SHAXSIY MA’LUMOTLAR HIMOYASI VA RAQAMLI MAXFIYLIK:INSON HUQUQLARI NUQTAI NAZARIDAN

Abstract

Mavzu doirasidagi asosiy munozaralar shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi va raqamli maxfiylikning mohiyati,ularning inson huquqlari bilan bog’liqligi, kelib chiqish tarixi, xalqaro huquq orqali tartibga solinganlik darajasi, milliy qonunchilikdagi normalar va ulardagi bo’shliqlar  kabi masalalarni o’z ichiga oladi. Ushbu maqola  shaxsiy ma’lumotlar himoyasi va raqamli maxfiylikning nazariy asoslari, xalqaro va milliy huquqiy bazasi hamda jamiyat oldida turgan dolzarb muammolarni inson huquqlari nuqtai nazaridan tahlil qilishga qaratilgan.

Journal of analytical synergy and scientific horizon
Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
https://zenodo.org/records/15511948
CC BY f
13-22
10

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Avazbekova , R. (2025). SHAXSIY MA’LUMOTLAR HIMOYASI VA RAQAMLI MAXFIYLIK:INSON HUQUQLARI NUQTAI NAZARIDAN. Journal of Analytical Synergy and Scientific Horizon, 1(4 1.4.( B series), 13–22. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/jassh/article/view/100949
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mavzu doirasidagi asosiy munozaralar shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi va raqamli maxfiylikning mohiyati,ularning inson huquqlari bilan bog’liqligi, kelib chiqish tarixi, xalqaro huquq orqali tartibga solinganlik darajasi, milliy qonunchilikdagi normalar va ulardagi bo’shliqlar  kabi masalalarni o’z ichiga oladi. Ushbu maqola  shaxsiy ma’lumotlar himoyasi va raqamli maxfiylikning nazariy asoslari, xalqaro va milliy huquqiy bazasi hamda jamiyat oldida turgan dolzarb muammolarni inson huquqlari nuqtai nazaridan tahlil qilishga qaratilgan.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 4, Series B 2025

13

SHAXSIY MA’LUMOTLAR HIMOYASI VA RAQAMLI

MAXFIYLIK:INSON HUQUQLARI NUQTAI NAZARIDAN

Avazbekova Ruxshona

Toshkent davlat yuridik universiteti

Ommaviy huquq fakulteti 2-kurs

Ruxshonaavazbekova@gmail.com

Annotatsiya.

Mavzu doirasidagi asosiy munozaralar shaxsiy ma’lumotlarning

himoyasi va raqamli maxfiylikning mohiyati,ularning inson huquqlari bilan

bog’liqligi, kelib chiqish tarixi, xalqaro huquq orqali tartibga solinganlik darajasi,

milliy qonunchilikdagi normalar va ulardagi bo’shliqlar kabi masalalarni o’z ichiga

oladi. Ushbu maqola shaxsiy ma’lumotlar himoyasi va raqamli maxfiylikning

nazariy asoslari, xalqaro va milliy huquqiy bazasi hamda jamiyat oldida turgan

dolzarb muammolarni inson huquqlari nuqtai nazaridan tahlil qilishga qaratilgan.

Kalit so’zlar:raqamli maxfiylik, shaxsiy ma’lumotlar, inson huquqlari, shaxsiy

daxlsizlik.

Аннотация.

Основные дискуссии по этой теме включают такие

вопросы,как защита персональных данных и природа цифровой

конфиденциальности, их связь с правами человека, История происхождения,

степень регулирования с помощью международного права, нормы в

национальном законодательстве и пробелы в них. В этой статье

рассматриваются теоретические основы защиты персональных данных и

цифровой конфиденциальности, международная и национальная правовая

база, а также анализ текущих проблем, стоящих перед обществом с точки

зрения прав человека.

Ключевые слова:

цифровая конфиденциальность, личные данные, права

человека, конфиденциальность.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 4, Series B 2025

14

Abstract:

The main discussions on this topic include issues such

as the protection of personal data and the nature of digital privacy,

their relationship to human rights, the history of origin, the degree

of regulation through international law, norms in national legislation

and gaps in them. This article examines the theoretical foundations of personal data

protection and digital privacy, the international and national legal framework, as

well as an analysis of current human rights issues facing society.

Keywords:

digital privacy, personal data, human rights, privacy.

Shaxsiy ma’lumotlar- bu muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni

identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa

moddiy jismda qayd etilgan axborot hisoblanadi. Shaxsiy ma’lumotlar himoyasi

deganda shaxsga tegishli ma’lumotlarni yig’ish, saqlash,qayta ishlash va tarqatish

jarayonlarini nazorat qilish huquqi tushuniladi. Bu huquq nafaqat shaxsiy

ma’lumotlarning uchinchi shaxslar tomonidan ruxsatsiz foydalanishdan himoya

qilish,balki o’z ma’lumotlarini boshqarish imkoniyatini ham o’z ichiga oladi.

Shaxsiy ma’lumotlar himoyasi tushunchasi zamonaviy ko’rinishda XX asrning

ikkinchi yarmida shakllana boshlagan bo’lsa-da, uning ildizlari ancha qadimgi

davrlarga borib taqaladi. Shaxsiy ma’lumotlar himoyasida maxfiylik huquqi g’oyasi

birinchi paydo bo’lgan tushuncha hisobladi. Maxfiylik huquqi(daxlsizlik huquqi)

g’oyasi ilk

bor 1890-yilda amerikalik huquqshunoslar Samuel Uorren va Luis

Brendays

tomonidan “The Rights to Privacy”( Maxfiylik huquqi) nomli maqolada

ilgari surilgan edi.

Raqamli texnologiyalar rivojlanishi bilan maxfiylik huquqi(daxlsizlik huquqi)

yangi ma’no kasb etdi.

Alan Vestin o’zining 1967- yilda chop etilgan “Privacy

and freedom” kitobida daxlsizlikni to’rt asosiy

turga ajratadi,bular


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 4, Series B 2025

15

1.

Shaxsiy daxlsizlik-ijtimoiy va psixologik daxlsizlik

2.

Ijtimoiy daxlsizlik- ijtimoiy munosabatlarda chegaralar

qo’yish

3.

Ma’lumotlar maxfiyligi-shaxsiy ma’lumotlarni yig’ish va

boshqarish daxlsizligi

4.

Kommunikatsiya maxfiyligi - aloqa vositalaridagi xabarlar maxfiyligi

Shaxsiy ma’lumotlar himoyasi va maxfiylik huquqi kabi tushunchalaring keng

ommalashishining sababi bu tahdidlarnining ko’payganligi hisoblanadi. Bu

tahdidlarning asosiy turlari quyidagilar:

Kiberjinoyatchilik. Ma’lumotlar bazalariga noqonuniy kirish, shaxsiy

ma’lumotlarni o’g’irlash va firibgarlik holatlari raqamli dunyodagi asosiy

xavflardan.

Ma’lumotlarni tijoratlashtirish. Ijtimoiy tarmoqlar, qidiruv tizimlari va

boshqa raqamli platformalar foydalanuvchilar ma’lumotlarini reklama va marketing

maqsadlarida yig’adi va qayta ishlaydi. Foydalanuvchilar ushbu jarayonning to’liq

ishtirokchisi bo’lmaydilar.

Phishing. Elektron pochta hujumlarining eng keng tarqalgan usuli.

Statistik ma’lumotlarga ko’ra:

har soatda o’rtacha 97 nafar shaxs

kiberjinoyat

qurboni bo’ladi, 2023-yilda har soniyada ikkita internet

foydalanuvchisining shaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketgan,

elektron pochta

tahdidlarining 39.6 foizi

aynan shu usul orqali amalga oshiriladi

Shaxsiy ma’lumotlar himoyasi va fundamental inson huquqlari bir-biri bilan

chambarchas bog’liq. Fundamental inson huquqlari sifatida shaxsiy

huquqlar,ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy huquqlar nazarda tutiladi. Bulardan eng


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 4, Series B 2025

16

asosiysi esa shaxsiy huquqlardir. Raqamli maxfiylk quyidagi

huquqlar bilan bevosita bog’liq:

Insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizligi;

Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik;

Shaxsiy hayotning daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega

bo‘lish, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqi;

So’z va fikr erkinligi;

Inson qadr-qimmati barcha inson huquqlarining asosiy tamal toshi hisoblanadi.

Nemis faylasufi

Immanuel Kant a

ytganidek, “ har bir inson o’zi uchun maqsad

bo’lib, hech qachon faqat vosita sifatida qaralmasligi kerak”. Shaxsiy ma’lumotlar

himoyasi esa insonlarni faqat ma’lumotlar obyekti sifatida foydalanishdan saqlaydi.

Inson huquqlari bo’yicha

Yevropa sudi o’zining 2008-yilgi “S. and Marper v.

United Kingdom”

ishida qabul qilgan qarorida maxfiylik huquqini inson qadr-

qimmati bilan bog’lab “shaxsiy ma’lumotlar himoyasi inson qadr-qimmatini

ta’minlash uchun muhim” ekanligini ta’kidlagan. Shuningdek raqamli huquqlar

harakati faollari maxfiylik va ma’lumotlar himoyasini “raqamli davr uchun yangi

inson huquqlari” sifatida e’tirof etishadi. Bunga quyidagilar kiradi:

O’z ma’lumotlariga egalik qilish huquqi

Ma’lumotlar portabilligiga ega bo’lish huquqi

Unutilish huquqi

Raqamli identifikatsiyani boshqarish huquqi

Shaxsiy ma’lumotlar himoyasi to’g’risida xalqaro huquqiy hujjatlar, shuningdek

har bir mintaqaning,mamlakatning normativ-huquqiy hujjatlari, ushbu sohani

tartibga soluvchi huquqiy asosi mavjud. Xalqaro huquqning asosiy hujjatlaridan biri

hisoblangan 1

948-yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 4, Series B 2025

17

deklaratsiyasida

ham shaxsiy huquqlar daxlsizligi uchnu alohida

modda mavjud,

12-modda

: “Hech kim shaxsiy va oilaviy hayotiga

o’zboshimchalik bilan aralashish,uy-joy daxlsizligi, xat-xabarlar siri

yoki or-nomusi va sha’niga qilingan tajovuzlarga duchor bo’lishi

mumkin emas. Shuningdek

1966-yilda qabul qilingan Fuqarolik va siyosiy

huquqlar

to’g’risidagi

xalqaro

paktning

17-moddasi

Umumjahon

dekloratsiyasining yuqorida keltirilgan moddasidagi qoidalani o’zida takrorlaydi va

uni yanda mustahkamlaydi

Shaxsiy huquqlarning raqamli himoyasida xalqaro hamjamiyat tomonidan

qabul qilingan tamoyillar ham mavjud. Bulardan biri

OECD(The organization for

Economic Co-operation and Development)

Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish

bo’yicha ko’rsatmalar bo’lib, ular 1980,2013-yillarda yangilangan). Bu ko’rsatmalar

ma’lumotlarni himoya qilishning asosiy tamoyillarini belgilaydi, jumladan:yig’ishni

cheklash,ma’lumotlar

sifati,maqsadini

aniqlashtirish,foydalanishni

cheklash,xavfsizlik va ochiqlik, induvidual ishtirok va hisobdorlik.

BMTning Raqamli davrdagi maxfiylik huquqi bo’yicha rezolyutsiyasi. Ushbu

rezolyutsiya 2013,2016 va 2018 - yillarda qabul qilingan. Bu rezolyutsiyalar

yuqorida keltirilgan Umumjahon deklaratsiyasi va xalqaro paktning tegishli

moddalariga asoslanib ushbu sohani yanada chuqur tartibga solish uchun qabul

qilingan. Rezolyutsiya onlayn va offlayn maxfiylik huquqining bir xil darajada

himoya qilinishi lozimligini ta’kidlaydi. BMT Bosh Assambleyasining 2013-yilda

ushbu masala bo‘yicha birinchi rezolyutsiyasi qabul qilinadi undan so’ng 2016-yil

21-noyabrda qabul qilingan rezolyutsiyada ham shaxsiy daxlsizlik huquqi bilan

bogʻliq xalqaro majburiyatlarga rioya qilish muhimligi eʼtirof etilgan. Shuningdek

mintaqaviy va mahalliy huquqiy normalar ham mavjud bo’lib, ular xalqaro huquq

normalaridan farqli ravishda o’z yo’nalishi bo’yicha torroq doiradagi huquqlarni

tartibga soladi. Ulardan biri 2

018-yilda qabul qiligan Yevropa Ittifoqining


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 4, Series B 2025

18

Ma’lumotlarni himoya qilish umumiy reglamenti(GDPR)

.

GDPR o’zida quyidagi huquqlarni mustahkamlaydi:

Ma’lumotlar bilan tanishish huquqi

Ma’lumotlarni to’g’rilash huquqi

Unutilish huquqi

Ma’lumotlarni qayta ishlashni cheklash huquqi

E’tiroz bildirish huquqi

Avtomatlashtirilgan qaror qabul qilishga e’tiroz bildirish huquqi.

Milliy

qonunchilik

. Dunyoning ko’plab mamlakatlari o’z milliy

qonunchiligida shaxsiy ma’lumotlar himoyasi va maxfiylik huquqini tartibga

soluvchi normalarni qabul qilgan. Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi ham ushbu

sohani normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solgan. Birinchi o’rinda bosh

qomus hisoblangan

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasi:

“Har kim o’z sha’ni va obro’siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga

aralashishgan himoyalanish va turar joy daxlsizligi huquqiga ega”.

Ushbu sohadagi asosiy hujjatlardan biri bo’lgan “

Shaxsga doir ma’lumotlar

to’g’risida’gi qonuni 2019-yilda qabul qilingan

. Bu qonunda shaxsiy

ma’lumotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlar va tarqatish kabi jarayonlarni tartibga

soladi. Bu qonunning

27-moddasida

shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish

kafolatlari keltirilgan bo’lib, unga ko’ra:

“Davlat shaxsga doir ma’lumotlarning himoyasini kafolatlaydi. Mulkdor yoki

operator, shuningdek uchinchi shaxs shaxsga doir ma’lumotlarn himoya qilish

bo’yicha quyidagilarni ta’minlaydigan huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni

ko’radi:


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 4, Series B 2025

19

subyektning o’z shaxsiy hayotiga aralashuvdan himoya qilinish

huquqini amalga oshirilishini;

shaxsga doir ma’lumotlarning yaxlitligi va but saqlanishi;

shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya etilishini;

shaxsga doir ma’lumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berilishining oldini

olinishini”;

Ushbu modda shaxsiy ma’lumotlarning kafolatchisi sifatida birinchi o’rinda

davlat, undan keyingi o’rinlarda ushbu ma’lumotlar ishonib topshirilgan vakolatli

shaxslarni keltiradi. Shuningdek, qonunning

28-moddasida

shaxsga doir

ma’lumotlarning maxfiyligi tushunchasiga ta’rif berilgan bo’lib shaxsning

roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud bo’lmagan taqdirda muayyan shaxslar

tomonidan ma’lumotlardan foydalanishda rioya etilishi majburiy bo’lgan talablar

shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligidir. Bundan tashqari

28-moddaning

ikkinchi qismida

shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat olgan boshqa

shaxslar subyektning roziligisiz shaxsga doir ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga

oshkor etmasligi va tarqatmasligi majburiyat sifatida belgilab qo’yilgan. Shu bilan

birga O’zbekiston Respublikasi

“Axborotlashtirish to’g’risida”gi va “Elektron

tijorat to’g’risida”gi Qonunlar

i mavjud bo’lib, ushbu qonunlar orqali o’z

sohalaridagi munosabatlar tartibga solinadi va shaxslarning o’sha sohadagi huquqlar

himoya qilinadi. Biroq, O’zbekiston qonunchiligida raqamli maxfiylik va

ma’lumotlarni himoyasi bo’yicha bir qator bo’shliqlar mavjud. Masalan,

ma’lumotlar himoyasi bo’yicha mustaqil nazorat organi mavjud emasligi, aynan

raqamli muhitda maxfiylik himoyasini to’liq qamrab olgan maxsus qonunning

yo’qligi, “Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risida”gi qonun mavjud biroq u aynan

raqamli muhitda maxfiylikni ta’minlashni to’liq qamrab ololmaydi,shuningdek,


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 4, Series B 2025

20

raqamli maxfiylik bo’yicha aholida ma’lumotlar yetishmasligi ya’ni

fuqarolar ushbu yo’nalishda o’z huquqlarini va ularni himoya

qilishni bilmasligidir.

Shaxsiy ma'lumotlar himoyasi – bu zamonaviy jamiyatda shaxs

erkinligi va qadr-qimmatini ta'minlaydigan muhim omildir. Raqamli muhitda

maxfiylik huquqi insonga o'z hayotining ma'lum jihatlarini nazorat qilish imkonini

beradi. Bu huquq insonning erkin fikrlashi, o'z nuqtai nazarini shakllantirishi va

o'zligini anglashi uchun zarur bo'lgan shaxsiy makonni ta'minlaydi. Internet, ijtimoiy

tarmoqlar va sun'iy intellekt tizimlarining keng tarqalishi bilan fuqarolar haqidagi

ma'lumotlar to'planishi, qayta ishlanishi va tahlil qilinishi misli ko'rilmagan darajaga

yetdi. Ma'lumotlardan foydalanish imkoniyatlari cheksiz imkoniyatlar yaratsa-da,

bu jarayon jiddiy xavf-xatarlarni ham keltirib chiqarmoqda: kiberjarimalar, shaxsiy

ma'lumotlarning ruxsatsiz tarqalishi, raqamli nazorat va kuzatuv tizimlari

kengayishi kabi. Hozirgi kunda Yevropa Ittifoqining Ma'lumotlarni himoya qilish

umumiy reglamenti (GDPR), Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi APEC Privacy

Framework va boshqa milliy qonunchilik hujjatlari insonlarning raqamli muhitdagi

huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Ammo texnologiyalar jadal rivojlanib

borayotgan bir paytda qonunchilik ko'pincha orqada qolmoqda. Birgina O’zbekiston

misolida raqamli muhitda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo’yicha maxsus

qonun yo’qligini misol sifatida ko’rdik. Bu ko’plab mamlakatlarning

qonunchiligidagi bo’shliq bo’lishi mumkin. Chunki sun’iy intellekt rivojlanishi

natijasida raqamli dunyoda yangidan-yangi o’zgarishlar bo’lyapti. Bu esa

qonunchilikda ham zamon talabaiga mos o’zgarishlar bo’lishini talab qilmoqda.

Shaxsiy ma’lumotlar himoyasi va raqamli maxfiylikni inson huquqlari yuzasidan

ta’minlashda yuqori natijaga erishish quyidagi chora-tadbirlani amalga oshirish

mumkin:


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 4, Series B 2025

21

Xalqaro standartlarga muvofiq milliy qonunchilikni

takomillashtirish. Xususan, O'zbekiston Respublikasida shaxsiy

ma'lumotlar himoyasi bo'yicha qonunchilikni xalqaro me'yorlarga

moslashtirish, ma'lumotlar himoyasi bo'yicha mustaqil nazorat

organi tashkil etish kerak.

Fuqarolarning raqamli savodxonligini oshirish. Har bir fuqaro o'z

shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish va raqamli maxfiylikni ta'minlash bo'yicha

zarur bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi lozim.

Texnologik yechimlarni rivojlantirish. "Privacy by design"- "Dizayn

tomonidan maxfiylik" atamasi "texnologik dizayn orqali ma'lumotlarni himoya

qilish" dan boshqa narsani anglatmaydi. Buning orqasida ma'lumotlarni qayta

ishlash protseduralarida ma'lumotlarni himoya qilish, agar ular yaratilganda

texnologiyaga allaqachon integratsiya qilingan bo'lsa, eng yaxshi rioya qilinadi

degan fikr mavjud Ushbu amaliyotni O’zbekiston sharoitida qo’llash maqsadga

muvofiq bo’ladi.

Xalqaro hamkorlikni kuchaytirish. Ma'lumotlar trans chegaraviy

harakat qilishi sharoitida, shaxsiy ma'lumotlar himoyasi sohasida xalqaro hamkorlik

va standartlashtirish zarur. Masalan Osiyo mintaqasi uchun alohida shaxsiy

ma’lumotlarni himoya qilish bo’yicha standartlashtirish talablarini joriy qilish

imkoniyasi mavjud.

Xulosa qilib aytganda, shaxsiy ma'lumotlar himoyasi va raqamli maxfiylik

masalalarini hal qilish butun jamiyatning umumiy vazifasi hisoblanadi. Bu masalalar

zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning ajralmas qismi bo'lib, inson

huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini himoya qilishning asosini tashkil etadi.

Raqamli dunyoda har bir inson o'z ma'lumotlari ustidan nazorat qilish huquqiga ega

bo'lishi kerak, davlat esa bu huquqni tegishli qonunchilik mexanizmlari orqali


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 4, Series B 2025

22

kafolatlashi lozim. Faqat shundagina raqamli revolyutsiya nafaqat

texnologik taraqqiyot, balki insoniyat uchun ham haqiqiy yutuq

bo'lishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Samuel Uorren and Luis Brendays “The rihjts to privacy”. 1980

2.

PRIVACY AND FREEDOM. By Alan F. Westin. New York: Atheneum.

1967.

3.

Kibermakonda hayot va mas’uliyat. Maqola. 2025

4.S tanford Encyclopedia of Philosopy

https://plato.stanford.edu/entries/kant/

5.

European

Cour

of

Human

Rights

https://hudoc.echr.coe.int/fre#{%22itemid%22:[%22001-90051%22]}

6.

Inson

huquqlari

umumjahon

dekloratsiyasi

12-modda

https://constitution.uz/oz/pages/humanrights

7. Xalqaro pakt “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida” 17-modda

https://lex.uz/docs/-2640479

8.

United

Nations

Resolution

“Right

privacy-digital

age”

https://policyreview.info/articles/news/new-un-resolution-right-privacy-digital-
age-crucial-and-timely/436

9. General Data Protection Regulation

https://gdpr-info.eu/

10. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

https://lex.uz/docs/-6445145

11. O’zbekiston Respublikasi “Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risida”gi

Qonuni

https://lex.uz/docs/-4396419#-4397639

12.

Court

of

Justice

European

Unieon

https://curia.europa.eu/juris/liste.jsf?num=C-311/18

13. GDPR “Privacy by design”

https://gdpr-info.eu/issues/privacy-by-design/

References

Samuel Uorren and Luis Brendays “The rihjts to privacy”. 1980

PRIVACY AND FREEDOM. By Alan F. Westin. New York: Atheneum. 1967.

Kibermakonda hayot va mas’uliyat. Maqola. 2025

S tanford Encyclopedia of Philosopy https://plato.stanford.edu/entries/kant/

European Cour of Human Rights https://hudoc.echr.coe.int/fre#{%22itemid%22:[%22001-90051%22]}

Inson huquqlari umumjahon dekloratsiyasi 12-modda https://constitution.uz/oz/pages/humanrights

Xalqaro pakt “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida” 17-modda https://lex.uz/docs/-2640479

United Nations Resolution “Right privacy-digital age” https://policyreview.info/articles/news/new-un-resolution-right-privacy-digital-age-crucial-and-timely/436

General Data Protection Regulation https://gdpr-info.eu/

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi https://lex.uz/docs/-6445145

O’zbekiston Respublikasi “Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risida”gi Qonuni https://lex.uz/docs/-4396419#-4397639

Court of Justice European Unieon https://curia.europa.eu/juris/liste.jsf?num=C-311/18

GDPR “Privacy by design” https://gdpr-info.eu/issues/privacy-by-design/