JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Abduvaliyeva Feruza Muxamatnurovna
Qo’qon Universiteti Andijon Filiali
“Mikrobiologiya, farmakologiya, normal va patologik fiziologiya”
kafedrasi o’qituvchisi;
Yo’dashev Azimjon Zafarjon O’g’li
Qo’qon Universiteti Andijon Filiali
Tibbiyot fakulteti davolsh ishi yonalishi 2 bosqich talabasi
BIRINCHI TIP QANDLI DIABET OLDINI OLISH VA DAVOLASH
PROFILAKTIKASI
Annotatsiya
: Birinchi tip qandli diabet. Insulinga bog’liq diabet autoimmun kasallik bo’lib,
organizmning immun tizimi oshqozon osti bezining insulin ishlab chiqaradigan beta
hujayralariga hujum qilishi natijasida rivojlanadi. Bu insulin ishlab chiqarishining keskin
kamayishiga yoki to’xtashi bilan bog’liq. Natijada organizmda qand (glukoza) almashinuvi
buzilib, qondagi qand miqdori me’yoridan oshib ketadi.
Kalit so’zlar
: Birinchi tip qandli diabet, qondagi qand darajasi, bolalar va yoshlar diabeti,
jismoniy faollik.
K
IRISH
: Birinchi tip qandli diabet organizmda insulin ishlab chiqarilishining yetishmasligi yoki
to`liq to`xtashi natijasida paydo bo`ladigan autoimmun kasallidir. Ushbu turdagi diabet asosan
bolalar va o`smirlar orasida uchrasada u har qanday yoshda ham rivojlanishi mumkin. Insulin
garmonining yetishmasligi tufayli organism hujayralari glyukozani energiya manbai sifatida
foydalana olmaydi,bu esa qondagi qand miqdorining me`yoridan oshishiga olib keladi. Birinchi
tip diabetning kelib chiqishi asosan autoimmune jarayonlar bilan bog`liq bo`lib bunda organism
o`zining insulin ishlab chiqaruvchi beta hujayralarini dushman sifatida tanib ularga hujum qiladi.
Kasallikning kechishi hayotiy muhim bo`lgan insulin terapiyasiga bog`liq bo`lib bemorlardan
doimiy nazorat, parhez va jismoniy faollik talab etiladi. Birinchi tip diabet bolalar va yoshlar
orasida ko`proq uchraydi. Dunyo bo`ylab millionlab odamlar ushbu kasallik bilan yashaydi. Bu
turdagi diabetning rivojlanish tezligi ayrim hududlarda ayniqsa Shimoliy Yevropa
mamlakatlarida yuqori. Kasallik belgilarsiz kechishi mumkinligini hisobga olgan holda olimlar
aslida diabet bilan ogrigan bemorlarning ulushi ancha yuqori deb tahmin qilishadi. Qandli diabet
insulin yetishmovchiligi tufayli yuzaga keladi. Oqsil, uglevod va yog` almashinuvidagi
buzilishlar bu kasallikka hosdir. Uglevodlar almashinuvida ishtirok etadigan insulin jigarda
glikogenning parchalanishi, sintezi va ishlatilishini ta`minlaydi, shuningdek uglevod
birikmalarining parchalanishini oldini oladi. Oqsil almashinuvi jarayonida insulin oqsil va
nuklein kislotalarni sintez qila boshlaydi, birinchisining parchalanishiga yo`l qo`ymaydi.
Insulinning yog almashinuviga ta`siri shundaki u glyukozanigepatositlarga kirish tezligini
oshiradi,energiya jarayonlarini ishga tushiradi, yog`larning parchalanishini sekinlashtiradi va
yog` kislotalari sintezini yahshilaydi. Agar insulin yetarli bo`lmasa natriy hujayralarga kira
olmaydi. Ushbu kasallikning to`rtta asosiy shakli mavjud:
Birinchi tip qandli diabet (insulinga bog`liq). 35-yoshgacha bo`lgan odamlarda va yosh bolalarda
uchraydi.insulinning tabiiy ishlab chiqarilishi butunlay to`xtaydi shuning uchun uni doimiy
ravishda in`yeksiya orqali yuborib turiladi. Insulin bilan davolash uglevod almashinuvini
maksimal darajada kompensatsiyalash gipo va giperglikemiyani oldini oldini olish va shu tarzda
diabet birinchi tip qandli diabet bemorlar uchun hayotiy zarur hisoblanadi. Ikkinchi tiplarda esa
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
ba`zi hollarda qo`llanilishi mumkin, asoratlarini profilaktikasini ta`minlashga qaratilgan.
(Insulinoterapiya).
Ikkinchi tip qandli diabet (insulinga bog`liq bo`lmagan). U 40 yoshdan oshgan odamlarda
uchraydi, uning paydo bo`lishining sababi to`qimalarning insulinga anormal sezgirligidir.
Bunday diabetda shakarning o`zlashtirilishi qiyin kichadi, insulinni inyeksiya orqali yuborish
talab qilinmaydi.
Simptomatik (ikkilamchi)qandli diabet. Boshqa kasallik tufayli paydo bo`ladimasalan oshqozon
osti bezi kasalliklari. Shuningdek dori-darmonlarni uzoq muddat qo`llash, genetik patalogiyalar
tufayli ham yuzaga kelishi mumkin.
Bolalik davrida noto`g`ri ovqatlanish tufayli yuzaga kelgan qandli diabet. Ko`pincha tropik
mintaqalarda yashaydigan odamlarda uchraydi.
Birinchi tip qandli diabet quyidagi belgilarda namoyon bo`ladi:ko`ngil aynishi, qusish, keskin
vazn yo`qotish. Agar bolalarda qandli diabet paydo bo`lsa ular uchun ayniqsa kechasi siydik
chiqarish qiyin bo`lishi mumkin,kasallangan bemorning hayotiga xavf tug`diradigan holatlar tez-
tez yuzaga keladi. Bunda bemor shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo`lishi mumkin. Qandli
diabet tashxisi och qoringa qondagi qand miqdori 6,5 mmol/l dan oshganda qo`yiladi. Qandli
diabet bilan og`rigan odamlarning siydigida glyukoza bo`lmaydi chunki buyraklar uning
o`tishiga yo`l qo`ymaydi, ammo qondagi and miqdori 8,8mmol/l dan oshganda glyukoza siydik
tarkibida bo`ladi. Agar kasallik borligiga shubha bo`lsa shifokor bemorga tekshiruvdan o`tishni
tavsiya qiladi va quyidagi tahlillarni topshirishga yo`naltiradi: Kapillyar qondagi glyukoza,
siydikdagi keton tanachalari va glyukoza, glikolizlangan gemoglobin, qondagi insulin va C-
peptid (birinchi tipda bu ko`rsatkichlar pasayadi.
Yuqoridagi tahlillardan tashqari bemor maxsus glyukozaga sezuvchanlik sinovidan o`tadi och
holatda va shakarli suyuqlik ichgandan keyin ikki soat o`tib qondagi glyukoza miqdori
solishtiriladi. Agar suyuqlik qabul qilishdan oldin glyukoza miqdori 6,5 mmol/l va suyuqlik
qabul qilgandan keyin 11,1 mmol/l yoki undan ko`p bo`lsatest natijasi ijobiy deb hisoblanishi
mumkin.Agar tekshiruvdan oldin glyukoza miqdori 6,5 mmol/l dan past bo`lsa va keyin
7,7mmol/l dan kam bo`lsa test natijasi manfiy hisoblanadi ya`ni kasallik aniqlanmagan bo`ladi.
Qandli diabetni davolashning asosini parhez tashkil qiladi. Bemorning ratsion yoshi, jinsi,
jismoniy faolligi va vaznini hisobga olgan holda shifokor tomonidan tanlanadi. Birinchi tipdagi
diabetda uglevodlar qat`iy ravishda har kuni aynan bir vaqtda iste`mol qilinadi, bu orqali qondagi
shakar darajasini va insulinni kerak paytda yuborishni nazorat qilish mumkin bo`ladi. Yog`li
ovqatlardan voz kechish muhimdir. Birinchi tip diabetda insulin terapiyasi qo`llaniladi.Insulin
faqat qon va siydikdagi glyukoza miqdorini ehtiyotkorlik bilan nazorat qilish ostida qo`llaniladi.
Insulinlar uch xil bo`ladi: qisqa muddatli, uzoq muddatli va o`rta tasirli. Uzoq muddatli tasir
qiluvchi insulin kuniga bir marta yuboriladi, odatda ta`sirni kuchaytirish va kasallikni to`liq
qoplash uchun boshqa ikkita turdagisi ham buyuriladi. Insulin dozasini oshirib yuborilishi
gipoglikemik koma kabi hayot uchun xavfli vaziyatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun
insulinni qo`llashda faqat shifokorning ko`rsatmalariga amal qilish va ulardan chetga chiqmaslik
lozim.
Insulin terapiyasinig aks ta`siri:Inyeksiy joyida shish, og`riq va qizarish, allergik reaksiyalar,
lipodistrafiya (yog` to`qimasi inyeksiya joyida erib ketadi).
Qandli diabet kasalligida ushbu mahsulotlarni iste`mol qilish mumkin:qora non, go`sht, sabzavot
va baliq qaynatmalari, parranda go`shti, mol go`shti, baliq, sabzavotlar, don maxsulotlari,
dukkakliklar, tovuq tuxumi, mevalar, nordon rezavor mevalar, choy, o`simlik yog`i, saryog.`
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Tavsiyalar
: Qandli diabet-bu hayot sifatiga va uning davomiyligiga sezilarli ta`sir ko`rsatadigan
kasallikdir.Agar ushbu kasallikning tashxisi qo`yilgan bo`lsa vaznni nazorat qilish,uglevodlarni
hisoblash va shakar miqdorini kuzatib boorish kerak.Shuningdek salomatlini yaxshilab
himoyalash uchun bir qancha odatlarni amalga oshirish lozim.Ular xavfli asoratlarni
kamaytirishga va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Glyukoza darajasini kuniga bir necha marta o`lchab borish.
Davlat yoki shifokorlar tomonidan taqdim etilgan monitoring texnoligiyalardan foydalanish.
Insulin dozalari shifokor tavsiyasiga muvofiq belgilanishi kerak.
Insulinni muntazam va o`z vaqtida qabul qilish zarur. Muddati o`tgan yoki tugayotgan insulin
samarasi ancha past bo`lib undan foydalanish sog`liqqa jiddiy xavf tug`dirishi mumkin, nafaqat
yaroqlik muddati ochilgandan keying muddatga ham e`tibor berish muhim.
Past glikemik indeksga ega oziq ovqat mahsulotlarini iste`mol qilish. Kuniga kamida 50 gramm
kletchatkaga boy mahsulot iste`mol qilish qondagi qand miqdori ortishi ehtimoli kam bo`ladi.
Shuningdek ular to`qlik hissini berib, uglevodlarning singishini sekinlashtiradi. Uglevodlarni
iste`mol qilishni muvozanatli saqlash,shakarli,gazli ichimliklardan voz kechish. Suzish, yurish,
yoga kabi o`rtacha jismoniy mashqlarni bajarish sport bilan shug`ullanish. Virusli kasalliklar
xavfi yuqori bo`lgan mavsumda profilaktika choralarini ko`rishi kerak. Diabet bilan kasallangan
barcha bemorlar quyidagi mutaxassislar bilan maslahatlashishi kerak:
1. Endiokrinolog;
2. Kardiolog;
3. Nevrolog;
4. Oftalmolog;
5. Jarroh.
Xulosa:
Qandli diabetni davolashda bemorga tushuncha berish juda muhim o`rin tutadi. Bemor
kasallik nima ekanligini, uning xavflari, gipo va giperglikemiya epizodlarida nimani amalga
oshirishi,ulardan qochish uchun nima qilish kerakligi,qonda glyukoza miqdorini mustaqil
ravishda nazorat qilishi va ruxsat etilgan ovqatlanish tartibi haqida aniq tushunchaga ega
bo`lishlari kerak. Birinchi tip diabetni samarali boshqarish va davolashda yangi imkoniyatlar
yaratmoqda. Immun tizimini tartibga soluvchi usullar, beta hujayralarini tiklash, texnologik
yangiliklar sun`iy oshqozon osti bezi bemorlarga yanada qulay hayot kechirish imkonini beradi.
Ammo kasallikni butunlay davolsh bo`yicha izlanishlar hali davom etmoqda. Bu sohadagi
yangiliklar diabetni boshqarish strategiyalarini takomillashtiradi. Bu kasallik bilan yashash
imkoniyati yuqori agar bemor o`z sog`ligini nazorat ostida saqlasa.
Adabiyotlar:
1. American Diabetes Association (ADA)2023. Standarts of Medical Care in Diabetes.
2. World Health Organization (WHO)2022.Global Report on Diabetes.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
3. Juvenile Diabetes Research Foundation (JDRF).Research Advances in Type 1 Diabetes.
4. Atkinson M.A. Eisenbarth G.S. Michels A.W.(2014).Type 1Diabetes.The Lancet.
5. Eronova L.R. Saidov A.S.2021.Endokrinologiya asoslari.O`zbekiston Tibbiyot nashriyoti.
6. Pozzilli.P. Cavallo M.G.(2020).Beta cell regeneration and immune intervention in type 1
Diabetes.
