DIPLOMATIYADA AYOLLARNING O’RNI VA ROLI: IMKONIYATLAR, YUTUQLAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy diplomatiya sohasida ayollarning asosiy o’rni va roli haqida tahlil qilinadi. Zamonaviy diplomatiya tizimida gender yondashuv va tarixiy va hozirgi diplomatlar safidagi ayollarning ishtiroki, xalqaro  siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga qo’shgan hissasi, shu bilan birgalikda, gender tengligi tamoyillari asosida yuzaga kelayotgan  hozirgi yangi imkoniyatlar ko‘rib chiqiladi. Undan tashqari, diplomat ayollar hozirda duch kelayotgan ma’lum bir to’siqlar, streotiplar va muammolar yoritilib, ularni bartaraf etish yo’llari haqida fikrlar yuritiladi.  Maqolada yorqin misol sifatida, tarixan O’zbekiston va dunyo tajribasida ayollarning diplomatik faoliyati misollar asosida tahlil qilinadi va ularning tinchlikni saqlash, muloqotni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi muhim o‘rni ta’kidlanadi.

Journal of analytical synergy and scientific horizon
Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
https://zenodo.org/records/16605936
CC BY f
93-98

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Mirzabekova Ruxsora. (2025). DIPLOMATIYADA AYOLLARNING O’RNI VA ROLI: IMKONIYATLAR, YUTUQLAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI. Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов, 1(1), 93–98. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/jassh/article/view/132017
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy diplomatiya sohasida ayollarning asosiy o’rni va roli haqida tahlil qilinadi. Zamonaviy diplomatiya tizimida gender yondashuv va tarixiy va hozirgi diplomatlar safidagi ayollarning ishtiroki, xalqaro  siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga qo’shgan hissasi, shu bilan birgalikda, gender tengligi tamoyillari asosida yuzaga kelayotgan  hozirgi yangi imkoniyatlar ko‘rib chiqiladi. Undan tashqari, diplomat ayollar hozirda duch kelayotgan ma’lum bir to’siqlar, streotiplar va muammolar yoritilib, ularni bartaraf etish yo’llari haqida fikrlar yuritiladi.  Maqolada yorqin misol sifatida, tarixan O’zbekiston va dunyo tajribasida ayollarning diplomatik faoliyati misollar asosida tahlil qilinadi va ularning tinchlikni saqlash, muloqotni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi muhim o‘rni ta’kidlanadi.


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

93

DIPLOMATIYADA AYOLLARNING O’RNI VA ROLI:

IMKONIYATLAR, YUTUQLAR VA RIVOJLANISH

ISTIQBOLLARI

Mirzabekova Ruxsora Ilxam qizi

ruhsoramirzabekovna@gmail.com

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Xalqaro munosabatlar fakulteti 2-bosqich talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada zamonaviy diplomatiya sohasida ayollarning

asosiy o’rni va roli haqida tahlil qilinadi. Zamonav

iy diplomatiya tizimida gender

yondashuv va tarixiy va hozirgi diplomatlar safidagi ayollarning ishtiroki, xalqaro

siyosiy-

ijtimoiy jarayonlarga qo’shgan hissasi,

shu bilan birgalikda, gender tengligi

tamoyillari asosida yuzaga kelayotgan hozirgi

yangi imkoniyatlar ko‘rib chiqiladi.

Undan tashqari

, diplomat ayollar hozirda duch kelayotgan ma’lum bir to’siqlar,

streotiplar va muammolar yoritilib, ularni bartaraf etish yo’llari haqida fikrlar

yuritiladi.

Maqolada yorqin misol sifatida, tarixan O’zbekiston va dunyo tajribasida

ayollarning diplomatik faoliyati misollar asosida tahlil qilinadi va ularning tinchlikni

saqlash, muloqotni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi muhim

o‘rni ta’kidlanadi.

Kalit so’zlar:

globallashuv davri, diplomatiya, gender tengsizlik, diplomat,

United Nation Women, madaniy siyosat, kadrlar siyosati, protokol, xalqaro

muloqot, Xalqaro siyosat, nohukumat tashkilotlar.

Annotation:

This article analyzes the fundamental role and position of women

in the field of modern diplomacy. It explores gender approaches in today’s

diplomatic system, the participation of women among historical and current

diplomats, and their contributions to international political and social processes.

Additionally, it examines the new opportunities emerging based on the principles of

gender equality. The article also addresses certain barriers, stereotypes, and


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

94

challenges that female diplomats currently face and discusses possible

ways to overcome them. As a vivid example, the diplomatic

experiences of women in Uzbekistan and around the world are

analyzed, emphasizing their significant role in maintaining peace, fostering

dialogue, and strengthening international cooperation.

Keywords:

globalization era, diplomacy, gender inequality, diplomat, United

Nations Women, human resources policy, cultural policy, protocol, international

dialogue, international politics, non-governmental organizations.

Аннотация:

В данной статье анализируется ключевая роль и значение

женщин в современной дипломатии. Рассматриваются гендерный подход в

современной дипломатической системе, участие женщин среди исторических

и современных дипломатов, а также их вклад в международные политические

и социальные процессы. Также исследуются новые возможности,

возникающие на основе принципов гендерного равенства. Кроме того,

освещаются определённые барьеры, стереотипы и проблемы, с которыми

сталкиваются женщины

-

дипломаты, и предлагаются пути их преодоления. В

качестве яркого примера анализируется дипломатическая деятельность

женщин в истории Узбекистана и других стран, подчеркивая их важную роль

в сохранении мира, развитии диалога и укреплении международного

сотрудничества.

Ключевые слова:

эпоха глобализации, дипломатия, гендерное

неравенство, дипломат, ООН

-

женщины, кадровая политика, культурная

политика, протокол, международный диалог, международная политика,

неправительственные организации.

Hozirgi

globallashuv

jarayonida

diplomatiya

xalqaro

aloqalarni

rivojlantirishda asosiy rol o’ynab kelmoqda. Qadimdan bunday diplomatik


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

95

jarayonlarda asos

an faol bo’lib

, muhim qarorlarni faqat erkaklar qabul

qilishgan bo’lsa, endilikda ayollarning o’rni tobora kundan

-kun ortib

bormoqda. Diplomat ayollar siyosiy jarayonlarda ham tinchlikni

ta’minlash, ayollar va bolalar huquqlarini himoya

qilish, hamda umumiy inson

huquqlarini himoya qilish, madaniy aloqalarni mustahkamlash kabi sohalarda faol

ishtirok etib, diplomatiya dunyosida o’z sa

lohiyatini namoyon qilmoqdalar.

Zamonaviy davrda ko’plab mamlakatlarda gender yondashuv asosida olib

borilayotgan islohotlar tufayli ayollar tashqi siyosatni shakllantirishda bevosita faol

ishtirok eta boshladilar. Ular vazir, elchi, xalqaro tashkilot rahbarlari kabi nufuzli

lavozimlarini egallab, an’anaviy gender tengsizliklarni bartaraf etmoqda. Shu

sababli, ayollar diplomat sifatida nafaqat o’z mamlakatlari, balki dunyodagi barcha

xalqlar uchun

muhim bo’lgan tinchlik, xavfsizlik va barqarorlik yo’lida xi

zmat

qilyapti.

Tarixga nazar tashlasak, bilamizki, ayollar asosan norasmiy diplomatik

missiyalar orqali ishtirok etgan. Masalan, XVI asr oxiri XVII asr boshlarida ham

ayollar siyosiy aloqalarni boshqarishda faol bo’lgan. Biroq

, ular rasmiy diplomatik

unvonga ega bo’lishmagan.

Bugungi kunda esa bu holatga yakun yasaldi va tubdan

o’zgardi. Yorqin misol

tariqasida,

BMTdagi

yuqori lavozimlarga ega

bo‘lgan ayollar —

Amina

Mohammed (BMT Bosh

kotibining

o‘rinbosari

),

Ursula von der Leyen

(Yevropa

Komissiyasi

prezidenti), Sigrid Kaag

(Niderlandiya

tashqi


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

96

ishlar vaziri) kabi nomlarni keltirish mumkin. Ular xalqaro

siyosatdagi muhim qarorlarning qabul qiluvchisi bo’lib, global

diplomatik jarayonga yaxshigina ta’sir ko’

rsatmoqdalar. Biroq,

shunga qaramay, hali ham diplomatik tiz

imda gender tengligi to’liq

ta’minlanmagan. Ko’plab maml

akatlarda ayollar vazir yoki elchi lavozimiga erkin

tayinlanish huquqiga ega emaslar. UN ( United Nation) Women tashkilotining 2023-

yili ma’lumot berishicha, dunyo bo’yicha atigi 23% elchilar

ni ayollar tashkil etadi.

Ko’plab ayolla

r hali hamon, gender tengsizligiga, ish va oilani bir maromda ushlab

turish muammolari, siyosiy ishonchning yetishmasligi kabi to’siqlarga duch

kelmoqda. 2014-

yil holatiga ko‘ra, 143 davlat Konstitutsiyalarida erkaklar va ayollar

tengligini kafolatlagan, biroq, yana 52 mamlakat esa bu muhim majburiyatni hali

ham qabul qilmagan. 1992-yildan to 2019-

yilgacha bo‘lgan davrda tinchlik

jarayonlarida ayollar faqat 13 foizi muzokarachilar, 6 foizi vositachilar va 6 foizi

imzo chekuvchilar sifatida ishtirok etgan.

O‘zbekiston

da ham ayollarning

diplomatik faoliyatda ishtiroki kundan kun ortib bormoqda. Bugungi kunda Tashqi

ishlar vazirligida va boshqa xalqaro

aloqalar bilan bog‘liq idoralarda ayol

mutaxassislar faoliyat yuritmoqda. Ular protokol, xalqaro muloqot, matbuot xizmati,

madaniy diplomatiya va boshqa sohalarda muvaffaqiyatli ishlamoqdalar. Misol

tariqasida,

hozirgi kunda O’zbekistonda

Saida Mirziyoyeva ijtimoiy diplomatiya,

madaniy aloqalar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘nalishlarida faoliyat

yuritib kelmoqda, shu bilan birgalikda,

O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy

imijini shakllantirishda muhim rol o‘yna

ydi. Bundan tashqari, tarixda ham Dilorom

Tashmuhamedova kabi ayollar parlament va xalqaro vakillik lavozimlarida faol

ishtirok etganlar. Shu bilan birgalikda, 2022

–2026 yillarga mo‘ljallangan Gender

tenglik strategiyasi doirasida ayollarning siyosiy va diplomatik lavozimlarga

tayinlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratib kelinmoqda. Bu strategiya esa

O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash yo‘lida muhim huquqiy asos

i

bo‘lib


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

97

xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston tajribas

i ayollar diplomatiyada

faqatgina ishtirokchi emas, balki tinchlik, muloqot va xalqaro

hamkorlikni mustahkamlovchi faol kuchga aylanmoqdaligini

ko’rsatadi.

BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasiga binoan, 2022-yilda 24-iyun har

yili “Ayollar diplomatiyasi kuni” sifatida e’lon qilindi. Barcha a’zo davlatlar, BMT

tashkilotlari, nohukumat tashkilotlar, akademik muassasalar va ayol diplomatlar

uyushmalarini bu kunni mos deb hisoblagan shaklda nishonlashga taklif etildi. BMT

Bosh kotibining o’rinbosari

Amina Mohammed shunday deydi:

“Ayollar stol

atrofida bo‘lishi, ovozlari eshitilishi va hissasi qadrlanishi uchun bor

kuchimizni sarflashimiz kerak.”

Xulosa qilib aytadigan bo

lsam, bugungi zamonaviy dunyoda va ochiq

muloqotlar davrida diplomatiya sohasi faqat erkaklar emas, balki ayollar uchun ham

keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Ayollar tinchlikni saqlash, ayollar va bolalar

huquqini himoya qilishda, madaniy hamkorlikni mustahkamlash va xalqaro

muzokaralarda muhim rol o‘ynayapti. Shunga qaramay, an’anaviy

, tarixiy gender


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

98

tengsizlik va ijtimoiy to‘siqlar

sababli

ko‘plab ayollar diplomatik

sohada to‘liq salohiyatini namoyon eta olmayapti

lar. Ayollar

ishtirokini kuchaytirish uchun gender tengligi tamoyillarini hayotga

tatbiq etish, ta’lim, yetakchilik va kadrlar siyosatida tenglikni ta’minlash zarur

dir.

O‘zbekiston va boshqa davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ayollar diplomatiyadagi

ishtiroki nafaqat ijtimoiy adolat, balki global barqarorlik va taraqqiyot uchun ham

zarur omildir. Shu bois, diplomatiyada ayollarning rolini yanada kengaytirish

nafaqat ularning huquqi, balki zamonaviy va samarali tashqi siyosatning ajralmas

qismidir.

FOYDALANILGAN MANBALAR RO’YXATI:

1.

Xalqaro diplomatiyada ayollarning o‘rni qanday? (2024).

O‘zbekiston Milliy

axborot agentligi (UZA)

. 27-iyun, 2024-yil. Olingan:

https://uza.uz/oz/posts/xalqaro-diplomatiyada-ayollarning-orni-qanday_593239

2.

United Nations. (n.d.).

International Day of Women in Diplomacy

. United

Nations official observances. Olingan:

https://www.un.org/en/observances/women-

in-diplomacy-day

3.

UN Women. (2024, 24-iyun).

International Day of Women in Diplomacy:

Promoting equality through feminist foreign policy

. United Nations Entity for

Gender Equality and the Empowerment of Women (UN Women). Olingan:

https://eca.unwomen.org/en/stories/news/2024/06/international-day-of-women-in-
diplomacy-promoting-equality-through-feminist-foreign-policy

4.

UN Women. (2022, sentabr).

Feminist Foreign Policies

Brief

. United Nations

Entity for Gender Equality and the Empowerment of Women. Olingan:

https://www.unwomen.org/en/digital-library/publications/2022/09/brief-feminist-
foreign-policies

Библиографические ссылки

Xalqaro diplomatiyada ayollarning o‘rni qanday? (2024). O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (UZA). 27-iyun, 2024-yil. Olingan: https://uza.uz/oz/posts/xalqaro-diplomatiyada-ayollarning-orni-qanday_593239

United Nations. (n.d.). International Day of Women in Diplomacy. United Nations official observances. Olingan: https://www.un.org/en/observances/women-in-diplomacy-day

UN Women. (2024, 24-iyun). International Day of Women in Diplomacy: Promoting equality through feminist foreign policy. United Nations Entity for Gender Equality and the Empowerment of Women (UN Women). Olingan: https://eca.unwomen.org/en/stories/news/2024/06/international-day-of-women-in-diplomacy-promoting-equality-through-feminist-foreign-policy

UN Women. (2022, sentabr). Feminist Foreign Policies – Brief. United Nations Entity for Gender Equality and the Empowerment of Women. Olingan: https://www.unwomen.org/en/digital-library/publications/2022/09/brief-feminist-foreign-policies