ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
MUSTAQIL O'ZBEKISTONDA TA'LIM O'ZGARISHI
Mazbutova Farzona
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2-kurs talabasi
Biz kelajakka o'tmishga nazar tashlab kiramiz.
P. Valeriya
Ta'lim nima? Uning asosi qayerda?
Qarashlar turlicha, fikrlar rang barang. Baxs munozalar doimo diqqat markazida bòlib kelgan.
Bugungi kunda mustaqil Òzbekistonimizda har kungidan dolzarb masalaga aylangan bu tizimga
muhtaram prizdentimiz Sh.Mirziyoyev 2023- yil 25-yanvarda aniq yònalish berib òtdi. Farmonga
kòra Respublikada ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yòlga qòyishdagi asosiy
tashkiliy chora tadbirlar aniq kòrsatilgan yòlda ketishini taminlash kòzda tutilgan.
Bunda maktabgacha ta'lim muassasalarida va umumiy òrta talim tizimida bolalarni aqliy qobiliyatini
rivojlantiradigan dasturiy ishlanmalar, maktablarda esa kasb hunarga yònaltirish ularni bòsh vaqtini
samarali òtqazish haqida sòz yuritiladi. Albatta barchasi ustozlar saviyasiga borib taqaladi ularning
ham bilim darajasi malakasi va bolalar bilan ishlash kònikmalarini yanada oshirish ularga kerakli
shart sharoitlarni yaratish haqida sòz boradi.
Albatta barcha sharoit qulayliklar biz yoshlar yana ham aniqroq aytganda bòlajak ustozlar uchun.
Hozirgi kunda biz bo'lajak pedagoglarni o'qitish yani o'qituvchilikga tayyorlash jarayonlari ham
tubdan yangilanib bormoqda. Oʻtgan bir yil davomida birinchi kurs talabalari darslar mobaynida
turli xil o'qitish metodikasini amalda sinab kòrdik va dars davomida o'quvchi yoshlarni òquv
jarayonida yangicha talim yònalishida diqqatli bo'lishi malumotlarni yaxshi yodda saqlashi va
qiziqarli dars jarayonlaridan yetarlicha samara olish uchun ularni yanada takomillashtirib bordik.
Ustozlarimiz va kursdoshlarimiz jarayondagi kamchiliklarni tòldirib yutuqlardan xulosa qilib
yanada mukammal ishlanmalar yaratish ustida ishlashmoqda.
Biz òtgan yil davomida olgan bilim va yangicha dars metodlari bòyicha ikki marta maktablarda
amaliyot òtadik va amalda sinab kòrdik.
Bu jarayon bizga yoshlar bilan ishlash ular oladigan informatsiyalar oqimini tòĝri yònaltirish hamda
ularning psixologiyasiga tòĝri yondoshishda katta yutuqlarga erishishga yordam berdi Amaliy
mashgʻulot davomida maktab o'quvchilarini kuzatib ular bilan òrnatilgan munosabat ulardagi
ishtiyoqni kòrib shaxsan òzimda iftixor tuyĝusini tuydim yurtimiz kelajagi uchun javobgarligimni
chin dildan anglagan holda shu yurt uchun talim tizimi uchun masuliyat bilan òz ustimda ishlashga
va uni hayotga tadbiq etishga axd qildim
Bugungi kunda Oʻzbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Shu
jumladan ta'lim tizimida ham katta burilishlar va imkoniyatlar, va biz yoshlarga yaratilgan sharoitlar
shular jumlasidandir.
Ta'lim tizimi rivojlanib borar ekan o'z o'zidan mamlakat ham rivojlanib boraveradi. Hozirda oliy va
Xususiy talim dargohlarida shunday imkoniyatlar borki bu imkoniyatlar sizni dunyoqarashingizni
va hayotizni butkul o'zagartira oladi. Bundan tashqari chet elda talim olish yo bòlmasa almashinuv
yokida qòshma talim dasturlari orqali til bilish darajasiga ega sertifikat orqali kòplab chet el oliy
òquv yurtlarida òqishni davom ettirish mumkin.
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
Hozirgi yoshlarga ularni talim olishiga bòlgan etibor yuqoriligining birgina misoli davlat oliy òquv
yurtlari ( soni) chet el oliy òquv yurtlari soni hamda xususiy talim muassasalari misolida kòrishingiz
mumkin. Bularning barchasi yaqin yillarda yurtimizda yoshlarga qaratilgan etibor va rivojlanishning
yaqqol dalilidir.
