GINGIVIT: SABABLARI, TURLARI, KLINIK BELGILARI VA ZAMONAVIY DAVOLASH USULLARI

Аннотация

Gingivit – bu milk to‘qimalarining yallig‘lanishi bilan kechuvchi, ko‘p uchraydigan stomatologik kasalliklardan biridir. U ko‘pincha blyashka to‘planishi, yomon og‘iz gigiyenasi yoki umumiy sog‘liq muammolari bilan bog‘liq bo‘ladi. Ushbu maqolada gingivitning klinik belgilari, gingivit va parodontit o‘rtasidagi asosiy farqlar, shuningdek, zamonaviy davolash usullari yoritib berilgan. Bemorning shaxsiy gigiyenasiga amal qilishi, professional gigiyena tozalovlari va mahalliy antiseptik vositalardan foydalanish davolashda muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, maqolada etiotrop va simptomatik muolaja usullari haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.

Journal of analytical synergy and scientific horizon
Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
https://zenodo.org/records/16744311
CC BY f
147-154

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Imomova Shabnam. (2025). GINGIVIT: SABABLARI, TURLARI, KLINIK BELGILARI VA ZAMONAVIY DAVOLASH USULLARI. Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов, 1(1), 147–154. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/jassh/article/view/132021
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Gingivit – bu milk to‘qimalarining yallig‘lanishi bilan kechuvchi, ko‘p uchraydigan stomatologik kasalliklardan biridir. U ko‘pincha blyashka to‘planishi, yomon og‘iz gigiyenasi yoki umumiy sog‘liq muammolari bilan bog‘liq bo‘ladi. Ushbu maqolada gingivitning klinik belgilari, gingivit va parodontit o‘rtasidagi asosiy farqlar, shuningdek, zamonaviy davolash usullari yoritib berilgan. Bemorning shaxsiy gigiyenasiga amal qilishi, professional gigiyena tozalovlari va mahalliy antiseptik vositalardan foydalanish davolashda muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, maqolada etiotrop va simptomatik muolaja usullari haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

147

GINGIVIT: SABABLARI, TURLARI, KLINIK BELGILARI

VA ZAMONAVIY DAVOLASH USULLARI

Imomova Shabnam Faxriddin qizi

imomovashabnam493@gmail.com

Alfraganus Universiteti Tibbiyot fakulteti

Stomatologiya yoʻnalishi

1-kurs talabasi

Annotatsiya:

Gingivit

bu milk to‘qimalarining yallig‘lanishi bilan

kechuvchi, ko‘p uchraydigan stomatologik kasalliklardan biridir. U ko‘pincha

blyashka to‘planishi, yomon og‘iz gigiyenasi yoki umumiy sog‘liq muammolari

bilan bog‘liq bo‘ladi. Ushbu maqolada gingivitn

ing klinik belgilari, gingivit va

parodontit o‘rtasidagi asosiy farqlar, shuningdek, zamonaviy davolash usullari

yoritib berilgan. Bemorning shaxsiy gigiyenasiga amal qilishi, professional gigiyena

tozalovlari va mahalliy antiseptik vositalardan foydalanis

h davolashda muhim o‘rin

tutadi. Shuningdek, maqolada etiotrop va simptomatik muolaja usullari haqida ham

ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

gingivit, milk yallig‘lanishi, og‘iz gigiyenasi, parodontit,

blyashka, antiseptik, davolash usullari, stomatologiya.

Аннотация

:

Гингивит —

одно из наиболее распространённых

стоматологических заболеваний, характеризующееся воспалением тканей

дёсен. Чаще всего оно связано с накоплением зубного налёта, плохой гигиеной

полости рта или общими нарушениями здоровья. В данной статье

рассматриваются клинические проявления гингивита, основные отличия

между гингивитом и пародонтитом, а также современные методы лечения.

Особое внимание уделено значению личной гигиены пациента,

профессиональной чистке полости рта и использованию местных


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

148

антисептиков.

Также

изложены

этиотропные

и

симптоматические подходы к лечению.

Ключевые слова:

гингивит, воспаление дёсен, гигиена

полости рта, пародонтит, налёт, антисептики, методы лечения, стоматология.

Annotation:

Gingivitis is one of the most common dental diseases

characterized by inflammation of the gingival tissues. It is often associated with

plaque accumulation, poor oral hygiene, or general health issues. This article

discusses the clinical features of gingivitis, its main differences from periodontitis,

and modern treatment methods. Particular attention is paid to the importance of

personal hygiene, professional oral cleaning, and the use of topical antiseptics. The

article also presents both etiological and symptomatic treatment approaches.

Keywords:

gingivitis, gum inflammation, oral hygiene, periodontitis, plaque,

antiseptics, treatment methods, dentistry.

KIRISH

Gingivit -

bu milk to‘qimalarining yallig‘lanishiga olib keluvchi keng tarqalgan

parodontal kasallikdir. Uning asosiy klinik belgilari sirasiga milkning qizarishi,

shishishi, qonashi va og‘riqli holatlari kiradi. Bu holat odatda og‘ir og‘riqlar bilan

kechmaydi, leki

n e’tiborsiz qoldirilgan taqdirda parodontit kabi chuqurroq

to‘qimalarga o‘tib, tish yo‘qotilishigacha olib kelishi mumkin.

Jahon sog‘liqni

saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha har ikkinchi

insonda turli darajadagi gingival yallig‘lanishlar aniqlanadi. Ayniqsa, shaxsiy

gigiyenaga rioya qilinmasligi, ovqatlanishdagi xatolar, gormonal o‘zgarishlar

va

ayrim dorilar gingivitning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.

So‘nggi yillarda

stomatologiyada bu kasallikni davolashda yangi, zamonaviy usullar, jumladan, lazer


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

149

terapiyasi, probiotik vositalar, o‘simlik ekstraktlariga asoslangan

preparatlar keng qo‘llanilmoqda. Mazkur maqolada gingivit

kasalligini keltirib chiqaruvchi sabablar, ularning turlari, klinik

ko‘rinishlari hamda zamonaviy davolash yondashuvlari tahlil qilinadi.

Etiologiyasi va rivojlanish omillari

Gingivit ko‘plab omillar ta’sirida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan

yallig‘lanishli kasallik bo‘lib, uning asosiy sababi sifatida milk chetlarida

to‘planadigan tish plagi (mikrobiy blyashka) ko‘rsatiladi. Plak –

bu oziq-ovqat

qoldiqlari, bakteriyalar va epite

liy hujayralarining birikmasidan iborat bo‘lib,

muntazam gigiyena qilinmasa tezda to‘planadi va yallig‘lanish jarayonini boshlaydi

(Chapple et al., 2018). Bundan tashqari, quyidagi omillar gingivit rivojlanishiga

bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatadi:

Noto‘g‘ri og‘iz gigiyenasi

-

tish yuvmaslik, noto‘g‘ri cho‘tka ishlatish yoki tish

oralig‘ini tozalamaslik.

Gormonal o‘zgarishlar –

ayniqsa homiladorlik, o‘smirlik davri yoki

menopauzada milk to‘qimalari yallig‘lanishga moyil bo‘ladi (Hahner, 2022).

Ba’zi dori vositalari –

masalan, fenitoin, kaltsiy antagonistlari,

immunosupressorlar gingival to‘qimalarda giperplaziya yoki shish paydo qiladi.

Sigaret chekish

qon aylanishni buzadi, milk to‘qimalarining

regeneratsiyasini sekinlashtiradi.

Sistematik kasalliklar

diabet, leykemiya va immunitet bilan bog‘liq

buzilishlar gingivitni og‘irlashtiradi.


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

150

Ovqatlanishdagi xatolar

C vitamini tanqisligi, yallig‘lanishga

qarshi komponentlarning yetishmasligi milk salomatligiga salbiy

ta’sir ko‘rsatadi (Kistler et al., 2025).

Shu kabi omillar ta’sirida gingivit rivojlanadi va asta

-sekin surunkali holatga

o‘tishi mumkin. Ahamiyatli jihati shundaki, ushbu omillarning aksariyati

boshqariladigan (ya’ni, oldini olsa bo‘ladigan) omillardir. Shu bois gigiyena va

turmush tarzini to‘g‘r

i tashkil qilish kasallikni oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Gingivit turlari. Gingivit turli klinik shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin.

2017-

yilgi Jahon Parodontologiya Workshopiga (AAP & EFP) ko‘ra, gingivit plak

bilan bog‘liq va plak bilan bog‘liq bo‘lmagan shakllarga bo‘linadi (Chapple et al.,

2018).

Plak-

induklangan gingivit. Bu eng ko‘p uchraydigan shakl bo‘lib, uning

rivojlanishida asosiy omil sifatida tish blyashkasi (plak) qaraladi. Gigiyena

talablariga rioya qilinmaganda blyashkada bakteriyalar to‘planadi va milk

yallig‘lanishini boshlaydi. Milk

qizaradi, shishadi va qonay boshlaydi. Bu holat

odatda og‘riqsiz kechadi va gigiyena tiklansa, qaytish xususiyatiga ega (Newman &

Takei, 2018).

No-plak sababli gingivit. Bu guruhga quyidagilar kiradi:

Gormonal gingivit

o‘smirlik, homiladorlik, hayz tsikli o‘zgarishlari sababli

kelib chiqadi.

Dorilarga bog‘liq gingivit –

immunosupressorlar (masalan, siklosporin),

fenitoin yoki kaltsiy antagonistlari (nifedipin) gingival giperplaziyani chaqiradi.

Allergik yoki zamburug‘li gingivit –

kontaktli dermatit yoki kandidalar

ta’sirida yuzaga keladi (Lin et al., 2025).


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

151

O‘tkir va surunkali gingivit. O‘tkir gingivit –

to‘satdan

boshlanadi, kuchli shish, qonash va og‘riq bilan kechadi. Surunkali

gingivit

uzoq davom etadi, simptomlari sustroq, lekin davolanmasa

parodontitga olib keladi.

Deskvamativ gingivit. Bu alohida shakl bo‘lib, milk epiteliyasining yuzaki

qatlamlari ko‘chishi (deskvamatsiya), og‘riq va sezuvchanlik bilan namoyon

bo‘ladi. Ko‘pincha bu og‘ir autoimmun kasalliklarning belgisi sifatida qaraladi

(masalan, pemfigoid, liken planus).

Klinik belgilar va tashxis. Gingivitning klinik ko‘rinishlari kasallikning turiga,

og‘irlik darajasiga va davomiyligiga bog‘liq bo‘lsa

-da, quyidagi umumiy belgilar

eng ko‘p uchraydi:

Asosiy klinik belgilar: Milkning qizarishi (eritema)

yallig‘lanish tufayli qon

tomirlari kengayadi.

Shish (o‘dem) –

to‘qimalarda suyuqlik yig‘ilishi.

Qonash

ayniqsa tish tozalaganda yoki ovqat chaynaganda tez-tez kuzatiladi.

Og‘riq yoki sezuvchanlik –

odatda yengil bo‘ladi, lekin o‘tkir shakllarda kuchli

bo‘lishi mumkin.

Milk chetining o‘zgarishi –

giperplaziya yoki retraksiyaga moyillik.

Bundan tashqari, bemorlarda noxush hid (halitoz), tishlar orasida oziq-ovqat

tiqilib qolishi kabi shikoyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Tashxis qo‘yish: Gingivit tashxisi quyidagi vositalar asosida aniqlanadi:

Klinik ko‘rik –

milk ranggi, shakli, sathidagi o‘zgarishlar baholanadi.


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

152

Sonda (periodontal zond) bilan tekshirish

qonash bo‘lishi,

cho‘ntak chuqurligi (odatda 3 mm dan oshmaydi).

Gingival Bleeding Index (GBI) yoki Bleeding on Probing (BoP)

yallig‘lanish darajasini aniqlash uchun ishlatiladi (Hahner, 2022).

Plak indekslari

blyashka darajasi o‘lchanadi (Silness & Löe indeksi).

Ayirma tashxis:

Gingivit ko‘pincha parodontit bilan adashtiriladi, ammo

ularning farqlari bor: Gingivitda milk cho‘ntaklari normal yoki biroz chuqurlashgan

bo‘ladi, biroq suyak to‘qimalarining yemirilishi va tish harakatchanligi kuzatilmaydi

(Carranza, 2018). Parodontitd

a esa tish cho‘ntaklari chuqurlashadi, suyak yo‘qoladi

va tishlar harakatchan bo‘lib qoladi (Slots & Slots, 2017). Gingivitning muhim jihati

shuki, u orqaga qaytarilishi mumkin bo‘lgan kasallik hisoblanadi. Vaqtida aniqlansa,

milk to‘qimalarida tuzalmaydigan o‘zgarishlar yuzaga kelmaydi.

Davolash. Gingivit kasalligini davolashda asosiy maqsad

yalligʻlanishga

olib keluvchi omillarni bartaraf etish, ogʻiz gigiyenasini yaxshilash va bemorning

holatini nazorat ostiga olishdan iboratdir. Dastlabki bosqichda bemorga professional

tibbiy yordam

ko‘rsatiladi. Bu yordamga tish yuzasida to‘plangan blyashka va zub

toshlarini olib tashlash, ya’ni professional gigiyenik tozalash kiradi. Blyashkalar —

tish go‘shtining yallig‘lanishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillardan biri bo‘lib, ular

olib tashlanmasa, kasallik chuqurlashib boradi (Waerhaug, 1978). Davolash

davomida bemorga antiseptik vositalar bilan og‘iz bo‘shlig‘ini chayish tavsiya

etiladi. Xlorheksidin 0,12% yoki 0,2% eritmasi hozirda keng qo‘llanilmoqda. Ushbu

eritma mikroorganizmlarni yo‘q qilishga va yallig‘lanishni kamaytirishga yordam

beradi. Bundan tashqari, Furatsillin, Miramistin, Romazulan singari mahalliy

antiseptiklar ham muolajaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi (Barnett, 2006).

Shaxsiy og‘iz

gigiyenasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ham muhim ahamiyatga ega. Bemor har kuni

ertalab va kechqurun tishlarini to‘g‘ri texnikada tozalashi, tish oralarini maxsus iplar


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

153

yoki interdental cho‘tkalar yordamida tozalashi kerak (Lang et al.,

2015). Ba’zi hollarda kasallik gormonal o‘zgarishlar, dori vositalari

yoki boshqa umumiy kasalliklar fonida paydo bo‘ladi. Bunday

hollarda esa etiotrop davolash, ya’ni asosiy sababni bartaraf etish orqali natijaga

erishiladi.

Yallig‘lanishni kamaytirish maqsadida ayrim hollarda metronidazol yoki

Holisal kabi dorivor gel va malhamlar qo‘llaniladi. Bundan tashqari, C vitamini, B

guruhi vitaminlari bilan vitaminoterapiya tavsiya etiladi. Kasallikning bosqichiga

qarab, davolash usullari farq qilishi mumkin, ammo har qanday holatda ham

kompleks yondashuv va individual nazorat zarur hisoblanadi. Davolash

yakunlangach, bemor 10

–14 kundan so‘ng qayta ko‘rikdan o‘tkaziladi va

sog‘lomlashtirishdan so‘ng profilaktika choralari tavsiya etil

adi (Lang et al., 2015).

Xulosa

Gingivit

og‘iz bo‘shlig‘i sog‘lig‘iga jiddiy tahdid soluvchi yallig‘lanishli

kasallik bo‘lib, vaqtida aniqlanib, davolanishi zarur. Uning asosiy sababi blyashka

hisoblanadi, biroq ayrim holatlarda blyashkaga aloqasi bo‘lmagan omillar ham ro‘l

o‘ynaydi. Profilaktika va erta tashxis qo‘yish orqali kasallikning oldi olinadi. Tish

shifokoriga muntazam murojaat qilish, to‘g‘ri gigiyenaga amal qilish kasallikni

bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO’YXATI:

1. Newman M.G., Takei H.H., Klokkevold P.R., Carranza F.A. Carranza's

Clinical Periodontology. 12th ed. Elsevier, 2018.

2. Трифонов Е.В., Жулев Е.Н. Современные аспекты профилактики

заболеваний пародонта. // Стоматология для всех. —

2019.


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

154

3. Grudyanov A.I., Osulin D.A

. Современные подходы к лечению

гингивита и пародонтита. —

М.: МЕДпресс

-

информ, 2021.

4. Slots J., Slots H. Periodontal infections: understanding the

complexity. // Periodontology 2000, 2017.

5. ВОЗ (World Health Organization). Oral health fact sheet, 2023.

Библиографические ссылки

Newman M.G., Takei H.H., Klokkevold P.R., Carranza F.A. Carranza's Clinical Periodontology. 12th ed. Elsevier, 2018.

Трифонов Е.В., Жулев Е.Н. Современные аспекты профилактики заболеваний пародонта. // Стоматология для всех. — 2019.

Grudyanov A.I., Osulin D.A. Современные подходы к лечению гингивита и пародонтита. — М.: МЕДпресс-информ, 2021.

Slots J., Slots H. Periodontal infections: understanding the complexity. // Periodontology 2000, 2017.

ВОЗ (World Health Organization). Oral health fact sheet, 2023.