“SHAMOLNI TUTIB BO‘LMAYDI” HIKOYASIDA QAHRAMONLAR RUHIYATI TASVIRIDA DETAL VA ISMLAR POETIKASI

Аннотация

Mazkur maqola Nazar Eshonqulning “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasida qahramonlar ruhiyati tasviri va detallar poetikasini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Asarda Bayna momo obrazining ruhiy iztiroblari, yolg‘izlik, g‘azab va qasos hissiyotlari chuqur yoritiladi. Maqolada hikoyaning markaziy mavzulari – o‘tmish va hozirgi zamon ziddiyati, adolat va zulm, insoniy qadriyatlar va ularning yemirilishi kabi masalalar tahlil etilgan. Tadqiqotda psixologik metod va kontekstual tahlil usullari qo‘llanilib, Bayna momoning hayoti, sandig‘idan chiqqan detallar (qamchi, xanjar, o‘nta odam barmog‘i va boshqalar) orqali inson ruhiyatining nozik qatlamlari ochib beriladi. Shuningdek, hikoyadagi ismlar poetikasi, xususan, “Bayna” va “Zamon otboqar” ismlarining ramziy ma’nosi tahlil qilinadi. Maqola Nazar Eshonqul ijodidagi badiiy detallar va ruhiy tafakkur jarayonlarini anglashga yordam beradi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
38-44
28

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Yulduz Mustafayeva Nortoji qizi. (2025). “SHAMOLNI TUTIB BO‘LMAYDI” HIKOYASIDA QAHRAMONLAR RUHIYATI TASVIRIDA DETAL VA ISMLAR POETIKASI. Журнал научных исследований и их решений, 10(1), 38–44. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/ituy/article/view/69186
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqola Nazar Eshonqulning “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasida qahramonlar ruhiyati tasviri va detallar poetikasini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Asarda Bayna momo obrazining ruhiy iztiroblari, yolg‘izlik, g‘azab va qasos hissiyotlari chuqur yoritiladi. Maqolada hikoyaning markaziy mavzulari – o‘tmish va hozirgi zamon ziddiyati, adolat va zulm, insoniy qadriyatlar va ularning yemirilishi kabi masalalar tahlil etilgan. Tadqiqotda psixologik metod va kontekstual tahlil usullari qo‘llanilib, Bayna momoning hayoti, sandig‘idan chiqqan detallar (qamchi, xanjar, o‘nta odam barmog‘i va boshqalar) orqali inson ruhiyatining nozik qatlamlari ochib beriladi. Shuningdek, hikoyadagi ismlar poetikasi, xususan, “Bayna” va “Zamon otboqar” ismlarining ramziy ma’nosi tahlil qilinadi. Maqola Nazar Eshonqul ijodidagi badiiy detallar va ruhiy tafakkur jarayonlarini anglashga yordam beradi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

38

Yulduz Mustafayeva Nortoji qizi

ToshDO‘TAU O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi

1-kurs magistranti

mustafayevayulduz333@gmail.com

“SHAMOLNI TUTIB BO‘LMAYDI” HIKOYASIDA QAHRAMONLAR RUHIYATI

TASVIRIDA DETAL VA ISMLAR POETIKASI

Annotatsiya:

Mazkur maqola Nazar Eshonqulning “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasida

qahramonlar ruhiyati tasviri va detallar poetikasini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Asarda Bayna

momo obrazining ruhiy iztiroblari, yolg‘izlik, g‘azab va qasos hissiyotlari chuqur yoritiladi.

Maqolada hikoyaning markaziy mavzulari – o‘tmish va hozirgi zamon ziddiyati, adolat va zulm,

insoniy qadriyatlar va ularning yemirilishi kabi masalalar tahlil etilgan. Tadqiqotda psixologik

metod va kontekstual tahlil usullari qo‘llanilib, Bayna momoning hayoti, sandig‘idan chiqqan

detallar (qamchi, xanjar, o‘nta odam barmog‘i va boshqalar) orqali inson ruhiyatining nozik

qatlamlari ochib beriladi. Shuningdek, hikoyadagi ismlar poetikasi, xususan, “Bayna” va

“Zamon otboqar” ismlarining ramziy ma’nosi tahlil qilinadi. Maqola Nazar Eshonqul ijodidagi

badiiy detallar va ruhiy tafakkur jarayonlarini anglashga yordam beradi.

Kalit so‘zlar:

shamol, ruhiyat, detal, sandiq, qadriyat, psixologik metod.

Abstract:

This article is devoted to the analysis of the description of the psyche of the heroes and

the poetics of details in Nazar Eshankul’s story “Shamolni tutib bo‘lmaydi”. In the work, the

mental anguish, loneliness, anger and revenge feelings of the character of grandma Bayna are

deeply covered. The article analyzes the central themes of the story - the conflict between the

past and the present, justice and oppression, human values ​ ​ and their decay. The

psychological method and contextual analysis methods are used in the research, revealing the

subtle layers of the human psyche through the life of grandma Bayna, details from her chest

(whip, dagger, ten human fingers, etc.). Also, the poetics of the names in the story, in particular,

the symbolic meaning of the names “Bayna” and “Zamon otboqar” are analyzed. The article

helps to understand the artistic details and mental processes of Nazar Eshankul’s work.

Key words:

wind, spirit, detail, chest, value, psychological method.

Аннотация.

Данная статья посвящена анализу описания психики героев и поэтики

деталей в повести Назара Эшанкула “Shamolni tutib bo‘lmaydi”. В произведении глубоко

затронуты душевные муки, одиночество, гнев и чувство мести персонажа бабушка Байнa.

В статье анализируются центральные темы повести – конфликт прошлого и настоящего,

справедливость и угнетение, человеческие ценности и их разложение. В исследовании

использованы

психологический

метод

и

методы

контекстуального

анализа,

раскрывающие тонкие пласты человеческой психики через жизнь бабушка Байна, детали

из ее груди (кнут, кинжал, десять человеческих пальцев и др.). Также анализируется

поэтика имен в повести, в частности, символическое значение имен “Байна” и “Замон

коневод”. Статья помогает понять художественные детали и психические процессы

творчества Назара Эшанкула.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

39

Ключевые слова:

ветер, дух, деталь, сундук, значение, психологический метод.

KIRISH

Zamonaviy o‘zbek nasrining yirik vakillaridan biri Nazar Eshonqul asarlarining o‘ziga

xosligi kitobxonni o‘ziga tortadi. Nazar Eshonqul nasrimizning zalvorli adibi. Jumladan,

adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo‘ldoshevning “Istiqlol nasri belgilari” nomli maqolasida

nasrimizdagi yangilanishlarga to‘xtalar ekan, adib haqida quyidagi fikrlarni ilgari suradi: “O‘z

fikrlash tarzi va tasvir yo‘sini bilan hozirgi o‘zbek nasri taraqqiyotida alohida o‘rin tutgan Nazar

Eshonqul bizga ko‘rinib turadigan hayotni emas, balki tamomila o‘ziga xos va betakror

odamlarning tamomila o‘zgacha va qaytarilmas o‘ylari, dunyosini hech kimga o‘xshamagan

yo‘sinda tasvirlash yo‘lidan bormoqda ”[1:196]. Nazar Eshonqulning “Shamolni tutib

bo‘lmaydi” hikoyasi inson ruhiyatining chuqur qatlamlarini ochib beruvchi, fojeaviy va dramatik

asar sifatida ajralib turadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI (Research methodology)

Mazkur maqolada Nazar Eshonqulning “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasida tasvirga

olingan murakkab hayot, qahramonning ichki kechinmalari kontekstual tahlil va psixologik

metod orqali ochib berilgan.

MUHOKAMA VA NATIJA (Discussion and results)

Asarda o‘tmish va hozirgi zamon, adolat va zulm, yolg‘izlik va jamiyatdan ajralish kabi

mavzular qahramonlar ruhiyatiga singdirilgan holda tasvirlangan. Asar markazida Bayna

momoning hayoti va uning ruhiy sinishi yotadi.

Uy buzilishi va ruhiy yemirilish:
Asar Bayna momoning uyining buzilishi bilan boshlanadi, bu esa uning ruhiy holatining

yemirilishi va yolg‘izlikka mahkumligini anglatadi. “…Yuz yildan beri tersotaliklarning g‘ururi

va faxri bo‘lib kelgan, zamonaviy qilib qurilgan ravoqli uylar qarshisida yuzdagi chipqondek

qishloqqa ko‘rimsizlik va keksalik bag‘ishlab turgan noma’lum va mudhish sinoatlarga to‘la

qadim qo‘rg‘onni eslatuvchi Bayna momoning uyini xuddi unutishga va yo‘q qilishga mahkum

etilgan xotiradek nihoyat buzib tashlashga kirishishdi:..” [2:331] Bu tasvir orqali Bayna

momoning hayoti va o‘tmishi bir vaqtlar hurmatga sazovor bo‘lgan, lekin endi zamonaviylik

oldida qadrsizlanib borayotganini ko‘rsatadi. Uy buzilishi faqat bir binoning buzilishi emas, bu

Bayna momoning ruhiy mustahkamligi va hayotdagi oxirgi tayanchlarining yemirilishidir.

Uyning buzilishi, aslida, Bayna momoning o‘tmish bilan bog‘langan oxirgi rishtalarining uzilishi

sifatida talqin qilinadi.

Bayna momoning yolg‘izligi va nafrati:

Asarda Bayna momoning hayoti davomida boshdan kechirgan fojeasi va yolg‘izligi ruhiy

tahlilning markazida turadi.“…Bayna momo ellik yilga yaqin yolg‘izlik davrini ana shu

ayvondagi zarang ustunlarga suyanib o‘tkazdi: u eri va o‘g‘lining judolik azobi qiynagan paytlar

shu ustunlarni quchgancha yig‘lab hovurini bosardi…”[2:332]. Bu tasvir Bayna momoning

ruhiy iztirobini ifodalaydi. U eri va o‘g‘lining o‘limi ortidan butun hayotini yolg‘izlik va g‘am


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

40

bilan o‘tkazadi. Ayvon ustunlariga suyanib o‘tirishi uning hayotdagi oxirgi suyanchiqlari bo‘lib

qolganini bildiradi. Ushbu detallar orqali insonning o‘tmish fojeasidan qutula olmasligi, o‘zini

yolg‘izlik va iztirob girdobida yashashga mahkum qilishi ko‘rsatiladi.

Qishloqdoshlariga bo‘lgan nafrat:
Bayna momo qishloqdoshlarini eri va o‘g‘li o‘ldirilganida sukut saqlagani uchun kechira

olmaydi. “...– Bu qishloqda erkak yo‘q, – dedi Bayna momo zarda bilan, so‘ng yelkasidagi

bug‘doyni tegirmonga kiraverishda tushirdi...”[2:335]. Bayna momoning bu so‘zlari uning qattiq

g‘azab va nafrat bilan to‘lganini ko‘rsatadi. Bu nafrat yillar o‘tgan sari susaymaydi, aksincha

kuchayadi. Bayna momo qishloq erkaklarini qo‘rqoq va nomard deb hisoblaydi. Ular zulmga

qarshi chiqmay, sukut saqlaganliklari uchun butun umr Bayna momoning nafratiga duchor

bo‘lishadi. Bu nafrat uni insoniy aloqalardan butunlay uzib qo‘yadi.

Zamon otboqarning o‘limi va kechirilmaslik:
Asarda Zamon otboqar, ya’ni Bayna momoning eri va o‘g‘lining qotili, o‘ldiriladi.

Ammo bu Bayna momoning ruhiy azobini kamaytirmaydi. “…Boringlar, o‘liklaringga

yig‘langlar, - dedi. Uning qahr to‘la tovushi ko‘pdan buyon odam qadami yetmagan hujralar

ichiga singib ketdi…” [2:337]. Bayna momoning bu so‘zlari uning kechira olmasligini ko‘rsatadi.

Zamon otboqarning o‘limi adolatning tiklanishi bo‘lishi kerak edi, lekin Bayna momo uchun bu

kechikkan adolat hech qanday ahamiyatga ega emas. U allaqachon ruhiy iztirob va nafrat

botqog‘iga botib ketgan. Bu detallar orqali asar adolat kechikkanida inson ruhiyatiga

yetkaziladigan zararni ko‘rsatadi.

Sandiq va o‘nta odam barmog‘i – Ruhiy qasos:
Bayna momoning o‘limidan keyin uning sandig‘idan qon bilan qoplangan tumor, qamchi,

va o‘nta odam barmog‘i chiqadi.“…Eng oxirida sandiqdan bog‘ichini chirk bog‘lagan,

kaptarning yuragidek kichkina, matosi zar sim bilan tikilgan, ko‘p yillik qon qotib qolgan tumor

va tig‘i zanglagan qaychi, uzoq yillar turganidan bo‘g‘in-bo‘g‘in bo‘lib, faqat suyakning o‘zi

qolgan, u ham qoramtir tus olib, naq kukunga aylanish arafasiga kelgan, chorsining yirtig‘iga

pala-partish o‘rab tashlangan o‘nta odam barmog‘i ham topildi…”[2:342]. Bu tasvirlar Bayna

momoning ruhiy qasosini anglatadi. U umr bo‘yi o‘zining nafratini va azobini ichida saqlagan.

O‘nta odam barmog‘i Zamon otboqarning o‘limi bilan bog‘liq bo‘lib, Bayna momoning qat’iy

nafratini ko‘rsatadi. Bu detallar inson ruhiyatining qanchalik chuqur va qorong‘i joylarga kirib

borishi mumkinligini ko‘rsatadi. Naq kukunga aylanish arafasiga kelgan barmoqlar – bu yillar

davomida saqlanib kelgan og‘riq va qasosning ramzi.

Hikoyaning nomi – “Shamolni tutib bo‘lmaydi”. Asarning nomi o‘zida ramziy ma’noni

mujassam etadi. “Shamolni tutib bo‘lmaydi” – bu hayotning o‘zgarishlarini, vaqtni va taqdirning

o‘z oqimini to‘xtatib bo‘lmasligini bildiradi. Bayna momo esa hayotning bu oqimiga qarshi

kurashishga urinadi. U o‘tmishga yopishib oladi, o‘zining og‘rig‘ini unutmaydi, ammo bu kurash

samara bermaydi. Shamol, ya’ni hayot va vaqt davom etadi, odamlar o‘zgaradi, lekin Bayna

momo o‘zining ruhiy azoblari bilan o‘tmishda qolib ketadi.

Nazar Eshonqulning “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasida ruhiy holatni ochib berishda

bir qator detallar va obrazlar katta ahamiyat kasb etadi. Bu detallar nafaqat voqealar rivojini

ko‘rsatib beradi, balki qahramonlarning ichki kechinmalari, iztiroblari va ruhiy holatini ochib


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

41

berishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Nazar Eshonqul hikoyada ruhiy kechinmalarni

detallar orqali juda kuchli tasvirlagan:

Bayna momoning uyi – o‘tmish va yolg‘izlik ramzi;
Rayim polvonning yaktagi – yo‘qotilgan oriyat belgisi;
O‘nta odam barmog‘i – ichki qasos va qahrning timsoli;
Talaba qizlar – eski va yangi avlod to‘qnashuvi;
Zamon otboqarning o‘limi – kechikkan adolat va befoyda g‘alaba.
Bu elementlar hikoyaning og‘ir, psixologik va dramatik ruhiyatini ochib beradi. Asar

o‘quvchini inson ruhiyatining eng nozik va murakkab jihatlariga olib kiradi.

Nazar Eshonqulning “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasida Bayna momoning sandig‘i –

uning butun umrining yashirin guvohi, unutilgan sirlar sandig‘i, ichki kechinmalari va

g‘azabining timsoli sifatida tasvirlangan. Uning o‘limidan keyin sandiq ochiladi va undan

quyidagi narsalar chiqadi:

1. Kafanga o‘ralgan kiyimlar – o‘limga tayyorlik va tanazzul timsoli.

Sandiqdan nima chiqdi? “Kafanga o‘ralgan kiyimlar: Ko‘ylak, ro‘mol, bilaguzuk.” Bu detallar

Bayna momoning o‘limga tayyor yashaganidan dalolat beradi. U uzoq yillar davomida o‘limini

kutgan va unga tayyor bo‘lgan. Bu – hayotdan butunlay umid uzish belgisi. Shu bilan birga,

sandiqdagi kelinlik ko‘ylagi va bilaguzuk uning o‘tib ketgan baxtli hayotini ham eslatadi.

2. Qamchi – qudrat va zulm timsoli.

Sandiqdan nima chiqdi? “Dastasi qorayib ketgan qamchi.” Qamchi o‘z vaqtida hokimiyat va

kuch ramzi bo‘lgan. Bu sandiqda saqlangan qamchi Zamon otboqarning zulmini eslatadi. Shu

bilan birga, bu qamchi Rayim polvon va Zamon otboqar o‘rtasidagi ziddiyatni, Bayna momoning

esa umr bo‘yi ichida saqlagan g‘azabini ifoda etadi.

3. Xanjar – o‘ch va qasos ramzi.

Sandiqdan nima chiqdi? “Sopiga gavhar o‘rnatilgan xanjar.” Xanjar – kurash, qasos va shon-

sharaf ramzi. Bu xanjar Rayim polvonga tegishli bo‘lishi mumkin, chunki u polvon bo‘lgani bois

qurollangan bo‘lishi tabiiy. Bayna momo umrining oxirigacha bu xanjarni qasos umidi bilan

saqlagan, biroq uni ishlatmagan. Bu ham o‘z ichida yonib, jim bo‘lib ketgan alam timsolidir.

4. Erkak kishining kallapo‘shi – o‘tmishga sodiqlik.

Sandiqdan nima chiqdi? “Ter hidi singib ketgan erkak kallapo‘shi.” Bu kallapo‘sh Rayim polvon

yoki o‘g‘liga tegishli bo‘lishi mumkin. Bayna momo uni umr bo‘yi saqlab kelgan, ya’ni o‘zining

eng qadrli insonlarini unutmagan. Bu detal uning o‘tmishga sodiqligini, o‘tmishni saqlab qolish

istagini bildiradi.

5. Qur’on – iymon va sabr timsoli.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

42

Sandiqdan nima chiqdi? “Sarg‘ayib ketgan Qur’on.” Bu Qur’on Bayna momoning diniy

e’tiqodini anglatishi mumkin. U umrining oxirigacha o‘zining imtihonlariga sabr qilgan, biroq

baribir odamlarni kechira olmagan. Qur’onning sarg‘ayib ketgani esa uning umr bo‘yi chang

bosib, kam ochilganini bildiradi. Bu esa Bayna momoning ko‘proq o‘z nafratiga berilib ketganini

anglatadi.

6. Tumor – himoya yoki la’nat belgisi

Sandiqdan nima chiqdi? “Matosi zar sim bilan tikilgan, qon bilan qoplangan tumor.” Bu tumor

Bayna momoning himoya vositasi yoki la’nat ramzi bo‘lishi mumkin. U Rayim polvon yoki

o‘g‘liga tegishli bo‘lishi ehtimoli bor. Tumorda qon qotib qolgani – o‘lim bilan bog‘liqligini

anglatadi. Bu tumor haqiqatda himoya bera olmadi, balki fojiani eslatib turdi.

7. O‘nta odam barmog‘i – o‘ch va fojea ramzi

Sandiqdan nima chiqdi? “Qoramtir tus olgan o‘nta odam barmog‘i.” Bu hikoyaning eng

dahshatli va chuqur ma’noga ega detallardan biri. O‘nta odam barmog‘i – Zamon otboqarning

o‘limi bilan bog‘liq. Bayna momo o‘zi yoki kimdir orqali undan qasos olgan bo‘lishi mumkin.

Barmoqlarning sandiqda saqlanishi uning nafratining nihoyasiz ekanini bildiradi. Bu detal

hikoyaga fojeaviy va dramatik tus beradi. Shu bilan birga, bu tafsilot Bayna momoning nafaqat

og‘riq, balki zulmga qarshi jim, lekin shafqatsiz kurashini ham ko‘rsatadi. Bayna momoning

sandig‘idan chiqqan narsalar uning butun hayoti davomida to‘plagan kechinmalari, nafrati,

armoni va og‘riqlari bo‘lib xizmat qiladi. Har bir detal uning ruhiy holatini ochib beradi:

Kafansurp – o‘limga tayyorlik;
Qamchi – zulm va hokimiyat;
Xanjar – qasos va g‘azab;
Kallapo‘sh – o‘tgan zamonga sodiqlik;
Qur’on – iymon va sabr;
Tumor – umid yoki la’nat;
O‘nta odam barmog‘i – shafqatsiz qasos.

Bu narsalar hikoyaning fojeaviy ruhiyatini yanada chuqurlashtirib, Bayna momoning butun umri

davomida qalbida saqlagan azobini ifodalovchi ramzlar bo‘lib xizmat qiladi. Sandiq asarning

umumiy ruhiy va falsafiy qatlamlarini ochib beradi. U nafaqat Bayna momoning, balki butun

qishloq va zamonning ruhiy holatini ifodalaydi.

Hikoyada qahramonlarga tanlangan ismlar ham asarning ruhiyati tasvirini oynada aks

etgan sur’ati misoli yorqin aks ettirgan. Ismlar asarning umumiy ruhiy va falsafiy kontekstini

mukammal ifodalagan. Nazar Eshonqulning “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasida Zamon

otboqar ismining tanlanishi oddiy bir tasodif emas, balki adibning ismlar poetikasiga bo‘lgan

nozik yondashuvi va asarning falsafiy mazmunini yanada chuqurroq ochib beruvchi ramziy

ma’nodir. Bu ism orqali muallif vaqtning o‘tkinchiligi, lekin uning inson hayotiga olib keladigan

ayovsiz taqdir zarbalarini ko‘rsatadi. Zamon va otboqar so‘zlari o‘zaro uyg‘unlashib, butun asar

ruhiyatini ifodalovchi kuchli obrazga aylanadi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

43

“Zamon” – vaqtning ayovsiz oqimi va Bayna momoga bo‘ysunmasligi. Ismdagi “Zamon”

so‘zi bir qarashda oddiy vaqtni anglatadi, ammo hikoya kontekstida bu so‘z fojeaviy taqdir va

ayovsiz hayot oqimini bildiradi. Bayna momo uchun vaqt bir joyda to‘xtab qolgandek, u o‘zining

o‘tmishdagi azoblari va yo‘qotishlari ichida yashaydi. Biroq zamon hech kimni kutmaydi, u o‘z

oqimini davom ettiradi va hech bir inson unga qarshi tura olmaydi. Zamon otboqar ismida vaqt

shaxsiylashtirilgan, ya’ni u endi oddiy vaqt emas, balki fojea keltiruvchi kuch sifatida namoyon

bo‘ladi. Bayna momoning hayotidagi eng katta fojia – uning eri va o‘g‘lining o‘limi – aynan shu

“zamon” tomonidan olib kelinadi.

Nazar Eshonqulning “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasida Bayna momo ismi oddiy

nomlanish bo‘lib qolmay, balki asarning ruhiy va falsafiy qatlamlarini ochib beruvchi chuqur

ramziy ma’no kasb etadi. Adibning ismlar poetikasiga e’tibori bu obrazda ham yaqqol ko‘rinadi.

“Bayna” – Oraliq holat va o‘rtada qolgan ruhiyat. Ismdagi “Bayna” so‘zi arabcha kelib

chiqishga ega bo‘lib, arabchadan o‘zbekchaga bu so‘zni tarjima qilsak “o‘rtada”, “oraliqda”,

“ikki narsa orasida” degan ma’nolarni bildiradi. Bu ma’no Bayna momoning ruhiy holati va

hikoyadagi o‘rnini ramziy tarzda ochib beradi. Demak yozuvchi hikoya qahramonining ismini

aynan Bayna ismi bilan nomlashi ham bejiz emas ekan. Haqiqatdan asarning voqealar tasviriga

e’tibor bersak Bayna momo o‘tmish va bugunning orasida qolib ketgan tamomila o‘ziga xos

qahramon.

XULOSA (CONCLUSION)

“N. Eshonqul - milliy istiqlol davri o‘zbek nasriga yangi ohang olib kira oldi. Uning

“Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasi ifodaning qabariqligi, tasvir markaziga olingan shaxs

tabiatining mutlaqo kutilmagan va yangiligidan tashqari ohangning o‘zgachaligi bilan ham

kishini hayratga soladi. Shu vaqtga qadar bu tahlit ko‘p qatlamli, zalvorli, hikoya maromining

o‘zi bilan badiiy kayfiyat hosil qila biladigan nasr namunasi milliy adabiyotimizda yo‘q edi

hisob. Nazar nasrimizni shunday ohang bilan boyitdiki, bu ohang o‘zbek millatiga xos bo‘lgan

jihatlarni aks ettirish imkoniyati jihatidan tengsizdir” [1:81].

Nazar Eshonqul asarlarini shunchaki o‘qib bo‘lmaydi. Uning hikoya va qissalarini

o‘qiyotgan kitobxon o‘zidan – o‘zi chuqur fikrlashga, voqealar ortida yashiringan falsafiy

qatlamlarni anglashga majbur bo‘ladi. Har bir asar, har bir satr – bu hayotning ko‘zga ko‘rinmas,

lekin yurak bilan seziladigan in’ikosi. Yozuvchining qaysi bir asariga murojaat qilmaylik, unda

biz ilg‘ab yetmagan hayot haqiqatlari, insoniy mohiyatning nozik jihatlari yashiringan. Nazar

Eshonqul ijodi bizni faqat voqealar bilan emas, balki voqealar ortida yashiringan teran ma’no

bilan o‘ylashga undaydi. Yozuvchining asarlarida aks etgan real voqelik oddiy tasvir emas. U

hayotning tashqi ko‘rinishidan tashqari, ichki ziddiyatlarini, inson qalbidagi kurash va

iztiroblarni, ruhiyatini ko‘rsatadi. Hatto oddiy voqeada ham falsafiy chuqurlik, hayotning

murakkab va ba’zan og‘riqli haqiqatlari yashiringan. Nazar Eshonqul shunchaki yozmaydi,

voqealarni shunchaki aks ettirmaydi. U har bir satrida o‘quvchini o‘z hayoti, o‘z kechmishlari va

kelajagi haqida o‘ylashga undaydi. Kechani bugunda, bugunni kechada ilg‘atib, vaqt va makon

chegaralarini badiiy ruh bilan yengib o‘tadi. To‘g‘ri, yozuvchining ko‘plab asarlarida

qorong‘ulik, og‘irlik, yurakni siquvchi hissiyotlar hukmronlik qiladi. Bu asarlar qorong‘ulik

kayfiyatni uyg‘otishi mumkin, lekin haqiqiy adabiyot aynan shunday bo‘ladi – u bizni bezovta

qiladi, o‘ylantiradi, tinch qo‘ymaydi. Nazar Eshonqulning asarlaridagi shu og‘irlik ham

hayotning boshqa bir qirrasini, inson ruhining eng nozik va sinovli daqiqalarini ko‘rsatadi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 1, February 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

44

Haqiqiy adabiyotni anglagan kitobxon yozuvchining ushbu “og‘ir” asarlaridan hayotning

haqiqiy mohiyatini topadi. Bu asarlar insonni o‘z ichki olamiga nazar solishga, ba’zan esa

hayotning achchiq haqiqatlari bilan yuzma-yuz kelishga majbur qiladi. Nazar Eshonqul ijodining

asl jozibasi ham shunda – u o‘quvchini o‘ziga maftun qilibgina qolmay, uni o‘ylantiradi, ruhini

uyg‘otadi va hayotga boshqacha nigoh bilan qarashga undaydi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI (REFERENCES):

1. Qozoqboy Yo‘ldoshev “Yoniq so‘z”. “Yangi asr avlodi”, 2006. – 548 b.
2. Nazar Eshonqul Saylanma I. Toshkent: “Akademnashr”, 2022. – 512 b.
3. Bahodir Karim “Ruhiyat alifbosi” – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa

ijodiy uyi, 2018. – 364 b.
4. Dilmurod Quronov “Adabiyot nazariyasi asoslari” – Toshkent: Akademnashr, 2018. – 480 b.
5. Q. Yo‘ldosh, M. Yo‘ldosh “Badiiy tahlil asoslari” Toshkent – 2016.

Библиографические ссылки

Qozoqboy Yo‘ldoshev “Yoniq so‘z”. “Yangi asr avlodi”, 2006. – 548 b.

Nazar Eshonqul Saylanma I. Toshkent: “Akademnashr”, 2022. – 512 b.

Bahodir Karim “Ruhiyat alifbosi” – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. – 364 b.

Dilmurod Quronov “Adabiyot nazariyasi asoslari” – Toshkent: Akademnashr, 2018. – 480 b.

Q. Yo‘ldosh, M. Yo‘ldosh “Badiiy tahlil asoslari” Toshkent – 2016.