JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 17, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Dilshunosxon Inomova Abdullajon qizi
o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha magist
USMON NOSIRNING ,,DENGIZ OYNA KABI YALTIRAR” SHE’RLARIDA
QO‘LLANGAN SHE’RIY SAN’ATLAR
Annotasiya
: Ushbu maqolada Usmon Nozirning ,,Dengiz oyna kabi yaltirar” she’ridaq
qo‘llangan badiiy san’atlar haqida o‘rni haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
tashbeh,tashxis,.
She’riyat qalbdagi inja tuyg’ular aksi. U borki inson go‘zallikni his qiladi,o‘zganing
tug’ulariga ,kechinmalariga sherik bo‘ladi. Uning har bir satrida insonga umid,ertangi kunga
ishonch,qalbga taskin yotadi. Ana shunday qalbga,yurakka yetib boradigan she’rlar esa chin
ma’nodagi iste’dod egalari tomonidan yaratiladi. Usmon Nosir esa haqiqiy ist’edod egasi
edi.Yosh bo‘lishiga qaramay o‘zbek she’riyatida o‘z so‘zini ayta olgan ,o‘z sozini chala olgan
shoir edi.Shuning uchun ham ,,tug’ma shoir” degan e’tirofga sazovor bo‘ladi.
,,Usmon Nosir she’riyatimizga shamolday kirib keldi.Blki bo‘ronday! U shunday to‘polon va
to‘lqin bilan keldiki,uncha-muncha she’riy uslu va ijodni to‘s-to‘s
qilib yubordi.Uni
o‘zimizda ,,O‘zbekning Lermontovi”, Moskva gazetalarida ,,Sharqda Pushkin paydo bo‘ldi”,-
deydi shoir Turob To‘la.[1:174]
Usmon Nosir she’rlarining mavzular ko‘lami juda keng,undagi lirik qahramon esa bir
qarashda shoirning o‘zidek,dardlar,aytmoqchi bo‘lgan firklar o‘zinikidek ko‘rinadi,aslida esa u
xalqning dardini,gapini aytishga uringan va bunga erishgan, aynan shu tufayli hali- hanuz
shoirning ijodiy merosi xalqning qalbidan chuqur o‘rin olgan.Shoir she’riyatidagi obrazlar,ramz
va detallar o‘ziga xos poetik funksiya bajaradi.Usmon Nosir she’rlarida tashbeh, tashxis,tazod
kabi she’riy san’atlardan foydalangan.
Uning ,,Dengiz oyna kabi yaltirar” she’rining dastlabki satrlari tashbeh she’riy san’ati bilan
boshlanadi:
Dengiz oyna kabi yaltirar,
To‘lqinlarga suqim oqadi.
Oqqush mungli-mungli oh urar,
Hazin kuyi dilga yoqadi.[2]
,, Tashbeh arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, o‘xshatish, qiyoslash degan ma’nolarni bildiradi.
Adabiyotda,xususan she’riyatda eng keng tarqalgan va qadimiy san’atlardan biri.Tashbehning
yuzaga kelishida ikki narsa-tushuncha,ikki harakat va holat orasidagi o‘xshashlik asos bo‘ladi.
O‘xshatish uchun haqiqiy, real hayotiy narsa-buyumlar tanlangan bo‘lsa haqiqiy tashbeh,
mavhum narsalar tanlagan bo‘lsa majoziy tashbeh yuzaga keladi”.[3:321]
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 17, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Usmon Nosirning yuqorida keltirilgan she’rida esa haqiqiy tashbeh qo‘llangan, dengizni
oynaga o‘xshatgan ,o‘xshatilayotgan narsa ,,dengiz”,o‘xshayotgan narsa ,,oy”,o‘xshatish
vositasi esa ,,kabi” ko‘makchisidir.
,,Dengiz oyna kabi yaltirar” she’rining so‘nggi
baytida ham tashbeh san’atidan
foydalanilgan.Bunda o‘xshatish vositasi ,,go‘yoki” oxshatish yuklamasidan foydalanilgan,bu
tashbeh ham tashbehi haqiqiy,oy parishonxol qizga o‘xshatilgan:
Qanday yaxshi kechqurun yolg’iz
Yursang, ko‘ngil asti to‘ymasa,
Oy go‘yoki parishonxol qiz,
Sochlarini yozib o‘ynasa….[2]
,,Dengiz oyna kabi yaltirar” she’rida shoir tashxis san’atidan ham unumli foydalangan.
,,Tashxis arabcha so‘z bo‘lib, shaxslantirish degan ma’noni bildiradi.Mumtoz she’riyatdagi
she’riy san’at bo‘lib ,shaxsga xos xususiyatlarning hayvonlar,qushlar,jonsiz narsa –predmetlarga
nisbat berilishi.Ya’ni tashxisda insonlarga xos bo‘lgan his-tuyg’u,xatti-harakatlar boshqa
mavjudotlarga yoki jonsiz narsalarga ko‘chiriladi.Biroq bu ko‘chirish mexanik tarxda yoki
shunchaki
o‘ylab
topilgan
bo‘lmay,muayyan
mantiqiy
asosga
egadir.Boshqacha
aytsak,ko‘chirilayotgan insonga xos xususiyatlar blan hayvonlar,qushlar,o‘simlilar va boshqa
jonsiz narsalarning ayrim jihatlari orasida o‘xshashlik,mushtaraklik kuzatiladi”.[3:326]
Biz yuqorida keltirgan,,Dengiz oyna kabi yaltirar” she’rida ,,Oqqush mungli-mungli oh urar”
satrlarida tashxis san’ati namoyon bo‘ladi.To‘g’r oqqush sayrashi mumkin,lekin u oh urmaydi,oh
urish insonga xos xususiyatdir,ana shu holat she’rda tashxis san’atini hosil qilgan.Shoir
oqqushning oh urishi orqali o‘zining his-tuyg’ulari,kechinmalarini o‘quvchiga yetkazishga
harakat qilgan,oqqush shunchaki oh urmaydi,uning ohida mung yashiringan,shunday bo‘lsada bu
kuy shoirga
yoqadi,chunki oqqush shoirning dardini,armonini kuylayotgandek
tuyiladi. ,,Sochlarini yozib o‘ynasa….” Ushbu satrlarda ham tashxis san’ati qo‘llanilgan.
Usmon Nosir she’rlarida qo‘llanilgan she’riy san’atlar,o‘xshatishlarning barchasi badiiy
voqelikni kitobxon ko‘z o‘ngida gavdalantirishga hizmat qiladi.O‘quvchi go‘yoki oqqushning
mungli kuyini tinglagandek, oyning sochlarin yozib o‘ynayotganini ko‘rgandek,barglarning
shitirlashini tinglagandek bo‘ladi(,,Boshim uzra burglar shitraydi”).Shoir tabiat tasvirini shunday
jonli tasvirlaydiki,beixtiyor o‘quvchi lirik qahramon yetaklagan tomonga qarab ketayotganini
sezmay qoladi.Ana shu holat shoir o‘zi his qilgan hislarni o‘quvchiga singdira bilishi bu uning
qanchalik iste’dod egasi ekanligidan dalolat beradi. Usmon Nosir esa haqiqiy tug’ma iste’dod
egasi edi. Uning ijodiy merosi necha yillar o‘tsada jarang sochib, qanchadan qancha qalblarni
o‘ziga rom etadi. Usmon Nosirning she’rlari o‘z ta’biri bilan aytganda chin
ma’noda ,,yaxshi”dir:,,Sherim! Yana o‘zing yaxshisan.”
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.8-sinf adabiyot darsligi,O.Sultonmurodov,S.Ahmedov,R.Qo‘chqarov,T,2019
2.Usmon Nosir she’rlari to‘plami
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 17, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
3.D.Quronov,Z.Mamajonov,M.SHeraliyeva,Adabiyotshunoslik lug’ati,T.2013.321-bet.
4
O.Nosirov,S.Jamolov,M.Ziyoviddinov,O‘zbek klassik she’riyati janrlari,
Toshkent-,,O‘qituvchi”-1979-yil
