TALABALARNING KASBIY-AMALIY JISMONIY TAYYORGARLIK MUAMMOLARI

Abstract

Talabalarning kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligi harakat malakalari va ko‘nikmalarining individualligi, jismoniy qobiliyatlarni va u bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘lgan kasbiy yaroqlilikni boyitadigan ta’lim jarayoni sifatida yoritilgan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
222-226
12

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Paraxatova Aynura Tengelbay qízí. (2025). TALABALARNING KASBIY-AMALIY JISMONIY TAYYORGARLIK MUAMMOLARI. Журнал научных исследований и их решений, 4(02), 222–226. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ituy/article/view/82629
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Talabalarning kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligi harakat malakalari va ko‘nikmalarining individualligi, jismoniy qobiliyatlarni va u bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘lgan kasbiy yaroqlilikni boyitadigan ta’lim jarayoni sifatida yoritilgan.


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

222

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va

sport universiteti Nukus filiali

Sport o‘yinlari kafedrasi PhD, Dotsenti

Ramazanov Medet taqrizi ostida

Paraxatova Aynura Tengelbay qízí

2-kurs Badiiy gimnastika

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport

universiteti Nukus filiali

TALABALARNING KASBIY-AMALIY JISMONIY

TAYYORGARLIK MUAMMOLARI

Annotatsiya:

Talabalarning kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligi harakat malakalari va

ko‘nikmalarining individualligi, jismoniy qobiliyatlarni va u bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq

bo‘lgan kasbiy yaroqlilikni boyitadigan ta’lim jarayoni sifatida yoritilgan.

Kalit

so‘zlar:

Jismoniy

tarbiya,

kasbiy-amaliy

jismoniy

tayyorgarlik,

kasbiy faoliyat, kasbiy sifatlar, kasbiy kompetensiya, jismoniy yaroqlilik.

Abstract:

The professional and practical physical training of students is presented as an

educational process that enhances the individuality of motor skills and abilities, physical

capabilities, and directly or indirectly related professional aptitude.

Keywords:

Physical education, professional and applied physical training, professional activity,

professional qualities, professional competence, physical fitness.

Аннотация:

Профессионально-прикладная

физическая

подготовка

студентов

рассматривается как образовательный процесс, обогащающий индивидуальные

двигательные навыки и умения, физические способности и непосредственно или косвенно

связанную с ними профессиональную пригодность.

Ключевые слова:

Физическая культура, профессионально-прикладная физическая

подготовка,

профессиональная

деятельность,

профессиональные

качества,

профессиональная компетенция, физическая пригодность.

Kirish.

Ma’lumki, kasbiy mehnatning ko‘pchilik turlarini natijaviyligi, boshqa masalalar bilan

bir qatorda, inson organizmga kasbiy faoliyat va uning sharoitlari tomonidan qo‘yiladigan

talablarga ma’lum darajada adekvat bo‘lgan jismoniy mashqlar bilan tizimli shug‘ullanish yo‘li

bilan dastlab o‘zlashtiriladigan maxsus jismoniy tayyorgarlikka bog‘liq. Ushbu bog‘liqlik,

individni hayot faoliyati jarayonidagi jismoniy va umumiy rivojlanishini har xil tomonlarini

o‘zaro harakatlanish qonuniyatlari (xususan, u yoki bu faoliyatga surunkali adaptatsion

samaralarni o‘zaro ta’siri, trenirovka qilganlikni olib o‘tilishi, mashg‘ulot va kasbni

o‘zlashtirilishi jarayonida egallanadigan va takomillashtiriladigan harakat malakalari va

ko‘nikmalarini o‘zaro ta’siri qonuniyatlari) to‘g‘risidagi chuqurlashadigan tasavvurlar nuqtai

nazaridan ilmiy tushuntiriladi[2,18].
Jismoniy tarbiyani mehnat faoliyati amaliyoti bilan organik bog‘liqligi tamoyili kasbiy-amaliy

jismoniy tayyorgarlikda aniq gavdalanadi. Ushbu tamoyil jismoniy tarbiyaning barcha ijtimoiy

tizimiga

tarqalsa

hamki,

u,

aynan

kasbiy-amaliy

jismoniy tayyorgarlikda o‘zining spetsifik ifodasini topadi. Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik

(KAJT), jismoniy tarbiyaning o‘ziga xos turi sifatida, ixtisoslashtirilgan jismoniy tarbiyani

tanlangan kasbiy faoliyatda ta’minlanishini pedagogik yo‘naltirilgan jarayoni sifatida ifodalanadi.

Boshqacha aytganda, bu, asosida kasbiy foydali bo‘lgan harakat malakalari va ko‘nikmalarining

individual fondini, jismoniy qobiliyatlarni va u bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘lgan


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

223

kasbiy

yaroqlilikni boyitadigan ta’lim jarayonidir.
Hozirgi vaqtda, davlatimiz tomonidan jismoniy tarbiyani rivojlantirishga alohida e’tibor

qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini 2015-yil 4-sentabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport

to‘g‘risida”gi 394-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi jismoniy

tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”

2021-yil 16-iyundagi PQ-5148-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-

oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha

maqsadga yo‘naltirilgan ishni tashkil qilish va amalga oshirishga, iqtidorli yosh

sportchilarni saralash bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil qilishga hamda jismoniy tarbiya va sportni

yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Oliy ta’limning asosiy vazifasi – yuqori malakali mutaxassisni bo‘lajak kasbiy faoliyatga

tayyorlashdan iborat. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bitiruvchi bakalavrlar mehnat

faoliyatining

yangi

sharoitlariga

kelishganida

qiyinchiliklarga

uchramoqdalar. Bu, oliy ta’lim muassasasida kasbiy muhim bo‘lgan sifatlarni rivojlantirish

imkoni bo‘lmaganligi natijasi bo‘lishi mumkin [1, 25].

Dolzarbligi.

Mustaqillik yillarida mamlakatmiz korxona va muassasalariga yangi raqamli

texnologiyalarning

kirib

kelishi

tufayli,

kasbiy

yo‘nalganlikka

ega bo‘lgan jismoniy tarbiya yanada dolzarb bo‘lmoqda. Hozirda, ishlab chiqarish tomonidan

bitta

funksiyani

bajaridagan

mutaxassis

emas,

balki

bir

qator

funksiyalar va lavozim vazifalarini bajara oladigan, jismoniy va kasbiy muhim sifatlar

majmualariga ega bo‘lgan universal mutaxassislar talab qilinmoqda [2, 74]. Bunday kadrlarni

tayyorlashda kasbiy yo‘nalganlikka ega bo‘lgan jismoniy tarbiya katta rol o‘ynaydi. Jismoniy

ishchanlik qobiliyati, turli kasalliklarga chidamlilik, diqqatni jamlash, asab tizimining kuch,

umumiy chidamlilik, ko‘ruv xotirasi, mo‘ljalga olish, tashkilotchilik qobiliyati, mustaqillik –

bular, bo‘lajak mutaxassislarga zarur bo‘lgan kasbiy muhim sifatlar hisoblanadi [3, 58].
Shunday qilib, davlat ta’lim standartlaridagi kasbiy kompetensiyalarni hisobga olgan holda,

zamonaviy adabiyotlarda oziq-ovqat texnologiyasi yo‘nalishi bakalavrlarida jismoniy sifatlarni

majmuaviy rivojlantirish mashg‘ulotlari uslubiyatini ishlab chiqish va asoslash muammosi

yuzaga kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining 2018-yil 25-avgustdagi 744-sonli buyrug‘i

bilan

o‘quv

dasturlari

ro‘yxatida

tasdiqlangan

“Jismoniy

tarbiya va sport” fani bo‘yicha namunaviy dasturda kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlikning

maqsadi
– bo‘lajak muvaffaqiyatli faoliyatga psixofizik tayyorgarlik va kasbiy jismoniy yaroqlilik kabi

belgilangan. Uning vazifalari bo‘lajak kasbning xususiyatlaridan kelib chiqadi va quyidagilardan

iborat;
– maxsus bilimlarni shakllantirish, amaliy malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish;
– jismoniy tarbiya vositalari bilan kasbiy va shaxs sifatlarini tarbiyalash va takomillashtirish;
– hayot faoliyatida o‘quv-trenirovka va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish dasturlarini

muvaffaqiyatli

amalga

oshirish

uchun

maxsus

amaliy

psixofizik

sifatlarni tarbiyalash.


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

224

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, oziq-ovqat texnologiyasi yo‘nalishi bakalavrlarida

jismoniy tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish bilan kasbiy kompetentlikni hisobga olish

orqali tanlangan amaliy yo‘nalganlikka ega trenirovka vositalari va usullarini optimal nisbatlarini

ilmiy ishlab chiqilganligi muammosini yetarli emasligi o‘rtasida obyektiv qarama-qarshilikning

mavjudligi bu yo‘nalishda tadqiqotlarni olib borishning dolzarbligini belgilaydi.

Tadqiqotning maqsadi.

Oziq-ovqat texnologiyasi yo‘nalishi bakalavrlarida jismoniy sifatlarni

majmuaviy rivojlantirish uslubiyatini ishlab chiqish va samaradorligini tajribalarda asoslashdan

iborat.

Tadqiqotning taxmini.

Oziq-ovqat texnologiyasi yo‘nalishlari bakalavrlarida jismoniy tarbiya

jarayoni quyidagilar amalga oshirilganida samarali bo‘ladi, deb taxmin qilindi:
– jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jismoniy sifatlarni majmuaviy rivojlantirish asosida tuzilsa;
– jismoniy tarbiya vositalari va usullari davlat ta’lim standartlaridagi kasbiy kompetensiyalari

asosida tanlansa;

jismoniy tarbiya dasturi bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini hisobga

olish bilan tabaqalashtirilgan holda ishlab chiqilsa.
KAJT metodikasining asosiy muammolaridan biri, kasbiy faoliyat tomonidan organizmning

funksional imkoniyatlariga qo‘yiladigan talablarni adekvat va tizimli modellashtirish zaruratidan

(ushbu talablar darajasini sekin-asta ortishi bilan birgalikda) kelib chiqadi. Bu yerda, o‘ziga

yarasha qarama-qarshilik mavjud. Ushbu talablarni aniq va to‘liq qayta tiklashni, faqat mehnat

harakatlarini kasbiy mehnat uchun xarakterli bo‘lgan rejim va sharoitlarda bajarish yo‘li

bilangina

amalga

oshirish

mumkinligi ravshan, albatta. Lekin, u, jismoniy yaroqlilikka nisbatan jadalligi bo‘yicha uncha

katta bo‘lmagan va tor talablarni o‘zicha qo‘ysa (bu, zamonaviy kasbiy mehnatning ko‘pchilik

turlari uchun xarakterlidir), unda, ularni KAJT jarayonida aniq modellashtirish, modelli

mashqlarni funksional imkoniyatlarni oshiruvchi omillari sifatida zaruriy ta’sirchanligini

ta’minlashga yo‘l qo‘ymaydi. Aynan shu tufayli, KAJTni tuzish paytida kasbiy faoliyat

talablarini modellashtirish, tayyorgarlik vositalari samaradorligi ta’minlaganligi uchun ham

o‘zini oqlaydi va nafaqat kasbiy mehnatga adaptatsiya qilishga, balki uning natijalarini ortishiga

ko‘maklashadigan ma’lum bir variatsiyalar bilan sodir bo‘lishi kerak.
Kasbiy faoliyatning u yoki bu talablarini KAJT jarayonida prinsipial modelli qayta tiklash, uni

natijali amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan, organizmning harakat va boshqa imkoniyatlarini

mobilizatsiya

qilish

darajasi

qanchalik

yuqori

bo‘lsa,

shunchalik katta ahamiyat kasb etadi. Agar, ushbu talablar katta bo‘lsa, unda, ularni dastlab

chegaralangan holda modellashtirishga to‘g‘ri keladi, keyinchalik, modelli-mashg‘ulot

mashqlaridagi yuklamalar, ularga nisbatan o‘ziga xos mustahkamlik zaxirasini yaratish uchun

o‘xshash bo‘lgan kasbiy yuklamalar darajasidan yuqori bo‘lganiga qadar sekin-asta oshiriladi.

Bunday holatlarda, kasbiy faoliyatning ekstremal sharoitlarida mobilizatsiya qilinadigan

organizmni funksional zaxiralarini oshirishning eng samarali vositasi bo‘lib, tizimli

mashg‘ulotlar va bellashuvlarda ishtirok etish shaklida tashkil qilinadigan, sportning mos

ravishdagi

kasbiy-amaliy

turi bilan shug‘ullanish xizmat qilishi mumkin.
KAJT jarayonida kasbiy faoliyatning alohida talablarini tanlab modellashtirish esa, ustuvor

ravishda kasbiy-amaliy gimnastika vositalari bilan, jumladan ixtisoslashtirilgan trenajyorlarda

mashqlarni bajarish bilan erishiladi.


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

225

Ko‘pchilik zamonaviy kasbiy faoliyat turlarida jismoniy kuchlanishlarning jadallik darajasi

nisbatan

uncha

katta

va

barqaror

bo‘lmasa

hamki,

KAJTni tuzish metodikasida trenirovka qilinadigan yuklamalarni sekin-asta oshirish tamoyiliga

rioya qilish kerak, bu, aniq kasbiy mehnat yuklamalariga tayyorgarlik uchungina emas, balki

organizmning funksional imkoniyatlar darajasini oshirish, salomatlikni mustahkamlash va

saqlash uchun ham kerak bo‘lgan darajada bo‘lishi lozim. Bu yerda, huddi umuman jismoniy

tarbiyadagi kabi, barcha holatlarda bir xilda ma’qul bo‘ladigan, yuklamalarni qandaydir

universal miqdoriy me’yorlari bo‘lishi mumkin emas, chunki ularning maqsadli oshirilishi

chegaralari va dinamikasi ko‘p sonli o‘zgaruvchan holatlarga bog‘liq, jumladan real ravishda

yig‘iladigan yuklamaning xajmiga va individual turmush tarzida jismoniy mashqlar

bilan shug‘ullanish rejimiga bog‘liq (masalan, ayrim shug‘ullanuvchilar KAJT bilan parallel

ravishda sportning u yoki bu turi bilan chuqur shug‘ullanishga ko‘p vaqt va kuch sarf qilishadi,

boshqalarda esa, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish asosan ustuvor ravishda yoki faqat KAJT

doirasida bo‘ladi).
KAJT bo‘yicha mashg‘ulotlar tizimi umumiy ko‘rinishda, ularni rasmiy tartibda tashkil qilinishi

paytida,

odatda,

turdosh

kasblar

guruhlari

yoki

alohida kasblar uchun ishlab chiqiladigan unifikatsiyalangan dasturlar bilan chegaralanadi.

Bunda, mashg‘ulotlarning asosiy shakllari bo‘lib, qoidaga ko‘ra, jismoniy tarbiyada

mashg‘ulotlarning mazmuni va tuzilishi shartlarini xususiyatlariga bog‘liq ravishda variatsiya

qiladigan tipik strukturaga ega bo‘lgan dars shakllari xizmat qiladi[4, 18].
Ta’lim muassasalarida, ayniqsa, majburiy jismoniy tarbiya va sport fani doirasida, KAJT

materiallarini o‘z ichiga olgan dars mashg‘ulotlari, ko‘pincha, kombinatsiyalangan hisoblanadi

va

ulardagi

kasbiy-amaliy

jismoniy

tayyorgarlik

umumiy jismoniy tayyorgarlik vositalari sifatida qo‘llaniladigan mashqlar bilan bir qatorda

bajariladi, bu, o‘quv vaqtining yetishmasligi bilan ham belgilanadi. Bunday holatlarda,

mashg‘ulotning har xil tarkibiy tuzilmalarini ratsional tuzish, majmuaviy darsni tuzish qoidalari

bo‘yicha belgilanadi. Murakkab kasbiy-amaliy harakat ko‘nikmalarini shakllantirish yoki kasbiy

jihatdan muhim bo‘lgan jismoniy sifatlarning rivojlanishiga tanlab ommaviy ta’sir qilish

bo‘yicha vazifalarni yechishdagi qiyinchiliklar katta bo‘lgan paytda, nafaqat alohida

mashg‘ulotlarni, balki ularning seriyalarini ham bitta predmetli, asosiy qismda konsentratsiya

qilingan sifatida, bunday vazifalarning bittasini amalga oshirish afzal bo‘ladi. KAJT

materiallarini o‘z ichiga olgan “Jismoniy tarbiya va sport” fani bo‘yicha bitta predmetli va

kombinatsiya qilingan mashg‘ulotlarning nisbati, ushbu fanga ajratiladigan vaqtning umumiy

byudjetiga va yechiladigan vazifalarning murakkabligiga bog‘liq. Vaqt qanchalik katta va vazifa

qanchalik murakkab bo‘lsa, bitta predmetli mashg‘ulotlarni shunchalik ko‘proq amaliyotga

kiritish kerak; agar, vaqt byudjeti kichkina bo‘lsa, bir xildagi boshqa sharoitlar bilan birgalikda,

mashg‘ulotlarning ko‘proq qismini kombinatsiyalashgan holda tashkil qilish kerak.
KAJT bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil qilish va jadallashtirishning samarali shakllaridan biri

sifatida kasbiy-amaliy mashqlarda musobaqalashish amalga oshiriladi. Mashg‘ulotlarning

musobaqa shakllari, tabiiyki, sportning tanlangan kasbiy amaliy turida chuqur ixtisoslashgan

holatida ko‘p tarqalgan. Bunda, mashg‘ulotlarning tizimi, ixtisoslashgan sport trenirovkasi va

bellashuvlarda muntazam ishtirok etish xarakteriga ega bo‘ladi, bu, sport, amaliy-ta’lim va

mehnat faoliyatini ratsional balanslashtirish muammosini alohida ilgari suradi. Yuqori sport

yutuqlari sohasiga o‘tmaydigan sportchilar uchun, ochig‘ini aytganda, sport manfaatlari ustuvor

bo‘lmasligi lozim, albatta.
KAJTni amalga oshirishda, sport mashg‘ulotlari bo‘lmagan, kundalik turmush va uzaytirilgan

faol

dam

olish

rejimidagi

jismonan

o‘zini

o‘zi

tarbiya

qilishning boshqa (xususan, kundalik individual badantarbiya, sayyohlik yurishlari shaklidagi)

vositalari bilan bir qatorda, jismoniy madaniyat mashg‘ulotlari ham muhim rol o‘ynashi mumkin.


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

226

Bunday mashg‘ulotlarni KAJTga qo‘shadigan haqiqiy ulushi, jismoniy madaniyat bilan

shug‘ullanish darajasiga, KAJTning mohiyatini tushunish va uning vositalari va usullarini

mustaqil qo‘llashga metodik jihatdan tayyor bo‘lish darajasiga bog‘liq ekanligi tushunarli,

albatta. KAJTda nazarda tutilgan ayrim vazifalarni yechish uchun yuqorida keltirilgan

shakllardan tashqari, ishlab chiqarish jismoniy madaniyati doirasida amaliyotga kiritilgan kichik

mashg‘ulot shakllari ham qo‘llanilishi mumkin. Bunda, ularning imkoniyatlari nisbatan tor

bo‘lib, ularni nazarga olmaslik noto‘g‘ri, xususan, mehnat faoliyati jarayonida operativ

ishchanlik qobiliyatini maqsadli mustaqil boshqarish malakasini ishlab chiqarishni nazarda

tutgan vazifalarni va KAJT natijasida spetsifik trenirovka qilganlikda erishilgan darajani regress

bo‘lishini oldini olish bo‘yicha vazifalarni yechish paytida nazarga olmaslik noto‘g‘ri.

Xulosa, amaliy tavsiyalar.

Jismoniy tarbiya tizimida qabul qilingan mashg‘ulotlar shakllarining

ko‘pchiligi, u yoki bu darajada KAJT maqsadlarida qo‘llanilishi mumkin. Shu bilan birga,

ularning mazmuni nafaqat kasbiy faoliyatning talablari bilan belgilanadi va unda to‘xtab

qolmaydi. KAJTni, so‘zsiz, tarbiyaning bir butun tizimini boshqa tarkibiy tuzilmalari bilan

birgalikda ko‘rib chiqish kerak va ularning xarakteriga bog‘liq ravishda individual aniq

ifodalanishida, u yoki bu bosqichda, mashg‘ulotlarning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega

bo‘lgan maqsadlarini amalga oshirishga imkon beradigan har xil shakllarining o‘zini

oqlaganlarini topish kerak. Oziq-ovqat texnologiyasi yo‘nalishi bakalavrlarida jismoniy sifatlarni

majmuaviy rivojlantirish uslubiyatini kasbiy kompetensiya asosida ishlab chiqish talabalarning

salomatligi darajasini, organizmining adaptatsion imkoniyatlarini, jismoniy tayyorgarligi

darajasini, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga motivatsiyasini oshirish, kasbiy jihatdan

muhim bo‘lgan sifatlarini rivojlantirish, “Jismoniy tarbiya va sport” fani bo‘yicha namunaviy

dasturning mazmunini sportning qo‘shimcha turlarini kiritilishi bilan o‘zgartirish imkonini

beradi.

Foydalanilgan adabiyaotlar ro‘yxati
1.

Sh.Xonkeldiyev, Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi (Sport mashg‘ulotlarining

nazariy asoslari). Darslik // “O‘ZKITOBSAVDONASHRJYOT” Toshkent-2023, 312 bet.

2.

Матвеев Л. П. // Теория и методика физической культуры (общие основы теории и

методики физического воспитания; теоретикометодические аспекты спорта и

профессиональноприкладных форм физической культуры): Учеб. для интов физ. культуры.

— М.: Физкультура и спорт, 1991. — 543 с, ил.

3.

З.Султонов особенности проведения занятий по физическому образованию в

школе // Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka, 2023 - ejournals.i

References

Sh.Xonkeldiyev, Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi (Sport mashg‘ulotlarining nazariy asoslari). Darslik // “O‘ZKITOBSAVDONASHRJYOT” Toshkent-2023, 312 bet.

Матвеев Л. П. // Теория и методика физической культуры (общие основы теории и методики физического воспитания; теоретикометодические аспекты спорта и профессиональноприкладных форм физической культуры): Учеб. для интов физ. культуры. — М.: Физкультура и спорт, 1991. — 543 с, ил.

З.Султонов особенности проведения занятий по физическому образованию в школе // Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka, 2023 - ejournals.i