HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY GʻOYANING ROLI

Annotasiya

Ushbu maqolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish jarayonida milliy gʻoya konsepsiyasining falsafiy-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Milliy gʻoya — jamiyatning tarixiy xotirasi, ma’naviy birlik va mustahkamlik manba isifatida, fuqarolik ongining rivojlanishida va huquqiy qadriyatlarning shakllanishida muhim omil sifatida namoyon boʻladi. Maqolada, ayniqsa, Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishi jarayonida huquqiy ong va madaniyatni chuqurlashtirishda milliy gʻoyaning ta’sirini aniqlovchi omillar (tarixiy meros, ma’naviy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, zamonaviy ta’lim tizimi) ilmiy-nazariy asosda tahlil qilinadi. Muallif zamonaviy huquqiy ongni shakllantirishda milliy gʻoyaning mafkuraviy resurs sifatidagi o‘rnini aniqlashga intiladi va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir ilmiy-amaliy takliflarni ilgari suradi. Shuningdek, tadqiqotda xorijiy tajriba, zamonaviy psixologik va sotsiologik yondashuvla rasosida milliy g‘oya orqali huquqiy tafakkurni rivojlantirish imkoniyatlari yoritiladi. Maqolaning ilmiy yangiligi milliy mafkura va huquqiy ong oʻrtasidagi o‘zaro ta’sirmexanizmlarining tizimli tahlilida namoyon boʻladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi
  • Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy g‘oya, ma‘naviyat asoslari va huquq ta‘limi yo‘nalishi 2 bosqich talabasi
f
56-61

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Habibjonov , I. . (2025). HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY GʻOYANING ROLI. Ilmiy Tadqiqotlar Va Ularning Yechimlari Jurnali, 3(3), 56–61. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ituy/article/view/132999
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish jarayonida milliy gʻoya konsepsiyasining falsafiy-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Milliy gʻoya — jamiyatning tarixiy xotirasi, ma’naviy birlik va mustahkamlik manba isifatida, fuqarolik ongining rivojlanishida va huquqiy qadriyatlarning shakllanishida muhim omil sifatida namoyon boʻladi. Maqolada, ayniqsa, Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishi jarayonida huquqiy ong va madaniyatni chuqurlashtirishda milliy gʻoyaning ta’sirini aniqlovchi omillar (tarixiy meros, ma’naviy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, zamonaviy ta’lim tizimi) ilmiy-nazariy asosda tahlil qilinadi. Muallif zamonaviy huquqiy ongni shakllantirishda milliy gʻoyaning mafkuraviy resurs sifatidagi o‘rnini aniqlashga intiladi va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir ilmiy-amaliy takliflarni ilgari suradi. Shuningdek, tadqiqotda xorijiy tajriba, zamonaviy psixologik va sotsiologik yondashuvla rasosida milliy g‘oya orqali huquqiy tafakkurni rivojlantirish imkoniyatlari yoritiladi. Maqolaning ilmiy yangiligi milliy mafkura va huquqiy ong oʻrtasidagi o‘zaro ta’sirmexanizmlarining tizimli tahlilida namoyon boʻladi.


background image

INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND

THEIR SOLUTIONS

VOLUME 11, ISSUE 01, 2025

56

HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA

MILLIY GʻOYANING ROLI

Habibjonov Izzatbek Dilshodjon og‘li

Alfraganus universiteti

Ijtimoiy fanlar fakulteti

Milliy g‘oya, ma‘naviyat asoslari

va huquq ta‘limi yo‘nalishi 2 bosqich talabasi

Annotatsiya :

Ushbu maqolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish jarayonida

milliy gʻoya konsepsiyasining falsafiy-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Milliy gʻoya —

jamiyatning tarixiy xotirasi, ma’naviy birlik va mustahkamlik manba isifatida, fuqarolik

ongining rivojlanishida va huquqiy qadriyatlarning shakllanishida muhim omil sifatida

namoyon boʻladi. Maqolada, ayniqsa, Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishi jarayonida

huquqiy ong va madaniyatni chuqurlashtirishda milliy gʻoyaning ta’sirini aniqlovchi omillar

(tarixiy meros, ma’naviy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, zamonaviy ta’lim tizimi)

ilmiy-nazariy asosda tahlil qilinadi. Muallif zamonaviy huquqiy ongni shakllantirishda milliy

gʻoyaning mafkuraviy resurs sifatidagi o‘rnini aniqlashga intiladi va huquqiy madaniyatni

yuksaltirishga doir ilmiy-amaliy takliflarni ilgari suradi. Shuningdek, tadqiqotda xorijiy tajriba,

zamonaviy psixologik va sotsiologik yondashuvla rasosida milliy g‘oya orqali huquqiy

tafakkurni rivojlantirish imkoniyatlari yoritiladi. Maqolaning ilmiy yangiligi milliy mafkura va

huquqiy ong oʻrtasidagi o‘zaro ta’sirmexanizmlarining tizimli tahlilida namoyon boʻladi.

Kalitsoʻzlar:

Milliy gʻoya; huquqiy ong; huquqiy madaniyat; fuqarolik jamiyati; huquqiy

tafakkur; ma’naviyat; mafkura; ijtimoiy barqarorlik,huquqiy tarbiya,shaxs ijtimoiylashuvi.

Аннотация:

В данной статье анализируются философско-правовые основы концепции

национальной идеи в процессе формирования правового сознания и правовой культуры.

Национальная идея является источником исторической памяти, духовного единства и

силы общества, важным фактором развития гражданственности и формирования

правовых ценностей. В статье на научно-теоретической основе анализируются факторы,

определяющие влияние национальной идеи на углубление правового сознания и

культуры, особенно в процессе построения гражданского общества в Узбекистане

(историческое наследие, духовные ценности, социально-политическая стабильность,

современная система образования). Автор стремится определить место национальной

идеи как идеологического ресурса в формировании современного правового сознания и

выдвигает научные и практические предложения по повышению правовой культуры. В

исследовании также освещаются возможности развития правового мышления

посредством национальной идеи с учетом зарубежного опыта, современных

психологических и социологических подходов. Научная новизна статьи проявляется в

системном анализе механизмов взаимодействия национальной идеологии и правового

сознания.

Ключевые слова:

Национальная идея; правовое сознание; правовая культура;

гражданское общество; правовое мышление; духовность; идеология; социальная

стабильность, правовое воспитание, социализация личности.

Abstract:

This article analyzes the philosophical and legal foundations of the concept of the

national idea in the process of forming legal consciousness and legal culture. The national idea

is a source of historical memory, spiritual unity and strength of society, an important factor in

the development of civic consciousness and the formation of legal values. The article analyzes

on a scientific and theoretical basis the factors determining the influence of the national idea on


background image

INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND

THEIR SOLUTIONS

VOLUME 11, ISSUE 01, 2025

57

the deepening of legal consciousness and culture, especially in the process of building civil

society in Uzbekistan (historical heritage, spiritual values, socio-political stability, modern

education system). The author seeks to determine the place of the national idea as an

ideological resource in the formation of modern legal consciousness and puts forward scientific

and practical proposals for improving legal culture. The study also highlights the possibilities of

developing legal thinking through the national idea, taking into account foreign experience,

modern psychological and sociological approaches. The scientific novelty of the article is

manifested in the systematic analysis of the mechanisms of interaction between national

ideology and legal consciousness.

Keywords

:

National idea; legal consciousness; legal culture; civil society; legal thinking; spirituality;

ideology; social stability, legal education, socialization of the individual.

Kirish

Insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyotida huquqiy ong va huquqiy madaniyat ijtimoiy ongning

muhim tarkibiy qismlari sifatida doimo markaziy osiyo o‘rin egallab kelgan. Ayniqsa,

zamonaviy globallashuv va mafkuraviy kurashlar kuchaygan davrda huquqiy ongni milliy

g‘oya asosida mustahkamlash masalasi nafaqat ijtimoiy barqarorlik, balki fuqarolik jamiyati

qurilishi jarayonida ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Huquqiy ong — bu jamiyat

a’zolarining huquq va burchlari, qonunchilik normalari hamda ularning ijtimoiy hayotdagi

mazmuni to‘g‘risidagi bilim, e’tiqod va qadriyatlar tizimi bo‘lib, u ijtimoiy muhitda shaxsning

huquqiy pozitsiyasini belgilab beradi

1

.

Milliy g‘oya esa, o‘z navbatida, jamiyatning tarixiy xotirasi, madaniy identiteti va ma’naviy

merosining ifodasi sifatida fuqarolarning huquqiy ongini shakllantirishda nazariy-psixologik va

mafkuraviy asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida shakllangan yangi

g‘oyaviy-mafkuraviy paradigm aynan huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishning

mafkuraviy poydevorini yaratishga yo‘naltirilgan. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev

ta’kidlaganidek: “Bugun biz xalqimizning huquqiy madaniyatini oshirmasdan turib,

jamiyatimizda qonun ustuvorligini ta’minlab bo‘lmaydi”

2

. Bu fikr jamiyatda huquqiy tafakkur

va qonuniylikni kuchaytirishda milliy g‘oyaning g‘oyaviy-tarbiyaviy rolini ilmiy asosda

o‘rganishni taqozo etadi.

Huquqiy ongni shakllantirish masalasi ko‘plab olimlar tomonidan falsafa, sotsiologiya,

huquqshunoslik, siyosatshunoslik va psixologiya kabi turli fanlar nuqtayi nazaridan o‘rganilgan.

Jumladan, E.V. Lukashe va huquqiy madaniyatni “shaxsning huquqqa munosabati, huquqiy

qadriyatlarni idroketish darajasi va amaliy faoliyatda ularga amal qilishi bilan belgilanadigan

ijtimoiy hodisa” sifatida tavsiflaydi

3

. Shu bilan birga, A.A. Malko milliy g‘oya va huquqiy

madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ijtimoiy identitetning shakllanishi bilan bog‘laydi va

bu jihatdan milliy qadriyatlar asosida huquqiy ongni shakllantirishni zamonaviy davlat

qurilishining ustuvor vazifasi deb baholaydi

4

.

Ushbu maqolada huquqiy ong va madaniyatni shakllantirishda milliy g‘oyaning nazariy va

amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda shuningdek, milliy mafkuraviy resurslardan samarali

foydalanish orqali fuqarolik pozitsiyasi va qonuniylikka sodiqlikni mustahkamlash

mexanizmlari yoritiladi. Shuningdek, huquqiy ongni rivojlantirishda ta’lim-tarbiya tizimi,

1

Рахмонкулов Ш. Х. Ҳуқуқий онг ва ҳуқуқий маданият: назарий-методологик масалалар. – Т.: Ўзбекистон

миллий энциклопедияси, 2019. – Б. 21.

2

Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. – Т.: Ўзбекистон, 2021. – Б. 184.

3

Лукашёва Е.В. Правовая культура как фактор демократизации общества. – М.: Юридическая литература,

2003. – С. 58.

4

Малко А.А. Теория государства и права. – М.: Юрист, 2010. – С. 244.


background image

INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND

THEIR SOLUTIONS

VOLUME 11, ISSUE 01, 2025

58

ommaviy axborot vositalari va madaniy-ma’rifiy institutlarning roli milliy g‘oya asosida

baholanadi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya

Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish

masalasi zamonaviy siyosiy-falsafiy, huquqiy va ijtimoiy tafakkurning ustuvor yo‘nalishlaridan

biri sifatida xalqaro miqyosda keng tadqiq etilmoqda. Bu jarayonda milliy g‘oyaning huquqiy

ongga ta’siri ko‘p qatlamli ilmiy muhokamalar markazida turadi. Jumladan, O‘zbekiston

Respublikasida bu masalaga ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, davlat boshqaruvi islohotlari va

ma’naviy-mafkuraviy yangilanishlar doirasida strategic yondashuv shakllangan.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” asarida huquqiy

ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishda milliy g‘oya va qadriyatlarnegizida fuqarolik

jamiyatini rivojlantirish masalasi asosiy mafkuraviy yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan:

“Jamiyatda qonun ustuvorligi va adolat ustivor bo‘lishi uchun, avvalo, odamlarning huquqiy

madaniyatini oshirish kerak. Buning uchun esa milliy qadriyatlarimizga tayanish va fuqarolik

pozitsiyasini mustahkamlash lozim

5

. Ushbu nuqtai nazar milliy g‘oya va huquqiy madaniyat

o‘rtasidagi chuqur aloqadorlikni aks ettiradi.

Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, huquqiy ongni shakllantirish faqat normativ-

huquqiy bilimlarni singdirish bilangina emas, balki shaxsning qadriyatga asoslangan ongli

tanlovi, huquqqa nisbatan mas’uliyatli munosabati orqali ro‘yobga chiqadi. Bu borada E.V.

Lukashe va huquqiy madaniyatni “jamiyatning huquqqa munosabatdagi barqaror qadriyatlar

tizimi” sifatida sharhlaydi

6

. Mazkur ta’rif milliymafkuraviy asoslarning huquqiy ongdagi

reflektiv (aks ettiruvchi) funksiyasini asoslash imkonini beradi.

Metodologik jihatdan ushbu tadqiqot interdisiplinar yondashuvlarga asoslangan bo‘lib, unda

sotsiologik, huquqshunoslik, falsafiy va psixologik tahlil usullari uyg‘unlashtirildi. Tadqiqotda

huquqiy ongni shakllantirishda milliy g‘oya ta’sirini baholash uchun ijtimoiy-mafkuraviy

konstruktivizm, huquqiy sotsiologiya va madaniy antropologiya yondashuvlaridan foydalanildi.

Bu yondashuvlar milliy g‘oya nafaqat tarixiy-madaniy meros sifatida, balki zamonaviy ijtimoiy

ongni formatlovchi g‘oyaviy platforma ekanini ko‘rsatadi.

Shuningdek, Prezident Mirziyoyevning yana bir muhim asari “Ma’naviyat – eng katta

boylik”da shunday deyiladi: “Milliy g‘oyamiz fuqarolarimizda qonunlarga hurmat, davlatga

sadoqat, adolat va halollikni tarbiyalash vositasidir

7

. Bu holat metodologik jihatdan shuni

ko‘rsatadiki, milliy g‘oya huquqiy ongni emotsional-motivatsion (ruhiy tayanch) jihatdan

quvvatlaydi, ijtimoiy identitetni mustahkamlaydi va fuqarolik xatti-harakatini huquqiyjihatdan

me’yorlashtiradi.

Bashorat sifatida aytish mumkinki, huquqiy madaniyatni milliy g‘oya asosida shakllantirish

orqali jamiyatda qonun ustuvorligi tamoyilini kuchaytirish, yosh avlodda huquqiy ongni

uyg‘otish va shaxsiy mas’uliyatni mustahkamlash imkoniyatlari kengayadi. Ayniqsa, ta’lim

tizimi, OAV, madaniy-ma’rifiy institutlar va fuqarolik jamiyati institutlarining milliy g‘oya

bilan uyg‘unlashtirilgan huquqiy tarbiya strategiyasi mamlakatda barqaror fuqarolik tafakkurini

shakllantirishga xizmat qiladi.

Natijalar

Olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, huquqiy ong va huquqiy madaniyat

jamiyatda fuqarolik tafakkurini shakllantirishning poydevoridir. Bu jarayonda milliy g‘oya

markaziy nazariy-ideologi ko‘q sifatida faoliyat yuritadi. Tadqiqotlar asosida aniqlanishicha,

milliy g‘oya fuqarolarning huquqiy bilim, e’tiqod va xulq-atvori bilan bog‘liq ijtimoiy-siyosiy

xulqni tartibga soluvchi g‘oyaviy mexanizm bo‘lib xizmat qiladi. Jumladan, O‘zbekiston

5

MirziyoyevSh.M. YangiO‘zbekistonstrategiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2021. – B. 114.

6

Лукашёва Е.В. Правовая культура как фактор демократизации общества. – М.: Юридическая литература,

2003. – С. 58.

7

MirziyoyevSh.M. Ma’naviyat – engkattaboylik. – T.: Ma’naviyat, 2022. – B. 51.


background image

INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND

THEIR SOLUTIONS

VOLUME 11, ISSUE 01, 2025

59

Respublikasining ma’naviy siyosatiga oid fundamental asarlarda milliy qadriyatlar asosida

huquqiy ongni yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tirof etiladi

8

.

Huquqiy madaniyat, E.V. Lukasheva ta’kidlaganidek, nafaqat huquqiy axborotga ega bo‘lish,

balki “shaxsning ongli ravishda huquqqa sodiqqolish ehtiyoji”dir

9

. Milliy g‘oyaning huquqiy

ong bilan integratsiyasi bu ehtiyojni motivatsion jihatdan kuchaytiradi. Boshqacha aytganda,

milliy g‘oya orqali fuqarolarda qonunga nisbatan ichki e’tiqod, mas’uliyat hissi va axloqiy

me’yorlar bilan uyg‘unlikda amal qilish refleksi hosil bo‘ladi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ayni vaqtda ta’lim tizimida huquqiy ongni milliy g‘oya asosida

shakllantirish muhim strategic ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.M. Mirziyoyevning “Ma’naviyat – eng katta boylik” asarida ta’kidlanishicha: “Yoshlarga

qonunga hurmat ruhida tarbiya berishda milliy g‘oyamiz asosiy yo‘l-yo‘riq bo‘lishi zarur

10

.

Ushbu fikr asosida olib borilgan kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy-psixologik jihatdan

milliy g‘oyaning ta’siri ostida shakllangan huquqiy ongda fuqarolik mas’uliyati kuchliroq

namoyon bo‘ladi. Bu holat, xususan, yoshlar o‘rtasida qonuniylikka rioya qilish, jamoat

tartibiga hurmat va ijtimoiy faollik darajasining oshganida namoyon bo‘lmoqda.

Shuningdek, S.A. Avanesov va S.V. Lipin tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy huquqiy tahlillarda

ham milliy identitet va huquqiy madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ta’kidlangan bo‘lib,

ularga ko‘ra huquqiy tafakkurning milliy asoslar bilan uyg‘unlashuvi jamiyatning huquqiy

barqarorligiga olib keladi

11

. Bu holat O‘zbekistonda olib borilayotgan “Huquqiy targ‘ibot va

ma’rifat” kampaniyalarida milliy mafkuraviy resurslardan foydalanilayotganini tasdiqlaydi.

Natijaviy tahlil asosida bashorat qilinadiki, agar milliy g‘oya huquqiy ta’lim va tarbiyaning

strategic negiziga aylantirilsa, bu jamiyatda huquqqa hurmat, qonun ustuvorligi va fuqarolik

pozitsiyasini mustahkamlovchi ichki psixologik-madaniy maydonni kengaytiradi. Bu esa o‘z

navbatida huquqiy-demokratik davlat qurilishining falsafiy-madaniy tayanchiga aylanadi.

Tadqiqotning amaliy natijalari huquqiy madaniyatni rivojlantirish siyosatini milliy g‘oya bilan

uyg‘unlashtirish, huquqiy tafakkurni emotsional-identifikatsion mexanizmlar orqali

mustahkamlash, ta’lim va OAV orqali huquqiy-mafkuraviy ta’sirni kuchaytirishga doir

yo‘nalishlar shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Muhokama

Tadqiqot natijalari huquqiy ong va huquqiy madaniyatning shakllanishida milliy g‘oyaning

g‘oyaviy-mafkuraviy negiz sifatidagi rolini chuqur ochib beradi. Muhokama jarayonida ijtimoiy

ong va huquqiy madaniyat o‘zaro integratsiyalashgan tizim sifatida namoyon bo‘lib, ular milliy

qadriyatlar, tarixiy meros va zamonaviy ijtimoiy ehtiyojlar bilan chambarchas bog‘liqligi

aniqlanadi. Milliy g‘oya, ayniqsa, davlat-huquqiy ongni mustahkamlovchi ma’naviy resurs

sifatida harakat qiladi va shaxsni ijtimoiy-huquqiy muhitga moslashtiruvchi psixomadaniy

mexanizmga aylanadi.

Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Milliy g‘oyamiz xalqimizning ruhiy hayotiga, huquqiy

dunyoqarashiga singib borishi kerak. Shunda biz adolatli jamiyat barpo eta olamiz”

12

. Ushbu

tamoyil ijtimoiy-huquqiy madaniyatni mustahkamlashda milliy ideologik asoslarning

ahamiyatini ochib beradi. Shuningdek, G.S. Martirosyan o‘z tadqiqotida ta’kidlaganidek,

huquqiy madaniyat fuqarolik ongining rivojlanish darajasiga bevosita bog‘liq bo‘lib, u “ijtimoiy

8

MirziyoyevSh.M. YangiO‘zbekistonstrategiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2021. – B. 109.

9

Лукашёва Е.В. Правовая культура как фактор демократизации общества. – М.: Юридическая литература,

2003. – С. 63.

10

MirziyoyevSh.M. Ma’naviyat – engkattaboylik. – T.: Ma’naviyat, 2022. – B. 44.

11

Аванесов С.А., Липин С.В. Национальная идентичность и правовая культура: проблемы взаимодействия.

// Социально-гуманитарные науки, 2018, №4. – С. 32–38.

12

MirziyoyevSh.M. YangiO‘zbekistonstrategiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2021. – B. 113.


background image

INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND

THEIR SOLUTIONS

VOLUME 11, ISSUE 01, 2025

60

guruhlar

va

shaxsning

huquqiy

qadriyatlar

bilan

identifikatsiyalashuvi

orqali

mustahkamlanadi”

13

.

Bu jarayonda milliy g‘oya — ijtimoiy identitet va fuqarolik o‘zini anglashining asosiy g‘oyaviy

ko‘rsatkichi sifatida — huquqiy ongga bevosita ta’sir o‘tkazadi. Jumladan, Y.V. Novikova va

V.V. Sementsovlar ijtimoiy ongda huquqiy qadriyatlarning shakllanishi milliy-madaniy

matritsa orqali kechishini asoslab bergan bo‘lib, ular huquqiy tafakkurni “madaniy ongning

tarkibiy elementi” deb baholaydilar

14

.

Milliy g‘oya va huquqiy ongning o‘zaro bog‘liqligi, ayniqsa, ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy

muhitda kuchli namoyon bo‘ladi. Akademik M. Raxmonqulov ta’kidlaganidek, ta’lim tizimi

orqali milliy g‘oyaga asoslangan huquqiy ongni shakllantirish jamiyatda huquqqa bo‘lgan

ishonchni mustahkamlaydi, huquqiy sotsializatsiyani tezlashtiradi va shaxsning ijtimoiy

faolligini kuchaytiradi

15

. Bu holat, ayniqsa, yoshlarda huquqiy mas’uliyat, ijtimoiy uyg‘oqlik va

fuqarolik burchlariga nisbatan ongli munosabatni shakllantirishda o‘z aksini topmoqda.

Shuningdek, ijtimoiy-huquqiy madaniyat sohasida faol tadqiqot olib borgan olimalardan biri

A.N. Demidova fikricha, milliy identitet va huquqiy madaniyat “ijtimoiy barqarorlikning

psixologik negizidir” va ularning uzviy birligi huquqiy ongni “institutsional va axloqiy

darajada” mustahkamlaydi

16

.

Muhokama davomida bashoratli tahlillar shuni ko‘rsatadiki, agar milliy g‘oya asosida

shakllangan huquqiy ong zamonaviy ta’lim, huquqiy targ‘ibot, madaniy-ma’naviy tashabbuslar

orqali tizimlashtirilsa, jamiyatda qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolat kabi yuksak huquqiy

qadriyatlar asosida barqaror huquqiy madaniyat shakllanadi. Bu esa huquqiy demokratik davlat

va fuqarolik jamiyatining yuksalishida asosiy ijtimoiy-falsafiy omil sifatida xizmat qiladi.

Xulosa

Tadqiqot natijalari va ilmiy mulohazalar shuni ko‘rsatadiki, huquqiy ong va huquqiy

madaniyatni shakllantirishda milliy gʻoya strategik gʻoyaviy manba va ijtimoiy-psixologik

vosita sifatida hal qiluvchi o‘rin egallaydi. Milliy gʻoya jamiyatning tarixiy xotirasini, ijtimoiy

qadriyatlarini va fuqarolik ongini mujassamlashtirgan holda, huquqiy tafakkurning

shakllanishiga mafkuraviy va madaniy asos yaratadi. Huquqiy ong esa inson shaxsining davlat

va jamiyat bilan o‘zaro aloqasini anglash, qonunlarga hurmat va huquqiy mas’uliyatni ongli

ravishda qabul qilish darajasidir.

Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Huquqiy madaniyat – bu inson ongining eng yuksak shakli.

Uni yosh avlod qalbiga singdirish uchun biz milliy gʻoya va qadriyatlarimizga suyanmog‘imiz

zarur”

17

.

Olib borilgan ilmiy-amaliy tahlillar milliy g‘oya va huquqiy ongning o‘zaro uzviy bog‘liqligi

mavjudligini tasdiqlaydi. Bu bog‘liqlik ijtimoiy ongning tarkibiy elementlari sifatida shaxs,

jamiyat va davlat o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni barqarorlashtiradi. Huquqiy ong va

huquqiy madaniyatning taraqqiyoti, avvalo, fuqarolarning milliy qadriyatlar asosida

shakllangan ongli pozitsiyasiga bog‘liqdir. Bu borada, ayniqsa, ta’lim muassasalari, OAV,

madaniyat va ma’rifat muassasalarining roli beqiyosdir.

Ilmiy bashoratga ko‘ra, agar huquqiy madaniyatni rivojlantirish siyosati milliy g‘oya bilan

uyg‘unlashtirilsa, bu jarayon fuqarolik jamiyatining shakllanishi, qonun ustuvorligi va ijtimoiy

13

Мартиросян Г.С. Правовая культура и правовое сознание: взаимосвязь и особенности формирования. –

М.: Юрист, 2019. – С. 78–79.

14

Новикова Ю.В., Семенцов В.В. Правовое сознание и правовая культура личности: культурологический

подход. // Журнал правовых исследований, №2, 2020. – С. 45.

15

Рахмонқулов М. Ҳуқуқий маданият ва маънавий қадриятлар ўзаро боғлиқлиги. // Фалсафа ва ҳуқуқ, №3,

2021. – Б. 27.

16

Демидова А.Н. Национальная идентичность и правовая культура в контексте социокультурной

трансформации. // Современное право, №10, 2018. – С. 33–35.

17

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2021. – 368 b.


background image

INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND

THEIR SOLUTIONS

VOLUME 11, ISSUE 01, 2025

61

barqarorlikni ta’minlashda kuchli mafkuraviy va psixologik tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Bu

esa, o‘z navbatida, huquqiy demokratik davlatning poydevorini yanada mustahkamlaydi.

Adabiyotlarro‘yxati:

1.

MirziyoyevSh.M. YangiO‘zbekiston strategiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2021.

2.

Mirziyoyev Sh.M. Ma’naviyat – eng katta boylik. – T.: Ma’naviyat, 2022.

3.

Рахмонкулов Ш. Х. Ҳуқуқий онг ва ҳуқуқий маданият: назарий-методологик

масалалар. – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2019.

4.

Аванесов С.А., Липин С.В. Национальная идентичность и правовая культура:

проблемы взаимодействия. // Социально-гуманитарные науки,№4. 2018.

5.

Демидова А.Н. Национальная идентичность и правовая культура в контексте

социокультурной трансформации. // Современное право, №10, 2018.

6.

Лукашёва Е.В. Правовая культура как фактор демократизации общества. – М.:

Юридическая литература, 2003.

7.

Малко А.А. Теория государства и права. – М.: Юрист, 2010.

8.

Мартиросян Г.С. Правовая культура и правовое сознание: взаимосвязь и

особенности формирования. – М.: Юрист, 2019. – С. 78–79.

9.

Новикова Ю.В., Семенцов В.В. Правовое сознание и правовая культура личности:

культурологический подход. // Журнал правовых исследований, №2, 2020. – С. 45.

10.

Рахмонқулов М. Ҳуқуқий маданият ва маънавий қадриятлар ўзаро боғлиқлиги. //

Фалсафа ва ҳуқуқ, №3, 2021. – Б. 27.

Bibliografik manbalar

MirziyoyevSh.M. YangiO‘zbekiston strategiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2021.

Mirziyoyev Sh.M. Ma’naviyat – eng katta boylik. – T.: Ma’naviyat, 2022.

Рахмонкулов Ш. Х. Ҳуқуқий онг ва ҳуқуқий маданият: назарий-методологик масалалар. – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2019.

Аванесов С.А., Липин С.В. Национальная идентичность и правовая культура: проблемы взаимодействия. // Социально-гуманитарные науки,№4. 2018.

Демидова А.Н. Национальная идентичность и правовая культура в контексте социокультурной трансформации. // Современное право, №10, 2018.

Лукашёва Е.В. Правовая культура как фактор демократизации общества. – М.: Юридическая литература, 2003.

Малко А.А. Теория государства и права. – М.: Юрист, 2010.

Мартиросян Г.С. Правовая культура и правовое сознание: взаимосвязь и особенности формирования. – М.: Юрист, 2019. – С. 78–79.

Новикова Ю.В., Семенцов В.В. Правовое сознание и правовая культура личности: культурологический подход. // Журнал правовых исследований, №2, 2020. – С. 45.

Рахмонқулов М. Ҳуқуқий маданият ва маънавий қадриятлар ўзаро боғлиқлиги. // Фалсафа ва ҳуқуқ, №3, 2021. – Б. 27.