IJTIMOIY VA MADANIY RIVOJLANISH: AN’ANALAR VA ZAMONAVIYLIK O’RTASIDAGI MUVOZANAT

Аннотация

ushbu maqolada ijtimoiy va madaniy rivojlanish, an’analar va zamonaviylik o’rtasidagi muvozanat so’zlariga ta’rif,  tushunchalarning mohiyati, Prezident Qarorlari, an’analarga bugun yoshlar  qay darajada amal qilayotgani,   qadriyatlarimizning mentalitetimiz bilan nechog’lik chambarchas bog’liqligi haqida so’z yuritiladi. Maqolada jamiyatda ijtimoiy va madaniy rivojlanish jarayonlarida an’analar va zamonaviylik o’rtasidagi o’zaro ta’sir va muvozanat masalalari tahlil qilinadi.

Journal of analytical synergy and scientific horizon
Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
https://zenodo.org/records/16744336
CC BY f
155-162

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Amirova Nodira, & Zamira Bilolova. (2025). IJTIMOIY VA MADANIY RIVOJLANISH: AN’ANALAR VA ZAMONAVIYLIK O’RTASIDAGI MUVOZANAT. Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов, 1(1), 155–162. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/jassh/article/view/132020
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

ushbu maqolada ijtimoiy va madaniy rivojlanish, an’analar va zamonaviylik o’rtasidagi muvozanat so’zlariga ta’rif,  tushunchalarning mohiyati, Prezident Qarorlari, an’analarga bugun yoshlar  qay darajada amal qilayotgani,   qadriyatlarimizning mentalitetimiz bilan nechog’lik chambarchas bog’liqligi haqida so’z yuritiladi. Maqolada jamiyatda ijtimoiy va madaniy rivojlanish jarayonlarida an’analar va zamonaviylik o’rtasidagi o’zaro ta’sir va muvozanat masalalari tahlil qilinadi.


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

155

IJTIMOIY VA MADANIY

RIVOJLANISH: AN’ANALAR VA

ZAMONAVIYLIK O’RTASIDAGI MUVOZANAT

Amirova Nodira Shamshiyevna

E-mail:

nadiraamirova90@gmail.com

Alfraganus Universiteti, Pedagogika fakulteti,

Psixologiya (faoliyat turlari ) yo’nalishi 3

-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: Zamira Bilolova Baxtiyarovna

“Alfraganus Universiteti” Pedagogika fakulteti,

Psixologiya fanlari doktori, Phd

Annotatsiya

: ushbu maqolada ijtimoiy va madaniy rivojlanish, an’analar va

zamonaviylik o’rtasidagi muvozanat so’zlariga ta’rif, tushunchalarning mohiyati,

Prezident Qarorlari, an’analarga bugun yoshlar qay darajada amal qilayotgani,

qadriyatlarimizning mentalitet

imiz bilan nechog’lik chambarchas bog’liqligi haqida

so’z yuritiladi. Maqolada jamiyatda ijtimoiy va madaniy rivojlanish jarayonlarida

an’analar va zamonaviylik o’rtasidagi o’zaro ta’sir va muvozanat masalalari tahlil

qilinadi.

Аннотатция:

В данной статье приведены определения таких понятий,

как соцыалное и културное развитие, а также баланс между традициями и

современностью .Речь идет о сущности понятий , соответствующих

постанавлениях степени соблюдения традиций современной молодежью, а

также , о том , насколько наши ценности тесно связаны с менталитетом . В

статье анализируются вопросы взаимного влияния, противоречий и баланса

между традициями и современностью в процессе социального и культурного

развития общества.

Annotation:

This article provides difinations of the terms social and cultural

development, as well as the balance between traditions and modernity. The


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

156

discussion focuses on the essense of the concepts, the extent to which

modern youth adhere to traditions, and how closely our values are

intertwined with our mentality. The article analyzes the issues of

interaction , contradictions, and balance between traditions and modernity in the

process of social and cultural development of society.

Kalit so’zlar

: milliylik, rivojlanish, madaniyat, urf odatlar, bilim,

ko’nikma,

Prezident Qarorlari, kinosanoat, madaniy xizmat, an’analar, zamonaviylik, islom

markazi, huquq va burch, jamiyat va boshqalar.

Ключевые слова:

навыки, п

o

становления Президента, киноиндустрия,

культурное обслуживание, традиции , современность, Исламский центр ,

право и обязанности, общество и прочее.

Keywords:

National identity, development, culture, customs and traditions,

knowledge, skills, Presidential decrees, film industry, cultural services, traditions,

modernity, Islamic center, rights and responsibilities , society and others.

Kirish

Bugungi kunda shiddat bilan rivojlanayotgan glaballashuv hayot ritmi har bir

mamlakatning milliy va madaniy rivojlanishiga ta’sir ko’rsatmay qolmaydi albatta.

Bu jarayon milliy an’analarni saqlab qolgan holda , jumladan, jaxon sivilizatsiyasi

bilan hamohanglikni ham talab etadi. Bu qiyin vaziyat bilan yurtimiz qay darajada

yuzlashayotganini quyida ko’rib chiqamiz.

Ijtimoiy va madaniy rivojlanish , an’analar va zamonaviylik o’rtasidagi

muvozanat

haqida so’z yuritar ekanmiz, avvalo har bir so’zni mag’zini chaqib

chiqsak, maqsadga muvofiq bo’ladi.


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

157

Ijtimoiylik-

bu ko’plik, jamoaviylik, ongli shaxslarning ma’lum

bir maqsad va harakat ostida yig’ilishi, birgalikda harakat qilishishi.

Bu insonning jamiyatda faol ishtirok etishi, boshqalar bilan hamkorlik

qilib yashashi, o’z huquq va burchlarini anglab, jamiyat manfaatlari uchun harakat

qilishidir.

Madaniyat

bu insonlarning o’zini tutishi, odobi, dunyo qarashi. U

jamiyatning tarixi, turmush tarzi, urf odatlari, an’analari, qadriyatlari, tili, dini,

yasash tarzini o’z ichiga oladi.

Rivojlanish

bu doimo olg’a intilish, o’sish, takomillashish , yangi bilim va

ko’nikmalarga ega bo’lish.

An’analar

- bu uzoq yillar davomoda shakllangan hayot tarzi, milliy urf-

odatlar , qadriyatlar,marosimlar, avloddan avlodga o’tib kelayotgan , jamiyat yoki

millat hayotida mustahkam o’rin egallagan urf –

odatlar , xalq amal qiladigan lekin

hech qayerda yozilmagan qonunlar.

Zamonaviylik

bu zamon bilan hamnafaslik, yangiliklarga ochiqlik, yangi

texnologiyalarni, tendensiyalarni bilish va ularni hayotga tatbiq qilish, bu zamon

bilan, vaqt bilan birga qadam tashlash va undan oqilona foydalana olish.

O’rta

- bu ikki narsaning , holatning ketma

ketligining orasidagi joy yoki

daraja.

Muvozanat

- bu turli narsa,

holat, munosabat o’rtasida tenglik, hamohanglik va

barqarorlikni saqlash va shu bilan birga hayotda sog’lom va barqaror rivojlanishga

erishish.

Ijtomoiy va madaniy rivojlanish

bu jamiyatda insonlar hayotining

yaxshilanishi, ahloqiy , madaniy, ma’naviy , maorifiy , va ishonchli ijtimoiy

munosabatlarning rivojlanishi, takomillashib borish jarayonidir .


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

158

Buni hayotda nimalarda ko’rish mumkin? Bu, avvalo,

insonlarning bilim olishga intilishida , jamiyatda bilim olish

sharoitlarining yaxshilanishi, sog’liqni saqlashga e’tiborning oshishi

va rivojlanishi , aholi o’rtasida ishsizlikning qisqartirilishi , aholini ish bilan

ta’minlanishi , inson huquqlarini himoya qilish va jamiiyki inson hayotini

yaxshilashga xizmat qiluvchi barcha omillar ijtomoiy rivojlanishga asos bo’ladi. Bu

omillar faqat tinch va osuda, rivojlanayotgan davlatda amalga oshadi.

Jumladan, bizning yurtimizda bu borada qilingan ishlarga e’tibor qaratamiz:

Hozirgi vaqtda O’zbekiston Prezidenti tomonidan ijtimoiy va madaniy

rivojlanish sohasiga oid bir qator muhim qarorlar qabul qilingan. Quyida ularning

eng muhimlari va mohiyati keltirilgan:

1.Madaniy sektoridagi dasturiy islohotlar (iyul 2023)

2023-yil 27-iyul

kundagi Prezident farmoni UP-114, madaniyat va turizm sohasida davlat

boshqaruvini yanada takomillashtirish,madaniy hayotni jaxon standartlariga

moslashtirish, yoshlarni madaniyatga keng jalb etish, ‘’ERP madaniyat’’

raqamlashtiruv tizimin

i joriy etish, mahalliy an’analarni raqamlash, ommaviy

madaniy tadbirlar va teatrlar faoliyatini xususiy sektorga bosqichma bosqich

topshirish kabi choralarni nazarda tutadi.

Bunda :

~ Kutubxonalar, sinov kinoteatrlar, bolalar san’at maktablari tashkil etilib,

~Milliy musiqa va teatrlar uchun kadrlar tayyorlash tizimlari kuchaytirildi,

~ Kamonchilik va hunarmandchilik merosni raqamlash va xalqaro qit’alarga

reklama qilish yo’li bilan saqlash choralari belgilandi.


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

159

2.Milliy kinematografiya va kino san’ati (2021

-2024) -

2021

yilda Prezident Dekreti N 6202 asosida

O’zbekiston Milliy

Rivojlanish Markazi

tashkil etildi. Kinosanoatni davlat tomonidan

moliyaviy qullab quvvatlash va xalqaro festivallar , filmlar tarmog’ini rivojlantirish

bilan shug’ullanadi.

2024-yil 5 iyun kuni qabul qilingan farmon esa milliy tarixga

bag’ishlangan filmlar sikllarini yaratish , kinematografiya mutaxassislarini

tayorlashga bag’ishlangan ilmiy malumot yunalishlarini kengaytirishni nazarda

tutdi.

3.Uzluksiz ijtimoiy madaniyat va jamiyat massalarini qullab quvvatlash

(dekabr 2023 )

2023-yil 25-dekabrda qabul qilingan PP-406 qaror jamiyatga

ko’rsatilayotgan madaniy xizmatlar xajmini ko’paytirish , madaniy infratuzilmaga

sarmoyalarni jalb etish va inklyuziv madaniyatni rag’batlantirishga qaratilgan

choralar tadbirini o’z ichiga oladi.

4. Oila , yoshlar va jamiyat muhofazasi (dekabr 2023) -

UP- 209 , UP-210,

va PP-402 kabi qarorlar joriy etilib, mahalla institutlarini rivojlantirish , oilaviy va

genderlik tenglikni ta’minlash , yoshlarni ijtimoiy faollashtirish va nogironlarga

ko’maklashish mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan intilishlar

jarayonga

kiritildi.

5. Marosim va to’y tomon chiqimlari madaniyati (2025, Aprel)

- ~

2025 yil

22 aprelda qabul qilingan yangi dastur doirasida to’y liboslari, to’y marosim va

tadbirlarda sarf xarajatlarni tartibga soladigan yangi normalar joriy etish nazarda

tutilmoqda. Bu- sarflanmaslik madaniyatini shakllantirish va jamiyatda tejamkorlik

kayfiyatini kuchaytirishga qaratilgan tashabbusdir.

Bundan tashqari, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

160

Yoshlarga oid davlat

siyosati to’g’risida”

gi qonun,

“Madaniyat sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish

strategiyasi ”

kabi xujjatlar ana shu muvozanatni ta’minlashda muhim ahamiyat

kasb etadi. Islom sivilizatsiyasi markazi , madaniy meros ob’yektlarining tiklanishi

,kinosanoatni qo’llab quvvatlash ham zamonaviylik va milliylik uyg’unligini

ta’minlashga xizmat qilmoqda. Ushbu qarorlar bilan davlat madaniyat va ijtimoiy

-

ruhiy rivojlan

ish soxasida aktiv islohotlar olib borilmoqda. Endi an’analar va

zamonaviylik o’rtasidagi muvozanat haqida so’z yuritar ekanmiz, shuni ta’kidlash

kerakki, An’analar

-

bu avloddan avlodga o’tuvchi madaniy meros bo’lib, xulq va

dunyoqarashni shakllantiruvchi asosiy omillardan hisoblanadi. Buni yurtimiz

miqyosida ko’rib chiqsak.

Yer yuzida juda ko’plab millat va elatlar bor va ularning har biri o’zining tarixi,

madaniyatiga ega. Shu jumladan bizning yurtimiz ham boy madaniy tarix va go’zal

madaniyatga ega. Muhimi, boshqa davlatlar o’laroq, bugun bizning yurtimiz ham

milliylikni v

a zamonaviylikni uyg’unlantira olgan, o’z tarixini va kimligini

unutmagan xalq. Madaniyatidan faxrlangan va zamon bilan uyg’unlashtira olgan,

buni ayniqsa yosh dizaynerlarimiz ishlarida ham ko’rishimiz mumkin, ular

o’zlarining mualliflik ishlarida zamonaviy kiyimlarda milliylikni uyg’unlashtira

oldilar va jaxon podiumlariga olib chiqdilar!

Jumladan

, Art Style.Uz va Navqiron O’zbekiston festivallari

an’anaviy

san’at bo’lib, ularda milly qoliplar zamonaviy dizayn va yosh ijodkorlar bilan

birlashadi.Bu madaniy tadbirlar “an’ana va zamonaviylik’’ munosibligini

ko’rsatadi

-

zamonaviylikda an’analar saqlanadi va yangi shakl oladi. Bugun

jaxonning rivojlan

gan davlatlari boshda do’ppi va ustida atlasi bo’lgan o’zbekni

tanimoqda va tan olmoqda. Faqat bizgagina hos bo’lgan urf odatlar va qadriyatlar

xalqimizning mentalitetini, shaxs va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarini belgilab


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

161

beradi. Masalan, o’zbekona oilaviy munosabatlar , mexmondo’stlik,

hurmat, fidoyilik kabi fazilatlar aynan milliy an’analar asosida

shakllanadi. Milliylik va zamonaviylikni uyg’unligini kundalik

hayotimizda ham yoshlarimizning birgina kiyinish madaniyatida ham ko’rishimiz

mumkin. Hozirda qizlarimizning ayniqsa hijob kiyimlarini zamonaviy talqinda

yarashtirib kiyishlari, yoki oddiy kundalik kiyimlarining ham ochiq sochiq emasligi,

qizlarimiz zamonaviy bilimlar, dunyo tillarini bilsada, kiyinish madaniyatida

hayoning ustunligi quvonarli hol albatta .Bugungi glaballashgan zamonda bu

meyorni ushlash albatta oson emas. Lekin, kuzatuvlarimdan shuni bemalol ayta

olamanki, O ’zbek qayerda bo’lmasin O’zbek!

Dunyoning qaysi burchagida yashamasin , qo’li ko’ksida, ochiq chexra, ochiq

dasturxoni va mazali Palovi bilan kutib oladi. Qayerda bo’lmasin, ibosi, hayosi,

o’zbek mentaliteti ustuvor! Faxr bilan ayta olamanki , xatto O’rta Osiyo davlatlari

orasida -ham

milliylikni, ham zamonaviylikni uyg’unlashtira olgan, ikki omil

o’rtasida “oltin o’rtalikni” ushlay bilgan xalqdirmiz!

O’zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi

ham bu jihatda muhim: u ilmiy va

madaniy markaz sifatida ijtimoiylik, madaniy va diniy an’analarni zamonaviy

konteksta rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xulosa:

An’analar va zamonaviylik o’rtasidagi muvozanat: An’analar –

bu

millatning ruhiy ustuni va madaniy asosi, zamonaviylik esa taraqqiyot, yangilikka

ochiqlik va jamiyatning glabal rivojlanishida orqada qolmasligidir. Muvozanat

shundaki- milliy qadriyatlardan voz kechmasdan, zamonaviy bilim , texnologiya va

fikrlashni jamiyatga mos ravishda joriy etish zarur. An’analarni yaxshi anglab va

qayta ko’rib, ularni innovatsiya bilan boyitish orqali jamiyatda ham barqarorlik, ham

taraqqiyot ta’minlanadi. Bu muvozanatni saqlashda ta’lim, madaniyat muassasalari,

davlat siyosati va ommaviy vositalarning o’rni beqiyos. Mazkur muvozanat nafaqat


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

162

milliy qadriyatlarni saqlash, balki ularni yangi bosqichda

rivojlantirishga ham xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

~ O’zbekiston Prezidenti qarorlari (2025)

- madaniy

ijtimoiy

sohalaridagi islohotlar ;

2.

~ Center for Islamic Civilisation in Uzbekistan;

3.

~Abdullayev Z. (2020) O’zbekistonda ijtimoiy rivojlanish

strategiyalari va milliy qadriyatlar. Toshkent: “Fan’’ nashriyoti.

4.

~Tojiyev A.(2019) Madaniy meros va glaballashuv jarayonida milliylik

masalasi. Toshkent : Ijtimoiy fanlar instituti.

5.

~ Mirziyayev Sh. (2021) An’anaviy qadriyatlar va zamonaviy ijtimoiy

jarayonlar uyg’unligi. “ Jamiyat va boshqaruv ’’ jurnali. N 2, 45

-52 betlar.

6.

~ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori: “ Madaniyat

sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi to’g’risida’’ PQ

- 4462-son. 2023

yil.

7.

~ Qurbonov J. (2022) Zamonaviylik va milliylik: madaniy

taraqqiyotning falsafiy va ijtimoiy asoslari. “ Falsafa va hayot ‘’ jurnali, N4, 30

-38

betlar.

Библиографические ссылки

~ O’zbekiston Prezidenti qarorlari (2025)- madaniy – ijtimoiy sohalaridagi islohotlar ;

~ Center for Islamic Civilisation in Uzbekistan;

~Abdullayev Z. (2020) O’zbekistonda ijtimoiy rivojlanish strategiyalari va milliy qadriyatlar. Toshkent: “Fan’’ nashriyoti.

~Tojiyev A.(2019) Madaniy meros va glaballashuv jarayonida milliylik masalasi. Toshkent : Ijtimoiy fanlar instituti.

~ Mirziyayev Sh. (2021) An’anaviy qadriyatlar va zamonaviy ijtimoiy jarayonlar uyg’unligi. “ Jamiyat va boshqaruv ’’ jurnali. N 2, 45-52 betlar.

~ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori: “ Madaniyat sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi to’g’risida’’ PQ- 4462-son. 2023 yil.

~ Qurbonov J. (2022) Zamonaviylik va milliylik: madaniy taraqqiyotning falsafiy va ijtimoiy asoslari. “ Falsafa va hayot ‘’ jurnali, N4, 30-38 betlar.