TOG‘AY MUROD QISSALARIDA XALQ QO‘SHIQLARINING POETIK IFODASI

Аннотация

Ushbu maqolada Tog‘ay Murodning uch qissasi: “Oydinda yurgan odamlar”, “Yulduzlar mangu yonadi” va “Ot kishnagan oqshom” qissalari tarkibidagi xalq qo‘shiqlarining mohiyati yoritiladi. Xalq qo‘shiqlarining qahramon ruhiyatini obrazli ifodalashdagi o‘rni belgilanadi. Uning qanday vaziyatda, qaysi o‘rinlarda keltirilgani izohlandi. Qo‘shiqlarni qo‘llash qanday vazifalarni o‘tashi, uning poetik xususiyati ochiqlandi. Shuningdek, qo‘shiqlarning turlari keltirilib, asarda mehnat bilan bog‘liq qo‘shiqlar ko‘proq qo‘llangani aniqlandi.

Journal of analytical synergy and scientific horizon
Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
https://zenodo.org/records/15538411
CC BY f
83-89
19

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Sharipova , M., & Rasulova, U. (2025). TOG‘AY MUROD QISSALARIDA XALQ QO‘SHIQLARINING POETIK IFODASI. Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов, 1(1.4.(A) SERIES), 83–89. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/jassh/article/view/100940
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada Tog‘ay Murodning uch qissasi: “Oydinda yurgan odamlar”, “Yulduzlar mangu yonadi” va “Ot kishnagan oqshom” qissalari tarkibidagi xalq qo‘shiqlarining mohiyati yoritiladi. Xalq qo‘shiqlarining qahramon ruhiyatini obrazli ifodalashdagi o‘rni belgilanadi. Uning qanday vaziyatda, qaysi o‘rinlarda keltirilgani izohlandi. Qo‘shiqlarni qo‘llash qanday vazifalarni o‘tashi, uning poetik xususiyati ochiqlandi. Shuningdek, qo‘shiqlarning turlari keltirilib, asarda mehnat bilan bog‘liq qo‘shiqlar ko‘proq qo‘llangani aniqlandi.


background image

J

оurnаl оf Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Hоrizоn ISSN: 3060-5261 Impаct fаktоr: 9.9

Vоlume 1, Issue 4, Series А 2025

83

TOG‘AY MUROD QISSALARIDA XALQ

QO‘SHIQLARINING POETIK IFODASI

Sharipova Ma’mura Sharif qizi,

ToshDOʻTAU Adabiyotshunoslik:

adabiyotshunoslik nazariyasi 1-kurs magistranti

Sharipovamamura101@gmail.com

+998912475440

Ilmiy rahbar: F.f.d., Prof, Umida Rasulova

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Tog‘ay Murodning uch qissasi: “Oydinda

yurgan odamlar”, “Yulduzlar mangu yonadi” va “Ot kishnagan oqshom” qissalari

tarkibidagi xalq qo‘shiqlarining mohiyati yoritiladi. Xalq qo‘shiqlarining qahramon

ruhiyatini obrazli ifodalashdagi o‘rni belgilanadi. Uning qanday vaziyatda, qaysi

o‘rinlarda keltirilgani izohlandi. Qo‘shiqlarni qo‘llash qanday vazifalarni o‘tashi,

uning poetik xususiyati ochiqlandi. Shuningdek, qo‘shiqlarning turlari keltirilib,

asarda mehnat bilan bog‘liq qo‘shiqlar ko‘proq qo‘llangani aniqlandi

.

Kalit soʻzlar:

Lirik tur, qo‘shiq, mehnat qo‘shiqlari, badiiy maqsad, poetik

ifoda.

Аннотация.

В этой статье будет освещена сущность народных песен в

составе трех рассказов Тогая Мурада: “люди, идущие по Луне”, “Звезды горят

вечно” и “вечер в наручниках”. Определяется роль народных песен в образном

выражении психики героя. Объяснялось, в каком положении он находится, в

каких местах. Раскрыты задачи, которые выполняет использование песен, ее

поэтический характер. Также были перечислены типы песен, и было

обнаружено, что в произведении больше используются песни, связанные с

трудом.


background image

J

оurnаl оf Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Hоrizоn ISSN: 3060-5261 Impаct fаktоr: 9.9

Vоlume 1, Issue 4, Series А 2025

84

Ключевые слова:

Лирический тип, песня, трудовая песня,

художественное назначение, поэтическое выражение.

Abstract.

In this article, the meaning of folk songs contained

in three stories of Grandfather Murad: "People walking on the

moon", "Stars burn forever" and "The evening of a neighing horse" is explained. The

role of folk songs in figurative expression of the hero‘s psyche is determined. It was

explained in what situation and in which places it was presented. What are the tasks

of using songs, its poetic nature has been revealed. Also, the types of songs were

given, and it was found that songs related to work are used more in the work.

Keywords

: Ltype, song, labor songs, artistic goal, poetic expression.

Lirik turning eng faol, ommabop turlaridan biri bu qo‘shiq hisoblanadi. Qo‘shiq

atamasi ilk bor Mahmud Qo‘shg‘ariyning “Devoni lug‘oti turk” asarida keltiriladi.

1

Lirik asarlarda inson hayoti, uning turmush lahzalari inson ko‘nglidan kechirayotgan

tuyg‘ularnni kuylaydi. Qo‘shiqlar folklorda odatda xalq marosimlari, urf-

odatlatlarini o‘zida namoyon etadi. Qo‘shiqlarning esa bir necha turlari mavud:

2

1.

Mehnat qo‘shiqlari;

2.

Tarixiy qo‘shiqlar;

3.

Termalar;

4.

Bolalar qo‘shiqlari;

5.

Lirik qo‘shiqlar.

Mehnat qo‘shiqlari xalq she’riyatining eng avvalgi turlaridan biri bo‘lib,

ularning yaratilishi va ijro etilishi kishilarning mehnat jarayoni bilan bog‘liqdir.

1

Mahmud Ko’shg’ariy

. (1960

) “Devoni lug’oti turk”. (203

-bet)

. O’zbekiston SSR Fanlar

akademiyasi.

2

Mirzayev.T, Turdimov.Sh, Jo‘rayev. M, Eshonqulov.J, Tilavov.A. (2020). O‘zbek folklori, (205

-219-

bet). “Tafakkur

-

bo‘stoni” .


background image

J

оurnаl оf Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Hоrizоn ISSN: 3060-5261 Impаct fаktоr: 9.9

Vоlume 1, Issue 4, Series А 2025

85

Dehqonlar, hunarmandlar ishlab turib qo‘shiq aytganlar. Qo‘shiq

ularning mehnatlarini yengillatgan, ayrim so‘zlari, undov nidolari

ko‘pchilikni baravar harakat qilishini uyushtirgan. Shu sababdan

qo‘shiqdagi so‘zlar, vazn, qofiya ixcham, aniq bo‘lgan. Ayrim

so‘zlar vaqti-vaqti bilan takrorlanib, hayqiriq, chaqiriq, shikoyat va mamnunlikni

bildiruvchi nidolar alohida ohangda aytilib turilgan. Mehnat qo‘shiqlari mazmunan

dehqonchilik, bog‘ va bog‘dorchilik, chorvachilik, ovchilik, hunarmandchilik va

boshqa kasblarga xos xususiyatlarni aks ettiradi. Mehnat turlari xilma- xil

bo‘lganidek, mehnat qo‘shiqlari ham turli-tumandir. Dehqonchilik bilan bog‘liq

qo‘shiqlarga qo‘shchi, o‘rim, xirmon, yanchish, yorg‘ichoq qo‘shiqlari kiradi.

Tog‘ay Murod qissalarida folklor janrlaridan o‘rinli va unumli foydalangan. Adib

asarlarining aksariyati folklor bilan chambarchars bog‘liq. Xususan, “Oydinda

yurgan odamlar” qissasida Oymomo sovliq sog‘ganda qo‘shiq aytib sog‘adi:

Qo‘y sog‘aman qo‘shoqda, turey-turey,

Qo‘y ishqi menga yoqqan, turey-turey,

Qo‘y sutini ichganlar, turey-turey,

Kundan kun shifo topgan, turey-turey.

Chorvachilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar ichida sog‘im qo‘shiqlari keng tarqalgan.

Sog‘im qo‘shiqlari: sigir, qo‘y, echki, biya, tuyalarni sog‘ishda erkalash ohangida

aytiladigan qo‘shiqlarni sog‘im qo‘shiqlari deyiladi.

3

Sigir sog‘ish bilan bog‘liq

qo‘shiqlar “xo‘sh-xo‘sh” yoki “xo‘shim” deyiladi. Qo‘ylarni sog‘ish va qo‘zilarni

emdirish aytiladigan qo‘shiqlarni “turey-turey qo‘shiqlari” yoki “furr-xaypuy”

deyiladi. Ularda odatdagidek sovliqqa murojaat etish asosiy o‘rin tutadi.

Qo‘shiqlarni chorvadorlari hayoti qo‘ylarni bo‘rilardan omon saqlaydigan itlardan

3

Mirzayev.T, Turdimov.Sh, Jo‘rayev. M, Eshonqulov.J, Tilavov.A. (2020). O‘zbek folklori,

(205-219-

bet). “Tafakkur

-

bo‘stoni” .



background image

J

оurnаl оf Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Hоrizоn ISSN: 3060-5261 Impаct fаktоr: 9.9

Vоlume 1, Issue 4, Series А 2025

86

tortib, kuy boquvchilarning ruhiy olami, yam-yashil dalalar

tasvirigacha ona qo‘ylarni erkalash yo‘li bilan beriladi. To‘rtliklarni

har bir satrida “turay-turay” yoki “turey-turey”, “pufey-pufey”

so‘zlari qo‘shib aytiladi. Bu esa uni ma’lum ohangda cho‘zib

aytishga imkon beradi:

Tog‘larga bor, quv olma, turey-turey,

Sovdi bo‘lgin, suv olma, turey-turey,

Bolangning yo‘qligini. turey-turey,

Ko‘nglingga og‘ir olma, turey-turey.

Insonning yashashi, hayot kechirish tarzi, urf-odatlari marosimlar bilan

bog‘liq tarzda qo‘shiqlarda juda ko‘p namoyon bo‘ladi. “Yulduzlar mangu yonadi”

asarida esa mehnat qo‘shiqlari bir necha o‘rinlarda foydalanilgan. “Yulduzlar mangu

yonadi” qissasidagi mazkur lavhada ham xalq qo‘shiqlari qahramon ruhiyati qay

tarzda yoritishga yo‘naltirgani kuzatiladi:

Esli molim, oqilim, churiya-chur-ey,

Yelkamdagi kokilim, churiya-chur-ey,

Shuncha molning ichida, churiya-chur-ey,

Bogʻda ochilgan gulim, churiya-chur-ey.

Togʻlarda bor gulxayr, churiya-chur-ey,

Oq sutingni qil xayr, churiya-chur-ey,

Kelar yili tuqqaning, churiya-chur-ey,

Boʻlsinda Zuhra-Tohir, churiya-chur-ey.

Ushbu lirik qo‘shiqni badiiy asarda qo‘llash ,birinchidan, o‘quvchida sof

qishloq hayoti manzarasini gavdalantiradi, ikkinchidan, nasriy asarda she’riy ohang

jilolalari o‘ynoqi bir kayfiyat, shiddatni beradi. Misralarga nazar tashlasak, Tog‘ay


background image

J

оurnаl оf Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Hоrizоn ISSN: 3060-5261 Impаct fаktоr: 9.9

Vоlume 1, Issue 4, Series А 2025

87

Murod ertak qahramonlari nomi: ”Tohir va Zuhra” ni ham tilga olib

ketyapti. Xuddi shu tarzda sof qaynagan qishloq hayotini aks ettirish

uchun yana bir o‘rinda qizlarning bug‘doy o‘rish bilan bog‘liq

qo‘shig‘i keladi:

Gʻujmoqi bugʻdoy,

Donginang toʻq-ay,

Toʻp boʻl, oʻraylik,

Xoʻpda koʻrayik.

O‘rim qo‘shiqlari hosilni yig‘ib olishda aytiladi, ushbu asarda qo‘llangan

qo‘shiq doimgi qo‘llanadigan naqorat qism hisoblanadi va mehnakash insonning

ulug‘ligi, halol mehnati qadrlanadi. Ko‘pincha folklorda ushbu qo‘shiq dehqon

tomon aytiladi. Asarda esa qizlar tomonidan aytilgan. Shuningdek asarda “Xo‘p

hayda” xirmon yanchishda dehqonlar tomonidan aytiladigan qo‘shiq ham

keltirilgan:

Yoʻrtib-yoʻrtib haydagin-a, mayda-yo, mayda-yo,

Don somondan arisin-a, mayda-yo, mayda-yo,

Ayni sahar boʻlganda-yo, mayda-yo,

Xoʻjayi Xizr dorisin-a, mayda-yo, mayda-yo

Bu qo‘shiq bilan dehqonning g‘or atalmish ro‘zg‘orni tezroq to‘ldirishga

intilishi, dehqonning asosiy ishchi kuchi bo‘lgan, uning muhabbati bo‘lgan ho‘kizni

ta’rif-u tavsiflashdan boshlanadi. Yozuvchi bundan qo‘shiqlarni asarga kiritishda

turli xil maqsad ham yotadi. Birinchidan, kitobxonga mehnatkash, jaydari xalqni

ko‘z o‘ngida gavdalantiradi, nasriy yo‘sinda o‘qib kelayotgan inson qo‘shiq o‘qib


background image

J

оurnаl оf Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Hоrizоn ISSN: 3060-5261 Impаct fаktоr: 9.9

Vоlume 1, Issue 4, Series А 2025

88

tom ma’noda madaniy hordiq oladi. Ikkinchidan, o‘qiguvchini xalq

og‘zaki ijodi bilan hamnafas qilib boradi.

Shuningdek, adibning yana bir qissasi “Ot kishnagan

oqshom” da ham qo‘shiq janri o‘z aksini topgan. Jumladan,

Ziyodulla chavandozning ayoli tilida o‘z bolasini tinchlantirish maqsadida quyidagi

qo‘shiqni aytadi:

Kelgin, bolam, tizzamga,

Yol bo‘larsan o‘zimga,

Quloq solgin so‘zimga,

Huyyo, bolam, huyyo!...

Qo‘shiq vositasida o‘z orzu-umidlarini o‘z farzandiga kuylayotgan ona obrazi

gavdalanadi. U bolasiga tilaklarni qo‘shiqqa solib unga aytadi:

Jonim, bolam, ot chopsin,

Otiga baxmal yopsin,

Huyyo solsin otasi

Orqasidan yol topsin.

Huyyo, bolam, huyyo!...

Xuddi shu kabi Tog‘ay Murod asarlarining ildizi, tub mohiyati xalq o‘gzaki

ijodiga borib taqaladi. Asarlarini mutolaa qilar ekanmiz, xalq marosimlari, urf-

odatlari, an’analari jonli kartinadek gavdalanadi. Tog‘ay Murodning uch qissasidagi

xalq qo‘shiqlarining o‘rni va ahamiyati tilga olindi. Aslida, adibning har bir asarida

o‘zbek xalqining milliy g‘ururini, iftixorini, sha’nini tarannum etadigan, urf-


background image

J

оurnаl оf Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Hоrizоn ISSN: 3060-5261 Impаct fаktоr: 9.9

Vоlume 1, Issue 4, Series А 2025

89

odatlarini ko‘rsatadigan o‘rinlar talaygina. Uning asarlarining tub

mohiyatini o‘rganish folklorga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otadi, har

tomonlama xalq merosini chuqurroq o‘rganishga ko‘maklashadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.Mahmud Ko‘shg‘ariy. (1960) “Devoni lug‘oti turk”. (203-bet). O‘zbekiston

SSR Fanlar akademiyasi.

2.Mirzayev.T, Turdimov.Sh, Jo‘rayev. M, Eshonqulov.J, Tilavov.A. (2020).

O‘zbek folklori, (205-219-bet). “Tafakkur-bo‘stoni” .

3.Tog‘ay Murod,(20220. Oydinda yurgan odamlar. (191-bet). “Nurafshon”.

4.Tog‘ay Murod, (2022). Ot kishnagan oqshom, (172-bet). “Nurafshon”

5. Tog‘ay Murod, (1994). Yulduzlar mangu yonadi, (180-bet). “Sharq”.

Библиографические ссылки

Mahmud Ko‘shg‘ariy. (1960) “Devoni lug‘oti turk”. (203-bet). O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi.

Mirzayev.T, Turdimov.Sh, Jo‘rayev. M, Eshonqulov.J, Tilavov.A. (2020). O‘zbek folklori, (205-219-bet). “Tafakkur-bo‘stoni” .

Tog‘ay Murod,(20220. Oydinda yurgan odamlar. (191-bet). “Nurafshon”.

Tog‘ay Murod, (2022). Ot kishnagan oqshom, (172-bet). “Nurafshon”

Tog‘ay Murod, (1994). Yulduzlar mangu yonadi, (180-bet). “Sharq”.