JORJ ORUELLNING YASHIRIN HAQIQATI : “BILIMSIZLIK BU- KUCH”

Аннотация

Jorj Oruellning «1984» asari totаlitarizm, kuzatuv, tashviqot va shaxsiy erkinlikni yo'qotish mavzularini o'rganuvchi kuchli romandir. Oruell bizga doimiy kuzatuv ostidagi, mustaqil fikr yo`qotilgan va haqiqat manipulyatsiya qilinadigan jamiyatning dahshatli manzarasini taqdim etadi. Ushbu maqolada biz avtiritar va totalitar tuzumlar olib keladigan ulkan boshqaruv tuzumi umuman, yakka shaxs va yakka g`oya hukmronlik qilgan jamiyat fojealari haqida Oruellning badiiy ogohlantirishlarini tahlil qilishga harakat qilamiz, mafkura yakka shaxs, yagona siyosiy g`oyaga tayangan hokimiyat qo`lida qanchalar dahshatli qirg`in va qatag`on quroliga aylanishini ochib berishga urunamiz.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
f
231-234

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Фозилжонова Y. (2025). JORJ ORUELLNING YASHIRIN HAQIQATI : “BILIMSIZLIK BU- KUCH”. ИКРО журнал, (16), 231–234. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/iqro/article/view/133180
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Jorj Oruellning «1984» asari totаlitarizm, kuzatuv, tashviqot va shaxsiy erkinlikni yo'qotish mavzularini o'rganuvchi kuchli romandir. Oruell bizga doimiy kuzatuv ostidagi, mustaqil fikr yo`qotilgan va haqiqat manipulyatsiya qilinadigan jamiyatning dahshatli manzarasini taqdim etadi. Ushbu maqolada biz avtiritar va totalitar tuzumlar olib keladigan ulkan boshqaruv tuzumi umuman, yakka shaxs va yakka g`oya hukmronlik qilgan jamiyat fojealari haqida Oruellning badiiy ogohlantirishlarini tahlil qilishga harakat qilamiz, mafkura yakka shaxs, yagona siyosiy g`oyaga tayangan hokimiyat qo`lida qanchalar dahshatli qirg`in va qatag`on quroliga aylanishini ochib berishga urunamiz.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Foziljonova Yorqinoy

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

Filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi 1- bosqich talabasi

JORJ ORUELLNING YASHIRIN HAQIQATI : “BILIMSIZLIK BU- KUCH”

Annotatsiya:

Jorj Oruellning «1984» asari totаlitarizm, kuzatuv, tashviqot va shaxsiy erkinlikni

yo'qotish mavzularini o'rganuvchi kuchli romandir. Oruell bizga doimiy kuzatuv ostidagi,

mustaqil fikr yo`qotilgan va haqiqat manipulyatsiya qilinadigan jamiyatning dahshatli

manzarasini taqdim etadi. Ushbu maqolada biz avtiritar va totalitar tuzumlar olib keladigan

ulkan boshqaruv tuzumi umuman, yakka shaxs va yakka g`oya hukmronlik qilgan jamiyat

fojealari haqida Oruellning badiiy ogohlantirishlarini tahlil qilishga harakat qilamiz, mafkura

yakka shaxs, yagona siyosiy g`oyaga tayangan hokimiyat qo`lida qanchalar dahshatli qirg`in va

qatag`on quroliga aylanishini ochib berishga urunamiz.

Kalit so‘zlar

: totalitarizm, kuzatuv, fikrni nazorat qilish, Newspeak, erkinlik, individuallik,

siyosiy kuch, adolat, haqiqat manipulyatsiyasi.

Kirish

. Jorj Oruell, asl ismi Eric Arthur Blair, 1903-yil 25-iyun kuni Hindistonning Motihari

shahrida tug‘ilgan. U Britaniya imperiyasi xizmatidagi amaldor oilasida dunyoga kelgan. Onasi

bilan birga bolaligida Angliyaga qaytgan, otasi esa Hindistonda qolgan. Oruell Angliyadagi

ta’lim tizimining qat’iy va sinfiy xarakteriga guvoh bo‘lgan. U Sent-Kipr nomli maktabda tahsil

olib, bu davrda jamiyatdagi tabaqalashtirish va bolalarga nisbatan adolatsizlik haqida ilk

tasavvurlarga ega bo‘ladi. So‘ngra Eton kollejida o‘qidi, bu davrda u iqtidorli, ammo mustaqil

fikrlovchi va tengdoshlariga moslashishni istamaydigan shaxs sifatida tanilgan. Universitetga

bormasdan, 1922-yilda Hindiston imperiya politsiyasiga xizmatga kiradi va Birmada besh yil

ishlaydi. Birma davridagi tajribalari uning imperializmga bo‘lgan tanqidiy munosabatini

shakllantiradi. Bu davr hayoti va unda guvoh bo‘lgan adolatsizliklar haqida yozadi. 1927-yilda u

politsiya xizmatidan voz kechib, yozuvchilik yo‘lini tanlaydi. Oruell o‘zini yozuvchi sifatida

shakllantirish uchun London va Parijda kambag‘allikda yashaydi, turli og‘ir ishlarni bajaradi.

Ushbu hayotiy tajribalar asosida u “Parij va Londonda tubanlikda” (Down and Out in Paris and

London) nomli kitobini yozadi. Aynan shu asarda u ilk bor “Jorj Oruell” taxallusidan

foydalanadi, bu nom soddalik va inglizona ruhi bilan ajralib turardi. 1936-yilda Oruell Ispaniya

fuqarolar urushida qatnashish uchun Ispaniyaga boradi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida Oruell BBCning sharqiy xizmatida ishlaydi, biroq byurokratiya va

senzura bilan to‘qnash kelib, undan hafsalasi pir bo‘ladi. U bu davrda ko‘plab maqolalar yozadi,

eng mashhurlari – “Siyosat va ingliz tili” (Politics and the English Language) hamda “Arslon va

Unicorn” (The Lion and the Unicorn). Oruell jamiyatdagi haqiqat, tilda soxtalik va

hokimiyatning manipulyatsion xususiyatlariga chuqur e’tibor qaratadi. Oruellning eng mashhur

ikki asari – “Molxona” (Animal Farm) va “1984” romanidir. “Molxona” Sovet Ittifoqi tarixidagi

inqilobdan keyingi totalitar tizimni satira shaklida tanqid qiladi. “1984” esa inson erkinligini

yo‘qotishga olib keladigan kuzatuv, senzura, tarixni o‘zgartirish va til orqali ongni boshqarish

haqida dahshatli distopik tasvirni beradi. Bu asarda u “Katta og`a”, “Fikr jinoyati”, “Yangi til”

kabi tushunchalarni joriy etadi, ular hozirgacha siyosiy tahlil va ommaviy madaniyatda

qo‘llaniladi. Uning shaxsiy hayoti ham murakkab bo‘lgan. 1936-yilda Eileen O'Shaughnessy

bilan turmush qurgan. Ular 1944-yilda Richard ismli o‘g‘il asrab olishgan. 1945-yilda Eileen

vafot etadi. Oruell uzoq yillar sil kasalligi bilan og‘rigan.

1949-yilda Sonia Brounell bilan turmush quradi, ammo oradan bir necha oy o‘tib, 1950-yil 21-

yanvarda Londonda vafot etadi. Jorj Oruellning merosi g‘oyatda katta. U o‘z asarlari orqali

hokimiyatni tanqid qilish, haqiqatni himoya qilish va erkinlik uchun kurashish g‘oyalarini targ‘ib


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

qilgan. Uning adabiy va siyosiy qarashlari bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib qolmoqda, uning

asarlari esa hanuz o‘rganilmoqda, muhokama qilinmoqda va yangicha talqin etilmoqda.

NATIJA VA MULOHAZALAR

Jorj Oruellning o`zbek kitobxonlari orasida mashhurlikka uchragan asari “1984” dir.U 1949-yili

nashr qilingan. Bu roman “ Newsweek” jurnali tomonidan tuzilgan “Insoniyat tarixidagi 100 ta

eng yaxshi asar” reytingida 2-o`rinni, BBC tomonidan tuzilgan “ 200ta eng yaxshi asar”

reytingida 8-o`rinni egallagan. Shu ma’lumotlarning o`ziyoq bu asarni o`qishga ishtiyoq paydo

qiladi. Yozuvchi bu asarni dastlab “Amerikadagi so`ngi odam” deb nomlamoqchi bo`ladi. Keyin

esa fikridan qaytib asar yozilgan sanadagi 4 va 8 sonlarini o`rnini aslashtirib “ 1984” deya

nomlaydi.

Asar muallif tasavvur qilgan 1984-yildagi voqealarni tasvirlash bilan boshlanadi. Ushbu

zamonda dunyo 3 ta yuqori qatlamga bo`lingan:

1. Okeaniya

2. Yevrosiyo

3. Sharqiy Osiyo

Asardagi voqealar Okeaniya hududiga kiruvchi London shahrida bo`lib o`tadi. Okeaniya

hukumatida 4ta vazirlik : Tinchlik, Haqiqat, Boylik, va Muhabbat Vazirliklari faoliyat olib

boradi. Vazirliklar bunday nomlanishiga qaramay, ular huddi shu nomga qarama-qarshi ishlaydi,

ya’ni

Muhabbat vazirligida odamlarni qiynaydilar, Boylik vazirligi, qashshoqlikka

javobgar, Tinchlik vazirligi urush olib boradi, Haqiqat vazirligi esa yolg`onlarni to`qib

chiqaradi.

Yuqori qatlamlar to`xtovsiz ravishda bir-biri bilan urush olib boradi. Bu zamonda tarix o`z

tushunchasini butunlay yo`qotgan, nima rost-u, nima yolg`on bilib bo`lmaydi. Masalan, bugun

bir qonun chiqarilib, bu 10 yildan beri mavjud edi deyish ham, bir insonni yo`q qilib, bunday

inson bo`lmagan deyish ham mumkin. Haqiqat vazirligida barcha hujjatlarni qayta yozishadi.

Kitoblar, gazetalar, jurnallar umuman, tarixni eslatuvchi barcha manbaalar yoqib yuboriladi va

osonlikcha yana qaytadan bosib chiqarilaveradi. Hukumat xalqni butunlay boshqaradi. Nafaqat

turmush tarzini, balki ongini ham nazorat qiladi. Insonlar ongini nazorat qilish uchun “FIKR”

politsiyasi mas’ul bo`ladi. Asardagi 1984-yilda hamma hukumatdagi yagona siyosiy partiyaga

bo`ysunishga majbur. Partiyaning fikrlarini inkor qilish mumkin emas, shaxsiy fikrga ega bo`lish,

o`zaro insonlar orasida muhabbat bo`lishi, sevib turmush qurish man etilgan

.

U zamonda xalq 3

tabaqaga :

1. Yuqori hukumat odamlari

2. Partiya a’zolari

3. Prollar ( oddiy xalq) ga bo`linadi.

Hukumat rahbari aslida real bo`magan ramziy “ KATTA OG`A” bo`lib, uning 3ta iborasi

asarning bosh g`oyasi hisoblanadi:

1. Urush bu-tinchlik

2. Erk bu-qullik

3. Bilimsizlik bu kuchdir.

Bu iboralar va “ Katta og`a sizni kuzatmoqda” jumlasini istalgan joydan topish mumkin.

Prollarni kuzatish uchun Oruellning tasavvuriga ko`ra teleekranlardan foydalaniladi. Yozuvchi

bugungi kungi kuzatuv kameralari haqida oldindan bashorat qilgandek. Shaxsiy hayot degan

narsadan butunlay voz kechilgan, hamma joyda hattoki, hojatxonalarda ham kuzatuv o`rnatilgan.

Ikki inson ishdan tashqari holatlarda hech qachon suhbat qurmaydi, kulishmaydi, bir-birini

mehmonga ham taklif qilmaydi. Bu zamonda boyib ketishning aslo iloji yo`q, chunki “BOYLIK”

vazirligi maoshlarni shunchalik ustalik bilan taqsimlaydiki, oylik harajatlarning o`ziga bazor

yetadi.

Asardagi asosiy qahramon Uinston Smit ismli 39 yoshli bir erkak. Londonda tug`ilgan va haqiqat

vazirligining devonxonasida ishlaydi. U atrofidagi voqea-hodisalarni idrok qila oluvchi yagona

odam. U jasorat ko`rastib, shaxsiy kundalik tutadi. Kulgilidir lekin, u davrda kundalik tutish ham

mumkin emas. U nohaqliklar va o`zi norozi bo`lib yashayotgan jamiyat kirdikorlarini shu


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

kundalikka yozib boradi. Partiyaga qarshi chiqqanlarni fikr politsiyasi tutib olib ayamay

jazolaydi.

Bosh qahramon o`zini partiyga sodiq qilib ko`rsatsada, tarixni o`zgartirish mumkin emasligini

juda yaxshi anglab yetadi. U asar davomida haqiqatni izlashga harakat qiladi. Vazirlikda Uinston

bilan birga ishlaydigan O’Brayen ismli odam uning harakatlarini payqab qoladi. O’Brayen

Uinstonga aytgan bir gapi bor: “Qorong`ulik yo`q joyda uchrashamiz!!!”. Uinston bu gapni

O’Brayen ham u kabi fikrlashiga dalil deb o`ylaydi. Voqealar rivojida u Juliya ismli qiz bilan

tanishib qoladi. Juliya Uinstonga xat orqali u bilan uchrashmoqchi ekanini ma`lum qiladi.

Uinston 39 yoshli bo`lsa Juliya 26 yoshli qiz. Shu sababli dastlab Uinston uning muhabbatiga

ishonmaydi. Keyinchalik yashirincha uchrasha boshlashadi. Ular janob Charringtin ismli

shaxsning do`konidagi maxfiy xonada ham ko`rishishadi. Ular bu munosabat uzoqqa

bormasligini va bir kun baribir fikr politsiyasi qo`liga tushishlarini sezishardi. Kunlardan birida

O`Brayen Smitni o`zining xonadoniga taklif qiladi. O`zining uyida kuzatuvda turgan bir paytda

bunday taklif Smitni esankiratib qo`yadi. U yerda teleekran yo`q deb o`ylab o`zi bilan Juliyani

ham olib boradi. O’Brayen o`zini partiyaga qarshidek, erkin hayot tarafdoridek tutadi. Smitni o`z

guruhiga qo`shishi lekin, politsiya qo`liga tushib qolsahech qanday yordam bera olmasligi haqida

aytadi va hoyin deb e’lon qilingan Goldshteyinning kitobini Smitga beradi. Smit esa uyiga qaytib

kelib uni astoydil o`qib chiqadi.

Asarning bu joyidan voqea-hodisalar ayanchli tus oladi. Qo`lga tushsa ham bir-birini sotmaslikka

va’da bergan ikki oshiqni Fikr politsiyasi tutib oladi. Asirlar “MUHABBAT” vazirligiga olib

boriladi. Smit o`zi qayerda ekanini ham, Juliya qayoqqa olib ketilganini ham bilmaydi.

Keyinckalik biladiki o`zini do`st qilib ko`rsatgan O’Brayen aslida partiyaning sodiq a’zosi ekan.

U 7 yildan buyon Uinstonni kuzatib yurganligi ma’lum bo`ladi. Qamoqxonada Smitni

ajablantirgan yagona narsa u joy shunchalik yorug`ki, hozir kunni qaysi qismi ekanini ham bilib

bo`lmaydi. O’Brayenning gapi to`g`ri edi: “Ular qorong`ulik yo`q joyda uchrashdilar!!!”.

O’Brayen Smitni maxsus 101-xonada ayanchli tarzda qiynoqqa soladi. U sahnalarni qiynoqqa

solish deb ta’riflab ham bo’lmaydi. Vahshiliklarni yozuvchi mahorat bilan tasvirlagan,

o`quvchining eti jimirlamay qolmaydi. 101-xonada hamma qo`rqqan narsasini topadi. Smitni esa

oxirgi qiynoq o`rnida kalamushlar kutib turardi. Barcha azoblarga dosh bergan Smit

kalamushlarga kelganda yengiladi. U xonada miyasidagi oxirgi fikr va qalbida uchqunlagan

sevgisidan ham ayriladi, chunki uni och qolgan kalamushlar to`dasiga yem qilmoqchi bo`lishadi.

Jondan ortiq suygani Juliyani o`zining o`rniga qatl qilishlarini yolvorib so`raydi. Shundan so`ng

u qamoqxonadan chiqariladi va ish joyiga qaytadi. Smit o`zligini butunlay yo`qotgan, katta

og`aga tobe yana bir zombi.

Kunlardan bir kuni u Juliyani ko`chada ko`rib qoladi. Buni qarangki, ikkisi ham bir-biriga

nisbatan hech nimani his qilmaydilar. Juliya ham Smitni sotib berganini, ular orasidagi

munosabatlar hech qachon avvalgidek bo`lmasligini aytib xayrlashadilar.

XULOSA

“1984” asarini yozishdan oldin Jorj Oruell 2-jahon urushida Britaniya hukumati uchun BBCda

propoganda targ`ibotchisi sifatida ishlagan. Ehtimol, propogandani yaqindan ko`rish uni “1984”

asaridagi tanqidiy fikrlarni yozishga ilhom bag`ishlagandir.

Romanni yozayotgan Oruell sil kasalligi bilan kurashayotgan edi. Oxiri kasallikka yengilgan

yozuvchi asar nashr qilinganidan 7 oy o`tib hayotdan ko`z yumadi. Smit kuzatuvga olingan bir

vaqtda, real hayotda ham yozuvchi Britaniya hukumati tomonidan ta’qibga uchragan edi. O`ylab

qarasak, “1984” bu yozuvchining avtobiografiyasi deyilsa ham haqiqatdan yiroq emas. Asarni

mashhur qilgan iboralardan yana biri : “2*2=5”. Aslida bu ibora Rossiya haqida bo`lib, u yerda

kommunistik rejim, 5 yillik rejalarni 4 yil ichida bajarish maqsadida undan o`ziga xos ravishda

foydalanilgan. Oruell BBC da propoganda targ`ibotchisi bo`lib ishlayotganda haqiqatdan ham

101-xona bor edi. Oruellning do`stlari va yaqinlarining fikriga ko`ra, Smitning sevgilisi Juliya

obrazi yozuvchining ikkinchi rafiqasi Sonia Brounellga bag`ishlangan. Bu asar mashhurlikka

erishishiga qaramasdan, “Eng ko`p taqiqqa uchragan asarlar” top 10 taligiga kiradi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Asar sobiq sovet davlatlarida ham ta’qibga uchragan va mustaqillikdan so`ng O`zbekistonda ham

nashr qilina boshlagan. 2018-yilga kelib esa Karim Baxriyev tomonidan o`zbek tiliga tarjima

qilindi. “1984” nomli film Hollewood kino aktyorlari tomonidan suratga olindi va 1984- yili

ekran yuzini ko`rdi. Bu asar o`quvchini o`zi yashayotgan jamiyatga chetdan nazar tashlashga

o`rgatadi. 1984-yil unsurlari hali hamon bizni tark qilmaganini ko`rishi va «Katta Og’a»

kuzatuvida ekanini anglab yetadi. Asar to`laqonli g`arb mamlakatlarining turmush tarziga

asoslangan bo`lib, bizning sharqona madaniyatga zid bo`lgan ko`plab obraz va voqeliklarni

topishimiz mumkin. Shuning uchun ham bu asarni o`zligini anglab yetgan, kalit so`zlar ortidagi

asosiy mohiyatni tushunib yeta oladigan yosh egalariga tavsiya etgan bo`lardim. Bu asar orqali

nafaqat o`z hayotida ro`y berayotgan hodisalarni, balki butun jahon siyosat olamida sodir

bo`layotgan muammo va inqirozlarni ko`rishi, sabab va yechimlarni qahramonlar timsolidan

izlashi mumkin. Men istardimki bu asarni tugallagan har bir kitobxon o`ziga savol bersinki : „

Yevropadagi so`ngi inson singari men ham o`z jamiyatimning so`ngi odami emasmanmi?“

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

[Nazar Eshonqul. Mendan mengacha. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2014.]

2.

[Otabek Tillayev. “Jorj Oruellning ‘1984’ asari tahlili”.

Zamon.uz

elektron nashri, 2021.]

3.

[Karim Bahriyev. “Asarni avvalroq tarjima qilganingizda, biz boshqacha xalq bo‘lardik”.

Xurshid Davron kutubxonasi, 2018.]

4.

[George Orwell. 1984. Tarjimasi: Karim Bahriyev. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018.]

5.

[BBC arxivi. “George Orwell’s Work in the BBC during World War II”. BBC History,

2020.]

6.

[Orwell Foundation. “George Orwell: A Life in Letters and Politics”.

orwellfoundation.com

, 2022.]

7.

[Jahon adabiyoti ensiklopediyasi. George Orwell haqidagi maqola. Toshkent: O‘zbekiston

Milliy Ensiklopediyasi, 2015.]

8.

[“1984” filmi. Rejissyor: Michael Radford. Rol ijrochilari: John Hurt va Richard Burton.

Hollywood, 1984.]

1.

Библиографические ссылки

[Nazar Eshonqul. Mendan mengacha. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2014.]

[Otabek Tillayev. “Jorj Oruellning ‘1984’ asari tahlili”. Zamon.uz elektron nashri, 2021.]

[Karim Bahriyev. “Asarni avvalroq tarjima qilganingizda, biz boshqacha xalq bo‘lardik”. Xurshid Davron kutubxonasi, 2018.]

[George Orwell. 1984. Tarjimasi: Karim Bahriyev. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018.]

[BBC arxivi. “George Orwell’s Work in the BBC during World War II”. BBC History, 2020.]

[Orwell Foundation. “George Orwell: A Life in Letters and Politics”. orwellfoundation.com, 2022.]

[Jahon adabiyoti ensiklopediyasi. George Orwell haqidagi maqola. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2015.]

[“1984” filmi. Rejissyor: Michael Radford. Rol ijrochilari: John Hurt va Richard Burton. Hollywood, 1984.]