SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
137
SUN’IY INTELLEKT: YUTUQLAR ORTIDAGI XATARLAR
Qo‘
y
liyev Asadbek G‘
anisher o
‘
g
‘
li
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo’nalishi
Annotatsiya:
Ushbu maqola hozirgi kunda dunyoni qamrab olgan va odamlar
orasida ommalashib borayotgan sun’iy intellekt (SI) ning kelajakdagi kutib turgan
istiqbolli rejalari hamda uning natijasida vujudga keladigan xavf va xatarlar tahlil
qilinadi. Sun’iy intellekt ins
on hayotining turli qismlarida keng tarqalganligi va
qo‘llaniliyotganligi masalan tibbiyot, ta’lim, iqtisodiyot, sanoat, biznes, transport
tizimlarini samarali boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqa tomondan,
ishsizlikning ortishi, kiberxavfsizlikka tahdidlar kabi muammolar muhokama
qilinadi va vujudga keladigan xavflar huquqiy va axloqiy jihatdan o‘rganilib,
kelajakda texnalogiyalarning xavfsiz rivojlanishi uchun takliflar berilgan.
Kalit so‘zlar:
Sun’iy intellekt (SI), texnalogik yutuqlar, zamonaviy
texnalogiyalar, kiberxavfsizlik, ish o‘rinlari va ishsizlik.
Аннотация:
В этой статье будут проанализированы будущие
многообещающие планы искусственного интеллекта (ИИ), который в
настоящее время охватывает весь мир и становится все более популярным
среди людей, а также связанные с ним риски и риски. Тот факт, что
искусственный интеллект широко используется и используется в различных
сферах жизни человека, например в медицине, образовании, экономике,
промышленности, бизнесе, становится важным для эффективного управления
транспортными системами. С другой стороны, обсуждаются такие проблемы,
как рост безработицы, угрозы кибербезопасности, а возникающие риски
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
138
изучаются с юридической и этической точек зрения, предлагая
предложения по безопасному развитию технологий в будущем.
Ключевые слова:
искусственный интеллект (ИИ),
технологические достижения, современные технологии, кибербезопасность,
рабочие места и безработица.
Abstract:
This article will analyze the future promising plans of artificial
intelligence (AI), which currently covers the entire world and is becoming
increasingly popular among people, as well as the risks and risks associated with it.
The fact that artificial intelligence is widely used and used in various spheres of
human life, such as medicine, education, economics, industry, and business, is
becoming important for the effective management of transport systems. On the other
hand, issues such as rising unemployment and cybersecurity threats are discussed,
and emerging risks are examined from a legal and ethical perspective, offering
suggestions for the safe development of technology in the future.
Keywords:
Artificial intelligence (AI), technological advances, modern
technologies, cybersecurity, jobs and unemployment.
Kirish
Zamonaviy jamiyatda yashar ekanmiz, deyarli har kuni har sohada turli
texnalogiyalarga duch kelamiz va ulardan foydalanamiz masalan mobil qurilmalar
yoki shu kabi boshqa gadjetlarrni aytishimiz mumkin. Ushbu texnalogiyalar
rivojlanayotgan dunyoning asosiy bo‘g‘iniga aylandi. Shu bilan birga, sun’iy
intellekt (SI) XXI asr ya’ni texnalogik inqilobning asosiy yunalishidan biriga aylana
oldi. SI ning rivojlanishi insoniyat insoniyat turmush tarzining turli jabhalariga
chuqur ta’sirini o‘tkazib, ta’limdan tortib tibbiyot, sanoat va biznesgacha bo’lgan
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
139
jarayonlarni keskin o‘zgartirmoqda. SI yordamida tizimlarni
avtomatlashtirish orqali inson mehnatiga ehtiyojni kamaytirib,
samaradorligini oshirmoqda. Bu esa nafaqat ishning sifatini oshiradi
balki kelajak uchun yangi istiqbollarni ochadi.
Boshqa tomondan, SI ning rivojlanish natijasi bilan birga kelib chiqadigan turli
global savollar ham vujudga kelmoqda. Ish o‘rinlarining qisqarishi
,
kiberxavfsizlikka tahdidlar va axloqiy muammolar shular jumlasidandur. Ushbu
maqolada SI ning kelajakdagi istiqbollari, uning jamiyatga ijobiy va salbiy ta’sirlari
tahlil qilinib, xavfsiz va mas’uliyatli rivojlanish uchun zarur bo‘lgan choralar
muhokama etiladi.
Adabiyotlar tahlili
Sun’iy intelle
kt mavzusi nafaqat hozirgi global mavzulardan balki butun
insoniyat kelajagi uchun muhim mavzulardan biridir. SI sohasida gap ketar ekan bu
sohadagi ilmiy izlanishlar juda ko'p jihatlarni o'z ichiga oladi, shu jumladan, uning
yutuqlari va xavflarini. Bu borada
Stuart Russell
va
Peter Norvig
tomonidan
yozilgan
"Artificial Intelligence: A Modern Approach"
asari juda muhim
hisoblanadi.[1] Ushbu asarda sun'iy intellektning rivojlanishi, texnologiyalari va
insoniyat uchun keltirishi mumkin bo'lgan ijobiy va salbiy oqibatlar
aytib o’tilgan.
Bundan tashqari SI ning ta’lim va texnalogiyalarning rivojlanishidagi o’rni haqida
O‘zbekistonlik tadqiqotchilar ham ko’plab tadqiqotlar o’tkazgan
Onarkulov M. va
Isaqova S. (2024)
tomonidan yozilgan
"NEYROCHIPLAR, MAXSUS
MATRITSALI KUCHAYTIRGICHLAR VA NEYROEMULYATORLAR"
maqolasini aytishimiz mumkin, bu maqola sun'iy intellektning innovatsion yutuqlari
va uning amaliy qo'llanilishi haqida keng ma'lumot berilgan.[2] SI haqida Jahon
sog'liqni saqlash tashkiloti (WHO) 2023-yil 16-mayda sun'iy intellektning sog'liqni
saqlash sohasida xavfsiz va etik tarzda qo'llanilishi zarurligini ta'kidlab e'lon qilgan
bayonotida, texnologiyaning kelajakdagi foydalari va xavflarini ay
tib o’tadi.[3]
SI
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
140
texnologiyalarining iqtisodiyotga, xususan, mehnat bozoriga ta'siri
so'nggi yillarda katta ahamiyat kasb etmoqda. 2023-yilgi
"Sun'iy
intellekt xavfi: odamlarning ishsiz qolish ehtimoli qanchalik
yuqori?" nomli
Kun.uz manbasida, sun'iy intellektning ish o'rinlari va mehnat
bozoriga ta'siri muhokama qilingan. Ushbu manbada, SI texnologiyalari va
avtomatlashtirishning ishchilarning kasblariga qanday ta'sir qilishi va bu jarayonlar
natijasida ishsizlik darajasining qanday o'zgarishi ehtimoli keltirilgan.[4]
Yuqoridagi adabiyotlar hozirgi kundagi muhim mavzuga aylangan SI ning
insoniyatga ta’sirini ya’ni salbiy va ijobiy natijalarini ta’kidlab o‘tgan.
Metadalogiya
Ushbu tadqiqotning maqsadi SI texnologiyalarining yutuqlari va
rivojlanishiga qaramasdan, ular bilan bog'liq xavflar va muammolarni tahlil
qilishdir. Mazkur tadqiqot davomida tahliliy yondashuv metodidan SI haqidagi
boshqa adabiyot va maqolalar bilan birgalikda tahlil qilindi va muhim fikrlar
yig‘ildi. Ushbu maqolada
statistik tahlil metodi orqali kelajakda kutib turgan SI
ta’sirida vujudga kelgan muammolarning statistikalari orqali ma’lumotlar berildi.
Natijalar
Sun
’iy intellekt (SI) so‘nggi yillarda jamiyatda katta o‘zgarishlarni keltirib
chiqardi. U bir tomondan turli sohalarda yutuqlarni taqdim etsa, boshqa tomondan
yangi xavf-xatarlarni yuzaga keltirmoqda.
SI ning yutuqlari
-
Ta’lim
da: Russell va Norvig (2021)
kitobi, sun’iy intellektning ta’lim
tizimiga kiritilishi bo‘yicha chuqur tahlil beradi va bu texnologiyaning ta’lim
jarayonini qanday o‘zgartirishini ko‘rsatadi. Ularning fikricha, sun’iy
intellekt yordamida ta’lim tizimini samarali ravishda optimallashti
rish
1
Russell, S., & Norvig, P. (2021).
Artificial Intelligence: A Modern Approach.
Pearson
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
141
mumkin, ammo bu texnologiyalarni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash zarur.
Bu kitob ta’lim sohasidagi ilg‘or yondoshuvlar va innovatsiyalarni
taqdim etadi, shuningdek, sun’iy intellektning ta’lim tizimiga bo‘lgan
ta’sirini ijobiy va salbiy tomonlarini ta’kidlab o‘tadi. Masalan, Sun'iy intellekt
yordamida o'quvchilarning o'qish jarayonlari va o'zlashtirish darajalarini
nazorat qilish, ularning natijalarini tahlil qilish va ularning xatolarini
aniqlashga yordam beradi.
-
Iqtisodiyotda: Ma’lumki, texnalogiyalar
va mashinalar charchamaydi.
Texnalogiyalar cheksiz, tanaffuslarsiz ishlashi mumkin va ular odamlardan
farqli ravishda bir xil narsani takrorlashdan ham charchamaydilar
. Buning
natijasida samaradorlik oshadi. Undan tashqari, inson xatosini kamaytira
oladi. Insonlar hafta davomida kecha va kunduz ishlashga qiynaladi buni
davomiy bajara olmaydi lekin texnalogiyalar davomiy tarzda ishlashi
mumkin.
-
Transportda: Transport tizimlari inson omilini kamaytirib, xavfsizlikni
oshiradi, yo'l-transport hodisalarini kamaytiradi. SI yordamida yo'l harakati
oqimi optimallashtiriladi, tirbandliklar kamayadi va transport samaradorligi
oshadi
. Shuningdek, avtomobil tizimlari haydovchiga xavfsizlikni
ta'minlashda yordam berib, atrof-muhitga salbiy ta'sirni kamaytiradi. Bu
texnologiyalar transportni xavfsizroq va samaraliroq qiladi.
-
Tibbiyotda: Sun'iy intellekt tibbiy tasvirlarni (masalan, rentgen, MRI va CT
skanerlar) tahlil qilishda insondan aniqroq va tezroq natijalar taqdim etishi
mumkin. Bu bemorlarning kasalliklarini erta aniqlash va davolash
imkoniyatlarini oshiradi. Undan tashqari, SI tizimlari, masalan, robotlar
2
Karimberdiyevich, O. M., & Abdulaziz o‘g’li, Y. M. (2024). SUN’IY INTELLEKTNING AFZALLIKLARI VA
KAMCHILIKLARI. IZLANUVCHI, 1(1), 75-85
3
Akromjon o'g'li, Baxtiyorov Faxriyor. "YO'L HARAKATI XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDA SUN'IY
INTELLEKTNING O'RNI."
ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN
KREATIV G’OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR
7.72 (2024): 113-116
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
142
yordamida, jarrohlik amaliyotlarini yanada aniqroq va kamroq
xatoliklar bilan o'tkazishga imkon beradi. Bu, o'z navbatida,
bemorning tiklanish jarayonini tezlashtiradi. (1-rasm)
1-
rasm. Sun’iy
intellektni qo‘llash
orqali onkologik
kasalliklarini erta
aniqlash
SI ning salbiy tomonlari
Sun
’
iy intellekt etik salbiy natijalarni olib kelishi mumkin. SI tizimlari
diskriminatsiya va nohaqlik keltirib chiqarishi mumkin, chunki ular ba'zan o'z
qarorlarida odamlarning irq, jinsi yoki boshqa xususiyatlariga asoslanishi mumkin.
Stuart Russell
va
Peter Norvig
ning asarida
adolatsizlikka olib keladigan ehtimollari muhokama qilinadi. Misol uchun, ayrim SI
tizimlari ishonchli yoki yaxshi ishlashga qodir bo
‘
lmagan ma
’
lumotlar bilan
o
‘
qitilgan bo
‘
lishi mumkin, bu esa ular qaror qabul qilishda noto
‘
g
‘
ri yoki adolatsiz
bo
‘
lishiga olib keladi. Sun
’
iy intellektning keng tarqalishi natijasida ijtimoiy
tengsizlikni kuchaytirishi mumkin. Yana ushbu kitobda SI texnologiyalarining bir
nechta jamiyat guruhlariga ta
’
siri haqida so
‘
z boradi. Masalan, sun
’
iy intellektni
rivojlantirishda hamda undan foydalanishda ba
’
zi mintaqalarda, yirik kompaniyalar
4
5
Russell, S., & Norvig, P. (2021).
Artificial Intelligence: A Modern Approach.
Pearson
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
143
va rivojlangan mamlakatlar ustunlikka ega bo'lishi mumkin, bu esa
global miqyosda iqtisodiy farqni oshirishi mumkin. Xususan, malakali
ishchilar uchun imkoniyatlar yaratilgan bo'lsa, kam malakali yoki
texnologiyalarni qo
‘
llashga moslashmagan ishchilar ish o
‘
rinlarini yo
‘
qotishi
mumkin.
Buning natijasida iqtisodiyotga juda katta salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Ishsizlik darajasi ortishi kutilgan holdir. Avtomatlashtirish va sun
’
iy intellektning
ishchi kuchini almashtirish salbiy oqibatlari keng muhokama qilingan. Sun
’
iy
intellekt tizimlari va robotlar ko
‘
plab mehnat jarayonlarini avtomatlashtirib,
odamlarning ish o
‘
rinlarini yo
‘
q qilishi mumkin. Bu jarayon, ayniqsa, oddiy va
takrorlanuvchi ishlar bilan shug'ullanadigan ishchilar uchun xavf tug
‘
diradi. Bunga
yaqqol misol, transport, ishlab chiqarish va xizmat ko
‘
rsatish sohalaridagi ish
o
‘
rinlari sun
‘
iy intellekt tomonidan egallanishi mumkin.
Kun.uz manbasida keltirishicha,
Sun’iy intellekt inson qilishi mumkin
bo‘lgan ko‘p vazifalarni bajara olyapti va bu odamlarning ish o‘rinlarini
yo‘qotishlariga ham sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, taksilar, yuk mashinalari
haydovchisiz ham boshqarilishi, kassalarda hisobchilar bo‘lmasligi
, jarrohlik
operatsiyalarini ham odam emas, robotlar qila olishi mumkin. Natijada esa, albatta,
kimdir ishsiz qolishi ehtimoli bor. (2-rasm)
2-
rasm. Sun’iy intellekt
xavfi
-
odamlarning
ishsiz qolish ehtimoli
qanchalik yuqori?
6
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
144
Muhokama
Sun'iy intellekt (SI) bugungi kunda turli sohalarda rivojlanib,
hayotimizga katta ta'sir ko'rsatmoqda. Bu texnologiyalar ta'lim,
iqtisodiyot, tibbiyot, transport va boshqa sohalarda samaradorlikni oshiradi. Misol
uchun, ta’limda SI yordamida o‘quvchilarning o‘rganish jarayonlarini
shaxsiylashtirish mumkin, bu esa ularning natijalarini yaxshilashga yordam beradi.
Iqtisodiyotda esa texnologiyalar ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi va inson
xatosini kamaytiradi.
Biroq, bu texnologiyalar bilan birga, ba'zi xavf-xatarlar ham yuzaga
kelmoqda. Ishsizlik masalasi ayniqsa, avtomatlashtirish va SI tizimlarining ishchi
kuchini almashtirishi natijasida ortishi mumkin. Kiberxavfsizlik ham muhim
masala, chunki SI tizimlariga
tahdidlar mavjud bo‘lishi mumkin. Shuningdek, etik
masalalar, masalan, diskriminatsiya va nohaqlik kabi holatlar ham yuzaga kelishi
mumkin.
Shunday qilib, sun’iy intellektning rivojlanishi ko‘plab imkoniyatlarni yaratish
bilan birga, mas’uliyatli yondashuvni talab etadi. Texnologiyaning xavfsiz va
axloqiy rivojlanishini ta’minlash uchun aniq regulyatsiyalar va ko‘rsatmalar zarur.
-
SI tizimlari va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash uchun ilg‘or
kiberxavfsizlik protokollarini joriy etish zarur. Xususan, ma’lumotlarni
himoya qilish va tizimlarni potentsial hujumlardan himoya qilish uchun yangi
strategiyalar ishlab chiqilishi kerak.
-
SI va avtomatlashtirishdan kelib chiqadigan ish o‘rinlari o‘zgarishini hisobga
olib, yangi kasblar yaratish va mavjud ishchilarni yangi texnologiyalarni
o‘rganishga tayyorlash muhim. Malakali mutaxassislar tayyorlash dasturlari
va o‘qitish kurslari kengayt
irilishi kerak.
-
Sun’iy intellekt tizimlarining qaror qabul qilish jarayonida shaffoflikni
ta'minlash va diskriminatsiyaning oldini olish uchun qat’iy etik standartlar
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
145
ishlab chiqilishi zarur. Tizimlarning qanday ma'lumotlar asosida
qarorlar qabul qilishi aniq bo‘lishi kerak.
Xulosa
Sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari so‘nggi yillarda hayotimizda katta
o‘zgarishlar yaratdi. U ta’lim, tibbiyot, iqtisodiyot va boshqa ko‘plab sohalarda
samaradorlikni oshirib, yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Masalan, SI yordamida
tibbiyotda kasalliklarni erta aniqlash, transportda xavfsizlikni ta'minlash va
iqtisodiyotda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish mumkin. Ammo bu
texnologiyalarning rivojlanishi bilan birga ba
’
zi xavf-xatarlar ham paydo
bo‘lmoqda.
Ish o‘rinlarining qisqarishi, kiberxavfsizlikka tahdidlar va etik muammolar
kabi masalalar jiddiy e’tiborga olinishi kerak. Shuning uchun, SI texnologiyalarining
xavfsiz va mas’uliyatli rivojlanishi uchun qat’iy regulyatsiyalar, malakali
mutaxassislarni tayyorlash, kiberxavfsizlikni mustahkamlash va etik me'yorlarni
joriy etish zarur. Faqat shu tarzda sun’iy intellektdan maksimal foyda olish va uning
salbiy oqibatlarini kamaytirish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO’YXATI:
1.
Russell, S., & Norvig, P. (2021).
Artificial Intelligence: A Modern Approach.
Pearson
2.
Onarkulov, M., & Isaqova, S. (2024). NEYROCHIPLAR, MAXSUS
MATRITSALI KUCHAYTIRGICHLAR VA NEYROEMULYATORLAR.
Science and Innovation in the Education System, 3(6), 52-58
3.
World Health Organization (2023).
WHO calls for safe and ethical AI for
health
https://www.who.int/news/item/16-05-2023-who-calls-for-safe-and-
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
146
4.
Kun uz
https://kun.uz/news/2023/05/10/suniy-intellekt-xavfi-
odamlarning-ishsiz-qolish-ehtimoli-qanchalik-yuqori
5.
Karimberdiyevich, Onarkulov Maksadjon, and Yusupov Mirsaid
Abdulaziz o‘g’li. "SUN’IY INTELLEKTNING
AFZALLIKLARI VA
KAMCHILIKLARI." IZLANUVCHI 1.1 (2024): 75-85
