GAPIRISH KOʻNIKMASINI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

Annotasiya

Mazkur maqolada ingliz tilida gapirish qobiliyatini shakillantirish uchun muhim metodlar ko’rib chiqiladi. Turli xil muloqotlar va interaktiv mashgʻulotlar asosan roʻlli o’yinlar va muzokalar yordamida talabalar oʻz nutqini rivojlantirishlari ehtimoli katta. Bu yondashuvlar talabalarning oʻz qarashlarini mustaqil bildira olish va o‘zlariga bo‘lgan ishonchni oshirishda muhim rol oʻynaydi. Talabalarga real hayotdagi voqea-hodisalarga o‘xshash topshiriqlar berish orqali, muloqot qilish imkoniyati taqdim etiladigan metodlar, gapirish ko‘nikmasini samarali qilishlari mumkin. Bunda doimiy mashqlar va amaliyotlarning ahamiyati katta.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Mamatkulova Fotima Ashirkulovna, Karimbayeva Mardona Ravshanbekovna. (2025). GAPIRISH KOʻNIKMASINI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI. Ilmiy Tadqiqotlar Va Ularning Yechimlari Jurnali, 4(02), 259–261. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ituy/article/view/82620
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada ingliz tilida gapirish qobiliyatini shakillantirish uchun muhim metodlar ko’rib chiqiladi. Turli xil muloqotlar va interaktiv mashgʻulotlar asosan roʻlli o’yinlar va muzokalar yordamida talabalar oʻz nutqini rivojlantirishlari ehtimoli katta. Bu yondashuvlar talabalarning oʻz qarashlarini mustaqil bildira olish va o‘zlariga bo‘lgan ishonchni oshirishda muhim rol oʻynaydi. Talabalarga real hayotdagi voqea-hodisalarga o‘xshash topshiriqlar berish orqali, muloqot qilish imkoniyati taqdim etiladigan metodlar, gapirish ko‘nikmasini samarali qilishlari mumkin. Bunda doimiy mashqlar va amaliyotlarning ahamiyati katta.


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

259

GAPIRISH KOʻNIKMASINI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY

TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

Mamatkulova Fotima Ashirkulovna

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,

Ingliz tili nazariy aspektlar №3,

kafedrasi katta o‘qituvchisi

Karimbayeva Mardona Ravshanbekovna

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Xorijiy til va adabiyoti Ingliz tili 3- fakultet

1- bosqich 2402-guruh talabasi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada ingliz tilida gapirish qobiliyatini shakillantirish uchun muhim

metodlar ko’rib chiqiladi. Turli xil muloqotlar va interaktiv mashgʻulotlar asosan roʻlli o’yinlar

va muzokalar yordamida talabalar oʻz nutqini rivojlantirishlari ehtimoli katta. Bu yondashuvlar

talabalarning oʻz qarashlarini mustaqil bildira olish va o‘zlariga bo‘lgan ishonchni oshirishda

muhim rol oʻynaydi. Talabalarga real hayotdagi voqea-hodisalarga o‘xshash topshiriqlar berish

orqali, muloqot qilish imkoniyati taqdim etiladigan metodlar, gapirish ko‘nikmasini samarali

qilishlari mumkin. Bunda doimiy mashqlar va amaliyotlarning ahamiyati katta.

Kalit soʻzlar:

gapirish qobilyati,interaktiv mashgʻulotlar, rolli oʻyinlar,tez aytishlar ,

kinolar ,multfilmlar,sun’iy intellekt,lugʻat boyligi,axborot-texnologiyalar

MODERN METHODS FOR DEVELOPING SPEAKING SKILLS

Abstract:

This article explores effective methods for developing speaking skills in English.

Various types of communication and interactive activities, especially role-plays and discussions,

significantly contribute to the development of students' speech. These approaches play an

important role in enabling students to express their opinions independently and increasing their

self-confidence. Methods that simulate real-life situations and provide opportunities for

communication can help improve speaking skills effectively. Regular practice and hands-on

activities are of great importance in this process.

Keywords:

speaking ability, interactive activities, role plays, tongue twisters, movies and

cartoons, artificial intelligence, vocabulary richness, information technologies.

СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ НАВЫКОВ УСТНОЙ РЕЧИ

Аннотация

:В данной статье рассматриваются эффективные методы развития навыков

устной речи на английском языке. Различные виды общения и интерактивные занятия,

особенно ролевые игры и дискуссии, значительно способствуют развитию речевых

навыков студентов. Эти подходы играют важную роль в формировании у студентов

способности самостоятельно выражать свои мысли и повышении уверенности в себе.

Методы, приближенные к реальным жизненным ситуациям и предоставляющие

возможность для общения, могут эффективно развивать навыки устной речи. В этом

процессе важную роль играют регулярные упражнения и практические занятия.


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

260

Ключевые слова:

навыки говорения, интерактивные занятия, ролевые игры,

скороговорки, фильмы и мультфильмы, искусственный интеллект, богатство словарного

запаса, информационные технологии.

Bugungi globallashib borayotgan davrda o‘rganuvchilar orasida muloqot shakllantirish

uchun til bilish ko’nikmas, ayniqsa,gapirish qobilyati katta ahamiyatga ega. Soʻzlashish tilni

oʻrganish va toʻgʻri tushinish bilan bir qatorda fikrlarni erkin ifoda eta olish va tinglovchiga

toʻgʻri yetkazib berish uchun ham muhimdir. Lekin til oʻrganuvchilarning aksariyati gapirish

(speaking) ga kelganda bir qator qiyinchiliklarga duch keladi. Ushbu maqolada shu kabi

muammolarga yangicha metodlar orqali ularni bartaraf etish usullarini keltirib oʻtaman.

Ayni damda sun'iy intellekt barcha jabhada insonlarga koʻmaklashmoqda. U bir qator

funksiyalarga ega boʻlib, talabalarning gapirish koʻnikmasini rivojlantirishda samarali yordam

berib kelmoqda. Aynan oʻzimdan misol qilib keltirishim mumkinki, har kuni chat gpt bilan 30-

40 daqiqa ingliz tilida fikr almashish orqali oʻz darajamni ancha koʻtara oldim. Bular

quyidagilardan iborat.

Sun’iy intellekt hech bir xatoyingizni oʻtkazib yubormaydi hatto mayda detallargacha. U

oʻrganuvchilarga artikllarni soʻzlash davomida ishlatishdan tortib murakkab gap

tuzilmalarigacha eng yaxshi shakllarini taqdim qiladi. Bundan tashqari, soʻzlarning talaffuzlarini

ham (native speaker) ingliz tili ona tili boʻlgan odamlarniki kabi chiroyli va ravon qilishga

yordam beradi.

Xudoyorova Gulasal Ilhomiddin qizining “Ingliz tilida gapirish koʻnikmasini

rivojlantirish usullari” nomli maqolasida gapirish koʻnikmasiga toʻsqinlik qiladigan yettita asosiy

sababni sanab oʻtgan
Ular quyidagilardan iborat;
1. Yoshlarda dunyoqarashning torligi-turli xil mavzular,meditsina,ta'lim iqtisodiyot,fazo,atrof-

muhit,axborot-texnologiyalari kabi turli sohalarga oid bilimga ega emaslik
2. Ingliz tili muhitining mavjud emasligi,
3.Yetarlicha lugʻat boyligiga ega emaslik,
4.Yod olib gapirib berishga oʻrganib qolish,
5.Gapirish davomida oʻziga boʻlgan ishonch yoʻqligi,
6.Tartibsiz gapirish (berilgan fikrlarda izchillik yoʻqligi),
7.Omma oldida gapirishga noqulay boʻlish,

Aynan shu muammolarni yechish maqsadida men 20 ta talabalar oʻrtasida soʻrovnoma

oʻtkazdim. Ularga yuqoridagi muammolarning qaysi biri ularda mavjudligi haqida soʻradim.

Natijalarga koʻra 40% -yetarlicha lugʻat boyligiga ega emaslikni,30%- turli mavzularga oid

bilimlarning yetishmasligini,15%- ingliz tili muhitning mavjud emasligini 10%- omma oldida

gapirishga noqulay boʻlish,5%- gapirish davomida oʻziga boʻlgan ishon yoʻqligini tanlashdi.

Bularga yechim sifatida men gapirish koʻnikmasini oshirib, xuddi inglizlardek gapir

oladigan darajaga olib chiqadigan xaritani ishlab chiqdim. Har bir til oʻrganuvchi aktiv

amliyotda boʻlish uchun passiv jarayondan oʻtishi kerak. Eng avvalo talabalarga oʻzlarini

qiziqtirgan mavzularda kinolar va multfilmlar koʻrishni tavsiya qilaman. Misol uchun,”Vapirlar

kundaligi” “Emma” “Boshqotirma1 va 2” “Matilda” “Rosehill” kabilarni ingliz tilida koʻrishni


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

261

maslahat beraman.,chunki ularni subtitr bilan koʻrish orqali ham talaffuzni yaxshilashga ham

ingliz muhitini his qllishga koʻmaklashadi. Bundan tashqari quyidagi tez aytishlarni har kuni 10-

15 marta takrorlansa nutqni ravon qiladi va nutq davomida tutilishlar kamayishiga yordam beradi.
1)she sells seashells by the seashore
2) peter piper picked a peck of picked peppers
3) red lorry yellow lorry
4) fuzzy wuzzy was a bear

Xulosa qilib aytganda, ingliz tilida gapirish ko‘nikmasini shakllantirish zamonaviy

yondashuvlar orqali sezilarli darajada yaxshilanishi mumkin. Talabalarning gapirishdagi

muammolarini aniqlab, ularga mos metodlarni qo‘llash, ayniqsa, sun’iy intellektdan foydalanish,

real hayotga yaqin topshiriqlar, kinolar va tez aytishlar orqali mashq qilish samarali natijalar

beradi. Gapirishni rivojlantirish uchun muntazam amaliy mashg‘ulotlar, o‘ziga ishonchni

oshirish va til muhitini yaratish zarur. Har bir o‘rganuvchi o‘ziga mos va qiziqarli uslublarni

tanlagan holda, muntazam shug‘ullansa, qisqa fursatda erkin va ravon so‘zlasha oladigan

darajaga erisha oladi. Shu bois, o‘qituvchilar va talabalar zamonaviy texnologiyalardan to‘g‘ri va

maqsadli foydalanish orqali til o‘rganish jarayonini samarali tashkil etishlari lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1. Mukaramxodjayeva T.Y “Semantic relationships of phraseological units in English: polysemy

and homonymy” So‘z san’ati xalqaro jurnali, 7 jild 2 son, Toshkent,
2. Xudoyorova, G. I. (2024). View of INGLIZ TILIDA GAPIRISH KO‘NIKMASINI

RIVOJLANTIRISH USULLARI. International Journal of Pedagogical Research, 4(2). Retrieved

from https://interoncof.com/index.php/spain/article/view/6011/5440
3.

Bozorova,

M.

T.

(2023).

KASBGA

YO‘NALTIRILGAN

MULOQOT

KO‘NIKMALARINING

MAZMUN-MOHIYATI.

Retrieved

from

https://www.orientalpublication.com/index.php/iscrc/article/view/1256/1094

Bibliografik manbalar

Mukaramxodjayeva T.Y “Semantic relationships of phraseological units in English: polysemy and homonymy” So‘z san’ati xalqaro jurnali, 7 jild 2 son, Toshkent,

Xudoyorova, G. I. (2024). View of INGLIZ TILIDA GAPIRISH KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH USULLARI. International Journal of Pedagogical Research, 4(2). Retrieved from https://interoncof.com/index.php/spain/article/view/6011/5440

Bozorova, M. T. (2023). KASBGA YO‘NALTIRILGAN MULOQOT KO‘NIKMALARINING MAZMUN-MOHIYATI. Retrieved from https://www.orientalpublication.com/index.php/iscrc/article/view/1256/1094