SHARTNOMA , UNING TURLARI VA UNING MUHIM JIHATLARI

Abstract

Taraqqiy etgan fuqarolik jamiyatida istiqomat qiladigan har bir shaxs hayoti davomida zaruriyatdan kelib chiqib, turli mazmundagi shartnomalar tuzadi,kelishadi hamda imzolaydi. Huquqiy jihatdan zamon o`zgarib , rivojlanib borar ekan , shunga mutanossib ravishda Fuqarolik jamiyatini bir bo`lagi bo`lgan shartnomalarga ham shaxslarning ehtiyojlari ham ortib boraveradi. Zero Shartnoma –bu ishonchlilik, xavfsizlik garovidir. Hattoki og`zaki keishuv ham shartnoma hisoblanadi. Ushbu maqolada shartnoma, uning kelib chiqish tarixi, uning talab etiladigan xususiyati va vazifasiga ko`ra turlari, shartnomani tuzish asoslari va sabablari,shartnomani bekor bo`lishi , shartnoma taraflariga hamda shartnomaga oid umumiy tushunchalar, huquqiy ma`lumotlar keng yoritib o`tilgan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
Branch of knowledge
f
97-101

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Allayorova , M., & Abdurofiyeva , N. (2025). SHARTNOMA , UNING TURLARI VA UNING MUHIM JIHATLARI. Журнал научных исследований и их решений, 3(3), 97–101. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ituy/article/view/133041
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Taraqqiy etgan fuqarolik jamiyatida istiqomat qiladigan har bir shaxs hayoti davomida zaruriyatdan kelib chiqib, turli mazmundagi shartnomalar tuzadi,kelishadi hamda imzolaydi. Huquqiy jihatdan zamon o`zgarib , rivojlanib borar ekan , shunga mutanossib ravishda Fuqarolik jamiyatini bir bo`lagi bo`lgan shartnomalarga ham shaxslarning ehtiyojlari ham ortib boraveradi. Zero Shartnoma –bu ishonchlilik, xavfsizlik garovidir. Hattoki og`zaki keishuv ham shartnoma hisoblanadi. Ushbu maqolada shartnoma, uning kelib chiqish tarixi, uning talab etiladigan xususiyati va vazifasiga ko`ra turlari, shartnomani tuzish asoslari va sabablari,shartnomani bekor bo`lishi , shartnoma taraflariga hamda shartnomaga oid umumiy tushunchalar, huquqiy ma`lumotlar keng yoritib o`tilgan.


background image

INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND

THEIR SOLUTIONS

VOLUME 11, ISSUE 01, 2025

97

SHARTNOMA , UNING TURLARI VA UNING MUHIM JIHATLARI

Allayorova Muattar Choriyorovna

Termiz davlat universiteti

“ Jinoyat huquqi va Fuqarolik protsessi “ kafedrasi katta o`qituvchisi

Abdurofiyeva Nodirabonu Avaz qizi

Termiz davlat universiteti

Yuridik fakulteti Yurisprudensiya

(fa`oliyat turlari bo`yicha) yo`nalishi

2-bosqich 123-guruh talabasi

ANNOTATSIYA:

Taraqqiy etgan fuqarolik jamiyatida istiqomat qiladigan har bir shaxs

hayoti davomida zaruriyatdan kelib chiqib, turli mazmundagi shartnomalar tuzadi,kelishadi

hamda imzolaydi. Huquqiy jihatdan zamon o`zgarib , rivojlanib borar ekan , shunga

mutanossib ravishda Fuqarolik jamiyatini bir bo`lagi bo`lgan shartnomalarga ham shaxslarning

ehtiyojlari ham ortib boraveradi. Zero Shartnoma –bu ishonchlilik, xavfsizlik garovidir. Hattoki

og`zaki keishuv ham shartnoma hisoblanadi. Ushbu maqolada shartnoma, uning kelib chiqish

tarixi, uning talab etiladigan xususiyati va vazifasiga ko`ra turlari, shartnomani tuzish asoslari

va sabablari,shartnomani bekor bo`lishi , shartnoma taraflariga hamda shartnomaga oid umumiy

tushunchalar, huquqiy ma`lumotlar keng yoritib o`tilgan.

KALIT SO`ZLAR:

Shartnoma ,shartnomaning turlari, ijara shartnomasi, mehnat shartnomasi,

shartnoma tomonlari, Forse-major, kafolat, javobgarlik,oferenent, akseptant ,ijara shartnomasi,

Shartnomavujutga keltirish, Oferta, Aksept, shartnomani haqiqiy emas deb topish va boshqalar.

KIRISH
Shartnoma - bu

ikki yoki bir necha shaxslar o`rtasida tuziladigan, shartnoma tarafalarining

fuqarolik huquq va burchlarini vujutga keltiradigan, ularni o`zgartiradigan va bekor qiladigan

huquqiy kelishuvdir.
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi vositalar ichida shartnoma alohida huquqiy qiymatga

ega hamda alohida o`rin egallaydi. Fuqarolik jamiyatida yashar ekanmiz , shartnomalarsiz

hayotimizni tasavvur qila olmaymiz, chunki shaxsda muomila layoqati bor ekan, u o`zining

harakatlari bilan huquqga ega bo`ladi va burchlarni hamda majburiyatlarni yaratadi. Demak

shartnoma ham muomala layoqatigaega bo`lgan har bir shaxsni o`z harakatlari bilan tashkil

etadigan huquq va majburiyatlariga misol bo`la oladi . Har bir inson o`ziga xos bo`lgan

ehtiyojlarga egadir hamda ushbu ehtiyojlarni bajo keltirish uchun shaxslar, tashkilotlar,

korxonalar, muassasalar , umumiy qilib aytadigan bo`lsak yuridik shaxslar bilan

munosabatlarga kirishadi va turli xil shartlar asosida kelishishadi.Eng rivojlangan

mamlakatlarda deyarli barcha huquqiy munosabatlar, tovarlar almashinuvi , oldi-sotdi

harakatlar shartnomalar asosida rasmiylashtiriladi. Chunki shartnomalarda boshqa yuridik

faktlarga qaraganda , taraflarning erk-irodasi to`la ifodalanadi. Shartnomaga kirishuvchi

shaxslar kim bilan, qachon shartnoma tuzishni u tufayli yetkazib berilishi lozim bo`lgan pul,

tovar, ashyolarni qaysi muddatlarda, qanday transportlarda yetkazilishini , to`lov amaldagi

qanday shakllarda bo`lishini mutlaqo o`zi mustaqil hal qiladilar. Taraflar shartnoma tuzishda

erkindirlar va shartnomada munosabatlarga kirishuvchilarni majburlashga yo`l qo`yilmaydi.


background image

INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND

THEIR SOLUTIONS

VOLUME 11, ISSUE 01, 2025

98

SHARTNOMA TARIXI

Shartnoma juda uzoq davrni boshdan kechirgan va zamonning takomillashuvi, insonlar

ongining rivojlanishi, shaxslarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati o`sishi natijasida

shartnoma ham takommilashib, qulaylashib, fuqarolik huquqining katta bir institutini vujutga

keltirgan. Shartnomaning kelib chiqish tarixi juda uzoq davrlarga borib taqaladi .

Shartnomaning qanday vujutga kelgani hech birimizni diqqatimizni tortmay,qiziqtirmay

qolmaydi.
O`rta asrlarda shartnomalar savdo , diplomatiya va boshqa sohalarda keng qo`llanilgan. Ilk

shartnomalarning tuzilish asoslari milloddan avvalgi 3-ming yillikga borib taqaladi. Qadimgi

Mestopotamiyada dastlabki tuzilgan shartnomalardan ekspanatlar topilgan.Bu shartnomalarning

asosiy mazmuni mol-mulk almashinuvi, yer ijarasi, mehnat bo`yicha bitimlar bo`lgan. Qadimgi

Bobilda qonuniy shartnoma normalari Hamurappi qonunlarida (milloddan avvalgi 1754-yil)

qayd etilgan. Ushbu qonunlar savdo va qarz munosabatlarini tartibga solgan.

1

Qadimgi Bobilning Hamurappi nomli podshosi huquqiy jihatdan juda bilimli shaxs bo`lgan va

o`zi shartnomaga oid tushunchalarni, shartnoma tuzish talablarini o`zining “Hamurappi

qonunlari”ga batafsil kiritgan. Ulardan bir nechta moddalarni misol tariqasida keltirib o`tsak

maqsadgs muvofiq bo1lgan bo`lardi.Hamuappi kodeksiga ko`ra:
Agar biror kishi qarz evaziga boshqa kishidan omonatga oltin, kumush yoki boshqa

qimmatbaho narsalaar bersa va omonatni saqlovchi omonatni yuqotib qo`ysa, yoki nobud

qilsa , omonat shartnomasiga ko`ra omonatni saqlovchi uni to`lashga majbur

. 122-modda

2

Agar ikki tomon o`rtasida qarz olish yoki berish bo`yicha yozma shartnoma tuzilgan bo`lsa,

tomonlar bu shartnomaga qat`iy rioya qilishlari shart va taraflar shartnoma shartlarini buzishsa

qatiy javobgarlikka tortiladilar.

124- modda .

3

1

HAMURAPPI QONUNLARI

2

https://www.britannica.com/topic/Hammurabis-Code

3

https://www.britannica.com/topic/Hammurabis-Code


background image

INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND

THEIR SOLUTIONS

VOLUME 11, ISSUE 01, 2025

99

Qadimgi davrlarda shartnomalar og`zaki kelishuv asosida amalga oshirilgan hamda agar o`rtada

kelishmovchiliklar yuzaga keladigan bo`lsa guvohlar asosida hal etilgan.
Shartnoma keng tushuncha bo`lib, u mamlakatimizning Fuqarolik qonunchiligida salmoqli

o`rin egallagan hamda kodeksning 370- moddadan 419-moddasigacha

bo`lgan qismi

shartnomaga oid moddalar hisoblanadi.
Shartnoma taraflari huquqiy munosabatga kirishuvchi subyektlardir.Shartnoma taraflari –bular :

Jismoniy shaxslar (fuqarolar), Yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar, muassasalar), davlat

va davlat organlari bo`lishi mumkin.Shartnoma taraflari huquqiy va muomala layoqatiga ega

bo`lishlari kerak. Shartnoma taraflari teng huquqlidirlar hamda o`zaro rozilik asosida

munosabatlarni belgilaydilar. Shartnoma taraflari hech qanday majburlovlarsiz, tashqi

ta`sirlarsiz munosabatlarga kirishadilar.
Shartnomada quyidagilar ko`rsatib o`tiladi:

Shartnomaning asosiy predmeti;

Belgilangan mahsulotning nomi;

Shartnomaning assortimenti;

Mahsulotning miqdori;

Mahsulotning sifati;

Mahsulotning belgilab qo`yilgan narxi;

Shartnomaning umumiy summasi;

Tomonlarning huquq va majburiyatlari;

Mahsulotlarni yetkazib berish tartibi va shartlari;

Va boshqalar.

Shartnoma o`zining xossalari va xususiyatlariga ko`ra bir necha turlarga bo`linadi. Shartnoma

unga ishtirok etayotgan taraflar o`rtasida huquq va majburiyatlarning taqsimlanishiga ko`ra :

I.

Bir tomonlama shartnoma;

II.

Ikki tomonlama shartnoma;

III.

Ko`p tomonlama shartnomalardir.

Bir tomonlama sharnomada – shartnoma taraflarining birida

huquq, ikkinchi tarafida

majburiyat bo`ladi. Masalan qarz shartnomasida qarzdor kreditordan olgan qarzini belgilangan

holda qaytarish majburiyatini oladi, kreditor esa bergan qarzini qarzdordan talab qilish

huquqiqa egadir.
Ikki tomonlama shartnomada- shartnoma taraflarining har birida ham huquq, ham majburiyat

vujutga keladi. Bunday shartnomada oldi-sotdi shartnomasi misol bo`la oladi. Unga ko`ra

Shartnomaning taraflaridan biri bo`lgan sotuvchi xaridordan Tovar summasini talab qilish

huquqiga ega, tovarni topshirishga majburdir.
Ikkinchi taraf, ya`ni xaridor sotib olgan mahsulotni talab qilish huquqiga ega, Tovar summasini

to`lashga majburdir.
Ko`p tomonlama shartnomada taraflar uch va undan ortiq taraflar bo`ladi.Bunda har bir taraf

teng ravishda mustaqil huquq va majburiyatlarga ega bo`ladi. Bunday shartnomalarga shirkat

shartnomasi, ta`sis shartnomalari misol bo`la oladi.
Shartnoma tuzilish paytiga va mazmuniga qarab konsensual va real shartnomalarga bo`linadi.


background image

INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND

THEIR SOLUTIONS

VOLUME 11, ISSUE 01, 2025

100

Konsessual shartnoma lotin tilidan olingan bo`lib, “tuzilish “degan ma`noni anglatadi. Ushbu

shartnomaga ko`ra taraflar o`rtasida kelishuv bo`lib, qonun talab qilgan shaklda

rasmiylashtirilsa bu konsessual shartnoma bo`la oladi. Konsessual shartnoma quyidagi

shartnomalar kiradi;
-

Oldi- sotdi shartnomasi;

-

Mahsulot yetkazib berish shartnomasi;

-

Pudrat shartnomasi ;

-

Mulkni ijaraga berish shartnomalari kiradi.

“Real” so`zi lotin tilidan olingan bo`lib, “ashyo” degan ma`noni anglatadi. Unga ko`ra

Shartnoma narsasi taraflardan biriga topshirilgan paytdan boshlab vujutga keladi. Ushbu

shartnomaga quyidagi shartnomalar misol bo`la oladi:
-

Qarz shartnomasi;

-

Omonat shartnomasi;

-

Hadya shartnomasi;

-

Tekin foydalanish shartnomalari kiradi.

Shartnoma bo`yicha taraf o`z burchlarini bajarganligi uchun haq olish yoki unga muqobil

to`lov to`lanishiga qarab :

I.

Haq evaziga tuziladigan shartnoma;

II.

Tekinga tuziladigan shartnomalarga bo`linadi.

Rivojlangan mamlakatlardan biri bo`lgan Amerika qo`shma shtatlari hukumati o`zining alohida

Fuqarolik kodeksiga ega emas, chunki AQSH anglo-sakson huquqiy oilasiga kiradi va bunday

mamlakatlarda Sudning chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlari majburiy hisoblanadi. Biroq

AQSh hukumati Shartnoma tuzishga oid munosabatlarni tartibga solish uchun belgilangan

tarzda qabul qilingan qonunchilik normative-huquqiy hujjatlariga egadir. Eng ajablanarlisi har

bir shtat har bir huquqiy munosabatga doir bo`lgan alohida qonunchiligiga egadir.

XULOSA

O`zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug`aniyevich.Karimov Hech bir

shartnomadan xo’jalik zarar ko’rmasligini, har bir shaxs o’zi uchun manfaat topishini,

shartnoma taraflariga shartnoma tuzishda erkinlik berish kerakligini juda o’rinli takidlagan

edilar.

4

Hozirgi rivojlangan davrda biz yoshlar markaziy rejalashtirish, buyruqbozlik, majburlash

tizimidan voz kechib, bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin shartnomalar tuzishda ishtirok etib

kelmoqdamiz..

Bu

dasturga

ko`ra

shartnomalar

turli

mulk

shaklidagi

korxonalar,muassasalar,tashkilotlar shuningdek, fuqarolar hisoblangan tadbirkorlar hamda

boshqaruv organlari o’rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlarni tartibga soluvchi

asosiy,zaruriy,ishonchli va xavfsiz huquqiy hujjat hisoblanadi. Shu sababli biz turli xil xalqaro

miqyosdagi shartnomalarni milliy qonunchiligimizga olib kirib, uni ratifikatsiya qilib yanada

takomiillashtirishimiz hamda shartnoma tuzishda yengillik yaratish maqsadida fuqarolar va

jamiyat o`rtasida har qanday shartnoma tuzishidan qat`iy nazar elektronlashgan,

raqamlashtirilgan tizimga yanayam ildamroq harakat asosida o`tmog`imiz lozimdir.

Shartnomalar tuzishda jahon tajribalridan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Unga ko`ra

har bir shaxsning electron imzosi bo`lishi zarur. Agar shaxs uzoq safarda bo`lsa shartnoma

tuzishda electron shartnomalar qo`l keladi.

4

Shartnoma to’g’risida tushuncha va uning turlari – СОРБОН


background image

INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND

THEIR SOLUTIONS

VOLUME 11, ISSUE 01, 2025

101

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

1.

.

Mualliflar jamoasi. Fuqarolik huquqi. Darslik. T.: 2008

2.

www.tyiu.uz

3.

www.qomus.info

4.

www.cyberleninka.ru

5.

www.malumot.ru

6.

www.uz.wikipedia.org

7.

www.civil.uz

8.

www.scopus.com

9.

Shartnoma va uning turlari - sarbon.ru

10.

O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi

11.

“Fuqarolik huquqi” darsligi.V.R.Topildiyev.2022-Toshkent

References

. Mualliflar jamoasi. Fuqarolik huquqi. Darslik. T.: 2008

www.tyiu.uz

www.qomus.info

www.cyberleninka.ru

www.malumot.ru

www.uz.wikipedia.org

www.civil.uz

www.scopus.com

Shartnoma va uning turlari - sarbon.ru

O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi

“Fuqarolik huquqi” darsligi.V.R.Topildiyev.2022-Toshkent