ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
INSON SALOMATLIGIGA ZARAR YETKAZUVCHI ATMOSFERADAGI IFLOSLANISH:
METEOROLOGIK SHAROITLAR VA EKOLOGIK XAVF
Toshturdiyev Nurbek Nurali o‘g‘li
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti
Fizika fakulteti Gidrometeorologiya yo‘nalishi
4-bosqich talabasi
Tel: +998 88 910 42 46
Email:
nurbektoshturdiyev86@gmail.com
Annotatsiya:
Mazkur maqolada atmosfera havosining ifloslanishi darajasi va uning inson
salomatligiga ta’siri meteorologik sharoitlar bilan uzviy bog‘liqlikda tahlil qilinadi. O‘zbekistonning
sanoat shaharlari misolida zararli gazlar va chang zarralari kontsentratsiyasi hamda ularning havo
harorati, bosimi, namligi va shamol kabi omillar ta’sirida qanday tarqalishi o‘rganilgan. Tadqiqot
natijalariga ko‘ra, havo ifloslanishi yuqori bo‘lgan kunlarda nafas olish yo‘llari kasalliklari va
yurak-qon tomir muammolari ko‘p kuzatiladi. Bu esa ekologik xavf va sog‘liqni saqlash siyosati
o‘rtasidagi bog‘liqlikni yana-da kuchaytiradi.
Kalit so‘zlar:
atmosfera ifloslanishi, meteorologik omillar, inson salomatligi, ekologik xavf, zararli
gazlar
Abstract:
This article analyzes the relationship between atmospheric air pollution levels and human
health impacts in the context of meteorological conditions. Using industrial cities of Uzbekistan as
examples, the study examines how harmful gases and particulate matter spread under the influence
of temperature, pressure, humidity, and wind speed. The results show that respiratory and
cardiovascular diseases increase on days with high pollution levels, emphasizing the importance of
ecological risk management in public health strategies.
Keywords:
air pollution, meteorological factors, human health, ecological risk, harmful gases
Аннотация :
В данной статье проанализирована взаимосвязь между уровнем загрязнения
атмосферного воздуха и его воздействием на здоровье человека в условиях различных
метеорологических факторов. На примере промышленных городов Узбекистана исследовано
распространение вредных газов и пылевых частиц в зависимости от температуры воздуха,
давления, влажности и скорости ветра. Результаты показали, что в дни с высоким уровнем
загрязнения чаще наблюдаются заболевания дыхательных путей и сердечно-сосудистой
системы, что усиливает актуальность экологической политики в сфере здравоохранения.
Ключевые слова:
загрязнение атмосферы, метеорологические факторы, здоровье человека,
экологический риск, вредные газы
KIRISH
So‘nggi o‘n yilliklarda atmosfera havosining ifloslanishi inson salomatligiga bevosita ta’sir
etuvchi muhim ekologik muammolardan biriga aylangan. Ayniqsa, yirik sanoat hududlarida va
transport qatnovi zich bo‘lgan shaharlarda havo tarkibida zararli gazlar — azot dioksidi (NO₂),
oltingugurt dioksidi (SO₂), uglerod oksidi (CO), ozon (O₃) va mayda chang zarrachalari (PM2.5,
PM10) ko‘payib bormoqda. Ushbu ifloslantiruvchi moddalar nafas olish, yurak-qon tomir, immun
va asab tizimlarida turli patologik o‘zgarishlarga olib kelishi mumkinligi xalqaro tadqiqotlarda
isbotlangan [1].
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
Atmosfera tarkibidagi iflos moddalarning darajasi va tarqalish sur’ati faqat manba miqdoriga emas,
balki gidrometeorologik omillarga ham kuchli bog‘liq. Havo harorati, bosimi, nisbiy namlik, shamol
tezligi va yo‘nalishi, shuningdek, inversiya hodisalari havo tarkibidagi iflosliklarning vertikal va
gorizontal taqsimlanishida asosiy omillardan hisoblanadi. Masalan, qishki oylar, ayniqsa sovuq,
havo bosimi yuqori va shamol sust bo‘lgan davrlarda zararli gazlar pastki qatlamda to‘planib,
ifloslanish darajasining keskin ortishiga sabab bo‘ladi [2].
O‘zbekiston hududida, xususan sanoat markazlari bo‘lgan Toshkent, Navoiy, Olmaliq, Farg‘ona va
boshqa shaharlarda atmosferaning tarkibiy o‘zgarishlari va bu o‘zgarishlarning aholi salomatligiga
ta’siri masalasi dolzarb bo‘lib bormoqda. So‘nggi yillarda nafas yo‘llari, yurak-qon tomir
kasalliklari va allergik reaksiyalarning ko‘payishi ushbu ekologik muhit bilan bog‘liq bo‘lishi
mumkinligi bo‘yicha ehtimollarni kuchaytirgan.
Mazkur tadqiqotda atmosfera havosidagi asosiy ifloslantiruvchi gazlar miqdori va ularning
meteorologik omillar bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Bundan tashqari, ushbu omillarning inson
salomatligiga potensial ta’siri baholanadi hamda ekologik xavf omili sifatida tavsiflanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Atmosferada to‘planadigan zararli gazlar va mayda zarrachalarning inson salomatligiga
ta’siri bo‘yicha so‘nggi yillarda ko‘plab xalqaro ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, bu
zararli moddalar miqdorining ob-havo va gidrometeorologik holatlarga bog‘liqligi ilmiy doiralarda
dolzarb mavzu bo‘lib kelmoqda. Xususan, Xitoyda o‘tkazilgan tadqiqotlarda havo harorati past
bo‘lgan, shamol harakati sust bo‘lgan va inversiya hodisalari yuzaga kelgan kunlarda chang, azot
oksidlari va oltingugurt dioksidi kontsentratsiyasi keskin oshgani aniqlangan[3].
Harorat inversiyasi sharoitida atmosfera qatlamlari o‘rtasidagi vertikal almashinuv buziladi, natijada
yer sathiga yaqin qatlamda zararli moddalar to‘planib qoladi. AQSHda Environmental Protection
Agency (EPA) tomonidan olib borilgan kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, qish mavsumida barqaror
inversiya hodisalari PM2.5 zarrachalarining ikki-uch barobarga ortishiga sabab bo‘lgan [4]. Bu esa
aynan sovuq va turg‘un kunlarda nafas olish kasalliklarining ko‘payishiga olib kelgan. Shuningdek,
Rossiyada olib borilgan tadqiqotlarda ham zararli gazlarning miqdori shamol tezligining kamayishi
bilan oshishi, kuchli yog‘ingarchilik kunlarida esa kamayishi qayd etilgan [5]. Bu holat, tabiiyki,
zararli moddalarning havoda qancha vaqt saqlanishi va ularning odam organizmiga kirish ehtimolini
belgilaydi. Yog‘ingarchiliklar havo tarkibini tozalashga xizmat qilsa-da, turg‘un antitsiklonli
kunlarda aksincha ifloslanish yuqori bo‘ladi. O‘zbekiston sharoitida ham bunday bog‘liqliklar o‘z
tasdig‘ini topgan. Farg‘ona vodiysi, Toshkent va Navoiy shaharlari bo‘yicha 2020–2023-yillarda
olib borilgan gidrometeorologik kuzatuvlar natijasida, aynan qish oylarida chang zarralari va SO₂
gazining ruxsat etilgan me’yordan oshgani aniqlangan [6]. Bunga asosiy sabab — sovuq mavsumda
ko‘mir yoqilg‘i bilan ishlaydigan issiqlik tizimlari, transport vositalarining zichligi va ayniqsa
turg‘un havo holatlari bo‘lib xizmat qilgan.
Boshqa tomondan, global miqyosdagi tadqiqotlar havo ifloslanishi va yurak-qon tomir kasalliklari
o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlikni ham ko‘rsatmoqda. Buyuk Britaniyada olib borilgan tadqiqotlarga
ko‘ra, har 10 µg/m³ PM2.5 zarracha ortishi yurak ishemiyasi va insult xavfini 6–8% ga oshiradi [7].
Demak, atmosfera tarkibidagi zararli gazlarning sog‘liq uchun xavfini faqat kimyoviy emas, balki
gidrometeorologik sharoitlar bilan birgalikda tahlil qilish dolzarb ahamiyatga ega.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
O‘zbekistonning ayrim yirik sanoat shaharlari, xususan Toshkent, Navoiy, Farg‘ona va Olmaliqda
olib borilgan kuzatuvlarga asoslanib, gidrometeorologik omillar bilan atmosfera ifloslanishi
o‘rtasidagi aniq bog‘liqlik aniqlangan. Kuzatuv natijalariga ko‘ra, ayniqsa qish oylarida havo
haroratining pasayishi va shamol tezligining kamayishi bilan havodagi zararli moddalarning,
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
jumladan SO₂, NO₂ va chang zarralarining konsentratsiyasi keskin oshadi. Bunday holatlar,
yuqorida tahlil qilinganidek, turg‘un antitsiklonli ob-havo sharoiti va inversiya hodisalari bilan
bevosita bog‘liq.
Natijalar shuni ko‘rsatadiki, aynan gidrometeorologik parametrlar havo sifatini sezilarli darajada
belgilab beradi. Past harorat, namlikning ortishi, shamolning sustligi va yog‘ingarchilik yo‘qligi
fonida zararli gazlar havo qatlamining pastki qismida to‘planadi. Bunday vaziyatda insonlar,
ayniqsa bolalar, nafas yo‘llari kasalliklariga, yurak-qon tomir tizimi muammolariga ko‘proq duchor
bo‘lishadi. Navoiy shahrida olib borilgan kuzatuvlarda, dekabr–fevral oylarida chang zarralari va
SO₂ darajasi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 1,5–2 barobarga yuqori bo‘lgani aniqlangan.
Muhokama jarayonida aniqlanishicha, faqat ekologik choralar yetarli emas – bu borada ob-havo
monitoringi va prognozlari asosida real vaqtli ogohlantirish tizimlarini joriy etish ham zarur.
Masalan, AQSH va Yevropada joriy etilgan “Air Quality Index” (AQI) tizimlari orqali fuqarolar
havo ifloslanishi holati haqida xabardor qilinadi. Bunday tizimlarni O‘zbekistonda ham keng joriy
etish, ayniqsa og‘ir ifloslanish kuzatiladigan hududlarda, aholi salomatligini himoya qilishga xizmat
qiladi. Bundan tashqari, atmosferaga chiqayotgan zararli gazlar manbalarini kamaytirish, ko‘mir
yoqilg‘isidan bosqichma-bosqich voz kechish va energiya ishlab chiqarishda “yashil”
texnologiyalarga o‘tish eng muhim strategik yo‘nalishlardan biri bo‘lishi lozim. Bu holat sog‘liq
uchun eng muhim himoya vositasi hisoblanadi. Shuningdek, har bir gidrometeorologik holat
ekologik xavf darajasi bilan birgalikda tahlil qilinishi kerak.
XULOSA
O‘rganilgan ma’lumotlar va kuzatuv natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, gidrometeorologik
omillar atmosferadagi zararli gazlarning tarqalishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ayniqsa, past harorat,
turg‘un havo, sust shamol va yog‘ingarchiliksiz kunlarda havodagi SO₂, NO₂, chang zarralari kabi
ifloslantiruvchi moddalar yuqori konsentratsiyada saqlanib qoladi. Bunday sharoitlar inson
salomatligi uchun xavflidir va nafas yo‘llari kasalliklari, yurak-qon tomir muammolari, allergik
reaktsiyalar kabi ko‘plab kasalliklarning kuchayishiga olib keladi.
Ushbu holat O‘zbekiston shaharlarida, xususan Navoiy, Toshkent va Farg‘onadagi kuzatuvlarda
yaqqol namoyon bo‘ldi. Shuni ta’kidlash joizki, atmosfera ifloslanishining faqat texnogen emas,
balki meteorologik omillar bilan bog‘liq jihatlari ham chuqur o‘rganilishi va hisobga olinishi zarur.
Takliflar:
1.
Ekologik monitoring tizimini meteorologik kuzatuvlar bilan integratsiyalash
: Har bir
yirik shaharda atmosfera ifloslanishini gidrometeorologik parametrlar asosida baholovchi tizimlar
joriy qilinishi zarur.
2.
AQI (Air Quality Index) tizimi asosida fuqarolarni xabardor qilish
: Aholi o‘z vaqtida
xavf haqida ogohlantirilsa, himoya choralarini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
3.
Yilning xavfli fasllarida (qish oylarida) ekologik cheklovlar qo‘llash
: Qorong‘ilik vaqtida
og‘ir transport vositalari harakati va sanoat emissiyalariga vaqtinchalik cheklovlar kiritilishi lozim.
4.
Biologik xavf guruhidagi aholi qatlamlari uchun sog‘liqni saqlash dasturlarini
kuchaytirish
: Keksa yoshdagilar, bolalar va surunkali kasalliklarga ega fuqarolar uchun qo‘shimcha
tibbiy profilaktika va monitoring mexanizmlari ishlab chiqilishi kerak.
5.
Ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish
: Gidrometeorologik va biologik tahlillar asosida
atmosferaning sog‘liqka ta’sirini chuqurroq o‘rganish, bu boradagi ilmiy loyihalarni qo‘llab-
quvvatlash muhim ahamiyatga ega.
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
Shunday qilib, atmosfera ifloslanishini kamaytirish bo‘yicha harakatlar faqat texnik-texnologik
emas, balki ilmiy asoslangan meteorologik va biologik yondashuvlarni ham o‘z ichiga olishi lozim.
Bu esa aholining sog‘lig‘ini asrash va ekologik xavfsizlikni ta’minlashda muhim qadam bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
World
Health
Organization
(2022).
Air
pollution.
Retrieved
from:
https://www.who.int/news-room/fact-sheets/detail/ambient-(outdoor)-air-quality-and-health
2.
Harvard School of Public Health (2021). PM2.5 particles and public health risk. Retrieved
from:
3.
Chen, G., et al. (2018). Meteorological conditions and air pollution: An analysis of winter
haze in northern China. Atmospheric Environment, 173, 223–233.
4.
U.S. Environmental Protection Agency (EPA) (2022). AERMOD and CMAQ Modeling
Systems. Retrieved from:
https://www.epa.gov/air-research
5.
Kuzmina, T.V. (2019). Vliyanie meteorologicheskikh faktorov na kontsentratsiyu vrednykh
veshchestv v vozdukhe. Ekologiya i promyshlennost', №1, 45–52.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi
vazirligi (2023). Atmosfera havosining ifloslanishi bo‘yicha yillik hisobot. Toshkent.
7.
Atkinson, R.W., et al. (2016). Long-term exposure to air pollution and incidence of
cardiovascular events in England and Wales. Environmental Health Perspectives, 124(1), 43–51.
