga keltiradi, unga maʼnaviy kuch va quvvat
beradi.
Xulosa.
Mustakil oʻzbek davlati
-
xalkimizning tarixiy yutugʻidir. Oʻz davlati
bilan faxrlanish va fuqarolarning vatanparvarligi jaxondagi koʻpgina
mamlakatlarning ilgʻor marralarga chiqib olishida yordam bergan.
Shu bilan birga
har bir ilm-
maʼrifat va maʼnaviyat bilan shugʻullanuvchi ziyoli yoshlarimiz, oʻzini
yuqorida Prezidentimiz aytgan "besh halqa" ustininig vakili sifatida his qilishi va
butun kuch -
gʻayratini halqimizni uygʻonishi
-
«Yangi Oʻzbekiston
-yangi
dunyoqarash»
gʻoyasi targʻibotiga safarbar etishi lozim.
Yurtimizdagi ommaviy
axborot vositalar faoliyatining asosiy mezoni sifatida esa -
milliy taraqqiyotimiz,
xalqimiz tafakkurini oʻstiradigan, yoshlarimiz ongida milliy xususiyatlarimizni
targʻiboti
-
ga asosiy eʼtiborni yoʻnaltirishimiz, kelajakda Milliy yuksalishi
-
mizning poydevori -
Uchinchi renenssansni barpo etishda oʻz samarasini
berishi shubhasizdir.
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
181
FOYDALANILGAN АDАBIYOTLАR RO‘YXATI:
1.
Rahmon Qoʻchqor. Dunyo
kurash maydonidir//.
–
Tafakkur-2016. 4-son B. 24.
2.
Sultonov F. X., Sultonova E.S.
Gʻoyaviy tahdidlar yoʻnalishlari.
(
“Maʼnaviy
-
maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va targʻibotning zamonaviy
texnologiyalari”
). Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari, Toshkent,
2022, 35-39 bb.
3.
Sultonov F.X., Hojiyev F.J. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI
(TELEVIDENIE,
IJTIMOIY
TARMOQ
VA
MATBUOT)
DA
TARQATILAYOTGAN
IJTIMOIY-SIYOSIY
MATERIALLAR
ILMIY
TAHLILI.
Toshkent, “ART VERNISSAGE” nashriyoti, 2023
-yil, 232 b.
4.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston ijodkor ziyolilari
vakillari bilan uchrashuvdagi maʼruzasi . Xalq soʻzi. 2017
-yil 5-avgust.
