INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND
THEIR SOLUTIONS
VOLUME 11, ISSUE 01, 2025
34
MUSIQA FANINI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR
Sobirova Zilola Sayyodjon qizi
Farg‘ona Davlat Universiteti
Pedagogika, psixologiya va san’atshunoslik fakulteti
“Cholg‘u ijrochiligi”yo‘nalishi 4-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida pedagogik texnologiyalarni qo’llash
metodlari, musiqa ta’limida dars samaradorligini oshirishda zamonaviy texnologiyalardan
foydalanish usullari, interfaol metodlar turlari va maktab o’quvchilarini ham ijroviy, ham ijodiy
barkamollikka erishishlari uchun usul va texnologiyalar foydalanish yo’llari o’rin egallagan.
Kalit so‘zlar:
Innovatsiya, musiqiy ta’lim, ta’lim, integratsiya, zamonaviy ta`lim, raqamli
innovatsion dastur.
Xalqimiz asrlar davomida juda katta hayotiy tajriba to'pladi, uni takomillashtirdi va ijtimoiy
hayotida turli vositalar orqali kelajak avlodga meros qoldirdi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli
ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega, o'quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy-g'oyaviy
tarbiyalashning muhim vositasi sifatida xizmat qiladi. O'zbekistonda uzluksiz ta'lim tizimi
asosida shaxsni rivojlantirishda juda katta e'tibor berilib kelinmoqda. Bu o'rinda shubhasiz
musiqa darslarida e'tibor tubdan takomillashtirilib, uni yanada rivojlantirish masalasiga e'tibor
o'zgacha tus oldi. Kelajak avlodni barkamol inson etib tarbiyalashga alohida urg'u berilishi juda
ham ahamiyatli va quvonarli holdir.
Ma'lumki, har bir dars mavzusini o'rganishda o'ziga xos texnologiya, usul va vositalarni
tanlashga to'g'ri keladi. O'qitish jarayonida yuqori natijaga erishish uchun dars jarayonini
oldindan ketma-ketligini mo'ljallash kerak bo'ladi. Bunda o'qituvchi fanning o'ziga xos
tomonlarini, o'quv jarayonini va sharoitini, o'quvchularning ehtiyoji va imkoniyatlarini, bilim
saviyasini, sharoitga qarab ishlatoladigan texnologiyalarni tanlash lozim. An'anaviy ta'lim
o'quvchilarni tayyor bilimlarni o'zlashtirishga o'rgatadi, unda o'qituvchi shaxsi asosiy o'rinni
egallagan bo'lib, o'quvchi esa bu jarayonning passiv ishtirokchisi bo'lib kelgan
. Ilmiy texnika
revolyutsiya davrida o'quvchi o'zlashtirishi lozim bo'lgan ilmiy axborot xajmining keskin oshib
ketishi bilan an'anaviy ta'lim kam samarali bo'lib qoldi. Ana shuning uchun kelish davri
interaktiv metodlar, innavatsion pedagogick va axborot texnologiyalarini o'quv jarayoniga
kiritishga qiziqish tobora kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar o'quvchilarni
egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishga, mustaqil o'rganish, taxlil qilish va olingan
bilimlardan o'zlari xulosa chiqarishga o'rgatadi. Innavatsion texnologiyalar inglizchadan
"innavaton" yangilik kiritish - pedagogik jarayon, ya'ni o'quvchi va o'qituvchi faoliyati o'zgarish,
yangilik kiritish, o'quv jarayonida interaktiv metodlardan to'liq foydalanishni o'z ichiga
oladigan vositalar esa o'quvchining birgalikda faoliyat orqali ta'lim mazmuniga ta'sir
ko'rsatadigan vositalarni o'z ichiga oladi. Bunday hamkorlikning o'ziga xos xususiyatlari
quyidagilardan iborat:
- O'quvchining bilim olish ishtiyoqini muntazam oshirib boorish;
- O ' quvchining xar qanday muammoga ijodiy yondashuviga o ' rgatish;
- Pedagog va o'quvchi faoliyatining o'zaro hamkorligini ta'minlash;
1
Avliyoqulov N. H. Zamonaviy o’qitish texnologiyalari. – T.: 2001.
INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND
THEIR SOLUTIONS
VOLUME 11, ISSUE 01, 2025
35
- O'quvchining dars davomida befarq bo'lmasdan, ijodiy fikrlashi va izlanishiga imkon yaratish.
Bu jarayonda kafolatlangan natijaga erishish oqituvchi bilan o'quvchining xamkorligida
faoliyati, o'quvchining ijodiy ishlash, mustaqil fikrlashi, izlanishi, taxlil qilishi va xulosalay
olishi, o'quvchining o'zig ava guruhga, guruhning o'quvchiga baho berishiga imkon yaratilishi
bilan bog'liq.
Ta'limni tashkil etishning noan'anaviy shakllarining xilma-xilligi turli xil faoliyat turlari uchun
keng sharoitlarni yaratadi, bu nafaqat o'quvchining aqliy jarayonlarining butun majmuasini o'z
ichiga olishga imkon beradi, asosiy ta'lim doirasini kengaytirishni, balki maxsus kasbiy bilim
va ko'nikmalarni olishga imkon beradi. Ayniqsa, musiqiy ta'limni zamon talablari darajasiga
ko'tarish, ta'lim tizimiga ilg'or innovatsion va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish
muhim davlat ahamiyatiga molik masalalardan biri sifatida kun tartibida turibdi. Musiqiy-
nazariy fanlarni o'qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish Pedagogi texnologiya va
pedagog mahoratga oid bilim, tajriba va interfaol metodlar o'quvchi-talabalarni bilimli, yetuk
malakaga ega bo'lishlarini taminlaydi.
XXI asrda yangi texnologiyalar paydo bo'lishi munosabati bilan o'qitish uslubiyotiga
yondashuv o'zgardi, o'qishni rivojlantirish masalalari eng muhim mavzulardan biri bo'ldi.
O'quvchilarni ommaviy estetik tarbiyalash o'quv dasturlariga, o'qitish usullariga boshqacha,
yangicha yondashuvni talab qiladi. Musiqiy nazariy fanlar o'qituvchilarning vazifasi bu
jarayonni o'quvchilar uchun ijodiy va qiziqarli qilishdir.
So'nggi o'n yilliklarda musiqa texnologiyasining jadal rivojlanishi bugungi kunda odamlarning
musiqa bilan o'zaro munosabatlari va zavqlanishini keskin o'zgartirdi. Raqamli musiqa
formatlarining ulkan moslashuvchanligi va mavjud ma'lumotlarning ko'pligi tufayli
odamlarning musiqaga kirish imkoniyati o'zgardi. Masalan, o'quv videolari yozib olinadi, unda
asosan taniqli musiqachilar ishtirok etadilar, ular ishlash va amaliyot bo'yicha ba'zi
ko'rsatmalarni tavsiya qilishadi. Internet undan foydalana oladigan musiqa o'rganuvchilar uchun
yangi o'quv muhitini taqdim etdi. Bu esa internet orqali musiqiy ta'limi norasmiy ta'lim
sohasida yanada kengayadi. Shu bilan bir qatorda, musiqani o'qitish va o'rganish uchun
pedagogik jihatdan foydali, amaliy va samarali echimlarni ishlab chiqiladi.
Musiqa ta`limini samarali tashkil etishda o'qituvchilar uchun turli texnologik vositalar
tushunchasi o'qitish va o'rganishning ko'plab omillarini o'z ichiga oluvchi dasturiy ta`minotlar
bazasini yaratish ijobiy muvaffaqqiyatlar taqdim etadi.
Bu o‘rinda davlatimiz tomonidan o‘tgan qisqa vaqtlar davomida 2017-2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar
strategiyasi” da “Oliy ta’lim muassasasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish,
ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarni
amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish”
to‘liq kafolatlantirilganligi bu
o‘z navbatida ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat ta’limni modernizatsiya
qilish hamda yangi ta’lim texnologiyalari va resurslarini ishlab chiqishga, ularni sinovdan
o‘tkazishga, ta’lim jarayoniga joriy etishga qaratilgan muhim masala bo‘ldi
. Davlatimiz
tomonidan ilgari surilayotgan ta’limni yangi bosqichga ko‘tarishda jahon standartlariga to‘liq
javob beradigan raqobatbardosh ta’lim strukturasini
yaratishni malakali pedagoglar oldiga muhim vazifalar sifatida qo‘ymoqda.
2
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги «Ўзбекистон
Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги
ПФ-4947-сон Фармони // Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлар тўплами. – Т.,
2017 – Б.37.
3
https://lex.uz “Таълим тўғрисидаги ЎРҚ” – 637. 23.09.2020
INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND
THEIR SOLUTIONS
VOLUME 11, ISSUE 01, 2025
36
Innovatsion ta'lim uslublari, multimediya va texnologiya vositalarining paydo bo'lishi,
rivojlanishi, takomillashishi rivojlanayotgan jamiyat, yangi avlodning talab va ehtiyojlari bilan
bog'liq. Ta'limning an'anaviy shakllari bilan bir qatorda, o'quvchilarga qisqa vaqt ichida
minimal harakat bilan moslashishga imkon beradigan innovatsion usullar mavjud. Ta'lim
tashkil etishning noan'anaviy shakllarning xilma xilligi turli xil faoliyat turlari uchun keng
sharoitlarni yaratadi, bu nafaqat o'quvchining aqliy jarayonlarining butun majmuasini o'z ichiga
olishga imkon beradi, asosiy ta'lim doirasini kengaytirishni, balki maxsus kasbiy bilim va
ko'nikmalarni olishga imkon beradi.
Zamonaviy ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalarga, ilg'or pedagogik va axborot
texnologiyalarga talab ortib bormoqda. O'quv jarayonida pedagogik texnologiyalardan
foydalanish ta'lim tizimining sifatini yaxshilash, o'quvchilar bilimini kengaytirish,
dunyoqarashini chuqurlashtirish, ko'nikma va qobiliyatlarni yaxshilashga yordam beradi.
Innavatsion, pedagogic va axborot texnologiyalardan foydalanish o'quvchilarni bilimlarini
kengaytirishga, bilim olishga qiziqishni oshirishga ishtiyoqni kuchaytiradi, darslarni tahlil qilish
va xulosalar chiqarishga imkon beradi.
Musiqiy ta'limga yangicha yondashuvlar, shuningdek, o'quvchilar musiqiy qobiliyatlarini
rivojlantirishda mutlaqo boshqacha, eng samarali pedagogik texnologiyalardan foydalanishni
talab qiladi.
Musiqa inson tafakkurining o'ziga xos turi bo'lib, asosiy vazifani - inson bilan aloqa qilish
funktsiyasini bajaradi. Bunday darslarda ma'naviy, amaliy, ijodiy, individual dunyoqarash
ustunlik qiladi, ya'ni avtoritar yondashuv va tegishli o'qitish usullaridan voz kechadi. Musiqa
nazariyasi, solfedjio va garmoniya fanlarda innovatsion texnologiyalarni qo'llash mumkin va
zarurdir. Yangi texnologiyalardan foydalanish musiqiy nazariy darslarini boyitadi va yangilaydi.
Pedagogik fan va amaliyotning hozirgi rivojlanish bosqichida shaxsni shakllantirish
muammolari dolzarbdir. Faqat mustaqil, ijodiy, ijtimoiy mas'uliyatli inson hayotiga va uning
atrofidagi dunyoga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Musiqiy-nazariy fanlar bo'yicha olingan
bilimlarni tushunish, tajriba qilish va qo'llash ko'plab amaliy mashg'ulotlarda amalga oshiriladi.
Bugungi kunda musiqiy ta'lim sifatiga qaratilayotgan e'tibor o'qituvchilardan ko'proq ishlashga
va texnologiyalardan foydalanishga bo'lgan ehtiyojni oshirmoqda. Ta'lim jarayonida ilg'or
pedagogik usullarni qo'llash va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shuningdek
elektron manbalardan, o'quv va multimedia taqdimotlaridan foydalanish davr talabi ekanligini
ta'kidlaymiz. Pedagogik texnologiyalarning xilma-xilligi ularni birgalikda ishlatishga, mavzular
va bo'limlar bo'yicha o'qituvchiga eng munosibini tanlashga imkon beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги «Ўзбекистон
Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги
ПФ-4947-сон Фармони // Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлар тўплами. – Т.,2017
– Б.37.
2. https://lex.uz “Таълим тўғрисидаги ЎРҚ” – 637. 23.09.2020
3.Avliyoqulov N. H. Zamonaviy o’qitish texnologiyalari. – T.: 2001.
4. Azizxo’jayeva N.N Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. O’quv
qo’llanma. – T.:2006.
5. Ishmuhamedov R va boshqalar Tarbiyada innovatsion texnologiyalar
(ta’lim muassasalari tarbiyachi – o’qituvchilari va guruh rahbarlari uchun
amaliy tavsiyalar) – T.: “Istedod”, 2010.
6. G. Sharipova. Musiqa o’qitish metodikasi (ma’ruzalar matni). TDPU 2000y
