J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
4
O‘ZBEKISTONDA YASHIL LOGISTIKANING
SHAKLLANISHIDAGI MUAMMOLAR VA ULARNI
INNOVATSION YECHIMLAR BILAN BARTARAF ETISH
STRATEGIYALARI
Shoydulova Maftuna Zafar qizi
Denov tadbirkorlik va Pedagogika instituti
Iqtisodiyot yo‘nalishi 3
-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekistonda yashil logistika tizimining
shakllanishi jarayonida yuzaga kelayotgan asosiy muammolar tahlil qilinadi.
Xususan, ekologik talablarning yetarlicha inobatga olinmasligi, transport
infratuzilmasining eskirganligi, raqamlashtirishning sustligi va chiqindilarni
kamaytirish bo‘yicha mexanizmlarning yetishmasligi kabi muammolar ko‘rib
chiqiladi. Shu bilan birga, maqolada ushbu muammolarni zamonaviy innovatsion
texnologiyalar yordamida bartaraf etish strategiyalari taklif etiladi. Yashil
logistikaning joriy etilishi O‘zbekiston uchun ekologik barqarorlik va iqtisodiy
samaradorlikni birlashtirish imkonini beradi.
Kalit so‘zlar:
Yashil logistika, innovatsion texnologiyalar, ekologik
barqarorlik, transport infratuzilmasi, chiqindilarni kamaytirish, raqamlashtirish,
karbon izini kamaytirish, barqaror rivojlanish, logistika zanjiri, energiya
samaradorligi.
Аннотация:
В данной статье рассматриваются основные проблемы
формирования системы зелёной логистики в Узбекистане. Анализируются
вопросы, связанные с недостаточным учётом экологических стандартов,
устареванием транспортной инфраструктуры, слаборазвитой цифровизацией
и отсутствием эффективных механизмов снижения отходов. Особое внимание
уделено инновационным стратегиям решения этих проблем с использованием
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
5
современных технологий. Внедрение зелёной логистики
открывает для Узбекистана возможности достижения
экологической устойчивости при сохранении экономической
эффективности.
Ключевые слова:
Зелёная логистика, инновационные технологии,
экологическая устойчивость, транспортная инфраструктура, сокращение
отходов, цифровизация, снижение углеродного следа, устойчивое развитие,
логистическая цепочка, энергоэффективность.
Abstract:
This article analyzes the key challenges in the development of green
logistics in Uzbekistan. The paper focuses on issues such as insufficient
consideration of environmental standards, outdated transport infrastructure, limited
digitalization, and the lack of effective waste reduction mechanisms. Furthermore,
the article proposes innovative strategies to overcome these problems through the
application of modern technologies. The implementation of green logistics offers
Uzbekistan a unique opportunity to achieve environmental sustainability while
maintaining economic efficiency.
Keywords:
Green logistics, innovative technologies, environmental
sustainability, transport infrastructure, waste reduction, digitalization, carbon
footprint reduction, sustainable development, supply chain, energy efficiency.
KIRISH
Bugungi global iqtisodiy muhitda logistika sohasining ekologik o‘lchovi tobora
dolzarb masalaga aylanmoqda.
Yashil logistika
–
bu nafaqat yuk tashish va taqsimot
tizimlarini samarali tashkil etish, balki ular orqali atrof-
muhitga salbiy ta’sirni
minimallashtirishga qaratilgan konseptual yondashuvdir. Boshqacha aytganda,
yashil logistika
–
bu iqtisodiyot va ekologiyaning uyg‘unl
igidir: energiya tejash,
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
6
chiqindilarni kamaytirish, karbon izini qisqartirish va resurslarni
oqilona boshqarish uning asosiy tamoyillaridir.
Logistika va Yashil Logistika: Asosiy Farqlar
Ko‘rsatkich
An’anaviy logistika
Yashil logistika
Asosiy maqsad
Tez, arzon va samarali
yetkazib berish
Ekologik xavfsizlikni ta’minlagan
holda yetkazib berish
E’tibor markazi
Xarajatni qisqartirish
va vaqtni tejash
Chiqindilarni
kamaytirish
va
uglerod izini nazorat qilish
Transport
vositalari
Har qanday mavjud
transport
Ekologik toza transport (elektro,
gidrojen, EV va boshqalar)
Energiya sarfi
Neft va gaz asosida
Qayta
tiklanadigan
energiya
manbalari jalb etiladi
Omborxona
boshqaruvi
Faqat
saqlash
va
tarqatish uchun
Energiya
tejamkor
omborlar
(quyosh
panelli,
sovutishda
innovatsiyalar)
Atrof-muhitga
ta’siri
Ifloslanish
ko‘rsatkichlari
hisobga
olinmaydi
Chiqindi, CO2, zararli gazlar
monitoringi olib boriladi
Qonunchilik va
standartlar
Minimal
ekologik
talablarga amal qilinadi
Ekologik sertifikatlar, ISO 14001,
yashil standartlar
Kelajakdagi
vazifasi
Logistika
zanjirini
optimallashtirish
Logistika
zanjirini
ekologik
jihatdan transformatsiya qilish
1
Muallif ishlanmasi.
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
7
BMT, Jahon Banki, Xalqaro Energetika Agentligi (IEA) va
Yevropa Ittifoqi
kabi xalqaro tashkilotlar so‘nggi yillarda yashil
logistika bo‘yicha qator
qarorlar va rezolyutsiyalar qabul qilmoqda.
Jumladan, 2021-yilda qabul qilingan BMT Barqaror transport
bo‘yicha global harakat rejasida yashil logistika alohida ustuvor yo‘nalish sifatida
qayd etilgan. Bu hujjatlar davlatlardan transport va logistika tizimlarini uglerod
neytral darajaga olib chiqishni talab qilmoqda.
O‘zbekistonda ham bu borada muhim bosqichlar boshlandi.
2022-yil 4-
noyabrda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan PQ-408-sonli
qaror ("Transport-logistika tizimini modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini
oshirish bo‘yicha kompleks chora
-
tadbirlar to‘g‘risida")
ushbu yo‘nalishda asosiy
huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Qarorda transport
-logistika sohasini
raqamlashtirish, energiya tejovchi texnologiyalar joriy etish va ekologik xavfsizlik
masalalari alohida ta’kidlangan.
Bundan tashqari,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Senati va Qonunchilik palatasida 2023-
yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan "Yashil
iqtisodiyot va barqaror transport" mavzusidagi parlament eshituvida, birinchi marta
yashil logistika masalasi rasmiy kun tartibiga chiqarildi. Ushbu eshituvda Tashqi
savdo va transport vazirligi, Ekologiya vazirligi va "UzAuto Motors", "Uzbekistan
Railways" kabi yirik kompaniyalar
tomonidan yashil logistika bo‘yicha aniq
takliflar kiritildi.
Shu jihatdan, O‘zbekiston uchun yashil logistika nafaqat ekologik
zarurat, balki iqtisodiy va strategik ehtiyojga aylanmoqda. Hozirgi bosqichda bu
yo‘nalishda innovatsion texnologiyalarni jalb etish va xalqaro tajribani o‘rganish
asosiy vazifalardan biri
bo‘lib qolmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Yashil logistika bugungi global iqtisodiy tizimda ekologik xavfsizlik va
barqarorlikni ta’minlashning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda.
Xalqaro miqyosda yashil logistika bo‘yicha qator nazariy yondashuvlar ishlab
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
8
chiqilgan bo‘lib, ularning asosiy maqsadi ta’minot zanjirida atrof
-
muhitga ta’sirni kamaytirishdir.
Srivastava (2007) yashil logistika tushunchasini keng yoritib,
uni transport, saqlash, qayta ishlash va yetkazib berish jarayonlarida
ekologik mezonlarga amal qilish deb ta’riflagan. U yashil logistikani resurslarni
tejash, chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash bilan bog‘liq harakatlar majmuasi
sifatida ko‘radi.
Dekker va hammualliflar (2012) esa yashil logistikaning ikki asosiy tarkibiy
qismi
–
ekologik transport va qayta ishlash logistikasi yo‘nalishlarini ajratib
ko‘rsatgan. Tadqiqotlarda chiqindilarni kamaytirish, uglerod izini qisqartirish va
transport jarayonlarini optimallashtirishga al
ohida e’tibor beriladi.
Rogers va Tibben-Lembke (1999) yashil logistikaning asosiy maqsadlaridan
biri sifatida qayta foydalanish va resurslarni aylantirib ishlatish konsepsiyasini ilgari
surgan. Ular logistika zanjirining har bir bo‘g‘inida ekologik javobgarlik
mexanizmlarini joriy etishni tavsiya etadi.
Xalqaro tashkilotlar ham bu borada qator muhim hujjatlar va tashabbuslarni
ilgari surmoqda.
BMTning "Barqaror Transport" bo‘yicha Global Harakat Rejasi
(2021), Jahon Bankining "Green Supply Chain" konsepsiyasi (2021) va Xalqaro
Energetika Agentligi (IEA) ning "Logistika va uglerod emissiyasini kamaytirish"
bo‘yicha yo‘riqnomalari yashil logistika bo‘yicha asosiy manbalardan hisoblanadi.
Bu hujjatlar global transport tizimlarini uglerod neytral qilishni maqsad qilgan.
O‘zbekiston tajribasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu yo‘nalishda ilmiy izlanishlar
endigina boshlangan bo‘lsa
-
da, muhim qadamlar qo‘yilmoqda.
R. B. Yuldashev
(2021)
yashil iqtisodiyot va logistika integratsiyasi bo‘yicha tadqiqotlar olib borib,
transport tizimida ekologik transformatsiyani zarurligini asoslab bergan.
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
9
Sh. T. Berdimurodov (2022) esa logistika tizimida
raqamlashtirish orqali chiqindilarni kamaytirish va uglerod izini
qisqartirish bo‘yicha takliflar bergan. Uning tadqiqotlarida logistika
jarayonlarida innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali
ekologik xavfsizlikni oshirish muhim deb ko‘rsatilgan.
Shuningdek, A. Karimov
(2023)
tomonidan yashil omborxona konsepsiyasi o‘rganilgan va energiya
samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslar ishlab chiqilgan.
Normativ-huquqiy jihatdan esa, 2022-yil 4-noyabrda qabul qilingan PQ-408-
sonli Prezident qarori va 2019-yildagi PQ-4477-sonli qarorda yashil iqtisodiyot va
barqaror transport masalalari ilgari surilgan. 2023-yil iyun oyida
O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senatida o‘tkazilgan "Yashil iqtisodiyot va barqaror
transport" mavzusidagi parlament eshituvlari
da yashil logistika bo‘yicha qator
takliflar ilgari surildi. Ushbu majlisda Tashqi savdo vazirligi, Ekologiya vazirligi va
yirik logistika kompaniyalari vakillari ishtirok etib, yashil logistika rivoji uchun
zarur bo‘lgan huquqiy va texnologik takliflarni
taqdim etdilar.
TADQIQOT METADALOGIYASI
Mavzuni ilmiy o‘rganish, statik tahlillar, mantiqiylik, tahlil va tadqiq etish
jarayonida turli xil adabiyotlar va maqolalar tahlilidan foydalanilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bugungi kunda O‘zbekistonda logistika tarmoqlari iqtisodiyotning
harakatlantiruvchi kuchlaridan biri sifatida faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda
mavjud logistika tizimi asosan an’anaviy shaklda ishlaydi va quyidagi asosiy
yo‘nalishlardan iborat: avtomobil
transporti logistikasi, temir yo‘l logistikasi,
aviatsiya logistikasi, omborxona xo‘jaligi va raqamli logistika xizmatlari. Ushbu
tizimlar iqtisodiy samaradorlikni ta’minlab kelayotgan bo‘lsa
-da, ekologik jihatdan
hali yetarli darajada optimallashtirilmagan.
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
10
O‘zbekistonda mavjud logistika tarmoqlari
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda yuk tashish hajmining qariyb 85
foizi avtomobil transporti hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu esa atmosferaga
chiqarilayotgan karbon gazlari miqdorini keskin oshirishga sabab bo‘lmoqda. Temir
yo‘l transportida chiqindilar darajasi nisbatan past bo‘lsa
-da, bu sohada ham
energiya tejamkor texnologiyalar yetarlicha joriy etilmagan. Aviatsiya logistikasi
esa yuqori uglerod chiqindilari bilan eng ekologik xavfli tarmoqlardan biri sifatida
qolmoqda. Omborxona xo‘jaligi sohasida energiya samaradorligi past bo‘lgan eski
infratuzilma mavjud bo‘lib, bu ham yashil logistika prinsiplari bilan mos kelmaydi
Shuningdek, raqamlashtirish darajasining sustligi logistika jarayonlarida resurslar va
vaqtni tejash imkoniyatlarini to‘liq ochib bermayapti.
Ushbu holatlarni hisobga olib, O‘zbekiston logistika tizimini yashil logistikaga
transformatsiya qilish zarurati dolzarb masalaga aylanmoqda. Bu jarayonni amalga
2
Muallif ishlanmasi.
3
Turaev, Sh., & Sattorov, A. (2022). Yashil logistika va uning iqtisodiy ahamiyati.
Iqtisodiyot va innovatsion
texnologiyalar
, 3(2), 112
–
119.
O‘zbekistonda
mavjud logistika
tarmoqlari
Avtomobil
transporti
logistikasi
Temir yo‘l
logistikasi
Aviatsiya
logistikasi
Omborxona va
saqlash tizimlari
Raqamli
logistika
tizimlari
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
11
oshirish uchun birinchi navbatda ekologik transport parkini
shakllantirish lozim. Elektro yuk mashinalari, gaz-metan
yoqilg‘isida ishlaydigan transport vositalari va gidrojen asosida
harakatlanadigan texnikalar joriy etilishi transportdan chiqadigan
zararli gazlar miqdorini keskin kamaytirishi mumkin. Bunda mahalliy ishlab
chiqaruvchilar, xususan, “UzAuto Motors” va “SamAuto” kabi korxonalarni
ekologik toza transport ishlab chiqarishga rag‘batlantirish zarur.
Shuningdek, temir yo‘llar tizimini ham zamonaviylashtirish muhim. Elektr
energiyasida ishlovchi ekologik lokomotivlar va energiya tejamkor vagonlar joriy
etish orqali bu tarmoqning ekologik ko‘rsatkichlari yaxshilanishi mumkin.
Omborxona xo‘jaligida esa quyosh panellari o‘rnatish, ekologik sovutish tizimlariga
o‘tish va smart
-
ombor texnologiyalarini keng qo‘llash kerak bo‘ladi.
Yana bir muhim yo‘nalish bu –
raqamlashtirish. Logistika tizimida GPS
monitoringi, sun’iy intellekt asosida yo‘nalishlarni optimallashtirish, elektron yuk
hujjatlari va elektron billing tizimlari orqali qog‘oz sarfini kamaytirish yashil
logistikaning muhim tarkibiy qismidir
Bundan tashqari, qayta ishlash va chiqindilarni boshqarish logistikasi ham
O‘zbekiston sharoitida alohida e’tibor talab qiladi. Qadoqlash materiallarini qayta
ishlash, chiqindilarni ajratib yig‘ish va utilizatsiya qilish bo‘yicha logistika tizimlari
yo‘lga
qo‘yilishi kerak. Bu nafaqat ekologik xavfsizlikni oshiradi, balki iqtisodiy
jihatdan ham tejamkorlik beradi.
O‘zbekiston logistika tizimini yashil logistikaga
o‘tkazish bugungi kunning dolzarb talablaridan biri hisoblanadi. Bu nafaqat
ekologik xavfsizlikni ta’minlaydi, balki mamlakatning xalqaro logistika bozoridagi
raqobatbardoshligini oshiradi. Shu bois, mavjud logistika tarmoqlarini ekologik
4
Xitoy Xalq Respublikasi Transport va Logistika Vazirligi. (2021).
China Green Logistics Development Report 2021.
Beijing.
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
12
talablarga mos ravishda yangilash, innovatsion texnologiyalarni
joriy etish va xalqaro standartlarga mos strategiyalar ishlab chiqish
O‘zbekiston uchun strategik vazifadir.
O‘zbekistonda logistika tashkilotlari ro‘yxati
№
Tashkilot/Kompaniya nomi
Yo‘nalish
Izoh
1
O‘zbekiston Temir Yo‘llari
AJ
Temir yo‘l logistikasi, yuk
tashish
Davlat
kompaniyasi,
yuk
tashish va terminal xizmatlari
2
Uzbekiston Pochtasi
AJ
Pochta-logistika,
ichki
va
xalqaro yuk tashish
Davlat
pochtasi,
logistika
xizmatlari
3
UzAuto Trans
MChJ
Avtotransport logistikasi
Avtomobil yuk tashish, maxsus
transport xizmatlari
4
Toshkent
Xalqaro
Logistika Markazi (TILM)
Multimodal
logistika,
omborxona xizmati
Markaziy logistika terminali
5
Uzbekistan Airways Cargo
Havo yuk tashish (Cargo)
Aviatsiya logistika, xalqaro yuk
tashish
6
ASIA TRANS LOGISTICS
Multimodal
logistika,
ekspeditsiya
Xalqaro va ichki yuk tashish
7
OZLOGISTICS
Yuk
tashish,
bojxona
xizmatlari
Avto, temir
yo‘l va dengiz
logistikasi
8
Global Logistics Group
(GLG)
Temir yo‘l va avtomobil
logistika
Multimodal
yuk
tashish
xizmatlari
9
Orient Logistics
Ekspeditorlik, bojxona xizmati Ombor va transport xizmati
5
Muallif ishlanmasi.
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
13
№
Tashkilot/Kompaniya nomi
Yo‘nalish
Izoh
10
Interlogistika LLC
Yuk
tashish,
omborxona
xizmatlari
Xalqaro ekspeditsiya
11
Feronex Logistics
Yuk tashish va logistika
Transport-logistika xizmatlari
12
Smart Logistics
Raqamli logistika, yo‘nalish
optimallashtirish
Texnologik logistika xizmatlari
13
Asia Freight Logistics
Avto va temir yo‘l logistika
Import-eksport yuk tashish
14
DHL Uzbekistan
Ekspress yuk tashish, xalqaro
logistika
Xalqaro
yirik
logistika
kompaniyasi
15
UPS Uzbekistan
Xalqaro yuk tashish, pochta-
logistika
Global logistika kompaniyasi
16
Navoi Xalqaro Logistika
Markazi (NLC)
Aviatsiya
va
yerusti
multimodal logistika
Yirik transport-logistika hub
17
Angren Logistics Center
Tranzit logistika va terminal
xizmati
Markaziy Osiyo yo‘nalishi
uchun
18
Termez Cargo Center
Janubiy yo‘nalish yuk tashish
(Afg‘oniston)
Strategik logistika markazi
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
14
O‘zbekistonda
logistika sohasini yashil logistikaga
o‘tkazishdagi asosiy to‘siqlar
№
To‘siq nomi
Tafsilotlar
1
Yuqori xarajatlar
Ekologik toza transport vositalari (elektro yuk
mashinalari, gidrojen yoqilg‘ili texnika) juda qimmat.
Mahalliy kompaniyalar hali bu texnologiyalarni keng sotib
olish imkoniyatiga ega emas.
2
Energetik
infratuzilmaning yetarli
emasligi
Elektr yuk mashinalari uchun zarur bo‘lgan
quvvatlantirish stansiyalari, vodorod yoqilg‘i zapravkalari
O‘zbekistonda deyarli yo‘q. Bu yashil transportni keng joriy
qilishni sekinlashtiradi.
3
Raqamlashtirish
darajasining pastligi
Ko‘plab logistika kompaniyalari hali ham qog‘oz
hujjatlar bilan ishlashda davom etmoqda. GPS, IoT va Big
Data asosida optimallashtirish tizimlari keng joriy
etilmagan.
4
Ekologik
normativlarning sustligi
Ekologik standartlar va yashil logistika bo‘yicha qat’iy
qonunlar hozircha kuchli ishlamayapti. Rag‘batlantirish
mexanizmlari (soliq imtiyozlari, grantlar) yo‘q yoki sust.
5
Transport parkining
eskirganligi
Yuk tashish transportlarining 60-70 foizi eskirgan. Bu
texnikalar ekologik talablarni bajara olmaydi va ularni
yangilash katta sarmoya talab qiladi.
6
Kadrlar yetishmasligi
Yashil logistika bo‘yicha maxsus bilimga ega
mutaxassislar kam. Ekologik logistika bo‘yicha ta’lim tizimi
hali to‘liq yo‘lga qo‘yilmagan.
6
Muallif ishlanmasi.
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
15
№
To‘siq nomi
Tafsilotlar
7
Qayta ishlash
tizimining
rivojlanmaganligi
Logistika sohasida chiqindilarni ajratib yig‘ish va qayta
ishlash tizimi deyarli yo‘q. Qadoqlash materiallari asosan
bir martalik ishlatilmoqda.
8
Mahalliy ishlab
chiqarishning
cheklanganligi
Ekologik toza texnikalar, "yashil ombor" texnologiyalari,
energiya samarador texnologiyalarni O‘zbekistonda ishlab
chiqarish darajasi juda past.
9
Tashqi bozorlarga
qaramlik
Ko‘plab
logistika
texnologiyalari
va
ekologik
transportlar chetdan import qilinadi. Bu jarayon valyuta
kursi va tashqi iqtisodiy siyosatlarga bog‘liq.
10
Insonlar ongining
sustligi
Ko‘plab kompaniyalar va rahbarlar hali yashil
logistika falsafasini to‘liq anglab yetmagan.
Ekologik ongni
oshirish uchun keng targ‘ibot ishlari kerak.
Yashil logistikaga o‘tishning O‘zbekiston iqtisodiy ko‘rsatkichlariga
ta’siri
Yo‘nalish
Musbat ta’sirlar
Muqarrar vaqtinchalik
salbiy ta’sirlar
1.
Ishlab
chiqarish
va
xarajatlar
Energiya samaradorligi oshadi
–
yoqilg‘i va elektr energiyasi sarfi
kamayadi.
Yashil
texnologiyalarga
dastlabki
sarmoya
juda
yuqori.
7
Muallif ishlanmasi.
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
16
Yo‘nalish
Musbat ta’sirlar
Muqarrar vaqtinchalik
salbiy ta’sirlar
Logistika
jarayonlari
raqamlashtirilgani sababli samaradorlik
ortadi.
Import qilingan ekologik
texnikalar qimmatga tushadi.
2.
Tashqi
savdo va eksport
Yashil standartlarga mos
kelgan transport va mahsulotlar Yevropa
Ittifoqi, Yaponiya va Janubiy Koreya
bozorlariga chiqish uchun eshik ochadi.
“Carbon Border Tax” kabi ekologik
soliq to‘lovlaridan qochish imkoni paydo
bo‘ladi.
Yashil
sertifikatsiyadan o‘tish uchun
qo‘shimcha xarajatlar talab
qilinadi.
Logistika zanjirlarini qayta
qurish vaqt oladi.
3.
Investitsiyalar va
yangi ish o‘rinlari
Yashil
infratuzilma
(quvvatlantirish
stansiyalari,
smart
omborlar) qurilishi yangi ish o‘rinlarini
yaratadi.
Xalqaro moliya institutlari (Jahon
banki, AIIB, ADB) yashil logistika
loyihalarini moliyalashtirishga tayyor.
Eski texnikalarning
bosqichma-bosqich
ishdan
chiqarilishi
vaqtincha
ishsizlikka olib kelishi mumkin.
4. Mahsulot
narxi va ichki bozor
Uzoq muddatda logistik
xarajatlar pasayib, mahsulot narxlari
barqarorlashadi.
Raqobatbardoshlik oshadi.
O‘tish
davrida
xarajatlar oshgani sababli ayrim
tovarlar
narxi
ko‘tarilishi
mumkin.
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
17
Yo‘nalish
Musbat ta’sirlar
Muqarrar vaqtinchalik
salbiy ta’sirlar
5. Turizm va
logistika brendi
Yashil logistika yurtning
xalqaro
imijini
yaxshilaydi.
Barqaror transport tizimi turizm
logistikasi samaradorligini oshiradi.
Davlat budjetidan
qo‘shimcha
sarmoyalar
ajratilishi talab qilinadi.
O‘zbekistonning yashil logistika sari bosqichma
-bosqich harakati mamlakat
iqtisodiy ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi muqarrar. Bu
jarayon qisqa
muddatda muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarsa-da, uzoq muddatda iqtisodiy
barqarorlik va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Birinchidan, yashil logistika tizimiga o‘tish ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish xarajatlariga bevosita ta’sir qiladi. Elektr yuk mashinalari, gidrojen
yoqilg‘ili transport vositalari va energiya tejamkor omborxonalar joriy etilishi orqali
yoqilg‘i va e
lektr energiyasining sarfi kamayadi. Shu bilan birga, raqamlashtirish va
sun’iy intellekt asosida yo‘nalishlarni optimallashtirish logistika jarayonlarining
samaradorligini oshiradi. Biroq, bu transformatsiya dastlab katta moliyaviy
sarmoyani talab etadi. Texnik bazani yangilash, ekologik standartlarga moslashish
uchun mahalliy kompaniyalarga yangi texnologiyalar xarid qilish zarur bo‘ladi, bu
esa qisqa muddatda xarajatlar oshishiga olib keladi.
Ikkinchidan, yashil logistika O‘zbekistonning tashqi savdo va eksport
salohiyatini kengaytiradi. Bugungi kunda dunyo bozorlarida ekologik standartlar
asosida ishlab chiqarilgan va yetkazib berilgan mahsulotlarga bo‘lgan talab ortib
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
18
bormoqda. Xususan, Yevropa Ittifoqining "Uglerod chegarasi
solig‘i" (Carbon Border Tax) kabi ekologik bojlar amaliyoti yaqin
kelajakda kuchayadi. Shu sababli, ekologik jihatdan toza logistika
zanjiri O‘zbekiston mahsulotlarini xalqaro bozorda raqobatbardos
h
qiladi. Biroq bu yo‘lda ham qo‘shimcha sertifikatlash xarajatlari va logistika
infratuzilmasini qayta qurish ehtiyoji mavjud.
Uchinchidan, yashil logistikaning joriy etilishi yangi ish o‘rinlari yaratish va
investitsiya oqimlarini jalb qilish imkonini beradi. Yashil infratuzilma
–
quvvatlantirish stansiyalari, "aqlli omborlar", qayta ishlash markazlari qurilishi
orqali yangi iqti
sodiy yo‘nalishlar shakllanadi. Bu esa ish bilan ta’minlash
ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi. Bunda xalqaro moliya institutlari, xususan, Jahon
banki, Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (AIIB)
kabi tashkilotlar yashil logistika loyihalarini moliyalashtirishga tayyor ekanliklarini
bildirgan. Biroq eski texnikalarning bosqichma-bosqich ishdan chiqarilishi
vaqtincha ayrim ijtimoiy salbiy oqibatlarga
–
masalan, malakasiz ishchilar uchun
ishsizlikka olib kelishi mumkin
To‘rtinchidan, mahsulot narxi va ichki bozor barqarorligiga ta’sir qiluvchi
omillar ham mavjud. Yashil logistika jarayonlari uzoq muddatda logistik xarajatlarni
kamaytiradi va mahsulot narxini barqarorlashtiradi. Bu, ayniqsa, ichki bozor uchun
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, o‘tish davrida ekologik texnologiyalarga sarmoya
ko‘payishi sababli ayrim mahsulotlarning narxi vaqtincha oshishi mumkin.
Beshinchidan, yashil logistika mamlakatning xalqaro imijini yaxshilaydi.
Ekologik toza transport va barqaror yetkazib berish tizimlari O‘zbekistonni ekologik
8
BMT Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi (UNECE). (2021).
Sustainable and Green Logistics Guidelines.
Geneva.
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
19
barqarorlik tamoyillariga sodiq davlat sifatida namoyon etadi. Bu
esa nafaqat logistika, balki turizm va boshqa iqtisodiy sohalarga ham
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Bugungi global iqtisodiy muhitda yashil logistika masalasi nafaqat ekologik,
balki strategik iqtisodiy muammo sifatida ko‘rilmoqda. Rivojlangan va
rivojlanayotgan davlatlar barqaror logistika tizimlari orqali nafaqat transport va
yetkazib berish zanjirlarini optimallashtirmoqda, balki karbon izi va atrof-muhitga
zararli ta’sirni ham kamaytirmoqda. O‘zbekiston ham bu jarayondan chetda
qolmasligi lozim. Aks holda, xalqaro bozorlar talablariga javob bermaslik, ekologik
bojlar va tariflar tahdidi ostida qolish ehtimoli oshadi.
O‘zbekistonning bugungi logistika tizimi ko‘p jihatdan an’anaviy usullarga
asoslangan bo‘lib, transport parkining eskirganligi, energiya infratuzilmasining
cheklanganligi, raqamlashtirish darajasining pastligi va ekologik me’yorlarning
sustligi kabi muammo
lar mavjud. Shu bois, mamlakatda yashil logistikaga o‘tish bir
vaqtning o‘zida ekologik barqarorlik va iqtisodiy raqobatbardoshlikni oshirish
uchun zaruriy shartga aylangan.
Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, yashil logistika modeli nafaqat tabiatni
asrash, balki iqtisodiy yuksalish uchun ham xizmat qiladi. Jumladan, Germaniya
“Green Logistics Action Plan” orqali transport va logistika infratuzilmasini to‘liq
ekologik trans
formatsiya qilgan bo‘lsa, Janubiy Koreya “Eco
-Friendly Logistics
Hub” konsepsiyasi orqali ombor va logistika markazlarining yashil energiyaga
o‘tishini ta’minlamoqda. Xitoy esa “Smart & Green Logistics” modeli asosida
raqamli texnologiyalar va ekologik tra
nsportni integratsiya qilgan. O‘zbekiston
uchun bu tajribalar mukammal yo‘l xaritasi vazifasini o‘taydi.
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
20
Shu asosda, O‘zbekiston logistika sohasini yashil logistikaga
o‘tkazish uchun quyidagi strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqishi
maqsadga muvofiq:
1.
Transport parkini modernizatsiya qilish
–
Elektro yuk
mashinalari, gaz-
metan va gidrojen yoqilg‘isida harakatlanuvchi transport
vositalarini joriy etish zarur. Bu orqali transportdan chiqadigan zararli gazlar
miqdorini sezilarli darajada kamaytirish mumkin.
2.
Energiya infratuzilmasini rivojlantirish
–
Elektr yuk mashinalari va
vodorod transportlari uchun quvvatlantirish stansiyalarini kengaytirish kerak. Bu
yo‘nalishda Germaniya va Norvegiya tajribasi o‘rnak bo‘lishi mumkin.
3.
Omborxona va logistika markazlarini “yashillashtirish”
–
Quyosh
panellari, ekologik sovutish tizimlari va smart-ombor texnologiyalarini joriy etish
orqali logistikadagi energiya sarfini kamaytirish zarur.
4.
Raqamlashtirish va IoT texnologiyalarini joriy etish
–
Transport
monitoringi, blokcheyn asosida yuk harakatini nazorat qilish, yo‘nalishlarni
optimallashtirish tizimlari ishlab chiqilishi kerak.
5.
Qayta ishlash va chiqindilar logistikasi tizimini yaratish
–
Qadoqlash
materiallarini qayta ishlash va chiqindilarni ajratib yig‘ish logistika tizimining
ajralmas qismiga aylanishi lozim.
6.
Ekologik normativlarni kuchaytirish va iqtisodiy rag‘batlantirish
–
Yashil logistika bo‘yicha soliq imtiyozlari, subsidiyalar va ekologik sertifikatlash
tizimini joriy qilish zarur.
7.
Kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish
–
Oliy
ta’lim muassasalarida yashil logistika bo‘yicha maxsus mutaxassislar tayyorlash,
ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish zarur.
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
21
8.
Xalqaro hamkorlik va moliyalashtirish mexanizmlari
–
Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, AIIB kabi xalqaro moliya
institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish orqali yashil logistika
loyihalarini moliyalashtirishni yo‘lga qo‘yish lozim.
Bu yo‘nalishlarda ishlash orqali O‘zbekiston nafaqat ekologik xavfsizlikni
ta’minlaydi, balki iqtisodiyotning yangi barqaror modelini shakllantiradi. Yashil
logistika milliy iqtisodiyotning innovatsion tarmog‘i sifatida O‘zbekistonning
global savdodagi raqobatbardoshligini oshiradi, eksport salohiyatini kengaytiradi va
xalqaro standartlarga mos infratuzilmani yaratishga xizmat qiladi.
Shu bois, O‘zbekiston uchun yashil logistikaga o‘tish nafaqat kelajak ehtiyoji,
balki bugungi kundagi iqtisodiy va ekologik barqarorlikning asosiy yo‘nalishlaridan
biridir. Bu yo‘ldagi harakatlar muvofiqlashtirilgan, ilmiy asoslangan va xalqaro
tajribaga tayangan holda olib borilishi zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022
-yil 4-noyabrdagi PQ
–
4089-son qarori.
Transport-logistika tizimini modernizatsiya qilish va xizmatlar
eksportini oshirish strategiyasi.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023
-yil 15-iyundagi PF
–
95-
son Farmoni.
Atrof-
muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha
chora-tadbirlar.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi. (2024).
Logistika
xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha 2024–
2030-yillar strategiyasi.
Toshkent.
4.
Turaev, Sh., & Sattorov, A. (2022). Yashil logistika va uning iqtisodiy
ahamiyati.
Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar
, 3(2), 112
–
119.
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
22
5.
Karimov, F., & Abdurahmonov, I. (2023). O‘zbekistonda
barqaror transport tizimining rivojlanish tendensiyalari.
Transport
va logistika ilmi
, 1(1), 45
–
55.
6.
Golicic, S. L., & Smith, C. D. (2013). A Meta-Analysis of
Environmentally Sustainable Supply Chain Management Practices and Firm
Performance.
Journal of Supply Chain Management
, 49(2), 78
–
95.
7.
Rodrigue, J-P., Slack, B., & Notteboom, T. (2020).
Green Logistics and
Transportation: A Sustainable Supply Chain Perspective.
Springer.
8.
Klumpp, M. (2018). Automation and Artificial Intelligence in
Logistics: Impacts on Green Logistics and Sustainability.
Logistics
, 2(3), 27.
9.
Mckinnon, A. (2016). Freight Transport Decarbonization.
International
Transport Forum Discussion Papers
, OECD Publishing.
10.
Xitoy Xalq Respublikasi Transport va Logistika Vazirligi. (2021).
China Green Logistics Development Report 2021.
Beijing.
11.
Germaniya Federal Transport va Raqamlashtirish Vazirligi (BMVI).
(2019).
Green Logistics Action Plan: Logistics for Sustainable Growth.
Berlin.
12.
Korea Transport Institute (KOTI). (2020).
Eco-Friendly Logistics Hub
Development in Korea.
Seoul.
13.
Jahon Banki. (2022).
Greening the Logistics Sector in Emerging
Economies: Policy Pathways and Investment Needs.
Washington D.C.
14.
Osiyo Taraqqiyot Banki (ADB). (2021).
Green Transport and Logistics
Strategy for Asia.
Manila.
15.
BMT Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi (UNECE). (2021).
Sustainable
and Green Logistics Guidelines.
Geneva.
